Italyan tili
1.8K subscribers
523 photos
106 videos
164 files
549 links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
10 PROVERBI ITALIANI FAMOSISSIMI

1. LE BUGIE HANNO LE GAMBE CORTE
2. UOMO AVVISATO, MEZZO SALVATO
3. CHI TROPPO VUOLE NULLA STRINGE
4. TRA MOGLIE E MARITO NON METTERE IL DITO
5. A CAVAL DONATO NON SI GUARDA IN BOCCA
6. L’ERBA DEL VICINO È SEMPRE PIÙ VERDE
7. CHI FA DA SÉ FA PER TRE
8. CHI DORME NON PIGLIA PESCI
9. VIVI E LASCIA VIVERE
10. TRA IL DIRE E IL FARE C’È DI MEZZO IL MARE
#proverbi
@italian_lan
ITALIAN_SENTENCE_BUILDER.pdf
919.5 KB
Segni la risposta
Anonymous Quiz
36%
Fa
47%
C'é
17%
É
#Grammatica
#Piuttosto

Piuttosto so'zi qachon va qanday holatlarda ishlatiladi ? Quyida ushbu savolga javob topasiz.

1⃣ Piuttosto so'zi " alquanto(bir ozgina , yetarlicha " , " abbastanza (Yetarli) , " parecchio(bir qancha , ko'p ) so'zlari bilan sinonim sifatida keladi.

🇮🇹oggi sono piuttosto stanco ! —🇺🇿Bugun men yetarlicha charchaganman

2⃣ Piuttosto che
Qachonki piuttosto+che bilan kelsa "ning o'rniga , dan ko'ra " degan ma'noni beradi va "anziche va invece di " ga sinonim bo'ladi. Shuningdek u 2 ta Ot , Fe'l , olmosh yoki sifatlar orasida ishlatilib ham keladi.

🇮🇹Per andare a Samarcanda, piuttosto che L' AEREO , é meglio se prendiamo il TRENO —🇺🇿Samarqandga samolyotda borishdan ko'ra yaxshisi poyezdda ketamiz

* Aereo va Treno bu yerda OT

🇮🇹Preferisco RESTARE sveglia tutta la notte piuttosto che non FINIRE il progetto—🇺🇿Tun bo'yi uyg'oq turishni ma'qul ko'raman bu loyihani tugatmagandan ko'ra

* Restare va Finire bu yerda fe'l

Diqqat !!!!
Ba'zida italyanlar PIUTTOSTO CHE ni oppure (yoki) ma'nosida ishlatishadi.

🇮🇹se ti va , possiamo andare al cinema piuttosto che al teatro —🇺🇿Agar senga ma'qul bo'lsa , kinoteatrga yoki teatrga boramiz

3⃣ Piuttosto shuningdek biror bir narsani ma'qul ko'rmoqchi bo'lganimizda ishlatamiz va bu so'z ham yuqoridagi qoidaga binoan 2 olmosh , ot , sifat yoki fe'l orasida keladi.

🇮🇹Non parliamo di calcio , piuttosto parliamo di moda —🇺🇿Futbol haqida gaplashmaymiz , undan ko'ra moda haqid gaplashamiz.

4⃣ Piuttosto shuningdek yaxshiroq taklif berish maqsadida ham ishlatiladi va tarjimasi "Yaxshisi " deb tarjima qilinadi.

🇮🇹 Perche non mangiamo pesce stasera , o piuttosto , perche non andiamo al ristorante ? —🇺🇿Nega bugun baliq yemaymiz , yoki nega yaxshisi restoranga bormaymiz ?
👍1
lista-di-verbi-preposizioni.pdf
276.9 KB
Lista di verbi con le preposizioni

@italian_lan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Essere bilan kelaydigan fe'llar

Nascere—Tug'ilmoq
Diventare—Bo'lmoq
Stare—Turmoq(joyida)
Rimanere—Qolmoq
Restare—Qolmoq
Vivere—Yashamoq
Salire—Tepaga chiqmoq
Scendere—Tushmoq
Cadere—Qulamoq
Morire—O'lmoq
Andare—bormoq
Partire—jo'nab ketmoq
Uscire—Chiqmoq
Venire—kelmoq
Entrare—Kirmoq
(Ri)tornare—qaytmoq
Arrivare—Yetib kelmoq

@italian_lan
Predloglar

Davanti—qarshisida
Tra/fra —orasida ,o'rtasida
Dentro—ichida
Dietro—orqasida
Sotto—Tagida ,ostida
Sopra—ustida
Vicino—yonida
Di fronte—Oldida , qarshisida
Accanta—oldida
In / a casa —uyda
A scuola—maktabDA
Al lavoro—IshDA
A teatro—Teatrda
Al cinema—Kinoda
Allo zoo—Zooparkda

@italian_lan
👍2
O'zbekcha-italyancha Shokhrukh.pdf
1.8 MB
Fleshkardlik lug'at boshlang'ich darajadagi o'rganuvchilar uchun
Segni la risposta
Anonymous Quiz
35%
Passaggiata
21%
Passaggio
44%
Passeggiata
Biror bir kishi / narsa haqida shaxsiy fikrini ifodalash uchun ishlatiladigan birikmalar ketma-ketligi

1) Bilishimcha(bilishimga qaraganda)....
2) mening fikrimcha ..
3) mening bilishimcha....
4) mening fikrimcha...
5) o'ylashimcha...
6) men uchun barchasi quyidagicha ....
7) qattiq ishonamanki(aniq aminmanki)....
8) chin dildan fikrlaydigan bo'lsam....
9)o'ylashimcha...
10) men aminmanki...
1) seni sevib qoldim
2) sen uchun hamma narsa qilaman(tayyorman)
3) sen mening hayotimdagi muhabbatimsan
4) sen men uchun yagonasan
5) men seni deb aqlimni yo'qotmoqdaman
6) senga jinni bo'lib qolganman(kampot)
7) seni avaylayman(senga g'amxo'rman)
8) seni qattiq sevaman
9) sen men uchun hamma narsasan
10) sen mening bir bo'lagimsan(yarmimsan)
1) Ofisdan chiqmoq
2) mavzudan chiqib ketmoq
3) xonadan chiqmoq
4) Hammomdan chiqmkq
5) Bardan chiqmoq
6) Kinoteatrdan chiqmoq
7)Pitsaxonadan chiqmoq
8)Sportzaldan chiqmoq
9) Maktabdan chiqmoq


10)Uydan chiqmoq
11)Cherkovdan chiqmoq
12)ko'chadan chiqib ketmoq
👍1
#Grammatica

🇺🇿 Giá va Ancora payt ravishlarining qo'llanilish tartibi

Har bir til o'z grammatik nazariyasidan kelib chiqgan holda har bir so'zning ma'nolari va qo'llanilish tartibiga ega hisoblanadi. Ko'pchilik Italyanlar Giá , Ancora payt ravishlarini butun bir kun davomida juda ham ko'p marotaba ishlatishini inobatga olgan holda hozirgi sizlarga tushuntirmoqchi bo'lgan mavzum aynan shu payt ravishlariga bog'liqdir. Tartib bilan boshlagan holda avvalambor Giá ( allaqachon ) payt ravishining ishlatilish mezonlariga etibor qaratamiz

#Giá

1⃣ Biror bir voqea-hodisaning oldinroq sodir bo'lganligini ifodalash uchun, masalan :

🇮🇹Il Presidente ha giá parlato—🇺🇿Prezident allaqachon nutq so'zladi

🇮🇹Mohinabonu é giá tornata dal viaggio—🇺🇿 Mohinabonu allaqachon sayohatdan qaytgan

Ko'rib turganingizdek, qachonki GIÁ payt ravishini ifodalamoqchi bo'lsak har doim Il Passato Prossimo(o'tgan zamon)qo'llaymiz va yordamchi fe'llarni (Essere va Avere ) il Participio Passatoda tuslaymiz

2⃣Biror bir narsani oldindan payqab uni hayratlanish, ajablanish orqali ifodalaganda( asosan bu kabi holatlar Undov va buyruq gaplarda uchraydi ), masalan :

🇮🇹Siamo giá a Natale ? —🇺🇿Biz allaqachon Rojdestvo kuni keldikmi ?( Xuddi bilmagandek o'zini tutmoqda, 😁)

🇮🇹Perche ti stai fermando al distributore ? Abbiamo giá finito la benzina ! —🇺🇿Nega benzakalonka(Zapravka)ga to'xtayapsan ? Benzinimiz allaqachon tugadi. ( Zapravkaga faqat 1 ta maqsadda hamma to'xtaydi va oldidagi yo'lovchi bila turib shuni aytmoqda )

3⃣Biror bir voqea hodisaning ancha vaqt davom etayotganligini ifodalaganda ishlatiladi va bu asosan negativ ma'noda qo'llaniladi, masalan :

🇮🇹Piove giá da qualche ora e sembra che non voler smettere —🇺🇿Yomg'ir ancha soatdan beri yoqmoqda va bu to'xtamaydigan ko'rinadi

4⃣ Biror bir narsaning o'tgan zamonda sodir bo'lishi mumkin ekanligini ammo sodir bo'lmaganini ifodalaganda

🇮🇹A quest'ora avremmo giá dovuto consegnare il progetto ma ancora dobbiamo iniziare —🇺🇿O'sha payti bu loyihani allaqachon amalga oshirsak bo'lar edi ammo hozir ham boshlasak bo'ladi

5⃣Biror bir narsa bo'yicha samimiy fikr ifodalaganda va mutqalo fikrga qo'shilmoqchi bo'lganida va shuningdek ALBATTA, BUNI BILAMAN kabi ma'nolarni anglatadi

🇮🇹 —questo esercizio é difficilissimo ! Non riusciremo mai a farlo !

Giá

🇺🇿—Bu mashq juda va juda qiyin ! Buni umuman bajara olmaymiz !

—Buni bilaman(albatta)


Birozdan so'ng "Ancora " payt ravishini haqida ma'lumot beraman

@italian_lan
#Grammatica
#2qism


#Ancora ( hali ham, haliyam, hozirgacha, yana, yana bir bor ) payt ravishining ishlatilish qoidalari

#Ancora

1⃣Biror bir davomiy voqea-hodisani ifodalaganda ishlatiladi , va shuningdek biror bir inkor negativ ma'no tariqasida ham ishlatiladi agar biror bir narsa gapirilayotgan lahzagacha amalga oshmagan bo'lsa, masalan :

🇮🇹 Shokhrukh non é tornato : é ancora in ufficio —🇺🇿Shohrux hali ham qaytmadi : u ofisda

🇮🇹La tua lettera non é ancora arrivata —🇺🇿sening xating hali ham kelmadi

2⃣Biror bir ma'lum vaqtdan so'ng yana bir boshqa narsa davom etishini nazarda tutmoqchi bo'lganda ishlatiladi va HALI YANA deb tarjima qilinadi, masalan :

🇮🇹Dopo il liceo, dovrai studiare ancora . C' é l'Universitá che ti aspetta —🇺🇿Litseyni tugatgandan so'ng hali yana o'qishing kerak bo'ladi. Universitet seni kutmoqda

3⃣ Shuningdek yana bir bor , yana kabi ma'nolarida kelganda , masalan :

🇮🇹La Pakhtakor ha vinto ancora 🇺🇿Paxtakor yana yutdi

4⃣ shuningdek Hattoki, Dan ham kabi ma'nolarda keladi, masalan :

🇮🇹Il secondo libro di questo autore é ancora piu bello del primo —🇺🇿 muallifning ikkinchi kitobi hatto Birinchisidan ko'ra ancha zo'r

5⃣Qachonki biror bir narsani yana biroz xohlasak masalan yeyish va ichish uchun, PIU ni ishlatmaymiz aksincha ancora ni ishlatamiz , masalan :

🇮🇹 —Vuoi ancora del caffé ? —Certo ! Dammene ancora 🇺🇿—Yana biroz kofe xohlaysizmi ? —albatta ! Menga yana biroz bering(quying)


@italian_lan