Qo'shrabot gazetasi ''Istiqbol Sari''📰 | Rasmiy Kanal!
534 subscribers
14.1K photos
2.24K videos
78 files
5.47K links
🌐Veb-sayt: www.istiqbolsari.uz
📧Facebook: https://facebook.com/groups/767172637716843/
🦅Twitter: https://twitter.com/Istiqbolsari
📩Telegram: @Istiqbol_sari

Murojaat u-n telefonlar:
+998666461238
+998902800865
+998932354953
@X_Aktamov
Download Telegram
Forwarded from Zarnews.uz
Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимлари куни муносабати билан Иштихон туманида ўтказилаётган тадбирлар доирасида спортнинг мини футбол тури бўйича ўйинлар ҳам қизиқарли кечмоқда.

Унда вилоятимиз ва республика оммавий ахборот воситалари ходимларидан иборат жамоалар тўп сурмоқда.

———

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Ishtixon tumanida oʻtkazilayotgan tadbirlar doirasida sportning mini futbol turi boʻyicha oʻyinlar ham qiziqarli kechmoqda.

Unda viloyatimiz va respublika ommaviy axborot vositalari xodimlaridan iborat jamoalar toʻp surmoqda.

@Zarnews_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Narpay tumanida hokim almashdi


Narpay tumanida o’tkazilayotgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko’rildi.

2020-yildan buyon tumanga rahbarlik qilib kelgan Raxmanov Sherzod Shuxratovich boshqa ishga o‘tayotganligi bois tuman hokimi lavozimidan ozod etildi.

Sessiyada deputatlar tomonidan Buranov Sherbek Erkinovich nomzodi Narpay tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Sherbek Buranov 1985-yilda Samarqand viloyati, Narpay tumanida tug’ilgan. 2003-yildan boshlab bank tizimida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2021-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining a‘zosi.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
​​27 iyun - Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni!

​​​​OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARIGA!


Еlkangizda og'ir yuk bor, ikki chandon,
Va ikki yo'l: biri Vatan, biri vijdon,
Siz gazеtchi, siz bloggеr, siz suxandon,
Barchasiga sadoqatli jurnalistlar!

Azal-azal odil so'zning narxi yo'qdir,
Adolatning, haqiqatning sharhi yo'qdir,
Tanqidmidi, tahlilmidi, farqi yo'qdir,
So'zda sobit, shijoatli gazеtchilar!

Tinim yo'qdir - yigirma to'rt soatdasiz,
Qayda bo'lmang, sabru-chidam, toqatdasiz,
Buronda siz, toshqinda siz, ofatda siz,
Har lahzasi matonatli tasvirchilar!

Zo'r mahorat so'z bitguvchi barmoqlarda,
Oqar toshib, nе o'zanu, irmoqlarda,
So'zin aytur ijtimoiy tarmoqlarda,
Jon ayamas - jasoratli bloggеrlar!

O'z qadridan ko'ra ko'proq Siz qadrli,
Somе' ko'ngil, ko'rguvchi har ko'z qadrli,
Ular uchun bittagina so'z qadrli,
O'z kasbiga sadoqatli suxandonlar!

Bu zamonning shiddatini daryo dеrlar,
Qolmas bugun oramizda savol-sirlar,
Sharhlovchilar, muharrirlar, dizaynеrlar,
Ko'z nurini fido qilgan musahhihlar!

Qayda bo'lmang, fidoiylik - mеhnatingiz,
El ichinda ardoqdadir zahmatingiz,
Bajo bo'lsin Haq yo'linda rahmatingiz,
Ikki dunyo saodatli jurnalislar!

Topgani shon- shavkati ham faxri qalam,
Olami ham, dunyosi ham, shahri qalam,
Bayramingiz qutlug' bo'lsin, ahli qalam,
Kasbiga chin sadoqatli jurnalistlar!

O'lmasbеk Samarqandiy

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni


Batafsil: https://uza.uz/posts/610796

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
“Ma’naviyat oqshomlari” Ozod mahallasida davom etdi

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qoʻshrabot tuman boʻlinmasi hamda tuman Madaniyat bo‘limi hamkorligida Qoʻshrabot tumani “Ozod” mahallasi 18-umumiy oʻrta taʼlim maktabida aholi kayfiyatini koʻtarish va madaniy hordiq chiqarishi maqsadida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbir avvalida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qoʻshrabot tuman boʻlinmasi rahbari Sh.Ziyaddinov tomonidan yoshlar qalbida vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat kabi hislatlarni yuksaltirish haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga "Qoʻrqma" filmi namoyish etildi hamda tuman Madaniyat bo‘limi xonandalari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
Qabul jarayoni yakunlandi. Abituriyentlar soni oxirgi 6 yilda eng kam miqdorni tashkil etdi
#abituriyent

Kecha tunda abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlandi. UzBMB bergan ma’lumotga ko‘ra, 894 ming 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan:

joriy yil bitiruvchilari — 410 ming 334 nafar;
avvalgi yillar bitiruvchilari — 483 ming 945 nafar.

Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

🤵‍♂️ erkaklar — 431 ming 806 nafar;
👩🏻‍🔧 ayollar — 462 ming 473 nafar.

Agar oxirgi 6 yildagi abituriyentlar soniga qarasak, joriy yilda eng kam miqdorni tashkil etganini ko‘rish mumkin. O‘tgan davrda birinchi marta abituriyentlar soni 900 ming nafarga ham yetmadi. 2021-yilni hisobga olmaganda, qolgan yillarda abituriyentlar soni 1 mlndan oshayotgan edi.

Yillar kesimida abturiyentlar soni (oxirgi 6 yil):

2019 yil — 1 mln 66 ming 925 nafar;

2020-yil — 1 mln 484 ming 85 nafar;

2021-yil — 948 ming 211 nafar;

2022-yil — 1 mln 214 ming 232 nafar;

2023-yil — 1 mln 18 ming 7 nafar;

2024-yil — 894 ming 279 nafar.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
Pastdarg’om tumaniga yangi hokim tayinlandi

Raxmanov Sherzod Shuxratovich Pastdarg’om tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Sh.Raxmanov mazkur tayinlovga qadar Narpay tumani hokimi lavozimida ishlagan.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
Pensiya tayinlashda “ish staji kam chiqish” muammosiga duch kelmaslik uchun nima qilish kerak?

Masalan, siz biror tashkilotda ishlagansiz, lekin pensiyani hisoblash vaqti kelganda ushbu ishlagan davrdagi ish stajingiz tizimdan chiqmayapti.

⌨️ Bu muammo o‘sha vaqtda ishlaganligingiz to‘g‘risidagi ma’lumotlar Yagona milliy mehnat tizimi (my.mehnat.uz) ga kiritilmaganligidan kelib chiqadi.

Bunday hollarda siz tashkilotdan ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish haqidagi buyruqlardan ko‘chirmalar olgan holda va ushbu joyda mazkur davr mobaynida mehnat faoliyati yuritganlik faktini tasdiqlatishingiz mumkin bo‘ladi.

Shuning uchun, biror tashkilotga ishga joylashayotganingizda yoki u yerdan bo‘shaganingizda doimo tashkilotning kadrlar bo‘yicha xodimidan ma’lumotlaringizni my.mehnat.uz bazasida to‘liq raqamlashtirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni so‘rab oling.

E.Xudoyberdiyev,
Qo‘shrabot tuman Pensiya jamg‘armasi bo‘limi bosh mutaxassisi.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
❗️Test sinovlari 14–28-iyul kunlari o‘tkazilishi kutilmoqda
#abituriyent

Shuningdek, rejaga ko’ra, 1–25-iyul kunlari ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi. Abituriyentlar ijodiy imtihonda to‘plagan balini o‘sha kunning o‘zida, testda to‘plagan balini ertasiga bilishi mumkin.

Ijodiy imtihon va test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida abituriyentlar 15 kun davomida test ballaridan kelib chiqib, 5 tagacha yo‘nalishni, ta’lim shaklini (kunduzgi, kechki, sirtqi), tanlov ustuvorligini tanlaydi.

Shundan so’ng mandat chiqadi. Yiqilganlarga esa kollej yoki texnikumga kirishga imkoniyat beriladi.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
📌 “Chorshanba yong‘inlar profilaktikasi kuni”

⚡️Tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan “Chorshanba yong‘inlar profilaktikasi kuni” munosabati bilan Mustaqillik mahallasida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

👮‍♂️Tadbir davomida bo‘lim xodimlari aholi yashash xonadonlarida boʻlib is gazidan zaharlanish, gaz havo aralashmasining chaqnashi, yongʻinlarni oldini olish maqsadida tushuntirish targʻibot ishlari amalga oshirildi.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
📌Tumanda faoliyat yuritayotgan eksportyor korxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan PRESS-TUR tashkil etildi.

📸Bugun tuman Savdo-sanoat palatasi bo’limi boshlig’i D.Najmiddinov hamda OAV vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirokida press-tur tashkil etildi.

🎞Press-tur ishtirokchilari tumanning eksport salohiyati hamda sohada amalga oshirilayotgan ishlar borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan Shavona mahallasida joylashgan “SARTOQCHI MARAMORI” xususiy korxonasiga tashrif buyurishdi.

🏭Korxona tomonidan Xitoy Xalq Respublikasidan olib kelingan zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarish faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, hozirda 12 nafar ish o‘rinlari yaratilgan.

Ishtirokchilar korxonada granit va marmar toshlarini qayta ishlash va eksportga yo’naltirish kabi ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari