Italyan tili
1.8K subscribers
523 photos
106 videos
164 files
549 links
Download Telegram
🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Impressioni italiane
Charles Dickens
🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
🇬 🇷 🇦 🇲 🇲 🇦 🇹 🇮 🇨 🇦

C’è va Ci sono konstruktsiyasi


C’è va Ci sono - har ikkalasi ham “ bor “ degan ma’noni anglatadi . Bu birikmalar asosan joylarga nisbatan ishlatiladi . Bu kontruktsiya italyan tilida aniq va noaniq artikl bilan yonma-yon kelishi mumkin .

C’è una ragazza a casa – uyda bitta qiz bor
Ci sono le ragazze a casa – uyda qizlar bor

•Shuningdek , C’è va Ci sono dan keyin raqam ham kelishi mumkin .

Ci sono tre ragazze a casa – uyda 3 ta qiz bor


#Soroq_gapda C’è va Ci sono birikmalarida ohang katta rol o’ynaydi va agar biror bir narsani umumiy nazarda tutmoqchi bo’lganda artikl tushib qolishi mumkin .

C’è un ragazzo nel giardino ? – Bog’da biror bir bola bormi ?
Ci sono ragazzi nel giardino ? – Bog’da bolalar bormi ?

Ci sono i ragni a casa tua – uyingda o’rgimchaklar bormi ?
Ci sono ragni a casa tua – uyinda biror bir o’rgimchaklar bormi ?


#Inkor_shakli “ non + c’è \ ci sono “ formulasi orqali yasaladi .

Non c’è acqua nel bagno – hammomda suv yo’q

Non ci sono bicchieri nel bagno – hammomda hech qanday ko’za yo’q


C’è va Ci sono biror bir joyda bor bo’lmoq , turmoq sifatida tarjima qilinib darak va so’roq gaplarda ishlatilishi mumkin .

Scusa, c’è tua figlia? – kechirasiz , qizingiz ichkaridami ?

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Per la maggior parte delle persone le emozioni restano ancora un mistero... Come se le emozioni fossero forze oscure che hanno il potere di impossessarsi di noi e guidare il nostro comportamento indipendentemente dal nostro volere. Per fortuna, però, non è così.

Grazie a questo libro, scoprirai come governare i meccanismi che regolano le tue emozioni per esprimere al meglio il tuo potenziale: riuscirai a controllare i tuoi stati d'animo e a migliorare qualsiasi relazione, anche quelle più complicate.
🇬 🇷 🇦 🇲 🇲 🇦 🇹 🇮 🇨 🇦
#Congiuntivo
CONGIUNTIVO ning ishlatilishi haqida qisqacha ma'lumot


Agarda biror kim biror bir narsa haqida aniq va haqiqat haqida gapirsa IL PRESENTE INDICATIVO ishlatar edik ammo biror bir narsa IKKILANISH, NOANIQ,FIKR-MULOHAZA, SHAXSIY FIKRDAN KELIB CHIQISH, IRODA, JASORAT, ORZU, UMID bo'lsa biz bu hollarda har doim CONGIUNTIVO ishlatamiz

🇮🇹Sono certo che Luca é in casa —🇺🇿men ishonchim komilki Luka uyda( PRESENTE INDICATIVO)

🇮🇹Dubito che Luca sia a casa —🇺🇿Luka uydaligiga ikkilanyapman( Il CONGIUNTIVO PRESENTE)

🇮🇹So che Giulia sta meglio—🇺🇿Juliya yaxshi ekanligini bilaman(Presente Indicativo)

🇮🇹 Pare che Giulia stia meglio—🇺🇿Juliya yaxshi bo'lsa kerak deb o'ylayman( Il CONGIUNTIVO PRESENTE)


Italyan tilidagi har bir zamon ko'rsatkichi ESSERE va AVERE kabi yordamchi fe'llar orqali ishlatilib uning qaysi zamonda tuslanganini bilib olishimiz mumkin bo'ladi. Il CONGIUNTIVO PRESENTE da bu 2 ta yordamchi fe'llar quyidagicha tuslanadi

ESSERE(bo'lmoq)

Io sia
Tu sia
Lui/Lei sia
Noi siamo
Voi siate
Loro siano

Ko'rib turganingizdek dastlabki 3 ta kishilik olmoshlarining tuslanish formasi bir xildir(Sia).

Endi esa AVERE yordamchi fe'lining tuslanishi quyidagicha va bunda ham dastlabki 3 ta kishilik olmoshlarining tuslanish formasi bir xil.

AVERE(bor bo'lmoq , ega bo'lmoq )

Io abbia
Tu abbia
Lui/Lei abbia
Noi abbiamo
Voi abbiate
Loro abbiano


Il CONGIUNTIVO PASSATO da ESSERE va AVERE fe'llarini tuslanishida yordamchi fe'l tuslanib oxirida fe'l ham ATO,UTO,ITO kabi tuslanish formasini o'z ichiga oladi

Ega + avere(congiuntivo) + fe'l(ato ,uto ,ito )

AVERE+ACCETTARE

Io abbia accettato
Tu abbia acettato
Lui/Lei accettato
Noi abbiamo accettato
Voi abbiate accettato
Loro abbiano accettato

ESSERE+PARTIRE

Io sia partito👱‍♂️/a👩‍🦳
Tu sia partito/a
Lui/Lei sia partito/a
Noi siamo partiti👱‍♂️👱‍♂️/e👩‍🦳👩‍🦳
Voi siate partiti/e
Loro siano partiti/e


CONGIUNTIVO qachon va qaysi fe'llar bilan ishlatiladi ? Javob quyidagicha 👇

1️⃣Orzu, Umid , ishonch haqida gap ketganda va quyidagi fe'llar ishlatilganda
Penso(o'ylamoq), Credo(ishonmoq , o'ylamoq), immagino(faraz qilmoq), suppongo(deb o'ylamoq)

🇮🇹Penso che Carlo ABBIA(avere) tre figli—🇺🇿 O'ylashimcha Carloning 3 ta farzandi BO'LSA KERAK

🇮🇹Non credo che Paolo SAPPIA(sapere) il tedesco —🇺🇿Paolo nemis tilini biladi deb ishonmayman

🇮🇹Immagino che tu gliel'ABBIA gia CONSEGNATO🇺🇿senga uni allaqachon bergan deb faraz qilgan edim

2️⃣Orzu va Umid qilishda va quyidagi birikmalarda
Mi auguro(umid qilmoq, xohish bildirmoq), Spero(umid qilmoq)

🇮🇹Mi auguro che VI TROVIATE bene in questa casa —🇺🇿bu uyda o'zlaringiz uchun yaxshi (qulay) topasizlar degan umiddaman

Troviarsi* Reflexiv fe'l va shu bois SIZLAR olmoshi italyan tilida VI bo'ladi

🇮🇹Spero che tu Non gliel'abbia ancora detto—🇺🇿Unga bu haqida haligacha aytmagansan degan umiddaman

3️⃣Xavotirlanish, qo'rqish, bezovtalanish kabi hollarda va quyidagi birikmalar ishlatilganda
Mi preoccupo(bezovtalanmoq), temo(qo'rqmoq), ho paura( qo'rqmoq)


🇮🇹Mi preoccupo il fatto che Luca non abbia ancora telefonato 🇺🇿Luka hali ham telefon qilmaganidan xavotirdaman

🇮🇹Temo che tu non mi abbia capito🇺🇿Meni tushunmagansan deb qo'rqaman

🇮🇹Ho paura che scoppi la guerra—🇺🇿 Urush boshlanishidan qo'rqaman

4️⃣Ishonchsizlik, ikkilanish kabi hollarda va quyidagi fe'llik birikmalar bilan birga kelganda :
Dubito(ikkilanish),non so(bilmadim), non sono sicuro(ishonchim komil emas)

🇮🇹Dubito che Fabrizio non vada al mare—🇺🇿Fabrizio dengizga borishiga ikkilanyapman

🇮🇹Non so se loro Siano gia Partiti per la montagna—🇺🇿ular tog'ga allaqachon jo'nab ketganligini bilmayman

🇮🇹Non sono sicuro che Paola ABBIA FATTO la spesa—🇺🇿Paola xarid qilganiga ishonchim komil emas

5️⃣istak-xohish , orzu umid , va maq'ul ko'rish kabi hollarda va VOGLIO(xohlayman) ,Esigo(Juda ham xohlamoq), desidero(niyat qilmoq), preferisco(afzal bilmoq, xohlamoq)

🇮🇹Voglio che mi diciate tutta la verita—🇺🇿menga bor haqiqatni aytishingizni xohlayman

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Ойларнинг султони барчамизга муборак бўлсин. Ўзимга нима яхшиликлар истасам, Сизга ҳам албатта шуни сўрайман.
🇬 🇷 🇦 🇲 🇲 🇦 🇹 🇮 🇨 🇦
#Macché


📚🇮🇹📝Italyan tilini o'rganish jarayonida ❇️" machché "❇️ so'ziga duch kelgan bo'lsangiz kerak. Bugungi post aynan " machché " so'zi bilan bog'liqdir.

⚡️" Macché " ⚡️biror bir narsaga qarshi fikrni bayon etish , biror bir narsani rad etish va to'liq qarshilikni ifodalash uchun ishlatilib 🔥" Yo'q qo'ysangchi voy ! , unaqa emas ! , yo'qe nimalar deyapsan ! , Qanaqa (biror bir narsa ) " 🔥ma'nolarida tarjima qilinishi mumkin

" Machché " so'zini 3 ta turli xil yo'llar orqali fikrimizni ifodalash uchun ishlatishimiz mumkin.

1️⃣) yolg'iz holatda

Misol :

🇮🇹 —Stai piangendo ?😭
Machché ! Mi é entrato qualcosa nell'occhio👀

— Yig'layapsanmi ?😭
qo'ysangchi voy ! Ko'zimga bir narsa kirib qolibdi.👀


2️⃣ ) OT bilan ergashib kelib biror bir fikrni rad etish uchun ishlatiladi. Ya'ni :

Machché + Ot

Misol :

🇮🇹—Andiamo in montagna questa estate ?
Macché montagna ? Ho gia prenotato una settimana alle Maldive !

🇺🇿—Bu yozda tog'ga boramizmi ?
Qanaqa tog'e ! Men allaqachon Maldiv orollariga 1 haftalik sayohatni rejalashtirib qo'yganman.


3️⃣ FE'L bilan ergashib kelib biror bir fikrni ifodalash uchun ishlatiladi. Ya'ni

Machché + fe'l

Misol :

🇮🇹—Andiamo a correre ?
Machché correre !

🇺🇿— Yugurishga boramizmi ?
Qanaqa yugirisheee !



🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Audio
Fare i genitori è il miglior corso di soft spille

#Podcast_in_italiano

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Mercoledì, 14 aprile
THE VISION
Mercoledì, 14 aprile
#Podcast_in_italiano

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
#Citazione

🇮🇹 Siamo un libro aperto, c'è chi guarda le immagini e chi invece legge le parole. Saranno in pochi ad apprezzare l'intero libro.

#libro —kitob
#guardare—qaramoq
#immagini —suratlar
#leggere — o'qimoq
#parole — so'zlar

🇺🇿 Biz bir bo'sh kitobmiz , kimdir suratlarni tomosha qiladi yana kimdir aksincha so'zlarini o'qiydi. Juda sanoqlilar kitobga to'liq baho berishadi.

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
🇬 🇷 🇦 🇲 🇲 🇦 🇹 🇮 🇨 🇦
🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹
#Perché_Poiché_Purché
🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹

❇️Yuqorida ko'rsatilgan 3 ta so'z ( Perché , Poiché , Purché )ni ishlatish qoidasi mavjud bo'lib , biz hozir ushbu so'zlarni qanday paytlarda ishlatishni ko'rib boramiz.

🤩Avvalambor, sizlarga eng tanish bo'lgan so'z PERCHÉ bilan boshlasak.

#Perché
Perché so'zini asosan biror bir narsaning sababini , maqsadini , niyatini so'rash uchun ishlatamiz va shularni hisobga olgan holda quyidagi guruhlarga bo'lib tushunishga harakat qilamiz.

1️⃣Bevosita va bilvosita beriladigan savollar uchun PERCHÉ so'zini ishlatamiz.

Misol :
🇮🇹Perché vai gia via ? Non ti piace la festa ?—🇺🇿Nega chiqib ketmoqdasan ? Bazm senga yoqmadimi ? ( Bevosita savol)

🇮🇹Gli ho chiesto perché andasse gia via e se non piacesse la festa ? —🇺🇿 men undan bazm yoqmagan bo'lsa nega chiqib ketgani so'radim ( Bilvosita savol)


2️⃣ PERCHÉ so'zini biz shuningdek PERCHÉ (nega) va COME MAI(qanday qilib , nega ) so'zlariga javob bo'lib kelish uchun gapning boshida ishlatishimiz mumkin.

Misol :
🇮🇹Perché vai via ?
Perché mi annoio

🇺🇿Nega chiqib ketayapsan ?
Chunki men zerikmoqdaman.

Yoki

🇮🇹Come mai dobbiamo prendere il treno ?
Perché l'auto é dal meccanico

🇺🇿Nega biz poyezdda borishimiz kerak ?
Chunki mashina mexanikda

3️⃣ Savolga javob berib bo'lmaydigan biror bir narsaning sababini aytishda ham biz PERCHÉ so'zini ishlatishimiz mumkin bo'lib biz uni faqatgina GAPNING O'RTASIDA ishlatishimiz kerak bo'ladi va " CHUNKI " degan tarjimaga ega bo'lib keladi

Misol :
🇮🇹Mangio perché ho fame —🇺🇿Yeyman chunki qornim och

4️⃣ Perché so'zi shuningdek AFFINCHÉ( ...guncha , .....ekan) kabi so'z bilan sinonim sifatida ham ishlatishimiz mumkin.

Misol :

🇮🇹Vi correggo perché non facciate gli stessi errori — 🇺🇿Bir xil xato qilmaganingizcha , sizlarning xatolaringni to'girlab boraman


#Poiché

Poiché so'zi " sababli , chunki " degan tarjimaga ega bo'lib biz uni gapning boshida savolga javob bermaydigan jarayonda ishlatishimiz mumkin.

Misol :
🇮🇹 Poiché ho fame , mangio —🇺🇿och qolganim sababli , yeyman.

🇮🇹Poiché non avevamo piu cibo , ho fatto la spesa —🇺🇿 yegulikimiz qolmagani sababli , men bozorlik qildim

🥸Bir narsaga e'tibor berishlaringizga istagan bo'lar edim ya'ni POICHÉ so'zi asosan yozma tilda ko'p ishlatilib kelib juda ham kamdan kam vaziyatlarda italyanlar og'zaki nutqda norasmiy uslubda ushbu so'zdan foydalanishadi. Shu bois , qachonki biror bir narsaning sababini aytishni istaganimizda biz asosan PERCHÉ so'zini ishlatishga harakat qilishimiz lozim.

1) Siccome(sababli , bo'lgani bois )
2) Dato che ( sababli , shu bois )
3) Dal momento che ( ...gan ekan , ....shi sababli , ...ib turganligi bois, sababli)

🙄Yuqorida ko'rsatilgan so'zlar
POICHÉ so'ziga sinonim bo'lib kelib gapning o'rtasida kelishi mumkin.

Misol:
🇮🇹Dato che ho fame , mangio —🇺🇿och qolganim sababli , yeyman

🇮🇹Dal momento che piove , prenderó l'ombrello —🇺🇿 yomg'ir yog'ib turganligi bois , soyabon olmoqchiman


#Purché

😌Purché so'zi yuqorida ko'rib o'tgan so'zlarimizdan butunlay farq qilib bu so'zning faqatgina bittagina shakli ya'ni ma'nosi bor , aniqroq qilib aytadigan bo'lsak , PURCHÉ quyidagi so'zlar bilan sinonim ma'noga ega :

1) a patto che ( sharti bilan , ...sang gina )
2) a condizione che ( sharti bilan , faqatgina ...dan keyingina , ...sang gina )
3) solo se ( sharti bilan , agar ...sa gina , faqatgina...dan keyingina )

Misol :
🇮🇹Puoi restare purché (a condizione che ) tu faccia silenzio —🇺🇿Jim o'tirsanggina qolishing mumkin

🇮🇹 Purché ( solo se ) mi chiedano la scusa , posso perdonarli — 🇺🇿agarda ular mendan kechirib so'rasagina , ularni avf etishim mumkin.

🇮🇹Ti do un po' di soldi purché(a patto che ) tu ne faccia buon uso — pulni yaxshi narsalar uchun ishlatsanggina senga pul berishim mumkin

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Giovedì, 15 aprile
THE VISION
Giovedì, 15 aprile
#Podcast

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Venerdì, 16 aprile
THE VISION
Venerdì, 16 aprile
#Podcast

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Il tema d'oggi : IL TRAPASSATO PROSSIMO ( yohud ingliz tilidagi PAST PERFECT TENSE)

#Ishlatilishi

1️⃣Bu zamon o'tgan zamonda sodir bo'lgan biror bir ish harakatdan OLDIN SODIR BO'LGAN ish harakatni ifodalaydi

🇮🇹Ho perso il mio cellulare quello che mio papá mi AVEVA REGALATO — Dadam sovg'a qilgan telefonni yo'qotib qo'ydim
* Bu yerda yo'qotish ikkinchi voqea bo'lsa , dadasi sovg'a qilgan telefon BIRINCHI ish harakat ya'ni BIRINCHI TELEFON SOVG'A QILINGAN keyin YO'QOTILGAN

2️⃣ O'tgan zamonda ishlatilgan birikma bilan kelMAgan holda HAM bu zamon ishlatilishi mumkin

🇮🇹Bello questo film ! — Non l'AVEVO ancora VISTO 🇺🇿 Bu Ajoyib kino ! Buni hali KO'RMAGAN EKANMAN(ilgari)

3️⃣ Bu zamon ko'pincha quyidagi payt ravishlari bilan ergashib keladi :

-MAI(hech qachon)
-PRIMA(oldin , ilgari )
- ANCORA( haligacha )
- Sempre(har doim)

🇮🇹Non ERO MAI STATO a Samarcanda—🇺🇿Samarqandda hech qachon bo'lmaganman

4️⃣ Il TRAPASSATO PROSSIMO shuningdek HURMAT ma'nosida ham gapda kelishi mumkin va ko'pincha VENIRE(kelmoq) fe'li bilan ishlatiladi

🇮🇹ERO VENUTO a parlare con Lei — siz bilan bafurja gaplashish uchun KELGAN EDIM(ya'ni hozir kelgan)
#Yasalishi

Il TRAPASSATO PROSSIMO zamoning yasalishi quyidagicha : bu zamon IMPERFETTO dagi ESSERE va AVERE yordamchi fe'llari orqali yasaladi va oxirida fe'lning o'tgan zamondagi formasi ishlatiladi.

Ega + essere/avere + fe'lning o'tgan zamondagi tuslangan formasi.

Tu + eri + partito
per Samarcanda quando sono andato da te — qachonki senikiga borganimda SEN samarqandga JO'NAB KETGAN eding

Tu(ega)
Eri(essere)
Partito(partire fe'lining o'tgan zamondagi tuslangan shakli)


Agar ESSERE + ESSERE bo'lsa quyidagicha keladi

Io ero + stato/a
Tu eri + stato/a
Lui era + stato
Lei era + stato/a
Noi eravamo +stati/e
Voi eravate + stati/e
Loro eravano + stati/e



Agar AVERE + AVERE kelsa quyidagicha tuslanadi.

Io avevo+ avuto
Tu avevi + avuto
Lui aveva + avuto
Lei aveva + avuto
Noi avevamo + avuto
Voi avevate + avuto
Loro avevano + avuto
Il TRAPASSATO PROSSIMO zamoni shuningdek italyan tilidagi yana boshqa 3 ta zamon ( il passato prossimo , il passato remoto va l'imperfetto )bilan birga keladi.

Non abbiamo voluto leggere il libro che la nonna ci AVEVA REGALATO a Natale — Buvimiz Rojdestvoda sovg'a qilgan kitobni o'qishni xohlamadik

*Abbiamo voluto (il passato prossimo)
*Aveva regalato ( il TRAPASSATO PROSSIMO)

Non VOLEMMO leggere il libro che la nonna ci AVEVA REGALATO a Natale — buvamiz Rojdestvoda sovg'a qilgan kitobni o'qishni xohlamas edik

*Volemmo( il passato remoto)
* Aveva regalato ( il TRAPASSATO PROSSIMO)

Non VOLEVAMO leggere il libro che la nonna ci AVEVA REGALATO a Natale — buvamiz Rojdestvoda sovg'a qilgan kitobni o'qishni xohlamayotgan edik

*Volevamo(l'imperfetto)
*Aveva regalato (il TRAPASSATO PROSSIMO)

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
🇮🇹 @Italian_lan 🇮🇹 kanalida hozirgi kungacha o'tilgan grammatikaga oid barcha mavzular yig'indisi 👇


Grammatika

👉Alifbo
👉Fonetika
👉Sonlar
👉Artikl
👉Kishilik olmoshlari
👉Egalik olmoshlari
👉Noaniq olmoshlar
👉Ko'rsatish olmoshlari
👉Pronomi diretti & indiretti
👉"Essere " fe'li
👉"Avere" fe'li
👉stare +gerundio
👉Presente Indicativo
👉Passato Prossimo
👉imperfetto
👉Futuro Semplice
👉Imperativo
👉Trapassato prossimo
👉Passato Remoto
👉Condizionale Semplice
👉Condizionale Composto
👉Congiuntivo 1-qism
👉Congiuntivo 2-qism
👉Circa e Verso
👉C'e' va Ci sono
👉Ma non / Tranne / Eccetto
👉Farcela
👉Volerci
👉Ot va son
👉Sifat darajalari
👉La particella " Ci "
👉La particella " Ne "
👉Ecco
👉Anzi&Anziche&Pocoanzi&anzitutto
👉NIsbiy olmoshlar
👉Sifatlovchi aniqlovchilar
👉Gia & Ancora
👉Ma&Pero&Tuttavia&Eppure&Bensi
👉Periodo ipotetico
👉Addirittura
👉Piuttosto
👉"Bello " sifati
👉" A" predlogi
👉" Di " predlogi
👉" Su " predlogi
👉"Per " predlogi
👉" in " predlogi
👉" o'rin-joy ravishlari "
👉 " Perche , Poiche , Purche "
👉 " Machche "
👉"Piu , Di piu , In piu
👉 " Interrogazioni "
👉 " Ora , Oramai , Ormai
👉 " il Passivo "
👉 " Magari "


Audiolar&Audiokitoblar

👉 " Michael Jordan " , la vita
👉 " Pinocchio "
👉 " 100 citazioni di Carl Jung "
👉 " L'idiota "
👉 " il Corsaro Nero "
👉 " il Piccolo Principe "
👉 " un capitano "
👉 " La divina Commedia "
👉 " Decameron "


Kinolar

👉 " Vicini del terzo tipo "
👉 " Nei panni di una Principessa : Ci risiamo ! "
👉 " L'anno che verra "
👉 " i Simpson " Inferno e Paradiso
👉 " Julie & Jiulia "
👉 " Roma citta aperta "
👉 " Cicogne in Missione "
👉 " il giardino dei Finzi Contini "
👉 " Asterix e il regno degli Dei "
👉 " Robinson Crusoe "
👉 " Justin e i cavalieri valorosi "

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
1
🇮🇹IL tema d'oggi : IL CONDIZIONALE
🇺🇿Bugungi mavzu : IL CONDIZIONALE


ESSERE fe'lining yasalishi

Io sarei
Tu saresti
Lui/Lei sarebbe
Noi saremmo
Voi sareste
Loro sarebbero

AVERE fe'lining yasalishi
Io avrei
Tu avresti
Lui/Lei avrebbe
Noi avremmo
Voi avreste
Loro avrebbero

Bu zamon qachon ishlatiladi :

1⃣Biror bir narsani hurmat shaklida ifodalash va so'rash orqali , Masalan :
🇮🇹 Mi Presteresti la tua macchina per favore -🇺🇿Menga mashinangizni berib tura olasizmi ( Prestarsi bu reflessiv fe'l va bu mavzuni 1 hafta oldin o'tgan edik )

2⃣Niyat, orzu, maqsadni ifodalaganda, masalan :
🇮🇹Vorrei visitare l'Australia—🇺🇿Avstraliyaga borishni xohlayman

3⃣Buyruq, maslahat, pand nasihat, tanbehni ifodalaganda, masalan : 🇮🇹Dovresti studiare di piu ( 🇺🇿Ko'proq o'qishing kerak )

4⃣Fikr va mulohazani bayon etganda , masalan :
🇮🇹Al posto tuo andrei a Samarcanda con il treno veloce che si chiama Afrasiyab—🇺🇿Sening o'rningda bo'lganimda Samarqandga tez yurar poyezd sanalmish Afrosiyobda borgan bo'lar edim

5⃣ ikkilanishni ifodalash uchun , masalan :
🇮🇹Non so se comprerei quella casa é troppa vecchia —🇺🇿Bilmadim agar anashu uyni sotib olsam u juda ham eski

6⃣Noma'lum va norasmiy yangilikni ifodalash uchun, masalan :
🇮🇹Secondo le ultime notizie, il Presidente della Francia arriverebbe in Usbechistan in serata—🇺🇿So'nggi yangiliklarga qaraganda, Fransiya Prezidenti kechki payt O'zbekistonga tashrif buyurish mumkin ekan

7⃣Ehtimollikni ifodalash uchun , masalan : 🇮🇹É molto ricco : potrebbe vivere senza lavorare —🇺🇿U juda ham boy : Ishlamasdan ham yashasa bo'laveradi

8⃣Bir biriga uzviy bog'liq bo'lgan ish harakatga nisbatan, masalan :
🇮🇹Non so dove abita quel ragazzo, altrimenti te lo direi—🇺🇿U bola qayerda yashashini bilmayman aks holda uni senga aytgan bo'lar edim.


Fe'llar tuslanishini ko'rib o'tamiz :
-ARE- bilan tugaydigan fe'l

ComprARE(sotib olmoq)
Io compr—erei
Tu compr—eresti
Lui/Lei compr—erebbe
Noi compr-eremmo
Voi compr-ereste
Loro compr-erebbero

-IRE- bilan tugaydigan fe'l
PreferIRE(maqul ko'rmoq)

Io prefer—irei
Tu prefer-iresti
Lui/Lei prefer—irebbe
Noi compr—eremmo
Voi compr—ereste
Loro compr—erebbero

-ERE- bilan tugaydigan fe'l
PrendERE(olmoq)

Io prend—erei
Tu prend—eresti
Lui/Lei prend—erebbe
Noi prend—eremmo
Voi prend—ereste
Loro prend—erebbero


Qolgan fe'llarni shu taqlid tuslab borasizlar va sizlarga tashlab bergan programmar orqali fe'llar qanday tuslanishini ham ko'rib o'rganib borishingiz mumkin