Italyan tili
1.8K subscribers
523 photos
106 videos
164 files
549 links
Download Telegram
Rim, Italiya
😁383
The Weekndning 27-iyul Milan shahridagi konsertiga bilet bor

Narxi 200 euro
🔥11👍21
Hozirgi kunda Italiya davlatiga uchib borayotgan yoki bormoqchi bo'lgan yangi talaba vatandoshlar uchun eslatma va tavsiyalar :

1) Kiwi.com orqali o'zingizga ma'qul aviakompaniya va narxda samolyot chiptasini online mustaqil sotib olishingiz mumkin. Aviakassadan sotib olmoqchi bo'lsangiz 4% narxning ustiga qo'shiladi. Misol uchun 400$ bilet narxi +40 $ xizmat narxi. Wizz Air arzonroq narxlar taklif etadi ABU Dhabi(Birlashgan Arab Amirliklari) orqali ammo Transit soati 8 soatdan kam bo'lsa O'zbekistondan uchishingiz muammo keltirib chiqarishi mumkin. Mabodo Abu Dhabi orqali Transit qilmoqchi bo'lsangiz oradagi soat 8 soatdan ortiqroq bo'lishi va undan keyin 48 soatlik #bepul_Transit_Visa olishingiz mumkin. Visani quyidagi sayt orqali murojaat yo'llab olinadi.

https://uaevisas.etihad.com/echannels/web/client/etihad/index.html#/dashboard

Turkish Airlines qulayroq va Bagaj uchun 40 kilogramgacha ruxsat bor. Ammo biroz qimmatroq yuradi biroq talabalar uchun chegirma mavjud ya'ni Universitetdan Pre-enrollment xatini olgan bo'lsangiz sizga 10% chegirma beriladi

https://www.turkishairlines.com/en-int/student/


2) Italiya shaharlaridan biriga borganingizda iloji bo'lgan zahoti birinchi qiladigan ishingiz sim-karta sotib olish bo'lsin . Rimdagi Fiumicino aeroportini misol tariqasida oladigan bo'lsak aeroportning ichida sim-karta sotiladi. ILIAD va Vodafone sim kartalari ko'proq tavsiya beriladi. Yoki Aeroportdan chiqgan zahoti o'ng tomonga 300 metr yurganingizdan so'ng TERMINI afishasi bor avtobuslarga o'tirib( narxi 8 euro, 45 km, 55 daqiqa) aynan Terminidan(bu Rimdagi vokzal) sim-karta sotib olishingiz mumkin. Iliad sotib olmoqchi bo'lsangiz VISA Karta orqali sotib olishingiz kerak bo'ladi. Va keyin manzilingizga yetib olishingiz mumkin. Transport 24 soat faoliyat olib boradi( Metro soat 21:00 gacha, Tramvay 23:30 gacha, avtobus to'liq 24 soat).

3) Italiyaga kelganingizda 3-7 kun hujjat ishlari bilan band bo'lasiz va tinchgina 1 oylik 35 euroga transport proyezdnoy oling.

4) Kvartira masalasi Italiyada hanuzgacha eng og'riqli nuqtalardan biri hisoblanadi. Kvartira topishdan ko'ra sevikli yor topish oson😅 ya'ni kvartira topish juda qiyin jarayon hisoblanadi. Narxlarni sun'iy ko'tarishadi. Shu bois Italiyaga borishdan oldin Italiyadagi o'zbek vatandoshlardan kvartira topishda yordam so'rang yoki 4-6 kishi bir kvartira ijaraga oling ammo italyan tilini biladigan odam orqali gaplashishingiz kerak . Ijaraga olganda 2-3 oylik deposit to'laysiz. Deposit bu uyning 2-3 oylik pulini oldindan beradigan summa hisoblanib bunda agar uyga biror bir jiddiy zarar tegsa mana shu deposit pulidan ta'mir uchun ishlatiladi. Kvartira topish uchun quyidagi saytlar mavjud

🏡https://www.bakeca.it
🏠http://www.immobiliare.it
🏠http://www.uniplaces.com
🏠http://www.casa.it
🏠http://www.idealista.it
🏠http://www.roomgo.it
🏠http://www.mioaffitto.it
🏠http://www.subito.it
🏠http://www.kijiji.it
🏠http://www.rentingmilan.com
🏠http://www.spotahome.com
🏠http://www.airbnb.com
🏠Facebook guruhlar


Davomi bor....


😉
🔥16👍2👏1
#Davomi

5) Visani olgandan so'ng O'zbekistonda turgan holda yoki Italiyaga keliboq sizga CODICE FISCALE kerak bo'ladi. CODICE FISCALE bu - Soliq kodeksi fuqarolarni davlat organlari va boshqaruv organlari bilan munosabatlarida ishlatiladi. U 16 ta alfavit-raqamli belgilardan iborat (shaxsiy ma'lumotlaringizni aks ettiruvchi harflar va raqamlar: familiya, ism, jins, tug'ilgan joy va sana).
Soliq kodlari “Agenzia delle Entrate” (Daromad idorasi) tomonidan chiqariladi. Milliy sog'liqni saqlash xizmatidan tibbiy yordam olish huquqiga ega bo'lgan fuqarolar Codice Fiscale bilan tibbiy sug'urta kartasini oladilar. Rim shahridagi oliygohga qabul qilingan talabalar agenzia delle entrate binosiga appuntamento(uchrashuv) band qilmasdan va kutib o'tirmasdan online ham olishlari mumkin, buning uchun quyidagi elektron addreslarga

dp.iroma@agenziaentrate.it
dp.iiroma@agenziaentrate.it
dp.iiiroma@agenziaentrate.it
dp.iroma.utroma1@agenziaentrate.it
dp.iroma.utroma2@agenziaentrate.it
dp.iroma.utroma3@agenziaentrate.it

1) bando(modelini qoldiraman)ni to'ldirib, 2)qizil Passport skayner 3) Visa qismi alohida PDF shaklda skayner qilingan bo'lishi kerak.


6) Stipendiya hujjatlarini terminida joylashgan VIA VARESE 5 ko'chasidagi CAF OFISDA BEPUL hisoblatib olishingiz mumkin. 10 daqiqa kifoya. Mutlaqo bepul.

7) O'zingiz tahsil oladigan Universitetga borib oxirgi bosqich ENROLLMENTdan #rasman o'tishingiz kerak bo'ladi va Universitetning Welcome office yoki International students' office Sizga barcha yo'l yo'riqlarni tushuntirishadi va sizga alohida profil ochiladi va keyin qaysi fanlarni o'qishingizni tanlab olishingiz mumkin bo'ladi.

8) Permesso di soggiorno (vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma) uchun harakatni tezda boshlab yuborish kerak. Birinchi qiladigan ish bu POSTE Italianedan ( deyarli har 1 kmda bor bu joy ) KIT formani olish kerak bo'ladi #tekinga. Va uni keyin to'ldirish kerak. To'ldirish uchun maxsus video va namunalar bor https://t.me/c/1593527141/23

Yuqoridagi link ustiga bosing va guruhga qo'shilib #Rim shahriga kelib nimalar qilishingiz kerakligi barchasi detalma detal tushuntirilgan. Faqatgina pinned message ustiga bosib o'rganib amalda qo'llashingiz kerak
👍31
Yeganeh (1).pdf
167 KB
Yeganeh.pdf

Codice fiscale online olish uchun yuqoridagi Bandoni to'ldirish kerak va qolgan 2 ta pdf shaklda Passport va visani skayner qilib yuqorida ko'rsatilgan(5) ma'lumotdagi addressga mail jo'natish lozim
2🔥1
Kanalning yangi a'zolari uchun :🇮🇹 @Italian_lan 🇮🇹 kanalida hozirgi kungacha o'tilgan grammatikaga oid barcha mavzular yig'indisi 👇


Grammatika

👉Alifbo
👉Fonetika
👉Sonlar
👉Artikl
👉Kishilik olmoshlari
👉Egalik olmoshlari
👉Noaniq olmoshlar
👉Ko'rsatish olmoshlari
👉Pronomi diretti & indiretti
👉"Essere " fe'li
👉"Avere" fe'li
👉stare +gerundio
👉Presente Indicativo
👉Passato Prossimo
👉imperfetto
👉Futuro Semplice
👉Imperativo
👉Trapassato prossimo
👉Passato Remoto
👉Condizionale Semplice
👉Condizionale Composto
👉Congiuntivo 1-qism
👉Congiuntivo 2-qism
👉Circa e Verso
👉C'e' va Ci sono
👉Ma non / Tranne / Eccetto
👉Farcela
👉Volerci
👉Ot va son
👉Sifat darajalari
👉La particella " Ci "
👉La particella " Ne "
👉Ecco
👉Anzi&Anziche&Pocoanzi&anzitutto
👉NIsbiy olmoshlar
👉Sifatlovchi aniqlovchilar
👉Gia & Ancora
👉Ma&Pero&Tuttavia&Eppure&Bensi
👉Periodo ipotetico
👉Addirittura
👉Piuttosto
👉"Bello " sifati
👉" A" predlogi
👉" Di " predlogi
👉" Su " predlogi
👉"Per " predlogi
👉" in " predlogi
👉" o'rin-joy ravishlari "
👉 " Perche , Poiche , Purche "
👉 " Machche "
👉"Piu , Di piu , In piu
👉 " Interrogazioni "
👉 " Ora , Oramai , Ormai
👉 " il Passivo "
👉 " Magari "
👉 " Ciò, cioè o perciò "

Audiolar&Audiokitoblar

👉 " Michael Jordan " , la vita
👉 " Pinocchio "
👉 " 100 citazioni di Carl Jung "
👉 " L'idiota "
👉 " il Corsaro Nero "
👉 " il Piccolo Principe "
👉 " un capitano "
👉 " La divina Commedia "
👉 " Decameron "


Kinolar

👉 " Vicini del terzo tipo "
👉 " Nei panni di una Principessa : Ci risiamo ! "
👉 " L'anno che verra "
👉 " i Simpson " Inferno e Paradiso
👉 " Julie & Jiulia "
👉 " Roma citta aperta "
👉 " Cicogne in Missione "
👉 " il giardino dei Finzi Contini "
👉 " Asterix e il regno degli Dei "
👉 " Robinson Crusoe "
👉 " Justin e i cavalieri valorosi "

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👍11👏31🎉1
CILS imtohinini topshirmoqchi bo'lganlar uchun registratsiya qilishning so'nggi kuni 23-oktabr.

Imtihon 5-dekabr

Manzil : Samarqand davlat chet tillar instituti
👍2🎉1
#online_italyan_tili_kursi

Ma'lum bir tanaffuslardan so'ng #online_italyan_tili_kursi yana boshlanish arafasida turibdi. Noyabr oyining 2-haftasidan darslarga start beriladi. Bu safar 2 turdagi guruhlarga qabullar mavjud.

1-guruh : Grammatika 0 dan

Davomiyligi : 95 kun
Narxi 1 oy uchun : 350 ming so'm
Dars haftasiga 2 kun bo'lib o'tadi.




2-guruh : Gapirish va muhokama ( A2 darajadagilar uchun)

Davomiyligi : 90 kun

Narxi : 280 ming so'm

Dars haftasiga 3 kun


Darslar to'liq Telegram ilovasi orqali olib boriladi. Kursga yozilish uchun murojaat manzili @Shokhrukhdinho99
👍18🎉1
Bugundan Italiya va O’zbekiston soat vaqtlari farqi qishki energiyani tejash uchun 4 soat bo’ldi.
👍9
👍4
Italyan tili
Photo
Come si chiama in italiano?
Anonymous Quiz
15%
Cestino
21%
Sgabuzzino
51%
Spillatrice
13%
Pinarello
8,17,24 dekabr kunlari Rimdagi jamoat transportlaridan foydalanish bepul
👍8
👍1
Italyan tili
Photo
🔥2
Italyan tili
Photo
Come si chiama in italiano?
Anonymous Quiz
14%
Ancora
36%
Cerniera
23%
Legame
26%
Astuccio
👍5
#espressione_idiomatica


" Fare il portoghese"

So'zma so'z tarjimasi :🇵🇹 Portugal bo'lmoq

Ma'nosi :

🟢Foydalanilgan xizmat uchun pul to'lamaslik, pul to'lamasdan qochish, pul to'lamasdan yashirincha kirish

☝️Bu ibora asosan stadionga, avtobusga yoki biror bir bazmga pul to'lamasdan kirganlar uchun ishlatiladi.


Iboraning kelib chiqish tarixi :

1732 yil 13 yanvar kuni 🇵🇹Portugaliyaning Rimdagi elchisi Rim shahrida yashovchi barcha portugal fuqarolarini yangi " Argentina teatri" ni ochish marosimaga taklif qiladi. Portugallardan bo'lak barcha mehmonlar teatrga pul to'lab kirishlari kerak deb qaror chiqariladi va portugallar esa teatrga kirish uchun shunchaki shaxsiy guvohnomasini ko'rsatib kirishlari mumkin bo'lgan. Ammo ba'zi rimliklar teatrga bepul kirish uchun o'zlarini portugal deb tanishtirib ayyorlik qilishga harakat qiladi biroq nazoratchilar buni payqagan holda " Non fare il portoghese ( Portugal bo'lma, ayyorlik qilma " deb ularga kirishga ijozat bermaydi

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
👍23
#idioma_italiano


" Testa di legno "

So'zma so'z tarjimasi : Taxta(yog'och) bosh🏷

Asl ma'nosi : Kaltafahm, ahmoq

#Esempio_Misol

#Italiano

🇮🇹Ti devo sempre spiegare le cose cento volte, sei proprio una testa di legno


#Uzbeco

🇺🇿 Senga hamma narsani har doim yuz martalab tushuntirishim kerak, sen bir kaltafahmning o'zisan


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
👍31😁82👏1