Italyan tili
1.79K subscribers
523 photos
106 videos
164 files
549 links
Download Telegram
Forwarded from Italyan(cha) kinolar (Sʜᴏᴋʜʀᴜᴋʜ)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sardinya viloyati haqida

Sardinya bu Italiyaning 20 ta viloyatidan biri hisoblanadi. Sardinya bu orol hisoblanadi , va kattaligi jihatidan Sitsiliyadan keyingi eng yirik ikkinchi italyan oroli hisoblanadi.Sardinyaning ma'muriy markazi bu —Kalyari.
Maydoni 24.090 kvadrat kilometr. Aholisi 1.7 million.
Tillari : Italyan , Sassari , Sardinya , Galliya , Liguriya va Jazoir Katalon tili.

Aholining 97% italyanlar. Yalpi Ichki Maxsuloti miqdori yiliga 34 milliard yevro va aholi boshiga 21.200 yevrodan to'g'ri keladi.

Sardinya bu italyaning 5 ta cheklangan avtonom ( Aosta , Trentino , Friuli va Sitsiliya ) boshqarish huquqiga ega viloyatlaridan biri hisoblanadi. Sardinya 4 ta tumanga bo'lingan. Sardinyada tog'lar ko'p va eng yuqori cho'qqisi bu PUNTA LA MARMORA bo'lib 1834 metrni tashkil etadi. Sardinyaning eng uzun daryosi TIRSO bo'lib 152 kmni tashkil etadi. Sardinyada 54 ta sun'iy ko'llar bor va bular asosan elektr energiyasini ishlab chiqishda ishlatiladi. Ma'lumotlarga qaraganda , Sardinya orollarida odamzot Poleolit davridan beri istiqomat qilishadi. Aholining 65 yoshgacha bo'lgan qatlamining savodxonlik darajasi 99.5 % ni tashkil etadi.

Sardinyada 2 ta Universitet mavjud bo'lib ular Sassari Universiteti va Kalyari Universiteti hisoblanishadi va 16-17 asrda asos solingan. Hozirgi kunda 50 ming talabalar tahsil olishadi.

Sardinya Iqtisodiyoti Janubiy italiyadagi viloyatlardan ko'ra ancha yuqori.

Sardinyada ishsizlik darajasi 8.6% dan 14.6 % ga oshgan 2008 yildagi Jahon Iqtisodiyoti inqirizo sababli.

Sardinya qariyib 4 million qo'ylar uchun ajoyib maskan hisoblanadi. Sardinyaning asosiy daromadi turizm , suyuq yonilg'i , kimyoviy maxsulotlar , metallurgiya , konchilik. Turizm bo'yicha 2721 ta faol kompaniyalar faoliyat ko'rsatadi va mehmonxonalardagi umumiy xonalar soni 189.239 tani tashkil etadi. Oxirgi yillarda Sardinyaga yiliga o'rtacha 2.5 million sayyoh tashrif buyuradi.

Sardinya shuningdek 4G interneti bo'yicha Italiyadagi eng yuqori ko'rsatkichga ega ya'ni aholining 41% 4G bilan ta'minlangan.

Sardinyada 3 ta xalqaro aeroport mavjud. Shuningdek , aholida umumiy hisobda 1.295.462 mashina bor. Har 1000 ta odamdan 613 tasi mashinaga ega degani bu. 2000 yildan boshlab aholi soni qisqarib bormoqda -0.5 % va 1.0% ga.

O'rtacha umr 82 yil ya'ni ayollar 85 yosh va erkaklar 79.7 yosh.

2016- yilda migrantlarning 50.346 kishisi Sardinya aholisining 3% ni tashkil etgan.

🇷🇴 Ruminlar 13.995
🇸🇳 Senegallar 4.470
🇲🇦 Marokashliklar 4.319
🇨🇳 Xitoyliklar 3259
🇺🇦 Ukrainlar 2.391
🇵🇭 Filippinlar 1.865
🇳🇬 Nigeriyaliklar 1599
🇩🇪 Nemislar 1361
🇵🇰 Pokistonliklar 1198
🇵🇱 Polyaklar 1136
🇧🇩 Bengallar 1113
🇫🇷 Fransuzlar 694
🇬🇧 Inglizlar 669
🇦🇱 Albanlar 642
🇷🇺 Ruslar 621

eng ko'p odamlar Kalyari 431.302 kishi va Sassari 222.000 kishi istiqomat qiladi

Italiya armiyasining 60% aynan Sardinyada joylashgan.

P.S : hozircha qisqartirilgan ma'lumot shu

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👍5🔥2
Come si chiama in Italiano ?
Anonymous Quiz
30%
Basilico
20%
Tomba
21%
Taccuino
30%
Aquilone
👍10🎉4
🇮🇹 #Italiyada_oylik_maoshlar_ortacha

Doktor — 3.400€
Loyiha menejeri — 2.500€
Muhandis — 1.950€
Oshpaz — 1.850€
Savdo agenti — 1.650€
Quruvchi — 1.400€
sog'liqni saqlash xodimi — 1.200€
Enaga — 980€
Oqsochlik —920€
Agronom —1.950€
Asalarichi — 1.220€
Xo'jalik ishchisi— 1.250€
Qishloq xo'jaligi mutaxasisi — 1.250€
Traktorchi — 1.300€
Hamshira —1.240€
Sotuvchi — 1.200€
Dallol — 1.900€
Kafedra mudiri — 1.700€
Kasser — 1.000€
Supermarket kasseri —1.050€
Kiyim kechak sotuvchisi — 1.200€
Gulchi — 1.350€
Qassob — 1.400€
Nonvoy — 1.400€
Tokchaga taxlaydigan ishchi — 950€
Do'kon boshqaruvchisi — 1.650€
Vetrinachi — 1.350€
Online sotuvchi — 1.800€
Arxivchi — 1.350€
Boshqaruv assistenti — 1.150€
Kutubxonachi — 1.000€
Biznes tahlilchi — 1.800€
Boshqaruv maslahatchi — 1.350€
Ma'lumotlarni kirituvchi — 1.000€
Tashkilot ishchisi — 1.350€
Loyiha boshqaruvchisi — 2.500€
Tashkilot mas'uli — 2.100€
Kotiba — 1.200€
Tibbiyot xodimi kotibasi — 1.220€
San'at direktori — 1.800€
Pardozchi — 1.450€
Grafikchi — 1.500€
Grimchi — 1.300€
Model — 1.600€
Sartarosh — 1.300€
Radioeshittiruvchi — 1.300€
Stilist — 1.300€
Ovoz rejissori — 1.600€
Tasvirchi — 1.400€
Kabel ulovchi— 1.250€
Issiq suv ulovchi — 1.500€
Etikdo'z — 1.000€
Duradgor — 1.500€
Elektrik — 1.400€
Bog'bon — 1.300€
Santexnik — 1.450€
Rassom — 1.000€
Kafel teruvchi — 1.450€
Gilamchi — 1.250€
Xavfsizlik xodimi — 1.600€
Kimyogar — 1.800€
Formatsevt — 1.450€
Kasalxona formatsevti — 2.450€
Lift ustasi — 1.550€
Askar — 1.550€
Arxitektor — 1.750€
Web dizayner — 1.500€
Bankir — 1.420€
Bank direktori — 2.780€
Advokat — 1.930€
Huquqshunos — 2.350€
Huquqshunos konsul — 3.330€
Notarius — 10.790€
Mebelchi — 1.400€
Uchastka inspektori — 1.450€

Kasblar ham tugamas ekane😰 shu yergacha o'qib rozi bo'lasizlar endi

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👍9🔥4
Sessiya yaqinlashar ekan tabiiyki hamma yuqori baho olishni harakatini qilishadi va turli xil yo'llar bilan qanday bo'lmasin yaxshi baho olishni maqsad qiladi. Mana bir necha kundirki , biz adminlarga sessiya arafasida italyan tilidan bo'ladigan sessiyalarda yordam berishimizni aytib ko'rishmoqda. Yordam beramiz , ammo sessiya payti yordam berolmaymiz . Shu bois , hamma bir birini tushungan holda o'z bilim va salohiyatiga ishongan holda o'zi mustaqil yoki guruhi bilan sessiyalardan yaxshi o'tib olishlarini tilakdoshimiz. Bu kanaldan hech kim norozi bo'lmagan , siz ham xafa bo'lmang va biz ham noqulay sharoitga tushib qolmaylik. Va albatta eng muhim qoida , baho uchun o'qimang. Ustozlarning darslariga yaxshi javob berib o'zingizni ilg'or ekanligingizni ko'rsatgan bo'lsangiz unda yaxshi baho kutsangiz bo'ladi o'zingizdan va ustozingizdan. Kelajak sizlarniki. Hayot sizlarniki. Imtihon sizlarniki. #Rahmat va yordam berolmasligimizdan afsusdamiz ):
👍3
@canzoni_memorabili
Meraviglioso amore mio - Arisa
🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Italyan do'stlarimdan biri hisoblanmish Francesco bir musiqani ruschaga tarjima qilibdi , qani bir eshitib ko'ramizmi ?

Alla fiera dell'est, di Angelo Branduardi

Traduzione di Francesco Mengoni

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👍5
#Undovsozlar

Har bir til o'z undov-xitob so'zlariga ega hisoblanadi , bu kabi so'zlar tinglovchiga biror bir ichki tuyg'uni turli xil ovozlar bilan to'g'ridan to'g'ri yetkazib berish uchun juda ham qulay hisoblanadi. Hozir men sizlarga Italyanlar tomonidan ishlatiladigan eng ko'p undov-xitob so'zlarini birin-ketin tartibi bilan yozib ko'rsataman. Bugun uchun faqat 8 ta

1. Chaqirganda : eh ! , ehi ! (hey, hoy)

2. Niyat va umid qilganda : magari (qaniydi)

3. Afsuslanish va norozi bo'lganda : peccato ! che peccato ! ( jin urgir, jin ursin )

4. Tanbeh va norozi bo'lganda : mah vergogna ! diamine ! ( eh, uyat, jin ursin )

5. Behuzur bo'lganda va jirkanganda : poh ! , Pu ! , puah ! , ih ! che schifo ! ( fu, fu fi, viy sassiq )

6. Yoqtirmaslik va ko'ngliga sig'maslik , nola qilish : ahime ! aime ! ( voy voye , voy dode )

7. Azob-uqubat chekkanda : ah ! ahi ! oh ! ohi ! ( ax, voy, ohh )

8.Ikkilanganda : mah ! sara ! , boh ( ehtimol, xo'sh )

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👍73🔥3
La Repubblica va Orizzontescuola internet sahifalarida aytilishicha 2022-23 yilgi o'quv yilidan boshlab Italiyada o'qimoqchi bo'lgan talabalar yiliga 6.157€ stipendiya olishadi .

Ma'lumot uchun amaldagi stipendiya yiliga 5.200€ hisoblanadi.

https://www.repubblica.it/cronaca/2022/01/27/news/universita_aumentano_numero_e_0maovalore_delle_borse_di_studio-335351169/

https://www.orizzontescuola.it/universita-aumentano-il-numero-e-il-valore-delle-borse-di-studio-incrementi-da-500-a-900-euro-dal-prossimo-anno-accademico/
👍10
come si chiama in italiano ?
Anonymous Quiz
21%
formaggio
51%
tastiera
20%
lenzuolo
8%
disegno
Il verbo “ ESSERE “
“ Essere “ fe’li

• “ ESSERE “ – bo’lmoq , hisoblanmoq fe’li hozirgi zamonda sono , sei , e’ , siamo , siete , sono shakllariga ega . U biror-bir shaxs yoki narsa haqida gapirilib , uning kimligi ,qarindoshligi , kayfiyati , nimaligi , qandayligi ,tashqi ko’rinishi , jismoniy imkoniyati , shaxsiy statusi , vaqt va sanani , biror bir narsaning rangini , biror bir kishining millatini va qayerdan ekanligini , joylashuvni va biror bir voqea-hodisaning joylashuvini va yana bir qancha narsalarni ifodalab kelganda ishlatiladi .

io + sono = men....man
tu + sei = sen...san
lui + e ‘ = u....dir (erkak)
lei + e ‘ = u ....dir (ayol )
noi + siamo = biz...miz
voi + siete = sizlar....lar(siz)
loro + sono = ular.....dirlar

•Shuningdek , “ essere “ yordamchi fe’l sifatida deyarli barcha italyan tili grammatikasi zamonlarida ( il passato prossimo , il trapassato prossimo , imperfetto , futuro anteriore , condizionale passate , congiuntivo passato , congiuntivo trapassato va trapassato remoto ) fe’l bilan to’g’ridan-to’g’ri ergashib keladi . Hozircha bularni keyingi darsr o'rganamiz


io sono uno \ lo studente – men talabaman

tu sei una \ la studentessa – sen talaba qizsan

lui \ lei e’ una \ la guida turistica – u gid-tarjimondir

noi siamo gli amici – biz do’stlarmiz

voi siete gli alunni – sizlar o’quvchilar(siz)

loro sono i ragazzi – ular o’g’il bolalardirlar

io sono un vero uzbeco – men haqiqiy o’zbekman ( millatni ifodalab kelmoqda)

il mio zaino e ‘ giallo – mening sumkam sariq(dir) (rangni ifodalab kelmoqda)

la mia casa e’ grande – mening uyim katta(dir) ( uyning qandayligi ifodalanmoqda)

Shahriyor e ‘ mio fratello – mening akam Shahriyor (dir) ( shaxsning kimligi ifodalandi)

Questa e ‘ una \ la matita - bu – qalam(dir) ( predmetning nima ekanligi ifodalandi)

La festa e’ al club – bazm klubda (bo’ladi , bo’lmoqda) ( voqea-hodisaning joylashuvi )

Di dove sei ? – qayerdansan ( shaxsning qayerdan ekanligi nazarda tutilmoqda)


🇮🇹@italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👍91😢1
#Matrimonio_in_Italia
#Italiyada_nikoh_bazmi

1⃣An'anaga ko'ra kelinning ko'ylagi ⚪️Oq rang bo'lishi kerak chunki boshqa ranglar boshqa ma'nolarni anglatadi.
🔵Kelinning samimiyligini
🟣Iqtisodiy yo'qotishni
🔴Kelinning narigi dunyoga tayyor ekanligini
🟡O'zini o'zi qadrlamasligini
🟢Uyatchanligi
⚫️ kelinning tovba qilganini anglatadi

2⃣ Kelin hech qachon to'y kuni kiyingan ko'ylak bilan oynaga qaramasligi kerak , agar u buni xohlasa sirg'a va poyabzalini yechib oynaga qarashi kerak , aks holda baxtsizlik olib keladi.

3⃣To'y kuni mehmonlar oq va qora rang kiyishlari mumkin emas

4⃣Guldasta uloqtirish degan urf ham mavjud bo'lib bunda kelin guldastani uloqtiradi va guldastani kim tutib olsa o'sha inson kelajakda birinchi bo'lib oila quradi .

5⃣Odatda mehmonlarga 5 dona konfet beriladi va bu 5 ta konfet quyidagi ma'nolarni anglatadi :
—Sog'liq
—Boylik
—Baxt
—Uzoq umr
—Serfarzandlik

6⃣Kuyov to'y payti tort kesadi va kelin mehmonlarga kumush qoshiqda tort berib chiqadi

7⃣Qadimgi to'ylarda to'y kuni yovuz ruhlar to'yni buzish uchun to'y joyiga to'planishgan deb hisoblashgan va kelinning atrofida bir qancha soxta kelinlar ham bo'lgan , bundan ko'zlangan maqsad esa o'sha yovuz ruhlardan kelinni asrash bo'lgan

8⃣Nikoh uzugini italyanlar chap barmoqga kiyishadi chunki bu aynan vena qon tomirlari chapda yurakga bog'langan deb bilishadi . Nihok uzugini oddiy sovg'a qiladigan uzuk bilan bir kunda sotib olmaslik kerak , aks holda omadsizlik olib kelishi mumkin.

9⃣Janubiy Italiyada kuyov mahalliy xonandalar va musiqachilar bilan kelinning balkoniga yoki derazasining ostiga turib olib serenada chalishadi to qizning yuzi ko'ringuncha va keyin mahalliy odamlarga ziyofat beriladi

1⃣0⃣ To'y to'shagini to'ydan bir necha kun oldin kelinning turmushga chiqmagan dugonalari kelinning onasi boshchiligida kuyovning uyiga borib to'y to'shagini tayyorlashadi. To'y to'shagi sifatida albatta choyshab qo'yiladi va ba'zida guruch va gul ham to'shag ustiga qo'yiladi.

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👍7👏1
Italiyaning Lombardiya viloyatida joylashgan Garda ko'lida Milan Universiteti tomonidan 3 haftalik yozgi italyan tili va madaniyati haftaliklari tashkil etilmoqda. Iyul va avgust oylarida bo'lib o'tadi. Ishtirokchilar kamida italyan tilidan B1 darajada bo'lishlari kerak(CEFR). 3 hafta umumiy 90 soat davom etadi 27-iyundan 16 iyulgacha va 18-iyuldan 6-avgustgacha. Yozgi kursga qatnashish uchun ishtirokchilar quyidagi tizim orqali saralanib olinadi.
CV( italyan tili va madaniyatiga oid tajribalari bo'yicha)- 20 ball
Carriera scolastica e lavorativa - 15 ball
Lettera di Motivazione - 10 ball
Partecipazione a corsi di italiano - 5 ball.

Umumiy 30/50 dan kam olgan nomzodlar munosib hisoblanmaydi.

Dasturda qatnashish yosh chegarasi 18-40 yosh.
Va shuningdek 550€ to'lash kerak ( 3 mahal ovqat , italyan tili va madaniyati darslari , pullmanda diqqatga sazovor joylarga sayohat , va madaniy tadbirlar. Bu degani siz 550€ dan tashqari samolyot borish-kelish uchun ham pul to'lashingiz kerak. Deadline 20 aprel .


Umumiy ma'lumot shu linkda https://www.unimi.it/it/studiare/competenze-linguistiche/corsi-di-lingua-e-cultura-italiana-gargnano

Shuningdek , bu video orqali o'sha ko'l va sharoitlar tasvirlangan https://www.youtube.com/watch?v=g9ZXLNYMOiU


Quyidagi sahifaga jo'natish kerak https://elixforms.unimi.it/rwe2/module_preview.jsp?MODULE_TAG=Gargnano2022_contributo&ELANG=it&IATL=it kerakli hujjatlarni

Kerakli hujjatlar :

CV pdf shaklda 5 Mb
Carriera scolastica/lavorativa pdf shaklda 5 mb
Lettera di Motivazione pdf shaklda 5 mb
Certificazione o attestato di livello della lingua italiana pdf 5 mb
Fotografia(jpg o jpeg) 5mb
👍4
#IL_NOME_E_IL_NUMERO
#OT_VA_SON


Italyan tilida otlar to’g’ri va noto’g’riligiga qarab 2 ga bo’linadi . Otlar mujskoy , jenskiy rodlarda va hattoki sonlarda ham jarayonga qarab o’zgarib ketadi . Grammatik jihatdan olib qaralganda , italyan tilidagi barcha ot so’z turkumidagi so’zlar ma’lum bir rod tarkibidagi so’zlar hisoblanadi .

• Italyan tilida otlarning turi va kategoriyasi berilgan otning jinsiga qarab ham aniqlanadi .

Il postino – (erkak) pochtachi la postina – (ayol) pochtachi

Il gatto – (erkak) mushuk la gatta – (ayol) mishuk



•Mustasno holatlar italyan tilida juda ham kam ammo bir narsani yodda saqlash lozimki , italyan tilida shunday so’zlar borki ko’rinishi va ma’lum bir qoliplarga ko’ra jenskiy rod hisoblangan otlarspia – josus (shpion) , sentinella – qorovul , guardia – soqchi , recluta – yangi askar “ kabi so’zlar mujskoy rod uchun ham ishlatiladi va shuningdek, mujskoy rod belgili otlar contralto – yo’g’on ovozli ayol , soprano – ayollarning eng baland ovozi “ kabi so’zlar esa jenskiy roddagi ot hisoblanadi .


•Otlarni jonlantirish va harakatga keltirish orqali , mujskoy roddagi otlar jinsini jenskiy roddagi otlarga ham o’zgartirib kelishi mumkin .

Operaio – erkak ishchi , operaia – ishchi ayol
Figlio – o’g’il farzand figlia – qiz farzand
Scrittore – erkak yozuvchi scrittrice – ayol yozuvchi
Poeta – erkak shoir poetessa – ayol shoir

•Ba’zi bir kasb nomlari , unvonlarning jenskiy roddagi juftlari uzoq davrdan beri bo’lmaganligi uchun mujskoy roddagi shaklidan foydalanishadi . Hozirgi kunda kelib shu kasb nomlari va unvonlar uchun alohida so’zlar vujudga kelgan ( avvocato – avvocata – avvocatessa yoki ministro – ministra va boshqa shu kabi so’zlar )

•Agar nutq kasb va unvonga ega bo’lgan ayol kishiga qaratilgan bo’lsa ham , o’sha odamga mujskoy roddagi ot orqali murojaat qilish odat tusiga aylangan.

L’avvocato Aziza Falonchayevna


•Umumiy bir tushunchani o’zida jam qilaydigan bir qancha otlarning faqatgina yagona shakli mavjuddir.

Un viandante – yo’lovchi erkak , una viandante – yo’lovchi ayol
Un collega – (erkak) hamkasb , una collega – (ayol) hamkasb



Ko’pchilik hayvon turlarining faqatgina yagona mujskoy yoki jenskiy rod ko’rinishi bo’ladi .

Il finecottero – flamingo , la tigre – yo’lbars



•Biror bir hayvon turining aniq bir jinsini ifodalash uchun ifodalangan hayvon nomidan so’ng uning jinsini keltirish kifoya qiladi .





Un finecottero femmina – bir ayol flamingo

Una tigre maschio – bir erkak yo’lbars



•Ba’zi bir otlarning –a , o – shakllari mavjud bo’lib , bu so’zlar italyan tilida umuman boshqa ma’nolarni anglatadi .


Il pianto – yig’lash

La pianta – o’simlik , reja


•Asrlar o’tishi bilanoq bir qancha so’zlarning yozilishi va aytilishi tubdan farqlanib borgan sari lotin tilidan olinadigan so’zlar ham italyan tilida keng ommalashib yoyila boshladi . Misol uchun panno = to’qima , panna = qaymoq so’zlarining ikkalasi ham aynan lotin tilidan olingan so’zlar hisoblanadi , Yuqorida ko’rsatilgan so’zlar italyan tilida talaygina topiladi :

l’arco – arqon
l’arca – do’koncha , toshtobut

il banco – g’altak
la banca – bank

il baleno – chaqmoq
la balena – ulkan kit (baliq)

il bollo – belgi , muhr
la bolla – pufak , suv sathini o’lchaydigan daraja asbob

il branco – hayvonlarning to’dasi , galasi
la branca – panja , changal

il buco – teshik , yirtiq
la buca – chuqur , handaq

il busto – byust(haykaltoroshlikka oid )
la busta – konvert , papka , g’ilof

il calo – kamayish , pasayish
la cala – kemaning ostki qismi

il cappello – shlyapa
la cappella – mehrob

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👍6