Italyan tili
1.8K subscribers
523 photos
106 videos
164 files
549 links
Download Telegram
Come si chiama in italiano ?
Anonymous Quiz
13%
Mucca
31%
Orso
13%
Lupo
43%
Asino
#PRONOMI_INDEFINITI
#NOANIQ_OLMOSHLAR

• Noaniq olmoshar umumiy va taxminiy shaklda shaxsning shaxsini yoki gapda ular ko’rsatadigan va o’zgartiradigan ism bilan ko’rsatilgan shaxslar va narsalarning sonini ifodalab keladi .

• Ko’plab Noaniq olmoshlar noaniq sifatlarga moslashuvchanligi , o’xshashligi bo’yicha o’z xususiyatiga egadir .


Alcuno boshqa-bir
Parecchio bir qancha , ko’plab
Alquanto poco bir qancha , bir oz
Altro - boshqa
Tale shu kabi , ba’zi bir
Ciascuno har bir
Taluno kimdir , ba’zi birlar
Diverso ko’pchiliklar
Troppo ko’p kishilik
Altrettanto qanchadir , shunchadir , falonchadir
Tuttobarcha , hamma
Moltoko’p , ko’pchilik
Verunohech qanday
Nessunohech kim

Misollar :

Tutti I libri erano sul tavolo – barcha kitoblar stol ustida edi
Molti studenti preferiscono studiare offline – ko’pchilik talabalar oflayn shaklda o’qishni ma’qul ko’rishadi


• Ba’zi bir noaniq olmoshlar o’ziga xos shakl va xususiyatlarga ega

- #Alcunchè : O’zgarmas , va odatda inkor gaplarda ishlatilib “ hech narsa , hech qanday “ tarjimaga egadir .

Nonostante tante proposte , non fu concluso alcunchè di utile – Ko’plab takliflar bo’lishiga qaramay , hech qanday bir foydali narsa hal bo’lmadi.

- #Altri : O’zgarmas , “ boshqa bir odam(lar) “ ma’nosini anglatib kelib gapda ega vazifasini bajarib keladi .

Non spetta a me scrivere la lettera ; altri lo farà – izimdan xat yozma , boshqa bir inson(lar) buni qilishadi .

#Chiunque : O’zgarmas , “ biror bir inson , istalgan inson

A rubare il libro puo essere stato chiunqueIstalgan odam kitobni o’girlashi mumkin edi .
- #Ognuno\a – “ har bir kishi

Ognuno di gruppo deve andare a Samarcanda – har bir kishi Samarqandga borishi kerak

- #Qualcosa : “ biror bir narsa , istalgan narsa

Sono felice che si sia saputo qualcosa del nostro progetto – U bizning loyihamiz bo’yicha biror bir narsa tushunganidan xursandman


- #Qualcuno\a : “ biror bir kishi , istalgan kishi

Ci sara pure qualcuno che sia preparato – U yerda tayyorlagan istalgan odam ham bo’ladi .


- #Chicchessia: darak gapda “ biror bir odam , istalgan odam “ va inkor gapda “ hech kim “ ma’nolarida kelishi mumkin .


Il nostro non e’ un segreto . Puoi parlarne a chicchessia – Bizniki bu sir emas . Istalgan odamingga gapirib berishing mumkin .



- #checché:biror bir narsa , nima “ tarjimalariga ega bo’lib bu so’z arxaik so’z bo’lib asosan qadimiy bitiklarda uchrashi mumkin .


Penso che questa ragazza sia bella ! tu checché ne dica ? – O’ylashimcha bu qiz juda chiroyli ! sen bu haqida nima deysan ?


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Non mi avete fatto niente
Ermal Meta & Fabrizio Moro
🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
" Jalyuzi " nazarda tutilmoqda
Come si chiama in Italiano ?
Anonymous Quiz
28%
Tappeto
17%
Telecomando
38%
Persiana
18%
Pastore
Capoluogo di Sicilia ?
Anonymous Quiz
16%
Catanzaro
49%
Palermo
20%
Torino
15%
Catania
🇮🇹Italiyada har yili o'rtacha 404 ming ( o'tgan yili 419 ming) yangi chaqaloqlar dunyoga kelishar ekan va bu har bir ayol uchun 1.24 ta bola ko'rishga to'g'ri kelar ekan.

11-yanvar holatiga ko'ra hozirgi kunda italiyaning aholisi 60.326.510 kishini tashkil etmoqda .

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Occhi lucidi
Giusy Ferreri
🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Come si chiama in Italiano ?
Anonymous Quiz
25%
Detersivo
23%
Zuppa
18%
Arancia
34%
Spiedini
zaimki-dzierc5bcawcze-c487wiczenia-klucz.pdf
371.5 KB
Egalik olmoshlari bo'yicha mashqlar to'planmasi javoblari bilan

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
🇮🇹 Se non trovi la via , costruiscila

🇺🇿 Agar yo'l topolmasang , uni barpo qil

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
200talab guruhlarga kontakt qo'shgandan ko'ra kanal ssilkasini @italian_lan hech bo'lmaganda 2 ta odamga jo'natib qo'ysalaringiz yaxshi emasmi ?🧐
#Italyanlar_haqida

1⃣ Ular har doim imo-ishora qilib gaplashishadi va ma'lumotlarga qaraganda eng ko'p jestlarni dunyoda aynan Italyanlar ishlatishar ekan

2⃣ Italyanlar ovozini juda baland qilib gapirishadi ya'ni o'z fikrini bayon qilmoqchi bo'lishsa ular shu tarzda (baland ovozda) gapirishga o'rganib qolishgan.

3⃣ Ular kofeni sevishadi ammo obeddan keyin ular kofeni umumam iste'mol qilishmaydi. Ular ertalabga faqat cappuccino ichishadi.

4⃣ Ular ko'p pasta va pitsa yeyishadi. Garchi italyan tabobati xilma-xil bo'lsada ular asosan mana shu ikkala pasta va pitsani iste'mol qilishadi. Va hattoki , italyanlar orasida har kuni pitsa yeydiganlar ham topiladi ( zarda bo'lmas ekaneee qoyil )

5⃣ Ular xushbichim kiyimlarni kiyishni va ko'zoynak taqib yurishni yaxshi ko'radi. Yomg'ir tushsa ham ular ko'zoynak taqib yurishadi. Hattoki 365 kun taqib yuradiganlar ham bor ekan

6⃣ Ular Mammoni (onasining bolasi , boqimanda ) ya'ni italyanlar o'z oilalariga nisbatan ancha mehrli va farzandlar ota-onalaridan alohida yashaydi turmush qurgandan keyin ammo oila qurish odatda 32-35 yoshlar atrofida ro'y beradi va bu davrgacha ota-onasi bilan yashashadi.

7⃣ Ular juda ham sevgiga ishtiyoqmand ehtirosli odamlardir.

8⃣ Ular telba haydovchilardir. Ular odatda yo'l-harakat qoidalariga rioya qilmaslikni afzal ko'rishadi. Ular kezi kelsa piyodalar yo'lakchasidan ham mashina haydab o'tishadi.

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
🎉1
Forwarded from Italyan(cha) kinolar (Sʜᴏᴋʜʀᴜᴋʜ)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qaysi tilni o'rganishni xohlaysiz ? Qaysi til oson ? Barcha til oson agar sizda xohish kuchli bo'lsa. Marhamat , quyidagi tillar siz aziz obunachilar uchun muntazir.
🇬 🇷 🇦 🇲 🇲 🇦 🇹 🇮 🇨 🇦

Il Passivo — Majhul nisbat

Avvalambor aniq nisbat haqida qisqagina tushunchaga ega bo'lib olsak maqsadga muvofiq bo'lar edi .

• Aniq nisbat shaklida EGA fe'l bilan ifodalangan ish-harakatni bajarib keladi.

Misol :
🇮🇹Sardor compra il gelato —🇺🇿 Sardor muzqaymoq sotib olmoqda
{ Bu yerda " Sardor " gapda " Ega " vazifasini bajarib kelmoqda " }


Majhul nisbatda esa EGA fe'l bilan ifodalangan ish-harakatni bog'lab kelish uchun gap tarkibida saqlanib qoladi va egaga qaratilgan ish-harakatni boshqa biror bir kishi yoki kimdir bajaradi va odatda " DA —TOMONIDAN " so'zini qo'yish orqali yasaladi.

Misol :
🇮🇹il gelato é stato comprato da Sardor 🇺🇿Muzqaymoq Sardor tomonidan sotib olindi


Aniq nisbatdagi gapning to'ldiruvchisi majhul nisbatning EGA si bo'lib keladi.

🇮🇹 Sirojiddin ha visto il film —🇺🇿Sirojiddin kino ko'rdi [ Aniq nisbat ]

🇮🇹 Il film é stato visto da Sirojiddin —🇺🇿 Kino Sirojiddin tomonidan ko'rildi (Majhul nisbat ]


Majhul nisbatdagi fe'l ESSERE fe'li va Participio Passato shaklida tuslanadi.

Ega + Essere + Participio Passato + Verbo

Il pane + é + stato+ mangiato


Essere yordamchi fe'li shuningdek VENIRE fe'li bilan (Presente Indicativo , imperfetto , passato remoto , futuro Semplice ) zamonlarida o'rin almashib kelib sinonim sifatida ishlatilishi mumkin

Misol :
🇮🇹il gelato é stato comprato da Sardor = Il gelato viene comprato da Sardor — 🇺🇿 Muzqaymoq Sardor tomonidan sotib olindi.


ammo biz majhul nisbatda ESSERE + VENIRE yonma-yon ishlatolmaymiz

Il gelato é stato comprato da Sardor
Il gelato é venuto comprato da Sardor


Shuningdek , " Si " shaxssiz olmoshi 3-shaxs birlik sifatida ishlatilib keladi va umumiy " la gente—odamlar " ma'nosida keladi ya'ni :

Si + fe'l (3-shaxs birlik)

🇮🇹In questo ristorante lusso si mangia bene 🇺🇿Ushbu hashamatli restoranda odamlar yaxshi tanavvul qilishadi.


🇮🇹
@italian_lan 🇮🇹

🇮🇹
https://www.initalia.uz 🇮🇹
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
14 gennaio — Giornata dei difensori della Patria in Uzbekistan

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Har kimki paypoq bersa , paypoq olg'usidir ,
Har kimki britva bersa , britva olg'usidir ,
Yaxshi sovg'a qilib ketmas javobsiz hargiz ,
Har kimki 14-da nima bersa , 8- da o'shani olg'usidir :)

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
tema d'oggi : Stare + Gerundio

Gerundiy o'zi aslida katta zamon hisoblanadi ammo hozir sizlarga faqat STARE + GERUNDIO mavzusini o'tib bermoqchiman . Avvalambor , STARE yordamchi fe'lini kishilik olmoshlari bilan yonma-yon qo'yilishini ko'rib olsak

io+ sto
Tu +stai
👨Lui+ sta
👩‍🦰Lei + sta
Noi + stiamo
Voi + state
Loro + stanno

Stare yordamchi fe'lini tuslagandan so'ng biz endi ASOSIY FE'LNI ham tuslashlarini bilib olishimiz kerak ya'ni bunda :

—Are— bilan tugaydigan fe'llarga — Ando — qo'shimchasi ni qo'shamiz va gapda RE tushib qoladi

Ascoltare—Ascoltando
Parlare—Parlando

Ere— va —Ire— bilan tugaydigan fe'llarga faqatgina —Endo— qo'shimchasini qo'shamiz va RE tushib qoladi

Vedere—Vedendo
Sentire—Sentendo
Finire—Finendo

Ando
va Endo o'zbek tilidagi —Yap—degan qo'shimchaga teng ma'no hisoblanadi.

Endi esa Stare + Gerundio ni bemalol tuslanish shaklini bilib oldik ya'ni :

io +sto + ascoltando
Men eshitYAPman

Tu + stai + parlando
Sen gapirYAPsan

Lui + sta + lavorando
U ishlaYAPti

Lei + sta vedendo
U ko'raYAPti

Noi + stiamo + finendo
Biz tugatYAPmiz

Voi + state + giocando
Sizlar o'ynaYAPsizlar


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Stare + Gerundio ishlatilish quyidagi holatlarda uchrashi mumkin :

1️⃣ aynan hozir davom etayotgan ish harakatni ifodalash uchun , masalan :

Noi stiamo imparando l'italiano sull'internet—Biz internetda Italyan tilini o'rganYAPmiz


2️⃣ Gapiralotgan vaqt atrofida sodir bo'layotgan , bir necha kun davomida sodir bo'layotgan yoki boshlanib hali tugallanmagan ish-harakatni ifodalaydi , masalan :

io sto leggendo un bel libro in questi giorni —Men shu kunlarda bir ajoyib kitob o'qiYAPman

3️⃣O'zgaruvchan vaziyatlarga nisbatan ham ishlatiladi, masalan :

i prezzi si stanno aumentando cosi velocemente —Narxlar juda tez o'sib borYAPti
* Si qo'yishim sababi bu PASSIV gap ya'ni egasi nomalum gap. Buni keyingi darsda tushuntiraman

4️⃣vaqtinchalik vaziyatlarga nisbatan ham ishlatilishi mumkin , masalan :

Il mio cellulare non sta lavorando O funzionando—Mening telefonim ishlamaYAPti

Bu mavzu minneey olib qarasak ingliz tilidagi HOZIRGI DAVOMLI ZAMONga to'g'ri ham keladi ya'ni ishlatilish formasi bir xil

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹