Italyan tili
1.8K subscribers
523 photos
106 videos
164 files
549 links
Download Telegram
#nuove_parole

🇮🇹IL CIBO AL SUPERMERCATO
🇺🇿Supermarketdagi oziq ovqatlar

🇮🇹il supermercato – 🇺🇿supermarket

🇮🇹il carrello della spesa – 🇺🇿xarid qilish aravachasi

🇮🇹i prodotti in scatola/i cibi in scatola – 🇺🇿konservalar(qutilangan)

🇮🇹i prodotti da forno –🇺🇿Non mahsulotlari

🇮🇹la zuppa – 🇺🇿sho'rva
🇮🇹il tonno – 🇺🇿tunets(konservalangan baliq turi)

🇮🇹i fagioli – 🇺🇿 Loviya
🇮🇹gli spaghetti – 🇺🇿spagetti
🇮🇹il riso –🇺🇿guruch
🇮🇹il pane – 🇺🇿non
🇮🇹i biscotti – pechenyelar
🇮🇹la torta –🇺🇿tort,pirog
🇮🇹lo yogurt –🇺🇿yogurt
🇮🇹le uova –🇺🇿tuxum
🇮🇹il latte – 🇺🇿sut
🇮🇹il burro – 🇺🇿saryog'
🇮🇹la panna acida –🇺🇿smetana
🇮🇹il formaggio –🇺🇿pishloq, sir
🇮🇹la margarina –🇺🇿 margarin
🇮🇹il registratore di cassa-🇺🇿kassa apparati
🇮🇹gli snack – 🇺🇿gazak, zakuska
🇮🇹l’olio –🇺🇿 yog', moy
🇮🇹lo zucchero –🇺🇿shakar
🇮🇹il succo – 🇺🇿sharbat,sok
🇮🇹la soda –🇺🇿soda
🇮🇹l’acqua in bottiglia –🇺🇿1 butilka suv
🇮🇹il foglio di alluminio –🇺🇿 alyuminiy qog'oz(o'ram)
🇮🇹le spezie –🇺🇿ziravorlar
🇮🇹il gelato –🇺🇿muzqaymoq


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Hurmatli kanalimiz Xotin Qizlari sizlarni bugungi bayramimiz 8- Mart bilan chin qalbimdan tabriklayman . Hamisha bahor gullariday chiroyli bòlib yuring soģlik salomatlik tark etmasin🎉🎉🎉🎉🎉
Italyan tilida 2 ta rod mavjud bular : 1) Mujskoy 2) Jenskiy
Shuningdek Artikl ham 2 xil ANIQ VA NOANIQ

Mujskoy rodning artikllari ham 2 ga bo'linadi
ANIQ ARTIKL : Birlik : 1) il 2) lo
Ko'plik : 1) i 2) gli

Mujskoy rodni aniqlash yo'llari quyidagicha :
1) " O " harfi bilan tugaydigan barcha otlar MUJSKOY ROD hisoblanadi( il libro-kitob, il quaderno- daftar
2) " E " harfi bilan tugaydigan BA'ZI so'zlar Mujskoy rod( Lug'at orqali bilish mumkin) misol uchun ( l'elefante - fil , )
3) " Ma " so'zi bilan tugaydigan CHETDAN O'ZLASHGAN so'zlar ( il probleMA-muammo, Il sisteMA- tizim, il teMA- Mavzu)

Darvoqe, agar ot unli harf bilan boshlansa va u musjoy rod bo'lsa biz L' apostrof ishlatamiz masalan (L'amico, L'uragano)

❇️Musjkoy rod NOANIQ ARTIKL esa bular : Birlik: 1) un, uno
Ko'plik 2) i, gli

Biz LO yoki UNO artikllarini quyidagi harflar bilan boshlangan mujskor roddagi otlarga nisbatan ishlatamiz
1) S+undosh harf(Lo sport)
2)Gn( Lo gnomo)
3) Pn( lo pneumatico)
4) Z ( lo zodiaco)
5) Y ( Lo yogurt)

Bularning ko'plik shakli esa GLI

Jenskiy rodda aniq artikl quyidagicha aniqlanadi
1)Qachonki ot " A' harfi bilan tugasa Jensky rod hisoblanadi( La ragazza-qiz bola)
2) " E" harfi bilan tugaydigan bazi otlar ( la luce- yoruglik)
3) -zione yoki -sione kabi so:zlar bilan tugaydigan otlar (la Congratulazione, la augurazione, l'educazione)
Aniq artikl : birlik La, L'
Ko'plik : Le

❇️Noaniq artikl jenskiy rodda quyidagicha 1) Una, un' apostrof
Ko'plik 2) Le, L'
- e - bilan tugaydigan ot kasb egasi ma'nosida 2 xil rodda kelishi mumkin

Il cantante —qo'shiqchi👨
La cantante—qo'shiqchi👩‍🦰

Il cliente— Mijoz👨
La cliente— Mijoz👩‍🦰

Il parente —Qarindosh👨
La parente—Qarindosh👩‍🦰


Ps : ammo mustasno holatlar ham bor yani qotib qolgan garchi biror bir kasb egasi Erkak kishi bo'lsa ham kasb nomi jenskiy rodda qoladi

La guida—Turistik gid
La persona—Inson
Shuningdek - a - bilan tugaydigan ba'zi so'zlar Musjkoy rod va - o - bilan tugaydigan so'zlar aksincha Jenskiy rod bo:ladi bular qotib qolgan

Il papá —Dada
Il cinema—Kinoteatr

L'auto—Mashina
La foto — foto
La mano—Qo'l


Agar sizlarda nega bunday desalaringiz sababi quyidagicha :

Cinema so'zi CINEMATOGRAFIO so'zidan kelib chiqgan

Auto so'zi AUTOMOBILE so'zidan kelib chiqgan

Foto so'zi Fotografia so'zidan kelib chiqgan
Juda ham ko'plab — i — bilan tugaydigan otlar JENSKIY ROD ammo ba'zi mustasno holatlar ham bor


L'analisi —Tashxis
L'ipotesi—Tahmin , faraz
La crisi — Parokanda iqtisodiyot



Yuqorida aytgan mustasno holatlar quyida so'zlar bilan


Lo sci —Chang'i
L'alibi—to'hmat
- ma - bilan tugaydigan chet el tillaridan o'zlashgan so'zlar MUJSKOY ROD hisoblanadi

Il problema—Muammo
Il programma—dastur
Il sistema—Tizim
Il tema — Mavzu
Il cinema—Kinoteatr
Xorijiy nomlar (ismlar) ham umumiy ma'noda MUJSKOY ROD

Il bar—Bar
Il camion—Yuk mashinasi
Il rock—Rok yo'nalishi
L'hostess—Stiyordessa(samolyotda)
Lo artikli UNLI HARF +UNLI HARF

Lo ione—Ion(kimyoga oid)


Yoki
Unli harf + X
Unli harf + Y

Lo yuppie —ma'lumoti o'rta maxsus darajali odam

Lo xenofobo—vahima kasal

Lo juventino — yoshlik

J harfi bu yerda iy deb o'qiladi
Shuningdek e-mail ham Jenskiy rod

La e-mail bu La posta(xabar) so'ziga teng hisoblanadi

La e-mail = La posta
❇️Yiling hamma oy nomlari va hafta kunlari MUJSKOY ROD faqat LA DOMENICA (Yakshanba) dan tashqari

❇️Hamma kichik shaharcha va shahar nomlari JENSKIY RODDA hisoblanafi birgina mustasno faqatgina IL CAIRO(QOHIRA)

❇️Hamma tillarning nomi MUJSKOY RODDDA : L'uzbeco , Il tagico , il turcmeno , il karakalpako

❇️ - a - harfi bilan tugaydigan barcha DAVLAT NOMLARI JENSKIY ROD . Agar davlat nomlari boshqa harf bilan tugasa demak bu MUSJKOY ROD

La Francia—Fransiya 🇫🇷
La Spagna—Ispaniya🇪🇸
Il Belgio— Belgiya🇧🇪
Il Paraguay— Paragvay 🇳🇱
—ale—
—ame—
—ile—
—one—
—ore— bilan tugaydigan otlar MUJSKOY ROD


L' animALE—hayvon
Il bastONE—Tayoq, cho'p
Il catrAME—ko'mir
Il dottORE—Doktor
Il porcile—cho'chqaxona
Va yana bir narsani yodda saqlangizlar.....daraxt nomlari har doim O harfi bilan tugaydi MUJSKOY ROD


Agar A harfi bilan tugasa daraxtning MEVASI nazarda tutilgan bo'ladi va JENSKIY ROD bo'ladi

L' arancio—mandarin daraxti🌴
L' arancia—mandarin🍊

Il ciliego— Gilos daraxti🌴
La ciliega—Gilos🍒

Il melo— Olma daraxti🌴
La mela— Olma🍏
Shuningdek —Tore— bilan tugagan so'zlar MUJSKOY ROD bo'lsa , — Trice — bilan tugagan so'zlar JENSKIY ROD

Il calciaTORE—Futbolchi👨
La calciatrice—Futbolchi👩‍🦰

L'attore— Aktyor👨
L'attrice—Aktrisa👩‍🦰

Lo scrittore—Yozuvchi👨
La scrittrice— Yozuvchi👩‍🦰
Shuningdek — Ore — bilan tugagan so'zlar MUJSKOY ROD va — Essa — bilan tugagan so'zlar JENSKIY ROD

Il dottore—doktor👨
La dottoressa—doktor👩‍🦰

Il professore—Professor👨
La professoressa—Professor👩‍🦰
—Ista — bilan tugagan so'zlar ham Mujskoy va ham Jenskiy rodda bo'lishi mumkin bunda jarayon orqali bilib olamiz


Il dentista—Tish shifokori👨‍🔬
La dentista—tish shifokori👩‍🔬

Il pianista—pianinochi👱‍♂
La pianista—Pianinochi👩‍🦰

Il farmacista—Formatsevt👩‍🔬
La farmacista—Formatsevt👨‍🔬
🇮🇹 @Italian_lan 🇮🇹 kanalida hozirgi kungacha o'tilgan grammatikaga oid barcha mavzular yig'indisi 👇


Grammatika

👉Alifbo
👉Fonetika
👉Sonlar
👉Artikl
👉Kishilik olmoshlari
👉Egalik olmoshlari
👉Noaniq olmoshlar
👉Ko'rsatish olmoshlari
👉Pronomi diretti & indiretti
👉"Essere " fe'li
👉"Avere" fe'li
👉stare +gerundio
👉Presente Indicativo
👉Passato Prossimo
👉imperfetto
👉Futuro Semplice
👉Imperativo
👉Trapassato prossimo
👉Passato Remoto
👉Condizionale Semplice
👉Condizionale Composto
👉Congiuntivo 1-qism
👉Congiuntivo 2-qism
👉Circa e Verso
👉C'e' va Ci sono
👉Ma non / Tranne / Eccetto
👉Farcela
👉Volerci
👉Ot va son
👉Sifat darajalari
👉La particella " Ci "
👉La particella " Ne "
👉Ecco
👉Anzi&Anziche&Pocoanzi&anzitutto
👉NIsbiy olmoshlar
👉Sifatlovchi aniqlovchilar
👉Gia & Ancora
👉Ma&Pero&Tuttavia&Eppure&Bensi
👉Periodo ipotetico
👉Addirittura
👉Piuttosto
👉"Bello " sifati
👉" A" predlogi
👉" Di " predlogi
👉" Su " predlogi
👉"Per " predlogi
👉" in " predlogi
👉" o'rin-joy ravishlari "
👉 " Perche , Poiche , Purche "
👉 " Machche "
👉"Piu , Di piu , In piu
👉 " Interrogazioni "
👉 " Ora , Oramai , Ormai
👉 " il Passivo "
👉 " Magari "


Audiolar&Audiokitoblar

👉 " Michael Jordan " , la vita
👉 " Pinocchio "
👉 " 100 citazioni di Carl Jung "
👉 " L'idiota "
👉 " il Corsaro Nero "
👉 " il Piccolo Principe "
👉 " un capitano "
👉 " La divina Commedia "
👉 " Decameron "


Kinolar

👉 " Vicini del terzo tipo "
👉 " Nei panni di una Principessa : Ci risiamo ! "
👉 " L'anno che verra "
👉 " i Simpson " Inferno e Paradiso
👉 " Julie & Jiulia "
👉 " Roma citta aperta "
👉 " Cicogne in Missione "
👉 " il giardino dei Finzi Contini "
👉 " Asterix e il regno degli Dei "
👉 " Robinson Crusoe "
👉 " Justin e i cavalieri valorosi "

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
🇮🇹Il tema d'oggi : IL PASSATO REMOTO
Bugungi mavzu : UZOQ O'TGAN ZAMON

Bugungi mavzu boshqa o'tilgan mavzularga nisbatan eng tushunarliroqi va aniqlanishini juda ham oson bo'lgan zamon hisoblanadi. Avvalambor zamon strukturasini belgilab beruvchi 2 ta yordamchi fe'llarning(AVERE va ESSERE) grammatik tuslanishiga e'tibor qaratamiz.

AVERE

Io ebbi
Tu avesti
Lui/Lei ebbe
Noi avemmo
Voi aveste
Loro ebbero

Endi esa navbat ESSERE(ingliz tilidagi TO BE) fe'lining Il PASSATO REMOTO zamonida tuslanishini ko'rib o'tamiz

ESSERE

Io fui
Tu fosti
Lui/Lei fu
Noi fummo
Voi foste
Loro furono

Bu zamon qachon va qay tarzda ishlatiladi ? Hozir buni bilib olasiz, demak quyidagi holatlarda :👇

1⃣Uzoq o'tmishda sodir bo'lgan voqea va hodisani ifodalaganda, masalan :

🇮🇹Giulia Cesare conquistó(conquistare) la Gallia —🇺🇿Julio Sezar Galliani bosib olgan

🇮🇹A Samarcanda nacquero(nascere) alcuni dei piu famosi poeti uzbechi —🇺🇿Samarqandda yana bir qancha o'zbek mashxur shoirlar dunyoga kelishgan

2⃣Tarixiy voqealar, ertaklar, miflar aytib berganda ishlatiladi , masalan :

🇮🇹il 2 giugno 1991 gli uzbechi votarano(votare) per la Reppublica e il Presidente Islam Karimov fu andato in India —🇺🇿1991 yil 2 iyun O'zbeklar Respublika uchun ovoz berishgan va Prezident Islom Karimov Hindiston safariga jo'nab ketgan

3⃣Biror bir inson(tashkilot,narsa) haqida ma'lumot ya'ni Biografiya yozishda ishlatiladi , masalan :

🇮🇹Alisher Navai nacque a Hirat nel 1441 e moró nel 1501—🇺🇿Alisher Navoiy 1441 yilda Hirotda tavallud topgan va 1501 yil vafot etgan

4⃣ Hikoya va voqea -hodisani so'ylab berganda ishlatiladi, masalan :

🇮🇹Entró il cameriere e accese la luce ....—🇺🇿Ofitsant kirib keladi va chiroqni yoqadi....

5⃣Tarixiy joylarda(Turistlar bilan ) yurganingizda biror bir inshoot tarixi aynan Il PASSATO REMOTO zamonida ifoda etiladi

🇮🇹Il mausoleo di Amir Temur fu costruito nel XIV secolo—🇺🇿Amir Temur maqbarasi 14 asrda bunyod etilgan


Ko'rib turganingizdek bu zamonning signal qoidalari boshqa zamonlarga nisbatan kamroq, ixchamroq va osonroq . Hozir esa shu (il Passato REMOTO) za'monida (Are, Ire, Ere) bilan tugaydigan fe'llarning tuslanishiga e'tibor qaratamiz

arrivARE(yetib kelmoq)

Io arriva—i
Tu arriv—asti
Lui/Lei arriv—ó
Noi arriv—ammo
Voi arriv—aste
Loro arriv—arono

FinIRE(tugamoq, tugatmoq)

Io fin—ii
Tu fin—isti
Lui/Lei fin—i
Noi fin—immo
Voi fin—iste
Loro fin—irono

CredERE(ishonmoq)

Io cred—ei(etti)
Tu cred—esti
Lui/lei cred—è(ette)
Noi cred—emmo
Voi cred—este
Loro cred—erono(ettero)

Bu zamonda ham to'g'ri va noto'g'ri fe'llar degan qoida mavjud va ular ma'lum bir grammatik qolip bo'yicha tuslanadi. Bu no'to'g'ri fellar asosan 3 ta (Io-men, lui/lei-u, loro-ular) olmoshlarida o'zgaradi. Bunga misol tariqasida yuqorida ko'rsatilgan " Credere " fe'lining tuslanish jarayonida qavs ichida berilib o'tilgan suffikslar(qo'shimchalar)orqali ko'rishingiz mumkin

Shuningdek, -DERE- va -NDERE- bilan tugagan fe'llar(chiedere,chiudere,decidere,dividere, perdere, pretendere, rendere, rispondere, scendere , spendere va boshqa) tuslanishida faqat 3 ta olmoshning fe'llarning oxiri zamon ko'rsatikichiga nisbatan biroz boshqacha o'zgaradi.

Chiedere(so'ramoq)
Io chiesi
Tu chiedesti
Lui/lei chiese
Noi chiedemmo
Voi chiedeste
Loro chiesero


Shu kabi no'to'g'ri fellarga -CERE- - GERE- bilan tugagan(dipingere, giungere, piangere, vincere) fe'llar ham kiradi
👍1