Italyan tili
1.8K subscribers
523 photos
106 videos
164 files
549 links
Download Telegram
Audio
Fare i genitori è il miglior corso di soft spille

#Podcast_in_italiano

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Mercoledì, 14 aprile
THE VISION
Mercoledì, 14 aprile
#Podcast_in_italiano

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
#Citazione

🇮🇹 Siamo un libro aperto, c'è chi guarda le immagini e chi invece legge le parole. Saranno in pochi ad apprezzare l'intero libro.

#libro —kitob
#guardare—qaramoq
#immagini —suratlar
#leggere — o'qimoq
#parole — so'zlar

🇺🇿 Biz bir bo'sh kitobmiz , kimdir suratlarni tomosha qiladi yana kimdir aksincha so'zlarini o'qiydi. Juda sanoqlilar kitobga to'liq baho berishadi.

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
🇬 🇷 🇦 🇲 🇲 🇦 🇹 🇮 🇨 🇦
🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹
#Perché_Poiché_Purché
🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹

❇️Yuqorida ko'rsatilgan 3 ta so'z ( Perché , Poiché , Purché )ni ishlatish qoidasi mavjud bo'lib , biz hozir ushbu so'zlarni qanday paytlarda ishlatishni ko'rib boramiz.

🤩Avvalambor, sizlarga eng tanish bo'lgan so'z PERCHÉ bilan boshlasak.

#Perché
Perché so'zini asosan biror bir narsaning sababini , maqsadini , niyatini so'rash uchun ishlatamiz va shularni hisobga olgan holda quyidagi guruhlarga bo'lib tushunishga harakat qilamiz.

1️⃣Bevosita va bilvosita beriladigan savollar uchun PERCHÉ so'zini ishlatamiz.

Misol :
🇮🇹Perché vai gia via ? Non ti piace la festa ?—🇺🇿Nega chiqib ketmoqdasan ? Bazm senga yoqmadimi ? ( Bevosita savol)

🇮🇹Gli ho chiesto perché andasse gia via e se non piacesse la festa ? —🇺🇿 men undan bazm yoqmagan bo'lsa nega chiqib ketgani so'radim ( Bilvosita savol)


2️⃣ PERCHÉ so'zini biz shuningdek PERCHÉ (nega) va COME MAI(qanday qilib , nega ) so'zlariga javob bo'lib kelish uchun gapning boshida ishlatishimiz mumkin.

Misol :
🇮🇹Perché vai via ?
Perché mi annoio

🇺🇿Nega chiqib ketayapsan ?
Chunki men zerikmoqdaman.

Yoki

🇮🇹Come mai dobbiamo prendere il treno ?
Perché l'auto é dal meccanico

🇺🇿Nega biz poyezdda borishimiz kerak ?
Chunki mashina mexanikda

3️⃣ Savolga javob berib bo'lmaydigan biror bir narsaning sababini aytishda ham biz PERCHÉ so'zini ishlatishimiz mumkin bo'lib biz uni faqatgina GAPNING O'RTASIDA ishlatishimiz kerak bo'ladi va " CHUNKI " degan tarjimaga ega bo'lib keladi

Misol :
🇮🇹Mangio perché ho fame —🇺🇿Yeyman chunki qornim och

4️⃣ Perché so'zi shuningdek AFFINCHÉ( ...guncha , .....ekan) kabi so'z bilan sinonim sifatida ham ishlatishimiz mumkin.

Misol :

🇮🇹Vi correggo perché non facciate gli stessi errori — 🇺🇿Bir xil xato qilmaganingizcha , sizlarning xatolaringni to'girlab boraman


#Poiché

Poiché so'zi " sababli , chunki " degan tarjimaga ega bo'lib biz uni gapning boshida savolga javob bermaydigan jarayonda ishlatishimiz mumkin.

Misol :
🇮🇹 Poiché ho fame , mangio —🇺🇿och qolganim sababli , yeyman.

🇮🇹Poiché non avevamo piu cibo , ho fatto la spesa —🇺🇿 yegulikimiz qolmagani sababli , men bozorlik qildim

🥸Bir narsaga e'tibor berishlaringizga istagan bo'lar edim ya'ni POICHÉ so'zi asosan yozma tilda ko'p ishlatilib kelib juda ham kamdan kam vaziyatlarda italyanlar og'zaki nutqda norasmiy uslubda ushbu so'zdan foydalanishadi. Shu bois , qachonki biror bir narsaning sababini aytishni istaganimizda biz asosan PERCHÉ so'zini ishlatishga harakat qilishimiz lozim.

1) Siccome(sababli , bo'lgani bois )
2) Dato che ( sababli , shu bois )
3) Dal momento che ( ...gan ekan , ....shi sababli , ...ib turganligi bois, sababli)

🙄Yuqorida ko'rsatilgan so'zlar
POICHÉ so'ziga sinonim bo'lib kelib gapning o'rtasida kelishi mumkin.

Misol:
🇮🇹Dato che ho fame , mangio —🇺🇿och qolganim sababli , yeyman

🇮🇹Dal momento che piove , prenderó l'ombrello —🇺🇿 yomg'ir yog'ib turganligi bois , soyabon olmoqchiman


#Purché

😌Purché so'zi yuqorida ko'rib o'tgan so'zlarimizdan butunlay farq qilib bu so'zning faqatgina bittagina shakli ya'ni ma'nosi bor , aniqroq qilib aytadigan bo'lsak , PURCHÉ quyidagi so'zlar bilan sinonim ma'noga ega :

1) a patto che ( sharti bilan , ...sang gina )
2) a condizione che ( sharti bilan , faqatgina ...dan keyingina , ...sang gina )
3) solo se ( sharti bilan , agar ...sa gina , faqatgina...dan keyingina )

Misol :
🇮🇹Puoi restare purché (a condizione che ) tu faccia silenzio —🇺🇿Jim o'tirsanggina qolishing mumkin

🇮🇹 Purché ( solo se ) mi chiedano la scusa , posso perdonarli — 🇺🇿agarda ular mendan kechirib so'rasagina , ularni avf etishim mumkin.

🇮🇹Ti do un po' di soldi purché(a patto che ) tu ne faccia buon uso — pulni yaxshi narsalar uchun ishlatsanggina senga pul berishim mumkin

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Giovedì, 15 aprile
THE VISION
Giovedì, 15 aprile
#Podcast

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Venerdì, 16 aprile
THE VISION
Venerdì, 16 aprile
#Podcast

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Il tema d'oggi : IL TRAPASSATO PROSSIMO ( yohud ingliz tilidagi PAST PERFECT TENSE)

#Ishlatilishi

1️⃣Bu zamon o'tgan zamonda sodir bo'lgan biror bir ish harakatdan OLDIN SODIR BO'LGAN ish harakatni ifodalaydi

🇮🇹Ho perso il mio cellulare quello che mio papá mi AVEVA REGALATO — Dadam sovg'a qilgan telefonni yo'qotib qo'ydim
* Bu yerda yo'qotish ikkinchi voqea bo'lsa , dadasi sovg'a qilgan telefon BIRINCHI ish harakat ya'ni BIRINCHI TELEFON SOVG'A QILINGAN keyin YO'QOTILGAN

2️⃣ O'tgan zamonda ishlatilgan birikma bilan kelMAgan holda HAM bu zamon ishlatilishi mumkin

🇮🇹Bello questo film ! — Non l'AVEVO ancora VISTO 🇺🇿 Bu Ajoyib kino ! Buni hali KO'RMAGAN EKANMAN(ilgari)

3️⃣ Bu zamon ko'pincha quyidagi payt ravishlari bilan ergashib keladi :

-MAI(hech qachon)
-PRIMA(oldin , ilgari )
- ANCORA( haligacha )
- Sempre(har doim)

🇮🇹Non ERO MAI STATO a Samarcanda—🇺🇿Samarqandda hech qachon bo'lmaganman

4️⃣ Il TRAPASSATO PROSSIMO shuningdek HURMAT ma'nosida ham gapda kelishi mumkin va ko'pincha VENIRE(kelmoq) fe'li bilan ishlatiladi

🇮🇹ERO VENUTO a parlare con Lei — siz bilan bafurja gaplashish uchun KELGAN EDIM(ya'ni hozir kelgan)
#Yasalishi

Il TRAPASSATO PROSSIMO zamoning yasalishi quyidagicha : bu zamon IMPERFETTO dagi ESSERE va AVERE yordamchi fe'llari orqali yasaladi va oxirida fe'lning o'tgan zamondagi formasi ishlatiladi.

Ega + essere/avere + fe'lning o'tgan zamondagi tuslangan formasi.

Tu + eri + partito
per Samarcanda quando sono andato da te — qachonki senikiga borganimda SEN samarqandga JO'NAB KETGAN eding

Tu(ega)
Eri(essere)
Partito(partire fe'lining o'tgan zamondagi tuslangan shakli)


Agar ESSERE + ESSERE bo'lsa quyidagicha keladi

Io ero + stato/a
Tu eri + stato/a
Lui era + stato
Lei era + stato/a
Noi eravamo +stati/e
Voi eravate + stati/e
Loro eravano + stati/e



Agar AVERE + AVERE kelsa quyidagicha tuslanadi.

Io avevo+ avuto
Tu avevi + avuto
Lui aveva + avuto
Lei aveva + avuto
Noi avevamo + avuto
Voi avevate + avuto
Loro avevano + avuto
Il TRAPASSATO PROSSIMO zamoni shuningdek italyan tilidagi yana boshqa 3 ta zamon ( il passato prossimo , il passato remoto va l'imperfetto )bilan birga keladi.

Non abbiamo voluto leggere il libro che la nonna ci AVEVA REGALATO a Natale — Buvimiz Rojdestvoda sovg'a qilgan kitobni o'qishni xohlamadik

*Abbiamo voluto (il passato prossimo)
*Aveva regalato ( il TRAPASSATO PROSSIMO)

Non VOLEMMO leggere il libro che la nonna ci AVEVA REGALATO a Natale — buvamiz Rojdestvoda sovg'a qilgan kitobni o'qishni xohlamas edik

*Volemmo( il passato remoto)
* Aveva regalato ( il TRAPASSATO PROSSIMO)

Non VOLEVAMO leggere il libro che la nonna ci AVEVA REGALATO a Natale — buvamiz Rojdestvoda sovg'a qilgan kitobni o'qishni xohlamayotgan edik

*Volevamo(l'imperfetto)
*Aveva regalato (il TRAPASSATO PROSSIMO)

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
🇮🇹 @Italian_lan 🇮🇹 kanalida hozirgi kungacha o'tilgan grammatikaga oid barcha mavzular yig'indisi 👇


Grammatika

👉Alifbo
👉Fonetika
👉Sonlar
👉Artikl
👉Kishilik olmoshlari
👉Egalik olmoshlari
👉Noaniq olmoshlar
👉Ko'rsatish olmoshlari
👉Pronomi diretti & indiretti
👉"Essere " fe'li
👉"Avere" fe'li
👉stare +gerundio
👉Presente Indicativo
👉Passato Prossimo
👉imperfetto
👉Futuro Semplice
👉Imperativo
👉Trapassato prossimo
👉Passato Remoto
👉Condizionale Semplice
👉Condizionale Composto
👉Congiuntivo 1-qism
👉Congiuntivo 2-qism
👉Circa e Verso
👉C'e' va Ci sono
👉Ma non / Tranne / Eccetto
👉Farcela
👉Volerci
👉Ot va son
👉Sifat darajalari
👉La particella " Ci "
👉La particella " Ne "
👉Ecco
👉Anzi&Anziche&Pocoanzi&anzitutto
👉NIsbiy olmoshlar
👉Sifatlovchi aniqlovchilar
👉Gia & Ancora
👉Ma&Pero&Tuttavia&Eppure&Bensi
👉Periodo ipotetico
👉Addirittura
👉Piuttosto
👉"Bello " sifati
👉" A" predlogi
👉" Di " predlogi
👉" Su " predlogi
👉"Per " predlogi
👉" in " predlogi
👉" o'rin-joy ravishlari "
👉 " Perche , Poiche , Purche "
👉 " Machche "
👉"Piu , Di piu , In piu
👉 " Interrogazioni "
👉 " Ora , Oramai , Ormai
👉 " il Passivo "
👉 " Magari "


Audiolar&Audiokitoblar

👉 " Michael Jordan " , la vita
👉 " Pinocchio "
👉 " 100 citazioni di Carl Jung "
👉 " L'idiota "
👉 " il Corsaro Nero "
👉 " il Piccolo Principe "
👉 " un capitano "
👉 " La divina Commedia "
👉 " Decameron "


Kinolar

👉 " Vicini del terzo tipo "
👉 " Nei panni di una Principessa : Ci risiamo ! "
👉 " L'anno che verra "
👉 " i Simpson " Inferno e Paradiso
👉 " Julie & Jiulia "
👉 " Roma citta aperta "
👉 " Cicogne in Missione "
👉 " il giardino dei Finzi Contini "
👉 " Asterix e il regno degli Dei "
👉 " Robinson Crusoe "
👉 " Justin e i cavalieri valorosi "

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
1
🇮🇹IL tema d'oggi : IL CONDIZIONALE
🇺🇿Bugungi mavzu : IL CONDIZIONALE


ESSERE fe'lining yasalishi

Io sarei
Tu saresti
Lui/Lei sarebbe
Noi saremmo
Voi sareste
Loro sarebbero

AVERE fe'lining yasalishi
Io avrei
Tu avresti
Lui/Lei avrebbe
Noi avremmo
Voi avreste
Loro avrebbero

Bu zamon qachon ishlatiladi :

1⃣Biror bir narsani hurmat shaklida ifodalash va so'rash orqali , Masalan :
🇮🇹 Mi Presteresti la tua macchina per favore -🇺🇿Menga mashinangizni berib tura olasizmi ( Prestarsi bu reflessiv fe'l va bu mavzuni 1 hafta oldin o'tgan edik )

2⃣Niyat, orzu, maqsadni ifodalaganda, masalan :
🇮🇹Vorrei visitare l'Australia—🇺🇿Avstraliyaga borishni xohlayman

3⃣Buyruq, maslahat, pand nasihat, tanbehni ifodalaganda, masalan : 🇮🇹Dovresti studiare di piu ( 🇺🇿Ko'proq o'qishing kerak )

4⃣Fikr va mulohazani bayon etganda , masalan :
🇮🇹Al posto tuo andrei a Samarcanda con il treno veloce che si chiama Afrasiyab—🇺🇿Sening o'rningda bo'lganimda Samarqandga tez yurar poyezd sanalmish Afrosiyobda borgan bo'lar edim

5⃣ ikkilanishni ifodalash uchun , masalan :
🇮🇹Non so se comprerei quella casa é troppa vecchia —🇺🇿Bilmadim agar anashu uyni sotib olsam u juda ham eski

6⃣Noma'lum va norasmiy yangilikni ifodalash uchun, masalan :
🇮🇹Secondo le ultime notizie, il Presidente della Francia arriverebbe in Usbechistan in serata—🇺🇿So'nggi yangiliklarga qaraganda, Fransiya Prezidenti kechki payt O'zbekistonga tashrif buyurish mumkin ekan

7⃣Ehtimollikni ifodalash uchun , masalan : 🇮🇹É molto ricco : potrebbe vivere senza lavorare —🇺🇿U juda ham boy : Ishlamasdan ham yashasa bo'laveradi

8⃣Bir biriga uzviy bog'liq bo'lgan ish harakatga nisbatan, masalan :
🇮🇹Non so dove abita quel ragazzo, altrimenti te lo direi—🇺🇿U bola qayerda yashashini bilmayman aks holda uni senga aytgan bo'lar edim.


Fe'llar tuslanishini ko'rib o'tamiz :
-ARE- bilan tugaydigan fe'l

ComprARE(sotib olmoq)
Io compr—erei
Tu compr—eresti
Lui/Lei compr—erebbe
Noi compr-eremmo
Voi compr-ereste
Loro compr-erebbero

-IRE- bilan tugaydigan fe'l
PreferIRE(maqul ko'rmoq)

Io prefer—irei
Tu prefer-iresti
Lui/Lei prefer—irebbe
Noi compr—eremmo
Voi compr—ereste
Loro compr—erebbero

-ERE- bilan tugaydigan fe'l
PrendERE(olmoq)

Io prend—erei
Tu prend—eresti
Lui/Lei prend—erebbe
Noi prend—eremmo
Voi prend—ereste
Loro prend—erebbero


Qolgan fe'llarni shu taqlid tuslab borasizlar va sizlarga tashlab bergan programmar orqali fe'llar qanday tuslanishini ham ko'rib o'rganib borishingiz mumkin
Audio
Le startup secondo Mario Draghi

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Il verbo “ ESSERE “
“ Essere “ fe’li

• “ ESSERE “ – bo’lmoq , hisoblanmoq fe’li hozirgi zamonda sono , sei , e’ , siamo , siete , sono shakllariga ega . U biror-bir shaxs yoki narsa haqida gapirilib , uning kimligi ,qarindoshligi , kayfiyati , nimaligi , qandayligi ,tashqi ko’rinishi , jismoniy imkoniyati , shaxsiy statusi , vaqt va sanani , biror bir narsaning rangini , biror bir kishining millatini va qayerdan ekanligini , joylashuvni va biror bir voqea-hodisaning joylashuvini va yana bir qancha narsalarni ifodalab kelganda ishlatiladi .

io + sono = men....man
tu + sei = sen...san
lui + e ‘ = u....dir (erkak)
lei + e ‘ = u ....dir (ayol )
noi + siamo = biz...miz
voi + siete = sizlar....lar(siz)
loro + sono = ular.....dirlar

•Shuningdek , “ essere “ yordamchi fe’l sifatida deyarli barcha italyan tili grammatikasi zamonlarida ( il passato prossimo , il trapassato prossimo , imperfetto , futuro anteriore , condizionale passate , congiuntivo passato , congiuntivo trapassato va trapassato remoto ) fe’l bilan to’g’ridan-to’g’ri ergashib keladi . Hozircha bularni keyingi darsr o'rganamiz


io sono uno \ lo studente – men talabaman

tu sei una \ la studentessa – sen talaba qizsan

lui \ lei e’ una \ la guida turistica – u gid-tarjimondir

noi siamo gli amici – biz do’stlarmiz

voi siete gli alunni – sizlar o’quvchilar(siz)

loro sono i ragazzi – ular o’g’il bolalardirlar

io sono un vero uzbeco – men haqiqiy o’zbekman ( millatni ifodalab kelmoqda)

il mio zaino e ‘ giallo – mening sumkam sariq(dir) (rangni ifodalab kelmoqda)

la mia casa e’ grande – mening uyim katta(dir) ( uyning qandayligi ifodalanmoqda)

Shahriyor e ‘ mio fratello – mening akam Shahriyor (dir) ( shaxsning kimligi ifodalandi)

Questa e ‘ una \ la matita - bu – qalam(dir) ( predmetning nima ekanligi ifodalandi)

La festa e’ al club – bazm klubda (bo’ladi , bo’lmoqda) ( voqea-hodisaning joylashuvi )

Di dove sei ? – qayerdansan ( shaxsning qayerdan ekanligi nazarda tutilmoqda)


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
"Shak-shubha, ikkilanish" mavzusiga doir so'zlashishda kerak bo'ladigan so'zlar : 📛

🇮🇹mi sembra di no →🇺🇿Menimcha bunday emas

🇮🇹non sono sicuro (a) →🇺🇿 ishonchim komil emas

🇮🇹non credo/penso →🇺🇿ishonmayman / o'ylamayman

🇮🇹non direi → aytmagan bo'lardim

🇮🇹ne dubito →🇺🇿Ikkilanyapman
🇮🇹penso di no →🇺🇿 unaqa emas deb o'ylayman

🇮🇹come mai? → 🇺🇿qanday qilib

🇮🇹ti sbagli →🇺🇿sen adashyapsan/xato qilyapsan

🇮🇹chissa → kim biladi
🇮🇹poco probabile → 🇺🇿ehtimoli kam

🇮🇹ho qualche dubbio → 🇺🇿menda biroz ikkilanish bor
🇮🇹non saprei → hatto bilmayman ham

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Azizlar
Italiya davlatida top Universitet Tor Vergata ning European Economy and Business Law yo'nalishiga yana 2 kishi qabul bo'ldilar👏🥳🥳
BIZ NATIJA UCHUN ISHLAYMIZ😉

Ramazon oyi nasib barchamizani ishimizga barakot va omadli bo'lsin

Telefonlar📞
+998-97-9517700
Direct:
@Toshkent_scholarships

Telegram channel: @lightmangroupconsulting
Audio
“Ma siete italiani?” La domanda del 99enne che si vaccina

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Martedì, 20 aprile
THE VISION
Martedì, 20 aprile

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Mercoledì, 21 aprile
THE VISION
Mercoledì, 21 aprile

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
🇬 🇷 🇦 🇲 🇲 🇦 🇹 🇮 🇨 🇦


#Avverbi_di_luogo
#orin_joy_ravishlari


Bugun biz sizlar bilan " Avverbi di luogo " ya'ni " o'rin-joy ravishlari" ni o'rganishga harakat qilamiz. Italyan tilida o'rin joy ravishlari bu quyidagilar :

Qui , Qua, Li, Lá, Laggiu, Quaggiú , Quassú


Avvalambor , hamma narsa tartib bilan deganlaridek QUI va QUA o'rin-joy ravishlarining ishlatish xususiyatiga e'tibor qaratamiz .


#Qui_e_Qua

QUI va QUA so'zlarining tarjimasi " Bu joyda , bu yerda , shu yerda " degan ma'nolarni anglatib bu bizga yaqin bo'lgan biror bir joyni nazarda tutmoqchi bo'lganimizda ishlatamiz. Qui so'zini ishlatish ommabop hisoblanadi va Qui ko'proq aniq bir ifodalangan joyni nazarda tutish uchun ishlatiladi (ba'zida italyanlar Qua so'zini ishlatishni ma'qul ko'rishadi )

Misol :
🇮🇹Che freddo fa qui ! —🇺🇿 bu yer juda sovuq !


#Lí_e_Là

va o'rin-joy ravishlari gapirayotgan insondan uzoqroq bo'lgan joy va masofani nazarda tutish uchun ishlatilib " U yerda , o'sha yerda , ana u yerda " degan tarjimaga ega bo'lib keladi. Ko'pchilik italyanlarning fikricha " Lí " bu u qadar uzoq bo'lmagan joy uchun ham ishlatiladi degan tushuncha bor ammo aslini olganda italyanlar " Lí va Lá " ni sinonim sifatida ishlatishadi

Misol :
🇮🇹Guarda , c'é un cane ! —🇺🇿 ana u yerga qara , u yerda it bor ekan.


#Qui_sopra_e_qua_sopra_e_quassú

Qui /Qua sopra va Quassu o'rin-joy ravishlari bu gapirayotgan insondan uzoq bo'lmagan joy va nuqtani bildirib yuqoriga⬆️ qaratilgan yo'nalishni ifodalab keladi va tarjimada " ana u yerda(tepada , yuqorida) " deb tarjima qilinadi.

Misol :
🇮🇹Guarda quassú quanti uccelli —🇺🇿 ana u yerga qara(tepaga) , qanchalik ko'p qushlar


#Qui_sotto_e_qua_sotto_quaggiú

Qui / qua sotto va quaggiú o'rin payt ravishlari gapirayotgan insondan uzoq bo'lmagan joyni va nuqtani bildirib pastga⬇️ qaratilgan ish-harakatni ifodalash uchun ishlatilib " shu yerda pastda " deb tarjima qilinadi.

Misol :
🇮🇹—Dove sei ?
—sono qui sotto . Mi vedi ?
🇺🇿—Qayerdasan ?
shu yerda pastdaman. Meni ko'ryapsanmi ?


#Lí_sotto_e_Lá_sotto_e_Laggiu

Lí / Là sotto va Laggiu o'rin-joy ravishlari gapirayotgan insondan uzoq bo'lgan joyni bildirib pastga⬇️ qaratilgan ish-harakatni ifodalash uchun ishlatilib " ana u yerda pastda " deb tarjima qilinadj

Misol :
🇮🇹 Guarda quel ragazzo laggiú : é mio fratello —🇺🇿 ana u pastdagi bolaga qara : u mening akam


#Lá_sopra_e_Li_sopra_e_lassú

La / Li sopra va Lassu o'rin-joy ravishlari gapirayotgan insondan uzoq bo'lgan joyni bildirib yuqoriga qaratilgan ish-harakatni ifodalash uchun ishlatilib " ana u yerda tepada " degan tarjimaga ega.

Misol :
🇮🇹 C'é un gatto li soprá🇺🇿 ana u yerda tepada mushuk bor



Diqqat ❗️ Diqqat❗️ Diqqat ❗️

Laggiú
o'rin-joy ravishi shuningdek Lí (ana u yer) va Lá(ana u yer) bilan sinonim sifatida ham ishlatilib kelishi mumkin.

Misol :
🇮🇹Guarda laggiú, c'é un cane —🇺🇿ana u yerga qara , it bor ekan


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹