Italyan tili
1.8K subscribers
523 photos
106 videos
164 files
549 links
Download Telegram
Forwarded from Italyan tili (Sʜᴏᴋʜʀᴜᴋʜ 3)
#Grammatica
#Il_Periodo_Ipotetico
#Murakkab_qushma_gapli_ergash_gaplar

Il Periodo Ipotetico(ingliz tilidagi IF li gaplar ) Italyan tilini o'rganuvchi talabalar uchun bilishi muhim bo'lgan mavzulardan biri hisoblanadi chunki juda ko'plab italyanlar (hazil emas) buni ishlatishda XATO QILADI .
Italyan tilida Il Periodo Ipotetico ning 3 ta turi mavjud bular :
1. REALTÁ(Haqiqatga yaqin) , 2.POSSIBILITÁ(Ehtimolga yaqin) , 3.IMPOSSIBLITÁ(imkonsiz )

Avvalambor 1 turini o'rganamiz
#Il_periodo_ipotetico_di_1_Tipo


1⃣ Aniq bir narsaga tayangan holda haqiqatga yaqin narsani ifoda etish uchun ishlatiladi va shuningdek 1 turning ham 4 ta qo'shimcha turi mavjud . Hozir esa yuqoridagi qoidaga binoan 4 ta turini ko'ramiz. Quyida gaplar qaysi holatdarda kelishiga diqqat bering. SE bog'lovchisi orqali shakllanadi.

1) Se + Presente Indicativo + Presente Indicativo

🇮🇹Se mangi troppo , ingrassi 🇺🇿Agar ko'p yesang , semirib ketasan

2 ) Se + Presente Indicativo + Futuro Indicativo

🇮🇹Se piove , non andro al cinema —🇺🇿Agar yomg'ir yoqsa, kinoteatrga bormayman

3 ) Se + Futuro Indicativo + Futuro Indicativo

🇮🇹Se passero l'esame , festeggero con i miei amici—🇺🇿Agar imtihondan o'tsam, do'stlarim bilan nishonlayman

4 ) Se + Presente Indicativo + Imperativo

🇮🇹Se vai a Samarcanda , portami un souvenir —🇺🇿agar Samarqandga borsang menga suviner olib kel


#Il_periodo_ipotetico_di_2_Tipo

2⃣Biror bir tahminiy narsani ehtimolga yaqinligini ifodalash uchun ishlatiladi va bu hodisa qanday yakunlanishini hech kim bilmaydi ( yo amalga oshadi yoki yo'q ) va bu faqatgina quyidagi Forma orqali ifoda etiladi :

1 ) Se + CONGIUNTIVO Imperfetto + Condizionale Presente

🇮🇹Se fossi ricco , mi trasferirei a New York —🇺🇿Agar badavlat bo'lganimda , New yorkga ko'chib ketgan bo'lar edim


Il_periodo_ipotetico_di_3_Tipo

3⃣Imkonsiz bo'lgan va o'tgan zamonda sodir bo'lib hozir yana qayta bo'lishi imkonsiz bo'lgan ish harakatga nisbatan ishlatiladi. Va bu formaning ham faqatgina 1 ta shakli bor ya'ni :

Se + CONGIUNTIVO Trapassato + Condizionale Passato

🇮🇹Se avessi avuto un aereo privato , avrei girato tutto il mondo —🇺🇿Agar shaxsiy samolyotim bo'lganida butun dunyoni aylanib chiqgan bo:lar edim


❗️❗️❗️ Shuningdek Periodo Ipotetico Misto(Murakkab aralash ergash gapli qo:shma gap ) ham mavjud bo'lib u o'tgan zamonda sodir bo'lgan ish harakatning hozirgi voqealik bilan bog'lash uchun ishlatiladi va uning grammatik formulasi quyidagicha

Se + CONGIUNTIVO Trapassato + Condizionale Presente

🇮🇹Se avessi studiato giurisprudenza , ora sarei un avvocato —🇺🇿Agar Yurispridensiyani o'qiganingda hozir advokat bo'lgan bo'lar eding
Hamma joyda bir xil yangilik TOLIBON

Bu yerda Tolibon haqida post bo'lishi mumkin edi...
Forwarded from Italyan tili (Sʜᴏᴋʜʀᴜᴋʜ 3)
🇬 🇷 🇦 🇲 🇲 🇦 🇹 🇮 🇨 🇦


#Avverbi_di_luogo
#orin_joy_ravishlari


Bugun biz sizlar bilan " Avverbi di luogo " ya'ni " o'rin-joy ravishlari" ni o'rganishga harakat qilamiz. Italyan tilida o'rin joy ravishlari bu quyidagilar :

Qui , Qua, Li, Lá, Laggiu, Quaggiú , Quassú


Avvalambor , hamma narsa tartib bilan deganlaridek QUI va QUA o'rin-joy ravishlarining ishlatish xususiyatiga e'tibor qaratamiz .


#Qui_e_Qua

QUI va QUA so'zlarining tarjimasi " Bu joyda , bu yerda , shu yerda " degan ma'nolarni anglatib bu bizga yaqin bo'lgan biror bir joyni nazarda tutmoqchi bo'lganimizda ishlatamiz. Qui so'zini ishlatish ommabop hisoblanadi va Qui ko'proq aniq bir ifodalangan joyni nazarda tutish uchun ishlatiladi (ba'zida italyanlar Qua so'zini ishlatishni ma'qul ko'rishadi )

Misol :
🇮🇹Che freddo fa qui ! —🇺🇿 bu yer juda sovuq !


#Lí_e_Là

va o'rin-joy ravishlari gapirayotgan insondan uzoqroq bo'lgan joy va masofani nazarda tutish uchun ishlatilib " U yerda , o'sha yerda , ana u yerda " degan tarjimaga ega bo'lib keladi. Ko'pchilik italyanlarning fikricha " Lí " bu u qadar uzoq bo'lmagan joy uchun ham ishlatiladi degan tushuncha bor ammo aslini olganda italyanlar " Lí va Lá " ni sinonim sifatida ishlatishadi

Misol :
🇮🇹Guarda , c'é un cane ! —🇺🇿 ana u yerga qara , u yerda it bor ekan.


#Qui_sopra_e_qua_sopra_e_quassú

Qui /Qua sopra va Quassu o'rin-joy ravishlari bu gapirayotgan insondan uzoq bo'lmagan joy va nuqtani bildirib yuqoriga⬆️ qaratilgan yo'nalishni ifodalab keladi va tarjimada " ana u yerda(tepada , yuqorida) " deb tarjima qilinadi.

Misol :
🇮🇹Guarda quassú quanti uccelli —🇺🇿 ana u yerga qara(tepaga) , qanchalik ko'p qushlar


#Qui_sotto_e_qua_sotto_quaggiú

Qui / qua sotto va quaggiú o'rin payt ravishlari gapirayotgan insondan uzoq bo'lmagan joyni va nuqtani bildirib pastga⬇️ qaratilgan ish-harakatni ifodalash uchun ishlatilib " shu yerda pastda " deb tarjima qilinadi.

Misol :
🇮🇹—Dove sei ?
—sono qui sotto . Mi vedi ?
🇺🇿—Qayerdasan ?
shu yerda pastdaman. Meni ko'ryapsanmi ?


#Lí_sotto_e_Lá_sotto_e_Laggiu

Lí / Là sotto va Laggiu o'rin-joy ravishlari gapirayotgan insondan uzoq bo'lgan joyni bildirib pastga⬇️ qaratilgan ish-harakatni ifodalash uchun ishlatilib " ana u yerda pastda " deb tarjima qilinadj

Misol :
🇮🇹 Guarda quel ragazzo laggiú : é mio fratello —🇺🇿 ana u pastdagi bolaga qara : u mening akam


#Lá_sopra_e_Li_sopra_e_lassú

La / Li sopra va Lassu o'rin-joy ravishlari gapirayotgan insondan uzoq bo'lgan joyni bildirib yuqoriga qaratilgan ish-harakatni ifodalash uchun ishlatilib " ana u yerda tepada " degan tarjimaga ega.

Misol :
🇮🇹 C'é un gatto li soprá🇺🇿 ana u yerda tepada mushuk bor



Diqqat ❗️ Diqqat❗️ Diqqat ❗️

Laggiú
o'rin-joy ravishi shuningdek Lí (ana u yer) va Lá(ana u yer) bilan sinonim sifatida ham ishlatilib kelishi mumkin.

Misol :
🇮🇹Guarda laggiú, c'é un cane —🇺🇿ana u yerga qara , it bor ekan


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Mana shu yil SamDCHTI filologiya va tillarni o'qitish ITALYAN tili va O'zDJTU Gid-hamrohligi ITALYAN tili yo'nalishlariga topshirgan abituriyentlarimiz soni nechta ?
Anonymous Poll
45%
Ha , topshirdim , Samarqandga
55%
Ha , topshirdim , Toshkentga
#Grammatica
#Circa_e_Verso

CIRCA va VERSO
Bu ikkala so'zning tarjimalari " Tahminan, atroflarida , deyarli ga yaqin " degan ma'nolarni anglatadi ammo ularning ishlatish qoidalari biroz boshqacha hisoblanadi. Hozir birin ketin bu ikkala so'zning farqlarini bilib borasiz :

❇️ Circa biror bir miqdor darajani ifodalab kelgan odam, predmet, soat va hokazolarni ifodalab keladi. Misol :

🇮🇹Sono circa le 12 meno un quatro —🇺🇿 tahminan soat 4 dan 12 gacha

🇮🇹Ci sono circa 40 mila persone che seguono questo canale , perche non ti iscrivi anche tu ? —🇺🇿Bu kanalni 40 mingga yaqin inson kuzatib boradi , nega sen bunga obuna bo'lmaysan ?

❇️ Verso so'zi xuddi " Tahminan, atrofida " tarjimaga ega bo'lib kelgan holda biror bir tahminiy vaqt soatni ifodab keladi va uni ESSERE bilan keladigan yordamchilar bilan qo'llamaysiz, Misol :

🇮🇹a che ora ci vediamo stasera ? Finisco di fare questo video e ci vediamo ok ? Quindi , direi verso le 8 di sera —🇺🇿 bugun kechqurun soat nechchida ko'rishamiz ? Bu videoni tugatishim bilanoq ko'rishamiz hopmi ? Shuning uchun, bu soat 8 lar atrofida bo'lsa kerak demoqchiman.

Diqqat !!! 👉 Biz ishni aynan soat nechchida tugatishimiz noaniq va shu bois tahminiy vaqt uchun VERSO ni ishlatamiz )

📝Agar gap ESSERE fe'lining o'zi bilan bog'langan bo'lsa bu holatda biz ikkala so'zni ham ishlatishimiz mumkin , misol :

🇮🇹 Erano circa le 8 quando é arrivato —🇺🇿U kelgan payti soat 8 lar edi.

Yoki :

🇮🇹 É arrivato verso le 8 —🇺🇿Soat 8 lar atrofida yetib kelgan edi

❇️ Circa ning qolgan ma'nolari ham mavjud bo'lib bular a quyidagilar

A proposito di (Haqida)
Rispetto a (Nisbatan)

🇮🇹Fu interrogato circa il suo ruolo nella vita —🇺🇿 u o'zining jamiyatdagi o'rni haqida so'radi



❇️ Verso ning har bir a'zoni ifodalash uchun ishlatiladi.

1⃣
Versi endecasibili —11 qatorli she'r aytuvchilar
Versi rimati—Shoirlar

2⃣
Biror bir hayvon va qush turlari umumiy turini ifodalaganda
🇮🇹Il verso della colomba—🇺🇿Oq urg'ochi kaptarlar

3⃣Biror bir narsaning tarafi va yuz qismini ifodalash uchun

🇮🇹Questo é un verso e questo é l'altro —🇺🇿Bu bir tarafi va bu esa qolgan tarafi

4⃣Biror bir hatta harakatni amalga oshirish usulini nazarda tutganda ishlatiladi

🇮🇹Per quanto mi sforzi , non riesco a trovare il verso di far capire il comgiuntivo ai miei studenti —🇺🇿Qancha kuch ishlatmayin , CONGIUNTIVO mavzusini tushuntirishning yo:lini topolmayapman

5⃣Yo'nalishni ifodalash uchun :

🇮🇹Vado verso la telecamera —🇺🇿 telekamera tomonga boraman

6⃣ "Contro " ga o'xshab QARSHI , ZID degan ma:noda keladi

🇮🇹Scagliarsi verso il nemico —🇺🇿Dushmanga qarshi urushmoq

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Biror bir kishi / narsa haqida shaxsiy fikrini ifodalash uchun ishlatiladigan birikmalar ketma-ketligi

1) Bilishimcha(bilishimga qaraganda)....
2) mening fikrimcha ..
3) mening bilishimcha....
4) mening fikrimcha...
5) o'ylashimcha...
6) men uchun barchasi quyidagicha ....
7) qattiq ishonamanki(aniq aminmanki)....
8) chin dildan fikrlaydigan bo'lsam....
9)o'ylashimcha...
10) men aminmanki...

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
IG STORY AD #1
THE VISION
Lunedì, 23 agosto

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
#Grammatica
#Ora_Oramai_Ormai

Ilgari hech bir bu so'zlarni eshitganmisiz ? Bu so'zlar yozilish jihatidan bir biriga juda ham o'xshash ammo ular sinonimlar emas ! Tartib bilan boshlagan holda birinchi o'rganadigan so'zimiz bu ORA

#Ora

Ora bu italyan tilidagi Adesso (hozir) so'ziga sinonim hisoblanib u gapda aynan biror narsa aynan hozir sodir bo'layotganligini nazarda tutish uchun ishlatiladi.
🇮🇹—É pronto il caffé ?
—Si, lo sto versando proprio ora nella tazzina .
🇺🇿—Kofe tayyor bo'ldimi ?
—Ha, men uni aynan hozir chashkaga quymoqdaman.

Diqqat ❗️❗️❗️
Agar siz biror bir italyan bilan suhbatlashayotgan bo'lsangiz , asosan Janubliklar bilan , ORA so'zini ular MO deb aytishadi. Shu bois bu kabi so'zlarni eshitish ham gapiriladigan mahalliy tillarda uchrab turadi .
🇮🇹—Accendi la TV ?
—Ma proprio mo l'ho spenta .
🇺🇿—Televizorni yoqasanmi ?
—Men uni hozirgina o'chirgandim.

Xo'sh unday bo'lsa Ormai va Oramai qanday holatlarda ishlatiladi degan savol bersangiz javob quyidagicha : bu ikkala so'z amaliy jihatdan bir birining o'rnini qoplab ketadigan o'zaro almashadigan so'zlar hisoblanib bir-biriga Sinonim ham hisoblanadi.

#Ormai_Oramai

1 ) Ormai va Oramai " Aynan hozir " " Ayni damda " " hozirgina " degan tarjimaga ega hisoblanib u biror bir tuzatib bo'lmas xato afsuslanishgacha sabab bo'ladigan voqea -hodisaga nisbatan qo'llaniladi.
🇮🇹 Oramai il treno é partito —🇺🇿Poyezd hozir jo'nab ketdi( Poyezd aynan hozir ko'rgan payti jo'nab ketdi va bu afsuslantirishga olib kelmoqda va keyingi poyezdni kutish kerak degani )

Agar biz Ora il treno é partito desak bu noto'g'richunki Ora so'zida xuddi Ormai va Oramai kabi afsuslanish ma'nosi mavjud emas. Shu bois afsuslanishni ifodalash uchun Ormai va Oramai ishlatiladi.

Keyingi misol :
🇮🇹 Ormai é tardi per andare al cinema —🇺🇿 hozir endi kinoga borishga kech bo'ldi (bunda Film allaqachon boshlanganligini nazarda tutmoqchi va agar kinoteatrga ham borsa bu juda kech ekanligi aytilmoqda)

2 ) Ormai va Oramai shuningdek Italyan tilidagi Quasi (deyarli ) so'ziga sinonim sifatida ham qo'llaniladi .
🇮🇹—A che ora doveva venire Shokhrukh ?
—Stará per ormai per arrivare : mi ha detto al telefono che stava qui vicino
🇺🇿—Shohrux soat nechchida kelishi kerak edi ?
—U deyarli yetib kelgan bo'lsa kerak : telefonda menga u shu yaqin atrofda ekanligini aytgan edi.

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
🔸🇮🇹 Ti invito al ristorante. -🇺🇿 Men seni Restoranga taklif qilaman.

🔸 🇮🇹Dove c'incontriamo?-🇺🇿 Qayerda uchrashamiz

🔸🇮🇹 Stavolta tocca a me – 🇺🇿Bu safar mening navbatim( to'lash )

🔸🇮🇹 Pago io! - No no, stavolta pago io! – 🇺🇿 Men to'layman ! Yo'q yo'q , bu safar men to'layman

🔸 🇮🇹Allora io offro il cocktail dopo cena –🇺🇿 Unday bo'lsa kechki ovqatdan keyin Kokteyl bilan mehmon qilaman

🔸 🇮🇹Ceniamo insieme da qualche parte? –🇺🇿 Biror joyda kechki payt ovqatlanamizmi

🔸🇮🇹 Domani sera ti invito a cena – 🇺🇿Ertaga kechqurun seni kechki ovqatga taklif etaman

🔸🇮🇹 Insisto per pagare io – 🇺🇿Men to'lashimni eslatib qo'ymoqchiman

🔸 🇮🇹Grazie, ho passato una bella serata! - 🇺🇿Rahmat, men vaqtimni juda yaxshi o'tqazdim

🔸 🇮🇹Quando possiamo rivederci? - 🇺🇿Yana qachon ko'rishsak bo'ladi

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
IG STORY AD #1
THE VISION
Martedì, 24 agosto

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
🇮🇹 @Italian_lan 🇮🇹 kanalida hozirgi kungacha o'tilgan grammatikaga oid barcha mavzular yig'indisi 👇


Grammatika

👉Alifbo
👉Fonetika
👉Sonlar
👉Artikl
👉Kishilik olmoshlari
👉Egalik olmoshlari
👉Noaniq olmoshlar
👉Ko'rsatish olmoshlari
👉Pronomi diretti & indiretti
👉"Essere " fe'li
👉"Avere" fe'li
👉stare +gerundio
👉Presente Indicativo
👉Passato Prossimo
👉imperfetto
👉Futuro Semplice
👉Imperativo
👉Trapassato prossimo
👉Passato Remoto
👉Condizionale Semplice
👉Condizionale Composto
👉Congiuntivo 1-qism
👉Congiuntivo 2-qism
👉Circa e Verso
👉C'e' va Ci sono
👉Ma non / Tranne / Eccetto
👉Farcela
👉Volerci
👉Ot va son
👉Sifat darajalari
👉La particella " Ci "
👉La particella " Ne "
👉Ecco
👉Anzi&Anziche&Pocoanzi&anzitutto
👉NIsbiy olmoshlar
👉Sifatlovchi aniqlovchilar
👉Gia & Ancora
👉Ma&Pero&Tuttavia&Eppure&Bensi
👉Periodo ipotetico
👉Addirittura
👉Piuttosto
👉"Bello " sifati
👉" A" predlogi
👉" Di " predlogi
👉" Su " predlogi
👉"Per " predlogi
👉" in " predlogi
👉" o'rin-joy ravishlari "
👉 " Perche , Poiche , Purche "
👉 " Machche "
👉"Piu , Di piu , In piu
👉 " Interrogazioni "
👉 " Ora , Oramai , Ormai
👉 " il Passivo "
👉 " Magari "


Audiolar&Audiokitoblar

👉 " Michael Jordan " , la vita
👉 " Pinocchio "
👉 " 100 citazioni di Carl Jung "
👉 " L'idiota "
👉 " il Corsaro Nero "
👉 " il Piccolo Principe "
👉 " un capitano "
👉 " La divina Commedia "
👉 " Decameron "


Kinolar

👉 " Vicini del terzo tipo "
👉 " Nei panni di una Principessa : Ci risiamo ! "
👉 " L'anno che verra "
👉 " i Simpson " Inferno e Paradiso
👉 " Julie & Jiulia "
👉 " Roma citta aperta "
👉 " Cicogne in Missione "
👉 " il giardino dei Finzi Contini "
👉 " Asterix e il regno degli Dei "
👉 " Robinson Crusoe "
👉 " Justin e i cavalieri valorosi "

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Agar erkaklar ayollarni , ayollar esa futbolni ko'proq tushunishganida edi , baxtli oilalar yanayam ko'proq bo'lar edi
IG STORY AD #1
THE VISION
Mercoledì, 25 agosto

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
#muhim_xabar

❗️Barcha talabalarga yetkazing, an'anaviy ta'limga qaytdik! Bu haqda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi ham xabar berdi

*****Axborot xizmati shuni ma'lum qiladiki, 2021-yilning 6-sentabr kunidan boshlab **** institutida tahsil oluvchi barcha talabalar, jumladan, bakalavrlar ham, magistrantlar ham o'quv jarayonlarini an'anaviy shaklda davom ettiradi. O'quv jarayonlari barcha fakultetlarda karantin talablariga qat'iy amal qilingan holda tashkil etiladi.

❗️Eslatib o'tamiz, talabalarni turar joy bilan ta'minlashda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 1-noyabrdagi 1019-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan talabalar turar joyi to‘g‘risidagi NIZOM talablariga muvofiq joylashtiriladi. Bular quyidagilar:

➡️ Chin yetim bo'lgan talabalar (kursidan qat’iy nazar);
➡️ “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari;
➡️ Nogironligi mavjud bo‘lgan talabalar (kursidan qat’iy nazar);
➡️ Ijtimoiy himoyaga muhtoj, moddiy ahvoli og‘ir talabalar, shuningdek, bir oilada 2 va undan ortiq talabalar to‘lov-shartnoma asosida tahsil olayotganlar;
➡️ Xorijdan kelib tahsil olayotgan talabalar;
➡️ Xalqaro miqiyosidagi olimpadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar;
➡️ Talabalar turar joyida doimiy ravishda talabalar kengashi raisi, qavat sardorlari va boshqa jihatlari bilan faollik ko‘rsatib kelgan talabalar.
➡️ Tankasi bor talabalar
📍 TOP-15 kerakli so'zlar 📍

▪️🇮🇹shhh...inizia! –🇺🇿tss(jim)...boshlanyapti

▪️🇮🇹shhh... comincia il film! –🇺🇿 Tss.. film boshlanyapti

▪️🇮🇹il film comincia fra cinque minuti –🇺🇿Film 5 daqiqadan keyin boshlanadi

▪️🇮🇹a tavola –🇺🇿 Stolga(marhamat)

▪️🇮🇹passami il sale, per favore! - 🇺🇿Tuzni menga uzatib yuboring , iltimos

▪️🇮🇹aiutami a rifare il letto -🇺🇿 Yotoqni to'g'irlashga yordam berib yubor

▪️🇮🇹stammi a sentire — 🇺🇿meni eshit !

▪️🇮🇹questo colore ti sta bene -🇺🇿 Bu rang senga bo'ladi (mos)

▪️🇮🇹lascia stare! - 🇺🇿qo'ysangchi, xavotir olma

▪️🇮🇹io non c'entro —🇺🇿 Meni aybim nima, meni nega qo'shyapsizlar yoki men bu yerda prichyom

▪️🇮🇹abbiamo finito il latte -🇺🇿 Bizning sutimiz tugadi(ichib qo'ydik)

▪️🇮🇹che cavolo, la smetti di fare il secchione? –🇺🇿Qanday ahmoqgarchilik a , jinnilikni bas qilasanmi

▪️🇮🇹non voglio continuare questo discorso stupido — 🇺🇿 Bu be'mani muhokamani boshqa davom ettirishni xohlamayman

▪️🇮🇹ma ci sei o ci fai? —🇺🇿Nima sen ahmoqmisan yoki o'ynashyapsanmi

▪️🇮🇹dov'è finito il cavatappi?--🇺🇿Shtopor qayerga yo'qoldi

▪️🇮🇹non mangiare il dolce adesso, tra un po' si cena – 🇺🇿Hozir shirinlik yema, keyinroq ovqatlanamiz

▪️🇮🇹non mangiare perché tra un po’ si cena – 🇺🇿Yemay tur , hozir ovqatlanamiz

▪️ 🇮🇹non ne vale la pena —🇺🇿 U bunga arzimaydi

▪️🇮🇹meno male che ci sei! – 🇺🇿 Yaxshiyamki sen bor

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
8-9 sentabr(yoki undanda ertaroq) kuni kimnidir italiya elchixonasida VISA APPOINTMENTi bo'lsa , ba'zi bir sabablarga ko'ra hujjatlarida kamchiliklar va muammolari bo'lsa yoki joyini bo'shatib beraman deydiganlar bo'lsa kelishgan holda joyingizga pul beriladi. Oramizda shunaqalar yoki tanishlaringiz bo'lsa murojaat qilsalaringiz

@Shokhrukhdinho99
Forwarded from Italyan tili (Sʜᴏᴋʜʀᴜᴋʜ 3)
🇬 🇷 🇦 🇲 🇲 🇦 🇹 🇮 🇨 🇦


#Avverbi_di_luogo
#orin_joy_ravishlari


Bugun biz sizlar bilan " Avverbi di luogo " ya'ni " o'rin-joy ravishlari" ni o'rganishga harakat qilamiz. Italyan tilida o'rin joy ravishlari bu quyidagilar :

Qui , Qua, Li, Lá, Laggiu, Quaggiú , Quassú


Avvalambor , hamma narsa tartib bilan deganlaridek QUI va QUA o'rin-joy ravishlarining ishlatish xususiyatiga e'tibor qaratamiz .


#Qui_e_Qua

QUI va QUA so'zlarining tarjimasi " Bu joyda , bu yerda , shu yerda " degan ma'nolarni anglatib bu bizga yaqin bo'lgan biror bir joyni nazarda tutmoqchi bo'lganimizda ishlatamiz. Qui so'zini ishlatish ommabop hisoblanadi va Qui ko'proq aniq bir ifodalangan joyni nazarda tutish uchun ishlatiladi (ba'zida italyanlar Qua so'zini ishlatishni ma'qul ko'rishadi )

Misol :
🇮🇹Che freddo fa qui ! —🇺🇿 bu yer juda sovuq !


#Lí_e_Là

va o'rin-joy ravishlari gapirayotgan insondan uzoqroq bo'lgan joy va masofani nazarda tutish uchun ishlatilib " U yerda , o'sha yerda , ana u yerda " degan tarjimaga ega bo'lib keladi. Ko'pchilik italyanlarning fikricha " Lí " bu u qadar uzoq bo'lmagan joy uchun ham ishlatiladi degan tushuncha bor ammo aslini olganda italyanlar " Lí va Lá " ni sinonim sifatida ishlatishadi

Misol :
🇮🇹Guarda , c'é un cane ! —🇺🇿 ana u yerga qara , u yerda it bor ekan.


#Qui_sopra_e_qua_sopra_e_quassú

Qui /Qua sopra va Quassu o'rin-joy ravishlari bu gapirayotgan insondan uzoq bo'lmagan joy va nuqtani bildirib yuqoriga⬆️ qaratilgan yo'nalishni ifodalab keladi va tarjimada " ana u yerda(tepada , yuqorida) " deb tarjima qilinadi.

Misol :
🇮🇹Guarda quassú quanti uccelli —🇺🇿 ana u yerga qara(tepaga) , qanchalik ko'p qushlar


#Qui_sotto_e_qua_sotto_quaggiú

Qui / qua sotto va quaggiú o'rin payt ravishlari gapirayotgan insondan uzoq bo'lmagan joyni va nuqtani bildirib pastga⬇️ qaratilgan ish-harakatni ifodalash uchun ishlatilib " shu yerda pastda " deb tarjima qilinadi.

Misol :
🇮🇹—Dove sei ?
—sono qui sotto . Mi vedi ?
🇺🇿—Qayerdasan ?
shu yerda pastdaman. Meni ko'ryapsanmi ?


#Lí_sotto_e_Lá_sotto_e_Laggiu

Lí / Là sotto va Laggiu o'rin-joy ravishlari gapirayotgan insondan uzoq bo'lgan joyni bildirib pastga⬇️ qaratilgan ish-harakatni ifodalash uchun ishlatilib " ana u yerda pastda " deb tarjima qilinadj

Misol :
🇮🇹 Guarda quel ragazzo laggiú : é mio fratello —🇺🇿 ana u pastdagi bolaga qara : u mening akam


#Lá_sopra_e_Li_sopra_e_lassú

La / Li sopra va Lassu o'rin-joy ravishlari gapirayotgan insondan uzoq bo'lgan joyni bildirib yuqoriga qaratilgan ish-harakatni ifodalash uchun ishlatilib " ana u yerda tepada " degan tarjimaga ega.

Misol :
🇮🇹 C'é un gatto li soprá🇺🇿 ana u yerda tepada mushuk bor



Diqqat ❗️ Diqqat❗️ Diqqat ❗️

Laggiú
o'rin-joy ravishi shuningdek Lí (ana u yer) va Lá(ana u yer) bilan sinonim sifatida ham ishlatilib kelishi mumkin.

Misol :
🇮🇹Guarda laggiú, c'é un cane —🇺🇿ana u yerga qara , it bor ekan


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Italyan tili pinned «8-9 sentabr(yoki undanda ertaroq) kuni kimnidir italiya elchixonasida VISA APPOINTMENTi bo'lsa , ba'zi bir sabablarga ko'ra hujjatlarida kamchiliklar va muammolari bo'lsa yoki joyini bo'shatib beraman deydiganlar bo'lsa kelishgan holda joyingizga pul beriladi.…»
100 citazioni di Carl Jung
Carl Gustav Jung
🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
https://www.turkishairlines.com/en-int/student/


Turkish airlines studentlar uchun xalqaro chegirmalar taklif etmoqda. Italiyaga sentabr-oktabr oyida ketmoqchi bo'lganlarga foydali bo'ladi degan umiddaman.