Qo'shrabot gazetasi ''Istiqbol Sari''📰 | Rasmiy Kanal!
504 subscribers
13.5K photos
2.16K videos
75 files
5.39K links
🌐Veb-sayt: www.istiqbolsari.uz
📧Facebook: https://facebook.com/groups/767172637716843/
🦅Twitter: https://twitter.com/Istiqbolsari
📩Telegram: @Istiqbol_sari

Murojaat u-n telefonlar:
+998666461238
+998902800865
+998932354953
@X_Aktamov
Download Telegram
#Bilasizmi

“Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi:

🔹ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;

🔹tadbirkorlik qilish istagida bo'lgan ehtiyojmand xotin-qizlar;

🔹boquvchisi bo'lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;

🔹ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo'lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;

🔹uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;

🔹qaramog'ida nogironligi bo'lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar.

⚠️ “Ayollar daftari”ga xotin-qizlar yashab turgan joyi bo'yicha kiritiladi, bunda xotin-qizlarning yashash joyi bo'yicha doimiy yoki vaqtincha ro'yxatda turmasligi "Ayollar daftari"ga kiritishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
#Soliq_imtiyozlari #Bilasizmi

✔️ Qonunchilikka ko'ra, tadbirkorlik subyektlariga miqdori 10 million so'mdan yuqori bo'lgan soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun, agar tadbirkorlik subyekti huquqbuzarlikni inkor etsa, moliyaviy sanksiyalarni faqatgina sud tartibida qo'llash belgilangan.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
#Bilasizmi

🚫 Qonunchilikka ko'ra, aholi va tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlar bo'yicha qarzdorlikni undirish bo'yicha sudning hal qiluv qarori chiqarilganda, mazkur kreditlar bo'yicha foizlar va neustoyka hisoblanishi to'xtatilishi belgilangan.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
#Bilasizmi

⚡️ Hozirgi kunda Oʻzbekiston hududida:

🔹mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – 1 050 000 soʻm;

🔹bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 soʻm;

🔹pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 soʻm;

🔹yoshga doir eng kam pensiya – 725 000 soʻm;

🔹nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 800 000 soʻm;

🔹mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 soʻm;

🔹belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (725 000 soʻmdan) 800 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 800 000 soʻm;

🔹zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 648 000 soʻm;

🔹ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – 648 000 soʻm.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
#Bilasizmi

❗️Qonunchilikka ko'ra, umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari o'qituvchilarining yillik uzaytirilgan mehnat ta'tili davomiyligi 56 kalendar kun etib belgilangan.

📁Pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta'tili davomiyligi me'yorlari.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
#Bilasizmi

🔰 Mehnat migrasiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning O'zbekistonda ular bilan birga istiqomat qiluvchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi bo'lgan oila a'zolariga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga bir martalik bepul yo'llanma beriladi.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
#Taʻlim #Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, xalqaro olimpiadalar g'oliblari va ularning o'qituvchilari BHMning quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🔹1-o'rin (oltin medal) uchun — 500 (170 mln so'm), o'qituvchisiga — 450 baravari (153 mln so'm);

🔹2-o'rin (kumush medal) uchun — 300 (102 mln so'm), o'qituvchisiga — 250 baravari (85 mln so'm);

🔹3-o'rin (bronza medal) uchun — 200 (68 mln so'm), o'qituvchisiga — 150 baravari (51 mln so'm).

📌 Shuningdek, xalqaro olimpiadalar g'oliblarini tayyorlagan o'qituvchilar va ta'lim muassasasi direktorlariga navbatdagi o'quv yili uchun direktor (rag'batlantirish) jamg'armasidan oltin, kumush va bronza medallari bo'yicha tegishincha qo'shimcha 200, 175 va 150 foizlik ustama to'lanishi belgilangan.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
#Mehnat_huquqlari #Bilasizmi

🗓 Qonunchilikka ko‘ra, davlat organida davlat fuqarolik xizmatchisi uchun 5 kunlik ish haftasi belgilanadi. Bunda ish vaqtining davomiyligi haftasiga 40 soatdan oshmasligi kerak.

Shuningdek, 3 yoshga to‘lmagan bolalari bor davlat fuqarolik xizmatchilari bo‘lgan ota-onasidan biriga (ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxsga) haftasiga 35 soatdan oshmaydigan ish vaqti davomiyligi belgilanadi.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, bank mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar shartlarini, shu jumladan kreditlar bo'yicha foiz stavkalarini va ularni belgilash tartibini, depozitlar bo'yicha foiz stavkalarini, vositachilik haqi miqdorini va ushbu shartnomalarning amal qilish muddatlarini bir taraflama o'zgartirish huquqiga ega emas.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
#Soliq_imtiyozlari #Bilasizmi

⚡️ Qonunchilikka ko‘ra, xalqaro sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan bir yo‘la beriladigan pul mukofotiga daromad solig‘i solinmaydi.

Shuningdek, xalqaro hamda respublika tanlovlari va musobaqalarida olingan buyum tarzidagi sovrinlarning qiymatidan daromad solig‘i olinmaydi.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
#Soliq_imtiyozlari #Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko‘ra, 2026-yil 1-yanvargacha 3 oydan ko‘p 30 tadan ortiq kasanachilarni jalb qilgan va u asosida ishlab chiqargan mahsulotlardan olgan daromadi jami daromadining 60 foizidan ko‘pni tashkil etgan tadbirkorlar uchun:

🔹foyda va aylanmadan olinadigan soliqning soliq bazasi 50 foizga kamaytirilib hisoblanadi;

🔹ayrim davlat mulklaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovi 50 foiz miqdorda belgilanadi;

🔹davlat xaridlari doirasida tuziladigan shartnomalarda buyurtmachilar tomonidan 50 foiz oldindan to‘lov amalga oshirilishi belgilangan.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalarini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi tomonidan quritish sexi va sovitkichli omborxonalarni xarid qilishga 50 milliard so'm mablag' ajratilishi belgilangan.

▶️ Bunda, kredit qishloq xo'jaligi korxonalariga 36 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oy muddatga yillik 14 foiz stavkada ajratiladi.

✔️Kredit summasining 60 foizi bo'yicha garov ta'minoti sifatida o'rnatiladigan quritish sexi va sovitkichli omborxonalar olinishi, 40 foizi bo'yicha garov ta'minoti sifatida ularning qaytmaslik xatarini sug'urta qilish bo'yicha sug'urta polisi olinishi belgilanadi.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
#Xotin_qizlar_huquqi #Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg'iz ayollarning bolalari davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
#Taʻlim #Bilasizmi

🔍 Qonunchilikka ko'ra, O'zbekiston yoshlar ittifoqining faol a'zosi bo'lgan oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichlari talabalariga o'rtacha o'zlashtirish ko'rsatkichi 86 foiz va undan yuqori bo'lgan taqdirda ta'lim bo'yicha to'lov kontrakti miqdorining 35 foizi to'lanishi belgilangan.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Qo‘shrabot tumanida qachon Ergash Jumanbulbul oʻgʻli ijodiga bagʻishlangan xalqaro baxshichilik festivali va anjumani o‘tkazilgan?
Anonymous Quiz
16%
2021-yil
10%
2023-yil
71%
2024-yil
3%
Endi bilib olaman
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

✳️ Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini to'liq to'lagan holda ularni xarid qilgan va o'rnatgan iste'molchilarga xarid xarajatlarining bir qismi quyidagi miqdorlarda Tarmoqlararo energiyani tejash jamg'armasi hisobidan kompensasiya qilinadi:

▶️ Quyosh yoki shamol elektr stansiyasini o'rnatganlik uchun kompensasiyalar miqdori o'rnatilgan quvvati:

🔹 0,5 kVtdan 1 kVtgacha bo'lganda BHMning 7 barobar;

🔹1 kVtdan 1,5 kVtgacha bo'lganda BHMning 10 barobar;

🔹1,5 kVtdan 2 kVtgacha bo'lganda BHMning 15 barobar;

🔹2 kVt va undan yuqori bo'lganda BHMning 20 barobar;

🔹5 kVt va undan yuqori bo'lganda BHMning 50 barobar (faqatgina yangi yerlar o'zlashtirilganda va tik quduqlarda o'rnatilgan suv nasoslarining elektr energiyasi iste'moli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari orqali ta'minlanganda).

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
#Bilasizmi

⚡️⚡️Endilikda pnevmatik, signal beruvchi, tig‘li sovuq, uloqtirish qurolini va o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini o‘z ixtiyori bilan topshirsa, ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinadi.

✔️O‘zbekiston Respublikasining “Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 220¹-moddasiga qo‘shimcha kiritish haqida” 2024-yil 27-avgust kuni O‘RQ-­946-son Qonuni qabul qilindi.

📝Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 220¹-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etgan shaxs, agar u pnevmatik, signal beruvchi, tig‘li sovuq, uloqtirish qurolini va o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini o‘z ixtiyori bilan topshirsa, ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinadi.

Tuman Ichki ishlar bo‘limi

Hujjatning rasmiy to‘liq matni:
👉https://www.lex.uz/docs/7085931

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
📌#Bilasizmi?

👮‍♂️Konstitutsion burch

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar.

🦅O‘zbekiston Respulikasi konstitutsiyasining 64-moddasi

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari