Italyan tili
1.79K subscribers
523 photos
106 videos
164 files
549 links
Download Telegram
🇮🇹 "Gli occhi più dolci sono quelli che hanno pianto più lacrime.
I sorrisi più belli nascondono i segreti più profondi.
I cuori più nobili hanno subito le peggiori ferite."


🇺🇿 "Eng shirin ko'zlar eng ko'p yig'laganlardir.
Eng chiroyli tabassumlar eng chuqur sirlarni yashiradi.
Eng oliyjanob qalblar eng og'ir yaralarni boshdan kechirganlardir."

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👍1
Forwarded from Italyan tili (Sʜᴏᴋʜʀᴜᴋʜ 3)
🇬 🇷 🇦 🇲 🇲 🇦 🇹 🇮 🇨 🇦


#Avverbi_di_luogo
#orin_joy_ravishlari


Bugun biz sizlar bilan " Avverbi di luogo " ya'ni " o'rin-joy ravishlari" ni o'rganishga harakat qilamiz. Italyan tilida o'rin joy ravishlari bu quyidagilar :

Qui , Qua, Li, Lá, Laggiu, Quaggiú , Quassú


Avvalambor , hamma narsa tartib bilan deganlaridek QUI va QUA o'rin-joy ravishlarining ishlatish xususiyatiga e'tibor qaratamiz .


#Qui_e_Qua

QUI va QUA so'zlarining tarjimasi " Bu joyda , bu yerda , shu yerda " degan ma'nolarni anglatib bu bizga yaqin bo'lgan biror bir joyni nazarda tutmoqchi bo'lganimizda ishlatamiz. Qui so'zini ishlatish ommabop hisoblanadi va Qui ko'proq aniq bir ifodalangan joyni nazarda tutish uchun ishlatiladi (ba'zida italyanlar Qua so'zini ishlatishni ma'qul ko'rishadi )

Misol :
🇮🇹Che freddo fa qui ! —🇺🇿 bu yer juda sovuq !


#Lí_e_Là

va o'rin-joy ravishlari gapirayotgan insondan uzoqroq bo'lgan joy va masofani nazarda tutish uchun ishlatilib " U yerda , o'sha yerda , ana u yerda " degan tarjimaga ega bo'lib keladi. Ko'pchilik italyanlarning fikricha " Lí " bu u qadar uzoq bo'lmagan joy uchun ham ishlatiladi degan tushuncha bor ammo aslini olganda italyanlar " Lí va Lá " ni sinonim sifatida ishlatishadi

Misol :
🇮🇹Guarda , c'é un cane ! —🇺🇿 ana u yerga qara , u yerda it bor ekan.


#Qui_sopra_e_qua_sopra_e_quassú

Qui /Qua sopra va Quassu o'rin-joy ravishlari bu gapirayotgan insondan uzoq bo'lmagan joy va nuqtani bildirib yuqoriga⬆️ qaratilgan yo'nalishni ifodalab keladi va tarjimada " ana u yerda(tepada , yuqorida) " deb tarjima qilinadi.

Misol :
🇮🇹Guarda quassú quanti uccelli —🇺🇿 ana u yerga qara(tepaga) , qanchalik ko'p qushlar


#Qui_sotto_e_qua_sotto_quaggiú

Qui / qua sotto va quaggiú o'rin payt ravishlari gapirayotgan insondan uzoq bo'lmagan joyni va nuqtani bildirib pastga⬇️ qaratilgan ish-harakatni ifodalash uchun ishlatilib " shu yerda pastda " deb tarjima qilinadi.

Misol :
🇮🇹—Dove sei ?
—sono qui sotto . Mi vedi ?
🇺🇿—Qayerdasan ?
shu yerda pastdaman. Meni ko'ryapsanmi ?


#Lí_sotto_e_Lá_sotto_e_Laggiu

Lí / Là sotto va Laggiu o'rin-joy ravishlari gapirayotgan insondan uzoq bo'lgan joyni bildirib pastga⬇️ qaratilgan ish-harakatni ifodalash uchun ishlatilib " ana u yerda pastda " deb tarjima qilinadj

Misol :
🇮🇹 Guarda quel ragazzo laggiú : é mio fratello —🇺🇿 ana u pastdagi bolaga qara : u mening akam


#Lá_sopra_e_Li_sopra_e_lassú

La / Li sopra va Lassu o'rin-joy ravishlari gapirayotgan insondan uzoq bo'lgan joyni bildirib yuqoriga qaratilgan ish-harakatni ifodalash uchun ishlatilib " ana u yerda tepada " degan tarjimaga ega.

Misol :
🇮🇹 C'é un gatto li soprá🇺🇿 ana u yerda tepada mushuk bor



Diqqat ❗️ Diqqat❗️ Diqqat ❗️

Laggiú
o'rin-joy ravishi shuningdek Lí (ana u yer) va Lá(ana u yer) bilan sinonim sifatida ham ishlatilib kelishi mumkin.

Misol :
🇮🇹Guarda laggiú, c'é un cane —🇺🇿ana u yerga qara , it bor ekan


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Forwarded from Italyan(cha) kinolar (Sʜᴏᴋʜʀᴜᴋʜ)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
....
Come si chiama in Italiano ?
Anonymous Quiz
15%
Nonno Freddo
62%
Babbo Natale
23%
Santa Claudio
Izlanuvchan ,tirishqoq volontyor bormi oramizda kanal faoliyati va rivoji uchun xizmat qiladigan ? Adminlik huquqini beraman . Birgalikda —hammasi oson. Bor bo'lsa menga @Shokhrukhdinho99 murojaat qiling.
#Rojdestvoga_oid

abete — archa daraxti
agrifoglio — Padub o'simligi(Muqaddas omad keltiruvchi o'simlik mevasi)
albero di Natale — Rojdestvo archasi
angelo — farishta
Babbo Natale — Qorbobo
Buon Natale — Rojdestvo muborak
Camino — kamen , pech
Campana — qo'ng'iroq
Candela — sham
Canti di Natale — Rojdestvo qo'shig'i
Decorazione — Bezak
Ghirlanda di Natale — Rojdestvo gulchambari
Giocattoli — o'yinchoqlar
Giorno di Natale —Yangi yil kuni
Giorno di Santo Stefano — Muqaddas Stefan kuni
Lettera a Babbo Natale — Qorboboga xat
Lista dei desideri — orzu-umidlar ro'yxati
Mercatino di Natale— Rojdestvo do'konchasi
Nastro — lenta
Neve — qor
Presepe — tug'ilish sahnasi
Pupazzo di neve —Qorodam
Regalo — sovg'a
Renna — shimol bug'isi
Schiaccianoci — yong'oq chaqadigan asbob👲
Slitta — chana
Stella cometa — yulduz nuri (yulduzcha)
Vigilia di Natale — Yangi yil arafasi
Vischio —mevasi oq va zaharli bo'lgan , doim ko'm-ko'k buta( Bu narsa asosan uylarda osilib qo'yiladi va Rojdestvo paytida yaqin insonlarni mana shu dekoratsiya ostida bo'sa olishi urf hisoblanadi )

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Kanalning yangi a'zolari uchun :🇮🇹 @Italian_lan 🇮🇹 kanalida hozirgi kungacha o'tilgan grammatikaga oid barcha mavzular yig'indisi 👇


Grammatika

👉Alifbo
👉Fonetika
👉Sonlar
👉Artikl
👉Kishilik olmoshlari
👉Egalik olmoshlari
👉Noaniq olmoshlar
👉Ko'rsatish olmoshlari
👉Pronomi diretti & indiretti
👉"Essere " fe'li
👉"Avere" fe'li
👉stare +gerundio
👉Presente Indicativo
👉Passato Prossimo
👉imperfetto
👉Futuro Semplice
👉Imperativo
👉Trapassato prossimo
👉Passato Remoto
👉Condizionale Semplice
👉Condizionale Composto
👉Congiuntivo 1-qism
👉Congiuntivo 2-qism
👉Circa e Verso
👉C'e' va Ci sono
👉Ma non / Tranne / Eccetto
👉Farcela
👉Volerci
👉Ot va son
👉Sifat darajalari
👉La particella " Ci "
👉La particella " Ne "
👉Ecco
👉Anzi&Anziche&Pocoanzi&anzitutto
👉NIsbiy olmoshlar
👉Sifatlovchi aniqlovchilar
👉Gia & Ancora
👉Ma&Pero&Tuttavia&Eppure&Bensi
👉Periodo ipotetico
👉Addirittura
👉Piuttosto
👉"Bello " sifati
👉" A" predlogi
👉" Di " predlogi
👉" Su " predlogi
👉"Per " predlogi
👉" in " predlogi
👉" o'rin-joy ravishlari "
👉 " Perche , Poiche , Purche "
👉 " Machche "
👉"Piu , Di piu , In piu
👉 " Interrogazioni "
👉 " Ora , Oramai , Ormai
👉 " il Passivo "
👉 " Magari "


Audiolar&Audiokitoblar

👉 " Michael Jordan " , la vita
👉 " Pinocchio "
👉 " 100 citazioni di Carl Jung "
👉 " L'idiota "
👉 " il Corsaro Nero "
👉 " il Piccolo Principe "
👉 " un capitano "
👉 " La divina Commedia "
👉 " Decameron "


Kinolar

👉 " Vicini del terzo tipo "
👉 " Nei panni di una Principessa : Ci risiamo ! "
👉 " L'anno che verra "
👉 " i Simpson " Inferno e Paradiso
👉 " Julie & Jiulia "
👉 " Roma citta aperta "
👉 " Cicogne in Missione "
👉 " il giardino dei Finzi Contini "
👉 " Asterix e il regno degli Dei "
👉 " Robinson Crusoe "
👉 " Justin e i cavalieri valorosi "

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹
🇮🇹 @scrivere_in_italiano 🇮🇹
🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
🇮🇹 @Cinema_italiano_uz 🇮🇹
Xorijiy tillarni o'rganish xohishi kuchli ammo sifatli kanal topilmayaptimi ? Unda buning yechimi bor , quyidagi til kanallari sizlar uchun tashkil etildi. Kiring , ko'ring va baho bering
👍2
Forwarded from Italyan tili (Sʜᴏᴋʜʀᴜᴋʜ 3)
🇬 🇷 🇦 🇲 🇲 🇦 🇹 🇮 🇨 🇦
#Grammatica

1. Piu
2. Di Piu
3. In Piu so'zlarining ishlatilishi, ma'nolari va qaysi holatlarda kelishi haqida ma'lumot

1. Piu
#Piu

" Piu " bu biror bir narsa va miqdorning qandaydir bir qismi, o'lchami va bo'lagi hisoblanadi va Tarjima qilganda " biroz, ancha, ko'proq, umuman va hokazo " ma'nolarida keladi.

Piu so'zi Predlogsiz ishlatilganda Ravish, Sifat va Ot oldidan keladi.
ya'ni :

Piu + Ravish
Piu + sifat
Piu + ot

Masalan :

🇮🇹Devi correre piu velocemente(ravish) —🇺🇿 Biroz tezroq(ravish) yugurishing kerak

🇮🇹Devi essere piu sicura(sifat) di te stessa —🇺🇿 o'zinnga biroz ishonchliroq(sifat) bo'lishing kerak

🇮🇹 C' é piu gente(ot) nella camera da letto —🇺🇿 Yotoqxonada " ancha odam bor.

Piu shuningdek predlogsiz kelganda biror bir narsani qiyoslash va taqqoslash uchun ham ishlatiladi, va u " Dan ko'ra " deb tarjima qilinadi ,Masalan :
🇮🇹Io sono piu nervosa di te —🇺🇿 men sendan ko'ra asabiyman

Piu shuningdek predlogsiz kelganda Non + Verbo(fe'l) + Piu strukturasida ham keladi va biror bir narsaning aynan o'sha lahzadan boshlab yakuni ekanligini bildirib keladi va " Umuman boshqa , ortiq boshqa " deb tarjima qilinadi.

🇮🇹Dopo l'incidente , Marco non prende piu la moto—🇺🇿noxush voqeadan so'ng, Marko mototsiklni umuman olmaydigan bo'ldi (aynan o'sha lahzadan so'ng)

🇮🇹Da quando vive da solo, Shokhrukh non parla piu con nessuno —🇺🇿Yolg'iz yashashni boshlagandan buyon, Shohrux hech kim bilan umuman gaplashmaydi

Italyan tilida shuningdek bir ajoyib « Perlopiu » degan birikma bor bo'lib uning tarjimasi " Ko'pchilik hollarda, ko'pincha, odatda " deb tarjima qilinadi. Masalan :
🇮🇹 I bar del centro sono perlopiu cari —🇺🇿markazdagi barlar ko'pincha qimmat bo'ladi.

2. Di piu
#Di_Piu

Di piu har doim fe'ldan so'ng keladi ( fe'l + di piu ) va "Biror bir narsaning ko'proq hajmda " degan ma'noni beradi. Masalan :
🇮🇹Bisogna lavorare molto di piu🇺🇿 Ko'proq ishlash kerak bo'ladi

🇮🇹Buona questa torta, ne voglio di piu ! - 🇺🇿 juda ham yaxshi tort, undan(tortdan) yana ko'proq xohlayman

3. In Piu
#In_Piu

In piu so'zini biror bir gapning boshida ishlatish uchun qo'llashimiz mumkin va uning tarjimasi " Qo'shimcha tarzda, yana , shuningdek " ma'nolari beradi, masalan :
🇮🇹Prendo del pollo e dell'insalata. in piu vorrei un piatto di patatine fritte —🇺🇿 tovuq go'shti va salat olaman. shuningdek qovurilgan kartoshka ham.

Shuningdek, biz in piu ni OT va OLMOSH dan so'ng ( ot + in Piu , yoki Olmosh + in Piu " dan ham ko'p, ortig'i bilan, kutganimdan ortiq " ma'nolarida ishlatishimiz mumkin. Masalan :
🇮🇹Avrei dovuto pagare solo 250.000 soum, invece ne ho pagati 80.000 soum in piu🇺🇿men umumiy hisobda 250.000 so'm to'lashim kerak edi, ammo men aksincha yana 80.000 so'm ortig'i bilan to'ladim

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Italiyada uy hayvonini uydan haydab yuborish naqd 10.000 dollar jarimaga yoki 1 yillik qamoq jazosiga sabab bo’lishi mumkin.

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👍3
Amore mio
Bruno Ferrara
🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
🇮🇹"Impara più un saggio dai nemici che uno stupido dagli amici."

🇺🇿Do'stlardan ahmoqgarchilikni o'rgangandan ko'ra dushmanlardan ko'proq donolikni o'rgan

#imparare— o'rganmoq
#Saggio—donolik
#Stupido —ahmoqgarchilik
#amico — do'st

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Come si chiama in Italiano ?
Anonymous Quiz
18%
Cuffie
35%
Altalena
16%
Mano
31%
Cacciavite
#Indovinello_Topishmoq

🇮🇹 Non beve acqua , non beve vino , ma se non beve non cammina . Cos'é ?

🇺🇿 Suv ichmaydi , vino ichmaydi ammo ichmasa yurmaydi. Bu nima ?

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 La Vita - Video Motivazione da ascoltare Tutti i giorni

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Misha boks otmen , endi Shaxmat ko'ramiz...
#Bilasizmi?
"Gazeta" so'zi qayerdan kelib chiqqan?

XVI asrda Italiyada kunlik (savdo yangiliklari, boshqa shaharlardan kelgan xabarlar va boshqa ma'lumotlar) bosib chiqiladigan bir varaqli xabarnomaning narxi 1 gazetta (italyan mayda tangasi) turardi. Keyinchalik tanganing nomi o'sha yangiliklar bosiladigan varaqga o'tib "gazeta" so'zi paydo bo'lgan.

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹