Italyan tili
1.8K subscribers
523 photos
106 videos
164 files
549 links
Download Telegram
Capoluogo di Sicilia ?
Anonymous Quiz
16%
Catanzaro
49%
Palermo
20%
Torino
15%
Catania
🇮🇹Italiyada har yili o'rtacha 404 ming ( o'tgan yili 419 ming) yangi chaqaloqlar dunyoga kelishar ekan va bu har bir ayol uchun 1.24 ta bola ko'rishga to'g'ri kelar ekan.

11-yanvar holatiga ko'ra hozirgi kunda italiyaning aholisi 60.326.510 kishini tashkil etmoqda .

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Occhi lucidi
Giusy Ferreri
🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Come si chiama in Italiano ?
Anonymous Quiz
25%
Detersivo
23%
Zuppa
18%
Arancia
34%
Spiedini
zaimki-dzierc5bcawcze-c487wiczenia-klucz.pdf
371.5 KB
Egalik olmoshlari bo'yicha mashqlar to'planmasi javoblari bilan

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
🇮🇹 Se non trovi la via , costruiscila

🇺🇿 Agar yo'l topolmasang , uni barpo qil

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
200talab guruhlarga kontakt qo'shgandan ko'ra kanal ssilkasini @italian_lan hech bo'lmaganda 2 ta odamga jo'natib qo'ysalaringiz yaxshi emasmi ?🧐
#Italyanlar_haqida

1⃣ Ular har doim imo-ishora qilib gaplashishadi va ma'lumotlarga qaraganda eng ko'p jestlarni dunyoda aynan Italyanlar ishlatishar ekan

2⃣ Italyanlar ovozini juda baland qilib gapirishadi ya'ni o'z fikrini bayon qilmoqchi bo'lishsa ular shu tarzda (baland ovozda) gapirishga o'rganib qolishgan.

3⃣ Ular kofeni sevishadi ammo obeddan keyin ular kofeni umumam iste'mol qilishmaydi. Ular ertalabga faqat cappuccino ichishadi.

4⃣ Ular ko'p pasta va pitsa yeyishadi. Garchi italyan tabobati xilma-xil bo'lsada ular asosan mana shu ikkala pasta va pitsani iste'mol qilishadi. Va hattoki , italyanlar orasida har kuni pitsa yeydiganlar ham topiladi ( zarda bo'lmas ekaneee qoyil )

5⃣ Ular xushbichim kiyimlarni kiyishni va ko'zoynak taqib yurishni yaxshi ko'radi. Yomg'ir tushsa ham ular ko'zoynak taqib yurishadi. Hattoki 365 kun taqib yuradiganlar ham bor ekan

6⃣ Ular Mammoni (onasining bolasi , boqimanda ) ya'ni italyanlar o'z oilalariga nisbatan ancha mehrli va farzandlar ota-onalaridan alohida yashaydi turmush qurgandan keyin ammo oila qurish odatda 32-35 yoshlar atrofida ro'y beradi va bu davrgacha ota-onasi bilan yashashadi.

7⃣ Ular juda ham sevgiga ishtiyoqmand ehtirosli odamlardir.

8⃣ Ular telba haydovchilardir. Ular odatda yo'l-harakat qoidalariga rioya qilmaslikni afzal ko'rishadi. Ular kezi kelsa piyodalar yo'lakchasidan ham mashina haydab o'tishadi.

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
🎉1
Forwarded from Italyan(cha) kinolar (Sʜᴏᴋʜʀᴜᴋʜ)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qaysi tilni o'rganishni xohlaysiz ? Qaysi til oson ? Barcha til oson agar sizda xohish kuchli bo'lsa. Marhamat , quyidagi tillar siz aziz obunachilar uchun muntazir.
🇬 🇷 🇦 🇲 🇲 🇦 🇹 🇮 🇨 🇦

Il Passivo — Majhul nisbat

Avvalambor aniq nisbat haqida qisqagina tushunchaga ega bo'lib olsak maqsadga muvofiq bo'lar edi .

• Aniq nisbat shaklida EGA fe'l bilan ifodalangan ish-harakatni bajarib keladi.

Misol :
🇮🇹Sardor compra il gelato —🇺🇿 Sardor muzqaymoq sotib olmoqda
{ Bu yerda " Sardor " gapda " Ega " vazifasini bajarib kelmoqda " }


Majhul nisbatda esa EGA fe'l bilan ifodalangan ish-harakatni bog'lab kelish uchun gap tarkibida saqlanib qoladi va egaga qaratilgan ish-harakatni boshqa biror bir kishi yoki kimdir bajaradi va odatda " DA —TOMONIDAN " so'zini qo'yish orqali yasaladi.

Misol :
🇮🇹il gelato é stato comprato da Sardor 🇺🇿Muzqaymoq Sardor tomonidan sotib olindi


Aniq nisbatdagi gapning to'ldiruvchisi majhul nisbatning EGA si bo'lib keladi.

🇮🇹 Sirojiddin ha visto il film —🇺🇿Sirojiddin kino ko'rdi [ Aniq nisbat ]

🇮🇹 Il film é stato visto da Sirojiddin —🇺🇿 Kino Sirojiddin tomonidan ko'rildi (Majhul nisbat ]


Majhul nisbatdagi fe'l ESSERE fe'li va Participio Passato shaklida tuslanadi.

Ega + Essere + Participio Passato + Verbo

Il pane + é + stato+ mangiato


Essere yordamchi fe'li shuningdek VENIRE fe'li bilan (Presente Indicativo , imperfetto , passato remoto , futuro Semplice ) zamonlarida o'rin almashib kelib sinonim sifatida ishlatilishi mumkin

Misol :
🇮🇹il gelato é stato comprato da Sardor = Il gelato viene comprato da Sardor — 🇺🇿 Muzqaymoq Sardor tomonidan sotib olindi.


ammo biz majhul nisbatda ESSERE + VENIRE yonma-yon ishlatolmaymiz

Il gelato é stato comprato da Sardor
Il gelato é venuto comprato da Sardor


Shuningdek , " Si " shaxssiz olmoshi 3-shaxs birlik sifatida ishlatilib keladi va umumiy " la gente—odamlar " ma'nosida keladi ya'ni :

Si + fe'l (3-shaxs birlik)

🇮🇹In questo ristorante lusso si mangia bene 🇺🇿Ushbu hashamatli restoranda odamlar yaxshi tanavvul qilishadi.


🇮🇹
@italian_lan 🇮🇹

🇮🇹
https://www.initalia.uz 🇮🇹
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
14 gennaio — Giornata dei difensori della Patria in Uzbekistan

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Har kimki paypoq bersa , paypoq olg'usidir ,
Har kimki britva bersa , britva olg'usidir ,
Yaxshi sovg'a qilib ketmas javobsiz hargiz ,
Har kimki 14-da nima bersa , 8- da o'shani olg'usidir :)

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
tema d'oggi : Stare + Gerundio

Gerundiy o'zi aslida katta zamon hisoblanadi ammo hozir sizlarga faqat STARE + GERUNDIO mavzusini o'tib bermoqchiman . Avvalambor , STARE yordamchi fe'lini kishilik olmoshlari bilan yonma-yon qo'yilishini ko'rib olsak

io+ sto
Tu +stai
👨Lui+ sta
👩‍🦰Lei + sta
Noi + stiamo
Voi + state
Loro + stanno

Stare yordamchi fe'lini tuslagandan so'ng biz endi ASOSIY FE'LNI ham tuslashlarini bilib olishimiz kerak ya'ni bunda :

—Are— bilan tugaydigan fe'llarga — Ando — qo'shimchasi ni qo'shamiz va gapda RE tushib qoladi

Ascoltare—Ascoltando
Parlare—Parlando

Ere— va —Ire— bilan tugaydigan fe'llarga faqatgina —Endo— qo'shimchasini qo'shamiz va RE tushib qoladi

Vedere—Vedendo
Sentire—Sentendo
Finire—Finendo

Ando
va Endo o'zbek tilidagi —Yap—degan qo'shimchaga teng ma'no hisoblanadi.

Endi esa Stare + Gerundio ni bemalol tuslanish shaklini bilib oldik ya'ni :

io +sto + ascoltando
Men eshitYAPman

Tu + stai + parlando
Sen gapirYAPsan

Lui + sta + lavorando
U ishlaYAPti

Lei + sta vedendo
U ko'raYAPti

Noi + stiamo + finendo
Biz tugatYAPmiz

Voi + state + giocando
Sizlar o'ynaYAPsizlar


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Stare + Gerundio ishlatilish quyidagi holatlarda uchrashi mumkin :

1️⃣ aynan hozir davom etayotgan ish harakatni ifodalash uchun , masalan :

Noi stiamo imparando l'italiano sull'internet—Biz internetda Italyan tilini o'rganYAPmiz


2️⃣ Gapiralotgan vaqt atrofida sodir bo'layotgan , bir necha kun davomida sodir bo'layotgan yoki boshlanib hali tugallanmagan ish-harakatni ifodalaydi , masalan :

io sto leggendo un bel libro in questi giorni —Men shu kunlarda bir ajoyib kitob o'qiYAPman

3️⃣O'zgaruvchan vaziyatlarga nisbatan ham ishlatiladi, masalan :

i prezzi si stanno aumentando cosi velocemente —Narxlar juda tez o'sib borYAPti
* Si qo'yishim sababi bu PASSIV gap ya'ni egasi nomalum gap. Buni keyingi darsda tushuntiraman

4️⃣vaqtinchalik vaziyatlarga nisbatan ham ishlatilishi mumkin , masalan :

Il mio cellulare non sta lavorando O funzionando—Mening telefonim ishlamaYAPti

Bu mavzu minneey olib qarasak ingliz tilidagi HOZIRGI DAVOMLI ZAMONga to'g'ri ham keladi ya'ni ishlatilish formasi bir xil

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Come si chiama in Italiano ?
Anonymous Quiz
10%
Fiume
13%
Iniezione
11%
Fiaba
66%
Cortina
SamDCHTIda italyan tili yo'nalishining bakalavr va magistratura bosqichini muvaffaqqiyatli tugatgan Shaxboz aka Mustafayev mana bir yildirki O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetida italyan tilidan talabalarga bilim va ko'nikmalar berib kelmoqda. Tabiatan juda ham og'irbosiq hisoblanmish Shaxboz aka nafaqat til o'rganish va o'rgatishda BRAVISSIMO balkim shu bilan birgalikda kompyuter tilini va dasturlashni yaxshi tushunadigan ajoyib noyob kadrlardan biri hisoblanadi. Jahon Tillari talabalari bilan onda-sonda suhbatlashib turaman va ularning Shaxboz akaga bo'lgan hurmatlari samimiy ekanligini bilib juda ham xursand bo'laman. U kishidagi eng oliy o'qituvchiga xos prinsiplardan biri bu —qattiqqo'llik ( ko'pchilik talabalarning fikrlaridan kelib chiqgan holda ). Men hali 22 yillik hayot tajribasiga ega insonman va ko'plab yaxshi va esda qolarli va arzigulik maslahat va fikrlarni Shaxboz akadan olganman. Juda samimiy va ko'nglida kiri yo'q insonlardan biri sifatida ham bilaman. Bu paxta qo'yish yoki laganbardorlik emas chunki bilim beradigan insonlar eng zo'r insonlardir men uchun. Italyan tilini vatanimizda kengroq tadbiq qilish uchun web-site yaratganlarida men juda ham xursand bo'lganman. Zero , bu sayt haligacha o'zbek segmentidagi yagona italyan tili grammatikasi , madaniyati , mediatekasi va hokazolarni yoritib boruvchi YAGONA SAYT hisoblanadi. Sayt o'tgan yilgi statiskalarni e'lon qildi va quvonarlisi shundaki o'tgan yili doimiy tashrif buyuruvchilarning umumiy soni 2800 tani tashkil etdi. Birinchi yil uchun bu — ajoyib. Shaxboz akaga o'xshagan insonlar ko'paysin va italyan tili dovrug'ini butun O'zbekiston zaminiga yoyilishida siz ham hissa qo'shing. Raqobat bor joyda o'sish bo'ladi va shu bois internet web-sahifalari , telegram kanallar yaratishdan siz hech ham qo'rqmang. Faqat ko'chirmasdan , xolisona web-site yoki kanal yuriting

Quyida saytning 1 yillik statistikasi. Marhamat kiring va ko'ring

https://www.initalia.uz/sahifalar/news/2021-stat.html

Shaxboz akaga yana bir bor rahmat sayt uchun va hammasi uchun
Javoblaringizni qoldiring

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
5 Traccia 05
🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹