Italyan tili
1.79K subscribers
523 photos
106 videos
164 files
549 links
Download Telegram
#Pronomi_diretti_e_indiretti
#Bevosita_va_Bilvosita_olmoshlar
#Grammatica


Avvalo olmosh nima ? Olmosh - bu gapning ot o'rnida ishlatiladigan o'zgaruvchan qismi; to'g'ridan-to'g'ri odamlarni yoki haqiqatda mavjud bo'lgan narsalarni yoki allaqachon aytib o'tilganlarni yoki butun jumlalarning mazmunini yana bir bor qayta nomlash uchun ishlatiladigan grammatikaning ajralmas qismidir.

Italyan tilidagi BEVOSITA OLMOSHLAR :


MiMeni , menga
Ti
Seni , senga
Lo
Uni , Unga(Mujskoy rod)
La
Uni , Unga (Jenskiy rod )
Ci
Bizni , Bizga
Vi
Sizni , Sizga
Li
Ularni ,Ularga (Mujskoy rod)
Le
Ularni , Ularga(Jenskiy rod)

BEVOSITA OLMOSHLAR
asosan hech qanday kelishik bilan ergashib kelmagan FE'L dan so'ng keladi va KIM ? NIMA ? so'roqlariga javob bo'lib keladi.

Masalan :

🇮🇹Shokhrukh compra il quaderno = Shokhrukh LO compra —🇺🇿 Shohrux DAFTAR(ni) sotib oldi = Shohrux UNI(daftarni) sotib oldi.

Bu yerda IL QUADERNO(Daftar ) so'zi oxiri — O —Harfi bilan tugagani bois va mujskoy roddagi OT bo'lganligi bois LO olmoshini ifodalab kelmoqda

Yoki xuddi shu kabi misolni endi Jenskiy rodda ham ko'rishingiz mumkin :

🇮🇹 Shokhrukh mangia la pizza = Shokhrukh LA mangia —🇺🇿 Shohrux pitsani yeydi = Shohrux UNI (Pitsani) yeydi.

La Pizza so'zi —A—harfi bilan tugaganligi bois va Jenskiy roddagi ot so'z turkimi bo'lgani bois LA olmoshini ifodalab keldi.

Yoki shu kabi misollarning endi ko'plik shaklida e'tibor qaratib o'tsak , demak :

🇮🇹Shokhrukh sogna sempre le sue cugine = Shohrux LE sogna —🇺🇿 Shohrux xolavachchalari haqida har doim o'ylaydi = Shohrux ULARNI( XOLAVACHCHALARINI) o'ylaydi

La cugina — xolavachcha
Le cugine —xolavachchalar

Le cugine (xolavachchalar) so'zi ko'plikdagi bo'lganligi bois LE olmoshi qo'yilmoqda ya'ni LE bu yerda — LE SUE CUGINE — birikmasini ifodalab kelmoqda.

Izoh : Le 2 xil ma'noda keladi
(1. Olmosh )
2 . Jenskiy roddagi ko'plikdagi artikl)


Pronomi Diretti(BEVOSITA OLMOSHLAR) o'zagi 2 ta KUCHSIZ VA KUCHLI shakldan tashkil topgan bo'lib bular quyidagicha :

KUCHSIZ SHAKl KUCHLI SHAKL
Mi ME
Ti TE
Lo LUI
La LEI
Ci NOI
Vi VOI
Li LORO
Le LORO


KUCHSIZ olmoshlar FE'LDAN KEYIN keladi , va , aksincha KUCHLI OLMOSHLAR esa FE'LDAN oldin keladi


Endi esa har ikkala shaklini teng holda ishlatilishiga e'tibor qaratamiz :

🇮🇹Mohinabonu sogna ME = Mohinabonu Mi sogna 😅🇺🇿 Mohinabonu meni o'ylaydi(hayol suradi)


🇮🇹Suhrob vedrá TE= Suhrob TI vedrá🇺🇿Suhrob SENI ko'rmoqchi

🇮🇹 Shahriyor compra la mela (LEI👩‍🦰) = Shahriyor LA compra🇮🇹 Shahriyor UNGA olma sotib olib beradi

Compra la mela —> LA compra

🇮🇹Asliddin ha visto ME e mio fratello (Noi) = CI ha VISTO — 🇺🇿Asliddin meni va akamni (Bizni) ko'rdi

Me e mio fratello —> Ci (Bizni)

🇮🇹 Mohinabonu notava TE e Komyob(Voi) = Mohinabonu VI notava —🇺🇿 Mohinabonu seni va Komyobni bilgan edi , tanir edi

Te e Komyob —> Vi(sizlarni)

🇮🇹Anvar ha venduto le case = Anvar LE ha VENDUTE *🇺🇿Anvar uylarini sotib yubordi

Le case —>Le (uylarni)


Yuqorida ( * ) belgisi orqali ishora ko'rdingiz va bu bejizga emas . Demak , nega VENDUTO emas VENDUTE bo'ldi degan bo'lsangiz javob quyidagicha :
Qachonki BEVOSITA OLMOSHLAR bilan yonma yon kelgan SIFATDOSH ya'ni O'TGAN ZAMON fe'li kelsa bunda SON va RODga qaraladi ya'ni

Anvar ha venduto le case = Anvar LE ha VENDUTE

La casa —uy(birlik)
Le case —uylar(ko'plik) ya'ni jenskiy rod ko'plik shakli bo'lganligi va gap o'tgan zamonda bo'lganligi bois fe'lning oxirida fe'lga — E — qo'shdik (Venduto—Vendute)



italyanlar juda ham ko'p marotaba BEVOSITA OLMOSHLARNING KUCHSIZ SHAKLIDAN foydalanishadi va shu bois quyida beriladigan gaplarni juda ham kam uchratishingiz mumkin.

Shohrux ha visto noi
Shohrux ha dato un regalo noi
Va hokazolar.


Umuman ahamiyat berib ko'rib turganingizdek , FE'Ldan oldin ergashib keladi , ammo ba'zi bir 5 ta mustasno holatlar ham mavjudki ular o'
zlaricha AVTONOM RESPUBLIKA😅 demak quyidagilar :

1 ) Predlog ya'ni kelishik talab qiladigan 2 ta fe'l bilan yonma-yon ergashib kelganda :

🇮🇹verrò a vederTI domani —🇺🇿ertaga SENI ko'rgani kelaman

🇮🇹Passo a prenderLA piu tardi —🇺🇿UNI olgani biroz kechroq o'taman

Diqqat : BEVOSITA OLMOSH bu qoida bo'yicha bu yerda hatto FE'LDAN OLDIN kelishi ham mumkin ya'ni :

🇮🇹TI vengo a prendere dopo — 🇺🇿seni olib ketishga keyin kelaman

2 ) agar fe'l imperativda ya'ni buyruq gapda kelgan bo'lsa :

🇮🇹Non tirarLO🇺🇿UNI siljitma
🇮🇹SpostaLo🇺🇿Uni siljit

3 ) agar fe'l Gerundioda bo'lsa

🇮🇹GuardandoLA attentamente , ho notato che stava piangendo —🇺🇿 UNGA diqqatlik bilan qarayotib , shuni payqadimki , u yig'layotgan edi

4 ) agar fe'l Infintivda kelsa :

🇮🇹MangiarLA potrebbe farti ingrassare —🇺🇿UNI yeyish , seni semirtirib yuborishi mumkin



5 ) ECCO ravishi bilan kelganda :

🇮🇹EccoLA🇺🇿Ana u(ni
🇮🇹EccoMI🇺🇿Mana men

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Endi esa navbat #PRONOMI_INDIRETTI(BILVOSITA OLMOSHLAR) mavzusiga ham yetib keldik.

BILVOSITA OLMOSHLAR

Mi —menga
Ti —senga
Gli—unga👨
Le—unga👩
Ci—Bizga
Vi—sizlarga
Loro —ularga

BILVOSITA OLMOSHLAR o'zidan keyin — A —predlogi(o'zbek tilidagi — GA — qo'shimchasi)ni talab qilgan , ma'noga ega bo'lgan fe'llar bilan yonma-yon kelganda va gapda KIMGA ? NIMAGA ? so'roqiga javob bo'lganda ishlatiladi.

Masalan :

🇮🇹Suhrob ha telefonato a Shohrux = Suhrob GLI ha telefonato —🇺🇿Suhrob ShohruxGA telefon qildi = Suhrob UNGA(Shohruxga) telefon qildi

Bu yerda GLI olmoshi gapda SHOHRUX so'zini ifodalab kelmoqda.


Tushunishlaringiz uchun yana bir boshqa misol keltiramiz :

🇮🇹 Laziz parlava sempre a me e a mio fratello dei suoi problemi = Laziz CI parlava sempre dei suoi problemi —🇺🇿 Laziz menga va akamga har doim o'z muammolari haqida gapirib beradi = Laziz BIZGA har doim o'z muammolari haqida gapirib beradi.

A me e a mio fratello ( menga va akamga ) = CI (BIZGA)*


Pronomi Indiretti (BILVOSITA OLMOSHLAR) ning ham 2 ta KUCHSIZ va KUCHLI shakllari mavjud bular :

Kuchsiz Kuchli

Mi A me
Ti A te
Gli A lui
Le A lei
Ci A noi
Vi A voi
Loro A loro


Endi esa Kuchli va Kuchsiz olmosh shakllaridan misollarga e'tibor qaratamiz .

🇮🇹 Suhrob scrive A ME = Suhrob MI scrive —🇺🇿 Suhrob MENGA yoz(adi).

🇮🇹 Shahriyor telefona A TE = Shahriyor TI telefona — 🇺🇿 Shahriyor SENGA telefon qiladi

🇮🇹 Mohinabonu parla a sua sorella ( a lei ) = Mohinabonu LE parla —🇺🇿 Mohinabonu opasiga(unga) gapirmoqda

🇮🇹 Asliddin telefona a me e a Komyob ( a noi ) = Asliddin CI telefona —🇺🇿Asliddin menga va Komyobga (Bizga) telefon qiladi

🇮🇹Shuhrat risponde ai suoi genitori (a loro ) = Shuhrat risponde LORO* —🇺🇿Shuhrat ota-onasiga javob bermoqda (ularga)


Bir noodatiy narsani payqadingizmi 3-shaxs ko'plik shakli bo'yicha (?) Ya'ni LORO ( ularga) olmoshi har doim FE'LDAN SO'NG keladi(ishlatiladi)


Biroq bir qancha grammatiklar fikrlashlariga qaraganda , 3-shaxa ko'plik " Loro " ning hozirgi yangi versiyasi sifatida " GLI " ko'rilmoqda va bu qoida dunyo bo'ylav juda ham tez ildiz otib bormoqda.

Shuhrat parla ai suoi genitori —> Shuhrat GLI parla

Ha , bir narsa aniqki , ya'ni GLI ishlatilganda hamma 3-shaxa birlik deb o'ylaydi yoki 3-shaxs ko'plik deb. Bu endi matndagi kontekstga bog'liqdir.


O'zlaringiz guvohi bo'lganingizdek , Pronomi Indiretti ( BILVOSITA OLMOSHLAR) odatda FE'LDAN OLDIN keladi ammo 3 ta mustasno holatlar mavjud bo'lib ya'ni FE'LDAN KEYIN keladi bular quyidagilar :

1 ) fe'l imperativda ya'ni buyruq gapda kelganda :

🇮🇹 Non dirGLI cosa é successo ! —🇺🇿 UNGA nima sodir bo'lgani aytma !

🇮🇹PortaLE il regalo —🇺🇿 UNGA sovg'a olib bor !

2 ) fe'l Gerundioda bo'lsa

🇮🇹 scrivendoGLI una lettera , risolverai il problema —🇺🇿UNGA bir dona xato yozib , muammongni hal qilasan

3 ) fe'l infinitivda kelsa

🇮🇹 ParlarTI mi aiuta a riflettere —🇺🇿 SENGA gapirish , menga o'ylashga yordam beradi

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👍1
Endi esa BUGUNGI MAVZUNING ENG QIYINCHILIK TUG'DIRADIGAN BOSQICHIGA ham yetib keldik , demak , bu bosqicha biz bir gapning o'zida Pronomi Diretti(BEVOSITA OLMOSHLAR) va Pronomi Indiretti (BILVOSITA OLMOSHLAR)ishlatishimiz kerak bo'ladi.

Masalan :

🇮🇹Shohrux dice A ME la notizia —> 🇺🇿Shohrux ME LA dice

Bu yerda
ME ( A ME )
La ( La notizia)

Biroz osonroq tushunib olish uchun qoida keltiramiz .

#1 ) Il pronome indiretto(BILVOSITA OLMOSH) har doim il pronome diretto(BEVOSITA OLMOSH) dan har doim oldin keladi.


#2)i pronomi Indiretti (BILVOSITA OLMOSHLAR) dagi olmoshlar MI , TI , CI , VI direttodagi LO , LA , LI , LE olmoshlar bilan kelganda o'z-o'zidan ME , TE , CE VE ga o'zgaradi

#3 ) I pronomi Indiretti (BILVOSITA OLMOSHLAR) GLI va LE dagi olmoshlar Diretto bo'lib kelgan LO , LA , LI , LE bilan kelganda birlashtirganda —e—ya'ni ( Va ) bog'lovchisini ishlatamiz va yagona so'zni shakllantiramiz ya'ni :

Glielo , gliela , glieli , gliele



🇮🇹Shohrux scrive a Mohinabonu una lettera —🇺🇿 Shohrux Mohinabonuga bitta xat yozdi

👆 Bu gapni o'girish uchun qoida #1 va qoida #3 dan foydalanishingiz kerak bo'ladi ya'ni :

Shohrux gliela scrive — Shohrux UNGA UNI yozdi

Bu yerda GLI(Mohinabonu)* qizlar uchun ham GLI ishlatiladi aralash turda

E( gli-e-la) dagi bog'lovchi qo'shimcha

La( bu yerda UNA LETTERA) ga to'g'ri kelmoqda


🇮🇹Aziza compra un computer al suo ragazzo —🇺🇿Aziza o'z yigitiga bitta kompyuter sotib oldi

Qoida #1 va qoida #2 ni ishlatamiz ya'ni :

🇮🇹Aziza glielo compra—🇺🇿Aziza UNGA UNI sotib oldi

Gli(Al suo ragazzo)
Lo(il computer)


🇮🇹I miei genitori hanno prestato un libro a me e mio fratello —🇺🇿ota-onam menga va akamga kitob berdilar

Qoida #1 va qoida #2
🇮🇹I miei genitori CE LO hanno prestato —🇺🇿 ota-onam BIZGA UNI berdilar

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 CREDI IN TE STESSO [Video motivazionale 2021]

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Come si chiama in Italiano ?
Anonymous Quiz
37%
Spada
19%
Sega
24%
Vanga
20%
Chiodo
👍1
Audio
GR di sab 15/01/22

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Kanalning yangi a'zolari uchun :🇮🇹 @Italian_lan 🇮🇹 kanalida hozirgi kungacha o'tilgan grammatikaga oid barcha mavzular yig'indisi 👇


Grammatika

👉Alifbo
👉Fonetika
👉Sonlar
👉Artikl
👉Kishilik olmoshlari
👉Egalik olmoshlari
👉Noaniq olmoshlar
👉Ko'rsatish olmoshlari
👉Pronomi diretti & indiretti
👉"Essere " fe'li
👉"Avere" fe'li
👉stare +gerundio
👉Presente Indicativo
👉Passato Prossimo
👉imperfetto
👉Futuro Semplice
👉Imperativo
👉Trapassato prossimo
👉Passato Remoto
👉Condizionale Semplice
👉Condizionale Composto
👉Congiuntivo 1-qism
👉Congiuntivo 2-qism
👉Circa e Verso
👉C'e' va Ci sono
👉Ma non / Tranne / Eccetto
👉Farcela
👉Volerci
👉Ot va son
👉Sifat darajalari
👉La particella " Ci "
👉La particella " Ne "
👉Ecco
👉Anzi&Anziche&Pocoanzi&anzitutto
👉NIsbiy olmoshlar
👉Sifatlovchi aniqlovchilar
👉Gia & Ancora
👉Ma&Pero&Tuttavia&Eppure&Bensi
👉Periodo ipotetico
👉Addirittura
👉Piuttosto
👉"Bello " sifati
👉" A" predlogi
👉" Di " predlogi
👉" Su " predlogi
👉"Per " predlogi
👉" in " predlogi
👉" o'rin-joy ravishlari "
👉 " Perche , Poiche , Purche "
👉 " Machche "
👉"Piu , Di piu , In piu
👉 " Interrogazioni "
👉 " Ora , Oramai , Ormai
👉 " il Passivo "
👉 " Magari "


Audiolar&Audiokitoblar

👉 " Michael Jordan " , la vita
👉 " Pinocchio "
👉 " 100 citazioni di Carl Jung "
👉 " L'idiota "
👉 " il Corsaro Nero "
👉 " il Piccolo Principe "
👉 " un capitano "
👉 " La divina Commedia "
👉 " Decameron "


Kinolar

👉 " Vicini del terzo tipo "
👉 " Nei panni di una Principessa : Ci risiamo ! "
👉 " L'anno che verra "
👉 " i Simpson " Inferno e Paradiso
👉 " Julie & Jiulia "
👉 " Roma citta aperta "
👉 " Cicogne in Missione "
👉 " il giardino dei Finzi Contini "
👉 " Asterix e il regno degli Dei "
👉 " Robinson Crusoe "
👉 " Justin e i cavalieri valorosi "

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
🇮🇹 Italiya Prezidentlari va ularning hukmronlik davri raqamlarda :

1. Enrico De Nicola ( 132 kun ) 1948-1948

2. Luigi Einaudi ( 6 yil 364 kun) 1948-1955

3. Giovanni Gronchi ( 7 yil ) 1955-1962

4. Antonio Segni (2 yil 209 kun) 1962-1964

5. Giueseppe Saragat (7 yil) 1964-1971

6. Giovanni Leone (6 yil 168 kun) 1971-1978

7. Sandro Pertini (6 yil 355 kun) 1978-1985

8. Francesco Cossiga (6 yil 300 kun ) 1985-1992

9. Oscar Luigi Scalfaro ( 6 yil 352 kun ) 1992-1999

10. Carlo Azeglio Ciampi ( 6 yil 362 kun ) 1999-2006

11. Giorgio Napolitano (8 yil 244 kun ) 2006-2015

12. Sergio Mattarella (2015-yildan beri )

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👍3
🇮🇹Italiyada hozirgi kunda 13 ta vazirlik mavjud.

1. Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligi ( Ministero degli Affari Esteri e Cooperazione Internazionale )

2. Ichki ishlar vazirligi ( Ministero dell'interno )

3. Adliya vazirligi ( Ministero della Giustizia )

4. Mudofaa vazirligi ( Ministero della Difesa )

5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ( Ministero dell'Economia e Finanze )

6. Iqtisodiy rivojlanish vazirligi ( Ministero dello sviluppo Economico )

7. Infrastruktura va transport vazirligi ( Ministero della infrastrutture e trasporti )

8. Qishloq xo'jaligi , iste'mol va o'rmon siyosati vazirligi ( Ministero delle Politiche agricole alimentari e forestali )

9. Ta'lim vazirligi ( Ministero dell'Istruzione , Università e Ricerca )

10. Mehnat va ijtimoiy siyosat vazirligi ( Ministero del Lavoro e politiche sociali )

11. Madaniy meros va madaniyat faoliyat hamda turizm vazirligi ( Ministero dei Beni e Attività Culturali e Turismo )

12. Atrof muhit va Italiya dengizi va yerlarni himoya qilish vazirligi ( Ministero dell'Ambiente e Tutele del Territorio e del Mare )

13. Sog'liqni saqlash vazirligi ( Ministero della salute )

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👍3🔥21
Audio
GR di dom 16/01/22 delle ore 10:30

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👍4🔥2😱2
Come si chiama in Italiano
Anonymous Quiz
10%
Uovo
18%
Seta
31%
Mattone
41%
Spugna
🥰1
🇮🇹 Italiya aholisining 92% oq tanli odamlar.

🇮🇹 Italiyada har 1000 kishiga 6.8 ta bola ko'rish to'g'ri keladi

🇮🇹 Italyanlarning umumiy o'rtacha yosh ko'rishi 82 yosh

• erkaklar 79.7 yosh o'rtacha
• ayollar 84.4 yosh o'rtacha

🇮🇹 Har 1000 ta yangi chaqaloqdan 3.6 tasi vafot etadi

🇮🇹 Har bir kvadrat kilometrga 197 odam to'gri keladi

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👍6
Come si chiama in Italiano ?
Anonymous Quiz
23%
Bacino
31%
Pentola
14%
Maiale
33%
Mattone
#Italiya_Neapol_Ishsizlik

Eng tarixiy maskanlardan biri, pitsaning vatani hisoblanmish Neapol (Italiya) nafaqat Italiyaning balkim shu bilan birgalikda Yevropaning eng qoloq shaharlaridan biri hisoblanadi. Bu yerda ishsizlik darajasi — 40% ! Bunga asosiy sabab sifatida Italiyada 2008 yilda boshlangan inqiroz va mafiya nazorati hisoblanadi. 2008- yildagi Inqiroz butun Italiyada kuzatildi va aynan shu yildan boshlab Italiya Yevropaning qolgan qismidan ko'ra sezilarli farq bilan orqada qolishni boshladi. Shu bilan birgalikda , qashshoqlik darajasi shimolda 4.9 % dan 6.2% gacha oshgan bo'lsa , Neapol va boshqa janubiy shaharlarda bu ko'rsatkich 23.3% dan 26.2% gacha oshgan.

Yaqinda o'rganilgan ma'lumotlarga qaraganda aholining 1 / 3 qismi " ish topish oson " ekanligini aytishgan ( ammo daromadi kam ish hisoblanadi ). Italiyaning iqtisodiy inqirozi kambag'al neapolliklarga ko'pchilikdan ko'ra ko'proq zarba berdi. Iqtisodiy inqiroz bir qator xarajatlarni qisqartirishga majbur qildi. 2010 yilda Kampaniya viloyati( ma'muriy markazi — Neapol ) 130 000 dan ortiq oilani qashshoqlik changaliga olib kelgan minimal farovonlik dasturini tugatishga majbur bo'ldi. Va qonuniy ish topa oladigan bir necha neapolliklar maoshlari oilani boqish uchun yetarli emasligini bilishdilar va natijada bolalar mehnati hayratlanarli darajada ko'paydi.Minglab neapollik bolalar faqat o'z oilalarini saqlab qolish uchun ishlashga majbur bo'lishdi.

Ma'lumotlarga qaraganda , 2005-2009 yillar oralig'ida Kampaniya viloyatida 54.000 bola maktabni tashlab ketishiga to'g'ri kelgan va ularning 38% hali 13 yoshga kirmagan yosh bolalar hisoblanadi va katta ehtimol ular ishlash uchun shu qarorga kelishga majbur bo'lishgan. Bolalar mehnati qanchalik yomon bo'lsa, bolaning mahalliy mafiya uchun ishlash uchun maktabni tashlab ketishi ehtimoli shunchalik yuqori . Neapolning foydali va xavfli qora bozorini boshqaradigan " Camorra " jinoyatchi oilasi ya'ni MAFIA , askar bolalarni yollash bilan mashhur.

Neapoldagi mafiya yosh cho'ntak o'g'rilari va huquq-tartibotchilar armiyasini tuzgan va ular asosan misol uchun, 12 yoshli bolalarni olaylik, ular oilasi mafiya qarzdorlaridan qarzga botganida cho'ntak o'g'risi bo'lib xizmatga chaqiriladi. " Camorra " mafiyasi bolalarni maktabni tashlab, ularning safiga qo'shilishga majbur qiladi, keyin ular kokainga qaram bo'lib qolishadi ya'ni majburlanishadi.
Neapoldagi jinoyatchilik holati har beshinchi mahalliy aholidan biri o'z mahallasida "kamdan-kam hollarda yoki hech qachon o'zini xavfsiz his qilmasliklarini" aytishga majbur qildi.Italiyaning iqtisodiy inqirozi Neapoldagi baxtsizliklarda katta rol o'ynagan bo'lsa-da, birinchi navbatda keng tarqalgan uyushgan jinoyatchilik aybdor. Neapoldagi qashshoqlikni uzoq muddatli va barqaror tuzatish uchun mafiyaning shahar siyosatiga ta'sirini yo'q qilish kerak.

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
😢5👍3🔥1
Mafiya mavjud bo'lgan hududlar
#Mafiyalar_haqida

Yuqoridagi postda mafiyaning ta'siri haqida ma'lumotga ega bo'ldik va endi bo'lsa Italiyadagi mafiyalar guruhi haqida biroz ma'lumotga ega bo'lamiz.

Italiyada uyushgan jinoyatchilik (MAFIYA) va uning jinoiy tashkilotlari Italiyada, ayniqsa Janubiy Italiyada asrlar davomida keng tarqalgan va kamida 19-asrdan beri ko'plab Italiya mintaqalarining ijtimoiy va iqtisodiy hayotiga ta'sir ko'rsatib kelmoqda.

Italiyada mahalliy mafiyaga o'xshash oltita yirik tashkilot mavjud. 1500-1800 yillarda rivojlana boshlagan ushbu tashkilotlarning eng qadimgi va hozirda eng kuchlilari Sitsiliyadagi " COSA NOSTRA " Kalabriyadagi " NDRANGXETA " (Ular Yevropadagi eng yirik kokain kontrabandachilaridan hisoblanadi) va " CAMORRA " Kampaniya, shuningdek, Neapolitan mafiyasi deb ataladi. Ushbu uchta uzoq vaqtdan beri tashkil etilgan tashkilotlardan tashqari, 20-asrda tashkil etilgan yana uchta faol uyushgan jinoyatchilik tuzilmalari mavjud:

Sitsiliyada" STIDDA " ,

Puglia viloyatidagi 2 Mafiya

" SACRA CORONA UNITA "

va " SOCIETÀ FOGGIANA ".

Shuningdek , tovlamachilik va bezorilik bo'lib shug'ullanadigan guruhlar mavjud bo'lib bular quyidagilar :

BANDA DELLA MAGLIANA — Rimda

MALA DEL BRENTA —Venetsiyada

BANDA DELLA COMASINA —Milanda

TURATELLO CRAW — Milanda

Lekin yuqoridagi guruhlar u qadar katta ta'sirga ega emas va Italiya huquqtartibot xodimlari va qonunlari jihatidan zaiflashgan va faol emas ko'p vaqtdan beri.

Shuningdek ," BASILISCHI " (Basilikata , ya'ni Kalabriya ) guruhi ham mavjud biroq u o'zidan kattaroq va nomdorroq hisoblanmish " NDRANGXETA " ta'siri ostida hisoblanadi. Qo'shimcha tarzda , " CASAMONICA " nomli kichik jinoiy guruh mavjud bo'lib u asosan RIM va Latsio viloyatining sohil bo'yi hududlarida faol ya'ni shu hududlardagi jinoyatchiliklar shu guruh zimmasiga to'g'ri keladi.

So'nggi Mafiya tashkilotlaridan biri bu " MAFIA CAPITALE " Rim ( ya'ni BANDA DELLA MAGLIANA ning saboq a'zolaridan tashkil topgan guruh deb e'tirof etiladi) .

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👍41
Forwarded from Scrivere in italiano🇮🇹 (Sʜᴏᴋʜʀᴜᴋʜ)
🇮🇹Ti piace la musica ?
🇺🇿 Senga musiqa yoqadimi ?

🇮🇹 @scrivere_in_italiano 🇮🇹