Italyan tili
1.8K subscribers
523 photos
106 videos
164 files
549 links
Download Telegram
📃 Titolo: Decameron
📚 Trama: Shu yerga bosing
🖋 Autore: Giovanni Boccaccio

✍️ @italian_lan
👍1
Decameron
@audible_maw
#Grammatica

🇺🇿 Giá va Ancora payt ravishlarining qo'llanilish tartibi

Har bir til o'z grammatik nazariyasidan kelib chiqgan holda har bir so'zning ma'nolari va qo'llanilish tartibiga ega hisoblanadi. Ko'pchilik Italyanlar Giá , Ancora payt ravishlarini butun bir kun davomida juda ham ko'p marotaba ishlatishini inobatga olgan holda hozirgi sizlarga tushuntirmoqchi bo'lgan mavzum aynan shu payt ravishlariga bog'liqdir. Tartib bilan boshlagan holda avvalambor Giá ( allaqachon ) payt ravishining ishlatilish mezonlariga etibor qaratamiz

#Giá

1⃣ Biror bir voqea-hodisaning oldinroq sodir bo'lganligini ifodalash uchun, masalan :

🇮🇹Il Presidente ha giá parlato—🇺🇿Prezident allaqachon nutq so'zladi

🇮🇹Mohinabonu é giá tornata dal viaggio—🇺🇿 Mohinabonu allaqachon sayohatdan qaytgan

Ko'rib turganingizdek, qachonki GIÁ payt ravishini ifodalamoqchi bo'lsak har doim Il Passato Prossimo(o'tgan zamon)qo'llaymiz va yordamchi fe'llarni (Essere va Avere ) il Participio Passatoda tuslaymiz

2⃣Biror bir narsani oldindan payqab uni hayratlanish, ajablanish orqali ifodalaganda( asosan bu kabi holatlar Undov va buyruq gaplarda uchraydi ), masalan :

🇮🇹Siamo giá a Natale ? —🇺🇿Biz allaqachon Rojdestvo kuni keldikmi ?( Xuddi bilmagandek o'zini tutmoqda, 😁)

🇮🇹Perche ti stai fermando al distributore ? Abbiamo giá finito la benzina ! —🇺🇿Nega benzakalonka(Zapravka)ga to'xtayapsan ? Benzinimiz allaqachon tugadi. ( Zapravkaga faqat 1 ta maqsadda hamma to'xtaydi va oldidagi yo'lovchi bila turib shuni aytmoqda )

3⃣Biror bir voqea hodisaning ancha vaqt davom etayotganligini ifodalaganda ishlatiladi va bu asosan negativ ma'noda qo'llaniladi, masalan :

🇮🇹Piove giá da qualche ora e sembra che non voler smettere —🇺🇿Yomg'ir ancha soatdan beri yoqmoqda va bu to'xtamaydigan ko'rinadi

4⃣ Biror bir narsaning o'tgan zamonda sodir bo'lishi mumkin ekanligini ammo sodir bo'lmaganini ifodalaganda

🇮🇹A quest'ora avremmo giá dovuto consegnare il progetto ma ancora dobbiamo iniziare —🇺🇿O'sha payti bu loyihani allaqachon amalga oshirsak bo'lar edi ammo hozir ham boshlasak bo'ladi

5⃣Biror bir narsa bo'yicha samimiy fikr ifodalaganda va mutqalo fikrga qo'shilmoqchi bo'lganida va shuningdek ALBATTA, BUNI BILAMAN kabi ma'nolarni anglatadi

🇮🇹 —questo esercizio é difficilissimo ! Non riusciremo mai a farlo !

Giá

🇺🇿—Bu mashq juda va juda qiyin ! Buni umuman bajara olmaymiz !

—Buni bilaman(albatta)


Birozdan so'ng "Ancora " payt ravishini haqida ma'lumot beraman
#Grammatica
#2qism


#Ancora ( hali ham, haliyam, hozirgacha, yana, yana bir bor ) payt ravishining ishlatilish qoidalari

#Ancora

1⃣Biror bir davomiy voqea-hodisani ifodalaganda ishlatiladi , va shuningdek biror bir inkor negativ ma'no tariqasida ham ishlatiladi agar biror bir narsa gapirilayotgan lahzagacha amalga oshmagan bo'lsa, masalan :

🇮🇹 Shokhrukh non é tornato : é ancora in ufficio —🇺🇿Shohrux hali ham qaytmadi : u ofisda

🇮🇹La tua lettera non é ancora arrivata —🇺🇿sening xating hali ham kelmadi

2⃣Biror bir ma'lum vaqtdan so'ng yana bir boshqa narsa davom etishini nazarda tutmoqchi bo'lganda ishlatiladi va HALI YANA deb tarjima qilinadi, masalan :

🇮🇹Dopo il liceo, dovrai studiare ancora . C' é l'Universitá che ti aspetta —🇺🇿Litseyni tugatgandan so'ng hali yana o'qishing kerak bo'ladi. Universitet seni kutmoqda

3⃣ Shuningdek yana bir bor , yana kabi ma'nolarida kelganda , masalan :

🇮🇹La Pakhtakor ha vinto ancora 🇺🇿Paxtakor yana yutdi

4⃣ shuningdek Hattoki, Dan ham kabi ma'nolarda keladi, masalan :

🇮🇹Il secondo libro di questo autore é ancora piu bello del primo —🇺🇿 muallifning ikkinchi kitobi hatto Birinchisidan ko'ra ancha zo'r

5⃣Qachonki biror bir narsani yana biroz xohlasak masalan yeyish va ichish uchun, PIU ni ishlatmaymiz aksincha ancora ni ishlatamiz , masalan :

🇮🇹 —Vuoi ancora del caffé ? —Certo ! Dammene ancora 🇺🇿—Yana biroz kofe xohlaysizmi ? —albatta ! Menga yana biroz bering(quying)
LaGazzettaDelloSport 17-01-22.pdf
15.2 MB
Italiyaning eng mashxur sport gazetasi #La_gazzetta_dello_sport bugungi 17.01.2021 nashri
🔸🇮🇹 Ti invito al ristorante. -🇺🇿 Men seni Restoranga taklif qilaman.

🔸 🇮🇹Dove c'incontriamo?-🇺🇿 Qayerda uchrashamiz

🔸🇮🇹 Stavolta tocca a me – 🇺🇿Bu safar mening navbatim( to'lash )

🔸🇮🇹 Pago io! - No no, stavolta pago io! – 🇺🇿 Men to'layman ! Yo'q yo'q , bu safar men to'layman

🔸 🇮🇹Allora io offro il cocktail dopo cena –🇺🇿 Unday bo'lsa kechki ovqatdan keyin Kokteyl bilan mehmon qilaman

🔸 🇮🇹Ceniamo insieme da qualche parte? –🇺🇿 Biror joyda kechki payt ovqatlanamizmi

🔸🇮🇹 Domani sera ti invito a cena – 🇺🇿Ertaga kechqurun seni kechki ovqatga taklif etaman

🔸🇮🇹 Insisto per pagare io – 🇺🇿Men to'lashimni eslatib qo'ymoqchiman

🔸 🇮🇹Grazie, ho passato una bella serata! - 🇺🇿Rahmat, men kechani juda yaxshi o'tqazdim

🔸 🇮🇹Quando possiamo rivederci? - 🇺🇿Yana qachon ko'rishsak bo'ladi
LaGazzettaDelloSport 19-01-21.pdf
13.3 MB
Italiyaning eng mashxur sport gazetasi #La_gazzetta_dello_sport bugungi 19.01.2021 nashri
#italiya_haqida_malumot
#Italiyada_dafn_marosimi

1⃣ Italiya aholisining 82% xristianlikning katolik mazhabiga mansub bo'lganligi uchun insonlar marhumlarni aynan shu mazhab bo'yicha nariga dunyoga kuzatib qo'yishadi

2⃣ Ko'pchilik italyanlar a'za payti marhum haqida gapirmaslikni ma'qul ko'rishadi chunki vafot etgan inson qaytib kelishi mumkin degan faraz mavjud va shuningdek italyanlar marhumni o'zlari ma'qul ko'rgan biror bir oq material bilan dafn qilishadi ( vafot etgan inson qaytib kelmasligi uchun)

3⃣ italiyada dafn marosimida marhumning yanog'i va peshonasidan o'pish odat tusiga aylangan va bundan ko'zlangan maqsad , tashrif buyurgan inson marhumga nisbatan o'zining hurmatini ramziy ifodalash bo'lgan. Ba'zida yosh bolalar ham bu ishni amalga oshiradi

4⃣ Dafn marosimida barcha qora kiyim kiyishadi

5⃣Ba'zida har bir kishi tobutga yengil qo'l tekkizishadi yoki gul qo'yishadi.

6⃣Gul berish italyan dafn marosimlarining muhim qismidir va gullar asosan marhumning oila a'zolariga beriladi

7⃣ Marhum bu dunyoni tark etgan kun uning do'stlari va qarindoshlari marhumning uyiga yeguliklar (ovqat , meva , shirinlik , sharob )olib borishadi. Bu yeguliklar nafaqat marhumning oilalari uchun balkim o'z hamdardligini bildirish uchun kelgan mehmonlarga ham beriladi.

8⃣ Odamlar ilgari qabristonga yayov borishgan va jasadni otga qo'shib borishgan ammo hozirgi kunda transportlardan foydalaniladi

9⃣ Italiyada vafot etgan insonlarni 2 xil yo'l orqali dafn etadi : 1) Ko'mish 2) Olovda yoqish chunki italiya seysmologik jihatdan tog'li zonada joylashganligi bois yer muammosi bor va shu bois hozirgi kunda jasadni olovda yondirish urf bo'lgan . Olovda yondirib dafn etilgan marhumning hoki uning qarindoshlariga berishadi va bu jasadning hoki daraxtlarda yaratilgan maxsus hok qo'yadigan qabristonlarga joylashtiriladi.

1⃣0⃣ italiya qabristonlarida joy sotib olish juda qimmat va yerga dafn qilgandan ko'ra jasadni yoqish 3 barobarga arzon tushadi. Ma'lumotlarga qaraganda bir dona tobut 1500 yevroni tashkil qiladi. Ushbu barcha dafn marosimlarini o'tqazish uchun umumiy hisobda 6000—8000 yevro sarflanar ekan


Tayanch so'zlar :

Lutto — a'za
Cordoglio — a'za
Bara —tobut
Condoglianza —hamdardlik
Defunto—marhum , jasad
Cadavere —marhum , jasad
Morto —vafot etgan inson
Panno—material
Sacerdote—ruhoniy
Cremazione—olovda yoqish
Sepoltura—yerga ko'mish
Scavare— yer qazimoq
Cimitero—qabriston
Camposanto—qabriston
📃 Titolo: La divina commedia(Ilohiy komediya)
🖋 Autore: Dante Alighieri

✍️ @italian_lan
Audio
LaGazzettaDelloSport 20-01-21.pdf
13.5 MB
Italiyaning eng mashxur sport gazetasi #La_gazzetta_dello_sport bugungi 20.01.2021 nashri
4 Traccia 04
🇮🇹IL TEMA D'OGGI : Il comparativo e il superlativo
🇺🇿Bugungi mavzu : Qiyosiy va orttirma daraja(sifat)

Har bir tilda bo'lgani kabi italyan tilida ham sifat darajalari mavjud va ular grammatikaning ajralmas qismlaridan biri hisoblanadi. Italyan tilida biror kim/narsani solishtirmoqchi yoki qiyoslamoqchi bo'lsak quyidagi OSON TUSHUNCHALI misollar bilan keltirib tushuntiraman :

1.🇮🇹Il comparativo di maggioranza ( PIU.....DI, PIU...CHE )
🇺🇿Kattaligini bildiruvchi qiyosiy (DAN....KO'RA ANCHA, DAN....KO'RA ANCHA)

Misol uchun :
1) 🇮🇹Shokhrukh é PIU alto DI Mokhinabonu--🇺🇿Shohrux MohinabonuDAN ANCHA/KO'RA baland(novcha)

Endi bir narsaga e'tibor bering qachonki men PIU va DI deb yozganimda o'rtada ALTO degan so'z qo'ydim, ALTO bu BALAND,NOVCHA degani va bu SIFAT so'z turkumi hisoblanadi.Demak agar qoida yasamoqchi bo'lsak qoida mana bunday ko'rinishda bo'ladi :
PIU+SIFAT+DI(Odam va hayvonlar uchun🕺💃🐘🦧🦢)
🇮🇹Tu sei PIU bravo DI lui(sen unDAN KO'RA yaxshisan)

🇮🇹L'elefante é PIU grande DEL tigro(Fil yo'lbarsDAN KO'RA ANCHA baland/katta)
* IL TIGRO (DI+IL=DEL)

PIU+Sifat+CHE bu ham deyarli bir xil narsa ammo biz bu konstruksiyani NARSA,JARAYON va HODISA yoki biror bir narsaning ikkinchi narsa bilan uzviy bog'liqligini taqqoslash kabi jihatlarini solishtirgan vaziyatda ishlatamiz.

Misollar orqali ko'rsatib beraman :
🇮🇹Quella ragazza é PIU simpatica CHE BELLA--🇺🇿Anavu qiz ChiroyliligiDAN KO'RA ANCHA yoqimtoyroq

🇮🇹É PIU facile scrivere CHE parlare una lingua straniera--🇺🇿Chet tilida gapirishDAN KO'RA yozish ANCHA oson

🇮🇹Viaggio PIU volentieri in treno CHE in macchina--🇺🇿Xohishimga qarab mashinaDAN KO'RA poyezdda KO'PROQ sayohat qilaman

🇮🇹Leggo PIU libri CHE riviste--🇺🇿jurnallarDAN KO'RA kitob ko'p o'qiyman

2.🇮🇹 IL COMPARATIVO DI MINORANZA(MENO....DI, MENO CHE )
🇺🇿 Kamaytiruvchi qiyoslash (DAN...KO'RA KAM, DAN ....KO'RA KAM)


Yasalishi :Meno +Sifat+Di(odam va hayvonlar uchun)
Meno+Sifat+Che(narsa va qobiliyat ,shahar va yana hokazolarga nisbatan)

Misollar :🇮🇹 Shokhrukh é MENO preparato DI Shakhriyor--🇺🇿Shohrux ShahriyorDAN KO'RA KAM tayyorlangan

🇮🇹Il gatto é MENO utile DEL cane--🇺🇿Mushuk itDAN KO'RA KAM foydali
*IL CANE(DI+IL=DEL)

🇮🇹Mi piace MENO abitare in campagna CHE in cittá--🇺🇿Men shaharda yashashDAN KO'RA qishloqda yashashni BIROZ yoqtiraman

🇮🇹Mangio MENO frutta CHE verdura--🇺🇿SabzavotDAN KO'RA KAM meva yeyman
3.🇮🇹 Il COMPARATIVO DI UGUGLIANZA( TANTO...QUANTO, COSI....COME )
🇺🇿O'xshatish,Tenglashtirish darajasi(DEK....DEK, DEK DEK , QANCHA BO'LSA SHUNCHA)

Agar biz biror kim/inson tashqi ko'rinishi, qobiliyati, fikrlashi, xarakteri bir so'z bilan aytganda O'XSHASH va TENG bo'lsa yuqorida italyan tilida keltirigan O'xshatish /Tenglashtirish darajasidagi so'zlardan foydalanamiz. Masalan :

🇮🇹Shokhrukh é COSI cortese COME suo fratello--🇺🇿Shohruh AkasiDEK do'stona (drujniy)

🇮🇹 Shokhrukh é TANTO alto QUANTO Shahzod---🇺🇿Shohruh Shahzoddek baland(Kabi baland)

🇮🇹Quel cane era TANTO forte QUANTO sciocco--🇺🇿O'sha it telbalarDEK kuchli edi

🇮🇹Ho speso TANTO QUANTO mi aspettavo---🇺🇿Men o'ylaganimDEK xarid qildim

4.🇮🇹 Il SUPERLATIVO RELATIVO(IL PIU....DI/FRA, IL MENO....DI/FRA
🇺🇿Orttirma nisbat(Eng....o'rtasida/orasida(+)......Eng o'rtasida/orasida (—) )

🇮🇹a) Alisher é LO studente PIU bravo DELLA classe--🇺🇿Alisher sinfning eng a'lochi o'quvchisi
* LO qo'yishimizning sababi chunki avvalgi boshlang'ich darslarimizda men sizlarga artikl mavzusini tushuntirgan edim va ba'zi bir harflar (S+undosh, Z, Y, PN, GN va hkz) bilan boshlangan Mujskoy otlar LO artikli bilan keladi.
B) 🇮🇹Alisher é IL PIU BRAVO studente DELLA classe--🇺🇿Alisher sinfning eng a'lochi o'quvchisi
** PIU bo'lgani uchun IL qo'yilmoqda

🇮🇹Navai é la citta MENO grande FRA quelle che abbiamo visitato--🇺🇿Navoiy biz tashrif buyurgan shaharlar ORASIDAGI ENG KICHIK shahar

Quelle hozir bu yerda LE CITTÁ(Shaharlar ma'nosida kelmoqda) va shuningdek so'zning oxiriga URG'U ( ' ) tushaydigan otlarning ko'plik Shakli YO'Q.


5. 🇮🇹Il SUPERLATIVO ASSOLUTO( -ISSIMO, -ISSIMA,-ISSIME, MOLTO, ASSAI, ESTREMAMENTE)
🇺🇿MUTLOQ ORTTIRMA DARAJA( -ISSIMO, ISSIMA, ISSIME kabi suffikslar , KO'P, JUDA, G'OYATDA)

🇮🇹Quella donna é bellISSIMA--🇺🇿Anavu ayol HADDAN ZIYOD CHIROYLI

🇮🇹Laziz é un ragazzo intelligentISSIMO--🇺🇿Laziz haddan ziyod AQLLI bola

🇮🇹Quell'uomo é MOLTO modesto --🇺🇿Anavu odam JUDA KAMTAR

🇮🇹 Mokhinabonu é ASSAI corraggiosa--🇺🇿 Mohinabonu JUDA jasur /qo'rqmas

🇮🇹Quell'uomo é ESTREMAMENTE gentile --🇺🇿 Anavu odam JUDA MULOZAMATLI
👍1
Shaxsan o'zim futbolchi bo'lganligim va futbolga qiziqganligim bois barcha turdagi futbolga oid yangiliklar e'tiborim markazida turadi. #Francesco_Totti italiya futbol terma jamoasi va Roma Futbol jamoasining sardori haqida quyidagi audioda bir qancha ma'lumotlar olishingiz mumkin. Uning Vetuloniya ko'chasida o'tqazgan bolalik davri , qachondan boshlab futbol o'ynashi , uyatchanligi va qorong'ulikdan qo'rqishi va yana bir qancha ma'lumotlar mavjud

@italian_lan
🇮🇹Tutti dicono che l’amore fa male, ma non è vero. La solitudine fa male. Il rifiuto fa male. Perdere qualcuno fa male. Tutti confondono queste cose con l’amore, ma in realtà, l’amore è l’unica cosa in questo mondo che copre tutto il dolore e ci fa sentire ancora meravigliosi.

#amore —Sevgi
#dolore —azob-uqubat
#solitudine—Yolg'izlik
#rifiuto—Rad etish

🇺🇿Hamma aytishadiki sevgi insonni azoblaydi ammo bu noto'g'ri. Yolg'izlik azoblaydi . Rad etish azoblaydi. Biror kimni yo'qotish azoblaydi . Hamma ushbu narsalarni sevgi bilan chalkashtiradi ammo aslini olganda , sevgi bu dunyodagi barcha azob-uqubatlar va ajoyibotlarni o'z ichiga qamrab oladi.
👏1
🇮🇹lungo - 🇺🇿bo'ylab, uzunasiga
🇮🇹accanto - atrofida
🇮🇹circa - 🇺🇿 tahminan,atrofida
🇮🇹vicino - 🇺🇿yonida
🇮🇹avanti - 🇺🇿old, gacha
🇮🇹malgrado - 🇺🇿-ga qaramasdan
🇮🇹lontano - 🇺🇿uzoq
🇮🇹davanti - 🇺🇿oldida, qarshisida
🇮🇹fuori - 🇺🇿chetida,tashqarisida
🇮🇹rasente - yon atrofida
🇮🇹dietro -🇺🇿orqada,orqasida
🇮🇹sopra -🇺🇿 ustida,ustiga
🇮🇹durante - 🇺🇿davomida
🇮🇹contro a - 🇺🇿 ga qarshi
🇮🇹sotto - 🇺🇿ostida,tagida
🇮🇹nonostante -🇺🇿shunga qaramasdan
🇮🇹presso -🇺🇿..lar atrofida
🇮🇹intorno al fuoco - 🇺🇿 olov atrofida(yonida)
🇮🇹secondo - 🇺🇿bo'yicha...
🇮🇹mediante -🇺🇿 vosita, orqali
🇮🇹verso - 🇺🇿yo'nalishi bo'yicha..
🇮🇹prima -🇺🇿oldin, avval
🇮🇹oltre - 🇺🇿shuningdek, qo'shimcha tarzda
🇮🇹senza - 🇺🇿 ...siz
🇮🇹dopo - 🇺🇿dan keyin
🇮🇹innanzi - 🇺🇿 gacha
🇮🇹insieme - 🇺🇿birgalikda
🇮🇹ad onta di - 🇺🇿ga qaramasdan, bo'lsa ham
🇮🇹in luogo di - 🇺🇿 o'rniga
🇮🇹a causa di - 🇺🇿...sababli
🇮🇹in quanto a -🇺🇿ga doir, ga dahldor, ga tegishli
🇮🇹a guisa di - 🇺🇿shu tarzda, shu yo'sinda
🇮🇹in mezzo a--🇺🇿o'rtasida(bo'yicha)
🇮🇹in cima a - 🇺🇿tepaga
🇮🇹a favore di - 🇺🇿ning foydasiga, hisobiga
🇮🇹in presenza di -🇺🇿ning huzurida
🇮🇹all'infuori di - 🇺🇿 tashqariga
🇮🇹per opera di -🇺🇿 orqali, vositasi bilan
🇮🇹a somiglianza di - 🇺🇿 ...bo'yicha
🇮🇹per motivi di - 🇺🇿sababi bo'yicha
🇮🇹di qua da - 🇺🇿 bu yo'nalish(harakat) bo'yicha
🇮🇹per mezzo di -🇺🇿orqali, vositasi bilan
🇮🇹di là dal - 🇺🇿ushbu yo'nalish bo'yicha
🇮🇹sul conto di -biror kim/narsa haqida
(ho sentito molte belle cose sul conto suo - men u haqida bir qancha yaxshi gaplar eshitdim)
🎬 Glory - Uomini Di Gloria 🎬

Anno: 1989
Genere: #Drammatico
Durata: 2h 2'
#TopQuality
Richiesta

@italian_lan
Glory_Uomini_di Gloria_(1989).(01).mkv
734 MB
Glory - Uomini Di Gloria (1989) Parte 1

@italian_lan