Italyan tili
1.8K subscribers
523 photos
106 videos
164 files
549 links
Download Telegram
Italyan tili
Yangi online darslar tashkil etilmoqda . Vaqt soatlari biroz boshqacha Qaysi kunlari ? Seshanba , Juma , Yakshanba Qachon boshlanadi ? 4-yanvardan Soat nechchida ? 08:00 dan 09:45 gacha Narxi : 250 ming To'liq ma'lumot @Shokhrukhdinho99
Vaqt soatida /kunida o'zgartirilish kiritildi

22:00 dan boshlanadigan vaqtda o'tilajak nasib bo'lsa. Qolgan kunlarni kelishilgan vaqtda. Oz vaqt qoldi.
Kanalning yangi a'zolari uchun :🇮🇹 @Italian_lan 🇮🇹 kanalida hozirgi kungacha o'tilgan grammatikaga oid barcha mavzular yig'indisi 👇


Grammatika

👉Alifbo
👉Fonetika
👉Sonlar
👉Artikl
👉Kishilik olmoshlari
👉Egalik olmoshlari
👉Noaniq olmoshlar
👉Ko'rsatish olmoshlari
👉Pronomi diretti & indiretti
👉"Essere " fe'li
👉"Avere" fe'li
👉stare +gerundio
👉Presente Indicativo
👉Passato Prossimo
👉imperfetto
👉Futuro Semplice
👉Imperativo
👉Trapassato prossimo
👉Passato Remoto
👉Condizionale Semplice
👉Condizionale Composto
👉Congiuntivo 1-qism
👉Congiuntivo 2-qism
👉Circa e Verso
👉C'e' va Ci sono
👉Ma non / Tranne / Eccetto
👉Farcela
👉Volerci
👉Ot va son
👉Sifat darajalari
👉La particella " Ci "
👉La particella " Ne "
👉Ecco
👉Anzi&Anziche&Pocoanzi&anzitutto
👉NIsbiy olmoshlar
👉Sifatlovchi aniqlovchilar
👉Gia & Ancora
👉Ma&Pero&Tuttavia&Eppure&Bensi
👉Periodo ipotetico
👉Addirittura
👉Piuttosto
👉"Bello " sifati
👉" A" predlogi
👉" Di " predlogi
👉" Su " predlogi
👉"Per " predlogi
👉" in " predlogi
👉" o'rin-joy ravishlari "
👉 " Perche , Poiche , Purche "
👉 " Machche "
👉"Piu , Di piu , In piu
👉 " Interrogazioni "
👉 " Ora , Oramai , Ormai
👉 " il Passivo "
👉 " Magari "


Audiolar&Audiokitoblar

👉 " Michael Jordan " , la vita
👉 " Pinocchio "
👉 " 100 citazioni di Carl Jung "
👉 " L'idiota "
👉 " il Corsaro Nero "
👉 " il Piccolo Principe "
👉 " un capitano "
👉 " La divina Commedia "
👉 " Decameron "


Kinolar

👉 " Vicini del terzo tipo "
👉 " Nei panni di una Principessa : Ci risiamo ! "
👉 " L'anno che verra "
👉 " i Simpson " Inferno e Paradiso
👉 " Julie & Jiulia "
👉 " Roma citta aperta "
👉 " Cicogne in Missione "
👉 " il giardino dei Finzi Contini "
👉 " Asterix e il regno degli Dei "
👉 " Robinson Crusoe "
👉 " Justin e i cavalieri valorosi "

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
#Bilarmidingiz ?

Italyan tilida rasmiy ma'lumotlarga qaraganda umumiy 500.000 so'z bor biroq shevalardagi so'zlarni ham hisobga olsak bu raqamlar 2 millionni tashkil etadi.
Come si chiama in Italiano ?
Anonymous Quiz
22%
Pantalone
15%
Asciugamano
47%
Cravatta
16%
Pistaccio
Come si chiama in Italiano ?
Anonymous Quiz
67%
Albero
33%
Albergo
Xorijiy tillarni o'rganish xohishi kuchli ammo sifatli kanal topilmayaptimi ? Unda buning yechimi bor , quyidagi til kanallari sizlar uchun tashkil etildi. Kiring , ko'ring va baho bering
Forwarded from Italyan tili (Sʜᴏᴋʜʀᴜᴋʜ 3)
Il Pronome personale
( Kishilik olmoshi )
* Italyan tilida kishilik olmoshlari 2 ga bo’linadi : birlik va ko’plik .
* Kishilik olmoshlari shaxs va narsalarni anglatuvchi olmoshlardir .
* Kishilik olmoshlari bosh kelishikda ega vazifasida keladi va “ kim ? “ va “ nima ? “ so’roqlariga javob bo’ladi .


Kishilik olmoshi birlik Kishilik olmoshi ko’plik


I - shaxs io - men
II - shaxs tu - sen
III – shaxs lui - u (erkak)
III – shaxs lei - u (ayol )
III – shaxs Lei - siz( ayollar va erkaklarga nisbatan hurmat ma’nosida )


Kishilik olmoshi ko’plik

I - shaxs noi - biz ,bizlar
II - shaxs voi - sizlar
III – shaxs loro - ular


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Forwarded from Italyan tili (Sʜᴏᴋʜʀᴜᴋʜ 3)
Il verbo “ ESSERE “
“ Essere “ fe’li

• “ ESSERE “ – bo’lmoq , hisoblanmoq fe’li hozirgi zamonda sono , sei , e’ , siamo , siete , sono shakllariga ega . U biror-bir shaxs yoki narsa haqida gapirilib , uning kimligi ,qarindoshligi , kayfiyati , nimaligi , qandayligi ,tashqi ko’rinishi , jismoniy imkoniyati , shaxsiy statusi , vaqt va sanani , biror bir narsaning rangini , biror bir kishining millatini va qayerdan ekanligini , joylashuvni va biror bir voqea-hodisaning joylashuvini va yana bir qancha narsalarni ifodalab kelganda ishlatiladi .

io + sono = men....man
tu + sei = sen...san
lui + e ‘ = u....dir (erkak)
lei + e ‘ = u ....dir (ayol )
noi + siamo = biz...miz
voi + siete = sizlar....lar(siz)
loro + sono = ular.....dirlar

•Shuningdek , “ essere “ yordamchi fe’l sifatida deyarli barcha italyan tili grammatikasi zamonlarida ( il passato prossimo , il trapassato prossimo , imperfetto , futuro anteriore , condizionale passate , congiuntivo passato , congiuntivo trapassato va trapassato remoto ) fe’l bilan to’g’ridan-to’g’ri ergashib keladi . Hozircha bularni keyingi darsr o'rganamiz


io sono uno \ lo studente – men talabaman

tu sei una \ la studentessa – sen talaba qizsan

lui \ lei e’ una \ la guida turistica – u gid-tarjimondir

noi siamo gli amici – biz do’stlarmiz

voi siete gli alunni – sizlar o’quvchilar(siz)

loro sono i ragazzi – ular o’g’il bolalardirlar

io sono un vero uzbeco – men haqiqiy o’zbekman ( millatni ifodalab kelmoqda)

il mio zaino e ‘ giallo – mening sumkam sariq(dir) (rangni ifodalab kelmoqda)

la mia casa e’ grande – mening uyim katta(dir) ( uyning qandayligi ifodalanmoqda)

Shahriyor e ‘ mio fratello – mening akam Shahriyor (dir) ( shaxsning kimligi ifodalandi)

Questa e ‘ una \ la matita - bu – qalam(dir) ( predmetning nima ekanligi ifodalandi)

La festa e’ al club – bazm klubda (bo’ladi , bo’lmoqda) ( voqea-hodisaning joylashuvi )

Di dove sei ? – qayerdansan ( shaxsning qayerdan ekanligi nazarda tutilmoqda)


🇮🇹@italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👍1
🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Italyan diasporasi dunyo miqyosida

Ma'lumotlarga qaraganda quyidagi davlatlarda italyanlar ( ajdodlari ham) tahminan shuncha miqdorni tashkil etadi.

🇧🇷 Braziliyada | 25-33 million
🇦🇷 Argentinada | 20-25 million
🇺🇸 AQSHda | 15-17 million
🇫🇷 Fransiyada | 1-5 million
🇻🇪 Venesuelada | 5 million
🇵🇾 Paragvayda | 2.5 million
🇨🇴 Kolumbiyada | 2 million
🇨🇦 Kanadada | 1.5 million
🇺🇾 Urugvayda | 1 million
🇦🇺 Avtstraliyada | 1 million
🇩🇪 Germaniyada | 612 ming
🇨🇱 Chilida | 600 ming
🇵🇪 Peruda | 500 ming
🇧🇪 Belgiyada | 451 ming
🇨🇷 Kosta-Rikada | 381 ming
🇪🇸 Ispaniyada | 268 ming
🇬🇧 B.Britaniyada | 233 ming
🇨🇭 Shvetsariyada | 195 ming
🇲🇽 Meksikada | 85 ming
🇿🇦 Janubiy Afrikada | 78 ming
🇪🇨 Ekvadorda | 56 ming
🇷🇺 Rossiyada | 54 ming
🇸🇲 San Marinoda | 34 ming
🇦🇹 Avstriyada | 30 ming
🇳🇱 Lyuksemburgda | 22 ming
🇮🇪 Irlandiyada | 21 ming
🇭🇷 Xorvatiyada | 20 ming
🇸🇪 Shvetsiyada | 20 ming
🇦🇱 Albaniyada | 19 ming
🇵🇹 Portugaliyada | 19 ming
🇵🇱 Polshada | 10 ming
🇹🇭 Tailandda | 10 ming
🇳🇿 Yangi Zelandiyada | 4 ming
🇨🇿 Chexiyada | 3.5 ming
🇷🇴 Ruminiyada | 3.2 ming
🇸🇰 Sloveniyada | 3 ming

Qo'shimcha ma'lumot tariqasida , 🇮🇹Italiya aholi soni bo'yicha dunyoda 27-o'rinda turadi (60 million aholisi bilan).

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Tak , shunday qilib , " 𝗜𝗻𝗱𝗼𝘃𝗶𝗻𝗲𝗹𝗹𝗼 " so'zi nimani anglatar ekan ?
Come si chiama in Italiano ?
Anonymous Quiz
37%
Àncora
33%
Spazzatura
24%
Rubinetto
6%
Sci
#Cultura_Italiana
#Italyan_madaniyati

Ko'pincha ramziylik va an'analarga boy bo'lgan italyan to'ylarida mehmonlar yangi turmush qurganlarga sovg'alarni taqdim etishadi va taqdim etishsa ham oddiy sovg'a emas. Sovg'a berayotgan oilalarning jamiyatdagi mavqeini aks ettirishi uchun mehmonlar turli xil sovg'alar berishga odatlanishgan. Boshqacha aytganda, oila qanchalik hurmatli bo'lsa, sovg'a shunchalik dabdabali bo'ladi. Va agar mehmonlar biron bir sababga ko'ra, moliyaviy yoki boshqa sabablarga ko'ra munosib sovg'a sotib ololmasalar, to'yga bormasdan taklifni butunlay rad etishlari yaxshiroqdir.

An'anaviy italyan to'ylarida kelinlar ziyofat paytida la borsa(hamyon , sumka ) yoki atlas sumkasini olib yurishadi va bundan ko'zlangan maqsad esa mehmonlarning kelin bilan raqsga tushishidir (iya nega deb so'rayapsizmi ? ) Bundan ko'zlangan maqsad esa raqsga tushish davrida mehmonlar kelinning sumkasiga konvertga solingan 100$-400$ gacha bo'lgan miqdordagi pulni tuhfa etishidir. Asosan bu pullar to'ydan keyin yangi oila uchun mebel sotib olish yoki chet el safariga ketish uchun sarflanadi.

Uzunroq post bo'lib ketdi ... :)

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Agar senga " bu — imkonsiz " deb aytishsa , imkonsizlik faqat ular uchun , sen uchun emasligini ularga eslat

#se — agar
#ti — senga , seni
#dire — aytmoq
#impossibile — imkonsiz
#ricordagli — ularga eslat
#per — uchun

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#video

Italiyada dafn marosimi haqida ma'lumotlar —O'zbek tilida

Oyning boshi va shu bois megabaytni " gazini bosib " ishlatingizlar garchi 2 daqiqali video kattaroq bo'lsa ham
Il Congiuntivo.pdf
33.7 MB
Congiuntivo haqida to'liq ma'lumot. Albatta o'rganib chiqish tavsiya etiladi. Juda ham ajoyib kitob.
🇮🇹Amore...
Voglio chiuderti nel mio cuore e perdere la chiave...

🇺🇿 Sevgilim...
Seni yuragimga qamab qo'yib, kalitini yo'qotib qo'ygim keladi...

#volere — xohlamoq
#cuore—yurak
#perdere — yo'qotmoq
#chiave — kalit

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
1👍1🔥1