Italyan tili
1.8K subscribers
523 photos
106 videos
164 files
549 links
Download Telegram
😀😀😀La parola più lunga

Italyan tilida ba'zi bir so'zlar bor ularni talaffuz qilaman desangiz biroz emas ancha qiynalasiz , qani kelinglar bir ajoyib so'zni talaffuz qilib ko'ramiz....tayyormisiz?

❇️precipitevolissimevolmente
.
«juda tez , shiddatli , shosha-pisha» . Bu so'z oz emasu ko'p emas naqd 2️⃣6️⃣harfdan tashkil topgan.

Bu so'zga biror bir misol xohlamoqchimisiz ? Unda quyidagi misol aynan sizlar uchun !

🇮🇹Lui correva precipitevolissimevolmente in cerca del suo cane 🐕🇺🇿U itini qidirish uchun juda tez yugurar edi🐕

🇮🇹Ha scritto precipitevolissimevolmente una nota che nessuno ha potuto leggere 📝🇺🇿U shosha-pisha bir matn yozgan edi uni hech kim o'qiy olmadi
.
Sizlarning misollaringiz qanday ?
😁1
#Grammatica
#Ecco

Ecco so'zini italyanlar haddan ziyod ko'p ishlatishadi . Hozir men sizlarga ushbu ommabop so'z qachon va qanday holatda ishlatilishi haqida to'liq ma'lumot beraman :

1⃣Biror bir narsa / kim ning paralel(bir vaqtning o'zida) paydo bo'lishini ko'rsatib ifodalash uchun ishlatiladi va tarjimasi ❇️ (voy) Ana, (voy) Mana , (voy) Qara ana ,❇️ kabi ma'nolarni anglatadi. misol :

🇮🇹 A ) —Hey ! Cosa stai facendo qui ?
B ) —Sto aspettando mia madre👩‍🦰 e mio padre👨 [ Arrivano i genitori ]
A ) — Ecco i tuoi genitori !

🇺🇿 A ) —Hoy ! Bu yerda nima qilayapsan ?
B ) — Men oyimni👩 va dadamni👨 kutyapman [ Ota onalar kelishmoqda]
A ) — Voy qara ana ota-onang !

🇮🇹 A ) — Quando arriva il treno🚃 ?{il treno arriva}
B ) —oh, ecco il treno🚃 !

🇺🇿A ) —Poyezd 🚃qachon keladi ?[Poyezd kelayapti]
B ) —Oh, ana poyezd 🚃

2⃣ Ecco shuningdek to'g'ridan to'gri jo'nalish bog'lanuvchili olmoshlar( mi , ti , lo, la , Ci ,Vi , Li, Le ) bilan bog'lanadi va tarjimada❇️ Mana men(sen,u, biz,siz, ular)❇️ deb tarjimada qilinadi

🇮🇹A ) —Ma quando arrivi ?[ Appare B ]
B ) — Eccomi

🇺🇿A )Ammo qachon kelasan ? [ B odam shu atrofga yaqinlashadi va ko'radi A odamni ]
B ) — Mana men

🇮🇹A ) —Dove é il tuo cane🦮 ?
B ) — Eccolo , é proprio dietro di te !

🇺🇿A ) —Sening iting🦮 qani ?
B ) (voy ) mana u , sening orqangda !

Izoh : 🇮🇹Il cane🦮-It🦮 mujskoy rod bo'lgani uchun "Lo" qo'ymoqdamiz, EccoLO !

3⃣Ba'zi paytlarda Ecco biror bir gapning boshida kelib to'ldiruvchi vazifasini bajarib keladi va bir ozgina sukut saqlab biror narsa haqida o'ylab gapirishni ifoda etib boradi , va bu so'zning tarjimasi ❇️hmm nima desam ekan , " xo'sh , gapni qisqasi va hokazo❇️ , m-n:

🇮🇹A ) —Mi puoi dare un passaggio dal dentista👨‍⚕🦷 dopo ?
B ) — Ecco ....in realtá, non credo che potró darti un passaggio....Mi hanno rubato la macchina 🚗...
A ) —Cosa ?😳

🇺🇿A ) — meni keyin stomatalog👨‍⚕🦷huzuriga eltib qo'yolasanmi ?
B ) — Hmm nima desam ekan umuman olganda , seni eltib qo'yolmasam kerak .... Mening mashinamni🚗 o'girlashgan
A ) — Nima ?😳

4⃣ Ecco shuningdek boshqa italyan birikmalarning bir qismi hisoblanadi va uning quyidagi turlari mavjud :

•• Ecco perche : ❇️ Mana nimaga , mana nima uchun, shu ekanda sababi , shuning uchun ekanda , ha endi tushundim sababini ❇️ degan ma'nolarni anglatadi

🇮🇹A ) — Sono felicissimo !
B ) — Come mai ?
A ) — Abbiamo superato i 100 mila iscritti sul nostro canale YouTube
B ) —aaah , ecco perche !

🇺🇿A ) — men juda baxtiyorman !
B ) qanday qilib ?
A ) BizYoutubedagi kanalimiz obunachilarini 100 mingdan oshirdik
B ) — ahhh, ha shuning uchun ekanda

•• Ecco fatto : ❇️men tugatdim, bajardim, qildim, men nimani qilish kerak bo'lsa qildim❇️ ma'nolarini anglatadi

🇮🇹A ) —Puoi spegnere l'aria condizionata ? [B spegne il condizionatore]
B ) — Ecco fatto

🇺🇿A ) —Konditsionerni o'chira olasanmi ? [ B konditsionerni o'chirdi ]
B ) — qildim (aytganingdek)

•• Ecco cosa succede quando : ❇️qachonki mana shu kabi holatlar bo'lsa❇️ degan ma'noni anglatadi

🇮🇹A ) —Mi hanno licenziato !
B ) — Ecco cosa succede quando non si lavora bene !

🇺🇿A )— Meni ishdan haydashdi !
B ) — shu kabi holatlar qachonki yaxshi ishlamasa sodir bo'ladi !

•• Ecco come : Mana qanday, mana bu tarzda, degan ma'noni anglatadi .

🇮🇹 A ) — Non riesco ad accendere il cellulare📱 ![ B accende il cellulare]
B ) — Ecco come !

🇺🇿A ) —Telefonni yoqolmayapman ! ( B odam telefonni yoqib beradi)
B ) — Mana qanday qiladi
#Preposizione_A
#A_predlogi

A predlogining
Ishlatilishi :

1⃣ Maqsad

🇮🇹Io ho mandato una lettera a mia madre —🇺🇿men onamga xat jo'natdim

2⃣ Joyni ifodalaganda

—kichik orollar va shaharlar nomi oldidan

🇮🇹Noi viviamo a Samarcanda —🇺🇿Biz Samarqandda yashaymiz


—boshqa bir qancha birikmalarda

🇮🇹 A caccia —🇺🇿 ovga
🇮🇹 A casa —🇺🇿uyga
🇮🇹 A destra —🇺🇿 o'ngga
🇮🇹 A pagina — 🇺🇿bet(kitobning)
🇮🇹 A pesca —🇺🇿 baliq oviga
🇮🇹 A scuola —🇺🇿 maktabga
🇮🇹 A sinistra — 🇺🇿chapga
🇮🇹 A tavola —🇺🇿 stolga
🇮🇹 A teatro —🇺🇿teatrga


3⃣ Vaqt

— soat va oylar oldidan

🇮🇹 Ci vediamo domani alle 9:00 —🇺🇿Ertaga soat 9:00 da ko'rishamiz

🇮🇹Vado nel mio paese a dicembre — 🇺🇿Yurtimga dekabrga boraman

— boshqa bir qancha birikmalarda :

🇮🇹 A cena — 🇺🇿kechki ovqatga
🇮🇹 A colazione—🇺🇿 nonushtaga
🇮🇹 A pranzo —🇺🇿obedga
🇮🇹 A domani — 🇺🇿ertagacha
🇮🇹 All'inizio—🇺🇿boshida
🇮🇹 Alla fine—🇺🇿oxirida
🇮🇹 A presto —🇺🇿ko'rishguncha


4⃣ Yosh

🇮🇹 Ho iniziato a lavorare a 11 anni — 🇺🇿11 yoshda ishlashni boshlaganman


5⃣ Ravish , tarz , usul , holat

🇮🇹 Per favore , parlate a voce bassa —🇺🇿 iltimos , past ovozda gapiringizlar

🇮🇹non é necessario studiare tutto a memoria —🇺🇿Hammasini yodlash shart emas

🇮🇹ieri sono tornato a casa a piedi —🇺🇿kecha men uyga yayov(peshkom) qaytdim

🇮🇹 a caso — 🇺🇿 o'ylamasdan
🇮🇹A memoria —🇺🇿 yoddan
🇮🇹 A occhio e croce —🇺🇿 oz emas-u ko'p emas naqd...
🇮🇹 A voce alta —🇺🇿baland ovozda
🇮🇹al contrario—🇺🇿aksincha
🇮🇹al sangue —pishirilgan

🇮🇹Ho rispoto a caso alla domanda — 🇺🇿men o'ylamasdan savolga javob berdim

🇮🇹 Non sono stanco, al contrario .... — 🇺🇿men charchadim aksincha...


6⃣ texnikaning Ishlash rejimi

🇮🇹 Ho una macchina a benzina — 🇺🇿 benzidan yuradigan mashinam bor

🇮🇹 Io ho una barca a motore — 🇺🇿meni motor bilan yuradigan qayiqim bor


7⃣ Tezlik

🇮🇹 Corri troppo ! Stai andando a 150 chilometri all'ora — 🇺🇿Tezroq yugur ! Sen soatiga 150 km tezlikda bormoqdasan


8⃣Ziravor , ta'm , va biror bir geografik nom bilan ataluvchi ovqat nomi


🇮🇹 Prendo un gelato al cioccalato — 🇺🇿Shokoladli muzqaymoq olaman


🇮🇹 Vorrei un panino al formaggio —🇺🇿 pishloqli non xohlayman


9⃣ Narx-navo

🇮🇹 Ho comprato delle scarpe bellissime in un negozio del centro a 250.000 soum — 🇺🇿men markazdagi do'kondan bir ajoyib oyoq kiyimni 250.000 so'mga sotib oldim


1⃣0⃣ GIOCARE(o'ynamoq) fe'lidan keyin keladigan sport turlari va o'yinlardan keyin A predlogi keladi

🇮🇹 Non gioco a calcio ma gioco a carte —🇺🇿 futbol o'ynamayman , biroq karta o'ynayman


1⃣1⃣ Kiyimning tashqi xususiyati

🇮🇹 A righe —🇺🇿 yo'l-yo'l
🇮🇹 A quadri —🇺🇿katakchali
🇮🇹 A fiori — gullik


Diqqat :
Vado a teatro
Vado al teatro
Vado al teatro " Hamid Olimjon"

Vado a scuola
Vado alla scuola
Vado alla scuola " Hamid Olimjon "
👍4
Dativ ya'ni " ga " ni talab qiladigan fe'llar

Misol uchun :

Compro un regalo alla mia amica — do'stimga bitta sovg'a sotib olaman


Chiedere + a
Comprare + a
Domandare + a
Confermare + a
Dare + a
Dire + a
Insegnare + a
Inviare + a
Spedire + a
Mandare + a
Mostrare + a
Indicare + a
Ordinare + a
Portare + a
Preparare + a
Presentare + a
Prestare + a
Raccontare + a
Regalare + a
Restituire + a
Ricordare + a
Rimproverare + a
Servire + a
Spiegare + a
Telefonare + a



Shuningdek , ba'zi bir fe'llar " A " predlogini talab qiladi va infinitiv bilan yonma yon kelganda ham ishlatiladi

🇮🇹Mi sono abituato a mangiare la pizza —🇺🇿men pitsa yeyishga odatlanganman

🇮🇹 Comincio a spiegare la lezione —🇺🇿 darsni tushuntirishni boshlayman

Abituarsi + a
Affrettarsi + a
Andare + a
Cominciare + a
Continuare + a
Correre + a
Costringere + a
Decidersi + a
Divertirsi + a
Fermarsi + a
Imparare + a
Incoraggiare + a
Iniziare + a
Invitare + a
Obbligare + a
Passare + a
Provare + a
Rimanere + a
Riuscire + a
👍1
#Grammatica
#Circa_e_Verso

CIRCA va VERSO
Bu ikkala so'zning tarjimalari " Tahminan, atroflarida , deyarli ga yaqin " degan ma'nolarni anglatadi ammo ularning ishlatish qoidalari biroz boshqacha hisoblanadi. Hozir birin ketin bu ikkala so'zning farqlarini bilib borasiz :

❇️ Circa biror bir miqdor darajani ifodalab kelgan odam, predmet, soat va hokazolarni ifodalab keladi. Misol :

🇮🇹Sono circa le 12 meno un quatro —🇺🇿 tahminan soat 4 dan 12 gacha

🇮🇹Ci sono circa 40 mila persone che seguono questo canale , perche non ti iscrivi anche tu ? —🇺🇿Bu kanalni 40 mingga yaqin inson kuzatib boradi , nega sen bunga obuna bo'lmaysan ?

❇️ Verso so'zi xuddi " Tahminan, atrofida " tarjimaga ega bo'lib kelgan holda biror bir tahminiy vaqt soatni ifodab keladi va uni ESSERE bilan keladigan yordamchilar bilan qo'llamaysiz, Misol :

🇮🇹a che ora ci vediamo stasera ? Finisco di fare questo video e ci vediamo ok ? Quindi , direi verso le 8 di sera —🇺🇿 bugun kechqurun soat nechchida ko'rishamiz ? Bu videoni tugatishim bilanoq ko'rishamiz hopmi ? Shuning uchun, bu soat 8 lar atrofida bo'lsa kerak demoqchiman.

Diqqat !!! 👉 Biz ishni aynan soat nechchida tugatishimiz noaniq va shu bois tahminiy vaqt uchun VERSO ni ishlatamiz )

📝Agar gap ESSERE fe'lining o'zi bilan bog'langan bo'lsa bu holatda biz ikkala so'zni ham ishlatishimiz mumkin , misol :

🇮🇹 Erano circa le 8 quando é arrivato —🇺🇿U kelgan payti soat 8 lar edi.

Yoki :

🇮🇹 É arrivato verso le 8 —🇺🇿Soat 8 lar atrofida yetib kelgan edi

❇️ Circa ning qolgan ma'nolari ham mavjud bo'lib bular a quyidagilar

A proposito di (Haqida)
Rispetto a (Nisbatan)

🇮🇹Fu interrogato circa il suo ruolo nella vita —🇺🇿 u o'zining jamiyatdagi o'rni haqida so'radi



❇️ Verso ning har bir a'zoni ifodalash uchun ishlatiladi.

1⃣
Versi endecasibili —11 qatorli she'r aytuvchilar
Versi rimati—Shoirlar

2⃣
Biror bir hayvon va qush turlari umumiy turini ifodalaganda
🇮🇹Il verso della colomba—🇺🇿Oq urg'ochi kaptarlar

3⃣Biror bir narsaning tarafi va yuz qismini ifodalash uchun

🇮🇹Questo é un verso e questo é l'altro —🇺🇿Bu bir tarafi va bu esa qolgan tarafi

4⃣Biror bir hatta harakatni amalga oshirish usulini nazarda tutganda ishlatiladi

🇮🇹Per quanto mi sforzi , non riesco a trovare il verso di far capire il comgiuntivo ai miei studenti —🇺🇿Qancha kuch ishlatmayin , CONGIUNTIVO mavzusini tushuntirishning yo:lini topolmayapman

5⃣Yo'nalishni ifodalash uchun :

🇮🇹Vado verso la telecamera —🇺🇿 telekamera tomonga boraman

6⃣ "Contro " ga o'xshab QARSHI , ZID degan ma:noda keladi

🇮🇹Scagliarsi verso il nemico —🇺🇿Dushmanga qarshi urushmoq
👍1
Forwarded from Italyan tili (Sʜᴏᴋʜʀᴜᴋʜᴅɪɴʜᴏ 3)
#Grammatica
#Anzi

<< 🇦 🇳 🇿 🇮 >> so'zining turli xil ma'nolari mavjud :

1⃣🇦 🇳 🇿 🇮 biror bir gapdagi birinchi gapdagi negativ ma'noga qo'shimcha orqali qarama-qarshi ma'no qo'yish uchun ishlatiladi , va tarjimasi "𝗕𝗼'𝗹𝗶𝘀𝗵𝗶Ga 𝗾𝗮𝗿𝗮𝗺𝗮𝘀𝗱𝗮𝗻 ,𝘀𝗵𝘂𝗻𝗴𝗮 𝗾𝗮𝗿𝗮𝗺𝗮𝘆 " degan ma'nolarni beradi, m-n :
🇮🇹Non fa freddo anzi ci sono 35 gradi —🇺🇿35 daraja bo'lishiga qaramasdan sovuq emas.

Xuddi shu yo'sin va ma'noda Anzi yakka holda gapning oxirida kelishi mumkin.
🇮🇹Non fa freddo, anzi . — shunga qaramasdan sovuq emas

2⃣🇦 🇳 🇿 🇮 shuningdek biror bir fikrni tezda o'zgartirganimizda ham ishlatiladi va uning tarjimasi " 𝗬𝗮𝘅𝘀𝗵𝗶𝘀𝗶, 𝗯𝘂𝗻𝗱𝗮𝗻 𝗸𝗼'𝗿𝗮 " degan ma'nolarni beradi.
🇮🇹Prendo una pizza , anzi , prendo un primo —🇺🇿Pitsa olaman , yaxshisi(bundan ko'ra) , birinchi ovqat(suyuq) olaman

Qachonki Anzi ni fikrimizni o'zgartirmoqchi bo'lganimizda , biz shuningdek ma'noni aniqroq va isbotlash uchun " No " inkor so'zini ham qo'shib ishlatishimiz mumkin, masalan :
🇮🇹Gradirei un calice di vino ... anzi , no prendo una birra —🇺🇿bir stakan vino olaman, yo'q, yaxshisi, piva olaman.

3⃣ 🇦 🇳 🇿 🇮shuningdek biror bir so'zning va gapning ma'nosini kuchaytirib izohlash uchun ham ishlatilad va " 𝗔𝗻𝗶𝗾𝗿𝗼𝗾 𝗾𝗶𝗹𝗶𝗯 𝗮𝘆𝘁𝗴𝗮𝗻𝗱𝗮" deb tarjima qilinadi.

🇮🇹L'italia é bella, anzi bellissima —🇺🇿Italiya chiroyli , aniqroq qilib aytganda juda chiroyli

Shuningdek yana bir narsani bilib olishingiz kerak ya'ni ANZI shuningdek 🇦 🇳 🇿 🇮 🇹 🇺 🇹 🇹 🇴 yoki 🇮 🇳 🇳 🇦 🇳 🇿 🇮 🇹 🇺 🇹 🇹 🇴 kabi bir qo'shma so'zlar birikmasi sifatida biror bir muhokamani boshida va biror bir narsalarning jadvalini izohlash uchun ham qo'llaniladi va bu so'zlarning tarjimalari "𝗛𝗮𝗺𝗺𝗮𝘀𝗶𝗱𝗮𝗻 𝗼𝗹𝗱𝗶𝗻 , 𝗮𝘃𝘃𝗮𝗹𝗮𝗺𝗯𝗼𝗿 " degan ma'nolarni anglatadi.

🇮🇹Anzitutto compriamo gli ingredienti , poi faremo una torta — Avvalambor " barcha maxsulotlarni xarid qilamiz , keyin esa tort qilamiz.

Anzi shuningdek 🇵 🇴 🇨 '🇦 🇳 🇿 🇮 so'zi bilan birikma yasab kelib "𝗕𝗶𝗿𝗼𝘇 𝗼𝗹𝗱𝗶𝗻 , 𝗯𝗶𝗿𝗼𝘇 𝗮𝘃𝘃𝗮𝗹 " ma'nolarida keladi, masalan :

🇮🇹Devo raccontarti quello che mi é successo poc'anzi —Senga men bilan biroz oldin nima bo'lganliga haqida aytib berishim kerak

Italyan tilida shuningdek 🇦 🇳 🇿 🇮 🇨 🇭 🇪 degan birikma mavjud bo'lib u " ... 𝗡𝗶𝗻𝗴 𝗼'𝗿𝗻𝗶𝗴𝗮 , 𝗱𝗮𝗻 𝗸𝗼'𝗿𝗮" degan ma'nolarni beradi.

🇮🇹 Preferisco comprare una casa nuova anziché ` affittarne una —🇺🇿Bitta kvartirada ijaraga olgandan ko'ra bitta yangi uy sotib olishni maqul ko'raman
Forwarded from Italyan tili (Sʜᴏᴋʜʀᴜᴋʜᴅɪɴʜᴏ 3)
#Grammatica
#Piuttosto

Piuttosto so'zi qachon va qanday holatlarda ishlatiladi ? Quyida ushbu savolga javob topasiz.

1⃣ Piuttosto so'zi " alquanto(bir ozgina , yetarlicha " , " abbastanza (Yetarli) , " parecchio(bir qancha , ko'p ) so'zlari bilan sinonim sifatida keladi.

🇮🇹oggi sono piuttosto stanco ! —🇺🇿Bugun men yetarlicha charchaganman

2⃣ Piuttosto che
Qachonki piuttosto+che bilan kelsa "ning o'rniga , dan ko'ra " degan ma'noni beradi va "anziche va invece di " ga sinonim bo'ladi. Shuningdek u 2 ta Ot , Fe'l , olmosh yoki sifatlar orasida ishlatilib ham keladi.

🇮🇹Per andare a Samarcanda, piuttosto che L' AEREO , é meglio se prendiamo il TRENO —🇺🇿Samarqandga samolyotda borishdan ko'ra yaxshisi poyezdda ketamiz

* Aereo va Treno bu yerda OT

🇮🇹Preferisco RESTARE sveglia tutta la notte piuttosto che non FINIRE il progetto—🇺🇿Tun bo'yi uyg'oq turishni ma'qul ko'raman bu loyihani tugatmagandan ko'ra

* Restare va Finire bu yerda fe'l

Diqqat !!!!
Ba'zida italyanlar PIUTTOSTO CHE ni oppure (yoki) ma'nosida ishlatishadi.

🇮🇹se ti va , possiamo andare al cinema piuttosto che al teatro —🇺🇿Agar senga ma'qul bo'lsa , kinoteatrga yoki teatrga boramiz

3⃣ Piuttosto shuningdek biror bir narsani ma'qul ko'rmoqchi bo'lganimizda ishlatamiz va bu so'z ham yuqoridagi qoidaga binoan 2 olmosh , ot , sifat yoki fe'l orasida keladi.

🇮🇹Non parliamo di calcio , piuttosto parliamo di moda —🇺🇿Futbol haqida gaplashmaymiz , undan ko'ra moda haqid gaplashamiz.

4⃣ Piuttosto shuningdek yaxshiroq taklif berish maqsadida ham ishlatiladi va tarjimasi "Yaxshisi " deb tarjima qilinadi.

🇮🇹 Perche non mangiamo pesce stasera , o piuttosto , perche non andiamo al ristorante ? —🇺🇿Nega bugun baliq yemaymiz , yoki nega yaxshisi restoranga bormaymiz ?
#Poesia
#sher

Il più bello dei mari
è quello che non navigammo.
Il più bello dei nostri figli
non è ancora cresciuto.
I più belli dei nostri giorni
non li abbiamo ancora vissuti.
E quello
che vorrei dirti di più bello
non te l’ho ancora detto.

(Nazim Hikmet)
1
🇮🇹“L'uomo più importante nella vita di una donna non è il primo,
ma quello che farà in modo di essere l'ultimo.”

🇺🇿Ayol kishining hayotidagi eng muhim erkak bu BIRINCHISI emas , balkim bu OXIRGISI sifatida qolishdir

@italian_lan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ce l'ho - ce li ho - ce le ho - ce ne ho
@italian_lan
Milod, Mavlud yoki Kristmas – har  25-dekabr kuni Isoning  tugʻilgan kuni sharafiga nishonlanadigan bayramdir. Xristianlarda bu bayram Tugʻilish Bayrami yoki Muborak Tugʻilish deb bilinadi. Mavlud, mavlid annabiy (arab. — tugʻilish, paygʻambarning tugʻilgan kuni) — Muhammad paygʻambarning tugʻilgan kuni bilan bogʻliq bayram. Rabiulavval oyining 12 kuni nishonlanadi. Musulmon mamlakatlarida Mavlud kuni duolar, paygʻambar shaʼniga madhiyalardan iborat sheʼrlar oʻqiladi, sadaqalar beriladi, ruhoniylarning yigʻilishlari oʻtkaziladi.Mavlud, har yili dunyoning birqancha  xristian davlatlari tarafidan 25-dekabr  kuni boshlab 26-dekabr oqshomigacha nishonlanadi. 24-dekabr  kunini esa Mavlud Arafasi deb atashadi. Birqancha davlatlarda esa Mavlud taʼtili Yangi yil taʼtili bilan birlashtiriladi va bir necha kun taʼtil qilinadi. Pravoslav mazhabi esa bu bayramni Julian taqvimiga koʻra nishonlaydi. Julian taqvimida 25-dekabr 7-yanvarga teng keladi.

Mavlud Bayramida koʻpgina xristian  oilalari archa daraxtini  turli tuman chiroqlar, zarlar va oʻyinchoqlar bilan bezatadilar. Har yili Mavlud bayramidan oldin oilaning bolalari Santa Klausdan  oʻzlari xohlagan sovgʻani olib kelishini tilab xat yozadilar. Ota-onalar uyda yasatilgan archa daraxtining  tagiga bolalari uchun ular istagan sovgʻalarni qoʻyadilar. Bolalar esa u sovgʻalarni ular uhlayotgan vaqt Santa Klaus qoʻyib ketganiga ishonadilar.

Mavlud bayramida Xristian  oilalarida Mavlud yeguliklari pishiriladi. Xristian  davlatlarining hammasida bu yeguliklari birbiridan farqli. Lekin ko'pincha Mavludda Kurka  pishiriladi. Dasturxon ustiga omela daraxtining yaproqlari toʻkiladi. Ovqatdan keyin Mavlud pudingi deb nomlangan shirinlik tortiladi.
🔥O'z yaqinlaringizni bayram bilan italyan tilida tabriklashni istaysizmi ? Quyida bir qancha variantlar sizga tuhfa etiladi :

❇️Auguri! - Tabriklayman !

❇️Buon Natale! - Rojdestvo muborak

❇️Tanti auguri! - (ko'p bora) tabriklayman

❇️Buone feste! -Bayramlaringiz muborak bo'lsin
#Pronomi_diretti_e_indiretti
#Bevosita_va_Bilvosita_olmoshlar
#Grammatica


Avvalo olmosh nima ? Olmosh - bu gapning ot o'rnida ishlatiladigan o'zgaruvchan qismi; to'g'ridan-to'g'ri odamlarni yoki haqiqatda mavjud bo'lgan narsalarni yoki allaqachon aytib o'tilganlarni yoki butun jumlalarning mazmunini yana bir bor qayta nomlash uchun ishlatiladigan grammatikaning ajralmas qismidir.

Italyan tilidagi BEVOSITA OLMOSHLAR :


MiMeni , menga
Ti
Seni , senga
Lo
Uni , Unga(Mujskoy rod)
La
Uni , Unga (Jenskiy rod )
Ci
Bizni , Bizga
Vi
Sizni , Sizga
Li
Ularni ,Ularga (Mujskoy rod)
Le
Ularni , Ularga(Jenskiy rod)

BEVOSITA OLMOSHLAR
asosan hech qanday kelishik bilan ergashib kelmagan FE'L dan so'ng keladi va KIM ? NIMA ? so'roqlariga javob bo'lib keladi.

Masalan :

🇮🇹Shokhrukh compra il quaderno = Shokhrukh LO compra —🇺🇿 Shohrux DAFTAR(ni) sotib oldi = Shohrux UNI(daftarni) sotib oldi.

Bu yerda IL QUADERNO(Daftar ) so'zi oxiri — O —Harfi bilan tugagani bois va mujskoy roddagi OT bo'lganligi bois LO olmoshini ifodalab kelmoqda

Yoki xuddi shu kabi misolni endi Jenskiy rodda ham ko'rishingiz mumkin :

🇮🇹 Shokhrukh mangia la pizza = Shokhrukh LA mangia —🇺🇿 Shohrux pitsani yeydi = Shohrux UNI (Pitsani) yeydi.

La Pizza so'zi —A—harfi bilan tugaganligi bois va Jenskiy roddagi ot so'z turkimi bo'lgani bois LA olmoshini ifodalab keldi.

Yoki shu kabi misollarning endi ko'plik shaklida e'tibor qaratib o'tsak , demak :

🇮🇹Shokhrukh sogna sempre le sue cugine = Shohrux LE sogna —🇺🇿 Shohrux xolavachchalari haqida har doim o'ylaydi = Shohrux ULARNI( XOLAVACHCHALARINI) o'ylaydi

La cugina — xolavachcha
Le cugine —xolavachchalar

Le cugine (xolavachchalar) so'zi ko'plikdagi bo'lganligi bois LE olmoshi qo'yilmoqda ya'ni LE bu yerda — LE SUE CUGINE — birikmasini ifodalab kelmoqda.

Izoh : Le 2 xil ma'noda keladi
(1. Olmosh )
2 . Jenskiy roddagi ko'plikdagi artikl)


Pronomi Diretti(BEVOSITA OLMOSHLAR) o'zagi 2 ta KUCHSIZ VA KUCHLI shakldan tashkil topgan bo'lib bular quyidagicha :

KUCHSIZ SHAKl KUCHLI SHAKL
Mi ME
Ti TE
Lo LUI
La LEI
Ci NOI
Vi VOI
Li LORO
Le LORO


KUCHSIZ olmoshlar FE'LDAN oldin keladi , va , aksincha KUCHLI OLMOSHLAR esa FE'LDAN keyin keladi


Endi esa har ikkala shaklini teng holda ishlatilishiga e'tibor qaratamiz :

🇮🇹Mohinabonu sogna ME = Mohinabonu Mi sogna 😅🇺🇿 Mohinabonu meni o'ylaydi(hayol suradi)


🇮🇹Suhrob vedrá TE= Suhrob TI vedrá🇺🇿Suhrob SENI ko'rmoqchi

🇮🇹 Shahriyor compra la mela (LEI👩‍🦰) = Shahriyor LA compra🇮🇹 Shahriyor UNGA olma sotib olib beradi

Compra la mela —> LA compra

🇮🇹Asliddin ha visto ME e mio fratello (Noi) = CI ha VISTO — 🇺🇿Asliddin meni va akamni (Bizni) ko'rdi

Me e mio fratello —> Ci (Bizni)

🇮🇹 Mohinabonu notava TE e Komyob(Voi) = Mohinabonu VI notava —🇺🇿 Mohinabonu seni va Komyobni bilgan edi , tanir edi

Te e Komyob —> Vi(sizlarni)

🇮🇹Anvar ha venduto le case = Anvar LE ha VENDUTE *🇺🇿Anvar uylarini sotib yubordi

Le case —>Le (uylarni)


Yuqorida ( * ) belgisi orqali ishora ko'rdingiz va bu bejizga emas . Demak , nega VENDUTO emas VENDUTE bo'ldi degan bo'lsangiz javob quyidagicha :
Qachonki BEVOSITA OLMOSHLAR bilan yonma yon kelgan SIFATDOSH ya'ni O'TGAN ZAMON fe'li kelsa bunda SON va RODga qaraladi ya'ni

Anvar ha venduto le case = Anvar LE ha VENDUTE

La casa —uy(birlik)
Le case —uylar(ko'plik) ya'ni jenskiy rod ko'plik shakli bo'lganligi va gap o'tgan zamonda bo'lganligi bois fe'lning oxirida fe'lga — E — qo'shdik (Venduto—Vendute)



italyanlar juda ham ko'p marotaba BEVOSITA OLMOSHLARNING KUCHSIZ SHAKLIDAN foydalanishadi va shu bois quyida beriladigan gaplarni juda ham kam uchratishingiz mumkin.

Shohrux ha visto noi
Shohrux ha dato un regalo noi
Va hokazolar.


Umuman ahamiyat berib ko'rib turganingizdek , FE'Ldan oldin ergashib keladi , ammo ba'zi bir 5 ta mustasno holatlar ham mavjudki ular o'
zlaricha AVTONOM RESPUBLIKA😅 demak quyidagilar :

1 ) Predlog ya'ni kelishik talab qiladigan 2 ta fe'l bilan yonma-yon ergashib kelganda :

🇮🇹verrò a vederTI domani —🇺🇿ertaga SENI ko'rgani kelaman

🇮🇹Passo a prenderLA piu tardi —🇺🇿UNI olgani biroz kechroq o'taman

Diqqat : BEVOSITA OLMOSH bu qoida bo'yicha bu yerda hatto FE'LDAN OLDIN kelishi ham mumkin ya'ni :

🇮🇹TI vengo a prendere dopo — 🇺🇿seni olib ketishga keyin kelaman

2 ) agar fe'l imperativda ya'ni buyruq gapda kelgan bo'lsa :

🇮🇹Non tirarLO🇺🇿UNI siljitma
🇮🇹SpostaLo🇺🇿Uni siljit

3 ) agar fe'l Gerundioda bo'lsa

🇮🇹GuardandoLA attentamente , ho notato che stava piangendo —🇺🇿 UNGA diqqatlik bilan qarayotib , shuni payqadimki , u yig'layotgan edi

4 ) agar fe'l Infintivda kelsa :

🇮🇹MangiarLA potrebbe farti ingrassare —🇺🇿UNI yeyish , seni semirtirib yuborishi mumkin



5 ) ECCO ravishi bilan kelganda :

🇮🇹EccoLA🇺🇿Ana u(ni
🇮🇹EccoMI🇺🇿Mana men
Endi esa navbat #PRONOMI_INDIRETTI(BILVOSITA OLMOSHLAR) mavzusiga ham yetib keldik.

BILVOSITA OLMOSHLAR

Mi —menga
Ti —senga
Gli—unga👨
Le—unga👩
Ci—Bizga
Vi—sizlarga
Loro —ularga

BILVOSITA OLMOSHLAR o'zidan keyin — A —predlogi(o'zbek tilidagi — GA — qo'shimchasi)ni talab qilgan , ma'noga ega bo'lgan fe'llar bilan yonma-yon kelganda va gapda KIMGA ? NIMAGA ? so'roqiga javob bo'lganda ishlatiladi.

Masalan :

🇮🇹Suhrob ha telefonato a Shohrux = Suhrob GLI ha telefonato —🇺🇿Suhrob ShohruxGA telefon qildi = Suhrob UNGA(Shohruxga) telefon qildi

Bu yerda GLI olmoshi gapda SHOHRUX so'zini ifodalab kelmoqda.


Tushunishlaringiz uchun yana bir boshqa misol keltiramiz :

🇮🇹 Laziz parlava sempre a me e a mio fratello dei suoi problemi = Laziz CI parlava sempre dei suoi problemi —🇺🇿 Laziz menga va akamga har doim o'z muammolari haqida gapirib beradi = Laziz BIZGA har doim o'z muammolari haqida gapirib beradi.

A me e a mio fratello ( menga va akamga ) = CI (BIZGA)*


Pronomi Indiretti (BILVOSITA OLMOSHLAR) ning ham 2 ta KUCHSIZ va KUCHLI shakllari mavjud bular :

Kuchsiz Kuchli

Mi A me
Ti A te
Gli A lui
Le A lei
Ci A noi
Vi A voi
Loro A loro


Endi esa Kuchli va Kuchsiz olmosh shakllaridan misollarga e'tibor qaratamiz .

🇮🇹 Suhrob scrive A ME = Suhrob MI scrive —🇺🇿 Suhrob MENGA yoz(adi).

🇮🇹 Shahriyor telefona A TE = Shahriyor TI telefona — 🇺🇿 Shahriyor SENGA telefon qiladi

🇮🇹 Mohinabonu parla a sua sorella ( a lei ) = Mohinabonu LE parla —🇺🇿 Mohinabonu opasiga(unga) gapirmoqda

🇮🇹 Asliddin telefona a me e a Komyob ( a noi ) = Asliddin CI telefona —🇺🇿Asliddin menga va Komyobga (Bizga) telefon qiladi

🇮🇹Shuhrat risponde ai suoi genitori (a loro ) = Shuhrat risponde LORO* —🇺🇿Shuhrat ota-onasiga javob bermoqda (ularga)


Bir noodatiy narsani payqadingizmi 3-shaxs ko'plik shakli bo'yicha (?) Ya'ni LORO ( ularga) olmoshi har doim FE'LDAN SO'NG keladi(ishlatiladi)


Biroq bir qancha grammatiklar fikrlashlariga qaraganda , 3-shaxa ko'plik " Loro " ning hozirgi yangi versiyasi sifatida " GLI " ko'rilmoqda va bu qoida dunyo bo'ylav juda ham tez ildiz otib bormoqda.

Shuhrat parla ai suoi genitori —> Shuhrat GLI parla

Ha , bir narsa aniqki , ya'ni GLI ishlatilganda hamma 3-shaxa birlik deb o'ylaydi yoki 3-shaxs ko'plik deb. Bu endi matndagi kontekstga bog'liqdir.


O'zlaringiz guvohi bo'lganingizdek , Pronomi Indiretti ( BILVOSITA OLMOSHLAR) odatda FE'LDAN OLDIN keladi ammo 3 ta mustasno holatlar mavjud bo'lib ya'ni FE'LDAN KEYIN keladi bular quyidagilar :

1 ) fe'l imperativda ya'ni buyruq gapda kelganda :

🇮🇹 Non dirGLI cosa é successo ! —🇺🇿 UNGA nima sodir bo'lgani aytma !

🇮🇹PortaLE il regalo —🇺🇿 UNGA sovg'a olib bor !

2 ) fe'l Gerundioda bo'lsa

🇮🇹 scrivendoGLI una lettera , risolverai il problema —🇺🇿UNGA bir dona xato yozib , muammongni hal qilasan

3 ) fe'l infinitivda kelsa

🇮🇹 ParlarTI mi aiuta a riflettere —🇺🇿 SENGA gapirish , menga o'ylashga yordam beradi
👍5
Endi esa BUGUNGI MAVZUNING ENG QIYINCHILIK TUG'DIRADIGAN BOSQICHIGA ham yetib keldik , demak , bu bosqicha biz bir gapning o'zida Pronomi Diretti(BEVOSITA OLMOSHLAR) va Pronomi Indiretti (BILVOSITA OLMOSHLAR)ishlatishimiz kerak bo'ladi.

Masalan :

🇮🇹Shohrux dice A ME la notizia —> 🇺🇿Shohrux ME LA dice

Bu yerda
ME ( A ME )
La ( La notizia)

Biroz osonroq tushunib olish uchun qoida keltiramiz .

#1 ) Il pronome indiretto(BILVOSITA OLMOSH) har doim il pronome diretto(BEVOSITA OLMOSH) dan har doim oldin keladi.


#2)i pronomi Indiretti (BILVOSITA OLMOSHLAR) dagi olmoshlar MI , TI , CI , VI direttodagi LO , LA , LI , LE olmoshlar bilan kelganda o'z-o'zidan ME , TE , CE VE ga o'zgaradi

#3 ) I pronomi Indiretti (BILVOSITA OLMOSHLAR) GLI va LE dagi olmoshlar Diretto bo'lib kelgan LO , LA , LI , LE bilan kelganda birlashtirganda —e—ya'ni ( Va ) bog'lovchisini ishlatamiz va yagona so'zni shakllantiramiz ya'ni :

Glielo , gliela , glieli , gliele



🇮🇹Shohrux scrive a Mohinabonu una lettera —🇺🇿 Shohrux Mohinabonuga bitta xat yozdi

👆 Bu gapni o'girish uchun qoida #1 va qoida #3 dan foydalanishingiz kerak bo'ladi ya'ni :

Shohrux gliela scrive — Shohrux UNGA UNI yozdi

Bu yerda GLI(Mohinabonu)* qizlar uchun ham GLI ishlatiladi aralash turda

E( gli-e-la) dagi bog'lovchi qo'shimcha

La( bu yerda UNA LETTERA) ga to'g'ri kelmoqda


🇮🇹Aziza compra un computer al suo ragazzo —🇺🇿Aziza o'z yigitiga bitta kompyuter sotib oldi

Qoida #1 va qoida #2 ni ishlatamiz ya'ni :

🇮🇹Aziza glielo compra—🇺🇿Aziza UNGA UNI sotib oldi

Gli(Al suo ragazzo)
Lo(il computer)


🇮🇹I miei genitori hanno prestato un libro a me e mio fratello —🇺🇿ota-onam menga va akamga kitob berdilar

Qoida #1 va qoida #2
🇮🇹I miei genitori CE LO hanno prestato —🇺🇿 ota-onam BIZGA UNI berdilar
👍4