Italyan tili
1.8K subscribers
523 photos
106 videos
164 files
549 links
Download Telegram
#Grammatica
#Circa_e_Verso

CIRCA va VERSO
Bu ikkala so'zning tarjimalari " Tahminan, atroflarida , deyarli ga yaqin " degan ma'nolarni anglatadi ammo ularning ishlatish qoidalari biroz boshqacha hisoblanadi. Hozir birin ketin bu ikkala so'zning farqlarini bilib borasiz :

❇️ Circa biror bir miqdor darajani ifodalab kelgan odam, predmet, soat va hokazolarni ifodalab keladi. Misol :

🇮🇹Sono circa le 12 meno un quatro —🇺🇿 tahminan soat 4 dan 12 gacha

🇮🇹Ci sono circa 40 mila persone che seguono questo canale , perche non ti iscrivi anche tu ? —🇺🇿Bu kanalni 40 mingga yaqin inson kuzatib boradi , nega sen bunga obuna bo'lmaysan ?

❇️ Verso so'zi xuddi " Tahminan, atrofida " tarjimaga ega bo'lib kelgan holda biror bir tahminiy vaqt soatni ifodab keladi va uni ESSERE bilan keladigan yordamchilar bilan qo'llamaysiz, Misol :

🇮🇹a che ora ci vediamo stasera ? Finisco di fare questo video e ci vediamo ok ? Quindi , direi verso le 8 di sera —🇺🇿 bugun kechqurun soat nechchida ko'rishamiz ? Bu videoni tugatishim bilanoq ko'rishamiz hopmi ? Shuning uchun, bu soat 8 lar atrofida bo'lsa kerak demoqchiman.

Diqqat !!! 👉 Biz ishni aynan soat nechchida tugatishimiz noaniq va shu bois tahminiy vaqt uchun VERSO ni ishlatamiz )

📝Agar gap ESSERE fe'lining o'zi bilan bog'langan bo'lsa bu holatda biz ikkala so'zni ham ishlatishimiz mumkin , misol :

🇮🇹 Erano circa le 8 quando é arrivato —🇺🇿U kelgan payti soat 8 lar edi.

Yoki :

🇮🇹 É arrivato verso le 8 —🇺🇿Soat 8 lar atrofida yetib kelgan edi

❇️ Circa ning qolgan ma'nolari ham mavjud bo'lib bular a quyidagilar

A proposito di (Haqida)
Rispetto a (Nisbatan)

🇮🇹Fu interrogato circa il suo ruolo nella vita —🇺🇿 u o'zining jamiyatdagi o'rni haqida so'radi



❇️ Verso ning har bir a'zoni ifodalash uchun ishlatiladi.

1⃣
Versi endecasibili —11 qatorli she'r aytuvchilar
Versi rimati—Shoirlar

2⃣
Biror bir hayvon va qush turlari umumiy turini ifodalaganda
🇮🇹Il verso della colomba—🇺🇿Oq urg'ochi kaptarlar

3⃣Biror bir narsaning tarafi va yuz qismini ifodalash uchun

🇮🇹Questo é un verso e questo é l'altro —🇺🇿Bu bir tarafi va bu esa qolgan tarafi

4⃣Biror bir hatta harakatni amalga oshirish usulini nazarda tutganda ishlatiladi

🇮🇹Per quanto mi sforzi , non riesco a trovare il verso di far capire il comgiuntivo ai miei studenti —🇺🇿Qancha kuch ishlatmayin , CONGIUNTIVO mavzusini tushuntirishning yo:lini topolmayapman

5⃣Yo'nalishni ifodalash uchun :

🇮🇹Vado verso la telecamera —🇺🇿 telekamera tomonga boraman

6⃣ "Contro " ga o'xshab QARSHI , ZID degan ma:noda keladi

🇮🇹Scagliarsi verso il nemico —🇺🇿Dushmanga qarshi urushmoq
#il_vocabolario_e_le_abitudini_degli_italiani_su_internet

#Italyanlarning_internetdagi_odatlari_va_lugatlar

Italyanlar ham xuddi biz o'zbeklar kabi internetdan ko'p foydalanishadi va muloqot jarayonida turlicha Abbrevatura(qisqartma)lardan foydalanishadi. Hozir sizlarga bir qancha qisqartmalarni yozib ko'rsataman

Gg=oggi (bugun)

Xké=perche(nega , chunki)

Qnd=quando(qachon)

Cmq=comunque(aytgancha , darvoqe)

Dmn=domani(ertaga)

Dv=dove(qayerda)

Cm=come(qanday , —dek, kabi)

Nn=non(yo'q)

Nnt=niente(hech narsa)

Grz=grazie(rahmat)

Msg=messagio(xabar)

Tvb=ti voglio bene(seni yaxshi ko'raman)

Xò=però(ammo , biroq , lekin)

Ke=che(nima , qaysiki)

Tt=tutto(hammasi ,barchasi)

Cpt=capito(tushunarli , tushunmoq)

Qlcs=qualcosa (biror narsa)

Qlc1=qualcuno (biror kim)




Va shuningdek ba'zi bir Ingliz tilidan o'zlashgan so'zlar

"Account"
"Browser"
"Click"
"Mouse"
"Desktop"
"Computer"

👆 musjkoy rod


Jenskiy rod👇

"Password"
"Location"
"E-mail"


@italian_lan
👍3
#nuova_espressione

• Lasciare a bocca aperta

⭐️So'zma so'z tarjimasi : Og'zi ochilib qolmoq

❇️Asl ma'nosi : Hayratdan qotib qolmoq , hayratdan og'zi ochilib qolmoq, toshdek qotib qolmoq

Esempio :
🇮🇹Quando Ronaldo fa goal mi lascia sempre la bocca aperta 🇺🇿Qachonki Ronaldo gol ursa hayratdan qotib qolaman

@italian_lan
👍3
Qadrli italyan tili kanali a'zolari Green Card o'ynamoqchi bo'lganlarga registratsiya qilib beraman va eng muhimi Confirmation code ni ham beraman .

Sizlardan talab etiladigan narsalar :

5x5 ga foto 600-1200 piksil (aynan shunaqasi bo'lmasa PhotoShopdan to'girlayman )

Va ZAGRAN QIZIL PASSPORT


Xizmat narxi atigi 25.000 so'm(CONFIRMATION CODE ham beriladi)

Bog'lanish uchun men bilan @Shokhrukhdinho99 ga bog'laning
Segni la risposta
Anonymous Quiz
63%
Telefonato
37%
Telefonata
#espressione_idiomatica
#20_10_2020_Shokhrukh


❇️ Essere una buona forchetta

♦️So'zma so'z tarjimasi : Yaxshi Vilka bo'lmoq "

Asl ma'nosi :
𝚘𝚟𝚚𝚊𝚝 𝚢𝚎𝚢𝚒𝚜𝚑𝚗𝚒 𝚢𝚊𝚡𝚜𝚑𝚒 𝚔𝚘'𝚛𝚊𝚢𝚍𝚒𝚐𝚊𝚗 , 𝚔𝚘'𝚙 𝚘𝚟𝚚𝚊𝚝 𝚢𝚎𝚢𝚍𝚒𝚐𝚊𝚗


Esempio 👇

🇮🇹Shokhrukh é un ragazzo che é una buona forchetta 🇺🇿Shohrux ko'p ovqat yeydigan bola


@italian_lan
🇮🇹Il tema d'oggi : L'imperativo
🇺🇿Bugungi mavzu : Buyruq gap

Bu mavzu juda ham kichkina, o'rganilishi oson bo'lgan va ommabop ijtimoiy sohada qo'llaniladigan grammatikaning ajralmas bo'lagidir.
italyan tilida buyruq gapda ESSERE va AVERE fe'lida olmoshlarning faqat 3 tasi ishlatiladi bular (Tu-Sen), (Lei-U) , (Voi-Sizlar) .

Hozir esa ESSERE va AVERE fe'llarining tuslanishi ko'ramiz :

ESSERE. AVERE
Tu sii ! Tu abbi !
Lei sia ! Lei abbia !
Voi siate ! Voi abbiate !

Misol : 🇮🇹tu sii malato —🇺🇿Sen kasalsan !
🇮🇹 Tu abbi fiducia—🇺🇿senda ishonch bor !

Xo'sh, IMPERATIVOni qachon ishlatamiz ? Quyidagi holatlarda IMPERATIVOni ishlatamiz :

1⃣Buyruq, yo'nalish berganda , masalan : 🇮🇹Chiudi la porta ! —🇺🇿Eshikni yop !

2⃣Maslahat berganda , masalan : 🇮🇹Non mangiare troppo !—🇺🇿Ko'p yema !

3⃣Taklif nazarda tutilganda, masalan : 🇮🇹Dai, usciamo insieme ! —🇺🇿Qo'ysangchi, birga ketaveramiz !

4⃣Iltimos qilganimizda , masalan : 🇮🇹Vieni, ti prego ! —🇺🇿iltimos, bu yerga kel !

5⃣Biror narsani cheklash va taqiqlashda , masalan : 🇮🇹Non mangiare in aula —🇺🇿Zalda yeyilmasin !

6⃣Biror narsa haqida yo'nalish berish misol uchun biror bir maxsulotning yo'riq nomasi qay tarzda ishlatilishi haqidagi ma'lumot, masalan : 🇮🇹Mescolare con l'acqua —🇺🇿Suv bilan aralashtiring

Hozir esa biz IMPERATIVO (buyruq gap)dagi ARE-IRE-ERE fe'llari qanday tuslanishini o'rganamiz

DARE(bermoq) -ARE-
Tu da'/dai !
Lei dia !
Voi date !

-Are- fe'li TU (sen) olmoshi bilan birga kelganda fe'ldagi RE tushib qoladi va A qoladi
Misol uchun : Lavare=lavA
Ammo inkor gapda fe'l o'zgarishsiz qoladi NON LAVARE —YUVILMASIN !

DIRE(aytmoq) IRE
Tu di' !
Lei dica !
Voi dite !

Inkor gapda fe'llar oldidan NON keladi va fe'l o'zgarishsiz qoladi , NON LEGGERE, NON PARLARE

Bu fe'llarning hammasini sizlarga tashlab bergan programma orqali ham o'rganib borsalaringiz bo'ladi osonroq bo'lishi uchun.

Shuningdek IL VERBO RIFLESSIVO(Refleksiv fe'l)da tuslanish quyidagi bo'ladi :

Alzarsi(o'rnidan turmoq)
(Tu) Alzati !
Lei) Si alzi !
(Noi) alziamoCI !
(Voi) alzateVI !

Jo'nalish olmoshlari bilan ham keladi va quyidagicha tuslanadi :

(Tu) telefona A LUI =TelefonaGLI !

(Tu)mangia la pasta = MangiaLA( La bu yerda Pasta ni ifodalab kelmoqda)
imperativo mavzusiga doir mashq.docx
17.6 KB
🇮🇹Come si chiama questo tipo di frutta secca —🇺🇿Bu turdagi quruq meva qanday nomlanadi ?
Anonymous Quiz
58%
Arachidi
42%
Anacardi
#Indovinello_Topishmoq
#22_10_2020_Shokhrukh

1 ) 🇮🇹Si spoglia quando fa freddo . Cos'é ? —🇺🇿Qachonki sovuq bo'lsa u yechinadi. Bu nima ?


2 ) 🇮🇹Quando balla cade . Cos'é ? — 🇺🇿Qachonki raqs tushsa qulab tushadi. Bu nima ?



@italian_lan
#espressione_idiomatica
#iborali_birikma
#22_10_2020_Shokhrukh


❇️ 𝗗𝗮𝗿𝗲 𝘂𝗻𝗮 𝗽𝗶𝘇𝘇𝗮 ( 𝗮 𝗾𝘂𝗮𝗹𝗰𝘂𝗻𝗼 )

📌So'zma so'z tarjimasi : 𝐁𝐢𝐫𝐨𝐫 𝐤𝐢𝐦𝐠𝐚 𝐩𝐢𝐭𝐬𝐚 𝐛𝐞𝐫𝐦𝐨𝐪

asl ma'nosi : 𝙱𝚒𝚛𝚘𝚛 𝚔𝚒𝚖𝚐𝚊 𝚜𝚑𝚊𝚙𝚊𝚕𝚘𝚚 𝚋𝚎𝚛𝚖𝚘𝚚 , Shapaloq qo'ymoq

#Esempio_Misol👇

🇮🇹una ragazza bella uzbeca ha dato una pizza a suo fidanzato dopo aver visto il suo fidanzato con un altra ragazza —🇺🇿Bir chiroyli o'zbek qizi sevgan yigitini boshqa qiz bilan ko'rgani uchun yigitiga 𝗦𝗵𝗮𝗽𝗮𝗹𝗼𝗾 𝗾𝗼'𝘆𝗱𝗶
#Preposizione_Predlog
#Di
#Grammatica

La preposizione(Predlog) grammatikaning ajralmas qismi hisoblanib u gap tuzishda asosiy rolni bajarib beruvchi vosita hisoblanadi va bu o'zbek tilidagi kelishiklarga to'g'ri keladi. Hozir biz o'rganmoqchi bo'lgan la Preposizione (Predlog) DI predlogi hisoblanadi. DI predlogi italyan tilidagi eng ko'p grammatik xususiyatga ega predlog hisoblanadi va uni quyidagi holatlarda ishlatamiz :

1⃣Tasniflash va tegishlilik bo'lganda, masalan:
🇮🇹Questo libro é di Shokhrukh —🇺🇿Bu Shohruhning kitobi
🇮🇹Gli impiegati del comune —🇺🇿Jamoat ishchilari

2⃣Biror bir narsaning SABABini ifodalaganda, masalan :
🇮🇹Shokhrukh piangeva di gioia—🇺🇿Shohruh quvonchdan yig'lar edi

3⃣Miqdor, mazmun ,nom, daraja tarkibini ifodalaganda , masalan :
🇮🇹Bevo una tazza di caffé —🇺🇿bir chashka kofe ichaman
🇮🇹Leggo un libro di storia —🇺🇿Tarix kitobini o'qiyapman

4⃣Yoshni tasniflashda , masalan :
🇮🇹un uomo di mezzo, di una quarantina di anni —🇺🇿O'rta yoshlardagi,40 yoshli erkak

5⃣Narsa va predmetni ifodalaganda, masalan :
🇮🇹A Samarcanda ci sono molte statue di marmo —🇺🇿Samarqandda marmardan ishlangan haykallar juda ko'p

6⃣Holat va usulni ifodalaganda, masalan : 🇮🇹Vado a casa di corsa —🇺🇿Uyga yugurgan holda boraman
🇮🇹Bevo d'un fiato —🇺🇿bir nafasda ichaman

7⃣Kelib chiqish ni ifodalaganda, masalan :🇮🇹io sono di Samarcanda—🇺🇿Men Samarqanddanman

8⃣Kayfiyat va qiymatni ifodalaganda, masalan :
🇮🇹Oggi tu sei di buon umore —🇺🇿Bugun sen yaxshi kayfiyatdasan
🇮🇹un orologio di alta precisione—🇺🇿Qimmatbaho soat

9⃣Vaqtni ifodalaganda, m-n :
🇮🇹Viaggio sempre di giorno mai di notte —🇺🇿har doim kunduzi sayohat qilaman, kechasi emas.

🔟Butundan bir qism, bo'lakni ifodalaganda, m-n :
🇮🇹 Un brano del libro —🇺🇿kitobdan bir parcha
🇮🇹Una fetta di pane —🇺🇿Nondan bir bo'lak(Bir bo'lak non)

1⃣1⃣Biror bir narsada ayblanganda, masalan :
🇮🇹Imputato di omicidio —🇺🇿Qotillikda ayblanuvchi

1⃣2⃣qiymat, bahoni ifodalaganda,masalan :
🇮🇹Un appartamento di cento cinquanta mila soum—🇺🇿150 ming so'mlik kvartira

1⃣3⃣Hajm va o'lchamni ifodalaganda, masalan :
🇮🇹Un grattacielo di cento metri —🇺🇿 100 metrlik osmono'par bino

1⃣4⃣Biror bir narsani nomlanishini ifodalaganda, m-n:
🇮🇹il mese di marzo—🇺🇿Mart oyi
🇮🇹la cittá di Samarcanda—🇺🇿Samarqand shahri

1⃣5⃣ ikki narsa va kishini qiyoslashda, m-n :
🇮🇹 Shokhrukh é piu alto di Aziz —🇺🇿 Shohruh Azizdan ko'ra balandroq(bo'yi)

1⃣6⃣O'rin holatini ifodalaganda, masalan :
🇮🇹Esco di casa la mattina —🇺🇿Uydan ertalab chiqaman

1⃣7⃣Bir joydagi holatni ifodalaganda, masalan :
🇮🇹Dormo di lá —🇺🇿ana u yerda uxlayman

1⃣8⃣ko'plik va seroblikni ifodalaganda, masalan :
🇮🇹Una valigia piena di robba —🇺🇿Narsalarga to'la jamadon
🇮🇹Un compito zeppo di errori —🇺🇿Xatolarga to'la uyga vazifa
🇮🇹Come si chiama questo tipo di verdura ? —🇺🇿Bu turdagi sabzavot qanday nomlanadi ?
Anonymous Quiz
35%
Cavolo
49%
Cavolfiore
16%
Fiore
#Nuova_Parola_Yangi_soz
#23_10_2020_Shokhrukh


❇️ 𝗔 𝗕𝗜𝗭𝗭𝗘𝗙𝗙𝗘

Ma'nosi : 𝘑𝘶𝘥𝘢 𝘬𝘰'𝘱 , 𝘵𝘰'𝘺𝘨𝘶𝘯𝘤𝘩𝘢 , 𝘩𝘢𝘥𝘥𝘢𝘯 𝘰𝘳𝘵𝘪𝘲

#Esempio_Misol👇


🇮🇹Oggi a pranzo ho mangiato 𝗮 𝗯𝗶𝘇𝘇𝗲𝗳𝗳𝗲 , quindi stasera non ceno—🇺🇿 Bugun obedda 𝗵𝗮𝗱𝗱𝗮𝗻 𝗼𝗿𝘁𝗶𝗾 𝗸𝗼'𝗽 yedim,shuning uchun bugun kechki ovqatni yemayman




@Italian_lan
#informazione_interessante
#qiziqarli_malumot

🇮🇹La fontana di cioccolato più grande del mondo, in un museo del cioccolato in Svizzera, è alta circa 9 metri e contiene oltre 1.500 litri di cioccolato liquido

🇺🇿Shveytsariyadagi shokolad muzeyida dunyodagi eng katta shokolad favvorasi 9 metr balandlikda va 1500 litrdan ortiq suyuq shokoladni o'z ichiga oladi