Italyan tili
1.8K subscribers
523 photos
106 videos
164 files
549 links
Download Telegram
🇬 🇷 🇦 🇲 🇲 🇦 🇹 🇮 🇨 🇦
🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹
#Perché_Poiché_Purché
🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹

❇️Yuqorida ko'rsatilgan 3 ta so'z ( Perché , Poiché , Purché )ni ishlatish qoidasi mavjud bo'lib , biz hozir ushbu so'zlarni qanday paytlarda ishlatishni ko'rib boramiz.

🤩Avvalambor, sizlarga eng tanish bo'lgan so'z PERCHÉ bilan boshlasak.

#Perché
Perché so'zini asosan biror bir narsaning sababini , maqsadini , niyatini so'rash uchun ishlatamiz va shularni hisobga olgan holda quyidagi guruhlarga bo'lib tushunishga harakat qilamiz.

1️⃣Bevosita va bilvosita beriladigan savollar uchun PERCHÉ so'zini ishlatamiz.

Misol :
🇮🇹Perché vai gia via ? Non ti piace la festa ?—🇺🇿Nega chiqib ketmoqdasan ? Bazm senga yoqmadimi ? ( Bevosita savol)

🇮🇹Gli ho chiesto perché andasse gia via e se non piacesse la festa ? —🇺🇿 men undan bazm yoqmagan bo'lsa nega chiqib ketgani so'radim ( Bilvosita savol)


2️⃣ PERCHÉ so'zini biz shuningdek PERCHÉ (nega) va COME MAI(qanday qilib , nega ) so'zlariga javob bo'lib kelish uchun gapning boshida ishlatishimiz mumkin.

Misol :
🇮🇹Perché vai via ?
—Perché mi annoio

🇺🇿Nega chiqib ketayapsan ?
—Chunki men zerikmoqdaman.

Yoki

🇮🇹Come mai dobbiamo prendere il treno ?
— Perché l'auto é dal meccanico

🇺🇿Nega biz poyezdda borishimiz kerak ?
—Chunki mashina mexanikda

3️⃣ Savolga javob berib bo'lmaydigan biror bir narsaning sababini aytishda ham biz PERCHÉ so'zini ishlatishimiz mumkin bo'lib biz uni faqatgina GAPNING O'RTASIDA ishlatishimiz kerak bo'ladi va " CHUNKI " degan tarjimaga ega bo'lib keladi

Misol :
🇮🇹Mangio perché ho fame —🇺🇿Yeyman chunki qornim och

4️⃣ Perché so'zi shuningdek AFFINCHÉ( ...guncha , .....ekan) kabi so'z bilan sinonim sifatida ham ishlatishimiz mumkin.

Misol :

🇮🇹Vi correggo perché non facciate gli stessi errori — 🇺🇿Bir xil xato qilmaganingizcha , sizlarning xatolaringni to'girlab boraman


#Poiché

Poiché so'zi " sababli , chunki " degan tarjimaga ega bo'lib biz uni gapning boshida savolga javob bermaydigan jarayonda ishlatishimiz mumkin.

Misol :
🇮🇹 Poiché ho fame , mangio —🇺🇿och qolganim sababli , yeyman.

🇮🇹Poiché non avevamo piu cibo , ho fatto la spesa —🇺🇿 yegulikimiz qolmagani sababli , men bozorlik qildim

🥸Bir narsaga e'tibor berishlaringizga istagan bo'lar edim ya'ni POICHÉ so'zi asosan yozma tilda ko'p ishlatilib kelib juda ham kamdan kam vaziyatlarda italyanlar og'zaki nutqda norasmiy uslubda ushbu so'zdan foydalanishadi. Shu bois , qachonki biror bir narsaning sababini aytishni istaganimizda biz asosan PERCHÉ so'zini ishlatishga harakat qilishimiz lozim.

1) Siccome(sababli , bo'lgani bois )
2) Dato che ( sababli , shu bois )
3) Dal momento che ( ...gan ekan , ....shi sababli , ...ib turganligi bois, sababli)

🙄Yuqorida ko'rsatilgan so'zlar POICHÉ so'ziga sinonim bo'lib kelib gapning o'rtasida kelishi mumkin.

Misol:
🇮🇹Dato che ho fame , mangio —🇺🇿och qolganim sababli , yeyman

🇮🇹Dal momento che piove , prenderó l'ombrello —🇺🇿 yomg'ir yog'ib turganligi bois , soyabon olmoqchiman


#Purché

😌Purché so'zi yuqorida ko'rib o'tgan so'zlarimizdan butunlay farq qilib bu so'zning faqatgina bittagina shakli ya'ni ma'nosi bor , aniqroq qilib aytadigan bo'lsak , PURCHÉ quyidagi so'zlar bilan sinonim ma'noga ega :

1) a patto che ( sharti bilan , ...sang gina )
2) a condizione che ( sharti bilan , faqatgina ...dan keyingina , ...sang gina )
3) solo se ( sharti bilan , agar ...sa gina , faqatgina...dan keyingina )

Misol :
🇮🇹Puoi restare purché (a condizione che ) tu faccia silenzio —🇺🇿Jim o'tirsanggina qolishing mumkin

🇮🇹 Purché ( solo se ) mi chiedano la scusa , posso perdonarli — 🇺🇿agarda ular mendan kechirib so'rasagina , ularni avf etishim mumkin.

🇮🇹Ti do un po' di soldi purché(a patto che ) tu ne faccia buon uso — pulni yaxshi narsalar uchun ishlatsanggina senga pul berishim mumkin

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Bir narsa esimdan chiqibdi ya'ni 28-iyun kuni @italian_lan kanalim 1 yoshga to'libdi☺️
#Grammatica
#Ma_Pero_Tuttavia_Eppure_Bensi

Yuqorida ko'rib turgan so'zlar italyan tilida Le congiunzioni avversative( Zidlovchi bog'lovchilar )deb ataladi va gapda ma'lum bir darajada o'z o'rniga ega grammatikaning bir qismi hisoblanadi. Tartib bilan boshlagan holda birinchi o'rganmoqchi bo'lgan Zid Bog'lovchilari bu — MA va PERÓ

#Ma_Pero
" Ma " bog'lovchisi biror bir aytilgan narsaga / fikrga TO'LIQ QARSHILIK ifodalash uchun ishlatilib " Ammo , biroq , lekin " deb tarjima qilinadi.

" Ma " har doim ikkinchi gapning boshida keladi , m-n :
🇮🇹Leggo molti libri ma non leggo riviste —🇺🇿Juda ham ko'plab kitob o'qiyman ammo jurnal o'qimayman

" Pero " ham shu taqlid bir xil tarzda gapda ishlatiladi ya'ni ikkinchi gapning boshida va tarjimasi ham " Ma " bog'lovchisi kabi bir xildir,, m-n :
🇮🇹Leggo molti libri pero non leggo riviste —🇺🇿Juda ham ko'plab kitob o'qiyman ammo jurnal o'qimayman

Shuningdek, " Pero " gapning oxirida yakka holda ham kelishi mumkin , masalan :
🇮🇹Leggo molti libri ;non leggo riviste, peró.

Endi esa navbat TUTTAVIA va EPPURE zid bog'lovchilariga

#TUTTAVIA_EPPURE

" Tuttavia " va " Eppure " biror bir narsa va fikrga QISMAN QARSHI bo'lish uchun ishlatiladi garchi aytilgan so'zga qoniqarli javob berilgan bo'lsada qarshi fikr ifodalaniladi va uning tarjimasi " Biroq, ammo , lekin , shunga qaramay , shunga qaramasdan " deb tarjima qilinadi. Masalan :
🇮🇹Mi piace camminare , tuttavia prendo sempre l'autobus —🇺🇿menga yayov(peshkom ) yurish yoqsa ham ammo shunga qaramay baribir har doim avtobusda qatnayman

🇮🇹Mi piace camminare , eppure prendo sempre l'autobus—🇺🇿Menga yayov(peshkom) yurish yoqsa ham ammo shunga qaramay baribir har doim avtobusda qatnayman.

Zid ma'noni ifodalashning yana boshqa usuli quyidagi misolda aks etadi
🇮🇹Mi piace camminare e " nonostante ` cio io prendo sempre un mezzo di trasporto—🇺🇿men yayov(peshkom) yurishni yaxshi ko'raman ammo shunga qaramasdan baribir jamoat transportidan foydalanaman

Ammo " Tuttavia va Eppure " zid bog'lovchilarining ishlatish normasi chegaralangan bo'lib u har doim ham ZID MA'NO BERMAYDI, masalan :
🇮🇹Leggo molti libri , tuttavia / eppure non leggo riviste Bu misolda qarama qarshilik mavjud emas shu bois e'tiborli bo'lish kerak qaysi zid bog'lovchisi qachon va qanday hollarda ishlatilishiga.

Endi esa " BENSÍ " bog'lovchisining qo'llanilish formasiga e'tibor qaratamiz

" Bensí " to'liq qarshilikni ifodalash uchun ishlatiladi xuddi MA va PERÓ kabi ammo uning ishlatilish qoidasidagi eng muhim omil quyidagicha :
" Bensí " gapning 2-qismida keladi AGAR 1-gap INKOR gap bo'lsa, va uning tarjimasi " Yaxshisi , buning o'rniga , hech bo'lmasa bu yerga , ammo bu bo'lishi mumkin " kabi tarjima qilinadi , masalan :

🇮🇹Non vado in vacanza al mare , bensi in montagna —🇺🇿ta'til payti dengizga bormayman, ammo o'rniga to'g'ga boraman / tog' ma'qul

🇮🇹Non prendo l'autobus , bensí vado a piedi —🇺🇿avtobus ushlamayman , yaxshisi yayov(peshkom) boraman

Quyidagi holatlarda BENSI umuman ISHLATILMAYDI

🇮🇹Vado in vacanza al mare, bensi non in montagna —🇺🇿ta'til payti dengizga boraman, yaxshisi tog'ga bormayman
( Birinchi gap INKOR EMAS va shu bois bu gap xato )

🇮🇹Prendo l'autobus, bensi non vado a piedi —🇺🇿Avtobus olaman, yaxshisi peshkom bormayman (Birinchi gap INKOR EMAS va shu bois xato )

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
IG STORY AD #1
THE VISION
Martedì, 6 luglio

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Stand Up Comedy: Come gli inglesi vedono gli italiani - Francesco De Carlo - Comedy Central
👤 #Comedy_Central_Italia

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Kecha EURO-2020 [2021] turnirining 1/2 final bosqichi doirasida Roberto Manchini qo'l ostidagi Italiya milliy terma jamoasi London shahridagi " Wembley " stadionida Luis Enrike boshchiligidagi Ispaniya milliy terma jamoasini yakunda penaltilar seriyasida 4:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va o'z tarixida 4-marotaba qit'a nufuzidagi eng oliy musobaqaning FINAL bosqichiga yo'l oldi. Bu postni yozishimdan maqsad faqat bitta , u ham bo'lsa ITALIYA XALQINING QIZIQISHI VA VATANPARVARLIGI ya'ni men juda ham ko'plab Italyan chat guruhi a'zosiman va meni ajablantirgan jihat bu ITALIYADA nafaqat Erkaklar balki AYOLLAR ham futbolga juda katta mehr qo'yishgan. Kecha tuni bilan guruhlardagi smslarni o'qib chiqdim va ko'plab smslar aynan italyan ayollariga tegishli xabarlar edi. Xo'sh , bu bilan @italian_lan kanali admini nima demoqchi ? Bu bilan men Osiyo va Yevropa futbolidagi tafovutni avvalambor muxlislar orasidagi futbolga bo'lgan mentalitet bilan taqqoslagan bo'lar edim. Italiya chindan ham futbolni sevadi va ardoqlaydi ! Ular hattoki madhiya aytishni ham qoyillatishadi va chin dildan bor kuchi bilan Vatan deya nido solishadi (yuqoridagi fotoga qarang) . Ular Vatan uchun o'ynaydi . Bizning futbolga bo'lgan mehrimiz kam , futbolga bo'lgan mehr ONALARIMIZDA ham bo'lishi lozim va mana shundan keyin balkim biz juda ham ko'plab tug'ma iste'dodli futbolchilarni tarbiyalashimiz mumkin. Bejizga Xojiboy Tojiboyev onalarimizga " Bolam futbolchi bo'lsin ichida " deb aytmaganligini yana bir bor isbotini ko'rmoqdamiz.

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Il miglior video di motivazione (ITA) - Doppiaggio in Italiano
👤 #Mirko_Lamberti

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
IG STORY AD #1
THE VISION
Mercoledì, 7 luglio

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
🇮🇹 @Italian_lan 🇮🇹 kanalida hozirgi kungacha o'tilgan grammatikaga oid barcha mavzular yig'indisi 👇


Grammatika

👉Alifbo
👉Fonetika
👉Sonlar
👉Artikl
👉Kishilik olmoshlari
👉Egalik olmoshlari
👉Noaniq olmoshlar
👉Ko'rsatish olmoshlari
👉Pronomi diretti & indiretti
👉"Essere " fe'li
👉"Avere" fe'li
👉stare +gerundio
👉Presente Indicativo
👉Passato Prossimo
👉imperfetto
👉Futuro Semplice
👉Imperativo
👉Trapassato prossimo
👉Passato Remoto
👉Condizionale Semplice
👉Condizionale Composto
👉Congiuntivo 1-qism
👉Congiuntivo 2-qism
👉Circa e Verso
👉C'e' va Ci sono
👉Ma non / Tranne / Eccetto
👉Farcela
👉Volerci
👉Ot va son
👉Sifat darajalari
👉La particella " Ci "
👉La particella " Ne "
👉Ecco
👉Anzi&Anziche&Pocoanzi&anzitutto
👉NIsbiy olmoshlar
👉Sifatlovchi aniqlovchilar
👉Gia & Ancora
👉Ma&Pero&Tuttavia&Eppure&Bensi
👉Periodo ipotetico
👉Addirittura
👉Piuttosto
👉"Bello " sifati
👉" A" predlogi
👉" Di " predlogi
👉" Su " predlogi
👉"Per " predlogi
👉" in " predlogi
👉" o'rin-joy ravishlari "
👉 " Perche , Poiche , Purche "
👉 " Machche "
👉"Piu , Di piu , In piu
👉 " Interrogazioni "
👉 " Ora , Oramai , Ormai
👉 " il Passivo "
👉 " Magari "


Audiolar&Audiokitoblar

👉 " Michael Jordan " , la vita
👉 " Pinocchio "
👉 " 100 citazioni di Carl Jung "
👉 " L'idiota "
👉 " il Corsaro Nero "
👉 " il Piccolo Principe "
👉 " un capitano "
👉 " La divina Commedia "
👉 " Decameron "


Kinolar

👉 " Vicini del terzo tipo "
👉 " Nei panni di una Principessa : Ci risiamo ! "
👉 " L'anno che verra "
👉 " i Simpson " Inferno e Paradiso
👉 " Julie & Jiulia "
👉 " Roma citta aperta "
👉 " Cicogne in Missione "
👉 " il giardino dei Finzi Contini "
👉 " Asterix e il regno degli Dei "
👉 " Robinson Crusoe "
👉 " Justin e i cavalieri valorosi "

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Italyan tili
@italian_lan kanalini qayerdan turib kuzatib bormoqdasiz ?
Barcha viloyatlardan tashqari YEVROPA , MARKAZIY OSIYO va AQSH da yashayotgan hamyurtlarim va obunachilarim borligidan juda ham xursandman☺️
#Yangilik
Yangi guruh bilan darslarni boshlab oldik ammo yana bir guruh ochish niyatim bor , ammo bu safar vaqt soati boshqacha ya'ni :


#Ertalab_soat_06_00_da_boshlanadigan YANGI_KURS

🇮🇹italyan tili🇮🇹ni online o'rganishni xohlovchilar uchun
#Yozgi_online_2_oylik_kurs

2 oy ichida siz :

• Grammatika
• Tarjima qilish(A1,A2 darajadagi tarjima kitoblar)
• Eshitish(A1, A2 darajadagi auidotestlar)
• Gapirish
• Yozish

kabi ko'nikmalarni o'zlashtirishingiz mumkin. Kurs faqat #boshlangich o'quvchilar uchun.


Kurs narxi va batafsil ma'lumot uchun : @Shokhrukhdinho99

#Deadline 9-iyul 22:00gacha

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Shuningdek , #GAPIRISH uchun ham alohida guruh ochilmoqda , biroq bu uchun italyan tilidan biroz bo'lsada xabardor bo'lish lozim


Murojaat : @Shokhrukhdinho99
Kimdir Spam yoki Blockda bo'lsa @ShokhrukhSamarqandi_bot orqali murojaat qilsa bo'ladi.

Bot orqali yozishda muammo bo'lmaydi :)
IG STORY AD #1
THE VISION
Giovedì, 8 luglio

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Il verbo “ ESSERE “
“ Essere “ fe’li

• “ ESSERE “ – bo’lmoq , hisoblanmoq fe’li hozirgi zamonda sono , sei , e’ , siamo , siete , sono shakllariga ega . U biror-bir shaxs yoki narsa haqida gapirilib , uning kimligi ,qarindoshligi , kayfiyati , nimaligi , qandayligi ,tashqi ko’rinishi , jismoniy imkoniyati , shaxsiy statusi , vaqt va sanani , biror bir narsaning rangini , biror bir kishining millatini va qayerdan ekanligini , joylashuvni va biror bir voqea-hodisaning joylashuvini va yana bir qancha narsalarni ifodalab kelganda ishlatiladi .

io + sono = men....man
tu + sei = sen...san
lui + e ‘ = u....dir (erkak)
lei + e ‘ = u ....dir (ayol )
noi + siamo = biz...miz
voi + siete = sizlar....lar(siz)
loro + sono = ular.....dirlar

•Shuningdek , “ essere “ yordamchi fe’l sifatida deyarli barcha italyan tili grammatikasi zamonlarida ( il passato prossimo , il trapassato prossimo , imperfetto , futuro anteriore , condizionale passate , congiuntivo passato , congiuntivo trapassato va trapassato remoto ) fe’l bilan to’g’ridan-to’g’ri ergashib keladi . Hozircha bularni keyingi darsr o'rganamiz


io sono uno \ lo studente – men talabaman

tu sei una \ la studentessa – sen talaba qizsan

lui \ lei e’ una \ la guida turistica – u gid-tarjimondir

noi siamo gli amici – biz do’stlarmiz

voi siete gli alunni – sizlar o’quvchilar(siz)

loro sono i ragazzi – ular o’g’il bolalardirlar

io sono un vero uzbeco – men haqiqiy o’zbekman ( millatni ifodalab kelmoqda)

il mio zaino e ‘ giallo – mening sumkam sariq(dir) (rangni ifodalab kelmoqda)

la mia casa e’ grande – mening uyim katta(dir) ( uyning qandayligi ifodalanmoqda)

Shahriyor e ‘ mio fratello – mening akam Shahriyor (dir) ( shaxsning kimligi ifodalandi)

Questa e ‘ una \ la matita - bu – qalam(dir) ( predmetning nima ekanligi ifodalandi)

La festa e’ al club – bazm klubda (bo’ladi , bo’lmoqda) ( voqea-hodisaning joylashuvi )

Di dove sei ? – qayerdansan ( shaxsning qayerdan ekanligi nazarda tutilmoqda)


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
IG STORY AD #1
THE VISION
Venerdì, 9 luglio

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
L'AGGETIVO " BELLO " ( BELLO(CHIROYLI) SIFATI


" Bello " so'zini ishlatish sizlar uchun biroz oddiy ko'rinishi mumkin ammo bu so'zning ham ishlatish qoidasi aniqrogi tuslash shakllari mavjud.

Bello — Chiroyli , yaxshi , zo'r , kelishgan degan ma'nolarni anglatadi va asosan OTDAN KEYIN ishlatilar edi ammo OTDAN OLDIN kelsa shakli o'zgarishi mumkin

Uning Mujskoy roddagi shakllari quyidagicha :

Mujskoy birlik / musjkoy Ko'plik

Bello / Begli
Bel / Bei
Bell' /Begli

Ya'ni BEGLI so'zi Z , PS , GN ,Y , X , S+undosh harflar oldidan kelsa va yana bir BEGLI esa UNLI HARFLAR oldidan keladi ( diqqat qiling faqat MUJSKOY ROD)

Misol uchun :

A Tashkent , c 'é un BELLO ZOO —Toshkentda ,bitta ajoyib hayvonot bog'i mavjud
* Z harfi bilan kelgani uchun Lo artikli qo'yilmoqda ya'ni BEL+LO= BELLO

Nazira ha molti BEGLI ANELLI —Nazirada ko'plab chiroyli uzuklar bor
* Musjkoy roddagi ot unli harf bilan ko'plikda kelgani bois BEGLI qo'yilmoqda

Il fidanzato di Munisa le ha comprato un BELL' ANELLO— Munisaning yigiti unga bir ajoyib uzuk sotib olib berdi
**** Shu kabi holat endi Birlikda kelmoqda va 2 ta unlini bira to'la talaffuz qilish xunuk eshitilishi bois bitta unli tushib qoladi yoki o'rniga apostrof ( ' ) ni qo'yamiz BELL' ANELLO

Nel giardino , ci sono tanti BEI FIORI — bog'da bir qancha CHIROYLI GULLAR bor

" Bei " so'zi undosh harflar bilan boshlangan otlar oldidan keladi

bel fiore / bei fiori
Chiroyli gul / chiroyli gullar

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Vicini_del_terzo_tipo_2012.mp4
798.9 MB
Vicini Del Terzo Tipo (2012)

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹