Italyan tili
1.8K subscribers
523 photos
106 videos
164 files
549 links
Download Telegram
10🔥5🥰2👏1
O'zbekistonda italyan tilini birinchilardan bo'lib birinchi til sifatida o'qitilishida italiyalik o'qituvchilar Massimo va Giovannaning xizmatlari beqiyosdir , aynan ularning va SamDCHTI rahbariyatining say-harakatlari evaziga bundan tahminan 15-18 yillar ilgari Samarqandda italyan tili 1- til sifatida o'qitila boshlandi va yuzlab talabalar ularning bilimlarini mufassal o'rganib keyinchalik institutda o'qituvchi vazifasida ishladilar va ishlab kelmoqdalar. Bugun biz o'qiydigan dargoh - italyan tili markazi auditoriyasiga bir guruh italyan sayyohlari tashrif buyurdi va ularning orasida ustozlarimizning ustozi Massimoning ( Samarqandda italyan tilini ochgan o'qituvchi) ham borligi nafaqat ustozlarimizni , shu bilan birgalikda biz yangi avlodni ham juda quvontirdi deb aytib o'tsak mubolag'a bo'lmaydi. Ustozlarimiz ustozlarini sog'inishganligini va qanchalar hurmat qilishlarini o'sha ondayoq sezdim va guvohi bo'ldim. Massimo deb ko'p gapirishar edi va juda qariya inson bo'lsa kerak deb o'ylagan edim ammo qarasam mendan ancha yosh ko'rinadi😁.

Massimo , eshik oldida , kulrang kiyimda
4😁3
👍20
1999-yildan buyon Italyan tili Samarqandda o'qitilib kelinmoqda va har yili " italyan tili markazi va madaniyati kuni " keng nishonlanib kelinmoqda . Bugun SAMDCHTI faollar zalida tashkil etilgan" italyan tili 23- yoshda " bayram tadbiri ham ko'tarinki kayfiyatda o'tganligi bilan yodda qolarli bo'ldi , va shu bilan birgalikda Italiya Respublikasidan tashrif buyurgan italyan tili o'qituvchisi Sabrina Maffei ning ham shartnomasi o'z nihoyasiga yetdi va xayrlashuv bazmi vazifasini ham o'tab berdi. Bu yilgi tadbir musobaqa shaklida o'tkazilib unda 12 ta guruh o'z iste'dodlarini italyan qo'shiqlari orqali namoyon qilib ovoz to'plash natijalariga ko'ra quyidagi guruhlar TOP 3 ko'rinishiga keldi :

1) 320 - guruh ( Perfetto)
2) 416 - guruh ( Bella Ciao)
3) 124 - guruh ( Quello che le donne non dicono )

G'olib guruh(320) ga Professoressa Sabrina Maffei tomonidan esdalik sovg'asi topshirildi.

P.S : qo'shiq aytish menga emas ekanligini bila turib qo'shiq aytdim😜 7-o'rin😜 fonogramma😜

P.S : bugun ovoz to'plash jarayonida ba'zilarga kamroq va ba'zilarga ko'proq ovoz berib yubordim aybga buyurmaysizlar 😅.

P.S : Sabrina Maffei 63 yosh bo'lishiga qaramasdan sakrab raqsga tushgani hammani hayron qoldirdi

Quyida tadbirdan lavhalar e'tiboringizga taqdim etiladi .
👏6
Hayit Muborak
👍18🎉52👏1