Italyan tili
1.8K subscribers
523 photos
106 videos
164 files
549 links
Download Telegram
#Yasalishi

Il TRAPASSATO PROSSIMO zamoning yasalishi quyidagicha : bu zamon IMPERFETTO dagi ESSERE va AVERE yordamchi fe'llari orqali yasaladi va oxirida fe'lning o'tgan zamondagi formasi ishlatiladi.

Ega + essere/avere + fe'lning o'tgan zamondagi tuslangan formasi.

Tu + eri + partito
per Samarcanda quando sono andato da te — qachonki senikiga borganimda SEN samarqandga JO'NAB KETGAN eding

Tu(ega)
Eri(essere)
Partito(partire fe'lining o'tgan zamondagi tuslangan shakli)


Agar ESSERE + ESSERE bo'lsa quyidagicha keladi

Io ero + stato/a
Tu eri + stato/a
Lui era + stato
Lei era + stato/a
Noi eravamo +stati/e
Voi eravate + stati/e
Loro eravano + stati/e



Agar AVERE + AVERE kelsa quyidagicha tuslanadi.

Io avevo+ avuto
Tu avevi + avuto
Lui aveva + avuto
Lei aveva + avuto
Noi avevamo + avuto
Voi avevate + avuto
Loro avevano + avuto

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Il TRAPASSATO PROSSIMO zamoni shuningdek italyan tilidagi yana boshqa 3 ta zamon ( il passato prossimo , il passato remoto va l'imperfetto )bilan birga keladi.

Non abbiamo voluto leggere il libro che la nonna ci AVEVA REGALATO a Natale — Buvimiz Rojdestvoda sovg'a qilgan kitobni o'qishni xohlamadik

*Abbiamo voluto (il passato prossimo)
*Aveva regalato ( il TRAPASSATO PROSSIMO)

Non VOLEMMO leggere il libro che la nonna ci AVEVA REGALATO a Natale — buvamiz Rojdestvoda sovg'a qilgan kitobni o'qishni xohlamas edik

*Volemmo( il passato remoto)
* Aveva regalato ( il TRAPASSATO PROSSIMO)

Non VOLEVAMO leggere il libro che la nonna ci AVEVA REGALATO a Natale — buvamiz Rojdestvoda sovg'a qilgan kitobni o'qishni xohlamayotgan edik

*Volevamo(l'imperfetto)
*Aveva regalato (il TRAPASSATO PROSSIMO)

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👍2
parloitaliano.pdf
10.2 MB
Parlo italiano Manuale pratico per stranieri
#PDF
@italian_lan
Pinocchio 🎭
C. Collodi

@Italian_lan
👍1
Audio
Pinocchio
C. Collodi

#Audiolibro 🎧

@Italian_lan
Predlog masalasi Italyan tilida ko'rinishidan kamroq bo'lgani bilan ma'no jihati bo'yicha juda ham boy hisoblanadi va hozir men sizlarga ko'pchilik til o'rganuvchilar tomonidan eng ko'p xato yoziladigan Fe'l +Predlogli birikmalarni yozib ko'rsataman

1)🇮🇹Abituarsi a fare qualcosa—🇺🇿Biror narsa qilishga odatlanmoq

🇮🇹Non mi sono abituato a mangiare alle tre—🇺🇿men soat 3 larda ovqatlanishga odatlanmaganman

2) 🇮🇹accettare di fare qualcosa —🇺🇿Biror narsa qilishga kelishib olmoq

🇮🇹Non accettiamo di parlare con voi —🇺🇿Sizlar bilan muzokaralar qilishga kelisholmaymiz

3)🇮🇹Aiutare qualcuno a fare qualcosa—🇺🇿Biror kimga biror narsa qilishda yordam bermoq

🇮🇹Posso aiutarti a portare la valigia —🇺🇿senga chamadoningni ko'tarishga yordam berishim mumkin

4)🇮🇹Andare a fare qualcosa—🇺🇿Biror narsa qilishga bormoq

🇮🇹Vado a preparare la cena —🇺🇿Kechki ovqat qilishga boraman/hozirlanaman

5)🇮🇹Appartenere a —🇺🇿Ga tegishli bo'lmoq

🇮🇹L'auto appartiene a mia moglie —🇺🇿 Avtomobil mening rafiqamga tegishli

🌏 @italian_lan 🇮🇹

🌎 https://www.initalia.uz
#Nuova_parola_con_la_foto
#Rasmli_yangi_so'z

❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️

🇮🇹𝗹𝗮 𝗰𝗶𝗺𝗶𝗰𝗲 —🇺🇿𝗞𝗮𝗻𝗮 , 𝗯𝘂𝗿𝗴𝗮

⚡️O'qilishi : (𝗖𝗵𝗶𝗺𝗶𝗰𝗵𝗲)

🇮🇹 cimice dei letti🛏🛌🇺🇿Yotoqlardagi kana , burga
😆

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
#IL_NOME_E_IL_NUMERO
#OT_VA_SON


Italyan tilida otlar to’g’ri va noto’g’riligiga qarab 2 ga bo’linadi . Otlar mujskoy , jenskiy rodlarda va hattoki sonlarda ham jarayonga qarab o’zgarib ketadi . Grammatik jihatdan olib qaralganda , italyan tilidagi barcha ot so’z turkumidagi so’zlar ma’lum bir rod tarkibidagi so’zlar hisoblanadi .

• Italyan tilida otlarning turi va kategoriyasi berilgan otning jinsiga qarab ham aniqlanadi .

Il postino – (erkak) pochtachi la postina – (ayol) pochtachi

Il gatto – (erkak) mushuk la gatta – (ayol) mishuk



•Mustasno holatlar italyan tilida juda ham kam ammo bir narsani yodda saqlash lozimki , italyan tilida shunday so’zlar borki ko’rinishi va ma’lum bir qoliplarga ko’ra jenskiy rod hisoblangan otlarspia – josus (shpion) , sentinella – qorovul , guardia – soqchi , recluta – yangi askar “ kabi so’zlar mujskoy rod uchun ham ishlatiladi va shuningdek, mujskoy rod belgili otlar contralto – yo’g’on ovozli ayol , soprano – ayollarning eng baland ovozi “ kabi so’zlar esa jenskiy roddagi ot hisoblanadi .


•Otlarni jonlantirish va harakatga keltirish orqali , mujskoy roddagi otlar jinsini jenskiy roddagi otlarga ham o’zgartirib kelishi mumkin .

Operaio – erkak ishchi , operaia – ishchi ayol
Figlio – o’g’il farzand figlia – qiz farzand
Scrittore – erkak yozuvchi scrittrice – ayol yozuvchi
Poeta – erkak shoir poetessa – ayol shoir

•Ba’zi bir kasb nomlari , unvonlarning jenskiy roddagi juftlari uzoq davrdan beri bo’lmaganligi uchun mujskoy roddagi shaklidan foydalanishadi . Hozirgi kunda kelib shu kasb nomlari va unvonlar uchun alohida so’zlar vujudga kelgan ( avvocato – avvocata – avvocatessa yoki ministro – ministra va boshqa shu kabi so’zlar )

•Agar nutq kasb va unvonga ega bo’lgan ayol kishiga qaratilgan bo’lsa ham , o’sha odamga mujskoy roddagi ot orqali murojaat qilish odat tusiga aylangan.

L’avvocato Aziza Falonchayevna


•Umumiy bir tushunchani o’zida jam qilaydigan bir qancha otlarning faqatgina yagona shakli mavjuddir.

Un viandante – yo’lovchi erkak , una viandante – yo’lovchi ayol
Un collega – (erkak) hamkasb , una collega – (ayol) hamkasb



Ko’pchilik hayvon turlarining faqatgina yagona mujskoy yoki jenskiy rod ko’rinishi bo’ladi .

Il finecottero – flamingo , la tigre – yo’lbars



•Biror bir hayvon turining aniq bir jinsini ifodalash uchun ifodalangan hayvon nomidan so’ng uning jinsini keltirish kifoya qiladi .





Un finecottero femmina – bir ayol flamingo

Una tigre maschio – bir erkak yo’lbars



•Ba’zi bir otlarning –a , o – shakllari mavjud bo’lib , bu so’zlar italyan tilida umuman boshqa ma’nolarni anglatadi .


Il pianto – yig’lash

La pianta – o’simlik , reja


•Asrlar o’tishi bilanoq bir qancha so’zlarning yozilishi va aytilishi tubdan farqlanib borgan sari lotin tilidan olinadigan so’zlar ham italyan tilida keng ommalashib yoyila boshladi . Misol uchun panno = to’qima , panna = qaymoq so’zlarining ikkalasi ham aynan lotin tilidan olingan so’zlar hisoblanadi , Yuqorida ko’rsatilgan so’zlar italyan tilida talaygina topiladi :

l’arco – arqon
l’arca – do’koncha , toshtobut

il banco – g’altak
la banca – bank

il baleno – chaqmoq
la balena – ulkan kit (baliq)

il bollo – belgi , muhr
la bolla – pufak , suv sathini o’lchaydigan daraja asbob

il branco – hayvonlarning to’dasi , galasi
la branca – panja , changal

il buco – teshik , yirtiq
la buca – chuqur , handaq

il busto – byust(haykaltoroshlikka oid )
la busta – konvert , papka , g’ilof

il calo – kamayish , pasayish
la cala – kemaning ostki qismi

il cappello – shlyapa
la cappella – mehrob

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👍2
#Nuova_parola_con_la_foto
#Yangi_fotoli_soz

❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️

🇮🇹𝗔𝗹𝘁𝗮𝗹𝗲𝗻𝗮 —🇺🇿 𝗔𝗿𝗴'𝗶𝗺𝗰𝗵𝗼𝗾

🇮🇹𝗳𝗮𝗿𝗲 𝗹'𝗮𝗹𝘁𝗮𝗹𝗲𝗻𝗮—🇺🇿𝗔𝗿𝗴'𝗶𝗺𝗰𝗵𝗼𝗾 𝘂𝗰𝗵𝗺𝗼𝗾

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
🇮🇹La tradizione dice che quando abbracciamo qualcuno in modo sincero, guadagniamo un giorno di vita

#quando—qachon(ki)
#Abbracciarsi—quchoqlashmoq
#guadagnare—ishlab topmoq
#un_giorno_di_vita —bir kunlik hayot

🇺🇿Urf-odatlarimiz shuni aytadiki , qachonki biror bir insonni samimiylik ila bag'rimizga bossak , bir kunlik hayotni ishlab olgan bo'lamiz

P.Coelho

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
Gaplarni italyan tiliga tarjima qilish . Ko'ring , kiring va bilimingizni sinab ko'ring👇

https://test.initalia.uz/test1.html



⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣👉 Sul nostro sito https://www.initalia.uz 🇮🇹 troverete centinaia di esercizi di grammatica e lessico per poter perfezionare il vostro italiano.⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣
Il Pronome personale
( Kishilik olmoshi )
* Italyan tilida kishilik olmoshlari 2 ga bo’linadi : birlik va ko’plik .
* Kishilik olmoshlari shaxs va narsalarni anglatuvchi olmoshlardir .
* Kishilik olmoshlari bosh kelishikda ega vazifasida keladi va “ kim ? “ va “ nima ? “ so’roqlariga javob bo’ladi .


Kishilik olmoshi birlik Kishilik olmoshi ko’plik


I - shaxs io - men
II - shaxs tu - sen
III – shaxs lui - u (erkak)
III – shaxs lei - u (ayol )
III – shaxs Lei - siz( ayollar va erkaklarga nisbatan hurmat ma’nosida )


Kishilik olmoshi ko’plik

I - shaxs noi - biz ,bizlar
II - shaxs voi - sizlar
III – shaxs loro - ular


🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👍1
Il verbo “ ESSERE “
“ Essere “ fe’li

• “ ESSERE “ – bo’lmoq , hisoblanmoq fe’li hozirgi zamonda sono , sei , e’ , siamo , siete , sono shakllariga ega . U biror-bir shaxs yoki narsa haqida gapirilib , uning kimligi ,qarindoshligi , kayfiyati , nimaligi , qandayligi ,tashqi ko’rinishi , jismoniy imkoniyati , shaxsiy statusi , vaqt va sanani , biror bir narsaning rangini , biror bir kishining millatini va qayerdan ekanligini , joylashuvni va biror bir voqea-hodisaning joylashuvini va yana bir qancha narsalarni ifodalab kelganda ishlatiladi .

io + sono = men....man
tu + sei = sen...san
lui + e ‘ = u....dir (erkak)
lei + e ‘ = u ....dir (ayol )
noi + siamo = biz...miz
voi + siete = sizlar....lar(siz)
loro + sono = ular.....dirlar

•Shuningdek , “ essere “ yordamchi fe’l sifatida deyarli barcha italyan tili grammatikasi zamonlarida ( il passato prossimo , il trapassato prossimo , imperfetto , futuro anteriore , condizionale passate , congiuntivo passato , congiuntivo trapassato va trapassato remoto ) fe’l bilan to’g’ridan-to’g’ri ergashib keladi . Hozircha bularni keyingi darsr o'rganamiz


io sono uno \ lo studente – men talabaman

tu sei una \ la studentessa – sen talaba qizsan

lui \ lei e’ una \ la guida turistica – u gid-tarjimondir

noi siamo gli amici – biz do’stlarmiz

voi siete gli alunni – sizlar o’quvchilar(siz)

loro sono i ragazzi – ular o’g’il bolalardirlar

io sono un vero uzbeco – men haqiqiy o’zbekman ( millatni ifodalab kelmoqda)

il mio zaino e ‘ giallo – mening sumkam sariq(dir) (rangni ifodalab kelmoqda)

la mia casa e’ grande – mening uyim katta(dir) ( uyning qandayligi ifodalanmoqda)

Shahriyor e ‘ mio fratello – mening akam Shahriyor (dir) ( shaxsning kimligi ifodalandi)

Questa e ‘ una \ la matita - bu – qalam(dir) ( predmetning nima ekanligi ifodalandi)

La festa e’ al club – bazm klubda (bo’ladi , bo’lmoqda) ( voqea-hodisaning joylashuvi )

Di dove sei ? – qayerdansan ( shaxsning qayerdan ekanligi nazarda tutilmoqda)


🇮🇹@italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
👍31
#VOLERCI

VOLERCI ham unaqa qiyin mavzu emas , shunchaki 2 ta narsani farqini bilsak yetadi ya'ni bu 2 ta SHAKLGA EGA bo'lib " ketadi , sarflanadi , kerak bo'ladi " degan ma'nolarni anglatadi

1 ) Ci vuole —Birlikda
2 ) Ci vogliono—Ko'plikda

Misol uchun :

Ci vuole un anno dell'esperienza per lavorare come autista dell'azienda turistica — Firmaning shofyori sifatida ishlash uchun 1 yillik tajriba KERAK BO'LADI

* Ya'ni bu yerda UN ANNO(1YIL) birlikdagi gapni ifodalab kelmoqda


Ci vogliono diversi modi per raggiungire il nostro scopo principale— eng yuksak maqsadimizni amalga oshirish uchun bir qancha turli xil yo'llar KERAK BO'LADI
* Diversi modi(bir qancha turli xil yo'llar) bunda KO'PLIKDAGI OT bo'lmoqda


Agar ingliz tili bilan taqqoslayman desalaringiz bu IT TAKES ga to'g'ri keladi🙂
👍71
L'AGGETIVO " BELLO " ( BELLO(CHIROYLI) SIFATI


" Bello " so'zini ishlatish sizlar uchun biroz oddiy ko'rinishi mumkin ammo bu so'zning ham ishlatish qoidasi aniqrogi tuslash shakllari mavjud.

Bello — Chiroyli , yaxshi , zo'r , kelishgan degan ma'nolarni anglatadi va asosan OTDAN KEYIN ishlatilar edi ammo OTDAN OLDIN kelsa shakli o'zgarishi mumkin

Uning Mujskoy roddagi shakllari quyidagicha :

Mujskoy birlik / musjkoy Ko'plik

Bello / Begli
Bel / Bei
Bell' /Begli

Ya'ni BEGLI so'zi Z , PS , GN ,Y , X , S+undosh harflar oldidan kelsa va yana bir BEGLI esa UNLI HARFLAR oldidan keladi ( diqqat qiling faqat MUJSKOY ROD)

Misol uchun :

A Tashkent , c 'é un BELLO ZOO —Toshkentda ,bitta ajoyib hayvonot bog'i mavjud
* Z harfi bilan kelgani uchun Lo artikli qo'yilmoqda ya'ni BEL+LO= BELLO

Nazira ha molti BEGLI ANELLI —Nazirada ko'plab chiroyli uzuklar bor
* Musjkoy roddagi ot unli harf bilan ko'plikda kelgani bois BEGLI qo'yilmoqda

Il fidanzato di Munisa le ha comprato un BELL' ANELLO— Munisaning yigiti unga bir ajoyib uzuk sotib olib berdi
**** Shu kabi holat endi Birlikda kelmoqda va 2 ta unlini bira to'la talaffuz qilish xunuk eshitilishi bois bitta unli tushib qoladi yoki o'rniga apostrof ( ' ) ni qo'yamiz BELL' ANELLO

Nel giardino , ci sono tanti BEI FIORI — bog'da bir qancha CHIROYLI GULLAR bor

" Bei " so'zi undosh harflar bilan boshlangan otlar oldidan keladi

bel fiore / bei fiori
Chiroyli gul / chiroyli gullar
🇮🇹Italyan tilini o'rganish endi yanada oson chunki endi hech qanday izlanishlarsiz quyida berilgan sahifalarning ustiga bosgan holda sizga kerakli bo'lgan ma'lumotni bir zumda topishingiz mumkin . Imkon qadar ketma-ket qilishga harakat qildim va bu sizlarga yordam beradi degan umiddaman. Omad yor bo'lsin


👉Alifbo
👉Fonetika
👉Sonlar
👉Artikl
👉Kishilik olmoshlari
👉Egalik olmoshlari
👉Noaniq olmoshlar
👉Ko'rsatish olmoshlari
👉Pronomi diretti & indiretti
👉"Essere " fe'li
👉"Avere" fe'li
👉stare +gerundio
👉Presente Indicativo
👉Passato Prossimo
👉imperfetto
👉Futuro Semplice
👉Imperativo
👉Trapassato prossimo
👉Passato Remoto
👉Condizionale Semplice
👉Condizionale Composto
👉Congiuntivo 1-qism
👉Congiuntivo 2-qism
👉Circa e Verso
👉C'e' va Ci sono
👉Ma non / Tranne / Eccetto
👉Farcela
👉Volerci
👉Ot va son
👉Sifat darajalari
👉La particella " Ci "
👉La particella " Ne "
👉Ecco
👉Anzi&Anziche&Pocoanzi&anzitutto
👉NIsbiy olmoshlar
👉Sifatlovchi aniqlovchilar
👉Gia & Ancora
👉Ma&Pero&Tuttavia&Eppure&Bensi
👉Periodo ipotetico
👉Addirittura
👉Piuttosto
👉"Bello " sifati
👉" A" predlogi
👉" Di " predlogi
👉" Su " predlogi



🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
🔥1
#Grammatica
#Addirittura

Avvalambor, bu so'zning asl ma'nosi va yozilishini bilib olsak yaxshi bo'lar edi , ilgarilari bu so'z " A DIRITTURA " deb yozilib " to'g'ridan to'g'ri " degan ma'noni anglatatgan ammo hozirgi kunda bu so'zning yozilishi " Addirittura " hisoblanadi. Umuman olganda bu so'z 2 xil ma'noda ishlatiladi bular : " Bo'ktirib gapirish " va " gay'rioddiy qilish " kabi ma'nolarda ishlatiladi.

1⃣ " Addirittura " so'zi asosan " Perfino ( hatto ) " va " nientemeno (Ko'p emasu kam emas) " ma'nolarida ishlatilgan bo'lib biror bir narsaning sifatini va gapning mazmuni haddan ziyod g'ayrioddiy tarzda kuchaytirish uchun ishlatiladi va bu so'z Fe'l , Ot va Sifatdan so'ng ishlatiladi, masalan :

🇮🇹—Allora ti é piaciuto Avengers Endgame ?
—Un sacco ! Mi ha emozionato tantissimo ! Ero cosi accitato che alla fine del film ho addirittura sollevato il martello di Thor .
—Ma sei andato da solo al cinema ?
—No, c'erano tutti i miei amici , i miei parenti e addirittura i miei genitori !

🇺🇿—Xo'sh Avengers Endgame senga yoqdimi ?
—Judayam ! Meni juda ham to'lqinlantirdi ! Shu qadar hayajonda ushlab turdiki filmning oxirida hatto Thorning bolg'asini ko'tarib oldim.
—Sen kinoteatrga yolg'iz bordingmi ?
—Yo'q, u yerda men bilan do'stlarim, qarindoshlarim hattoki ota-onam ham bor edi.

2⃣ " Addirittura " so'zi yolg'iz holda kelsa " AJABLANISH, HAYRON QOLISH, TAN BERISH, " kabi ma'nolarda keladi va tarjimada " QOYIL, AJOYIB " deb tarjima qilinadi.

🇮🇹—Lo sai che oggi ho corso per 10 chilometri ?
— Addirittura ! Come hai fatto ? A me viene il fiatone dopo un paio di chilometri di camminata !

🇺🇿—Bugun 10 kilometrga yugurganimni bilasanmi ?
—Qoyil(ajoyib) ! Buni qanday qilding ? Qachonki men bir necha kilometr yugursam birdaniga nafasim qisiladi.


Diqqat ❗️❗️❗️

" Addirittura " so'zi har doim yolg'iz kelsa "hayron qolish , taajublanish " ma'nolarida kelavermaydi. Ba'zida bu so'z yolg'iz kelsa " Yengil kulib qo'yish " ma'nolarida keladi chunki sizga biror bir kishi g'alati so'zlarni aytsa siz uchun bu muhim emas va siz nomiga uni shu tariqa aldab qo'yishingiz mumkin.

🇮🇹—Sai che oggi ho comprato un vestito ai saldi ? Pensa che da 25 euro l'ho pagato solo 22.99 !
— Addirittura ! Questo si che é un'affare !

🇺🇿Bugun arzon narxda kiyim sotib olganimni bilasanmi ? O'zing o'ylab ko'r 25 yevrodan faqatgina 22.99 yevroga sotib oldim .
— ha yaxshi(yengil kulgi bilan). Bu juda yaxshi ish
Italyan tili kanalida hali hech qachon challenge qilmagan ekanmiz va shuni inobatga olgan holda " GET LIKE CHALLENGE " o'tqazamiz. Challengeda qatnashish uchun quyidagi yo'nalishlar bo'yicha omadingizni sinab ko'ring :

• —qo'lda chizilgan Italiya va O'zbekiston bayroqlari
• — Italyancha musiqa aytish
• — Italyancha she'r aytish
• — Italyancha tabrik(audio yoki video)
• — italyancha dialog(2 kishi uchun)
• — Video

Qaysi ishtirokchi ko'p " Like " olishini kuzatib boramiz .

Ishtirok etish uchun menga @Shokhrukhdinho99 murojaat qilishingiz mumkin. Bu shunchaki qiziqishni oshirish uchun


@italian_lan

https://www.initalia.uz
#1_ishtirokchi

❇️Nozima❇️

#Samarqand

Kanal linki : @italian_lan

Like👍 orqali qo'llab quvvatlang
#2_ishtirokchi

❇️Svetlana❇️

#Qoraqalpoqiston_Respublikasi

Kanal linki : @italian_lan

Like👍 orqali qo'llab quvvatlang
#3_ishtirokchi

❇️Judy❇️ nickname

#Kokand_Fergana

Kanal linki : @italian_lan

Like👍 orqali qo'llab quvvatlang