Italyan tili
1.79K subscribers
523 photos
106 videos
164 files
549 links
Download Telegram
21 Äîðîæêà 21
#Grammatica
#Il_Periodo_Ipotetico
#Murakkab_qushma_gapli_ergash_gaplar

Il Periodo Ipotetico(ingliz tilidagi IF li gaplar ) Italyan tilini o'rganuvchi talabalar uchun bilishi muhim bo'lgan mavzulardan biri hisoblanadi chunki juda ko'plab italyanlar (hazil emas) buni ishlatishda XATO QILADI .
Italyan tilida Il Periodo Ipotetico ning 3 ta turi mavjud bular :
1. REALTÁ(Haqiqatga yaqin) , 2.POSSIBILITÁ(Ehtimolga yaqin) , 3.IMPOSSIBLITÁ(imkonsiz )

Avvalambor 1 turini o'rganamiz
#Il_periodo_ipotetico_di_1_Tipo


1⃣ Aniq bir narsaga tayangan holda haqiqatga yaqin narsani ifoda etish uchun ishlatiladi va shuningdek 1 turning ham 4 ta qo'shimcha turi mavjud . Hozir esa yuqoridagi qoidaga binoan 4 ta turini ko'ramiz. Quyida gaplar qaysi holatdarda kelishiga diqqat bering. SE bog'lovchisi orqali shakllanadi.

1) Se + Presente Indicativo + Presente Indicativo

🇮🇹Se mangi troppo , ingrassi 🇺🇿Agar ko'p yesang , semirib ketasan

2 ) Se + Presente Indicativo + Futuro Indicativo

🇮🇹Se piove , non andro al cinema —🇺🇿Agar yomg'ir yoqsa, kinoteatrga bormayman

3 ) Se + Futuro Indicativo + Futuro Indicativo

🇮🇹Se passero l'esame , festeggero con i miei amici—🇺🇿Agar imtihondan o'tsam, do'stlarim bilan nishonlayman

4 ) Se + Presente Indicativo + Imperativo

🇮🇹Se vai a Samarcanda , portami un souvenir —🇺🇿agar Samarqandga borsang menga suviner olib kel


#Il_periodo_ipotetico_di_2_Tipo

2⃣Biror bir tahminiy narsani ehtimolga yaqinligini ifodalash uchun ishlatiladi va bu hodisa qanday yakunlanishini hech kim bilmaydi ( yo amalga oshadi yoki yo'q ) va bu faqatgina quyidagi Forma orqali ifoda etiladi :

1 ) Se + CONGIUNTIVO Imperfetto + Condizionale Presente

🇮🇹Se fossi ricco , mi trasferirei a New York —🇺🇿Agar badavlat bo'lganimda , New yorkga ko'chib ketgan bo'lar edim


Il_periodo_ipotetico_di_3_Tipo

3⃣Imkonsiz bo'lgan va o'tgan zamonda sodir bo'lib hozir yana qayta bo'lishi imkonsiz bo'lgan ish harakatga nisbatan ishlatiladi. Va bu formaning ham faqatgina 1 ta shakli bor ya'ni :

Se + CONGIUNTIVO Trapassato + Condizionale Passato

🇮🇹Se avessi avuto un aereo privato , avrei girato tutto il mondo —🇺🇿Agar shaxsiy samolyotim bo'lganida butun dunyoni aylanib chiqgan bo:lar edim


❗️❗️❗️ Shuningdek Periodo Ipotetico Misto(Murakkab aralash ergash gapli qo:shma gap ) ham mavjud bo'lib u o'tgan zamonda sodir bo'lgan ish harakatning hozirgi voqealik bilan bog'lash uchun ishlatiladi va uning grammatik formulasi quyidagicha

Se + CONGIUNTIVO Trapassato + Condizionale Presente

🇮🇹Se avessi studiato giurisprudenza , ora sarei un avvocato —🇺🇿Agar Yurispridensiyani o'qiganingda hozir advokat bo'lgan bo'lar eding
😁2
Fikrga qo'shilish va tasdiqlash italyan tilida

🇮🇹Naturalmente! - 🇺🇿tabiiy ravishda ! Albatta !
🇮🇹Сеrto! - 🇺🇿albatta
🇮🇹Indubbiamente! - 🇺🇿shak-shubhasiz
🇮🇹Senz'altro! - 🇺🇿albatta
🇮🇹Bene! --🇺🇿Yaxshi
🇮🇹Molto bene --🇺🇿juda yaxshi
Eccellente! -🇺🇿 A'lo, mukammal
🇮🇹D'accordo --🇺🇿Kelishdik

🇮🇹Va bene - 🇺🇿Yaxshi
🇮🇹Сon molto piacere -🇺🇿 katta mamnuniyat bilan
🇮🇹Сhe fortuna! - 🇺🇿Qanday baxt
🇮🇹Lei ha ragione --🇺🇿Siz haqsiz

🇮🇹Hai ragione --🇺🇿sen haqsan
🇮🇹Sono d'accordo - 🇺🇿men roziman
🇮🇹Non ho nulla in contrario --🇺🇿Umuman qarshi emasman
🇮🇹è vero -🇺🇿bu to'g'ri

🇮🇹Sono contento - 🇺🇿men mamnunman, xursandman
🇮🇹Mi piace -🇺🇿men yoqtiraman
🇮🇹Mi è piaciuto--🇺🇿menga yoqdi
Nutqimiz chiroyli chiqishi uchun ba'zida muhim bir birikmalardan foydalanishimiz kerak bo'ladi. Quyida muhim birikmalardan bir qanchasi

SECONDO IL ... — ....ga ko'ra

A PARTE IL ... -ni hisobga olmaganda , dan bo'lak

QUANTO A...—... ga kelsak

MA PER— ...bo'lmaganda

PER MEZZO DI — vositasida

IN ACCORDO CON— ...ga ko'ra

RISPETTO A—....bilan taqqoslaganda

PARAGONANDOLO/A A—bilan taqqoslaganda

IN CONFORMITA' CON— ...ga ko'ra

a conseguenza di —...ning natijasida

A FAVORE DI—...ning foydasiga

DA PARTE DI—...ning nomidan

SOGGETTO A— sharti bilan

RIGUARDO A—haqida , to'g'risida

FORNITO DI—bo'lsagina , sharti bilan

VISTO CHE —...bilib , madomiki

SUPPONENDO CHE—aytaylik , faraz qilaylik

PIU' O MENO —bundan tashqari

INOLTRE—bundan tashqari , qo'shimcha tarzda

COME SE— xuddi , go'yo

A CONDIZIONE CHE—...sharti bilan

TANTO ... QUANTO ...— dek..dek

DI—...dan ko'ra

CON IL RISULTATO DI—..ning natijasida

UNA VOLTA CHE—gach , bilanoq

finora—hozirgacha

AL CONTRARIO DI—shunga zid tarzda

EVENTUALMENTE—axir , vaqti kelib

NEL FRATTEMPO—huddi shu paytda

VICE VERSA—huddi shuning teskarisi

QUINDI—shu sababdan

NONOSTANTE—ning tasirisiz

ALLO STESSO MODO—xuddi shu usulda

A PARTE IL—dan tashqari ,bo'lak

COME DI CONSUETO—shu tufayli

INFATTI/APPUNTO—chindan ham , rostdan ham

FIN QUANDO—gacha

@italian_lan
🇮🇹Se la gente parla tu lasciala parlare. Ricorda che i perdenti parlano mentre i vincenti agiscono.

#parlare—gapirmoq
#perdenti—omadsizlar , mag'lublar
#vincenti—g'oliblar

🇺🇿Agar odamlar gapirayotgan bo'lsa , qo'yaver ular gapiraversin. Omadsizlar " g'o'liblar " harakat qilganida gapirishini unutma.
#nuove_parole
#sinonimi

❇️🇮🇹❇️
1)Abbandonare —Tashlab ketmoq
2)Lasciare—Tashlab ketmoq
3)Rinunziare—tashlab ketmoq

❇️🇮🇹❇️
1)Abbastanza—yetarli
2)a sufficienza—yetarli dajarada
3)sufficientemente—yetarli

❇️🇮🇹❇️
1)Abitante—yashovchi kishi
2) Residente—yashovchi kishi

❇️🇮🇹❇️
1)Abitudine—odatlanish
2)Consuetudine—odatlanish
3)Assuefazione—o'rganish odat

❇️🇮🇹❇️
1)Accadere—sodir bo'lmoq
2)Succedere—sodir bo'lmoq
3) capitare—sodir bo'lmoq
4) avvenire—sodir bo'lmoq

❇️🇮🇹❇️
1)accento— talaffuz
2) pronuncia—talaffuz
3)intonazione—talaffuz

❇️🇮🇹❇️
1)accettare—qabul qilmoq , rozi bo'lmoq
2) accogliere—qabul qilmoq
3)dire di si —rozi bo'lmoq

❇️🇮🇹❇️
1)accorgersi—tushunmoq
2)capire—tushunmoq
3)rendersi conto—tushunmoq
4) comprendere—tushunmoq


@italian_lan
#Grammatica
#Preposizione
#Su

" #Su " predlogi asosan " 𝗬𝘂𝗾𝗼𝗿𝗶𝗱𝗮 , 𝘂𝘀𝘁𝗶𝗱𝗮 , 𝗵𝗮𝗾𝗶𝗱𝗮 , 𝗮𝘁𝗿𝗼𝗳𝗶𝗱𝗮 , 𝗰𝗵𝗮𝗺𝗮𝘀𝗶 " ma'nolarida ishlatiladi.

#Su predlogi quyidagi hollarda ishlatiladi :

1⃣Tarkib , mazmun

🇮🇹É un libro su Picasso —. 🇺🇿Bu Pikasso 𝗵𝗮𝗾𝗶𝗱𝗮gi kitob.


2⃣Yoshni chamalash

🇮🇹Quel bambino ha sui dieci anni —🇺🇿Bu bolakay 𝗰𝗵𝗮𝗺𝗮𝘀𝗶 10 yoshlarda


3⃣Joydagi holat

🇮🇹Il tappeto é sul pavimento —🇺🇿 Gilam pol 𝘂𝘀𝘁𝗶𝗱𝗮.


4⃣Bir joyga yo'nalish

🇮🇹Andiamo sul balcone —🇺🇿 Ayvonga chiqamiz


5⃣Vaqt

🇮🇹Vediamoci sul tardi —🇺🇿Kechroq ko'rishamiz


6⃣Son va hajm

🇮🇹Pesa sui sessanta chili —🇺🇿Og'irligi 60 kg 𝗮𝘁𝗿𝗼𝗳𝗶𝗱𝗮

7⃣Holat

🇮🇹Lui lavora su commissione —U buyurtmalar 𝘂𝘀𝘁𝗶𝗱𝗮 ishlayapti


8⃣Turli xildagi bo'linishlar

🇮🇹Ci sono solo tre studenti bravi su sette — 7 talaba orasidan faqat 3 tasi qobiliyatli

🇮🇹 @italian_lan 🇮🇹

🇮🇹 https://www.initalia.uz 🇮🇹
#Grammatica
#Ma_Pero_Tuttavia_Eppure_Bensi

Yuqorida ko'rib turgan so'zlar italyan tilida Le congiunzioni avversative( Zidlovchi bog'lovchilar )deb ataladi va gapda ma'lum bir darajada o'z o'rniga ega grammatikaning bir qismi hisoblanadi. Tartib bilan boshlagan holda birinchi o'rganmoqchi bo'lgan Zid Bog'lovchilari bu — MA va PERÓ

#Ma_Pero
" Ma " bog'lovchisi biror bir aytilgan narsaga / fikrga TO'LIQ QARSHILIK ifodalash uchun ishlatilib " Ammo , biroq , lekin " deb tarjima qilinadi.

" Ma " har doim ikkinchi gapning boshida keladi , m-n :
🇮🇹Leggo molti libri ma non leggo riviste —🇺🇿Juda ham ko'plab kitob o'qiyman ammo jurnal o'qimayman

" Pero " ham shu taqlid bir xil tarzda gapda ishlatiladi ya'ni ikkinchi gapning boshida va tarjimasi ham " Ma " bog'lovchisi kabi bir xildir,, m-n :
🇮🇹Leggo molti libri pero non leggo riviste —🇺🇿Juda ham ko'plab kitob o'qiyman ammo jurnal o'qimayman

Shuningdek, " Pero " gapning oxirida yakka holda ham kelishi mumkin , masalan :
🇮🇹Leggo molti libri ;non leggo riviste, peró.

Endi esa navbat TUTTAVIA va EPPURE zid bog'lovchilariga

#TUTTAVIA_EPPURE

" Tuttavia " va " Eppure " biror bir narsa va fikrga QISMAN QARSHI bo'lish uchun ishlatiladi garchi aytilgan so'zga qoniqarli javob berilgan bo'lsada qarshi fikr ifodalaniladi va uning tarjimasi " Biroq, ammo , lekin , shunga qaramay , shunga qaramasdan " deb tarjima qilinadi. Masalan :
🇮🇹Mi piace camminare , tuttavia prendo sempre l'autobus —🇺🇿menga yayov(peshkom ) yurish yoqsa ham ammo shunga qaramay baribir har doim avtobusda qatnayman

🇮🇹Mi piace camminare , eppure prendo sempre l'autobus—🇺🇿Menga yayov(peshkom) yurish yoqsa ham ammo shunga qaramay baribir har doim avtobusda qatnayman.

Zid ma'noni ifodalashning yana boshqa usuli quyidagi misolda aks etadi
🇮🇹Mi piace camminare e " nonostante ` cio io prendo sempre un mezzo di trasporto—🇺🇿men yayov(peshkom) yurishni yaxshi ko'raman ammo shunga qaramasdan baribir jamoat transportidan foydalanaman

Ammo " Tuttavia va Eppure " zid bog'lovchilarining ishlatish normasi chegaralangan bo'lib u har doim ham ZID MA'NO BERMAYDI, masalan :
🇮🇹Leggo molti libri , tuttavia / eppure non leggo riviste Bu misolda qarama qarshilik mavjud emas shu bois e'tiborli bo'lish kerak qaysi zid bog'lovchisi qachon va qanday hollarda ishlatilishiga.

Endi esa " BENSÍ " bog'lovchisining qo'llanilish formasiga e'tibor qaratamiz

" Bensí " to'liq qarshilikni ifodalash uchun ishlatiladi xuddi MA va PERÓ kabi ammo uning ishlatilish qoidasidagi eng muhim omil quyidagicha :
" Bensí " gapning 2-qismida keladi AGAR 1-gap INKOR gap bo'lsa, va uning tarjimasi " Yaxshisi , buning o'rniga , hech bo'lmasa bu yerga , ammo bu bo'lishi mumkin " kabi tarjima qilinadi , masalan :

🇮🇹Non vado in vacanza al mare , bensi in montagna —🇺🇿ta'til payti dengizga bormayman, ammo o'rniga to'g'ga boraman / tog' ma'qul

🇮🇹Non prendo l'autobus , bensí vado a piedi —🇺🇿avtobus ushlamayman , yaxshisi yayov(peshkom) boraman

Quyidagi holatlarda BENSI umuman ISHLATILMAYDI

🇮🇹Vado in vacanza al mare, bensi non in montagna —🇺🇿ta'til payti dengizga boraman, yaxshisi tog'ga bormayman
( Birinchi gap INKOR EMAS va shu bois bu gap xato )

🇮🇹Prendo l'autobus, bensi non vado a piedi —🇺🇿Avtobus olaman, yaxshisi peshkom bormayman (Birinchi gap INKOR EMAS va shu bois xato )
👍1
☑️ LIGHTMAN GROUP kompaniyasi sizga komakdosh hamkor bo'lib♻️

🇮🇹Italiya davlatida
🌃 Rim, Turin, Vinetsiya, Siena, Pisa, Florensiya shaharlarida

Foundation 1 yil
Bakalavr 3 yil
Magistratura 2 yil
Doktorantura 3 yil

📙Yo'nalish:
Deyarli barchasi bor

2021 yil Sentyabr uchun
👨‍💻👩‍💻GRANT bepul o'qish
🛌🚪🛋Yotoqxona bepul
💶 💵 STIPENDIYA 400€ 🤑🤑 oyiga
🧾Hech qanday imtihonlarsiz
❗️❗️❗️IELTS 5.5 / 6.0 / 6.5 kerak
⚠️Ingliz tilida bakalavr bitiruvchilari uchun IELTS shart emas.
Diplom baholari GPA 60%

Telefonlar📞
+998-97-9517700
+998-97-9527700

Direct:
@Toshkent_scholarships

Telegram channel: @lightmangroupconsulting


#Reklama
tema d'oggi : Stare + Gerundio

Gerundiy o'zi aslida katta zamon hisoblanadi ammo hozir sizlarga faqat STARE + GERUNDIO mavzusini o'tib bermoqchiman . Avvalambor , STARE yordamchi fe'lini kishilik olmoshlari bilan yonma-yon qo'yilishini ko'rib olsak

io+ sto
Tu +stai
👨Lui+ sta
👩‍🦰Lei + sta
Noi + stiamo
Voi + state
Loro + stanno

Stare yordamchi fe'lini tuslagandan so'ng biz endi ASOSIY FE'LNI ham tuslashlarini bilib olishimiz kerak ya'ni bunda :

—Are— bilan tugaydigan fe'llarga — Ando — qo'shimchasi ni qo'shamiz va gapda RE tushib qoladi

Ascoltare—Ascoltando
Parlare—Parlando

Ere— va —Ire— bilan tugaydigan fe'llarga faqatgina —Endo— qo'shimchasini qo'shamiz va RE tushib qoladi

Vedere—Vedendo
Sentire—Sentendo
Finire—Finendo

Ando
va Endo o'zbek tilidagi —Yap—degan qo'shimchaga teng ma'no hisoblanadi.

Endi esa Stare + Gerundio ni bemalol tuslanish shaklini bilib oldik ya'ni :

io +sto + ascoltando
Men eshitYAPman

Tu + stai + parlando
Sen gapirYAPsan

Lui + sta + lavorando
U ishlaYAPti

Lei + sta vedendo
U ko'raYAPti

Noi + stiamo + finendo
Biz tugatYAPmiz

Voi + state + giocando
Sizlar o'ynaYAPsizlar
Stare + Gerundio ishlatilish quyidagi holatlarda uchrashi mumkin :

1️⃣ aynan hozir davom etayotgan ish harakatni ifodalash uchun , masalan :

Noi stiamo imparando l'italiano sull'internet—Biz internetda Italyan tilini o'rganYAPmiz


2️⃣ Gapiralotgan vaqt atrofida sodir bo'layotgan , bir necha kun davomida sodir bo'layotgan yoki boshlanib hali tugallanmagan ish-harakatni ifodalaydi , masalan :

io sto leggendo un bel libro in questi giorni —Men shu kunlarda bir ajoyib kitob o'qiYAPman

3️⃣O'zgaruvchan vaziyatlarga nisbatan ham ishlatiladi, masalan :

i prezzi si stanno aumentando cosi velocemente —Narxlar juda tez o'sib borYAPti
* Si qo'yishim sababi bu PASSIV gap ya'ni egasi nomalum gap. Buni keyingi darsda tushuntiraman

4️⃣vaqtinchalik vaziyatlarga nisbatan ham ishlatilishi mumkin , masalan :

Il mio cellulare non sta lavorando O funzionando—Mening telefonim ishlamaYAPti

Bu mavzu minneey olib qarasak ingliz tilidagi HOZIRGI DAVOMLI ZAMONga to'g'ri ham keladi ya'ni ishlatilish formasi bir xil
🇮🇹"Il tempo guarisce tutti i mali."

#tempo—vaqt
#Guarire—davolamoq

🇺🇿Vaqt barcha uqubatlaring davosidir
#Booooommmm

Italyan tili kanali o'z faoliyatini boshlagandan buyon bir qancha xohish bildirgan kanal obunachilari online til kurslarida qatnashishdi , va BOT ga kelib tushayotgan xabar va iltimoslarga tayangan holda shuni ma'lum qilamizki , YANGI ONLINE ITALYAN TILI KURSI ochilmoqda.

Online kurs quyidagilarni o'z ichiga oladi :
❇️ — Grammatika
❇️ — Matn tarjima qilish
❇️ — Gapirish
❇️ — Eshitish ko'nikmasi
❇️ — Yozish ko'nikmasi
❇️ — Viktorina o'yinlar

Bu hali hammasi emas , zero KURSning SUPER USTUNligi quyidagilar :
❇️ — Gapirish ko'nikmasi mahalliy Italyan o'qituvchi bilan birga #Live olib boriladi
❇️ — Kursni eng yaxshi tugatgan 1 nafar o'quvchiga 1 oylik PULI QAYTARIB BERILADI
❇️ — Yangi o'quvchi taklif etgan o'quvchi 20.000 so'm bilan mukofotlanadi

Dars 2 soat haftasiga 3 marotaba olib boriladi

Kurs narxi : 120.000 so'm


P.S : Darslar faqat TELEGRAM orqali o'tiladi , va GAPIRISH ko'nikmasi esa ZOOM orqali&Telegram audiocall &Videocall&Phone call



Bog'lanish uchun : @Shokhrukhdinho99
Italyan tili pinned «#Booooommmm Italyan tili kanali o'z faoliyatini boshlagandan buyon bir qancha xohish bildirgan kanal obunachilari online til kurslarida qatnashishdi , va BOT ga kelib tushayotgan xabar va iltimoslarga tayangan holda shuni ma'lum qilamizki , YANGI ONLINE…»
🇮🇹la sveglia -🇺🇿Budilnik

🇮🇹la mattina --🇺🇿ertalab, tong sahar☀️

🇮🇹alzarsi -🇺🇿o'rnidan turish⬆️

🇮🇹fare colazione -🇺🇿nonushta qilmoq🍳🥚🍪

🇮🇹la colazione -🇺🇿Nonushta🍳🥚🍶

🇮🇹rifare il letto -🇺🇿yotoqni tartibga keltirmoq🛏

🇮🇹lavarsi la faccia/ il viso--🇺🇿Yuz/betni yuvmoq 🙇‍♂

🇮🇹il sapone --🇺🇿sovun🧼

🇮🇹il deodorante --🇺🇿dezodarant🧯

🇺🇿la crema per il viso --🇺🇿yuzga surtiladigan krem🧯

🇮🇹lavare i denti --🇺🇿tishlarni yuvmoq🦷

🇮🇹il dentifricio --🇺🇿tish shotkasi

🇮🇹lo spazzolino--🇺🇿tish pastasi

🇮🇹farsi la barba --🇺🇿soqol olmoq💇‍♂

🇮🇹andare in cucina --🇺🇿oshxonaga bormoq🏠

🇮🇹bere il caffe'/ il succo di frutta --🇺🇿Kofe/meva sharbati ichmoq☕️🍷

🇮🇹vestirsi --🇺🇿kiyinmoq👮‍♂

🇮🇹mettersi le scarpe --🇺🇿oyoq kiyimni kiymoq🥾👠

🇮🇹uscire di casa --🇺🇿uydan chiqmoq🏢

🇮🇹andare al lavoro/ a scuola--🇺🇿 ishga/maktabga bormoq🏨
👍2
#Nuova_espressione
#yangi_ibora


Italyan tilida shunday so'zlar borki ular ma'lum bir darajada mashxur va hammaga tanishdir . Biz bunday so'zlarni IDIOMA deb ataymiz. Misol uchun biz ko'pincha ishlatadigan so'z "Tank" ya'ni " sizni har tomonlama qo'llab quvvatlovchi inson" sifatida bilamiz .Italyanlarda ham shunaqa ajoyib millat uchun ma'lum bir so'zlar borki ular kundalik hayotda juda ham tez-tez ishlatiladi. Hozir men sizlarga ba'zilarini yozib ko'rsataman , diqqat e'tibor :

1⃣ In bocca al lupo (bo'rining og'zida)

Bu so'z asosan xonanda va musiqachilar uchun sahnaga chiqishdan oldin aytiladigan so'z hisoblanadi. Bu so'zning asl tarjima ma'nosi "OMAD" hisoblanadi. Bilamizki Italyan tilida OMAD so'zi BUONA FORTUNA deb yoziladi ammo italyanlar BUONA FORTUNA(OMAD) degan so'zni eshitishni yomon ko'rishadi va ular IN BOCCA AL LUPO(OMAD) so'zini aytishga odatlanishgan. Italyanlar urf-odatlariga ko'ra agar siz ularga BUONA FORTUNA (OMAD) desangiz bu aksincha ularga omadsizlik olib keladi. IN BOCCA AL LUPO(Bo'rining og'zida) so'zi mifik egizak qahramonlar bo'lmish REM va ROMUL tasavvurridan kelib chiqgan deyishadi chunki bilamizki Ona bo'ri bu ikki go'dakni o'z og'zida ko'tarib ularga mehr bergan va shuning uchun IN BOCCA AL LUPO(Bo'rining og'zida bo'lish) bu yomon gap emas. Va shuningdek bu so'z aytilganda so'ng tashakkur ma'nosida "GRAZIE" so'zi ishlatilmaydi bu ham ular uchun yomon javob hisoblanadi va shu bois OMAD degan so'zni aytgandan keyin unga javoban "CREPI IL LUPO(Bo'rini yo'q qil)" yoki qisqagina "Crepi" deb aytishingiz mumkin.

@italian_lan
Do'konlarda bo'lganimizda kerak bo'ladigan so'zlar...

🛍🇺🇿eng yaqin do'kon qayerda joylashgan –🇮🇹 Dov’è il supermercato più vicino?

🛍🇺🇿sizga qanday yordam berishim mumkin – 🇮🇹In che cosa posso aiutarLa?

🛍🇺🇿Assalamu alaykum, men....ni sotib olmoqchiman –🇮🇹Buongiorno, vorrei comprare…..
⠀⠀⠀⠀
🛍🇺🇿 Men shunchaki qarab chiqmoqchiman- Vorrei solo dare un’occhiata….

🛍 🇺🇿Kechirasizlar, sizlarda....bormi- 🇮🇹Scusi, avete……

🛍🇺🇿Kechirasiz, mana buni kiyib ko'rsam bo'ladimi– 🇮🇹Scusi, posso provare questo…..?
⠀⠀⠀⠀

🛍🇺🇿 Bu qancha turadi- Quanto costa?

🛍🇺🇿 Men tushunmayapman iltimos, narxni yozib ko'rsata olasizmi– 🇮🇹Non capisco. Per favore, mi scriva il prezzo.

🛍🇺🇿Menga yana boshqa birontasini ko'rsata olasizmi – 🇮🇹Mi può mostrare qualcos’altro? Mi può far vedere qualcos'altro?
⠀⠀⠀⠀
🛍🇺🇿Shunisi menga ko'proq yoqdi –🇮🇹 Questo mi piace di più.

🛍yaxshi, unda shuni olaman– Vа bene, lo prendo.

🛍🇺🇿Sizlar Kredit karta olasizlarmi – 🇮🇹Accettate carte di credito?

🛍🇺🇿Sizlar sovg'ali o'ram(upakovka) qilib bera olasizlarmi –🇮🇹 Mi può fare una confezione regalo? Mi può fare un pacchetto regalo?
👍1
Assalomu alaykum azizlar. Sizlarga ajoyib yangilik! 🤩🤩🥳🥳 O'zbek tili orqali yuqori bilimli mutaxassislar yordamida chet tillarini o'rganing, hamda betakror talaffuzingiz bilan barchani lol qoldiring. Taklif qilinadigan tillar:
Il PRESENTE INDICATIVO quyidagi holatlarda ishlatiladi

1⃣har kuni tez-tez sodir bo'lib turadigan ish harakat(maktabga borishingiz va qaytishingiz, ovqat yeyishingiz va hokazo )
Misol uchun : Tu vai a scuola ogni giorno(sen har kuni maktabga borasan)

2⃣ Transport harakatining harakatlanish jadvallari(avtobus,taksi,samolyot) misol uchun : l'autobus parte per Tashkent dopo un po di tempo quasi alle 09:00( biroz vaqt o'tgandan keyin deyarli soat 09:00lardanso'ng Avtobus Toshkentga jo'nab ketadi

3⃣Mutloq haqiqatlarga nisbatan ishlatiladi misol uchun : L'acqua bolle a 100 gradi( suv 100 gradusda qaynaydi)

4⃣ Umumiy ma'lumotlarni so'raganda misol uchun : cosa fai( qanday kasbda ishlaysiz, nima ish qilasiz )

5⃣ Quyidagi so'zlar bilan kelganda :
A volte(ba'zan)

Di solito(ko'pincha, asosiy paytlar, asosan)

Spesso(tez-tez )

Raramente( juda kamdan kam vaziyatda)

Sempre( har doim)

Ogni giorno,mese,anno( har kun,oy, yil)

Misollar :
🇮🇹A volte preferisco andare al mare per nuotare----🇺🇿 ba'zan dengizga borib suzishni ma'qul ko'raman

🇮🇹Di solito faccio gli esercizi di grammatica nella lingua italiana---🇺🇿 ko'pincha italyan tilidan grammatikaga oid mashqlar bajaraman

🇮🇹 vado spesso a palestra per giocare a calcio---🇺🇿 futbol o'ynash uchun tez tez maydonga boraman

🇮🇹Raramente la nostra facoltá organizza una competizione per il calcio---🇺🇿kamdan kam vaziyatlarda bizning fakultetimiz futbol bo'yicha musobaqa tashkillashtiradi

🇮🇹dove vai sempre dopo le lezioni---🇺🇿 darsdan keyin har doim qayerga borasan

🇮🇹 Ogni giorno,mese,anno mangio il gelato stupendo--🇺🇿 har kun, oy, yil ajoyib muzqaymoq yeyman

6⃣ Futbol sharhlovchilari sharhlayotganda
Di Natale da la palla a Francesco Totti--- Di natale to'pni Franchesko Tottiga oshirdi

@italian_lan
https://www.initalia.uz
Presente INDICATIVO da fe'llar har bir olmoshga qaram o'zgarib boradi

Io giocO-men o'ynayman
Tu giochI--sen o'ynaysan
Lui/Lei giocA--u o'ynaydi
Noi giochIAMO--bizlar o'ynaymiz
Voi giocATE-sizlar o'ynaysizlar
Loro giocANO-ular o'ynaydi

@italian_lan
https://www.initalia.uz