Italyan tili
1.8K subscribers
523 photos
106 videos
164 files
549 links
Download Telegram
👍4
Italiyaga kelishdan oldin bu yerda migrantlar borligini bilar edim ammo Bangladesh 🇧🇩 davlatidan bunchalik ko'p muhojirlar borligini bilmas edim. Juda ham ko'plab savdo rastalari , restoran va baqqollik shahobchalarni aynan ular boshqarishadi. Ayniqsa tungi vaqtda uyga qaytish jarayonida transportda 90% migrantlarni ko'rishingiz mumkin . Ba'zan shunchaki o'zimga statistika yaratish maqsadida 4-5 ta odamdan " qayerdansiz " deb so'rab qo'yaman. Javob : Bangladesh🇧🇩. Ular ning ko'pchiligi bu yerda italyan tilini bilib kelishgan chunki italyan tilisiz ish topish shaxsiy fikrimcha 80% qiyin jarayon hisoblanadi. Bangladeshliklar nega bu yerda ko'p deb so'rasam ular bizda aholi ko'p( 164 million ) va ishsizlik yuqori. Ba'zilar noqonuniy kelishadi ba'zilar ishchi viza orqali kelishadi ammo ko'pchilik Bangladeshliklar bu yerda Ruminiya🇷🇴orqali kelishlarini aytishdi. Ular Ruminiyaga ishchi viza qilishadi va 1 yil Ruminiyada yashash huquqiga ega ruxsatnoma olishadi va ular 1 oydan kamroq muddat ichida Ruminiyada qolib Italiyaga otlanishadi muammosiz chunki Ruminiyaliklarga🇷🇴 Italiya hududiga kirish uchun hech qanday hujjat shart emas va Rumin tili italyan tiliga juda ham o'xshash tildir, misol uchun Buona sera ( Sera Buen). Bangladeshliklar bu yerga yashirincha ham kelishadi kemalarda va ba'zilari agentsvaga 3 ming dollar to'lab hujjat tayyorlab kelishadi.
👍28
Italyan tili
Photo
Come si chiama in Italiano ?
Anonymous Quiz
19%
Gigger
27%
Calice
37%
Cannuccia
17%
Bevanda
👏8👍1
Italiya haqida 2 oylik hayot tajribamdan kelib chiqib shuni aytish joizki , men yashab turgan Rim shahri to'laqonli turizmga bog'langan shahar hisoblanadi , aniqrog'i xizmat ko'rsatish sektori ko'proq mablag' keltiradi. Shahar past-tepaliklarda joylashgan bo'lib ko'plab deyarli 80% inshootlar 1950-70 yillar oralig'ida qurilgan. Yangi binoni uchratish qiyinroq , yoki qurilish ishlarini ham hali ko'rmadim. Odamlarning ko'pchiligi xushmuomalali va kulib turadi(Yevropa madaniyatiga xos ) . Kvartira topish oltin topishdek gap ammo 1 kishi uchun amallasa bo'ladi ammo 2 kishi uchun deyarli imkonsiz. Ko'chada ovqatlanish 5-12€ atrofida , ammo scholarship g'olibi bo'lsangiz 3€ ga yaqin pulni mensa(oshxona)da ishlatishingiz mumkin. Xalq asosan metrodan foydalanadi. 1 martalik metro+busdan foydalanish chiptasi 1.5€ (100 daqiqa amal qiladi). 1 oylik metro+avtobus+tramway+poyezd(rim) proyezdnoy 35€. 1 yillik esa scholarship egasi bo'lsangiz va yoshingiz 25 yoshgacha bo'lsa 130€ni tashkil etadi. Ovqatlanish uchun albatta hammaning xarajati har xil , men birma-bir hisoblab chiqmadim ammo uyda 3 mahal ovqatlanishimga 100-140€ sarflanadi. Kvartira narxlari albatta qulayliklariga qarab turlicha bo'ladi. 1 kishilik xonalar 350-800€ gacha bo'lsa 2 kishilik xonalar 250-400€gacha (odam boshiga) ammo arzon kvartiralarni ham izlasa chiqib qoladi yoki o'zingiz 1 ta uyni o'z nomingizga ijaraga olsangiz va odam qo'ysangiz o'zingizga moslab hatto bepul turishingiz mumkin. Metroga yaqin joylar , ayniqsa Metro A liniyaga yaqin hududlarda kvartira juda qimmat. Men Metro C Gardenie metro yonida yashayman. Metro yo'nalishlari quyidagi fotoda
👍7👏1
Metro yo'nalishlari.

Rimda 3 ta Metro liniyasi bor va ularning nomlanishlari : A , B , C .
🔥6👍4
Kecha bir pokistonlik bilan gaplashib qoldim va ko'plab savol berdim " nega sizlar italiyada , ayniqsa Buyuk Britaniyada ko'p xalqsizlar va sen bu yerga qanday kelib qolding , J1 visa bormi senda ? "deb so'radim , u quyidagicha javob berdi.

" Mening dadam Italiyaga naqd 20 yil oldin kelgan , hozirgi kunda haydovchi , italiyaning boshqa qismida yashaydi , dadam italiyaga paroxod-kemada yashirincha kelgan va italiyada 10 yil rasman yashab " italiya fuqaroligini va passportini " olgan dedi. Fuqarolikni olgandan keyin meni va boshqa qarindoshlarimni ham chaqirib oldi. Men bu yerga kelganimga mana shu yil 10 yil bo'lmoqda. Men ham italiya passportini olaman , fuqarolik olishga hujjat tayyorlaganman , deb javob berdi. Ma'lumot uchun Pokistonliklar 2 davlat fuqaroligini olishi mumkin va mana shu faktor aynan nega pokistonliklar dunyo miqyosida ko'pchilikni tashkil etishidan dalolat. Bizning O'zbekistonda 1 ta fuqarolik bo'lish lozim.

Menimcha 2 ta fuqarolik berish vaqti keldi axir hamma ham tizimdan rozi emas. Davlatga mablag' kirish uchun ko'proq ishchi kuchi ham chetga chiqish kerak.
👍22
Italiyada 155.875 ta ro'yxatga olingan restoran , kafelar xizmat ko'rsatib kelmoqda va ularda umumiy 577 mingdan ziyod ishchi ishlab kelmoqda. Rimning o'zida 15 mingdan ziyod restoran mavjud. Restoran biznesi Italiya iqtisodiyotiga naqd 33.6 milliard evro(O'zbekiston YAIM deyarli teng yarmi) daromad olib keladi. Italyanlar juma , shanba va yakshanba kunlari restoran , kafelarga borib bazm qilishadi. Har bir Italyan ma'lumotga qaraganda oyiga 480-520€ atrofidagi pulni ko'chada ovqatlanish uchun sarflar ekan.
👍12🥰3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥9🎉31👏1
Italyan tili
Photo
Come si chiama in Italiano?
Anonymous Quiz
20%
Fermaporta
54%
Adattatore
18%
Ciabatta
8%
Biancheria
👍4
🥰5😁1
Italyan tili
Photo
Come si chiama in Italiano?
Anonymous Quiz
13%
Detersivo
22%
Suino
30%
Tessera
36%
Pantofole
👍11
🇮🇹Italiyada bepul ta'lim olib va yiliga 7100 euro stipendiya olishni xohlaysizmi? Mustaqil topshirishda qiyinchilikga uchragan bo'lsangiz, hamyonbop narxdagi xizmatimni taklif etaman.

Xizmat tarkibida qo'shimcha italyan tili darslari ham o'rin olgan.

Murojaat : @Shokhrukhdinho99
👍12
Turkiya va Suriyadagi zilzila oqibatida ko'plab insonlar vafot etdi va tan jarohat olib boshpanasiz qolishgan va shu bois Italiyada Disco insonparvarlik yuklarini ushbu 2 davlatga jo'natish arafasida.

13-17 fevral oralig'ida soat 10:00 Dan 12:00 gacha va 14:00dan 16:00 gacha VIA DE LOLLIS 22 manzilida barcha mahsulotlar qabul qilinadi.
Ro'yxatdagi buyumlar kerak bo'ladi
Kiyimlar, adeyol va qishlik kiyimlar. Hammasi Yangi bo'lishi kerak, ishlatilgan emas. Yosh bolalar kiyimlar, qo'lqop va hokazolar.
👍91👏1
Rimning ma'muriy bo'linishi
👍62🔥2
Italiyaga kelganimga 4 oydan oshdi ammo biror bir kontent qilmadim hali. Kelishdan oldin rejalar ajoyib edi ammo hali hech narsa qilmadim mana shu 4 oy. Italiyadagi hayot va kun qadrsizdek go'yo. Italyan tili nasib O'zbekiston hududida nasib eng ko'p o'rganiladigan tillardan biri bo'ladi degan umiddaman axir yaqinda endi Namangan chet tililar institutida ham italyan tili darslari qo'yilar ekan

Italyan tili darslari O'zbekistonda quyidagi oliygohlarda o'qitilib kelinmoqda.

1.Samarqand davlat chet tililar instituti
2. O'zbekiston davlat jahon tillari Universiteti
3. Turin politexnika Universiteti
4. O'zbekiston davlat jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi Universiteti.
5. Singapur menejment va servis instituti
6. Buxoro(Universitet nomi aniq esda yo'q ammo Napoli Universiteti bilan aloqa qilgan holda yo'lga qo'yildi)
7. Denov davlat Universiteti
8. Namangan davlat chet tililar Instituti
🔥24👍5👏3🥰1