Italyan tili
1.8K subscribers
523 photos
106 videos
164 files
549 links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Grammatica

🇨 '🇪 va 🇨 🇮 🇸 🇴 🇳 🇴

C'e' va Ci sono bu biror bir ma'lum joyda biror bir narsaning mavjudligini ifoda etish uchun ishlatiladi va tarjimasi " BU YERDA BOR " " MAVJUD " degan ma'nolarga ega. Bir so'z bilan aytganda bu ingliz tilida THERE IS \ ARE ga teng ish harakat hisoblanadi

C' e' har doim BIRLIK da ishlatiladi :

oggi c'e' il sole - bugun quyosh bor

Ci sono esa har doim KO'PLIK da ishlatiladi :

A Samarcanda , ci sono molti turisti - Samarqandda ko'p sayyohlar bor ( ya'ni u yerda bor )


shuningdek bu birikmaning INKOR SHAKLI ham mavjud bo'lib u quyidagi formula bo'yicha ishlatiladi

NON + C'E' \ CI SONO

NON CI SONO piu i pani al tavolo - stolda hech qanday nonlar yo'q

C' e' va Ci sono har bir zamonda turlicha tus oladi faqatgina sizlardan talab etiladigan yagona narsa bu ESSERE fe'ling turli zamonlarda qanday tuslanganligini yod olishingiz kerak bo'ladi

Ci sara anche Shavkat Mirziyoyev al mio compleanno domani - ertangi tug'ilgan kunimda Shavkat Mirziyoyev ham bo'ladi
* Ci sara ( there will be )

ieri C'era il vento ma oggi no - kecha shamol edi bugun esa yo'q
* C'era ( there was)
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Ascolto
#Tinglash

P.S : Vero(to'g'ri) va Falso(yolg'on ,noto'g'ri)) belgilash kerak audioni eshitgan holda

In bocca al lupo — Omad
10 Äîðîæêà 10
Missiva D'amore - Arisa
Arisa
Practice Makes Perfect_ Italian Conversation.pdf
1.9 MB
1-2-3-4 sinf o'rganuvchilar uchun

#PMPItalianConversation
🆔 @italian_lan
👍1
#Facile_Facile_A1_kitobi_haqida

" Facile Facile A1 " chet ellik talabalar uchun A1 darajasi kitobi madaniy uyushmalar va tashkilotchilar tomonidan tayyorlanganligi uchun barcha ko'ngillilarga italyan tilini o'rganishda ast qotadi. #RAR_formati_bilan


@Italian_lan
Facile_A1.pdf
11.4 MB
Facile Facile A1
#PDF
@Italian_lan
@Italianismo FACILEFACILE_A1N.rar
40.3 MB
Facile Facile A1
#zip #Audio
@Italian_lan
#nuova_espressione

• ESSERE AL VERDE

So'zma so'z tarjimasi : Yashil bo'lmoq

Ma'nosi :Pulsiz qolmoq, krizisga uchramoq

🇮🇹Mi dispiace, non ho soldi da prestarti, sono al verde anch’io—🇺🇿afsusdaman , senga qarz berishga pulim yo'q, men ham pulsiz qolganman(krizisdaman)

@Italian_lan
#Grammatica
#Neanche_Ne_ne_neppure_nemmeno

Neanche / Né...Né / Neppure / nemmeno

Yuqorida keltirilgan inkor so'zlarining ishlatilish tartib qoidalari ma'lum bir grammatik qoidaga asosan ishlatiladi va bu so'zlarning o'zbek tilidagi tarjimalari " Na bunisi va na bunisi " "hechqaysisi" "hech biri " kabi ma'nolarni anglatadi. Misollar orqali tushuntirib o'tishga harakat qilaman. Né...Né gapda hech qaysi bog'lovchisiz birin ketin ishlatilsa qolgan barcha inkor so'zlar(Nemmeno, Neppure, Neanche) italyan tilidagi " E" bog'lovchisi (o'zbek tilidagi 'Va") bilan yonma yon kelganda ishlatiladi

🇮🇹Non bevo ne té ne caffé —🇺🇿na choy na kofe ichaman

🇮🇹Non bevo té e neanche / Neppure / nemmeno caffé— Choy ichmayman va kofe ham

🇮🇹Non andró né a Samarcanda ne a Tashkent—🇺🇿Na Samarqandga boraman na Toshkentga

🇮🇹Non andró a Samarcanda e neanche / neppure / nemmeno a Tashkent—🇺🇿Samarqand va Toshkentga ham bormayman
#Proverbio_Maqol

• NON C’È DUE SENZA TRE


Italyan xalq maqoli

Ma'nosi : agar biror bir narsa allaqachon 2 marotaba sodir bo'lgan bo'lsa demak yana sodir bo'laveradi
O'zbek tilidagi " O'rgangan ko'ngil o'rtansa qo'ymas " ga biroz o'xshashroq

@italian_lan
🇮🇹Il tema d'oggi : IL PASSATO REMOTO
Bugungi mavzu : UZOQ O'TGAN ZAMON

Bugungi mavzu boshqa o'tilgan mavzularga nisbatan eng tushunarliroqi va aniqlanishini juda ham oson bo'lgan zamon hisoblanadi. Avvalambor zamon strukturasini belgilab beruvchi 2 yordamchi fe'llarning(AVERE va ESSERE) grammatik tuslanishiga e'tibor qaratamiz ammo bu 2 ta fe'l noto'g'ri fe'l sifatida keladi bu zamonda

AVERE

Io ebbi
Tu avesti
Lui/Lei ebbe
Noi avemmo
Voi aveste
Loro ebbero

Endi esa navbat ESSERE(ingliz tilidagi TO BE) fe'lining Il PASSATO REMOTO zamonida tuslanishini ko'rib o'tamiz

ESSERE

Io fui
Tu fosti
Lui/Lei fu
Noi fummo
Voi foste
Loro furono

Bu zamon qachon va qay tarzda ishlatiladi ? Hozir buni bilib olasiz, demak quyidagi holatlarda :👇

1⃣Uzoq o'tmishda sodir bo'lgan voqea va hodisani ifodalaganda, masalan :

🇮🇹Giulia Cesare conquistó(conquistare) la Gallia —🇺🇿Julio Sezar Galliani bosib olgan

🇮🇹A Samarcanda nacquero(nascere) alcuni dei piu famosi poeti uzbechi —🇺🇿Samarqandda yana bir qancha o'zbek mashxur shoirlar dunyoga kelishgan

2⃣Tarixiy voqealar, ertaklar, miflar aytib berganda ishlatiladi , masalan :

🇮🇹il 2 giugno 1991 gli uzbechi votarano(votare) per la Reppublica e il Presidente Islam Karimov andó in India —🇺🇿1991 yil 2 iyun O'zbeklar Respublika uchun ovoz berishgan va Prezident Islom Karimov Hindiston safariga jo'nab ketgan

3⃣Biror bir inson(tashkilot,narsa) haqida ma'lumot ya'ni Biografiya yozishda ishlatiladi , masalan :

🇮🇹Alisher Navai nacque a Hirat nel 1441 e moró nel 1501—🇺🇿Alisher Navoiy 1441 yilda Hirotda tavallud topgan va 1501 yil vafot etgan

4⃣ Hikoya va voqea -hodisani so'ylab berganda ishlatiladi, masalan :

🇮🇹Entró il cameriere e accese la luce ....—🇺🇿Ofitsant kirib keladi va chiroqni yoqadi....

5⃣Tarixiy joylarda(Turistlar bilan ) yurganingizda biror bir inshoot tarixi aynan Il PASSATO REMOTO zamonida ifoda etiladi

🇮🇹Il mausoleo di Amir Temur fu costruito nel XIV secolo—🇺🇿Amir Temur maqbarasi 14 asrda bunyod etilgan


Ko'rib turganingizdek bu zamonning signal qoidalari boshqa zamonlarga nisbatan kamroq, ixchamroq va osonroq . Hozir esa shu (il Passato REMOTO) za'monida (Are, Ire, Ere) bilan tugaydigan fe'llarning tuslanishiga e'tibor qaratamiz

arrivARE(yetib kelmoq)

Io arriva—i
Tu arriv—asti
Lui/Lei arriv—ó
Noi arriv—ammo
Voi arriv—aste
Loro arriv—arono

FinIRE(tugamoq, tugatmoq)

Io fin—ii
Tu fin—isti
Lui/Lei fin—i
Noi fin—immo
Voi fin—iste
Loro fin—irono

CredERE(ishonmoq)

Io cred—ei(etti)
Tu cred—esti
Lui/lei cred—è(ette)
Noi cred—emmo
Voi cred—este
Loro cred—erono(ettero)

Bu zamonda ham to'g'ri va noto'g'ri fe'llar degan qoida mavjud va ular ma'lum bir grammatik qolip bo'yicha tuslanadi. Bu no'to'g'ri fellar asosan 3 ta (Io-men, lui/lei-u, loro-ular) olmoshlarida o'zgaradi. Bunga misol tariqasida yuqorida ko'rsatilgan " Credere " fe'lining tuslanish jarayonida qavs ichida berilib o'tilgan suffikslar(qo'shimchalar)orqali ko'rishingiz mumkin

Shuningdek, -DERE- va -NDERE- bilan tugagan fe'llar(chiedere,chiudere,decidere,dividere, perdere, pretendere, rendere, rispondere, scendere , spendere va boshqa) tuslanishida faqat 3 ta olmoshning fe'llarning oxiri zamon ko'rsatikichiga nisbatan biroz boshqacha o'zgaradi.

Chiedere(so'ramoq)
Io chiesi
Tu chiedesti
Lui/lei chiese
Noi chiedemmo
Voi chiedeste
Loro chiesero


Shu kabi no'to'g'ri fellarga -CERE- - GERE- bilan tugagan(dipingere, giungere, piangere, vincere) fe'llar ham kiradi
👍1
#Nuova_Parola

• OCCHIO PER OCCHIO DENTE PER DENTE

❇️So'zma so'z tarjimasi : ko'zga ko'z , tishga tish

Bu "qasos qonuni" deb nomlanadigan ishora hisoblanadi. Ushbu jazo tizimining kelib chiqishi qadimgi davrlarga borib taqaladi, bu yerda qabila tomonidan qilingan adolatsiz yomonliklar guruhlar o'rtasida muvozanatni tiklash uchun targ'ib qilingan. Demak, bu ko'cha tilida aytganda "Какой привет такой ответ" va boshqa shunga o'xshash ma'nolarda

O'zbekcha ma'nosi : Qonga qon, jonga jon


@Italian_lan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Ciao Italy Ciao Amore - RICCHI E POVERI (Traducere Romana)
👤 #Francesco_Fornarelli
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Conversazione in italiano al telefono ☎️
#Telefonda_italyancha_suhbat
Italiano_per_russi_Manuale_di_grammatica_italiana_con_esercizi_PDFDrive.pdf
14.2 MB
Italiano per russi. Manuale di grammatica italiana con esercizi ( PDFDrive ).pdf
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 UZBEKISTAN: Storia, curiosità e.. Samarcanda!
👤 #Stefano_Epic_Rossi
👍1