Italyan tili
1.8K subscribers
523 photos
106 videos
164 files
549 links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#video

Italiyada dafn marosimi haqida ma'lumotlar —O'zbek tilida

Oyning boshi va shu bois megabaytni " gazini bosib " ishlatingizlar garchi 2 daqiqali video kattaroq bo'lsa ham
Il Congiuntivo.pdf
33.7 MB
Congiuntivo haqida to'liq ma'lumot. Albatta o'rganib chiqish tavsiya etiladi. Juda ham ajoyib kitob.
🇮🇹Amore...
Voglio chiuderti nel mio cuore e perdere la chiave...

🇺🇿 Sevgilim...
Seni yuragimga qamab qo'yib, kalitini yo'qotib qo'ygim keladi...

#volere — xohlamoq
#cuore—yurak
#perdere — yo'qotmoq
#chiave — kalit

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
1👍1🔥1
La bandiera di .....
......ning bayrog'i
Anonymous Quiz
29%
Italia
30%
San-Marino
32%
Vaticano
8%
Grecia
😁1
#Demografik_diniy_malumot


Hozirgi kunda Italiyada 1.6 milliondan ortiq musulmonlar istiqomat qilishadi va ularning 2.3% Italiya fuqarolari hisoblanishadi. Eng ko'p musulmonlar 🇲🇦Marokash davlatidan kelishgan (450.000 ). Shuningdek , Italiyada 🇵🇰pokistonliklar , 🇧🇩bengallar(Bangladesh) , 🇹🇳Tunis arablari , 🇩🇿jazoir arablari soni ham anchani tashkil etadi.

Italiyada halol go'shtni aynan musulmonlar , asosan pokiston va tunislik qassoblar sotishadi

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Jinsi shimlar dunyoda birinchi bo'lib Italiyada ishlab chiqarila boshlangan ya'ni jinsi shimlarning vatani —Italiya. Ammo jinsi shimlar italiyaning aynan qaysi shahrida ishlab chiqarilgan ?


) Bari
) Trieste
) Rim
) Jenoa
) Bolonya

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Toto Cutugno L'italiano

Xumori tutganlar bormi ( 😅 ) , qani bir KARAOKE aytamiz

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
🇮🇹Italiya davlatida 1.6 million musulmon istiqomat qilsa ham ammo u yerda bor yo'g'i 8 ta musulmon masjidlari bor ( vaholanki , 🇫🇷Fransiyada bu 2.300 tani tashkil etadi) . Eng katta masjid Rimda joylashgan bo'lib 12.000 musulmon bir vaqtning o'zida namoz o'qishi mumkin . Italiyada tekis yer juda taqchil chunki davlatning asosiy relyefi tog'lardan iborat. Tekis yer bo'lsa ham UNESCO merosiy ro'yxatiga kirgan hududlar ichiga kiradi. Yer qimmat va shu bois bitta masjid qurish uchun 40-50 million yevro € kerak bo'ladi. Italiyadagi birinchi masjidni afg'onistondan surgun qilingan shahzoda Muhammad Hasan va uning rafiqasi Roziya tomonidan tashkil etilgan bo'lib katta moliyaviy yordamni Saudiya Arabistoni qiroli Saud Faysal va Bangladesh Prezidenti Hussayin Muhammad Ershod tomonidan moliyalashtirilgan. Loyiha Italyan arxitektorlari tomonidan ishlab chiqarilgan va 1974- yil Rim shahar konsulligi Rimdan yer ajratgan va 1984 yil birinchi tosh qo'yilgan va masjid 1994 yil foydalanishga topshirilgan

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👍2
tema d'oggi : IL TRAPASSATO PROSSIMO ( yohud ingliz tilidagi PAST PERFECT TENSE)

#Ishlatilishi

1️⃣Bu zamon o'tgan zamonda sodir bo'lgan biror bir ish harakatdan OLDIN SODIR BO'LGAN ish harakatni ifodalaydi

🇮🇹Ho perso il mio cellulare quello che mio papá mi AVEVA REGALATO — Dadam sovg'a qilgan telefonni yo'qotib qo'ydim
* Bu yerda yo'qotish ikkinchi voqea bo'lsa , dadasi sovg'a qilgan telefon BIRINCHI ish harakat ya'ni BIRINCHI TELEFON SOVG'A QILINGAN keyin YO'QOTILGAN

2️⃣ O'tgan zamonda ishlatilgan birikma bilan kelMAgan holda HAM bu zamon ishlatilishi mumkin

🇮🇹Bello questo film ! — Non l'AVEVO ancora VISTO 🇺🇿 Bu Ajoyib kino ! Buni hali KO'RMAGAN EKANMAN(ilgari)

3️⃣ Bu zamon ko'pincha quyidagi payt ravishlari bilan ergashib keladi :

-MAI(hech qachon)
-PRIMA(oldin , ilgari )
- ANCORA( haligacha )
- Sempre(har doim)

🇮🇹Non ERO MAI STATO a Samarcanda—🇺🇿Samarqandda hech qachon bo'lmaganman

4️⃣ Il TRAPASSATO PROSSIMO shuningdek HURMAT ma'nosida ham gapda kelishi mumkin va ko'pincha VENIRE(kelmoq) fe'li bilan ishlatiladi

🇮🇹ERO VENUTO a parlare con Lei — siz bilan bafurja gaplashish uchun KELGAN EDIM(ya'ni hozir kelgan)

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👍1
#Yasalishi

Il TRAPASSATO PROSSIMO zamoning yasalishi quyidagicha : bu zamon IMPERFETTO dagi ESSERE va AVERE yordamchi fe'llari orqali yasaladi va oxirida fe'lning o'tgan zamondagi formasi ishlatiladi.

Ega + essere/avere + fe'lning o'tgan zamondagi tuslangan formasi.

Tu + eri + partito
per Samarcanda quando sono andato da te — qachonki senikiga borganimda SEN samarqandga JO'NAB KETGAN eding

Tu(ega)
Eri(essere)
Partito(partire fe'lining o'tgan zamondagi tuslangan shakli)


Agar ESSERE + ESSERE bo'lsa quyidagicha keladi

Io ero + stato/a
Tu eri + stato/a
Lui era + stato
Lei era + stato/a
Noi eravamo +stati/e
Voi eravate + stati/e
Loro eravano + stati/e



Agar AVERE + AVERE kelsa quyidagicha tuslanadi.

Io avevo+ avuto
Tu avevi + avuto
Lui aveva + avuto
Lei aveva + avuto
Noi avevamo + avuto
Voi avevate + avuto
Loro avevano + avuto

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Il TRAPASSATO PROSSIMO zamoni shuningdek italyan tilidagi yana boshqa 3 ta zamon ( il passato prossimo , il passato remoto va l'imperfetto )bilan birga keladi.

Non abbiamo voluto leggere il libro che la nonna ci AVEVA REGALATO a Natale — Buvimiz Rojdestvoda sovg'a qilgan kitobni o'qishni xohlamadik

*Abbiamo voluto (il passato prossimo)
*Aveva regalato ( il TRAPASSATO PROSSIMO)

Non VOLEMMO leggere il libro che la nonna ci AVEVA REGALATO a Natale — buvamiz Rojdestvoda sovg'a qilgan kitobni o'qishni xohlamas edik

*Volemmo( il passato remoto)
* Aveva regalato ( il TRAPASSATO PROSSIMO)

Non VOLEVAMO leggere il libro che la nonna ci AVEVA REGALATO a Natale — buvamiz Rojdestvoda sovg'a qilgan kitobni o'qishni xohlamayotgan edik

*Volevamo(l'imperfetto)
*Aveva regalato (il TRAPASSATO PROSSIMO)

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Che Vuole Questa Musica Stasera
Peppino Gagliardi
🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
#Grammatica
#Addirittura

Avvalambor, bu so'zning asl ma'nosi va yozilishini bilib olsak yaxshi bo'lar edi , ilgarilari bu so'z " A DIRITTURA " deb yozilib " to'g'ridan to'g'ri " degan ma'noni anglatatgan ammo hozirgi kunda bu so'zning yozilishi " Addirittura " hisoblanadi. Umuman olganda bu so'z 2 xil ma'noda ishlatiladi bular : " Bo'ktirib gapirish " va " gay'rioddiy qilish " kabi ma'nolarda ishlatiladi.

1⃣ " Addirittura " so'zi asosan " Perfino ( hatto ) " va " nientemeno (Ko'p emasu kam emas) " ma'nolarida ishlatilgan bo'lib biror bir narsaning sifatini va gapning mazmuni haddan ziyod g'ayrioddiy tarzda kuchaytirish uchun ishlatiladi va bu so'z Fe'l , Ot va Sifatdan so'ng ishlatiladi, masalan :

🇮🇹—Allora ti é piaciuto Avengers Endgame ?
—Un sacco ! Mi ha emozionato tantissimo ! Ero cosi accitato che alla fine del film ho addirittura sollevato il martello di Thor .
—Ma sei andato da solo al cinema ?
—No, c'erano tutti i miei amici , i miei parenti e addirittura i miei genitori !

🇺🇿—Xo'sh Avengers Endgame senga yoqdimi ?
—Judayam ! Meni juda ham to'lqinlantirdi ! Shu qadar hayajonda ushlab turdiki filmning oxirida hatto Thorning bolg'asini ko'tarib oldim.
—Sen kinoteatrga yolg'iz bordingmi ?
—Yo'q, u yerda men bilan do'stlarim, qarindoshlarim hattoki ota-onam ham bor edi.

2⃣ " Addirittura " so'zi yolg'iz holda kelsa " AJABLANISH, HAYRON QOLISH, TAN BERISH, " kabi ma'nolarda keladi va tarjimada " QOYIL, AJOYIB " deb tarjima qilinadi.

🇮🇹—Lo sai che oggi ho corso per 10 chilometri ?
— Addirittura ! Come hai fatto ? A me viene il fiatone dopo un paio di chilometri di camminata !

🇺🇿—Bugun 10 kilometrga yugurganimni bilasanmi ?
—Qoyil(ajoyib) ! Buni qanday qilding ? Qachonki men bir necha kilometr yugursam birdaniga nafasim qisiladi.


Diqqat ❗️❗️❗️

" Addirittura " so'zi har doim yolg'iz kelsa "hayron qolish , taajublanish " ma'nolarida kelavermaydi. Ba'zida bu so'z yolg'iz kelsa " Yengil kulib qo'yish " ma'nolarida keladi chunki sizga biror bir kishi g'alati so'zlarni aytsa siz uchun bu muhim emas va siz nomiga uni shu tariqa aldab qo'yishingiz mumkin.

🇮🇹—Sai che oggi ho comprato un vestito ai saldi ? Pensa che da 25 euro l'ho pagato solo 22.99 !
— Addirittura ! Questo si che é un'affare !

🇺🇿Bugun arzon narxda kiyim sotib olganimni bilasanmi ? O'zing o'ylab ko'r 25 yevrodan faqatgina 22.99 yevroga sotib oldim .
— ha yaxshi(yengil kulgi bilan). Bu juda yaxshi ish

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
O'tgan postlarda italiyada musulmonlar soni 1.6 million kishi mavjudligini va Marokashliklar(450 ming) musulmonlar orasida eng ko'p qismni tashkil etishini izohlab o'tgan edik. Quyida italiyada istiqomat qiladigan top-5 musulmon xalqlari raqamlarda keltirilgan.

🇲🇦 Marokashliklar 450 ming
🇦🇱 Albaniyaliklar 205 ming
🇧🇩 Bangladeshliklar 139 ming
🇵🇰 Pokistonliklar 120 ming
🇸🇳 Senegalliklar 109 ming

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👏2
🇮🇹 Anche gli uomini piangono, ma le loro lacrime scorrono dal cuore, non dagli occhi...

🇺🇿 Erkaklar ham yig'laydi faqat ularning ko'z yoshlari ko'zdan emas qalbdan oqadi...

#anche — ham , hatto
#uomini — erkaklar
#piangere — yig'lamoq
#lacrime — ko'z yosh
#scorrere —oqmoq
#cuore — yurak
#occhi — ko'zlar

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Italiyada " 17 " raqami omadsiz raqam hisoblanadi. XVII rim raqamining bir anagrammasi VIXI sifatida boʻlib, lotin tilidan “Men yashadim” deb tarjima qilinadi, “Mening hayotim tugadi” yoki “Men oʻldim” degan maʼnolarini ham anglatadi. Ba'zi italyan samolyotlarida 17-qator yo'q, ba'zi Italiya mehmonxonalarida hatto 17-raqamli xona ham yo'q

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👍1