Italyan tili
1.8K subscribers
523 photos
106 videos
164 files
549 links
Download Telegram
Jinsi shimlar dunyoda birinchi bo'lib Italiyada ishlab chiqarila boshlangan ya'ni jinsi shimlarning vatani —Italiya. Ammo jinsi shimlar italiyaning aynan qaysi shahrida ishlab chiqarilgan ?


) Bari
) Trieste
) Rim
) Jenoa
) Bolonya

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Toto Cutugno L'italiano

Xumori tutganlar bormi ( 😅 ) , qani bir KARAOKE aytamiz

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
🇮🇹Italiya davlatida 1.6 million musulmon istiqomat qilsa ham ammo u yerda bor yo'g'i 8 ta musulmon masjidlari bor ( vaholanki , 🇫🇷Fransiyada bu 2.300 tani tashkil etadi) . Eng katta masjid Rimda joylashgan bo'lib 12.000 musulmon bir vaqtning o'zida namoz o'qishi mumkin . Italiyada tekis yer juda taqchil chunki davlatning asosiy relyefi tog'lardan iborat. Tekis yer bo'lsa ham UNESCO merosiy ro'yxatiga kirgan hududlar ichiga kiradi. Yer qimmat va shu bois bitta masjid qurish uchun 40-50 million yevro € kerak bo'ladi. Italiyadagi birinchi masjidni afg'onistondan surgun qilingan shahzoda Muhammad Hasan va uning rafiqasi Roziya tomonidan tashkil etilgan bo'lib katta moliyaviy yordamni Saudiya Arabistoni qiroli Saud Faysal va Bangladesh Prezidenti Hussayin Muhammad Ershod tomonidan moliyalashtirilgan. Loyiha Italyan arxitektorlari tomonidan ishlab chiqarilgan va 1974- yil Rim shahar konsulligi Rimdan yer ajratgan va 1984 yil birinchi tosh qo'yilgan va masjid 1994 yil foydalanishga topshirilgan

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👍2
tema d'oggi : IL TRAPASSATO PROSSIMO ( yohud ingliz tilidagi PAST PERFECT TENSE)

#Ishlatilishi

1️⃣Bu zamon o'tgan zamonda sodir bo'lgan biror bir ish harakatdan OLDIN SODIR BO'LGAN ish harakatni ifodalaydi

🇮🇹Ho perso il mio cellulare quello che mio papá mi AVEVA REGALATO — Dadam sovg'a qilgan telefonni yo'qotib qo'ydim
* Bu yerda yo'qotish ikkinchi voqea bo'lsa , dadasi sovg'a qilgan telefon BIRINCHI ish harakat ya'ni BIRINCHI TELEFON SOVG'A QILINGAN keyin YO'QOTILGAN

2️⃣ O'tgan zamonda ishlatilgan birikma bilan kelMAgan holda HAM bu zamon ishlatilishi mumkin

🇮🇹Bello questo film ! — Non l'AVEVO ancora VISTO 🇺🇿 Bu Ajoyib kino ! Buni hali KO'RMAGAN EKANMAN(ilgari)

3️⃣ Bu zamon ko'pincha quyidagi payt ravishlari bilan ergashib keladi :

-MAI(hech qachon)
-PRIMA(oldin , ilgari )
- ANCORA( haligacha )
- Sempre(har doim)

🇮🇹Non ERO MAI STATO a Samarcanda—🇺🇿Samarqandda hech qachon bo'lmaganman

4️⃣ Il TRAPASSATO PROSSIMO shuningdek HURMAT ma'nosida ham gapda kelishi mumkin va ko'pincha VENIRE(kelmoq) fe'li bilan ishlatiladi

🇮🇹ERO VENUTO a parlare con Lei — siz bilan bafurja gaplashish uchun KELGAN EDIM(ya'ni hozir kelgan)

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👍1
#Yasalishi

Il TRAPASSATO PROSSIMO zamoning yasalishi quyidagicha : bu zamon IMPERFETTO dagi ESSERE va AVERE yordamchi fe'llari orqali yasaladi va oxirida fe'lning o'tgan zamondagi formasi ishlatiladi.

Ega + essere/avere + fe'lning o'tgan zamondagi tuslangan formasi.

Tu + eri + partito
per Samarcanda quando sono andato da te — qachonki senikiga borganimda SEN samarqandga JO'NAB KETGAN eding

Tu(ega)
Eri(essere)
Partito(partire fe'lining o'tgan zamondagi tuslangan shakli)


Agar ESSERE + ESSERE bo'lsa quyidagicha keladi

Io ero + stato/a
Tu eri + stato/a
Lui era + stato
Lei era + stato/a
Noi eravamo +stati/e
Voi eravate + stati/e
Loro eravano + stati/e



Agar AVERE + AVERE kelsa quyidagicha tuslanadi.

Io avevo+ avuto
Tu avevi + avuto
Lui aveva + avuto
Lei aveva + avuto
Noi avevamo + avuto
Voi avevate + avuto
Loro avevano + avuto

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Il TRAPASSATO PROSSIMO zamoni shuningdek italyan tilidagi yana boshqa 3 ta zamon ( il passato prossimo , il passato remoto va l'imperfetto )bilan birga keladi.

Non abbiamo voluto leggere il libro che la nonna ci AVEVA REGALATO a Natale — Buvimiz Rojdestvoda sovg'a qilgan kitobni o'qishni xohlamadik

*Abbiamo voluto (il passato prossimo)
*Aveva regalato ( il TRAPASSATO PROSSIMO)

Non VOLEMMO leggere il libro che la nonna ci AVEVA REGALATO a Natale — buvamiz Rojdestvoda sovg'a qilgan kitobni o'qishni xohlamas edik

*Volemmo( il passato remoto)
* Aveva regalato ( il TRAPASSATO PROSSIMO)

Non VOLEVAMO leggere il libro che la nonna ci AVEVA REGALATO a Natale — buvamiz Rojdestvoda sovg'a qilgan kitobni o'qishni xohlamayotgan edik

*Volevamo(l'imperfetto)
*Aveva regalato (il TRAPASSATO PROSSIMO)

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Che Vuole Questa Musica Stasera
Peppino Gagliardi
🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
#Grammatica
#Addirittura

Avvalambor, bu so'zning asl ma'nosi va yozilishini bilib olsak yaxshi bo'lar edi , ilgarilari bu so'z " A DIRITTURA " deb yozilib " to'g'ridan to'g'ri " degan ma'noni anglatatgan ammo hozirgi kunda bu so'zning yozilishi " Addirittura " hisoblanadi. Umuman olganda bu so'z 2 xil ma'noda ishlatiladi bular : " Bo'ktirib gapirish " va " gay'rioddiy qilish " kabi ma'nolarda ishlatiladi.

1⃣ " Addirittura " so'zi asosan " Perfino ( hatto ) " va " nientemeno (Ko'p emasu kam emas) " ma'nolarida ishlatilgan bo'lib biror bir narsaning sifatini va gapning mazmuni haddan ziyod g'ayrioddiy tarzda kuchaytirish uchun ishlatiladi va bu so'z Fe'l , Ot va Sifatdan so'ng ishlatiladi, masalan :

🇮🇹—Allora ti é piaciuto Avengers Endgame ?
—Un sacco ! Mi ha emozionato tantissimo ! Ero cosi accitato che alla fine del film ho addirittura sollevato il martello di Thor .
—Ma sei andato da solo al cinema ?
—No, c'erano tutti i miei amici , i miei parenti e addirittura i miei genitori !

🇺🇿—Xo'sh Avengers Endgame senga yoqdimi ?
—Judayam ! Meni juda ham to'lqinlantirdi ! Shu qadar hayajonda ushlab turdiki filmning oxirida hatto Thorning bolg'asini ko'tarib oldim.
—Sen kinoteatrga yolg'iz bordingmi ?
—Yo'q, u yerda men bilan do'stlarim, qarindoshlarim hattoki ota-onam ham bor edi.

2⃣ " Addirittura " so'zi yolg'iz holda kelsa " AJABLANISH, HAYRON QOLISH, TAN BERISH, " kabi ma'nolarda keladi va tarjimada " QOYIL, AJOYIB " deb tarjima qilinadi.

🇮🇹—Lo sai che oggi ho corso per 10 chilometri ?
— Addirittura ! Come hai fatto ? A me viene il fiatone dopo un paio di chilometri di camminata !

🇺🇿—Bugun 10 kilometrga yugurganimni bilasanmi ?
—Qoyil(ajoyib) ! Buni qanday qilding ? Qachonki men bir necha kilometr yugursam birdaniga nafasim qisiladi.


Diqqat ❗️❗️❗️

" Addirittura " so'zi har doim yolg'iz kelsa "hayron qolish , taajublanish " ma'nolarida kelavermaydi. Ba'zida bu so'z yolg'iz kelsa " Yengil kulib qo'yish " ma'nolarida keladi chunki sizga biror bir kishi g'alati so'zlarni aytsa siz uchun bu muhim emas va siz nomiga uni shu tariqa aldab qo'yishingiz mumkin.

🇮🇹—Sai che oggi ho comprato un vestito ai saldi ? Pensa che da 25 euro l'ho pagato solo 22.99 !
— Addirittura ! Questo si che é un'affare !

🇺🇿Bugun arzon narxda kiyim sotib olganimni bilasanmi ? O'zing o'ylab ko'r 25 yevrodan faqatgina 22.99 yevroga sotib oldim .
— ha yaxshi(yengil kulgi bilan). Bu juda yaxshi ish

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
O'tgan postlarda italiyada musulmonlar soni 1.6 million kishi mavjudligini va Marokashliklar(450 ming) musulmonlar orasida eng ko'p qismni tashkil etishini izohlab o'tgan edik. Quyida italiyada istiqomat qiladigan top-5 musulmon xalqlari raqamlarda keltirilgan.

🇲🇦 Marokashliklar 450 ming
🇦🇱 Albaniyaliklar 205 ming
🇧🇩 Bangladeshliklar 139 ming
🇵🇰 Pokistonliklar 120 ming
🇸🇳 Senegalliklar 109 ming

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👏2
🇮🇹 Anche gli uomini piangono, ma le loro lacrime scorrono dal cuore, non dagli occhi...

🇺🇿 Erkaklar ham yig'laydi faqat ularning ko'z yoshlari ko'zdan emas qalbdan oqadi...

#anche — ham , hatto
#uomini — erkaklar
#piangere — yig'lamoq
#lacrime — ko'z yosh
#scorrere —oqmoq
#cuore — yurak
#occhi — ko'zlar

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Italiyada " 17 " raqami omadsiz raqam hisoblanadi. XVII rim raqamining bir anagrammasi VIXI sifatida boʻlib, lotin tilidan “Men yashadim” deb tarjima qilinadi, “Mening hayotim tugadi” yoki “Men oʻldim” degan maʼnolarini ham anglatadi. Ba'zi italyan samolyotlarida 17-qator yo'q, ba'zi Italiya mehmonxonalarida hatto 17-raqamli xona ham yo'q

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👍1
Il verbo “ ESSERE “
“ Essere “ fe’li

• “ ESSERE “ – bo’lmoq , hisoblanmoq fe’li hozirgi zamonda sono , sei , e’ , siamo , siete , sono shakllariga ega . U biror-bir shaxs yoki narsa haqida gapirilib , uning kimligi ,qarindoshligi , kayfiyati , nimaligi , qandayligi ,tashqi ko’rinishi , jismoniy imkoniyati , shaxsiy statusi , vaqt va sanani , biror bir narsaning rangini , biror bir kishining millatini va qayerdan ekanligini , joylashuvni va biror bir voqea-hodisaning joylashuvini va yana bir qancha narsalarni ifodalab kelganda ishlatiladi .

io + sono = men....man
tu + sei = sen...san
lui + e ‘ = u....dir (erkak)
lei + e ‘ = u ....dir (ayol )
noi + siamo = biz...miz
voi + siete = sizlar....lar(siz)
loro + sono = ular.....dirlar

•Shuningdek , “ essere “ yordamchi fe’l sifatida deyarli barcha italyan tili grammatikasi zamonlarida ( il passato prossimo , il trapassato prossimo , imperfetto , futuro anteriore , condizionale passate , congiuntivo passato , congiuntivo trapassato va trapassato remoto ) fe’l bilan to’g’ridan-to’g’ri ergashib keladi . Hozircha bularni keyingi darsr o'rganamiz


io sono uno \ lo studente – men talabaman

tu sei una \ la studentessa – sen talaba qizsan

lui \ lei e’ una \ la guida turistica – u gid-tarjimondir

noi siamo gli amici – biz do’stlarmiz

voi siete gli alunni – sizlar o’quvchilar(siz)

loro sono i ragazzi – ular o’g’il bolalardirlar

io sono un vero uzbeco – men haqiqiy o’zbekman ( millatni ifodalab kelmoqda)

il mio zaino e ‘ giallo – mening sumkam sariq(dir) (rangni ifodalab kelmoqda)

la mia casa e’ grande – mening uyim katta(dir) ( uyning qandayligi ifodalanmoqda)

Shahriyor e ‘ mio fratello – mening akam Shahriyor (dir) ( shaxsning kimligi ifodalandi)

Questa e ‘ una \ la matita - bu – qalam(dir) ( predmetning nima ekanligi ifodalandi)

La festa e’ al club – bazm klubda (bo’ladi , bo’lmoqda) ( voqea-hodisaning joylashuvi )

Di dove sei ? – qayerdansan ( shaxsning qayerdan ekanligi nazarda tutilmoqda)


🇮🇹@italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Italyanlar u qadar irim-sirimga ishonishmaydi ammo ularning irim-sirimlari borki biz o'zbeklarning irim-sirimlariga o'xshaydi. Iye , bu qanaqa irim-sirim bo'ldi ekan deysizmi ? Unda bilib oling ;

Italyanlar ham biz o'zbeklar kabi qizil qalampir tog'nog'ich(taqinchoqcha) taqib yurishadi va bu har xil yovuz jinlardan saqlaydi degan xayoliy tushuncha bor. Italyanlar bu kabi taqinchoqlarni asrlar osha taqib keladi degan ma'lumotlar bor , ammo buni qanchalik rost ekanligini italyanlarni ko'rib e'tibor berib yurgan insonlar bilishi mumkin

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
🇮🇹 Non fare promesse, assicurati di non aver bisogno di fare promesse.

🇺🇿Va'da bermang, ishonch bering, va'da berishga hojat qolmasin.

#fare — qilmoq
#promessa — va'da
#assicurarsi — ishonch hosil qilmoq , hojat qoldirmaslik

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hech qachon taslim bo'lmang

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
🇬 🇷 🇦 🇲 🇲 🇦 🇹 🇮 🇨 🇦

C’è va Ci sono konstruktsiyasi


C’è va Ci sono - har ikkalasi ham “ bor “ degan ma’noni anglatadi . Bu birikmalar asosan joylarga nisbatan ishlatiladi . Bu kontruktsiya italyan tilida aniq va noaniq artikl bilan yonma-yon kelishi mumkin .

C’è una ragazza a casa – uyda bitta qiz bor
Ci sono le ragazze a casa – uyda qizlar bor

•Shuningdek , C’è va Ci sono dan keyin raqam ham kelishi mumkin .

Ci sono tre ragazze a casa – uyda 3 ta qiz bor


#Soroq_gapda C’è va Ci sono birikmalarida ohang katta rol o’ynaydi va agar biror bir narsani umumiy nazarda tutmoqchi bo’lganda artikl tushib qolishi mumkin .

C’è un ragazzo nel giardino ? – Bog’da biror bir bola bormi ?
Ci sono ragazzi nel giardino ? – Bog’da bolalar bormi ?

Ci sono i ragni a casa tua – uyingda o’rgimchaklar bormi ?
Ci sono ragni a casa tua – uyinda biror bir o’rgimchaklar bormi ?


#Inkor_shakli “ non + c’è \ ci sono “ formulasi orqali yasaladi .

Non c’è acqua nel bagno – hammomda suv yo’q

Non ci sono bicchieri nel bagno – hammomda hech qanday ko’za yo’q


C’è va Ci sono biror bir joyda bor bo’lmoq , turmoq sifatida tarjima qilinib darak va so’roq gaplarda ishlatilishi mumkin .

Scusa, c’è tua figlia? – kechirasiz , qizingiz ichkaridami ?

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
:)))))))
Come si chiama in italiano ?
Anonymous Quiz
13%
Mucca
31%
Orso
13%
Lupo
43%
Asino
#PRONOMI_INDEFINITI
#NOANIQ_OLMOSHLAR

• Noaniq olmoshar umumiy va taxminiy shaklda shaxsning shaxsini yoki gapda ular ko’rsatadigan va o’zgartiradigan ism bilan ko’rsatilgan shaxslar va narsalarning sonini ifodalab keladi .

• Ko’plab Noaniq olmoshlar noaniq sifatlarga moslashuvchanligi , o’xshashligi bo’yicha o’z xususiyatiga egadir .


Alcuno boshqa-bir
Parecchio bir qancha , ko’plab
Alquanto poco bir qancha , bir oz
Altro - boshqa
Tale shu kabi , ba’zi bir
Ciascuno har bir
Taluno kimdir , ba’zi birlar
Diverso ko’pchiliklar
Troppo ko’p kishilik
Altrettanto qanchadir , shunchadir , falonchadir
Tuttobarcha , hamma
Moltoko’p , ko’pchilik
Verunohech qanday
Nessunohech kim

Misollar :

Tutti I libri erano sul tavolo – barcha kitoblar stol ustida edi
Molti studenti preferiscono studiare offline – ko’pchilik talabalar oflayn shaklda o’qishni ma’qul ko’rishadi


• Ba’zi bir noaniq olmoshlar o’ziga xos shakl va xususiyatlarga ega

- #Alcunchè : O’zgarmas , va odatda inkor gaplarda ishlatilib “ hech narsa , hech qanday “ tarjimaga egadir .

Nonostante tante proposte , non fu concluso alcunchè di utile – Ko’plab takliflar bo’lishiga qaramay , hech qanday bir foydali narsa hal bo’lmadi.

- #Altri : O’zgarmas , “ boshqa bir odam(lar) “ ma’nosini anglatib kelib gapda ega vazifasini bajarib keladi .

Non spetta a me scrivere la lettera ; altri lo farà – izimdan xat yozma , boshqa bir inson(lar) buni qilishadi .

#Chiunque : O’zgarmas , “ biror bir inson , istalgan inson

A rubare il libro puo essere stato chiunqueIstalgan odam kitobni o’girlashi mumkin edi .
- #Ognuno\a – “ har bir kishi

Ognuno di gruppo deve andare a Samarcanda – har bir kishi Samarqandga borishi kerak

- #Qualcosa : “ biror bir narsa , istalgan narsa

Sono felice che si sia saputo qualcosa del nostro progetto – U bizning loyihamiz bo’yicha biror bir narsa tushunganidan xursandman


- #Qualcuno\a : “ biror bir kishi , istalgan kishi

Ci sara pure qualcuno che sia preparato – U yerda tayyorlagan istalgan odam ham bo’ladi .


- #Chicchessia: darak gapda “ biror bir odam , istalgan odam “ va inkor gapda “ hech kim “ ma’nolarida kelishi mumkin .


Il nostro non e’ un segreto . Puoi parlarne a chicchessia – Bizniki bu sir emas . Istalgan odamingga gapirib berishing mumkin .



- #checché:biror bir narsa , nima “ tarjimalariga ega bo’lib bu so’z arxaik so’z bo’lib asosan qadimiy bitiklarda uchrashi mumkin .


Penso che questa ragazza sia bella ! tu checché ne dica ? – O’ylashimcha bu qiz juda chiroyli ! sen bu haqida nima deysan ?


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹