Italyan tili
1.8K subscribers
523 photos
106 videos
164 files
549 links
Download Telegram
#Pronomi_diretti_e_indiretti
#Bevosita_va_Bilvosita_olmoshlar
#Grammatica


Avvalo olmosh nima ? Olmosh - bu gapning ot o'rnida ishlatiladigan o'zgaruvchan qismi; to'g'ridan-to'g'ri odamlarni yoki haqiqatda mavjud bo'lgan narsalarni yoki allaqachon aytib o'tilganlarni yoki butun jumlalarning mazmunini yana bir bor qayta nomlash uchun ishlatiladigan grammatikaning ajralmas qismidir.

Italyan tilidagi BEVOSITA OLMOSHLAR :


MiMeni , menga
Ti
Seni , senga
Lo
Uni , Unga(Mujskoy rod)
La
Uni , Unga (Jenskiy rod )
Ci
Bizni , Bizga
Vi
Sizni , Sizga
Li
Ularni ,Ularga (Mujskoy rod)
Le
Ularni , Ularga(Jenskiy rod)

BEVOSITA OLMOSHLAR
asosan hech qanday kelishik bilan ergashib kelmagan FE'L dan so'ng keladi va KIM ? NIMA ? so'roqlariga javob bo'lib keladi.

Masalan :

🇮🇹Shokhrukh compra il quaderno = Shokhrukh LO compra —🇺🇿 Shohrux DAFTAR(ni) sotib oldi = Shohrux UNI(daftarni) sotib oldi.

Bu yerda IL QUADERNO(Daftar ) so'zi oxiri — O —Harfi bilan tugagani bois va mujskoy roddagi OT bo'lganligi bois LO olmoshini ifodalab kelmoqda

Yoki xuddi shu kabi misolni endi Jenskiy rodda ham ko'rishingiz mumkin :

🇮🇹 Shokhrukh mangia la pizza = Shokhrukh LA mangia —🇺🇿 Shohrux pitsani yeydi = Shohrux UNI (Pitsani) yeydi.

La Pizza so'zi —A—harfi bilan tugaganligi bois va Jenskiy roddagi ot so'z turkimi bo'lgani bois LA olmoshini ifodalab keldi.

Yoki shu kabi misollarning endi ko'plik shaklida e'tibor qaratib o'tsak , demak :

🇮🇹Shokhrukh sogna sempre le sue cugine = Shohrux LE sogna —🇺🇿 Shohrux xolavachchalari haqida har doim o'ylaydi = Shohrux ULARNI( XOLAVACHCHALARINI) o'ylaydi

La cugina — xolavachcha
Le cugine —xolavachchalar

Le cugine (xolavachchalar) so'zi ko'plikdagi bo'lganligi bois LE olmoshi qo'yilmoqda ya'ni LE bu yerda — LE SUE CUGINE — birikmasini ifodalab kelmoqda.

Izoh : Le 2 xil ma'noda keladi
(1. Olmosh )
2 . Jenskiy roddagi ko'plikdagi artikl)


Pronomi Diretti(BEVOSITA OLMOSHLAR) o'zagi 2 ta KUCHSIZ VA KUCHLI shakldan tashkil topgan bo'lib bular quyidagicha :

KUCHSIZ SHAKl KUCHLI SHAKL
Mi ME
Ti TE
Lo LUI
La LEI
Ci NOI
Vi VOI
Li LORO
Le LORO


KUCHSIZ olmoshlar FE'LDAN oldin keladi , va , aksincha KUCHLI OLMOSHLAR esa FE'LDAN keyin keladi


Endi esa har ikkala shaklini teng holda ishlatilishiga e'tibor qaratamiz :

🇮🇹Mohinabonu sogna ME = Mohinabonu Mi sogna 😅🇺🇿 Mohinabonu meni o'ylaydi(hayol suradi)


🇮🇹Suhrob vedrá TE= Suhrob TI vedrá🇺🇿Suhrob SENI ko'rmoqchi

🇮🇹 Shahriyor compra la mela (LEI👩‍🦰) = Shahriyor LA compra🇮🇹 Shahriyor UNGA olma sotib olib beradi

Compra la mela —> LA compra

🇮🇹Asliddin ha visto ME e mio fratello (Noi) = CI ha VISTO — 🇺🇿Asliddin meni va akamni (Bizni) ko'rdi

Me e mio fratello —> Ci (Bizni)

🇮🇹 Mohinabonu notava TE e Komyob(Voi) = Mohinabonu VI notava —🇺🇿 Mohinabonu seni va Komyobni bilgan edi , tanir edi

Te e Komyob —> Vi(sizlarni)

🇮🇹Anvar ha venduto le case = Anvar LE ha VENDUTE *🇺🇿Anvar uylarini sotib yubordi

Le case —>Le (uylarni)


Yuqorida ( * ) belgisi orqali ishora ko'rdingiz va bu bejizga emas . Demak , nega VENDUTO emas VENDUTE bo'ldi degan bo'lsangiz javob quyidagicha :
Qachonki BEVOSITA OLMOSHLAR bilan yonma yon kelgan SIFATDOSH ya'ni O'TGAN ZAMON fe'li kelsa bunda SON va RODga qaraladi ya'ni

Anvar ha venduto le case = Anvar LE ha VENDUTE

La casa —uy(birlik)
Le case —uylar(ko'plik) ya'ni jenskiy rod ko'plik shakli bo'lganligi va gap o'tgan zamonda bo'lganligi bois fe'lning oxirida fe'lga — E — qo'shdik (Venduto—Vendute)



italyanlar juda ham ko'p marotaba BEVOSITA OLMOSHLARNING KUCHSIZ SHAKLIDAN foydalanishadi va shu bois quyida beriladigan gaplarni juda ham kam uchratishingiz mumkin.

Shohrux ha visto noi
Shohrux ha dato un regalo noi
Va hokazolar.


Umuman ahamiyat berib ko'rib turganingizdek , FE'Ldan oldin ergashib keladi , ammo ba'zi bir 5 ta mustasno holatlar ham mavjudki ular o'
zlaricha AVTONOM RESPUBLIKA😅 demak quyidagilar :

1 ) Predlog ya'ni kelishik talab qiladigan 2 ta fe'l bilan yonma-yon ergashib kelganda :

🇮🇹verrò a vederTI domani —🇺🇿ertaga SENI ko'rgani kelaman

🇮🇹Passo a prenderLA piu tardi —🇺🇿UNI olgani biroz kechroq o'taman

Diqqat : BEVOSITA OLMOSH bu qoida bo'yicha bu yerda hatto FE'LDAN OLDIN kelishi ham mumkin ya'ni :

🇮🇹TI vengo a prendere dopo — 🇺🇿seni olib ketishga keyin kelaman

2 ) agar fe'l imperativda ya'ni buyruq gapda kelgan bo'lsa :

🇮🇹Non tirarLO🇺🇿UNI siljitma
🇮🇹SpostaLo🇺🇿Uni siljit

3 ) agar fe'l Gerundioda bo'lsa

🇮🇹GuardandoLA attentamente , ho notato che stava piangendo —🇺🇿 UNGA diqqatlik bilan qarayotib , shuni payqadimki , u yig'layotgan edi

4 ) agar fe'l Infintivda kelsa :

🇮🇹MangiarLA potrebbe farti ingrassare —🇺🇿UNI yeyish , seni semirtirib yuborishi mumkin



5 ) ECCO ravishi bilan kelganda :

🇮🇹EccoLA🇺🇿Ana u(ni
🇮🇹EccoMI🇺🇿Mana men
Endi esa navbat #PRONOMI_INDIRETTI(BILVOSITA OLMOSHLAR) mavzusiga ham yetib keldik.

BILVOSITA OLMOSHLAR

Mi —menga
Ti —senga
Gli—unga👨
Le—unga👩
Ci—Bizga
Vi—sizlarga
Loro —ularga

BILVOSITA OLMOSHLAR o'zidan keyin — A —predlogi(o'zbek tilidagi — GA — qo'shimchasi)ni talab qilgan , ma'noga ega bo'lgan fe'llar bilan yonma-yon kelganda va gapda KIMGA ? NIMAGA ? so'roqiga javob bo'lganda ishlatiladi.

Masalan :

🇮🇹Suhrob ha telefonato a Shohrux = Suhrob GLI ha telefonato —🇺🇿Suhrob ShohruxGA telefon qildi = Suhrob UNGA(Shohruxga) telefon qildi

Bu yerda GLI olmoshi gapda SHOHRUX so'zini ifodalab kelmoqda.


Tushunishlaringiz uchun yana bir boshqa misol keltiramiz :

🇮🇹 Laziz parlava sempre a me e a mio fratello dei suoi problemi = Laziz CI parlava sempre dei suoi problemi —🇺🇿 Laziz menga va akamga har doim o'z muammolari haqida gapirib beradi = Laziz BIZGA har doim o'z muammolari haqida gapirib beradi.

A me e a mio fratello ( menga va akamga ) = CI (BIZGA)*


Pronomi Indiretti (BILVOSITA OLMOSHLAR) ning ham 2 ta KUCHSIZ va KUCHLI shakllari mavjud bular :

Kuchsiz Kuchli

Mi A me
Ti A te
Gli A lui
Le A lei
Ci A noi
Vi A voi
Loro A loro


Endi esa Kuchli va Kuchsiz olmosh shakllaridan misollarga e'tibor qaratamiz .

🇮🇹 Suhrob scrive A ME = Suhrob MI scrive —🇺🇿 Suhrob MENGA yoz(adi).

🇮🇹 Shahriyor telefona A TE = Shahriyor TI telefona — 🇺🇿 Shahriyor SENGA telefon qiladi

🇮🇹 Mohinabonu parla a sua sorella ( a lei ) = Mohinabonu LE parla —🇺🇿 Mohinabonu opasiga(unga) gapirmoqda

🇮🇹 Asliddin telefona a me e a Komyob ( a noi ) = Asliddin CI telefona —🇺🇿Asliddin menga va Komyobga (Bizga) telefon qiladi

🇮🇹Shuhrat risponde ai suoi genitori (a loro ) = Shuhrat risponde LORO* —🇺🇿Shuhrat ota-onasiga javob bermoqda (ularga)


Bir noodatiy narsani payqadingizmi 3-shaxs ko'plik shakli bo'yicha (?) Ya'ni LORO ( ularga) olmoshi har doim FE'LDAN SO'NG keladi(ishlatiladi)


Biroq bir qancha grammatiklar fikrlashlariga qaraganda , 3-shaxa ko'plik " Loro " ning hozirgi yangi versiyasi sifatida " GLI " ko'rilmoqda va bu qoida dunyo bo'ylav juda ham tez ildiz otib bormoqda.

Shuhrat parla ai suoi genitori —> Shuhrat GLI parla

Ha , bir narsa aniqki , ya'ni GLI ishlatilganda hamma 3-shaxa birlik deb o'ylaydi yoki 3-shaxs ko'plik deb. Bu endi matndagi kontekstga bog'liqdir.


O'zlaringiz guvohi bo'lganingizdek , Pronomi Indiretti ( BILVOSITA OLMOSHLAR) odatda FE'LDAN OLDIN keladi ammo 3 ta mustasno holatlar mavjud bo'lib ya'ni FE'LDAN KEYIN keladi bular quyidagilar :

1 ) fe'l imperativda ya'ni buyruq gapda kelganda :

🇮🇹 Non dirGLI cosa é successo ! —🇺🇿 UNGA nima sodir bo'lgani aytma !

🇮🇹PortaLE il regalo —🇺🇿 UNGA sovg'a olib bor !

2 ) fe'l Gerundioda bo'lsa

🇮🇹 scrivendoGLI una lettera , risolverai il problema —🇺🇿UNGA bir dona xato yozib , muammongni hal qilasan

3 ) fe'l infinitivda kelsa

🇮🇹 ParlarTI mi aiuta a riflettere —🇺🇿 SENGA gapirish , menga o'ylashga yordam beradi
👍5
Endi esa BUGUNGI MAVZUNING ENG QIYINCHILIK TUG'DIRADIGAN BOSQICHIGA ham yetib keldik , demak , bu bosqicha biz bir gapning o'zida Pronomi Diretti(BEVOSITA OLMOSHLAR) va Pronomi Indiretti (BILVOSITA OLMOSHLAR)ishlatishimiz kerak bo'ladi.

Masalan :

🇮🇹Shohrux dice A ME la notizia —> 🇺🇿Shohrux ME LA dice

Bu yerda
ME ( A ME )
La ( La notizia)

Biroz osonroq tushunib olish uchun qoida keltiramiz .

#1 ) Il pronome indiretto(BILVOSITA OLMOSH) har doim il pronome diretto(BEVOSITA OLMOSH) dan har doim oldin keladi.


#2)i pronomi Indiretti (BILVOSITA OLMOSHLAR) dagi olmoshlar MI , TI , CI , VI direttodagi LO , LA , LI , LE olmoshlar bilan kelganda o'z-o'zidan ME , TE , CE VE ga o'zgaradi

#3 ) I pronomi Indiretti (BILVOSITA OLMOSHLAR) GLI va LE dagi olmoshlar Diretto bo'lib kelgan LO , LA , LI , LE bilan kelganda birlashtirganda —e—ya'ni ( Va ) bog'lovchisini ishlatamiz va yagona so'zni shakllantiramiz ya'ni :

Glielo , gliela , glieli , gliele



🇮🇹Shohrux scrive a Mohinabonu una lettera —🇺🇿 Shohrux Mohinabonuga bitta xat yozdi

👆 Bu gapni o'girish uchun qoida #1 va qoida #3 dan foydalanishingiz kerak bo'ladi ya'ni :

Shohrux gliela scrive — Shohrux UNGA UNI yozdi

Bu yerda GLI(Mohinabonu)* qizlar uchun ham GLI ishlatiladi aralash turda

E( gli-e-la) dagi bog'lovchi qo'shimcha

La( bu yerda UNA LETTERA) ga to'g'ri kelmoqda


🇮🇹Aziza compra un computer al suo ragazzo —🇺🇿Aziza o'z yigitiga bitta kompyuter sotib oldi

Qoida #1 va qoida #2 ni ishlatamiz ya'ni :

🇮🇹Aziza glielo compra—🇺🇿Aziza UNGA UNI sotib oldi

Gli(Al suo ragazzo)
Lo(il computer)


🇮🇹I miei genitori hanno prestato un libro a me e mio fratello —🇺🇿ota-onam menga va akamga kitob berdilar

Qoida #1 va qoida #2
🇮🇹I miei genitori CE LO hanno prestato —🇺🇿 ota-onam BIZGA UNI berdilar
👍4
Italyan tili
Photo
Come si chiama in Italiano ?
Anonymous Quiz
12%
Nonno Freddo
56%
Babbo Natale
32%
Santa Claudio
Italyan milliy ovqatlarini tayyorlashni istagan obunchalar bormi ? Har kuni bir dona video sizlarga ma'qul bo'ladimi ?
Anonymous Poll
89%
Ha
11%
Yo'q
Siz quyidagi qaysi shaharda istiqomat qilasiz ? Yangi yil oldidan istak va tilaklaringizni quyida COMMENTda qoldirishingiz mumkin.
Anonymous Poll
11%
Andijon , Farg'ona, Namangan
25%
Toshkent sh , Toshkent Vil
2%
Sirdaryo
2%
Jizzah
32%
Samarqand
15%
Qashqadaryo, Surxondaryo
4%
Buxoro
2%
Navoiy
4%
Xorazm
2%
Qoraqalpoqiston Respublikasi
🔶️𝐒𝐈𝐅𝐀𝐓𝐋𝐎𝐕𝐂𝐇𝐈 𝐑𝐀𝐍𝐆𝐋𝐀𝐑🔶️
*colore*= mujskoy birlik , mujskoy ko'plik , jenskiy birlik , jenskiy ko'plik
🔴: rosso, rossi, rossa, rosse
🟠: arancione, arancioni
🟡: giallo, gialli, gialla, giallo
🟢: verde, verdi
💞: rosa
🔵: blu
🟣: viola
🟤: marrone, marroni
: bianco, bianchi, bianca, bianche
: nero, neri, nera, nere

>(𝐁𝐔) 𝐐𝐀𝐘𝐒𝐈 𝐑𝐀𝐍𝐆 ? 𝐃𝐢 𝐜𝐡𝐞 𝐜𝐨𝐥𝐨𝐫𝐞 è? <<

ARTIKL+PREDMET+YORDAMCHI FE'L (ESSERE)+COLORE
🔴= Il cuore è rosso.
🌨= La neve è bianca.
🍏🟢= La mela è verde.
🌻🏵🌼🟡= I fiori sono gialli.

@Italian_lan
#Grammatica

1. Piu
2. Di Piu
3. In Piu so'zlarining ishlatilishi, ma'nolari va qaysi holatlarda kelishi haqida ma'lumot

1. Piu
#Piu

Piu bu biror bir narsa va miqdorning qandaydir bir qismi, o'lchami va bo'lagi hisoblanadi va Tarjima qilganda " biroz, ancha, ko'proq, umuman va hokazo " ma'nolarida keladi.

Piu so'zi Predlogsiz ishlatilganda Ravish, Sifat va Ot oldidan keladi. Masalan :

🇮🇹Devi correre piu velocemente(ravish) —🇺🇿 Biroz tezroq(ravish) yugurishing kerak

🇮🇹Devi essere piu sicura(sifat) di te stessa —🇺🇿 o'zinnga biroz ishonchliroq(sifat) bo'lishing kerak

🇮🇹 C' é piu gente(ot) nella camera da letto —🇺🇿 Yotoqxonada " ancha odam bor.

Piu shuningdek predlogsiz kelganda biror bir narsani qiyoslash va taqqoslash uchun ham ishlatiladi, va u Dan ko'ra deb tarjima qilinadi ,Masalan :
🇮🇹Io sono
piu nervosa di te —🇺🇿 men sendan ko'ra asabiyman

Piu shuningdek predlogsiz kelganda Non + Verbo(fe'l) + Piu strukturasida ham keladi va biror bir narsaning aynan o'sha lahzadan boshlab yakuni ekanligini bildirib keladi va Umuman boshqa deb tarjima qilinadi.

🇮🇹Dopo l'incidente , Marco
non prende piu la moto—🇺🇿noxush voqeadan so'ng, Marko mototsiklni umuman olmaydigan bo'ldi (aynan o'sha lahzadan so'ng)

🇮🇹Da quando vive da solo, Shokhrukh
non parla piu con nessuno —🇺🇿Yolg'iz yashahni boshlagandan buyon, Shohrux hech kim bilan umuman gaplashmaydi

Italyan tilida shuningdek bir ajoyib
Perlopiu degan birikma bor bo'lib uning tarjimasi " Ko'pchilik hollarda, ko'pincha, odatda " deb tarjima qilinadi. Masalan :
🇮🇹 I bar del centro sono
perlopiu cari —🇺🇿markazdagi barlar ko'pincha qimmat bo'ladi.

2. Di piu
#Di_Piu

Di piu har doim fe'ldan so'ng keladi va "Biror bir narsaning ko'proq hajmda " degan ma'noni beradi. Masalan :
🇮🇹Bisogna lavorare molto
di piu 🇺🇿 Ko'proq ishlash kerak bo'ladi

🇮🇹Buona questa torta, ne voglio
di piu ! - 🇺🇿 juda ham yaxshi tort, undan(tortdan) yana ko'proq xohlayman

3. In Piu
#In_Piu

In piu so'zini biror bir gapning boshida ishlatish uchun qo'llashimiz mumkin va uning tarjimasi " Qo'shimcha tarzda, shuningdek ma'nolari beradi, masalan :
🇮🇹Prendo del pollo e dell'insalata. in piu vorrei un piatto di patatine fritte —🇺🇿 tovuq go'shti va salat olaman. shuningdek qovurilgan kartoshka ham.

Shuningdek, biz in piu ni OT va OLMOSH dan so'ng " dan ham ko'p, ortig'i bilan, kutganimdan ortiq " ma'nolarida ishlatishimiz mumkin. Masalan :
🇮🇹Avrei dovuto pagare solo 250.000 soum, invece ne ho pagati 80.000 soum in piu 🇺🇿men umumiy hisobda 250.000 so'm to'lashim kerak edi, ammo men aksincha yana 80.000 so'm ortig'i bilan to'ladim
#Booooommmm

Italyan tili kanali o'z faoliyatini boshlagandan buyon bir qancha xohish bildirgan kanal obunachilari online til kurslarida qatnashishdi , va BOT ga kelib tushayotgan xabar va iltimoslarga tayangan holda shuni ma'lum qilamizki , 1-YANVARDAN boshlab YANGI GURUH ochilmoqda.

Online kurs quyidagilarni o'z ichiga oladi :
❇️ — Grammatika
❇️ — Matn tarjima qilish
❇️ — Gapirish
❇️ — Eshitish ko'nikmasi
❇️ — Yozish ko'nikmasi
❇️ — Viktorina o'yinlar

Bu hali hammasi emas , zero KURSning SUPER USTUNligi quyidagilar :
❇️ — Gapirish ko'nikmasi mahalliy Italyan o'qituvchi bilan birga #Live olib boriladi
❇️ — Kursni eng yaxshi tugatgan 1 nafar o'quvchiga PULI QAYTARIB BERILADI
❇️ — Yangi o'quvchi taklif etgan o'quvchi 20.000 so'm bilan mukofotlanadi

Dars 2 soat 40 daqiqa haftasiga 3 marotaba olib boriladi

Kurs narxi : 120.000 so'm


P.S : Darslar faqat TELEGRAM orqali o'tiladi , va GAPIRISH ko'nikmasi esa ZOOM orqali


31-DEKABR YANGI YIL KUNIGA QADAR(23:59) RO'YXATDAN O'TING VA 20% CHEGIRMAGA EGA BO'LING

Bog'lanish uchun : @Shokhrukhdinho99
👍1
Italyan tili
🔶️𝐒𝐈𝐅𝐀𝐓𝐋𝐎𝐕𝐂𝐇𝐈 𝐑𝐀𝐍𝐆𝐋𝐀𝐑🔶️ *colore*= mujskoy birlik , mujskoy ko'plik , jenskiy birlik , jenskiy ko'plik 🔴: rosso, rossi, rossa, rosse 🟠: arancione, arancioni 🟡: giallo, gialli, gialla, giallo 🟢: verde, verdi 💞: rosa 🔵: blu 🟣: viola 🟤: marrone, marroni : bianco…
📙TEST📙

☑️>>To'ldiruvchiga kerakli rangni qo'shing ( ot qaysi rodda va birlik, ko'plikda kelayotganligiga e'tibor qarating va sifatni ham shu qolip bo'yicha turlang )
•Masalan: 🍎🟥: La mela è ROSSA. (Olma—qizil rangda)
🍐🟩: La pera è __ .
🍟🟨: Le patatine sono _.
🦋🟦: La farfalla è _.
🕷: Il ragno è _.
👩🏻‍🦰🟧: I capelli sono _.

>>Bor yo'g'i 2 dona so'z bilan gap tuzing.
•Masalan : mela🍎/ 🟥: La mela è rossa.
•Serpenti🐍🐍/ 🟩:
•Costume da bagno🩱/ 💗:
•Uovo🥚/ :
•Uva🍇/ 🟪:
•Medaglia🏅/ 🥇:

❇️Qachonki ushbu topshiriqni bajarib bo'lsangiz shu zahoti menga @Shokhrukhdinho99 jo'nating , tushungan ekanligizni bilib olish uchun kerak bo'ladi😉 Bu juda ham oson . Omad
Kirib kelayotgan #2021 yil barchangizga omad , zafar , sog'lik , oilangizga baxt-quvonch olib kelsin. Mehnatingizga yarasha risqingiz bud va daromadingiz uzluksiz davom etsin.

@italian_lan
#Grammatica
#Ora_Oramai_Ormai

Ilgari hech bir bu so'zlarni eshitganmisiz ? Bu so'zlar yozilish jihatidan bir biriga juda ham o'xshash ammo ular sinonimlar emas ! Tartib bilan boshlagan holda birinchi o'rganadigan so'zimiz bu ORA

#Ora

Ora bu italyan tilidagi Adesso (hozir) so'ziga sinonim hisoblanib u gapda aynan biror narsa aynan hozir sodir bo'layotganligini nazarda tutish uchun ishlatiladi.
🇮🇹—É pronto il caffé ?
—Si, lo sto versando proprio ora nella tazzina .
🇺🇿—Kofe tayyor bo'ldimi ?
—Ha, men uni aynan hozir chashkaga quymoqdaman.

Diqqat ❗️❗️❗️
Agar siz biror bir italyan bilan suhbatlashayotgan bo'lsangiz , asosan Janubliklar bilan , ORA so'zini ular MO deb aytishadi. Shu bois bu kabi so'zlarni eshitish ham gapiriladigan mahalliy tillarda uchrab turadi .
🇮🇹—Accendi la TV ?
—Ma proprio mo l'ho spenta .
🇺🇿—Televizorni yoqasanmi ?
—Men uni hozirgina o'chirgandim.

Xo'sh unday bo'lsa Ormai va Oramai qanday holatlarda ishlatiladi degan savol bersangiz javob quyidagicha : bu ikkala so'z amaliy jihatdan bir birining o'rnini qoplab ketadigan o'zaro almashadigan so'zlar hisoblanib bir-biriga Sinonim ham hisoblanadi.

#Ormai_Oramai

1 ) Ormai va Oramai " Aynan hozir " " Ayni damda " " hozirgina " degan tarjimaga ega hisoblanib u biror bir tuzatib bo'lmas xato afsuslanishgacha sabab bo'ladigan voqea -hodisaga nisbatan qo'llaniladi.
🇮🇹 Oramai il treno é partito —🇺🇿Poyezd hozir jo'nab ketdi( Poyezd aynan hozir ko'rgan payti jo'nab ketdi va bu afsuslantirishga olib kelmoqda va keyingi poyezdni kutish kerak degani )

Agar biz Ora il treno é partito desak bu noto'g'richunki Ora so'zida xuddi Ormai va Oramai kabi afsuslanish ma'nosi mavjud emas. Shu bois afsuslanishni ifodalash uchun Ormai va Oramai ishlatiladi.

Keyingi misol :
🇮🇹 Ormai é tardi per andare al cinema —🇺🇿 hozir endi kinoga borishga kech bo'ldi (bunda Film allaqachon boshlanganligini nazarda tutmoqchi va agar kinoteatrga ham borsa bu juda kech ekanligi aytilmoqda)

2 ) Ormai va Oramai shuningdek Italyan tilidagi Quasi (deyarli ) so'ziga sinonim sifatida ham qo'llaniladi .
🇮🇹—A che ora doveva venire Shokhrukh ?
—Stará per ormai per arrivare : mi ha detto al telefono che stava qui vicino
🇺🇿—Shohrux soat nechchida kelishi kerak edi ?
—U deyarli yetib kelgan bo'lsa kerak : telefonda menga u shu yaqin atrofda ekanligini aytgan edi.
🥰2
#notizia_yangilik

Assalamu alaykum hurmatli @italian_lan obunachilari va ilmga chanqoq yoshlar . Yangi yilda yangi maqsadlar ila yangidan-yangi loyiha va kontentlar siz azizlarni xursand qilishda davom etadi . Italyan tilini mamlakatimizda keng targ'ib qilib yoritib boradigan yagona web-sahifa yaratilganligi bilan barcha siz aziz ilm-ixlosmandlarini chin dildan tabriklaymiz. Uzoq yillik sa'y-xarakatlar ila yaratilgan https://www.initalia.uz web-sahifasi endi barcha italyan tili o'quvchilari uchun o'zbek tilida yuritiladigan eng ideal va yagona platforma sifatida siz aziz yoshlarga ko'mak berishda bag'oyatda xursandmiz. Bu hali hammasi emas , ma'lumotlar bazasini kengaytirish va o'quvchilarning o'z bilim va salohiyatlarini bosqichma-bosqish o'stirib borish uchun TEST shaklida yuritiladigan alohida https://test.initalia.uz dasturimiz ham sizlar uchun xizmatda bo'ladi.

Web-sahifamiz ayni damda test rejimida yoritilayotgan ekan , siz aziz yoshlardan web-sahifamizga kirganingizda o'z fikr va takliflaringizni qoldirishlaringizni so'rab qolgan bo'lar edik


Hurmat ila

Shaxboz Mustafayev
Qodirov Shohrux

Telegram : @italian_lan
📙TEST 📙

>>Quyida berilgan hayvonlarni nomlab chiqolasizmi ? Artikl qo'yish shart emas hozircha🙂
🐶_______
🐱_______
🦁_______
🦊_______
🐵_______
🐷_______

>>Quyidagi so'zlarning tarjimasini topishga harakat qiling :
1⃣ □ Accudisco il mio gatto.
2⃣ □ Mi prendo cura del pesce rosso.
3⃣ □ Il mio cane adora le coccole.

⌛️a) Men baliqimga qarayman(g'amxo'rlik ma'nosida)
⌛️b) Mening itim erkalanishni yaxshi kuradi
⌛️c) Men mushugimga g'amxo'rlik qilaman

❇️Qachonki ushbu topshiriqni bajarib bo'lsangiz shu zahoti menga @Shokhrukhdinho99 jo'nating , tushungan ekanligizni bilib olish uchun kerak bo'ladi😉 Bu juda ham oson . #Omad✏️
💠la prima colazione – nonushta, zavtrak
💠il pranzo – tushlik, obed
💠la cena –kechki ovqat, ujn
💠il dessert – desert(shirinlik)🍧

💠la bevanda – ichimlik🍸🍹
💠l’aperitivo – zakuska(gazak)
💠le uova strapazzate – qaynatilgan tuxum🥚
💠la salsiccia – kolbasa

💠il brindisi –tost(nutq aytish)
💠le cialde – vafli
💠lo sciroppo – sirop
💠le frittelle – blinchik

💠la pancetta – cho'chqa go'shti
💠la zuppa – sho'rva🍵
💠il purè di patat –pyure(kartoshka)
💠il pollo –tovuq(gril)

💠la bistecca – bifshteks🍖
💠la pasta – pasta🍝
💠il pesce fritto – qovurilgan baliq

💠la torta – tort,pirog🎂
💠il budino – puding(guruchli)
💠il caffè - kofe☕️
💠il tè – choy
🇮🇹Le frasi per imparare a memoria
🇺🇿 Yodlash uchun so'zlar


🇮🇹Sto cercando...(il mio albergo/la banca/la posta/l'ambasciata/la polizia/un bagno pubblico) --🇺🇿men izlayapman ...(mehmonxonamni /bank/pochta/elchixona/militsiyaxona/hojatxona)

🇮🇹È lontano? - 🇺🇿bu uzoqmi?

🇮🇹È vicino? - 🇺🇿bu yaqinmi?

🇮🇹Mi pùo indicare sulla pianta? - menga xarita orqali ko'rsatib bera olasizmi

🇮🇹qui - 🇺🇿shu yerga(da)

🇮🇹là -🇺🇿 ana u yerda

🇮🇹a sinistra - 🇺🇿chapda

🇮🇹a destra - 🇺🇿 o'ngda

🇮🇹diritto - 🇺🇿 to'g'rida

🇮🇹alla fine della strada - ko'chaning oxirida

🇮🇹Dov'è qui la stazione di metropolitana? - 🇺🇿 eng yaqin metro bekati qayerda

🇮🇹Dov'è la fermata dell'autobus (del tram)? -🇺🇿 Avtobus/tramvay bekati qayerda

🇮🇹Permesso! - 🇺🇿Kechirasiz o'tib ketsam bo'ladimi

🇮🇹Scende alla prossima? -🇺🇿 Siz keyingi bekatga tushasizmi

🇮🇹Dove posso trovare un taxi? -🇺🇿 qayerdan taksi topishim mumkin

🇮🇹Mi porti all'aeroporto. - 🇺🇿meni aeroportga yetkazing

🇮🇹Si fermi qui. -🇺🇿 ha shu yerga to'xtating

🇮🇹Quanto le devo? --🇺🇿 qancha pul berishim kerak sizga

🇮🇹il monumento storico -🇺🇿 tarixiy obida

🇮🇹la piazza principale -🇺🇿 asosiy maydon

🇮🇹il palazzo - 🇺🇿Saroy,

🇮🇹il castello - 🇺🇿 Qasr, ark

🇮🇹il/la cattedrale -🇺🇿 ibodatxona

🇮🇹La moschea-🇺🇿 Masjid

🇮🇹il tempio - 🇺🇿Butxona, ibodatxona

🇮🇹la chiesa - 🇺🇿Cherkov
🇮🇹il teatro - 🇺🇿teatr
🇮🇹il museo - 🇺🇿muzey
🇮🇹lo stadio - 🇺🇿 stadion
🇮🇹la cittadella - 🇺🇿eski shahar
🇮🇹il cinema - 🇺🇿kinoteatr
🇮🇹la discoteca - diskoteka

🇮🇹Dove potrei comprare un biglietto? - 🇺🇿Qayerdan bilet sotib olsa bo'ladi