Italyan tili
1.8K subscribers
523 photos
106 videos
164 files
549 links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Il miglior video di motivazione (ITA) - Doppiaggio in Italiano
👤 #Mirko_Lamberti

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
IG STORY AD #1
THE VISION
Mercoledì, 7 luglio

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
🇮🇹 @Italian_lan 🇮🇹 kanalida hozirgi kungacha o'tilgan grammatikaga oid barcha mavzular yig'indisi 👇


Grammatika

👉Alifbo
👉Fonetika
👉Sonlar
👉Artikl
👉Kishilik olmoshlari
👉Egalik olmoshlari
👉Noaniq olmoshlar
👉Ko'rsatish olmoshlari
👉Pronomi diretti & indiretti
👉"Essere " fe'li
👉"Avere" fe'li
👉stare +gerundio
👉Presente Indicativo
👉Passato Prossimo
👉imperfetto
👉Futuro Semplice
👉Imperativo
👉Trapassato prossimo
👉Passato Remoto
👉Condizionale Semplice
👉Condizionale Composto
👉Congiuntivo 1-qism
👉Congiuntivo 2-qism
👉Circa e Verso
👉C'e' va Ci sono
👉Ma non / Tranne / Eccetto
👉Farcela
👉Volerci
👉Ot va son
👉Sifat darajalari
👉La particella " Ci "
👉La particella " Ne "
👉Ecco
👉Anzi&Anziche&Pocoanzi&anzitutto
👉NIsbiy olmoshlar
👉Sifatlovchi aniqlovchilar
👉Gia & Ancora
👉Ma&Pero&Tuttavia&Eppure&Bensi
👉Periodo ipotetico
👉Addirittura
👉Piuttosto
👉"Bello " sifati
👉" A" predlogi
👉" Di " predlogi
👉" Su " predlogi
👉"Per " predlogi
👉" in " predlogi
👉" o'rin-joy ravishlari "
👉 " Perche , Poiche , Purche "
👉 " Machche "
👉"Piu , Di piu , In piu
👉 " Interrogazioni "
👉 " Ora , Oramai , Ormai
👉 " il Passivo "
👉 " Magari "


Audiolar&Audiokitoblar

👉 " Michael Jordan " , la vita
👉 " Pinocchio "
👉 " 100 citazioni di Carl Jung "
👉 " L'idiota "
👉 " il Corsaro Nero "
👉 " il Piccolo Principe "
👉 " un capitano "
👉 " La divina Commedia "
👉 " Decameron "


Kinolar

👉 " Vicini del terzo tipo "
👉 " Nei panni di una Principessa : Ci risiamo ! "
👉 " L'anno che verra "
👉 " i Simpson " Inferno e Paradiso
👉 " Julie & Jiulia "
👉 " Roma citta aperta "
👉 " Cicogne in Missione "
👉 " il giardino dei Finzi Contini "
👉 " Asterix e il regno degli Dei "
👉 " Robinson Crusoe "
👉 " Justin e i cavalieri valorosi "

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Italyan tili
@italian_lan kanalini qayerdan turib kuzatib bormoqdasiz ?
Barcha viloyatlardan tashqari YEVROPA , MARKAZIY OSIYO va AQSH da yashayotgan hamyurtlarim va obunachilarim borligidan juda ham xursandman☺️
#Yangilik
Yangi guruh bilan darslarni boshlab oldik ammo yana bir guruh ochish niyatim bor , ammo bu safar vaqt soati boshqacha ya'ni :


#Ertalab_soat_06_00_da_boshlanadigan YANGI_KURS

🇮🇹italyan tili🇮🇹ni online o'rganishni xohlovchilar uchun
#Yozgi_online_2_oylik_kurs

2 oy ichida siz :

• Grammatika
• Tarjima qilish(A1,A2 darajadagi tarjima kitoblar)
• Eshitish(A1, A2 darajadagi auidotestlar)
• Gapirish
• Yozish

kabi ko'nikmalarni o'zlashtirishingiz mumkin. Kurs faqat #boshlangich o'quvchilar uchun.


Kurs narxi va batafsil ma'lumot uchun : @Shokhrukhdinho99

#Deadline 9-iyul 22:00gacha

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Shuningdek , #GAPIRISH uchun ham alohida guruh ochilmoqda , biroq bu uchun italyan tilidan biroz bo'lsada xabardor bo'lish lozim


Murojaat : @Shokhrukhdinho99
Kimdir Spam yoki Blockda bo'lsa @ShokhrukhSamarqandi_bot orqali murojaat qilsa bo'ladi.

Bot orqali yozishda muammo bo'lmaydi :)
IG STORY AD #1
THE VISION
Giovedì, 8 luglio

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Il verbo “ ESSERE “
“ Essere “ fe’li

• “ ESSERE “ – bo’lmoq , hisoblanmoq fe’li hozirgi zamonda sono , sei , e’ , siamo , siete , sono shakllariga ega . U biror-bir shaxs yoki narsa haqida gapirilib , uning kimligi ,qarindoshligi , kayfiyati , nimaligi , qandayligi ,tashqi ko’rinishi , jismoniy imkoniyati , shaxsiy statusi , vaqt va sanani , biror bir narsaning rangini , biror bir kishining millatini va qayerdan ekanligini , joylashuvni va biror bir voqea-hodisaning joylashuvini va yana bir qancha narsalarni ifodalab kelganda ishlatiladi .

io + sono = men....man
tu + sei = sen...san
lui + e ‘ = u....dir (erkak)
lei + e ‘ = u ....dir (ayol )
noi + siamo = biz...miz
voi + siete = sizlar....lar(siz)
loro + sono = ular.....dirlar

•Shuningdek , “ essere “ yordamchi fe’l sifatida deyarli barcha italyan tili grammatikasi zamonlarida ( il passato prossimo , il trapassato prossimo , imperfetto , futuro anteriore , condizionale passate , congiuntivo passato , congiuntivo trapassato va trapassato remoto ) fe’l bilan to’g’ridan-to’g’ri ergashib keladi . Hozircha bularni keyingi darsr o'rganamiz


io sono uno \ lo studente – men talabaman

tu sei una \ la studentessa – sen talaba qizsan

lui \ lei e’ una \ la guida turistica – u gid-tarjimondir

noi siamo gli amici – biz do’stlarmiz

voi siete gli alunni – sizlar o’quvchilar(siz)

loro sono i ragazzi – ular o’g’il bolalardirlar

io sono un vero uzbeco – men haqiqiy o’zbekman ( millatni ifodalab kelmoqda)

il mio zaino e ‘ giallo – mening sumkam sariq(dir) (rangni ifodalab kelmoqda)

la mia casa e’ grande – mening uyim katta(dir) ( uyning qandayligi ifodalanmoqda)

Shahriyor e ‘ mio fratello – mening akam Shahriyor (dir) ( shaxsning kimligi ifodalandi)

Questa e ‘ una \ la matita - bu – qalam(dir) ( predmetning nima ekanligi ifodalandi)

La festa e’ al club – bazm klubda (bo’ladi , bo’lmoqda) ( voqea-hodisaning joylashuvi )

Di dove sei ? – qayerdansan ( shaxsning qayerdan ekanligi nazarda tutilmoqda)


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
IG STORY AD #1
THE VISION
Venerdì, 9 luglio

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
L'AGGETIVO " BELLO " ( BELLO(CHIROYLI) SIFATI


" Bello " so'zini ishlatish sizlar uchun biroz oddiy ko'rinishi mumkin ammo bu so'zning ham ishlatish qoidasi aniqrogi tuslash shakllari mavjud.

Bello — Chiroyli , yaxshi , zo'r , kelishgan degan ma'nolarni anglatadi va asosan OTDAN KEYIN ishlatilar edi ammo OTDAN OLDIN kelsa shakli o'zgarishi mumkin

Uning Mujskoy roddagi shakllari quyidagicha :

Mujskoy birlik / musjkoy Ko'plik

Bello / Begli
Bel / Bei
Bell' /Begli

Ya'ni BEGLI so'zi Z , PS , GN ,Y , X , S+undosh harflar oldidan kelsa va yana bir BEGLI esa UNLI HARFLAR oldidan keladi ( diqqat qiling faqat MUJSKOY ROD)

Misol uchun :

A Tashkent , c 'é un BELLO ZOO —Toshkentda ,bitta ajoyib hayvonot bog'i mavjud
* Z harfi bilan kelgani uchun Lo artikli qo'yilmoqda ya'ni BEL+LO= BELLO

Nazira ha molti BEGLI ANELLI —Nazirada ko'plab chiroyli uzuklar bor
* Musjkoy roddagi ot unli harf bilan ko'plikda kelgani bois BEGLI qo'yilmoqda

Il fidanzato di Munisa le ha comprato un BELL' ANELLO— Munisaning yigiti unga bir ajoyib uzuk sotib olib berdi
**** Shu kabi holat endi Birlikda kelmoqda va 2 ta unlini bira to'la talaffuz qilish xunuk eshitilishi bois bitta unli tushib qoladi yoki o'rniga apostrof ( ' ) ni qo'yamiz BELL' ANELLO

Nel giardino , ci sono tanti BEI FIORI — bog'da bir qancha CHIROYLI GULLAR bor

" Bei " so'zi undosh harflar bilan boshlangan otlar oldidan keladi

bel fiore / bei fiori
Chiroyli gul / chiroyli gullar

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Vicini_del_terzo_tipo_2012.mp4
798.9 MB
Vicini Del Terzo Tipo (2012)

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Final . Kim g'olib bo'ladi ?
Anonymous Poll
73%
Italiya
31%
Angliya
Kanalda Italiya chempionatida to'p suruvchi yagona O'zbek futbolchisi ELDOR SHOMURODOV, uning oilasi va qarindoshlaridan biror bir kishi bormi ? Menga lichkada yozsin.

Oldindan rahmat :)

@Shokhrukhdinho99
#Preposizione_Predlog
#Di
#Grammatica

La preposizione(Predlog) grammatikaning ajralmas qismi hisoblanib u gap tuzishda asosiy rolni bajarib beruvchi vosita hisoblanadi va bu o'zbek tilidagi kelishiklarga to'g'ri keladi. Hozir biz o'rganmoqchi bo'lgan la Preposizione (Predlog) DI predlogi hisoblanadi. DI predlogi italyan tilidagi eng ko'p grammatik xususiyatga ega predlog hisoblanadi va uni quyidagi holatlarda ishlatamiz :

1⃣Tasniflash va tegishlilik bo'lganda, masalan:
🇮🇹Questo libro é di Shokhrukh —🇺🇿Bu Shohruhning kitobi
🇮🇹Gli impiegati del comune —🇺🇿Jamoat ishchilari

2⃣Biror bir narsaning SABABini ifodalaganda, masalan :
🇮🇹Shokhrukh piangeva di gioia—🇺🇿Shohruh quvonchdan yig'lar edi

3⃣Miqdor, mazmun ,nom, daraja tarkibini ifodalaganda , masalan :
🇮🇹Bevo una tazza di caffé —🇺🇿bir chashka kofe ichaman
🇮🇹Leggo un libro di storia —🇺🇿Tarix kitobini o'qiyapman

4⃣Yoshni tasniflashda , masalan :
🇮🇹un uomo di mezzo, di una quarantina di anni —🇺🇿O'rta yoshlardagi,40 yoshli erkak

5⃣Narsa va predmetni ifodalaganda, masalan :
🇮🇹A Samarcanda ci sono molte statue di marmo —🇺🇿Samarqandda marmardan ishlangan haykallar juda ko'p

6⃣Holat va usulni ifodalaganda, masalan : 🇮🇹Vado a casa di corsa —🇺🇿Uyga yugurgan holda boraman
🇮🇹Bevo d'un fiato —🇺🇿bir nafasda ichaman

7⃣Kelib chiqish ni ifodalaganda, masalan :🇮🇹io sono di Samarcanda—🇺🇿Men Samarqanddanman

8⃣Kayfiyat va qiymatni ifodalaganda, masalan :
🇮🇹Oggi tu sei di buon umore —🇺🇿Bugun sen yaxshi kayfiyatdasan
🇮🇹un orologio di alta precisione—🇺🇿Qimmatbaho soat

9⃣Vaqtni ifodalaganda, m-n :
🇮🇹Viaggio sempre di giorno mai di notte —🇺🇿har doim kunduzi sayohat qilaman, kechasi emas.

🔟Butundan bir qism, bo'lakni ifodalaganda, m-n :
🇮🇹 Un brano del libro —🇺🇿kitobdan bir parcha
🇮🇹Una fetta di pane —🇺🇿Nondan bir bo'lak(Bir bo'lak non)

1⃣1⃣Biror bir narsada ayblanganda, masalan :
🇮🇹Imputato di omicidio —🇺🇿Qotillikda ayblanuvchi

1⃣2⃣qiymat, bahoni ifodalaganda,masalan :
🇮🇹Un appartamento di cento cinquanta mila soum—🇺🇿150 ming so'mlik kvartira

1⃣3⃣Hajm va o'lchamni ifodalaganda, masalan :
🇮🇹Un grattacielo di cento metri —🇺🇿 100 metrlik osmono'par bino

1⃣4⃣Biror bir narsani nomlanishini ifodalaganda, m-n:
🇮🇹il mese di marzo—🇺🇿Mart oyi
🇮🇹la cittá di Samarcanda—🇺🇿Samarqand shahri

1⃣5⃣ ikki narsa va kishini qiyoslashda, m-n :
🇮🇹 Shokhrukh é piu alto di Mohinabonu —🇺🇿 Shohruh Mohinabonudan ko'ra balandroq(bo'yi)

1⃣6⃣O'rin holatini ifodalaganda, masalan :
🇮🇹Esco di casa la mattina —🇺🇿Uydan ertalab chiqaman

1⃣7⃣Bir joydagi holatni ifodalaganda, masalan :
🇮🇹Dormo di lá —🇺🇿ana u yerda uxlayman

1⃣8⃣ko'plik va seroblikni ifodalaganda, masalan :
🇮🇹Una valigia piena di robba —🇺🇿Narsalarga to'la jamadon
🇮🇹Un compito zeppo di errori —🇺🇿Xatolarga to'la uyga vazifa

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
🇮🇹Italiya —Chempion🏆.
Finalda penaltilar seriyasida Angliyaning 3 ta qora tanli futbolchilari Saka , Reshford , Sancho 11 metrlik zarbalardan foydalinisholmadi va Italiya chempion bo'lgandan keyin aynan mana shu 3 ingliz futbolchilarni sha'niga turli xil so'kinishlar yangradi va ulardan eng yomoni ratsistlik(irqchilik). Menimcha irqchilik qilish yarashmaydi futbol vatani mamlakati uchun.
#I_PRONOMI_RELATIVI
#NISBIY_OLMOSHLAR


• Nisbiy olmoshlar – umumiy bir elementga ega gaplarni bog’lash uchun ishlatiladigan so’zlar bo’lib ular gapdagi ikkinchi so’zni o’rnida qo’llanilib almashib keladi .

• Italyan tilida umumiy hisobda 4 ta nisbiy olmoshlar mavjud .

#CHE (qaysiki ,ya’ni )

• CHE (qaysiki ,ya’ni ) ega va to’ldiruvchidan tashkil topgan bo’lib , o’zgarmas hisoblanadi .

Masalan : il ragazzo che lavora al ristorante e’ simpatico – Restoranda ishlaydigan bola kelishgan ekan . ( Bola , qaysiki restoranda ishlaydigan , kelishgan ekan .

Il ragazzo lavora al ristorante . il ragazzo e’ simpatico – Bola restoranda ishlaydi . Bola kelishgan ekan .


La ragazza che hai conosciuto si chiama Aziza – Tanishgan qizingni ismi Aziza ( qizning ismi Aziza qaysiki sen tanishgan )

Hai conosciuto una ragazza . La ragazza si chiama Aziza . – Sen bir qiz bola bilan tanishding . Qizning ismi Aziza


• CHE (qaysiki ,ya’ni ) nisbiy olmoshi - il – artikli bilan kelganda “ il fatto di - sababli , natijasida “ deb tarjima qilinadi .

Ho litigato con mia moglie , il che mi rende nervoso – Meni asabimni chiqargani sababli , rafiqam bilan tortishdim .

Ho litigato con mia moglie , il fatto di aver litigato con mia moglie mi rende nervoso – Xotinim bilan tortishdim , xotinim asabimni chiqarganligi sababli tortishdim .


#CUI ( qaysiki , ya'ni )

Cui – o’zi bilan keladigan har qanday to’ldiruvchini almashtirib keladi va shuning uchun har doim gapda ishlatilgan fe’lga asoslanib predlog bilan ergashib keladi .

Guli è la persona a cui penso sempre - Men har doim o’ylaydigan inson bu Zilola ( Pensare a qualcuno – biror kim haqida o’ylamoq )


Ho comprato il libro di cui mi hai parlato – Menga gapirgan kitobingni sotib oldim . ( Parlare di qaulcosa – biror narsa haqida gapirmoq )


L’azienda per cui lavoro sta investendo in Cina – Men ishlaydigan firma Xitoyga investitsiya kiritmoqda . ( Lavorare per qualcuno - biror kimga \uchun ishlamoq )


La città in cui vivo è fantastica ! – Men yashaydigan shahar ajoyib !
(Vivere in un luogo – biror joyda yashamoq )


La ragazza con cui sono uscito è uzbeca – Men qaysiki bilan chiqib ketgan qiz –O’zbek qizidir . ( uscire con qualcuno – biror kim bilan chiqib ketmoq )

• Aniq artikl CUI bilan ergashib kelganda “ egalik” ni ifodalab keladi .

Samandar , il cui cane è grande , è francese – ( Samandar è francese . Il suo cane è grande . – Samandar , qaysikim katta iti bor , fransuzdir .

• Mio cugino , la cui moglie l’ha tradito, è depresso ( Mio cugino è depresso . Sua moglie l’ha tradito ) – Mening amakivachacham , qaysikim uning rafiqasi xiyonat qilgan , depressiyada .


#IL_QUALE ( QAYSIKI , YA’NI )

CHE va CUI kabi bir xil ma’nong anglatadigan “ il quale “ nisbiy olmoshi ega va qo’shimchalarni o’zgartirish orqali gapda ishlatilib kelib bu asosan yozma tilga xosdir .U o’zi ta’riflab kelgan rodda songa moslashib kelganligi bois uning 4 xil shakli mavjud . IL QUALE , LA QUALE , I QUALI , LE QUALI

Masalan :
il ragazzo il quale lavora al supermercato è simpatico = il ragazzo che lavora al supermercato è simpatico . - Bola , qaysiki supermarketda ishlaydigan , kelishgan ekan .

La ragazza con la quale sono uscito è uzbeca = La ragazza con cui sono uscito è uzbeca – qiz , qaysikim men bilan chiqib ketgan , o’zbekdir .

• Agar biz “ egalik” ni ifodalash uchun “ qaysi(ki) “ nisbiy olmoshidan foydalanmoqchi bo’lsak , “ qaysiki “ nisbiy olmoshi ishlatganimizga nisbatan jumlaning tuzilishi biroz o’zgaradi .

• “ IL QUALE “ nisbiy olmoshi egasi ma’lum bo’lgan ot bilan rod va sonda moslashib keladi . Aksincha , “ Cui “ nisbiy olmoshi egalik bilan ergashib kelganda to’ldiruvchi va shaxs bilan rodi va soni bo’yicha moslashib keladi .

Masalan :
Mio cugino , la moglie del quale l’ha tradito , è depresso = Mio cugino , la cui moglie l’ha tradito , è depresso . – Amikivachcham , qaysiki xotini unga xiyonat qilgan , depressiyada


#CHI ( KIMKI , KIMDIR , ...INSON , .....INSONLAR )

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹