❓Pasportini yo’qotib qo’ygan abituriyentlar nima qiladi?
#abituriyent
✅JAVOB: turli sabablarga ko’ra pasportini yo’qotib qo’ygan abituriyentlar yangi ID-karta olgan holda bemalol testga kirishlari mumkin.
Ruxsatnomadagi pasport seriyasi va raqami boshqa bo’lsa ham, bu muammo bo’lmaydi. Asosiysi o’sha abituriyentning shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo’lishi kerak. Bundan tashqari yangi pasport olganda seriya va raqam o’zgarsa ham, lekin har bir shaxsning JShShIR (identifikatsiya) raqami o’zgarmaydi, o’sha orqali aniqlab olishadi.
Xullas, bemalol yangi ID-karta orqali testga kira olasiz, xavotir olmang. Hozir ID-kartalarni olish ham oson, taxminan 1 kun vaqt ketadi xolos, avvalgidek uzoq kutilmaydi.
‼️DO’STONA MASLAHAT: hurmatli abituriyentlar, pasport yoki ID-kartangizni ehtiyotlab qo’ying. Agar zaruriyat bo’lmasa, test kunigacha ishlatmay turing, aniq bir joyda tursin. Chunki ko’pchilik testga 1-2 kun qolganda hujjatini yo’qotib qo’yadi va yangisini olishga ham ulgurmay, testdan qolib ketadi. E’tiborli bo’ling.
Kanalni kuzating:
🔷@Istiqbol_sari

Abituriyentlarning deyarli yarmi 56,7 ball ham to‘play olmagan🤦♂️
#abituriyent
mandat.uzbmb.uz saytidagi ochiq maʼlumotlarga ko‘ra, joriy yilda 888 ming 472 nafar abituriyent testga kirgan.
439 ming 337 nafar (49,4%) abituriyent o‘tish balining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 balni ham to‘play olmagan. Demak, ular mandat chiqmasidan avval kurashdan chiqdi. Chunki 56,7 balldan kam to’plaganlar kvotada joy bo’lsa ham o’qishga kira olmaydi.
56,7 dan ko’p ball to’plagan abituriyentlar soni 449 ming nafarni (50,6%) tashkil qiladi.
O‘tgan yilgi holat bilan solishtirganda ahvolimiz biroz yaxshilangan. O‘tgan yili 51,2% foiz, aniqrog‘i 550 ming abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagandi, joriy yilda bu ko‘rsatkich 49,4% ga tushdi.
2023-yilda eng yomon ko‘rsatkich, Sirdaro viloyatida (54,9%), nisbatan yaxshiroq natija esa xuddi o‘tgan yildagidek Toshkent shahrida (40,8%) qayd etilgan (yuqoridagi jadvalga qarang).
8 ta hududda abituriyentlarning 50 foizdan ko‘prog‘i 56,7 balldan past ball olgan. O’tgan yili 9 ta hudud edi, joriy yil Namangan viloyati natijani yaxshilab, 50% likdan pastga tushgan.
🟢 O’tgan yilga qaraganda natijasini eng ko’p yaxshilagan 5 ta hudud:
⬆️ Toshkent shahri — 4,4%
⬆️ Buxoro — 4,4%
⬆️ Toshkent viloyati — 3,5%
⬆️ Namangan — 3,3%
⬆️ Farg’ona — 2,4%
🔴 Sirdaryo va Andijon viloyatida esa natija o’tgan yilgiga qaraganda yomonlashgan.
56,7 ball — bu to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori 189 balning 30%i degani. Yaʼni abituriyent hech bo‘lmasa 30% bilimga ega bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkichni to‘play oladi. 30% bilim esa reyting tizimidan qiyos olsak, hatto 2 baho ham emas! 1 baho desak to‘g‘ri bo‘lar balki.