Italyan tili
1.8K subscribers
523 photos
106 videos
164 files
549 links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Conversazione in italiano al telefono ☎️
#Telefonda_italyancha_suhbat
Italiano_per_russi_Manuale_di_grammatica_italiana_con_esercizi_PDFDrive.pdf
14.2 MB
Italiano per russi. Manuale di grammatica italiana con esercizi ( PDFDrive ).pdf
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 UZBEKISTAN: Storia, curiosità e.. Samarcanda!
👤 #Stefano_Epic_Rossi
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Gli esami al NORD vs gli esami al SUD
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Samarcanda - INSIEME (Videoclip 2020)
👤 #Christian_Deix
#Grammatica
#15_11_2020_Shokhrukh

tema d'oggi : GLI AGGETTIVI DIMOSTRATIVI E IDENTIFICATIVI ( sifatlovchi ko'rsatish olmoshlar va aniqlovchilar )


Sifatlovchi ko'rsatish olmoshlari biror bir vaqtdagi va maydondagi JOYLASHUVNI aniqlab kelish uchun ishlatiladi .

Italyan tilida 3 ta sifatlovchi ko'rsatish olmoshlari mavjud bo'lib quyidagilar :


Musjkoy rod(Birlik)

1) QuestoBu
2) Codestoana unga
3) Quel , quelloO'sha , ana u

Jenskiy rod(Birlik)
1) QuestaBu
2) Codestaana u , o'sha
3) Quellaana u , o'sha


Mujskoy rod ko'plik
1) QuestiBular
2) Codestianaular ,o'shalar
3) QuelliAnaular , o'shalar


Jenskiy rod ko'plik
1) QuesteBular
2) Codesteanaular , o'shalar
3) Quelleanaular, o'shalar

Questo/a/i/e
— ma'lum bir vaqt va joyda gapiruvchi va tinglovchi o'rtasida bo'lib o'tgan suhbat jarayonida o'zaro BIR BIRIGA YAQIN BO'LGAN shaxs va narsalarga nisbatan ishlatiladi

Per esempio :
Voglio comprare QUESTO vestitoBU kiyimni sotib olmoqchiman
* Ya'ni bizga yaqin bo'lgan kiyimga nisbatan ishlatiladi*


Voglio comprare QUESTI LIBRI —men BU kitoblarni sotib olmoqchiman
*Ya'ni QUESTI(BULAR) bu ko'plik shakli hisoblanadi va mujskoy rod ko'plik.

Quest + o libro(birlik)
Quest+ i libri (ko'plik)

Shuningdek

Questo+il+ libro
Questo + libro


Ya'ni Questo dan so'ng ARTIKL QO'YILMAYDI

Ot qaysi rodda kelsa QUEST ham shunga moslashadi


Libro—Kitob
Musjkoy rod

Questo +libro

Macchina—mashina(jenskiy rod)

Questa + macchina



Agar ot ko'plikda bo'lsa quyidagicha

Mujskoy
Questi+libri


Jenskiy

Queste+ ragazze

Codesto/a/e/i— biror bir uzoqdagi shaxs va narsaninng gapirayotgan insondan uzoqligini ammo boshqa bir tinglovchiga yaqin ekanligini ifodalash uchun ishlatiladi. Ammo , hozirgi kunda bu so'z deyarli yo'q bo'lib ketdi hattoki italyanlar ham bu so'zni ishlatishmaydi. Bu so'z shunchaki qandaydir bir kichik norasmiy majlislar payti rasmiyatchilik va qog'ozbozchilik uchun ishlatiladi.

Si prega di rivolgersi a CODESTO Minestro per — u sekin ta'zim qilib ANA U vazirga qarab otlandi

Quel (lo) / a / e / i— uzoqdagi biror bir kim va narsani ifodalash uchun ishlatiladi va ANA U, O'SHA deb tarjima qilinadi.


Voglio comprare QUEL vestito che é in vetrina —ANA U oynali vetrinada joylashgan kiyimni sotib olmoqchiman
* Ya'ni men aytgan kiyim mendan va sotuvchidan ham uzoqroqda joylashgan

QUELLO (ana u , o'sha ) so'zi Mujskoy rodda biroz turli shakllarda ishlatiladi

Misol uchun : QUELL' + unli harf

Quell'albero(ana u daraxt)
Quell'asciugamano(o'sha sochiq)
Quell'amico(o'sha do'st)


Quello + gn , ps, z , s+undosh

Quello + STivale(o'sha etik)
Quello + gnomo(o'sha pakana)
Quello + psicologo(o'sha psixolog )

Quello + zaino (o'sha sumka)


Ko'plik

Quegli + unli harf , gn , z ,ps , s+undosh (Mujskoy rodda faqat !!!)

Quegli + alberi—o'sha daraxtlar
Quegli + amici—o'sha do'stlar
Quegli + asciugamani—o'sha sochiqlar
Quegli + stivali—o'sha etiklar
Quegli + psicologhi—o'sha psixologlar
Quegli + gnomi— o'sha pakanalar

Quel+lo+STivale

S+undosh harf(musjkoy roddagi ot) bo:lsa LO artikli har doim

Quel so'zi esa nisbatan osonroq ishlatiladi yuqoridagi misollardan ko'ra

Quel +libro(o'sha kitob)
Quel+giardino(o'sha bog')
Quel+coccodrillo(o'sha krokodil)


Ko'plik

Quei+ undosh


Quei +vestit i— Bu kiyimlar
Quei +libri —bu kitoblar
Quei+ ragazzi — bu bolalar
Quei +balli — bu raqslar

Quel +undosh harf bilan boshlangan MUSJKOY roddagi Ot

Quello shuningdek og'zaki nutqda ham ko'p ishlatiladi

Quello che mi piace di piu di questa cittá é...

bu shaharda menga eng ko'p yoqaydigan AYNAN BIROR BIR NARSA bu ....

Yana bitta misol aytaman balkim tushunib olarsiz


Prendo CODESTO al posto di questo — buning o'rniga MANA BUNISINI olaman

Bu gapda CODESTO va QUESTO qatnashgan

Questo yaqin
Codesto uzoqdagi yaqin narsa
👍2🔥1
#Il_secondo_tema
#ikkinchi_mavzu

Gli aggetivi identificativi—Sifatlovchi aniqlovchilar

Sifatlovchi aniqlovchilar shaxs va narsalar o'rtasidagi BIR XILLIK , O'XSHASHLIK ni ifodalash uchun ishlatiladi va bu italyan tilidagi UGUALE(o'xshash) va IDENTICA(Bir xillik) so'zlariga sinonim hisoblanadi.


Italyan tilida sifatlovchi aniqlovchilar 2 ta (STESSO-o'xshash , bir xil ) va ( MEDESIMO—xuddi o'zi ,aynan o'sha , bir xil ) ammo ularning ham birlik va ko'plik shakklari ham mavjuddir.

Mujskoy

Stesso
(birlik)
Stessi(ko'plik)
Medesimo(birlik)
Medesimi(ko'plik)



Jenskiy

Stessa(birlik)
Stesse(ko'plik)
Medesima(birlik)
Medesime(ko'plik)

#misollar

Oggi mia madre cucina lo STESSO pranzo di ieri— Bugun oyim tushlikka kechagidek BIR XIL(aynan o'sha) ovqatni pishirdi

Oggi lui indossa il MEDESIMO maglione di ieri — bugun u kechagidek XUDDI AYNAN O'SHA futbolkani kiydi

Stesso oldida LO artikli

Chunki stesso O harfi bilan tugayapti ya'ni Mujskoy rod va S+T(undosh harf) bo'lmoqda ya'ni LO artikli quyiladi
👍2
SHAUM_39_S_OUTLINE_ITALIAN_VOCUBALARY.pdf
19.8 MB
ITALIAN_PRONOUNS.pdf
1 MB
MUST_KNOW_ITALIAN.pdf
2.4 MB
501_ITALIAN_VERBS.pdf
3.1 MB
ITALIAN_SENTENCE_BUILDER.pdf
919.5 KB
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Nuova_espressione
#Yangi_ibora


✳️ Dammi il cinque!

Ma'nosi : 5(besh) tashla 🖐

Ya'ni bu biror bir ajoyib ish uchun gapiruvchi va tinglovchi o'rtasidagi o'zaro rag'batlantirishning kamtarona yo'li


🔺 @italian_lan
Italyan tilidagi vulgarizmlar , slanglar .PDF
1 MB
Il tema d'oggi : Stare + Gerundio

Gerundiy o'zi aslida katta zamon hisoblanadi ammo hozir sizlarga faqat STARE + GERUNDIO mavzusini o'tib bermoqchiman . Avvalambor , STARE yordamchi fe'lini kishilik olmoshlari bilan yonma-yon qo'yilishini ko'rib olsak

io+ sto
Tu +stai
👨Lui+ sta
👩‍🦰Lei + sta
Noi + stiamo
Voi + state
Loro + stanno

Stare yordamchi fe'lini tuslagandan so'ng biz endi ASOSIY FE'LNI ham tuslashlarini bilib olishimiz kerak ya'ni bunda :

—Are— bilan tugaydigan fe'llarga — Ando — qo'shimchasi ni qo'shamiz va gapda RE tushib qoladi

Ascoltare—Ascoltando
Parlare—Parlando

—Ere— va —Ire— bilan tugaydigan fe'llarga faqatgina —Endo— qo'shimchasini qo'shamiz va RE tushib qoladi

Vedere—Vedendo
Sentire—Sentendo
Finire—Finendo

Ando va Endo o'zbek tilidagi —Yap—degan qo'shimchaga teng ma'no hisoblanadi.

Endi esa Stare + Gerundio ni bemalol tuslanish shaklini bilib oldik ya'ni :

io +sto + ascoltando
Men eshitYAPman

Tu + stai + parlando
Sen gapirYAPsan

Lui + sta + lavorando
U ishlaYAPti

Lei + sta vedendo
U ko'raYAPti

Noi + stiamo + finendo
Biz tugatYAPmiz

Voi + state + giocando
Sizlar o'ynaYAPsizlar
Stare + Gerundio ishlatilish quyidagi holatlarda uchrashi mumkin :

1⃣ aynan hozir davom etayotgan ish harakatni ifodalash uchun , masalan :

Noi stiamo imparando l'italiano sull'internet—Biz internetda Italyan tilini o'rganYAPmiz


2⃣ Gapiralotgan vaqt atrofida sodir bo'layotgan , bir necha kun davomida sodir bo'layotgan yoki boshlanib hali tugallanmagan ish-harakatni ifodalaydi , masalan :

io sto leggendo un bel libro in questi giorni —Men shu kunlarda bir ajoyib kitob o'qiYAPman

3⃣O'zgaruvchan vaziyatlarga nisbatan ham ishlatiladi, masalan :

i prezzi si stanno aumentando cosi velocemente —Narxlar juda tez o'sib borYAPti
* Si qo'yishim sababi bu PASSIV gap ya'ni egasi nomalum gap. Buni keyingi darsda tushuntiraman

4⃣vaqtinchalik vaziyatlarga nisbatan ham ishlatilishi mumkin , masalan :

Il mio cellulare non sta lavorando—Mening telefonim ishlamaYAPti

Bu mavzu minneey olib qarasak ingliz tilidagi HOZIRGI DAVOMLI ZAMONga to'g'ri ham keladi ya'ni ishlatilish formasi bir xil
👍1
Barcha talabalarni 17- Noyabr ' STUDENTLAR KUNI " bilan chin dildan muborakbod etaman. Bayramlarimiz abadiy va davramiz keng bo'lsin
tema d'oggi : AVERE ed ESSERE

" Avere " bu ingliz tilidagi " To have " fe'li bilan teng ma'noga ega bo'lib biz uni biror bir narsaning egasi ekanligimizni ifodalash uchun ishlatamiz. " Avere " va " Essere " italyan tilidagi eng ommabop ko'makchi fe'llar hisoblanadi va ular har bir grammatikadagi zamon ko'rsatkichlarini ifodalab keladi ya'ni zamonlar aynan mana shu 2 ta yordamchi fe'llar orqali tuziladi.


Italyan tilida AVERE( bor bo'lmoq , egalik qilmoq) fe'li I PRONOMI PERSONALI(kishilik olmoshlari) bilan quyidagi tartib bo'yicha shakllanadi. Ammo "Avere" ni tuslashdan oldin Kishilik Olmoshlarini yodga olamiz.

io—men
Tu—sen
Lui—U👨
Lei—U👩‍🦰
Noi—Biz
Voi—sizlar
Loro—Ular

Endi esa " Avere " (bor bo'lmoq) fe'lini kishilik olmoshlari bilan tuslaymiz

Kishilik olmoshi + Avere

Io + ho = menda bor
Tu + hai = senda bor
lui + ha = 👱‍♂️unda bor
lei + ha = 👩‍🦰unda bor
Lei + ha = sizda bor(hurmat shaklida)
Noi + abbiamo = bizda bor
Voi + avete = sizlarda bor
Loro + hanno = ularda bor

Endi esa biror bir narsamiz bor demoqchi bo'lsak biz BIRLIKDA quyidagi formuladan foydalansak bo'ladi ya'ni :

Kishilik Olmoshi + Avere + noaniq artikl + ot

Misol uchun :

Lui + ha +un+ libro

U(nda) + bor + bir(qandaydir) + kitob

Ya'ni unda bitta kitob bor

Ingliz tilida odamlar ichki hissiyoti yoki jarayonlarini ifodalamoqchi bo'lsa har doim ( TO BE ) dan foydalanishadi ammo Italyan tilida bu faqatma faqat " AVERE " fe'li orqali ifoda etiladi . Misol uchun biz CHANQASHIMIZ , CHALAUYQUSIRASHIMIZ , ISIB KETISHIMIZ yoki SOVQOTISHIMIZ mumkin.

Suhrob é sete
Suhrob HA sete Suhrob chanqagan


Nazira e Gulhayo sono fredde
Nazira e Gulhayo HANNO freddo Nazira va Gulhayo sovqotishmoqda

Ilnura e Mohinur sono sonno
Ilnura e Mohinur HANNO sonno Ilnura va Mohinur uyqusirayapti

Mohinabonu , Fotima ed io siamo caldi
Mohinabonu, Fotima ed io ABBIAMO caldo Mohinabonu , Fotima va men isib ketyapmiz

Qornimiz och qolganini va biror bir joyimizda og'riq borligini ifodalashimiz uchun ham AVERE fe'lidan foydalanamiz

Voi AVETE fame—Sizlar och qolgansizlar

Yoki

Tu hai mal di testa —senda bosh' ogriqi bor(sening boshing og'riyapti)

Italyan tilida " H " harfi mavjud bo'lgani bilan ammo u talaffuzda o'qilMAYDI va shu bois

Ho [ o ]—menda bor
Hai [ ai ]—senda bor
Ha [ a ] —Unda bor
Hanno [ anno ] —ularda bor

Biz " Avere " (bor bo'lmoq) fe'lini shuningdek ODAM YOSHINI AYTISH UCHUN ham ishlatamiz.

Io + ho + 20(venti) + anni
Menda 20 ta yillar bor
Men 20 yoshdaman

Lui + ha + 49 + anni
Unda 49 ta yillar bor
U 49 yoshda



Shuningdek , yana ingliz tiliga biroz solishtiramiz🤪 yomon ko'rsalaringiz ham

Bilamizki ingliz tilida DUSH QABUL QILMOQ , NONUSHTA QILMOQ , PIVO ICHMOQ gaplari " TO HAVE " fe'li orqali yasaladi ammo ITALYAN TILIDA BUNAQA EMAS !!!

Ya'ni

Io ho il bagno
Faccio il bagno(dush qabul qilmoq)

Io ho una colazione
Faccio colazione(nonushta qilaman)

Ho una birra
Prendo una birra( bitta pivo olib ichaman)

@Italian_lan
👍2
* Qisman rad etuvchi so'zlar *

⭐️ Ma non / Tranne / eccetto

Yuqorida keltirilgan so'zlarning tarjimalari " Dan boshqa, dan bo'lak, dam mustasno, ni..emas) hisoblanadi va buni biz biror bir narsani mustasno tariqasida ajratib ko'rsatmoqchi bo'lganimizda ishlatamiz

Misollar :
🇮🇹Sono venuti tutti i miei fratelli Tranne / ma non / eccetto Shakhriyor —🇺🇿Shahriyor akamdan bo'lak barcha akalarim kelishdi

🇮🇹Ho mangiato tutto Tranne / ma non / eccetto —🇺🇿 Shirinlikda tashqari boshqa barcha narsani yedim

🇮🇹Abbiamo capito ogni parola Tranne / ma non / eccetto questa —🇺🇿Bundan bo'lak boshqa hamma so'zni tushundik

🇮🇹Ho preso il primo, Ma non il secondo ( Tranne va Eccetto bu holda ishlatilmaydi grammatik qoidaga binoan)—🇺🇿 Birinchisini oldim , ikkinchisini emas
il tema d'oggi : Il PASSATO PROSSIMO( O'TGAN NOANIQ ZAMON)

#ishlatilishi

1️⃣ 📝 Yaqin o'tmishda sodir bo'lgan ish harakatga nisbatan ishlatiladi , misol uchun :

🌅🇮🇹Questa mattina HO VISTO Suhrob al supermercato---🇺🇿Bugun ertalab men supermarketda Suhrobni ko'rdim

2️⃣📝 uzoq o'tmishda sodir bo'lgan ish harakatning natijasi hozirgi voqealik bilan chambarchas bog'liq bo'lsa , misol uchun :

🕌MI SONO TRASFERITO a Samarcanda molti anni fa - ancha yillar oldin Men Samarqandga ko'chib o'tgan edim ( hozir ham Samarqandda yashayman

3️⃣📝 Uzoq o'tmishda sodir bo'lgan voqea va hodisa yil hisobi bo'yicha bo'lsa ham ishlatiladi misol uchun :

🤶🇮🇹La nonna di Shokhrukh É MORTA nel 2009---🇺🇿Shohruhning buvisi 2009 yil vafot etgan

4️⃣📝 Shuningdek SEMPRE(har doim) va MAI(hech qachon, hech) ravishlari bilan ergashib kelganda ishlatiladi, misol uchun
🇮🇹Non SONO MAI STATO in Germania🇩🇪----🇺🇿Hech qachon Germaniyada bo'lmaganman

👩🇮🇹Munisa É sempre STATA una ragazza studiosa--🇺🇿Munisa har doim o'qimishli qiz bo'lgan

5️⃣📝 odatiy bo'lmagan bir martalik ish harakatni ifodalash uchun ham shu zamon ishlatiladi :

🇮🇹 Due anni fa Mohinabonu e' andata a Samarcanda - 🇺🇿 2 yil oldin Mohinabonu Samarqandga borgan

6️⃣📝 Biror bir cheklangan ma'lum bir vaqt ichida sodir bo'lgan ish harakat uchun aytilganda :

🇮🇹 Nazira e' stanchissima ....Lei ha studiato dalle 08:00 alle 19:00 —🇺🇿 Nazira juda charchagan.....U soat 8dan to 7 gacha dars qildi

Bu zamon ish harakati ingliz tilidagi PAST SIMPLE ga o'xshashdir ya'ni O'tgan zamonda tugallangan ish harakatga nisbatan qo'llaniladi.
Bu zamonda fe'llar tuslanadi to'g'ri va notugriligiga qarab. Va shuningdek fe'llarning oxirin ham tuslanadi qoida bo'yicha

-ARE=---->ATO (Studiare - StudiATO)
-ERE=---->UTO(Tenere - TenUTO)
-IRE=-----> ITO ( Finire - FinITO )

Bu zamon ESSERE va AVERE yordamchi fe'llari bilan birgalikda ishlatiladi Ya'ni :

EGA + ESSERE \ AVERE + FEL O'TGAN ZAMONDA

Tu + hai + studiATO molto bene - Sen juda yaxshi o'qiding
Tu (ega)
hai (avere 2-shaxs)
studiato( Fe'l o'tgan zamonda tuslangan)

yoki tu + sei + partito piu tardi - Sen biroz kech jo'nab ketgan eding
tu ( ega)
sei(essere 2-shaxs)
partito ( Fe'l o'tgan zamonda tuslangan)


Va shuningdek gapda qavs ichida ESSERE yoki AVERE fe'llari kelsa quyidagicha tuslanadi :

ESSERE + ESSERE
Io sono + stato/a
Tu sei +stato/a
Lui/Lei é + stato🤵/a👩‍💼
Noi siamo + stati🤵🤵/e👩‍💼👩‍💼
Voi siete + stati/e
Loro sono + stati/e

" i " harfi bilan tugasa Mujskoy rod ko'plik ( siamo stati in America - bizlar Amerikada bo'lganmiz 🤵🤵)
" e " harfi bilan tugasa Jenskiy rod ko'plik ( siamo state in America - bizlar Amerikada bo'lganmiz 👩‍💼👩‍💼)



AVERE + AVERE
io ho + avuto
Tu hai +avuto
Lui/Lei ha + avuto
Noi abbiamo + avuto
Voi avete + avuto
Loro hanno + avuto

Misol uchun : Quando ho avuto 10 anni, giocavo a calcio con i miei amici vicini( Qachonki men 10 yoshda bo'lganimda yaqin do'stlarim bilan futbol o'ynar edim)

Quando loro sono stati a Samarcanda, Loro hanno avuto la possibilitá di dormire nei alberghi piu famosi( Qachonki ular Samarqandda bo'lishganida ularda juda ham mashxur mehmonxonalarda turishga imkoniyat bor edi )


- ARE - , - IRE - , - ERE - fe'llarini tuslash uchun misollar :
ega + essere \ avere + fe'lni o'tgan zamonda tuslash

CambiARE ( o'zgartirmoq) ya'ni tepada aytganimdek - ATO - qo'shamiz

io + ho + cambiATO
tu + hai + cambiATO
Lui + ha + cambiATO
Lei + ha + cambiATO
Noi + abbiamo + cambiATO
Voi + avete + cambiATO
Loro + hanno + cambiATO


VendERE ( sotmoq ) -UTO- qo'shamiz

io + ho + vendUTO
tu + hai + vendUTO
Lui + ha + vendUTO
Lei + ha + vendUTO
Noi + abbiamo + vendUTO
Voi + avete + vendUTO
Loro + hanno + vendUTO


Finire (tugatmoq ) - ITO - qo'shamiz

io + ho + FinITO
tu + hai + FinITO
Lui + ha + FinITO
Lei + ha + FinITO
Noi + abbiamo + FinITO
Voi + avete + FinITO
Loro + hanno + FinITO
1