Italyan tili
1.8K subscribers
523 photos
106 videos
164 files
549 links
Download Telegram
Libertà
John Vasili
🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz
👍5
Italiyada hech qachon qilmaslik kerak bo'lgan 9 ta narsa

1. Ortiqcha choychaqa bermang

Italiyada choychaqa berish majburiy emas chunki Italiyada ofitsantlar normal oylik olishadi va shu bois ular katta choychaqa kutishmaydi lekin bu bilan ular buni qadrlashmaydilar degani emas . Choychaqa odatda bormoqchi bo'lgan restoranning hashamatligi , xizmat va ovqat sifatiga qarab beriladi .

2. Soat 11 dan keyin cappuccino buyurtma bermang

cappuccino
nonushta uchun eng mashhur italyan ichimliklaridan biri hisoblanadi va ko'pincha ertalab shirin pishiriq bilan iste'mol qilinadi. Shu sababli, italiyaliklar restoranda spaghetti yoki ikkinchi taom bilan cappuccino buyurtma qilgan odamni ko'rganlarida ko'ngillarini xira qiladi.

3 . Baliq yoki dengiz mahsulotlari bo'lgan spaghettiga pishloq qo'ymang

Italiyada bu davlatga xiyonat bilan qiyoslanadi. Italiyaliklar oziq-ovqat bilan juda kuchli munosabatlarga ega va nima qilish mumkin va mumkin emasligi haqida juda aniq fikrlarga ega. Bu hech qachon qilinmasligi kerak bo'lgan ishlardan biridir.

4 . Hech qachon spagettini pichoq va vilka bilan kesmang

Spagettini kesmang!!! ! Italiyada spagetti dunyoning boshqa joylaridan ko'ra ko'proq iste'mol qilinadi va "spagetti odobi" haqiqiy san'atdir. Bu italiyaliklar guvohi bo'lishi mumkin bo'lgan eng dahshatli voqealardan biridir. Spagettini iste'mol qilishning to'g'ri usuli - bu vilka bilan uni o'rab yeyishdir chunki uning yeyish mohiyatini hurmat qilishingiz kerak.

5 .Cherkovga tashrif buyurganingizda shortilar, yengi yo'q futbolkalar yoki tapochkalarda bormang

Italiyaning muqaddas joylarida siz to'g'ri kiyinishingiz kerak va xuddi plyajda bo'lgandek kiyim bilan kirish mumkin emas. Orqangiz uchun sharf yoki uzun ro'mollar olib kelishni unutmang va shortilar va tapochkalardan foydalanmang. Hatto shlyapa bilan kirish ham erkak uchun nomaqbul hisoblanadi.

6 . Siz hamma joyda ingliz tilida gaplasha olasiz deb o'ylamang (va hamma sizni tushunadi deb ham o'ylamang)

Afsuski, Italiyada ingliz tili juda keng tarqalgan emas, shuning uchun umidingizni yo'qotmang. Eng mashhur va sayyohlik shaharlarida sayohat qilishda hech qanday muammo bo'lmaydi, ammo mamlakatning qolgan qismida vaziyat boshqacha. Har doim italyan tilida bilishingiz kerak bo'lgan barcha muhim so'zlarni o'z ichiga olgan kichik lug'atni olib yuring, shunda hatto eng chekka qishloqlarga ham borishingiz mumkin. Yoki, Google Tarjimonga ishoning, lekin ehtiyot bo'ling! Siz aytmoqchi bo'lgan inglizcha-italyancha tarjimalar ba'zida kutilmagan kulguli holatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

7. Punktuallikni kutmang

Italiyada belgilangan voqea-hodisa odatda kechikish bilan boshlanadi. Do'konlar ham ba'zan kech ochiladi

8 . Barcha italiyaliklarni mafiya bilan bog'liq deb o'ylamang

Italiyaliklarning aksariyati bu haqda gapirishda hech qanday muammoga duch kelmaydi, ammo ularning barchasi qotillar va korruptsionerlar bilan bog'liq deb taxmin qilish juda haqoratli. "Pitsa, mafiya ?" Chet elliklarning nazarida mamlakatning qiyofasi ko'pincha ko'plab (asossiz) stereotiplar bilan birga keladi. Noto'g'ri fikrlar har doim mavjud bo'ladi, lekin hurmat qilishni unutmang.

9 . Taksini duch kelgan joyda to'xtatmang

Italiyada ko‘chaning istalgan joyida taksini to‘xtatib bo‘lmaydi. Taksi kerak bo'lsa siz qo'ng'iroq qilishingiz yoki maxsus to'xtash joylariga borishingiz va kutishingiz kerak. Taksi haydovchisi esa ko'chada to'g'ri borish o'rniga shoshib ketayotganini ko'rsa, yaqinlashib, sayyohlarga ushbu transport vositasidan to'g'ri foydalanish usulini ko'rsatishi mumkin.

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz
👍87👏1
Forwarded from Italyan(cha) kinolar (Sʜᴏᴋʜʀᴜᴋʜ)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kanalning yangi a'zolari uchun :🇮🇹 @Italian_lan 🇮🇹 kanalida hozirgi kungacha o'tilgan grammatikaga oid barcha mavzular yig'indisi 👇


Grammatika

👉Alifbo
👉Fonetika
👉Sonlar
👉Artikl
👉Kishilik olmoshlari
👉Egalik olmoshlari
👉Noaniq olmoshlar
👉Ko'rsatish olmoshlari
👉Pronomi diretti & indiretti
👉"Essere " fe'li
👉"Avere" fe'li
👉stare +gerundio
👉Presente Indicativo
👉Passato Prossimo
👉imperfetto
👉Futuro Semplice
👉Imperativo
👉Trapassato prossimo
👉Passato Remoto
👉Condizionale Semplice
👉Condizionale Composto
👉Congiuntivo 1-qism
👉Congiuntivo 2-qism
👉Circa e Verso
👉C'e' va Ci sono
👉Ma non / Tranne / Eccetto
👉Farcela
👉Volerci
👉Ot va son
👉Sifat darajalari
👉La particella " Ci "
👉La particella " Ne "
👉Ecco
👉Anzi&Anziche&Pocoanzi&anzitutto
👉NIsbiy olmoshlar
👉Sifatlovchi aniqlovchilar
👉Gia & Ancora
👉Ma&Pero&Tuttavia&Eppure&Bensi
👉Periodo ipotetico
👉Addirittura
👉Piuttosto
👉"Bello " sifati
👉" A" predlogi
👉" Di " predlogi
👉" Su " predlogi
👉"Per " predlogi
👉" in " predlogi
👉" o'rin-joy ravishlari "
👉 " Perche , Poiche , Purche "
👉 " Machche "
👉"Piu , Di piu , In piu
👉 " Interrogazioni "
👉 " Ora , Oramai , Ormai
👉 " il Passivo "
👉 " Magari "


Audiolar&Audiokitoblar

👉 " Michael Jordan " , la vita
👉 " Pinocchio "
👉 " 100 citazioni di Carl Jung "
👉 " L'idiota "
👉 " il Corsaro Nero "
👉 " il Piccolo Principe "
👉 " un capitano "
👉 " La divina Commedia "
👉 " Decameron "


Kinolar

👉 " Vicini del terzo tipo "
👉 " Nei panni di una Principessa : Ci risiamo ! "
👉 " L'anno che verra "
👉 " i Simpson " Inferno e Paradiso
👉 " Julie & Jiulia "
👉 " Roma citta aperta "
👉 " Cicogne in Missione "
👉 " il giardino dei Finzi Contini "
👉 " Asterix e il regno degli Dei "
👉 " Robinson Crusoe "
👉 " Justin e i cavalieri valorosi "

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👍9
🇮🇹Pensi che i matrimoni nei tuoi paesi sprechino un sacco di soldi?🇺🇿( Sizning mamlakatingizda nikoh to’ylari ko’p pulni isrof qiladi deb o’ylaysizmi ? )


🇮🇹 @scrivere_in_italiano 🇮🇹
🥰5👍32
iTALYAN TILI 3-DARS. NOANIQ ARTIKL. YOU TUBE
Video so'ngida TEST bor . Like bosish esdan chiqmasin

👉 https://youtu.be/IZIPxiBaEiM
👍9👏1
Italiya haqida
❇️ Italiyada pul birligi yevro, milliy valyutasi Lira 2002-yildan buyon o'z faoliyatini to'xtatdi
❇️ Italiyaning shimolida fransuz va nemis tilida ko'pchilik gaplasha oladi.
❇️ Valyuta ayirboshlash. Banklarda katta miqdordagi valyutani almashtirish foydalidir, chunki banklar eng qulay kursni taklif qilishadi. Ammo banklar har bir tranzaksiya uchun, o'zgartirilayotgan summadan qat'i nazar, komissiya oladi - 3 dan 5 evrogacha. Mehmonxonalar va xususiy ayirboshlash shoxobchalarida kichik miqdorni almashtirish foydalidir. Bu yerda ular valyutani haddan tashqari oshirilgan kurs bo'yicha almashtiradilar, lekin ular tranzaksiya uchun komissiya olmaydilar.
❇️Xizmatlar uchun to'lov uchun quyidagi bank tizimlarining kredit kartalari qabul qilinadi (Visa, Mastercard, Cirrius-Maestro, Diners Club). Italiyadagi bankomatlarda har kuni hisobingizdan taxminan 250 yevro yechib olishingiz mumkin .
❇️ Mehmonxonalar, restoranlar, do‘konlarda karta orqali to‘lashda sizdan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat so‘ralishi mumkin .
❇️Dorixonalar- Italiyada ular juda ko'p . Siz ularni Farmacia belgisi bilan taniysiz. Dorixona ish vaqti: 09:00 - 13:00, 16:00 - 22:00. Kunduzi ishlaydigan navbatchi dorixonalar mavjud. Navbatchi farmatsevt sizga xizmat qiladi, faqat eshik oldida qo'ng'iroqni bosishingiz kerak.❇️ Bir yarim, ikki litr suv narxi 1 yevrogacha.Turistik avtobuslarda har bir haydovchiga suv sotib oladigan bar bor. Bu ularning kichik biznesi.
❇️ Italiya barlarida barcha turdagi ichimliklarga buyurtma berishingiz mumkin: vino, shisha pivo, suv, kola, kokteyl, espresso qahva, kapuchino, choy. Ichimliklarning narxi 1 dan 9 evrogacha. Bundan tashqari, ichimlikning narxi stol ijarasini o'z ichiga oladi. Barda ichimliklar ichish arzonroq
❇️ Ba'zi mehmonxonalarda WIFI uchun pul to'laysiz ( tahminan 5 yevrogacha)
❇️ Italiyada ovqat. Italiyada oziq-ovqatning taxminiy narxlari quyida ko'rsatilgan. :
Tushlik 10 dan 40 evrogacha; Bir shisha sharob 3 dan 5 evrogacha; Bir chashka qahva 2 evrogacha; Gamburger - 5 evrodan; Coca-Cola qutisi ❇️ 2 evro; Bir shisha pivo - 2,5 evro , Muzey va teatr chiptalari - 18 evrodan
❇️ Mobil aloqa Italiyada arzon . Boshqa mamlakatlarning uyali aloqa operatorlari Italiya provayderlari bilan rouming shartnomalariga ega: italyan SIM-kartasini sotib olish yanada tejamkor. 15 evro turadi. Ushbu karta faollashtirilgan kundan boshlab bir yil davomida amal qiladi
❇️Vaqt bo'yicha farq O'zbekiston bilan 3 soat (yoz faslida) va 4 soat (qish faslida )
❇️ Restoranlarda o'rtacha narxlar: salat 4-8 evro,
birinchi ovqat(suyuq) 6-9 evro, ikkinchi ovqat(quyuq) 10-20 evro,
desert 3-5 evro, spirtli ichimlik - 5 evro
Bundan tashqari, hisob 1 dan 3 evrogacha bo'lgan stol ijarasini o'z ichiga oladi.
❇️ Quyosh to'shagidan foydalanish narxi kuniga 4 evrodan. Soyabon bilan quyosh to'shagi - 10 evro. Oilalarga kompleks taklif etiladi: 2 ta quyosh kreslosi va soyabon narxi 15 evro. Plyajlar politsiya tomonidan nazorat qilinadi, siz tunda plyajda bo'lolmaysiz, tungi suzishni sevuvchilar jarimaga tortiladi.
❇️ Huquqni muhofaza qilish Italiyada bir nechta politsiya bo'linmalari tomonidan amalga oshiriladi: yo'l politsiyasi, shahar politsiyasi (jamoat tartibi), oddiy politsiya, karabineri (jinoyat ishlari), moliyaviy qo'riqchilar. Politsiya telefoni - 112, karabineri - 113.
❇️ Mehmonxona qoidalari qattiq emas. Mehmonxonaga ichimliklar, meva va oziq-ovqat olib kelishingiz mumkin. Ovqat pishirish taqiqlanadi. Mehmonlarni xonaga taklif qilish mumkin. Mehmon qabulxonada shaxsini tasdiqlovchi hujjatni qoldirishi kerak. Agar mehmon mehmonxonada tunashni xohlasa, buning uchun siz to'lashingiz kerak bo'ladi. Plyajga mehmonxona sochiqlarini olib ketishingiz mumkin. Sochiqlar muntazam ravishda almashtiriladi. Mehmonxona ma'muriyati yo'qolgan narsalar uchun javobgar emas. Shuning uchun seyfdan foydalanish tavsiya etiladi. Deyarli barcha mehmonxonalarda seyfdan foydalanish bepul, biroq bir nechta mehmonxonalarda bu xizmat pullik va taxminan 5 evro turadi. Seyf kalitini yo'qotganlik uchun kichik jarima solinadi.
👏6👍53
Italyan tili pinned «iTALYAN TILI 3-DARS. NOANIQ ARTIKL. YOU TUBE Video so'ngida TEST bor . Like bosish esdan chiqmasin 👉 https://youtu.be/IZIPxiBaEiM»
🇺🇿 Rostgo'y(halol) insonlarning ko'p do'sti bo'lmaydi...

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz
👍95🔥4👏4
" Distinguere " fe'lining Presente Indicativo zamonida II-shaxs ko'plikda to'g'ri tuslangan shaklini belgilang
Anonymous Quiz
44%
Distinguete
29%
Distingute
12%
Distingate
14%
Distinguite
👍5👏1
Italiyadagi eng tor ko'cha&yo'lak

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz
👍9😁5🥰1
Assalamu alaykum,
si informa che sabato, in occasione di 'Îd al-Adhà, presso la Grande Moschea ci saranno tre preghiere: alle ore 8.30, alle ore 09.30 e alle ore 10.30.
Piza minorasining tepasiga olib boradigan zinapoyalar

Minoraning o'zi 1173 yildan 1360 yilgacha deyarli 200 yil davomida qurilgan. Zinalardagi marmar so'nggi o'n yilliklarda sayyohlar oqimi tufayli shu holatga kelgan

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
5👍2👏1
🔥5
#Basilicata

Ma'muriy markazi Potenza . Aholisi 600.000 . Viloyat 2 ta provinsiyaga bo'lingan : Potenza va Matera

Basilikata Janubiy Italiyaning eng tog'li hududi hisoblanib uning 47% hududi to'g bilan qoplangan . 45% hududi esa qir-adirliklar va qolgan 8% hududi tekisliklardan tashkil topgan

Hudud seysmologik jihatdan zilzila ko'p bo'ladigan hududda joylashgan va o'z tarixida 2 marta katta zilzilali falokatlarni(1857 yil va 1980 yil ) boshdan kechirgan

Basilikatada hayot Poleolit davridan beri mavjud

Basilikataliklarning avlodlari Yunonlar hisoblanadi

Aholisi asosan ish yo'qligi sabab Turin shahri va Lombardiya viloyatlariga ko'chib ketishadi

Dindor insonlar foizi boshqa hududlardan ko'ra ancha yuqori 27.9% insonlar cherkov , masjid, sinagogaga borishadi.

Qishloq xo'jaligida asosan bug'doy ekiladi va u qishloq xo'jaligining 46% yerini tashkil etadi . Tog'li hududlarda asosan kartoshka va makkajo'xori ekiladi .

Qiyin dovonlar va reklamaning kamligi bois Basilikata Italiyadagi eng kam tashrif buyuriladigan hudud hisoblanadi .

Basilikata tabobati u qadar boy emas va Italiyaliklar ularning tabobatini " Dehqonlar tabobati " deb atashadi va asosan cho'chqa va qo'y go'shtini iste'mol qilishadi chunki aholining asosiy qismi dehqonchilik bilan shug'ullanadi .

Basilikataning bir yillik YAIMi 12.6 milliard yevroni tashkil etadi .

Albatta, ularda ham Mafiya bor😉 nomi " Basilischi " 1994-yil tashkil topgan bo'lib asosan o'g'rilik , odam savdosi(fohisha saqlash) , qimor va qurol savdosi bilan shug'ullanadi .

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👏6👍2
O'zbekistondan Italiyaga bormoqchi bo'lgan talaba va sayyohlar uchun Italiya qonun-qoidalari va jarimalari bo'yicha bir qancha ma'lumotlar :

❇️- Ertalab soat 01:00-05:00 oralig'ida plyajda hech kim bo'lmasligi lozim aks holda jarima 150 evro

❇️- Siz plyajda o'zingizcha shustriylik qilib o'z lashvushlaringizni ko'tarib biror bir joydan joy olib qo'ya olmaysiz , agar bundan nazoratchilar xabar topishsa 1000 evro jarima solishadi

❇️- Butun Italiyada jamoat joylarida chekish taqiqlangan. Qoidabuzarlar 200-250 yevro miqdorida jarimaga tortiladi.

❇️- Butun mamlakat bo'ylab istal joyga axlat tashlash taqiqlangan.

❇️- Italiyada favvoralarda cho'milish taqiqlangan , agar rostanam cho'milmoqchi bo'lsangiz 500 yevro to'layman deb cho'milish tavsiya etiladi😆

❇️- Italiya hududida yurganingizda o'z hujjatlaringiz bilan yurishingiz tavsiya etiladi , aks holda katta jarima va hatto ba'zi hollarda sizni qamab qo'yish holati ham uchrab turishi mumkin .

❇️- Italiyada soxta va qalbaki mahsulotlarni sotib olish taqiqlanadi. Bu holatda jarima 10 ming yevrodan oshishi mumkin.

❇️- italiyada mast holda haydovchilarga mashina haydash taqiqlanadi. Jazo 500 evro miqdorida jarima va haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilishdir.

❇️- Italiyaning ba'zi shaharlarida (Lechche, Venetsiya) ko'cha va maydonlarda kaptarlarni boqish taqiqlanadi.

❇️- Siz yo'lni noto'g'ri joyda kesib o'ta olmaysiz. Jarima taxminan 50 evroni tashkil qiladi ( ko'pchilik o'zbeklar allaqachon 50 yevro to'lab bo'lgan bo'lsa kerak 🙊 ), ammo uning miqdori turli hududlarda farq qilishi mumkin.

❇️- Piyodalar yo'laklarida velosipedda harakatlanish taqiqlanadi. Jarima 50 evro.

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👍52🥰1
Ko'chada yurganda yo'qdir ro'mollar.
Tiriklar shahvatin qo'zg'ar hayollar.
Faqat mozorlarda o'ralar ro'mol.
O'likdan uyalar bizning ayollar...



P.S : Hozir qizlar menga tosh otadi ))
👍21👏6🔥31
Italiya shaharlarining bir nechta muhim qoidalari va Italiyada nimani qilish mumkin emas !


❇️-Italiyaning biror bir shahridagi yodgorlik poydevorlariga o'tirmang , aks holda jarima to'laysiz

❇️- Ko'cha , bog' , maxsus plyajlarda gavjum bo'lib futbol o'ynash mumkin emas

❇️- Italiya poytaxtida Hot-Dog yeyish mumkin emas ( bu qiziq qoida ekan🧐 )

❇️- Tropea shahrida semiz, keksa ayollarga plyajda yechinib suzish taqiqlangan🥲

❇️- EraKlea shahrida plyajda qum qal'alarini qurish taqiqlangan.

❇️- Sitsiliya va Sardiniyada o'zingiz bilan qum va qobiqlarni olib ketish taqiqlanadi.

❇️- Leritsa shahrida derazada kiyim quritish mumkin emas 😃

❇️- Milan qonunlari jamoat joyidagi barchani keng tabassum qilishga majbur qiladi (dafn marosimlari va kasalxonalar bundan mustasno).

❇️-Italiyadagi bozor va do'konlarda sabzavot va mevalarga yalang qo'l bilan tegib bo'lmaydi. Buning uchun maxsus qo'lqop kiying.

❇️- cho'milish kiyimi ( kupalni) da shahar bo'ylab yura olmaysiz.

❇️- Plyajlarda boshqa odamga massaj qilish taqiqlanadi (taqiq davlat Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan kiritilgan).👌

❇️- Aksariyat cherkovlar erta tongdan 12.00 yoki 12.30 gacha ochiq, keyin ular 2-3 soat davomida yopiladi, tushdan keyin qayta ochiladi va 19.00 yoki undan keyin ham omma uchun ochiq qoladi.

❇️- muzeylar uchun dam olish kuni odatda dushanba (Vatikan muzeylaridan tashqari). Muzeylarning ish soatlari har xil va yilning vaqtiga bog'liq.

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👍8
Italiyada avtobusda 1 martalik yo'l kira haqqi 1.5 evro ( 17ming so'm )

1 oylik avtobus yo'l kira haqqi abbonamento(obuna ,proyezdnoy) 35 evro ( metro , avtobus , trolleybus ichida hammasi)

1 yillik 260 evro ( ammo 26 yoshgacha bo'lgan talabalarga 130 evro ekan)

Rimda 3 ta metro stansiya bor A, B, C va hozirgi kunda faqat A va B metrolari faoliyat bormoqda. C metro rekonstruksiyada.

P.S : Bu ma'lumot Lazio viloyati bo'yicha. Va hali buning har xil turlari bor. Aniqlagan va so'rab surishtirgan aniq ma'lumotlar faqat shular hisoblanadi

P.S : Jamoat transporti bo'yicha yaxshi va to'liq ma'lumotlarga ega bo'lgan Italiyadagi O'zbekistonlik talabalarni post yaratishda yaqindan ko'maklashishlarini iltimos qilamiz. Zero, Internet ma'lumotlari eski va bo'rttirilib yuborilishi ehtimoli katta.

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👍7🔥3
Italiyada eng birinchi harajatlar:
1) University da enrollment 160-250 € atrofida.
2) Residence permit ga topshirish 105€.
3) Medical Insurance 100-120€.
4) Uy agar single room olsangiz 300-400€ atrofida, double shared room olsangiz 200-250€ atrofida
5) Uyga endi kirib kelganizda boshidan 1 chi oyni to’lov qilasiz va yana 2 oylik pulni garantiya qilib berib qo’yasiz. Bu 2 oylikni uydan chiqib ketayotganizda qo’lizga to’liq qaytarib beradi.
6) Undan keyin mayda chuyda uy buyumlari, qozon va idishlar olsangiz yoki ko’rpa yostiq olsangiz obshiy 100-150€ lar ketadi.

Bo’ldi shularni hammasi eng birinchi oyda sizdan ketadigan harajatlar.

Keyin 2chi oydan boshlab, sekin sekin shu kvartirani 1 oylik puli va faqat uydan ovqatlanaman desangiz 100-150 € atrofida ketadi.

Har zamonda bir ikki restorandan ovqatlanib ko’raman desangiz bu ham ja qimmat emas restoran ga qarab.
Masalan, sushi “al you can eat” menu si hohlagancha yeb obet vaqti 15€ kechki ovqat vaqti 20-25€ turadi xolos, Pizza lar bitta coca cola bilan 10-15€ ga boradi. Bular o’rta meyona restoranlar.

Kiyim kechaklar ham juda arzon. Shu sabab Italiyaga kelayotganda o’zingiz bilan Uzbda shopping qilishni maslaxat bermayman!!! Chunki shu pulga Italiyada ham keragicha shopping qila olasiz!!!

Italiyaga kelishdan oldin, online dars berish, online free lancing bilan shugullanish haqida chuqur o’ylab ko’rib, har qalay, shu ham pul sizga yetarlicha yordam bo’lishi mumkin. Kelgandan keyin, faqat va faqat o’qing 1 chi 6-8 oy, tilni o’rganing. Haqiqiy Dolce Vita ozgina til bilimi va ancha yopib tashlanga fanlar bilan 2 chi yildan boshlanadi. Ishoning, 2 chi yildan hammasi o’zgaradi, nasib qilsa ishingizni ham topishingiz mumkin. Rizq bu qilgan go’zal va sof mehnatingizdan keyin albatta keladi.



🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👍11🔥2