Italyan tili
1.79K subscribers
523 photos
106 videos
164 files
549 links
Download Telegram
#Nuova_parola_con_la_foto
#Yangi_fotoli_soz

❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️

🇮🇹𝗔𝗹𝘁𝗮𝗹𝗲𝗻𝗮 —🇺🇿 𝗔𝗿𝗴'𝗶𝗺𝗰𝗵𝗼𝗾

🇮🇹𝗳𝗮𝗿𝗲 𝗹'𝗮𝗹𝘁𝗮𝗹𝗲𝗻𝗮—🇺🇿𝗔𝗿𝗴'𝗶𝗺𝗰𝗵𝗼𝗾 𝘂𝗰𝗵𝗺𝗼𝗾

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
🇮🇹La tradizione dice che quando abbracciamo qualcuno in modo sincero, guadagniamo un giorno di vita

#quando—qachon(ki)
#Abbracciarsi—quchoqlashmoq
#guadagnare—ishlab topmoq
#un_giorno_di_vita —bir kunlik hayot

🇺🇿Urf-odatlarimiz shuni aytadiki , qachonki biror bir insonni samimiylik ila bag'rimizga bossak , bir kunlik hayotni ishlab olgan bo'lamiz

P.Coelho

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Gaplarni italyan tiliga tarjima qilish . Ko'ring , kiring va bilimingizni sinab ko'ring👇

https://test.initalia.uz/test1.html



⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣👉 Sul nostro sito https://www.initalia.uz 🇮🇹 troverete centinaia di esercizi di grammatica e lessico per poter perfezionare il vostro italiano.⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣
Il Pronome personale
( Kishilik olmoshi )
* Italyan tilida kishilik olmoshlari 2 ga bo’linadi : birlik va ko’plik .
* Kishilik olmoshlari shaxs va narsalarni anglatuvchi olmoshlardir .
* Kishilik olmoshlari bosh kelishikda ega vazifasida keladi va “ kim ? “ va “ nima ? “ so’roqlariga javob bo’ladi .


Kishilik olmoshi birlik Kishilik olmoshi ko’plik


I - shaxs io - men
II - shaxs tu - sen
III – shaxs lui - u (erkak)
III – shaxs lei - u (ayol )
III – shaxs Lei - siz( ayollar va erkaklarga nisbatan hurmat ma’nosida )


Kishilik olmoshi ko’plik

I - shaxs noi - biz ,bizlar
II - shaxs voi - sizlar
III – shaxs loro - ular


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👍1
Il verbo “ ESSERE “
“ Essere “ fe’li

• “ ESSERE “ – bo’lmoq , hisoblanmoq fe’li hozirgi zamonda sono , sei , e’ , siamo , siete , sono shakllariga ega . U biror-bir shaxs yoki narsa haqida gapirilib , uning kimligi ,qarindoshligi , kayfiyati , nimaligi , qandayligi ,tashqi ko’rinishi , jismoniy imkoniyati , shaxsiy statusi , vaqt va sanani , biror bir narsaning rangini , biror bir kishining millatini va qayerdan ekanligini , joylashuvni va biror bir voqea-hodisaning joylashuvini va yana bir qancha narsalarni ifodalab kelganda ishlatiladi .

io + sono = men....man
tu + sei = sen...san
lui + e ‘ = u....dir (erkak)
lei + e ‘ = u ....dir (ayol )
noi + siamo = biz...miz
voi + siete = sizlar....lar(siz)
loro + sono = ular.....dirlar

•Shuningdek , “ essere “ yordamchi fe’l sifatida deyarli barcha italyan tili grammatikasi zamonlarida ( il passato prossimo , il trapassato prossimo , imperfetto , futuro anteriore , condizionale passate , congiuntivo passato , congiuntivo trapassato va trapassato remoto ) fe’l bilan to’g’ridan-to’g’ri ergashib keladi . Hozircha bularni keyingi darsr o'rganamiz


io sono uno \ lo studente – men talabaman

tu sei una \ la studentessa – sen talaba qizsan

lui \ lei e’ una \ la guida turistica – u gid-tarjimondir

noi siamo gli amici – biz do’stlarmiz

voi siete gli alunni – sizlar o’quvchilar(siz)

loro sono i ragazzi – ular o’g’il bolalardirlar

io sono un vero uzbeco – men haqiqiy o’zbekman ( millatni ifodalab kelmoqda)

il mio zaino e ‘ giallo – mening sumkam sariq(dir) (rangni ifodalab kelmoqda)

la mia casa e’ grande – mening uyim katta(dir) ( uyning qandayligi ifodalanmoqda)

Shahriyor e ‘ mio fratello – mening akam Shahriyor (dir) ( shaxsning kimligi ifodalandi)

Questa e ‘ una \ la matita - bu – qalam(dir) ( predmetning nima ekanligi ifodalandi)

La festa e’ al club – bazm klubda (bo’ladi , bo’lmoqda) ( voqea-hodisaning joylashuvi )

Di dove sei ? – qayerdansan ( shaxsning qayerdan ekanligi nazarda tutilmoqda)


🇮🇹@italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👍31
#VOLERCI

VOLERCI ham unaqa qiyin mavzu emas , shunchaki 2 ta narsani farqini bilsak yetadi ya'ni bu 2 ta SHAKLGA EGA bo'lib " ketadi , sarflanadi , kerak bo'ladi " degan ma'nolarni anglatadi

1 ) Ci vuole —Birlikda
2 ) Ci vogliono—Ko'plikda

Misol uchun :

Ci vuole un anno dell'esperienza per lavorare come autista dell'azienda turistica — Firmaning shofyori sifatida ishlash uchun 1 yillik tajriba KERAK BO'LADI

* Ya'ni bu yerda UN ANNO(1YIL) birlikdagi gapni ifodalab kelmoqda


Ci vogliono diversi modi per raggiungire il nostro scopo principale— eng yuksak maqsadimizni amalga oshirish uchun bir qancha turli xil yo'llar KERAK BO'LADI
* Diversi modi(bir qancha turli xil yo'llar) bunda KO'PLIKDAGI OT bo'lmoqda


Agar ingliz tili bilan taqqoslayman desalaringiz bu IT TAKES ga to'g'ri keladi🙂
👍71
L'AGGETIVO " BELLO " ( BELLO(CHIROYLI) SIFATI


" Bello " so'zini ishlatish sizlar uchun biroz oddiy ko'rinishi mumkin ammo bu so'zning ham ishlatish qoidasi aniqrogi tuslash shakllari mavjud.

Bello — Chiroyli , yaxshi , zo'r , kelishgan degan ma'nolarni anglatadi va asosan OTDAN KEYIN ishlatilar edi ammo OTDAN OLDIN kelsa shakli o'zgarishi mumkin

Uning Mujskoy roddagi shakllari quyidagicha :

Mujskoy birlik / musjkoy Ko'plik

Bello / Begli
Bel / Bei
Bell' /Begli

Ya'ni BEGLI so'zi Z , PS , GN ,Y , X , S+undosh harflar oldidan kelsa va yana bir BEGLI esa UNLI HARFLAR oldidan keladi ( diqqat qiling faqat MUJSKOY ROD)

Misol uchun :

A Tashkent , c 'é un BELLO ZOO —Toshkentda ,bitta ajoyib hayvonot bog'i mavjud
* Z harfi bilan kelgani uchun Lo artikli qo'yilmoqda ya'ni BEL+LO= BELLO

Nazira ha molti BEGLI ANELLI —Nazirada ko'plab chiroyli uzuklar bor
* Musjkoy roddagi ot unli harf bilan ko'plikda kelgani bois BEGLI qo'yilmoqda

Il fidanzato di Munisa le ha comprato un BELL' ANELLO— Munisaning yigiti unga bir ajoyib uzuk sotib olib berdi
**** Shu kabi holat endi Birlikda kelmoqda va 2 ta unlini bira to'la talaffuz qilish xunuk eshitilishi bois bitta unli tushib qoladi yoki o'rniga apostrof ( ' ) ni qo'yamiz BELL' ANELLO

Nel giardino , ci sono tanti BEI FIORI — bog'da bir qancha CHIROYLI GULLAR bor

" Bei " so'zi undosh harflar bilan boshlangan otlar oldidan keladi

bel fiore / bei fiori
Chiroyli gul / chiroyli gullar
🇮🇹Italyan tilini o'rganish endi yanada oson chunki endi hech qanday izlanishlarsiz quyida berilgan sahifalarning ustiga bosgan holda sizga kerakli bo'lgan ma'lumotni bir zumda topishingiz mumkin . Imkon qadar ketma-ket qilishga harakat qildim va bu sizlarga yordam beradi degan umiddaman. Omad yor bo'lsin


👉Alifbo
👉Fonetika
👉Sonlar
👉Artikl
👉Kishilik olmoshlari
👉Egalik olmoshlari
👉Noaniq olmoshlar
👉Ko'rsatish olmoshlari
👉Pronomi diretti & indiretti
👉"Essere " fe'li
👉"Avere" fe'li
👉stare +gerundio
👉Presente Indicativo
👉Passato Prossimo
👉imperfetto
👉Futuro Semplice
👉Imperativo
👉Trapassato prossimo
👉Passato Remoto
👉Condizionale Semplice
👉Condizionale Composto
👉Congiuntivo 1-qism
👉Congiuntivo 2-qism
👉Circa e Verso
👉C'e' va Ci sono
👉Ma non / Tranne / Eccetto
👉Farcela
👉Volerci
👉Ot va son
👉Sifat darajalari
👉La particella " Ci "
👉La particella " Ne "
👉Ecco
👉Anzi&Anziche&Pocoanzi&anzitutto
👉NIsbiy olmoshlar
👉Sifatlovchi aniqlovchilar
👉Gia & Ancora
👉Ma&Pero&Tuttavia&Eppure&Bensi
👉Periodo ipotetico
👉Addirittura
👉Piuttosto
👉"Bello " sifati
👉" A" predlogi
👉" Di " predlogi
👉" Su " predlogi



🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
🔥1
#Grammatica
#Addirittura

Avvalambor, bu so'zning asl ma'nosi va yozilishini bilib olsak yaxshi bo'lar edi , ilgarilari bu so'z " A DIRITTURA " deb yozilib " to'g'ridan to'g'ri " degan ma'noni anglatatgan ammo hozirgi kunda bu so'zning yozilishi " Addirittura " hisoblanadi. Umuman olganda bu so'z 2 xil ma'noda ishlatiladi bular : " Bo'ktirib gapirish " va " gay'rioddiy qilish " kabi ma'nolarda ishlatiladi.

1⃣ " Addirittura " so'zi asosan " Perfino ( hatto ) " va " nientemeno (Ko'p emasu kam emas) " ma'nolarida ishlatilgan bo'lib biror bir narsaning sifatini va gapning mazmuni haddan ziyod g'ayrioddiy tarzda kuchaytirish uchun ishlatiladi va bu so'z Fe'l , Ot va Sifatdan so'ng ishlatiladi, masalan :

🇮🇹—Allora ti é piaciuto Avengers Endgame ?
—Un sacco ! Mi ha emozionato tantissimo ! Ero cosi accitato che alla fine del film ho addirittura sollevato il martello di Thor .
—Ma sei andato da solo al cinema ?
—No, c'erano tutti i miei amici , i miei parenti e addirittura i miei genitori !

🇺🇿—Xo'sh Avengers Endgame senga yoqdimi ?
—Judayam ! Meni juda ham to'lqinlantirdi ! Shu qadar hayajonda ushlab turdiki filmning oxirida hatto Thorning bolg'asini ko'tarib oldim.
—Sen kinoteatrga yolg'iz bordingmi ?
—Yo'q, u yerda men bilan do'stlarim, qarindoshlarim hattoki ota-onam ham bor edi.

2⃣ " Addirittura " so'zi yolg'iz holda kelsa " AJABLANISH, HAYRON QOLISH, TAN BERISH, " kabi ma'nolarda keladi va tarjimada " QOYIL, AJOYIB " deb tarjima qilinadi.

🇮🇹—Lo sai che oggi ho corso per 10 chilometri ?
— Addirittura ! Come hai fatto ? A me viene il fiatone dopo un paio di chilometri di camminata !

🇺🇿—Bugun 10 kilometrga yugurganimni bilasanmi ?
—Qoyil(ajoyib) ! Buni qanday qilding ? Qachonki men bir necha kilometr yugursam birdaniga nafasim qisiladi.


Diqqat ❗️❗️❗️

" Addirittura " so'zi har doim yolg'iz kelsa "hayron qolish , taajublanish " ma'nolarida kelavermaydi. Ba'zida bu so'z yolg'iz kelsa " Yengil kulib qo'yish " ma'nolarida keladi chunki sizga biror bir kishi g'alati so'zlarni aytsa siz uchun bu muhim emas va siz nomiga uni shu tariqa aldab qo'yishingiz mumkin.

🇮🇹—Sai che oggi ho comprato un vestito ai saldi ? Pensa che da 25 euro l'ho pagato solo 22.99 !
— Addirittura ! Questo si che é un'affare !

🇺🇿Bugun arzon narxda kiyim sotib olganimni bilasanmi ? O'zing o'ylab ko'r 25 yevrodan faqatgina 22.99 yevroga sotib oldim .
— ha yaxshi(yengil kulgi bilan). Bu juda yaxshi ish
Italyan tili kanalida hali hech qachon challenge qilmagan ekanmiz va shuni inobatga olgan holda " GET LIKE CHALLENGE " o'tqazamiz. Challengeda qatnashish uchun quyidagi yo'nalishlar bo'yicha omadingizni sinab ko'ring :

• —qo'lda chizilgan Italiya va O'zbekiston bayroqlari
• — Italyancha musiqa aytish
• — Italyancha she'r aytish
• — Italyancha tabrik(audio yoki video)
• — italyancha dialog(2 kishi uchun)
• — Video

Qaysi ishtirokchi ko'p " Like " olishini kuzatib boramiz .

Ishtirok etish uchun menga @Shokhrukhdinho99 murojaat qilishingiz mumkin. Bu shunchaki qiziqishni oshirish uchun


@italian_lan

https://www.initalia.uz
#1_ishtirokchi

❇️Nozima❇️

#Samarqand

Kanal linki : @italian_lan

Like👍 orqali qo'llab quvvatlang
#2_ishtirokchi

❇️Svetlana❇️

#Qoraqalpoqiston_Respublikasi

Kanal linki : @italian_lan

Like👍 orqali qo'llab quvvatlang
#3_ishtirokchi

❇️Judy❇️ nickname

#Kokand_Fergana

Kanal linki : @italian_lan

Like👍 orqali qo'llab quvvatlang
🇮🇹Italyan tilini o'rganish endi yanada oson chunki endi hech qanday izlanishlarsiz quyida berilgan sahifalarning ustiga bosgan holda sizga kerakli bo'lgan ma'lumotni bir zumda topishingiz mumkin . Imkon qadar ketma-ket qilishga harakat qildim va bu sizlarga yordam beradi degan umiddaman. Omad yor bo'lsin


👉Alifbo
👉Fonetika
👉Sonlar
👉Artikl
👉Kishilik olmoshlari
👉Egalik olmoshlari
👉Noaniq olmoshlar
👉Ko'rsatish olmoshlari
👉Pronomi diretti & indiretti
👉"Essere " fe'li
👉"Avere" fe'li
👉stare +gerundio
👉Presente Indicativo
👉Passato Prossimo
👉imperfetto
👉Futuro Semplice
👉Imperativo
👉Trapassato prossimo
👉Passato Remoto
👉Condizionale Semplice
👉Condizionale Composto
👉Congiuntivo 1-qism
👉Congiuntivo 2-qism
👉Circa e Verso
👉C'e' va Ci sono
👉Ma non / Tranne / Eccetto
👉Farcela
👉Volerci
👉Ot va son
👉Sifat darajalari
👉La particella " Ci "
👉La particella " Ne "
👉Ecco
👉Anzi&Anziche&Pocoanzi&anzitutto
👉NIsbiy olmoshlar
👉Sifatlovchi aniqlovchilar
👉Gia & Ancora
👉Ma&Pero&Tuttavia&Eppure&Bensi
👉Periodo ipotetico
👉Addirittura
👉Piuttosto
👉"Bello " sifati
👉" A" predlogi
👉" Di " predlogi
👉" Su " predlogi



🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
#Informazioni_interessanti_sugli_italiani
#italyanlar_haqida_qiziqarli_malumotlar


1⃣ italiya tabobat olami rang-barang bo'lsada ko'pchilik italyanlar faqatgina Pasta va Pitsa iste'mol qilishni ma'qul ko'rishadi

2⃣Italyanlar qo'llaridan foydalangan holda imo-ishora orqali gapiradigan eng noyob millat vakillaridan biri hisoblanadi. Hattoki Italyan olimi Bruno Mirroni aynan " imo-ishora" nomli kitob ham nashr etgan

3⃣Italyanlar boshqa xalqlardan ko'ra Modaga ko'proq qiziqadi va aholisi zamonaviy kiyim kiyish bo'yicha dunyoda yetakchi o'rinda turadi. Bejizga Millan shahrini "Moda shahri " deb aytishmaydi

4⃣Italyida " mammone " degan so'z bor bo'lib bu biror bir oilaning farzandi to 30-35 yoshgacha ular bilan yashaydi degan ma'noda ishlatiladi. O'zimiz tilda buni " Boqimanda " deb ishlatsak biroz to'g'ri bo'ladi.

5⃣Italyanlar san'at va madaniyatga juda ham o'ch xalq bo'lganligi bois ular Operani sevishadi.

6⃣Italyanlar aytilgan biror bir joyga har doim kechikib borishga odatlanishgan ya'ni ular punktual inson emas

7⃣Italyanlar sportning futbol turini jondan ortiq yaxshi ko'rishadi va jamoalar o'ynaganda 90 daqiqa hayqiriqlar ila o'z jamoasini oldinga chorlaydi. Ma'lumot uchun Italiya 4× Jahon Chempionidir.

8⃣italyanlar to'da to'da bo'lib yurishga odatlanishgan va mamlakatda 2 ta katta mafiya tashkiloti bor degan tushuncha mavjud. Bular Sitsiliya va Napoli. Bunga sabab Sitsiliyada olingan mafiyalar haqidagi kino asosiy sababchidir.

9⃣Italyanlar kunning har choragida " cappuccino " va " espresso " kofelarini ichishni odatga aylantirishgan. Bu kofelar qisqa muddat ichida tayyorlanib qisqa muddat ichida ichilish kerak agarda u ko'p vaqt ichida ichilsa bu kofe yaxshi emas ekanligini bildiradi.

🔟Italiya xalqi dunyodagi mashinani to'g'ri haydash bo'yicha eng yomon ko'rsatkichga ega.

1⃣1⃣Italyanlar boshqa xalqlarga nisbatan tartibsiz xalqlardan biri deb e'tirof etiladi va ko'pchilik bunga sabab restoranlarda ovqat iste'mol qilgan paytda gaplashishlari nazarda tutiladi.

1⃣2⃣Juda ham ko'pchilik Italyanlar ingliz tilini bilishmaydi chunki ular til o'rganishga biroz yalqov xalqlardan biri hisoblanadi.


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👍1
🥳NATIJA❗️
🇮🇹 Italiya davlati
🌃 Rim shahari
🏢 Sapienza universitetiga yana bir Studentimiz qabul bo'ldilar

Kanalimizani kuzatib boring
@lightmangroupconsulting
🇬 🇷 🇦 🇲 🇲 🇦 🇹 🇮 🇨 🇦


#Avverbi_di_luogo
#orin_joy_ravishlari


Bugun biz sizlar bilan " Avverbi di luogo " ya'ni " o'rin-joy ravishlari" ni o'rganishga harakat qilamiz. Italyan tilida o'rin joy ravishlari bu quyidagilar :

Qui , Qua, Li, Lá, Laggiu, Quaggiú , Quassú


Avvalambor , hamma narsa tartib bilan deganlaridek QUI va QUA o'rin-joy ravishlarining ishlatish xususiyatiga e'tibor qaratamiz .


#Qui_e_Qua

QUI va QUA so'zlarining tarjimasi " Bu joyda , bu yerda , shu yerda " degan ma'nolarni anglatib bu bizga yaqin bo'lgan biror bir joyni nazarda tutmoqchi bo'lganimizda ishlatamiz. Qui so'zini ishlatish ommabop hisoblanadi va Qui ko'proq aniq bir ifodalangan joyni nazarda tutish uchun ishlatiladi (ba'zida italyanlar Qua so'zini ishlatishni ma'qul ko'rishadi )

Misol :
🇮🇹Che freddo fa qui ! —🇺🇿 bu yer juda sovuq !


#Lí_e_Là

va o'rin-joy ravishlari gapirayotgan insondan uzoqroq bo'lgan joy va masofani nazarda tutish uchun ishlatilib " U yerda , o'sha yerda , ana u yerda " degan tarjimaga ega bo'lib keladi. Ko'pchilik italyanlarning fikricha " Lí " bu u qadar uzoq bo'lmagan joy uchun ham ishlatiladi degan tushuncha bor ammo aslini olganda italyanlar " Lí va Lá " ni sinonim sifatida ishlatishadi

Misol :
🇮🇹Guarda , c'é un cane ! —🇺🇿 ana u yerga qara , u yerda it bor ekan.


#Qui_sopra_e_qua_sopra_e_quassú

Qui /Qua sopra va Quassu o'rin-joy ravishlari bu gapirayotgan insondan uzoq bo'lmagan joy va nuqtani bildirib yuqoriga⬆️ qaratilgan yo'nalishni ifodalab keladi va tarjimada " ana u yerda(tepada , yuqorida) " deb tarjima qilinadi.

Misol :
🇮🇹Guarda quassú quanti uccelli —🇺🇿 ana u yerga qara(tepaga) , qanchalik ko'p qushlar


#Qui_sotto_e_qua_sotto_quaggiú

Qui / qua sotto va quaggiú o'rin payt ravishlari gapirayotgan insondan uzoq bo'lmagan joyni va nuqtani bildirib pastga⬇️ qaratilgan ish-harakatni ifodalash uchun ishlatilib " shu yerda pastda " deb tarjima qilinadi.

Misol :
🇮🇹—Dove sei ?
—sono qui sotto . Mi vedi ?
🇺🇿—Qayerdasan ?
shu yerda pastdaman. Meni ko'ryapsanmi ?


#Lí_sotto_e_Lá_sotto_e_Laggiu

Lí / Là sotto va Laggiu o'rin-joy ravishlari gapirayotgan insondan uzoq bo'lgan joyni bildirib pastga⬇️ qaratilgan ish-harakatni ifodalash uchun ishlatilib " ana u yerda pastda " deb tarjima qilinadj

Misol :
🇮🇹 Guarda quel ragazzo laggiú : é mio fratello —🇺🇿 ana u pastdagi bolaga qara : u mening akam


#Lá_sopra_e_Li_sopra_e_lassú

La / Li sopra va Lassu o'rin-joy ravishlari gapirayotgan insondan uzoq bo'lgan joyni bildirib yuqoriga qaratilgan ish-harakatni ifodalash uchun ishlatilib " ana u yerda tepada " degan tarjimaga ega.

Misol :
🇮🇹 C'é un gatto li soprá🇺🇿 ana u yerda tepada mushuk bor



Diqqat ❗️ Diqqat❗️ Diqqat ❗️

Laggiú
o'rin-joy ravishi shuningdek Lí (ana u yer) va Lá(ana u yer) bilan sinonim sifatida ham ishlatilib kelishi mumkin.

Misol :
🇮🇹Guarda laggiú, c'é un cane —🇺🇿ana u yerga qara , it bor ekan


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Avvalambor , " Italyan tili " kanalini kuzatib borayotganlarizdan xursandman va hozir kanal statistikasi uchun o'z ovozlaringizni berishlaringizni so'rab qolgan bo'lar edim .

Siz nechinchi kursda tahsil olasiz ?
Anonymous Poll
48%
1-kurs
19%
2-kurs
13%
3-kurs
8%
4-kurs
3%
1-kurs Magistr
3%
2-kurs Magistr
5%
Tugatganman , oliy ta'limda hali o'qimaganman
🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹🇮🇹
#un_po_di_informazione_sull_italia
#Italiya_haqida_qisqagina_malumotlar
❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️

1⃣ Italiyaning pul birligi EURO. 2001 yilgacha mamlakatda LIRA pul birligi mavjud bo'lgan.

2⃣Italiya davlatining to'liq nomi " Repubblica italia(Italiya Respublikasi " va bu davlatning laqabi " Bel paese (Chiroyli mamlakat ) "

3⃣Italyanlarning 90% Xristianlikning katolik mazhabiga mansub kishilardir.

4⃣ Ma'lumotlarga qaraganda Italiya aholisining 98% o'qishni va yozishni biladi.

5⃣Italyanlar Spaghettini 🍝 sanchqi bilan iste'mol qilishadi.

6⃣ Italiyaning shimoliy hududlarida " Nemis tili " rasmiy til sifatida yuritiladi.

7⃣ Muzqaymoq italyanlar tomonidan kashf etilgan

8⃣Pitsa birinchi bor 1860 yilda Neapol shahrida tayyorlangan.

9⃣Italiya hukumati Demokratik Respublika hisoblanadi.

🔟Xristofor Kolumb va Amerigo Vespuchchi Amerika qit'asini kashf qilgan bo'lsa , mashxur sayohatchi Marko Polo sharqni kashf qilgan.

1⃣1⃣ Ko'pchilik maktabda tahsil oladigan italyan o'quvchilari Nemis , Fransuz , Ingliz tillarini o'rganishga harakat qilishadi.

1⃣2⃣ italiyanlarning hammasi ham italyan tilida gapirishmaydi chunki u yerda juda ham ko'p mahalliy dialektlar mavjuddir va ba'zi keksa yoshdagi insonlar italyan tilini bilishmaydi.

1⃣3⃣ Malla ayiqlar italiya hukumati tomonidan qo'riqlanadi chunki yovvoyi tabiatda juda ham sanoqli tarzda malla ayiqlar saqlanib qolingan

1⃣4⃣ Qo'ychilik asosan Italiyaning janubida uchrashi mumkin va shuningdek , janubliklar eshakdan hali ham og'ir yuklarni eltishda foydalanib kelishadi.

1⃣5⃣Venetsiya Lagon shahridagi orollardan tashkil topgan shaharcha bo'lib , u o'zining karnavali bilan yer sayyorasiga mashxurdir.

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👍1