Italyan tili
1.8K subscribers
523 photos
106 videos
164 files
549 links
Download Telegram
Italyan tilida har kuni bir marotaba yozib boriladigan , maxsus gapirish va yozish ko'nikmasi uchun yaratilgan kanal ochishga qaror qildim.

Foydali bo'ladi degan umiddaman☺️

Xohish bildirganlar uchun link 👇




https://t.me/joinchat/B-o4afa9IL1hZWNi
Eng ko'p xato yoziladigan FE'L+PREDLOG mavzusiga doir so'zlarni o'rganishda davom etamiz

⭐️Avere feducia in —ga ishonch bo'lmoq

🇮🇹non ho feducia in Lui—🇺🇿unga ishonchim yo'q

⭐️avere voglia di —ga xohish bo'lmoq

🇮🇹ho voglia di mangiare un gelato —🇺🇿muzqaymoq yeyishga xohishim bor

⭐️avvicinarsi a —ga yaqinlashish

🇮🇹ci siamo avvicinati a casa per cena —🇺🇿biz kechki ovqat uchun uyga yaqinlashdik

⭐️cercare di fare qualcosa—biror narsa qilishga harakat qilmoq

🇮🇹cerco di risponderti quando posso —🇺🇿qachonki ilojini topsam senga javob berishga harakat qilaman

⭐️cercare qaulcosa—biror narsani izlamoq

🇮🇹cerco le chiavi ma non le trovo—🇺🇿kalitlarni izlayapman ammo topolmayapman
🇮🇹"È difficile volersi bene quando nessuno ti dice che sei importante."‌‌

#volersi_bene — Yaxshi ko'rmoq
#nessuno—hech kim
#importante—muhim

🇺🇿O'zingni sevishing juda qiyin qachonki senga hech kim sen muhim ekanligingni aytmasa
#Vocabolario

Rimirare —E'tibor bilan qaramoq
Le funi tese —Tarang arqonlar
Ventola —Yelpig'ich
Carrucola—G'ildirak , chig'ir
Prodigio—Mo'jiza
Spontaneo—O'z-o'zidan bo'ladigan
Intestardito —qaysar
Inverosimile—Haqiqatga to'g'ri kelmaydigan
Borbottare—Ming'irlamoq
Balaustra—Panjara
Ghiaia—Shag'al
Schricchiolare—G'ajirlamoq
Tacco—Tovon , poshna
Siepe—Panjara
Al fondo —To'rda
Strapiombo—Jarlik
Vitigno—Uzumzor , tokzor
Cascadere—Tushmoq
Baracca—Besarishta
Credenza—Servant
Mania—vasvasa
Scartare—Yaroqsiz deb topmoq
Tripudio—Xursandchilik
Barattolo—Konserva banka
Pretesto—Bahona
Parlare fitto—Shoshib tez gapirmoq
Accasciare—Shalviramoq
Distendere—jon taslim qilmoq
Inerto—Uvushib qolgan
Scoppiare—Yorilmoq


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
🇮🇹Se vuoi arrivare primo, corri da solo; se vuoi arrivare lontano, cammina insieme.

Proverbi Africani

#Arrivare—yetib kelmoq
#Da_solo—Yolg'iz
#lontano—Uzoq
#insieme—birgalikda

🇺🇿Birinchi bo'lib yetib kelishni istasang , yolg'iz harakat qil ; agar uzoqroqga borishni istasang , birgalikda harakat qil

Afrika maqollari

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Uno dei gruppi dell'Istituto statale di lingue straniere di Samarcanda

👩 👩 👩 👩 👩 👩
👚 👚 👚 👚 👚 👚
👖 👖 👖 👖 👖 👖

👩 👩 👩 👩 👩 👩
👚 👚 👚 👚 👚 👚
👖 👖 👖 👖 👖 👖

👩 👩 👩 👩 👩 👩
👚 👚 👚 👚 👚 👚
👖 👖 👖 👖 👖 👖

👩 👨
👚 👕
👖 👖

Samarqand davlat chet tililar instituti guruhlaridan biri


🇮🇹 @Italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
🇬 🇷 🇦 🇲 🇲 🇦 🇹 🇮 🇨 🇦
#Interrogazioni
#Soroqlar

Come ? – Qanday , nima ?
Come - maxsus so’roq so’zi “ essereyordamchi fe’lining barcha turlangan shakllarida ishlatilib , shaxs-narsaning qanday “ “ nima “ ekanligini ifodalash uchun ishlatiladi .

Com’è la sua casa ? – Uning uyi qanday ekan ?
Com’è la pizza – Pitsa qanday ekan ?
b sono le caramelle – Karamellar qanday ekan ?

Come + essere undov gaplarda ishlatiladi .

Come sono buoni questi spaghetti ! – Qanday ajoyib spagetti !

Com’è buono il gelato italiano ! - Qanday ajoyib italyan muzqaymoqi !


Come + fe’l + sifat Undov gapda “ ega “ gapning oxirida keladi .

Com’è grande questa casa ! – Bu qanday katta uy !
Come sei bella ! – Sen qanday chiroylisan !
Come siamo stanchi ! – Biz qanday charchaganmiz !

Come + stare biror-bir kishidan sog’liqini so’rash maqsadida ishlatiladi .


Come
stai ? – Qandaysan ?
Come stanno i tuoi genitori ? – Sening ota-onang qandaylar ?


Come + chiamarsi biror-bir kishining ismini so’rash uchun ishlatiladi .


Come ti chiami ? – Isming nima ?
Come si chiamano i tuoi figli ? – Bolalaringni ismlari nima ?



Dove ? Qayerda , qayerga ?

Dove è la tua macchina ? – sening mashinang qayerda ?


Che cosa ? che ?Nima ? qaysi ? qanday ?

Che giorno è oggi ? – Bugun qaysi kun ?

Che cosa c’è da mangiare al ristorante ?–Restoranda yeyish uchun nima bor

Che cosa è questo ? – Bu nima ?



Chi ? kim \ kimga \ kimlar

Chi sono questi ragazzi ? – Bu bolalar kim ?

Chi è al telefono ? – Telefonda kim ?

Chi è la ragazza con Shokhrukh ? – Shohrux bilan kim u qiz ?


Quale ? Quali ?qaysi \ qaysi biri \ qayer(nima)

Qual’è la capitale d’Italia ? – Italiyaning poytaxti qaysi(qayer) ?

Quali sono i tuoi libri ? – Qaysi birlari sening kitoblaring ?


Perchè ? Nega , nimaga , nima sababdan ?

Perchè ridi ? – Nega kulayapsan ?
Perchè andate a Samarcanda ? – Nega Samarqandga borayapsizlar ?


Perchè Chunki

Perchè mi piace imparare – Chunki menga o’rganish yoqadi



Quanto ?Qancha ?

Quanto costa ? – Narxi qancha turadi ?

Quanto è ? – Bu qancha ?



Quando ? – Qachon ?

Quando è il tuo compleanno ? – Sening tug’ilgan kuning qachon ?

Quando è l’esame ? – Imtihon qachon ?

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Il Corsaro Nero
Emilio Salgari
🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
🇳🇬❗️🇮🇹 Italiyada koronavirusning "nigeriyancha" turi aniqlandi, unga qarshi mavjud vaksinalar samarasiz bo'lishi mumkin, deb yozadi ANSA. Dekabr oyi oxirida Nigeriyada ushbu turdagi virus tarqala boshlangandi.

🇮🇹 @Italian_lan 🇮🇹
🇬 🇷 🇦 🇲 🇲 🇦 🇹 🇮 🇨 🇦

Il Passivo — Majhul nisbat

Avvalambor aniq nisbat haqida qisqagina tushunchaga ega bo'lib olsak maqsadga muvofiq bo'lar edi .

• Aniq nisbat shaklida EGA fe'l bilan ifodalangan ish-harakatni bajarib keladi.

Misol :
🇮🇹Sardor compra il gelato —🇺🇿 Sardor muzqaymoq sotib olmoqda
{ Bu yerda " Sardor " gapda " Ega " vazifasini bajarib kelmoqda " }


Majhul nisbatda esa EGA fe'l bilan ifodalangan ish-harakatni bog'lab kelish uchun gap tarkibida saqlanib qoladi va egaga qaratilgan ish-harakatni boshqa biror bir kishi yoki kimdir bajaradi va odatda " DA —TOMONIDAN " so'zini qo'yish orqali yasaladi.

Misol :
🇮🇹il gelato é stato comprato da Sardor 🇺🇿Muzqaymoq Sardor tomonidan sotib olindi


Aniq nisbatdagi gapning to'ldiruvchisi majhul nisbatning EGA si bo'lib keladi.

🇮🇹 Sirojiddin ha visto il film —🇺🇿Sirojiddin kino ko'rdi [ Aniq nisbat ]

🇮🇹 Il film é stato visto da Sirojiddin —🇺🇿 Kino Sirojiddin tomonidan ko'rildi (Majhul nisbat ]


Majhul nisbatdagi fe'l ESSERE fe'li va Participio Passato shaklida tuslanadi.

Ega + Essere + Participio Passato + Verbo

Il pane + é + stato+ mangiato


Essere yordamchi fe'li shuningdek VENIRE fe'li bilan (Presente Indicativo , imperfetto , passato remoto , futuro Semplice ) zamonlarida o'rin almashib kelib sinonim sifatida ishlatilishi mumkin

Misol :
🇮🇹il gelato é stato comprato da Sardor = Il gelato viene comprato da Sardor — 🇺🇿 Muzqaymoq Sardor tomonidan sotib olindi.


ammo biz majhul nisbatda ESSERE + VENIRE yonma-yon ishlatolmaymiz

Il gelato é stato comprato da Sardor
Il gelato é venuto comprato da Sardor


Shuningdek , " Si " shaxssiz olmoshi 3-shaxs birlik sifatida ishlatilib keladi va umumiy " la gente—odamlar " ma'nosida keladi ya'ni :

Si + fe'l (3-shaxs birlik)

🇮🇹In questo ristorante lusso si mangia bene 🇺🇿Ushbu hashamatli restoranda odamlar yaxshi tanavvul qilishadi.


🇮🇹
@italian_lan 🇮🇹

🇮🇹
https://www.initalia.uz 🇮🇹
🇬 🇷 🇦 🇲 🇲 🇦 🇹 🇮 🇨 🇦

Italyan tilini o'rganish jarayonida aqalli bir marotaba bo'lsa ham " Magari " so'zining ma'nolariga e'tibor qaratgansizmi ? To'g'risini aytganda ushbu so'z ma'no jihatdan boy bo'lganligi bois ko'pchilik italyan tilini o'rganuvchilar uchun mushkullik tug'dirib kelishi aniq ammo xavotirga hojat yo'q , zero , bugun aynan " Magari " so'zi qanday holatlarda ishlatilishiga e'tibor qaratamiz !


1️⃣ " Magari " so'zi gapda yakka holda kelib " orzu-xohishni ifodalash " uchun ishlatilib keladi va tarjimada " eh qaniydi bo'lsa ! , Bajonidil ,albatta ! , bo'lmasamchi ! , katta ehtimol ha ! " ma'nolarida keladi.

#Esempio_Misol

🇮🇹Vuoi venire al mare con me ? —🇺🇿 Men bilan dengizga borishni istaysanmi ?
Magari ! ( Albatta )


2️⃣ " Magari " so'zi shuningdek yakka holda kelib biror bir amalga oshishi kerak bo'lgan narsaning amalga oshmay qolganligini AFSUSLANISH sifatida ifodalab keladi va " Afsuski yo'q ! " deb tarjima qilinadi.

#Esempio_Misol

🇮🇹—Gli hai chiesto a cosa ne pensasse ?
Magari !

🇺🇿—Undan bu haqida qanday fikrda ekanligini so'rab ko'rdingmi ?
Afsuski , yo'q !


3️⃣ Imkoni mumkin bo'lmagan noreal " Xohish-istak " ni ifodalash uchun biz shuningdek MAGARI + CONGIUNTIVO TRAPASSATO formulasidan foydalanishimiz mumkin va bunda " Magari " so'zi " Ehtimol ...gan , bo'lar edi(mi ?) ! "

#Esempio_Misol

🇮🇹Magari avessi avuto una seconda opportunitá !
🇺🇿Ehtimol ikkinchi imkoniyatga ega bo'lgan bo'lar eding !


4️⃣ " Magari " so'zi gapda shuningdek FORSE(ehtimol ) va Probabilmente(ehtimol ,bo'lishi mumkin ) so'zlariga sinonim sifatida ishlatilib kelishi mumkin.

#Esempio_Misol

🇮🇹 É in ritardo di 20 minuti...Magari ha sbagliato strada🇺🇿 20 daqiqaki kechikmoqda.....Ehtimol , ko'chada adashgan(dir) .


5️⃣ " Magari " so'zi shuningdek " Piuttosto —yaxshisi " so'ziga sinonim sifatida ham ishlatilib keladi

#Esempio_Misol

🇮🇹 Magari qui resteró sveglia tutta la notte , ma non chiederó aiuto a nessuno per finire questo lavoro !🇺🇿Yaxshisi tuni bilan shu yerda uyg'oq turaman , lekin hech kimdan ushbu ishni yakunlash uchun yordam so'ramayman.


6️⃣ " Magari " so'zi " Eventualmente —har ehtimolga qarshi " so'ziga sinonim sifatida ham ishlatilib kelib , bu biror bir vaziyat bilan bog'lash uchun ishlatiladi.

#Esempio_Misol

🇮🇹 Magari prima di partire mandami un sms —🇺🇿Ketishingdan oldin har ehtimolga qarshi menga sms jo'natib qo'ygin


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹
https://www.initalia.uz 🇮🇹
Come si dice ...?

🇮🇹 @Italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Come-Si-Dice-1.pdf
9.7 MB
Come si dice ...?
#PDF

🇮🇹 @Italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
#nuove_parole

🇮🇹IL CIBO AL SUPERMERCATO
🇺🇿Supermarketdagi oziq ovqatlar

🇮🇹il supermercato – 🇺🇿supermarket

🇮🇹il carrello della spesa – 🇺🇿xarid qilish aravachasi

🇮🇹i prodotti in scatola/i cibi in scatola – 🇺🇿konservalar(qutilangan)

🇮🇹i prodotti da forno –🇺🇿Non mahsulotlari

🇮🇹la zuppa – 🇺🇿sho'rva
🇮🇹il tonno – 🇺🇿tunets(konservalangan baliq turi)

🇮🇹i fagioli – 🇺🇿 Loviya
🇮🇹gli spaghetti – 🇺🇿spagetti
🇮🇹il riso –🇺🇿guruch
🇮🇹il pane – 🇺🇿non
🇮🇹i biscotti – pechenyelar
🇮🇹la torta –🇺🇿tort,pirog
🇮🇹lo yogurt –🇺🇿yogurt
🇮🇹le uova –🇺🇿tuxum
🇮🇹il latte – 🇺🇿sut
🇮🇹il burro – 🇺🇿saryog'
🇮🇹la panna acida –🇺🇿smetana
🇮🇹il formaggio –🇺🇿pishloq, sir
🇮🇹la margarina –🇺🇿 margarin
🇮🇹il registratore di cassa-🇺🇿kassa apparati
🇮🇹gli snack – 🇺🇿gazak, zakuska
🇮🇹l’olio –🇺🇿 yog', moy
🇮🇹lo zucchero –🇺🇿shakar
🇮🇹il succo – 🇺🇿sharbat,sok
🇮🇹la soda –🇺🇿soda
🇮🇹l’acqua in bottiglia –🇺🇿1 butilka suv
🇮🇹il foglio di alluminio –🇺🇿 alyuminiy qog'oz(o'ram)
🇮🇹le spezie –🇺🇿ziravorlar
🇮🇹il gelato –🇺🇿muzqaymoq


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Hurmatli kanalimiz Xotin Qizlari sizlarni bugungi bayramimiz 8- Mart bilan chin qalbimdan tabriklayman . Hamisha bahor gullariday chiroyli bòlib yuring soģlik salomatlik tark etmasin🎉🎉🎉🎉🎉
Italyan tilida 2 ta rod mavjud bular : 1) Mujskoy 2) Jenskiy
Shuningdek Artikl ham 2 xil ANIQ VA NOANIQ

Mujskoy rodning artikllari ham 2 ga bo'linadi
ANIQ ARTIKL : Birlik : 1) il 2) lo
Ko'plik : 1) i 2) gli

Mujskoy rodni aniqlash yo'llari quyidagicha :
1) " O " harfi bilan tugaydigan barcha otlar MUJSKOY ROD hisoblanadi( il libro-kitob, il quaderno- daftar
2) " E " harfi bilan tugaydigan BA'ZI so'zlar Mujskoy rod( Lug'at orqali bilish mumkin) misol uchun ( l'elefante - fil , )
3) " Ma " so'zi bilan tugaydigan CHETDAN O'ZLASHGAN so'zlar ( il probleMA-muammo, Il sisteMA- tizim, il teMA- Mavzu)

Darvoqe, agar ot unli harf bilan boshlansa va u musjoy rod bo'lsa biz L' apostrof ishlatamiz masalan (L'amico, L'uragano)

❇️Musjkoy rod NOANIQ ARTIKL esa bular : Birlik: 1) un, uno
Ko'plik 2) i, gli

Biz LO yoki UNO artikllarini quyidagi harflar bilan boshlangan mujskor roddagi otlarga nisbatan ishlatamiz
1) S+undosh harf(Lo sport)
2)Gn( Lo gnomo)
3) Pn( lo pneumatico)
4) Z ( lo zodiaco)
5) Y ( Lo yogurt)

Bularning ko'plik shakli esa GLI

Jenskiy rodda aniq artikl quyidagicha aniqlanadi
1)Qachonki ot " A' harfi bilan tugasa Jensky rod hisoblanadi( La ragazza-qiz bola)
2) " E" harfi bilan tugaydigan bazi otlar ( la luce- yoruglik)
3) -zione yoki -sione kabi so:zlar bilan tugaydigan otlar (la Congratulazione, la augurazione, l'educazione)
Aniq artikl : birlik La, L'
Ko'plik : Le

❇️Noaniq artikl jenskiy rodda quyidagicha 1) Una, un' apostrof
Ko'plik 2) Le, L'
- e - bilan tugaydigan ot kasb egasi ma'nosida 2 xil rodda kelishi mumkin

Il cantante —qo'shiqchi👨
La cantante—qo'shiqchi👩‍🦰

Il cliente— Mijoz👨
La cliente— Mijoz👩‍🦰

Il parente —Qarindosh👨
La parente—Qarindosh👩‍🦰


Ps : ammo mustasno holatlar ham bor yani qotib qolgan garchi biror bir kasb egasi Erkak kishi bo'lsa ham kasb nomi jenskiy rodda qoladi

La guida—Turistik gid
La persona—Inson
Shuningdek - a - bilan tugaydigan ba'zi so'zlar Musjkoy rod va - o - bilan tugaydigan so'zlar aksincha Jenskiy rod bo:ladi bular qotib qolgan

Il papá —Dada
Il cinema—Kinoteatr

L'auto—Mashina
La foto — foto
La mano—Qo'l


Agar sizlarda nega bunday desalaringiz sababi quyidagicha :

Cinema so'zi CINEMATOGRAFIO so'zidan kelib chiqgan

Auto so'zi AUTOMOBILE so'zidan kelib chiqgan

Foto so'zi Fotografia so'zidan kelib chiqgan
Juda ham ko'plab — i — bilan tugaydigan otlar JENSKIY ROD ammo ba'zi mustasno holatlar ham bor


L'analisi —Tashxis
L'ipotesi—Tahmin , faraz
La crisi — Parokanda iqtisodiyot



Yuqorida aytgan mustasno holatlar quyida so'zlar bilan


Lo sci —Chang'i
L'alibi—to'hmat