Italyan tili
1.79K subscribers
523 photos
106 videos
164 files
549 links
Download Telegram
#Grammatica
#Il_Periodo_Ipotetico
#Murakkab_qushma_gapli_ergash_gaplar

Il Periodo Ipotetico(ingliz tilidagi IF li gaplar ) Italyan tilini o'rganuvchi talabalar uchun bilishi muhim bo'lgan mavzulardan biri hisoblanadi chunki juda ko'plab italyanlar (hazil emas) buni ishlatishda XATO QILADI .
Italyan tilida Il Periodo Ipotetico ning 3 ta turi mavjud bular :
1. REALTÁ(Haqiqatga yaqin) , 2.POSSIBILITÁ(Ehtimolga yaqin) , 3.IMPOSSIBLITÁ(imkonsiz )

Avvalambor 1 turini o'rganamiz
#Il_periodo_ipotetico_di_1_Tipo


1⃣ Aniq bir narsaga tayangan holda haqiqatga yaqin narsani ifoda etish uchun ishlatiladi va shuningdek 1 turning ham 4 ta qo'shimcha turi mavjud . Hozir esa yuqoridagi qoidaga binoan 4 ta turini ko'ramiz. Quyida gaplar qaysi holatdarda kelishiga diqqat bering. SE bog'lovchisi orqali shakllanadi.

1) Se + Presente Indicativo + Presente Indicativo

🇮🇹Se mangi troppo , ingrassi 🇺🇿Agar ko'p yesang , semirib ketasan

2 ) Se + Presente Indicativo + Futuro Indicativo

🇮🇹Se piove , non andro al cinema —🇺🇿Agar yomg'ir yoqsa, kinoteatrga bormayman

3 ) Se + Futuro Indicativo + Futuro Indicativo

🇮🇹Se passero l'esame , festeggero con i miei amici—🇺🇿Agar imtihondan o'tsam, do'stlarim bilan nishonlayman

4 ) Se + Presente Indicativo + Imperativo

🇮🇹Se vai a Samarcanda , portami un souvenir —🇺🇿agar Samarqandga borsang menga suviner olib kel


#Il_periodo_ipotetico_di_2_Tipo

2⃣Biror bir tahminiy narsani ehtimolga yaqinligini ifodalash uchun ishlatiladi va bu hodisa qanday yakunlanishini hech kim bilmaydi ( yo amalga oshadi yoki yo'q ) va bu faqatgina quyidagi Forma orqali ifoda etiladi :

1 ) Se + CONGIUNTIVO Imperfetto + Condizionale Presente

🇮🇹Se fossi ricco , mi trasferirei a New York —🇺🇿Agar badavlat bo'lganimda , New yorkga ko'chib ketgan bo'lar edim


Il_periodo_ipotetico_di_3_Tipo

3⃣Imkonsiz bo'lgan va o'tgan zamonda sodir bo'lib hozir yana qayta bo'lishi imkonsiz bo'lgan ish harakatga nisbatan ishlatiladi. Va bu formaning ham faqatgina 1 ta shakli bor ya'ni :

Se + CONGIUNTIVO Trapassato + Condizionale Passato

🇮🇹Se avessi avuto un aereo privato , avrei girato tutto il mondo —🇺🇿Agar shaxsiy samolyotim bo'lganida butun dunyoni aylanib chiqgan bo:lar edim


❗️❗️❗️ Shuningdek Periodo Ipotetico Misto(Murakkab aralash ergash gapli qo:shma gap ) ham mavjud bo'lib u o'tgan zamonda sodir bo'lgan ish harakatning hozirgi voqealik bilan bog'lash uchun ishlatiladi va uning grammatik formulasi quyidagicha

Se + CONGIUNTIVO Trapassato + Condizionale Presente

🇮🇹Se avessi studiato giurisprudenza , ora sarei un avvocato —🇺🇿Agar Yurispridensiyani o'qiganingda hozir advokat bo'lgan bo'lar eding
#indovinello_topishmoq

1.
🇮🇹É tuo ma lo usano piu gli altri. Cosa é ?

🇺🇿U seniki ammo uni boshqalar ko'p ishlatadi. Nima u ?

2.
🇮🇹Ha quattro gambe ma non puo caminnare. Cosa é ?

🇺🇿 To'rtdan oyoqi bor ammo yurolmaydi. Nima u ?
🇮🇹Buon Giorno dell'Indipendenza a tutti

🇺🇿 Mustaqillik bayrami barchaga muborak bo'lsin🌈🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'tgan safar dublyaj bo'lgandi endi esa animatsiya yaratishga harakat qildim ammo juda qisqa. Xullas karantinda yaxshi narsalarni o'rgandim desam bo'ladi😁. Baho bering
🇮🇹Chi è stato il primo paese a riconoscere l'indipendenza dell'Uzbekistan?
🇺🇿O'zbekiston mustaqilligini qaysi davlat birinchi bo'lib tan olgan ?
Anonymous Quiz
37%
Rossiya
6%
Xitoy
44%
Turkiya
13%
AQSH
#Grammatica
#Modi_per_dire_GRAZIE_in italiano
#Italyan_tilida_RAHMAT_deyish_usullari

🚺🚹Bir kanal obunachamiz tomonidan italyan tilida RAHMAT / TASHAKKUR☺️ deyishning qanday yo'llari bor ekanligini so'radi va hozir men sizlarga italyan tilida 🇮🇹 grammatikaga bog'lagan holda tashakkur aytishning yo'llarini ko'rsatib beraman. Hammamizga eng tanish bo'lgan so'z bu albatta GRAZIE[gratsie]—Rahmat , buni barcha biladi endi esa qolgan eng muhim so'zlar :

1⃣ ❇️Grazie—Rahmat✳️
🇮🇹 • Grazie Mille — 🇺🇿Kattakon rahmat
🇮🇹 • Mille Grazie — 🇺🇿 Ming bor rahmat
🇮🇹 • Grazie Infinite — 🇺🇿Cheksiz rahmat
🇮🇹 • Molte Grazie — 🇺🇿 Ko'p rahmat
🇮🇹 • Grazie Tante — 🇺🇿 Katta rahmat
🇮🇹 • Grazie di Cuore — 🇺🇿 Chin yurakdan rahmat


Diqqat ❗️❗️❗️

Ko'pchilik talabalar italyan tilini o'rganayotganida quyidagi struktura bo'yicha xato qiladi

Grazie di / per + un verbo all'infinito (Oxirida fe'l) qo'yish bu xato 🚫. Shu kabi xatolarga misollar :

Grazie di chiamare
Grazie per rispondere
Grazie di aiutarmi

Yuqoridagi misollar xato ekanligini ta'kidlab o'tdik endi esa buning to'g'ri grammatik formulasini va misollarni ko'ramiz.

Grazie di / per + Yordamchi fe'l(Avere) + ikkinchi darajali bo'lak ( " —gan " degan qo'shimcha ma'no beradi )

🇮🇹🌈🌈Grazie di aver chiamato 🇺🇿🌈🌈 telefon qilGANizga rahmat

🇮🇹🌈🌈Grazie per aver risposto —Javob berGANizga rahmat

🇮🇹🌈🌈Grazie di avermi aiutato 🇺🇿🌈🌈Menga yordam berGANizga rahmat

⚡️Yoki quyidagi struktura ham mos tushadi :
Grazie di / per + Ot(sostantivo)

Grazie della chiamata
Grazie per la risposta
Grazie dell'aiuto

2⃣ Ringraziare fe'li (Il verbo " ringraziare " )

Qachonki RINGRAZIARE(Minnatdor bo'lmoq , Tashakkur aytmoq ) fe'lini tuslamoqchi bo'lganimizda e'tiborliroq bo'lishimiz kerak sababini quyida tushuntiraman :

❇️ Ti ringrazio —Senga tashakkur aytaman 👉 bu norasmiy tashakkur aytish usuli hisoblanadi va bu faqat do'stlar , qarindoshlar va eng yaqin insonlarimizga aytish uchun qo'llaymiz

❇️ La ringrazio — Sizga tashakkur aytaman 👉 bu rasmiy tashakkur aytish usuli hisoblanadi va ish jarayoni , o'qituvchi , doktorlar va tanimagan insonlar uchun ishlatiladi.

Shuningdek bu so'zlarni ham yuqoridagi misollar kabi birikma holda o'rganishingiz mumkin ya'ni :

🇮🇹 Ti ringrazio di cuore —🇺🇿senga chin yurakdan tashakkur aytaman

🇮🇹La ringrazio molto —🇺🇿Sizga ko'p tashakkur aytaman

3⃣ Shuningdek quyidagi birikma orqali ham ifoda etiladi :

Essere grato a qualcuno di / per qualcosa (Biror kimdan biror narsa uchun minnatdor bo'lmoq )

Misollar :

🇮🇹 Sono grato ai miei genitori per avermi pagato le tassé universitarie — 🇺🇿 ota-onam Universitet to'lovlarini to'laganidan juda minnatdorman

🇮🇹 Ti sono grato per avermi aiutato a realizzare questo video — 🇺🇿Bu videoni amalga oshirishda yordam berganing uchun sendan minnatdorman

4⃣ dovere un favore + a qualcuno ( biror kimdan qarzdor bo'lmoq) birikmasi bilan kelganda Tashakkur aytishning majoziy turi bo'lib keladi.

🇮🇹 Devo un favore a Shokhrukh per avermi aiutato a montare questo armadio —🇺🇿Bu shkafni ko'tarishda yordam bergani uchun Shohruxdan qarzdorman(Rahmati cheksiz)
👍1
#indovinello_topishmoq

1 .
🇮🇹Quando uno arriva , l'altro se ne va . Chi sono ?

🇺🇿Birinchisi kelsa ikkinchisi ketadi. Nima bu ?


2.
🇮🇹Non si vede e non si tocca , ed esce sempre dalla bocca. Cosa é ?

🇺🇿 U ko'rinmaydi va teginib bo'lmaydi , va har doim og'izdan chiqadi. Nima bu ?
Assalamu alaykum qadrli abituriyentlar. Bugun hayotingizdagi eng muhim kunlardan biri desak adashmagan bo'lamiz. Har biringiz eng yuksak ballga loyiqsiz va Ishonamanki bugun va navbatdagi kunlarda hammalaringiz Alloh qodir qilgancha barcha savollarga javob bera olasiz deb umid qilaman. Ota-onangiz uchun bu 2 karra hayajonli onlar hisoblanadi. Har bir ota ona o'z farzandini quvonchini ko'rganda suyunadi , sevinadi va yig'lagisi keladi. Kelinglar azizlarim , ota-onamiz ko'zlaridan quvonch yoshlari chiqsin. Hammalaringizni opa-singil , aka-ukadek yaxshi ko'raman. Barchalaringizga OMAD
#Grammatica
#Cirva_e_Verso

CIRCA va VERSO
Bu ikkala so'zning tarjimalari " Tahminan, atroflarida , deyarli ga yaqin " degan ma'nolarni anglatadi ammo ularning ishlatish qoidalari biroz boshqacha hisoblanadi. Hozir birin ketin bu ikkala so'zning farqlarini bilib borasiz :

❇️ Circa biror bir miqdor darajani ifodalab kelgan odam, predmet, soat va hokazolarni ifodalab keladi. Misol :

🇮🇹Sono circa le 12 meno un quatro —🇺🇿 tahminan soat 4 dan 12 gacha

🇮🇹Ci sono circa 40 mila persone che seguono questo canale , perche non ti iscrivi anche tu ? —🇺🇿Bu kanalni 40 mingga yaqin inson kuzatib boradi , nega sen bunga obuna bo'lmaysan ?

❇️ Verso so'zi xuddi " Tahminan, atrofida " tarjimaga ega bo'lib kelgan holda biror bir tahminiy vaqt soatni ifodab keladi va uni ESSERE bilan keladigan yordamchilar bilan qo'llamaysiz, Misol :

🇮🇹a che ora ci vediamo stasera ? Finisco di fare questo video e ci vediamo ok ? Quindi , direi verso le 8 di sera —🇺🇿 bugun kechqurun soat nechchida ko'rishamiz ? Bu videoni tugatishim bilanoq ko'rishamiz hopmi ? Shuning uchun, bu soat 8 lar atrofida bo'lsa kerak demoqchiman.

Diqqat !!! 👉 Biz ishni aynan soat nechchida tugatishimiz noaniq va shu bois tahminiy vaqt uchun VERSO ni ishlatamiz )

📝Agar gap ESSERE fe'lining o'zi bilan bog'langan bo'lsa bu holatda biz ikkala so'zni ham ishlatishimiz mumkin , misol :

🇮🇹 Erano circa le 8 quando é arrivato —🇺🇿U kelgan payti soat 8 lar edi.

Yoki :

🇮🇹 É arrivato verso le 8 —🇺🇿Soat 8 lar atrofida yetib kelgan edi

❇️ Circa ning qolgan ma'nolari ham mavjud bo'lib bular quyidagilar

A proposito di (Haqida)
Rispetto a (Nisbatan)

🇮🇹Fu interrogato circa il suo ruolo nella vita —🇺🇿 u o'zining jamiyatdagi o'rni haqida so'radi



❇️ Verso ning har bir a'zoni ifodalash uchun ishlatiladi.

1⃣
Versi endecasibili —11 qatorli she'r aytuvchilar
Versi rimati—Shoirlar

2⃣
Biror bir hayvon va qush turlari umumiy turini ifodalaganda
🇮🇹Il verso della colomba—🇺🇿Oq urg'ochi kaptarlar

3⃣Biror bir narsaning tarafi va yuz qismini ifodalash uchun

🇮🇹Questo é un verso e questo é l'altro —🇺🇿Bu bir tarafi va bu esa qolgan tarafi

4⃣Biror bir hatta harakatni amalga oshirish usulini nazarda tutganda ishlatiladi

🇮🇹Per quanto mi sforzi , non riesco a trovare il verso di far capire il comgiuntivo ai miei studenti —🇺🇿Qancha kuch ishlatmayin , CONGIUNTIVO mavzusini tushuntirishning yo:lini topolmayapman

5⃣Yo'nalishni ifodalash uchun :

🇮🇹Vado verso la telecamera —🇺🇿 telekamera tomonga boraman

6⃣ "Contro " ga o'xshab QARSHI , ZID degan ma:noda keladi

🇮🇹Scagliarsi verso il nemico —🇺🇿Dushmanga qarshi urushmoq
Xayrli kun
#Grammatica
#Che_ora_e

che ora é ? Ko'rinishidan chiroyli savolga o'xshaydi, to'g'rimi ? Bu savolga javob berishni bilasizmi ? Agar javobingiz YO'Q bo'lsa xavotirlanmang , bugungi mavzu aynan SOAT VAQTINI AYTISH uchun bagi'shlanadi va bu mavzuni o'rganganizdan so'ng soat aytishni o'rganib olasiz. Bu mavzuga ilgari to'xtalmagan ekanman ammo hozir tushuntirishning ayni dami zero yangi o'quv yili boshlanganligi bois vaqt oltinga teng.

❇️ Soat so'rashning 2 xil formasi bor va ikkalasi ham to'g'ri hisoblanib bular quyidagilar :
🇮🇹Che ora é ? —🇺🇿soat nechchi
🇮🇹Che ore sono ? —🇺🇿 Soat nechchi ?

💫Agar siz ushbu savolga javob bermoqchi bo'lsangiz Sono le... formasidan foydalanishingiz kerak bo'ladi :

02:00 👉 Sono le 2—🇺🇿Soat 2
07:00 👉Sono le 7—🇺🇿Soat 7

É (essere yordamchi fe'li) faqat quyidagi holatdarda kelishi mumkin :

01:00 👉É l'una—🇺🇿Soat 1

12:00 (birikma sifatida)👉 é mezzogiorno—🇺🇿qiyom vaqti(12:00)

24:00(birikma sifatida) 👉 é mazzanotte —🇺🇿Yarim tun

🇮🇹❇️Italiyada vaqt 2 tizimini aytish 2 ga bo'lingan ya'ni 24 soatlik tizim va 12 soatlik tizim

1⃣ 24 soatlik tizimda soat vaqtlari 1-24 gacha va daqiqalar 1-60 gacha bo'ladi, masalan :

08:50👉 sono le 8 e 50
17:35👉sono le 17 e 35

2⃣ Va 12 soatlik vaqt tizimi . Bunda soatlar 1-12 gacha va daqiqalar 1-60 gacha bo'ladi va shuningdek juda ham aniqlik kiritish zarur bo'lsa oxirida Di mattina(ertalab) , di pomeriggio(peshin) , di sera(kechqurun) , di notte(tun) so'zlarini qo'shib aytishimiz mumkin.

16:20👉sono le 4 e 20 di pomeriggio
20:00👉sono le 8 di sera
03:00 👉sono le 3 di notte

Endi esa biroz boshqa formalariga ham nazar tashlaymiz .

20:15
👆👈Soat nechchi deb savol bersangiz , javob quyidagicha :
Sono le 20 e 15
Sono le 8 e 15 di sera
Sono le 8 e un quarto di sera( mana shu sizni biroz chalg'itishi mumkin shu bois e'tiborli bo'ling )

09:30👉sono le 9 e mezza di mattina

Biroz osonroq bo'lishi uchun sizga vaqt aytishning formulasini ko'rsatib beraman :

Ko'rsatilgan boshlang'ich soat + Meno(kam) + Biror bir soat bo'lishi uchun qolgan ma'lum bir daqiqa

05:40👉Sono le 6 meno 20—🇺🇿soat 20 takam 6 (6 bo'lishiga 20daqiqa qoldi)

10:45👉 Sono le 11 e meno un quarto—🇺🇿 soat 15 takam 11

06:55👉Sono le 7 meno 5—🇺🇿soat5 takam 7


Diqqat ❗️❗️❗️
Sizga aytib o'tgan formula ( e un quarto , e mezza , meno ) FAQATGINA 12 SOATLIK vaqt tizimida ISHLATILADI
​​BIZNES ITALYAN TILIDA💶

🇺🇿Ish,mashg'ulot -🇮🇹 occupazione
🇺🇿Firma- 🇮🇹ditta
🇺🇿Kompaniya -🇮🇹 compagnia
🇺🇿Korporatsiya - 🇮🇹corporazione

🇺🇿tashkilot - 🇮🇹impresa
🇺🇿Agentlik - 🇮🇹agenzia
🇺🇿Kelishuv -🇮🇹 accordo
🇺🇿shartnoma - 🇮🇹contratto

🇺🇿Ish,bandlik - 🇮🇹affare
🇺🇿buyurtma - 🇮🇹ordine
🇺🇿Shartnoma- termine dell'accordo
🇺🇿Ko'tara miqdor(optom) -🇮🇹 all'ingrosso

🇺🇿Ko'tara miqdordagi savdo - 🇮🇹vendita all'ingrosso
🇺🇿Chakana - 🇮🇹al dettaglio
🇺🇿Chakana savdo - 🇮🇹vendita al dettaglio
🇺🇿Raqobatchi- 🇮🇹concorrente

🇺🇿Raqobat - 🇮🇹concorrenza
🇺🇿Raqobat qilmoq - 🇮🇹competere
🇺🇿sherik - 🇮🇹socio, partner
🇺🇿sherikchilik -🇮🇹 partenariato

🇺🇿Krizis- 🇮🇹crisi
🇺🇿bankrotlik -🇮🇹bancarotta
🇺🇿Bankrotga uchramoq -🇮🇹fallire
🇺🇿qiyinchilik - 🇮🇹difficoltà

🇺🇿muammo -🇮🇹 problema
🇺🇿iqtisodiyot - 🇮🇹economia
🇺🇿iqtisodiy - 🇮🇹economico
🇺🇿iqtisodiy inqiroz - 🇮🇹recessione economica

🇺🇿Maqsad -🇮🇹 scopo, obiettivo
🇺🇿Vazifa, nishon -🇮🇹 incarico
🇺🇿savdo sotiq qilmoq-🇮🇹 commerciare

🇺🇿Omborxona- 🇮🇹giacenza
🇺🇿mahsulot turlari -🇮🇹 assortimento
🇺🇿Lider, boshchi, yetakchi -🇮🇹 leader, capo

🇺🇿Monopoliya(yakka hukmronlik) - 🇮🇹monopolio
🇺🇿nazariya - 🇮🇹teoria
🇺🇿amaliyot - 🇮🇹pratica

🇺🇿Tajriba - 🇮🇹esperienza
🇺🇿intilish - 🇮🇹tendenza
🇺🇿Rivojlanish - 🇮🇹sviluppo.
Xayrli Kun
#Grammatica
#Il_pronome_possessivo

Italian tilida Egalik olmoshlari haqida ham ma'lumot beraman. Biror bir narsa yoki buyum sizga tegishli bo'lsa demak shu Egalik olmoshi hisoblanadi. Egalik olmoshi italyan tilida quyidagicha

MUJSKOY ROD :👇 Mujskoy rod ko'plik

Mio
( mening,meniki) miei
Tuo
(sening,seniki) tuoi
Suo/Sua
( uning, uniki) suoi
Nostro
(bizning, bizniki) nostri
Vostro
( sizning,sizlarniki) vostri
Loro
(ularning, ularniki) loro

JENSKIY ROD
: 👇 JENSKIY ROD Ko'plik

Mia
(mening , meniki) mie
Tua
(sening , seniki) tue
Sua
(uning ,uniki) sue
Nostra
(bizning , bizniki) nostre
Vostra
( sizning , sizniki) vostre
Loro
( ularning ularniki ) loro


Italyan tilida biror bir narsa meniki demoqchi bulsayiz quyidagi formuladan foydalanishingiz kerak bo'ladi :

❇️Artikl+egalik olmoshi+ot


Ⓜ️Per esempio : IL + mio + libro

Tahlil : 1 ) iL( musjoy rodning birlikdagi artikli)
2 ) mio (egalik olmoshi mujskoy roddagi)
3 ) libro ( ot)

🇮🇹Il +mio + libro 👉🇺🇿 men+ing + kitobim


La + tua + penna

Tahlil : 1 ) La (jenskiy rod birlikdagi artikl )
2 )Tua (egalik olmoshi jenskiy roddagi)
3 ) penna (ot )



👆 Bu yerda nega *Tua* deb yozdik chunki Ot (casa) jenskiy rodda A harfi bilan tugagan bois.

❇️Gapda nega *Mio* deb yozdik chunki LIBRO -O- harfi bilan tugamoqda va u mujskoy rod
👍21
#indovinello_topishmoq

🇮🇹 Mio padre fa il cantante , mia madre é balbuziente . Il mio vestito é bianco é il mio cuore d'oro. Cosa é ?

🇺🇿Mening otam qo'shiqchi bo'lsa onam duduqlovchi. Mening kiyimim oq rangda va yuragim esa oltindan. Bu nima ?
🇮🇹IL tema scorso : Il Condizionale


ESSERE fe'lining yasalishi

Io sarei
Tu saresti
Lui/Lei sarebbe
Noi saremmo
Voi sareste
Loro sarebbero

AVERE fe'lining yasalishi
Io avrei
Tu avresti
Lui/Lei avrebbe
Noi avremmo
Voi avreste
Loro avrebbero

Bu zamon qachon ishlatiladi :

1⃣Biror bir narsani hurmat shaklida ifodalash va so'rash orqali , Masalan :
🇮🇹 Mi Presteresti la tua macchina per favore -🇺🇿Menga mashinangizni berib tura olasizmi ( Prestarsi bu reflessiv fe'l va bu mavzuni 1 hafta oldin o'tgan edik )

2⃣Niyat, orzu, maqsadni ifodalaganda, masalan :
🇮🇹Vorrei visitare l'Australia—🇺🇿Avstraliyaga borishni xohlayman

3⃣Buyruq, maslahat, pand nasihat, tanbehni ifodalaganda, masalan : 🇮🇹Dovresti studiare di piu ( 🇺🇿Ko'proq o'qishing kerak )

4⃣Fikr va mulohazani bayon etganda , masalan :
🇮🇹Al posto tuo andrei a Samarcanda con il treno veloce che si chiama Afrasiyab—🇺🇿Sening o'rningda bo'lganimda Samarqandga tez yurar poyezd sanalmish Afrosiyobda borgan bo'lar edim

5⃣ ikkilanishni ifodalash uchun , masalan :
🇮🇹Non so se comprerei quella casa é troppa vecchia —🇺🇿Bilmadim agar anashu uyni sotib olsam u juda ham eski

6⃣Noma'lum va norasmiy yangilikni ifodalash uchun, masalan :
🇮🇹Secondo le ultime notizie, il Presidente della Francia arriverebbe in Usbechistan in serata—🇺🇿So'nggi yangiliklarga qaraganda, Fransiya Prezidenti kechki payt O'zbekistonga tashrif buyurish mumkin ekan

7⃣Ehtimollikni ifodalash uchun , masalan : 🇮🇹É molto ricco : potrebbe vivere senza lavorare —🇺🇿U juda ham boy : Ishlamasdan ham yashasa bo'laveradi

8⃣Bir biriga uzviy bog'liq bo'lgan ish harakatga nisbatan, masalan :
🇮🇹Non so dove abita quel ragazzo, altrimenti te lo direi—🇺🇿U bola qayerda yashashini bilmayman aks holda uni senga aytgan bo'lar edim.


Fe'llar tuslanishini ko'rib o'tamiz :
-ARE- bilan tugaydigan fe'l

ComprARE(sotib olmoq)
Io compr—erei
Tu compr—eresti
Lui/Lei compr—erebbe
Noi compr-eremmo
Voi compr-ereste
Loro compr-erebbero

-IRE- bilan tugaydigan fe'l
PreferIRE(maqul ko'rmoq)

Io prefer—irei
Tu prefer-iresti
Lui/Lei prefer—irebbe
Noi compr—eremmo
Voi compr—ereste
Loro compr—erebbero

-ERE- bilan tugaydigan fe'l
PrendERE(olmoq)

Io prend—erei
Tu prend—eresti
Lui/Lei prend—erebbe
Noi prend—eremmo
Voi prend—ereste
Loro prend—erebbero


Qolgan fe'llarni shu taqlid tuslab borasizlar va sizlarga tashlab bergan programmar orqali fe'llar qanday tuslanishini ham ko'rib o'rganib borishingiz mumkin
Avvalgi darslarimizdan sizga ma'lumki italyan tilida yordamchi fe'llar 2 ga bo'linadi ESSERE va AVERE. Hozir biz Essere yordamchi fe'lining Futuro zamonida qanday tuslanishini ko'ramiz .

📎 ESSERE
Io sar-ò
Tu sar-ai
Lui/Lei sar-à
Noi sar-emo
Voi sar-ete
Loro sar-anno

📎AVERE
Io avr-ò
Tu avr-ai
Lui/Lei avr-à
Noi avr-emo
Voi avr-ete
Loro avr-anno

Hozir esa men sizlarga ARE-IRE-ERE fe'llari bilan tugaydigan fe'llarni futuro zamonida tuslab beraman

ParlARE(gapirmoq)

Io parl-erò
Tu parl-erai
Lui/Lei parl-erá
Noi parl-eremo
Voi parl-erete
Loro parl-eranno

LeggERE(o'qimoq)

Io legg-erò
Tu legg-erai
Lui/Lei legg-era
Noi legg-eremo
Voi legg-erete
Loro legg-eranno

SentIRE(Eshitmoq, his qilmoq)

Io sent-irò
Tu sent-irai
Lui/Lei sent-ira
Noi sent-iremo
Voi sent-irete
Loro sent-iranno


ARE bilan tugaydigan fe'llardagi -A- harfi -E- ga o'zgaradi....Cant-Are = Cant-Éro

-CARE- va -GARE- bilan tugaydigan fe'llarga -H- harfi qo'shiladi . Pre-GaRE= Pre-GHERÒ. Gio-CARE= Gio=CHERÒ

GioCARE(o'ynamoq)
Io gio-cherò
Tu gio-cherai
Lui/Lei gio-chera
Noi gio-cheremo
Voi gio-cherete
Loro gio-cheranno


-CIARE- va -GIARE- bilan tugallanadigan fe'llarda -i-harfi tushib qoladi

ManGIARE(yemoq)
Io mang-erò
Tu mang-erai
Lui/Lei mang-era
Noi mang-eremo
Voi mang-erete
Loro mang-eranno

AnnunCIARE(e'lon qilmoq)
Io annunc-erò
Tu annunc-erai
Lui/Lei annunc-era
Noi annunc-eremo
Voi annunc-erete
Loro annunc-eranno


Dovere(kerak ), sapere(bilmoq), andare(bormoq), potere(qila olmoq), vedere(ko'rmoq), vivere(yashamoq) kabi fe'llarda oxirgi 2 ta unli harf tushib qoladi.

AndArE(bormoq)

Io Andr-ò
Tu andr-ai
Lui/Lei andr-à
Noi andr-emo
Voi andr-ete
Loro andr-anno
🇮🇹Il futuro semplice
🇺🇿Kelasi oddiy zamon

🇮🇹Quando si usa il Futuro ?
🇺🇿Qachon Futuro ishlatiladi ?

1⃣📝 Kelajakda sodir bo'ladigan aniq ish harakatga nisbatan ishlatiladi , Masalan :

🇮🇹La settimana prossima io partIRÓ per le vacanze--🇺🇿 Kelasi hafta ta'tilga ketaman

2⃣📝Haligacha tugallanmagan ish harakatga nisbatan ishlatiladi , Masalan :

🇮🇹Io FinIRO i miei compiti alle nove--🇺🇿soat 9 larda uy vazifalarimni tugataman

3⃣📝 Shubha va ikkilanishni ifodalash uchun ham ishlatiladi , Masalan :

🇮🇹Dove sarÀ tua madre?--🇺🇿sening oying qayerda bo'lishi mumkin?

4⃣📝Tahminni ifodalash uchun ham Futuro ishlatiladi , Masalan :

🇮🇹Che ore sono ? SarANNO le quattro circa !--🇺🇿Soat nechchi ? Soat tahminan 4lar bo'lsa kerak

5⃣📝Presente Indicativo bilan ham joy almashib kelishi mumkin , Masalan :

🇮🇹Domani partIRÒ a Roma / Domani partO a Roma-- 🇺🇿Ertaga Rimga jo'nab ketaman / / Ertaga Rimga jo'nayman

6⃣📝Maqsad va istakni ifodalaganda ishlatiladi

Studieró l'italiano a scuola
#Tezkor

🇮🇹Italyan tilini 0 dan o'rganishni xohlagan barcha abituriyent va talabalar uchun E'LON ❗️❗️❗️

Haftasiga 3+1 marotaba tashkil etiladigan onlayn kursga barcha til o'rganuvchilarni taklif etamiz. Umumiy hisobda 2 ta guruh tashkil etiladi va har bir guruh tarkibida 5 ta o'quvchi mavjud bo'ladi. Guruh bo'lib italyan tilini o'rganish oyiga 80.000 so'm va individual darslar esa 110.000 so'm.

Darslar 5-oktabr kuni boshlanadi.

Ro'yxatdan o'tishga shoshiling

Murojaat uchun : @Shokhrukhdinho99
#Tezkor_xabar

Darslarni C1 darajali mutaxasis ustozimiz bilan O'ZBEK TILIDA olib boramiz.