Qo'shrabot gazetasi ''Istiqbol Sari''📰 | Rasmiy Kanal!
536 subscribers
14.1K photos
2.23K videos
78 files
5.47K links
🌐Veb-sayt: www.istiqbolsari.uz
📧Facebook: https://facebook.com/groups/767172637716843/
🦅Twitter: https://twitter.com/Istiqbolsari
📩Telegram: @Istiqbol_sari

Murojaat u-n telefonlar:
+998666461238
+998902800865
+998932354953
@X_Aktamov
Download Telegram
Vaqti: 23.05.2024.
Media-tadbir nomi: Brifing
Mas’ul: Tuman Savdo-sanoat palatasi raisi
Media-tadbir mavzusi: Tadbirkorlar muammolari qonuniy hal etilayaptimi?

Vaqti: 23.05.2024.
Media-tadbir nomi: Brifing
Mas’ul: Statistika bo‘limi boshlig‘i
Media-tadbir mavzusi: Aholini ro‘yxatga olishning iqtisodiy xususiyatlari to‘g‘risida

Vaqti: 23.05.2024.
Media-tadbir nomi: Brifing
Mas’ul: Suv ta’minoti korxonasi rahbari
Media-tadbir mavzusi: Investitsiya dasturlarining amalga oshirilishi to‘g‘risida

Vaqti: 25.05.2024.
Media-tadbir nomi: Brifing
Mas’ul: Telekom telekommunikatsiya bog‘lamasi boshlig‘i
Media-tadbir mavzusi: Tumandagi ijtimoiy soha obyektlariga optik tolali yuqori tezlikda ishlaydigan internet tarmog‘ining kirib borganligi to‘g‘risida

Vaqti: 27.05.2024.
Media-tadbir nomi: Brifing
Mas’ul: Veterinariya bo‘limi boshlig‘i
Media-tadbir mavzusi: Qo‘shrabot tumanida hayvonlarda uchraydigan kasalliklar to‘g‘risida

Vaqti: 27.05.2024.
Media-tadbir nomi: Brifing
Mas’ul: Yo‘llardan foydalanish bo‘limi boshlig‘i
Media-tadbir mavzusi: Avtomobil yo‘llari hududida noqonuniy qurilishlarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

Vaqti: 28.05.2024.
Media-tadbir nomi: Brifing
Mas’ul: Tuman Yoshlar ishlari agentligi boshlig‘i
Media-tadbir mavzusi: Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

Vaqti: 29.05.2024.
Media-tadbir nomi: Brifing
Mas’ul: Hokim, 1-sektor rahbari
Media-tadbir mavzusi: Qo‘shrabot tumanida yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

Vaqti: 29.05.2024.
Media-tadbir nomi: Brifing
Mas’ul: Inson ijtimoiy xizmatlari markazi rahbari
Media-tadbir mavzusi: Tumanda ijtimoiy yordamlarning manzilliligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

Vaqti: 30.05.2024.
Media-tadbir nomi: Brifing
Mas’ul: Hokimning birinchi o‘rinbosari
Media-tadbir mavzusi: Tuman iqtisodiy kompleks tashkilotlarida amalga oshirilayotgan ishlari to‘g‘risida

Vaqti: 30.05.2024.
Media-tadbir nomi: Brifing
Mas’ul: Hokimning qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
Media-tadbir mavzusi: Qo‘shrabot tumanida joylashgan qabristonlarning bugungi kundagi holati, obodonlashtirish ishlarining amalga oshirilganligi to‘g‘risida.

Vaqti: 30.05.2024.
Media-tadbir nomi: Brifing
Mas’ul: Mahallalar uyushmasi raisi
Media-tadbir mavzusi: Bir mahsulot bir mahalla tamoyili asosida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

Vaqti: 31.05.2024.
Media-tadbir nomi: Brifing
Mas’ul: Hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
Media-tadbir mavzusi: Qo‘shrabot tumanida tibbiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

Media-tadbirlarga ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlarni taklif etamiz.

Tadbirlar tuman hokimligida o‘tkaziladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun tel.: (99) 350-00-08
Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi "soʻm" qachon muomalaga kiritilgan?
Anonymous Quiz
17%
1991-yil 29-dekabr
17%
1994-yil 21-yanvar
52%
1994-yil 1-iyul
13%
1992-yil 8-dekabr
📌O‘quv seminar bo‘lib o‘tmoqda.

Ayni vaqtda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mas’ul xodimlari tomonidan mahallalarda kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga ijtimoiy himoyani mahalla darajasida tashkil etish, ijtimoiy xizmat va yordamlarni kompleks yondashuv asosida ko‘rsatish, aholining og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolishining oldini olish, shuningdek, ijtimoiy himoyaning manzilliligi va samaradorligini oshirish hamda aholining ko‘makka muhtoj qatlami ijtimoiylashuvini ta’minlash maqsadida aholiga davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar to‘g‘risida, shuningdek, aholining mazkur xizmatlarni olishga bo‘lgan huquqlari bo‘yicha tushuntirishlar berib borilmoqda.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
❗️ O‘zbekistonda haj mavsumi 23-maydan boshlanadi

Respublikamizdan Saudiya Arabistoniga 7-iyunga qadar har kuni aviaqatnovlar amalga oshiriladi.

Mamlakatimizning quyidagi 10 ta hududiy aeroportidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar orqali ziyoratchilar haj safariga kuzatiladi:

● Toshkent-Madina;
● Buxoro-Madina;
● Namangan-Madina;
● Farg‘ona-Madina;
● Samarqand-Madina;
● Qarshi-Madina;
● Termiz-Madina;
● Urganch-Madina;
● Nukus-Madina;
● Navoiy-Madina.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
⚡️Subsidiya bo'yicha yurtdoshlarimizni qiziqtiradigan asosiy savollarga javoblar!

Joriy
yil 15-may sanasidan boshlab, uy-joy olish uchun subsidiyalarga ariza qabul qilina boshlandi.

🏢Uy-joy uchun subsidiya nima? Ipoteka krediti asosida kvartira sotib olish yoki uy (hovli) qurish va rekonstruksiya qilishga boshlang‘ich to‘lov va foizlarning bir-qismini to‘lab berish uchun ajratiladigan mablag‘.

🔸Subsidiya olish uchun kimga murojaat qilish kerak?
Subsidiya olish uchun istalgan davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP (My.gov.uz) orqali ariza berish mumkin. Bunda anketa-ariza elektron tarzda to‘ldiriladi va mazkur xizmat mutlaqo bepul. Biroq joriy yil uchun ajratilgan subsidiya tugaganida ariza qabul qilish ham to‘xtatiladi. Arizadagi maʼlumotlar soliq organlari, tibbiyot birlashmasi, hokimliklar, oila va xotin-qizlar bo‘limlari tomonidan tekshirib ko‘riladi.

🔹Subsidiya kimlarga beriladi?
Subsidiya daromadi yuqori bo‘lmagan uy-joyga muhtoj fuqarolar yoki oilalarga beriladi. Bunday toifadagi fuqarolar yoki oilalarning daromadi quyidagicha bo‘lishi kerak: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda MHTEKMning 2,7 baravaridan (2 mln 835 ming so‘mdan) 8 baravarigacha (8 mln 400 ming so‘mgacha);

📒Subsidiya ajratishda nimalarga eʼtibor qaratiladi? Arizachilarga subsidiya ajratish masalasi ijtimoiy mezonlar asosida qo‘yilgan ballar asosida aniqlanadi. Ijtimoiy mezonlar asosida 30 (jami 50 baldan) va undan yuqori ball to‘plaganlarga subsidiya beriladi.

✖️Qaysi holatlarda subsidiya berilmaydi?
Quyidagi hollarda subsidiya ajratish rad etiladi: Arizada ko‘rsatilgan maʼlumotlar ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganda, maʼlumotlar noto‘g‘ri yoki soxta bo‘lganda, ilgari imtiyozli ipoteka kreditlari asosida kvartira yoki uy-joy hamda subsidiya olganlar ariza berganida, joriy yilda hudud uchun ajratiladigan subsidiya soni tugaganda, ariza beruvchi va/yoki oilaning o‘rtacha oylik daromadi yuqorida ko‘rsatilgan daromaddan ko‘p yoki kam bo‘lganida, er yoki xotinni nomida turar joy bo‘lganda. Boshqa asoslar bilan rad etish mumkin emas, ariza rad etilganidan so‘ng yana qayta murojaat qilish mumkin. Subsidiya oluvchilar ko‘p bo‘lganda, dastlab birinchi ariza berganlarga subsidiya ajratiladi.

🔺Subsidiya xabarnomasi qancha vaqt amal qiladi?
Subsidiya berish haqidagi xabarnoma 4 oy muddat amal qiladi, bu degani xabarnoma chiqqanidan boshlab 4 oy ichida subsidiyaga uy sotadigan firma topib uyni sotib olish kerak.

🔻Boshlang‘ich to‘lov va kredit foizi qancha?
Boshlang‘ich to‘lov uy-joy narxining kamida 15 foizini tashkil qiladi. 2024-yildan boshlang‘ich to‘lov uchun davlat tomonidan qaytarilmaydigan 30 mln so‘mlik subsidiya beriladi. Kredit foizi bank tomonidan mustaqil belgilanadi, bugungi kunda aksariyat banklarda 18 foiz. Davlat tomonidan esa 5 yil davomida kreditning 12 foizdan ko‘p qismi qoplab beriladi. Masalan, kredit 18 foiz bo‘lsa, uning 6 foizi 5 yil davomida davlat tomonidan qoplanadi.

💰Kredit miqdori cheklanganmi?
Ha, subsidiya doirasida kredit Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 330 mln so‘mgacha, uyning narxi yuqoridagi narxdan qimmat bo‘lsa ham subsidiya beriladi, biroq bu ortiqcha mablag‘ni fuqaroning o‘zi to‘lashi kerak.

🔸Subsidiya ikkilamchi uylarga beriladimi?
Yo‘q, subsidiya yangi qurilgan (“novostroyka”) 4 va undan ko‘p qavatli yoki fuqaroga ajratilgan yerda qurilgan uy (hovli)lar hamda uni rekonstruksiya qilish uchun ajratiladi. Subsidiya “remontsiz” qora suvoqdagi uylarga ham ajratiladi, faqat sharti uy xonalarga bo‘lingan va “remontga” tayyor bo‘lishi kerak.

🔹Propiskasi bo‘lmagan joydan subsidiya olsa bo‘ladimi?
Yo‘q, subsidiya fuqaroning doimiy yashash joyi bo‘yicha beriladi. Toshkent shahrida doimiy yashaydigan fuqarolar Toshkent viloyatidan ham subsidiya asosida uy olishi mumkin. Masalan, Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashayotgan shaxs Toshkent viloyati Chirchiq yoki Nurafshon shahridan subsidiya asosida kvartira sotib olishi mumkin. Biroq, Toshkent shahridan yoki boshqa viloyatlardan ololmaydi.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 17-maydan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 7,96 soʻmga arzonlab, 12 720,00 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi esa oshdi.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
📚 TAKLIFNOMA

Hurmatli ijodkorlar, she’riyat ixlosmandlari, Qoʻshrabot tumani hokimligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shrabot tuman bo‘linmasi, "Istiqbol sari" gazetasi, Qoʻshrabot tumani AKM, hamda Qo‘shrabot tuman MMTB qoshidagi ‘‘Dilmunchoq’’ yosh qalamkashlar ijodiy klubi hamkorligida 18-may kuni soat 9:30 da Ergash Jumanbulbul oʻgʻli ijodiga bagʻishlangan Xalqaro konferensiya doirasida "JUMANBULBUL IZDOSHLARI" mavzusidagi adabiy-ijodiy uchrashuv hamda "Dilmunchoq" ijodiy klubi a'zosi, yosh isteʼdodli ijodkor Ulugʻbek Salohning "TAFTISH" nomli birinchi kitobi taqdimotiga taklif etamiz!

Manzil: "Ergash Jumanbulbul oʻgʻli uy-muzeyi" - Qo‘shrabot tumani "Qoʻshtamgʻali" MFY Qoʻrgʻon qishlogʻi

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎶Konsertga marhamat!

☝️Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 18-may kuni, soat 18:00 da tuman markazidagi “Mehnat” oʻyingohida boʻlib oʻtadigan galakonsertga barcha tumandoshlarimizni hamda tumanimiz mehmonlarini taklif etamiz.

🎤Konsert dasturi mehmonlari Oʻzbekiston va Qoraqolpogʻiston xalq artisti Maxmud Namozov, esradamizning yorqin yulduzi Ozoda Nursaidova hamda taniqli teleboshlovchi va xonanda Tolibjon Isroilov muxlislar koʻnglini xushnud etadi.

🎼Shuningdek, tumanimizning Joʻsh hududida Oʻzbekiston va Qoraqolpogʻiston xalq artisti Maxmud Namozov va bir qator elimiz suygan san’atkorlar ishtirokida joriy yilning 18-may kuni soat 15:00 dan 18:00 ga qadar “Joʻsh Ota” istirohat bogʻida konsert dasturi hamda xunarmandchilik durdonalari koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.

Qo‘shrabot tuman hokimligi axborot xizmati

Ulaning va ulashing:
👇👇👇
👉 https://t.me/qushrabottumanhokimligi
Mutolaa...

📎 Quyosh botsa o‘kinma, ertaga u tongni boshlab keladi.


✍🏻 Jon Milton

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
Malayziya Bosh vaziri rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim 17-19-may kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

Tashrifning birinchi kunida Toshkent shahrida oliy darajadagi tadbirlar va muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Sammit kun tartibidan tizimli siyosiy muloqotni rivojlantirish va madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish, savdo, innovatsiyalar, energetika, neft-kimyo, sanoat, elektrotexnika va elektronika, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa sohalarida aniq kooperatsiya dasturlari va loyihalarini ilgari surish masalalari o‘rin olgan.

Bundan tashqari, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

Malayziya Hukumati rahbari Samarqand va Buxoro shaharlariga ham tashrif buyurib, xalqimizning boy madaniy-tarixiy va ma’naviy merosi bilan tanishadi, qo‘shma biznes forumida ishtirok etadi.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanma olgan O‘zbekiston U23 terma jamoasi haqida fikr bildirdi

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

"PS-Zarband" 110/35/10 kV podstansiyasida T-1 elektr uzatish tarmog‘ida rejali ta'mirlash ishlar olib borilishi sababli bugun soat 10:00 dan 17:00 oralig‘ida Qo‘shrabot tumanidagi Qiyqim, Shavona, Xonnazar, Qo‘rg‘on, hamda Chorloq mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun Qo‘shrabot tumani Elektr tarmoqlari korxonasi iste'molchilardan uzr so‘raydi.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
🔵 Bugun 17-may Oʻzbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva tavallud topgan kun

Borarkanman hayrat, hayronligimcha,
Borarkanman juftsiz jayronligimcha.
Obodlig' - sen, sen kelmasang mabodo
Ketgayman to abad vayronligimcha.

✍️ Halima Xudoyberdiyeva

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston Prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari Qozog‘iston Prezidentini tavallud kuni bilan chin yurakdan tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, qardosh qozoq xalqiga tinchlik va ravnaq tiladi. Qasim-Jomart Toqayevning O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan katta shaxsiy hissasi alohida qayd etildi.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
"Oldiga kelganni yemak, hayvon ishi
Ogʻziga kelganni demoq, nodon ishi"
bayti kimning qalamiga mansub?
Anonymous Quiz
19%
Zahiriddin Muhammad Bobur
6%
Xusayn Voiz Koshifiy
16%
Abu Nasr Forobiy
58%
Alisher Navoiy
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Qabul_2024
#Qoʻshrabot_tuman_IMI

⚡️ Joriy yilning 23-may kuni Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Qo‘shrabot tuman 1-son Ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Ochiq eshiklar" kuni boʻlib oʻtadi.

Ochiq eshiklar kunida:

2024-2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumot beriladi;
Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilinadi;
O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtiriladi;
Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar) oʻtkaziladi;
Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya uyushtiriladi.

📆 23-may
Soat 10:00 dan 15:00 gacha

Ushbu "Ochiq eshiklar" kunida tumanimizning iqtidorli o‘quvchilarini hamda ularning ota onalarini taklif qilib qolamiz.

Bizning ijtimoiy tarmoqlar

Telegram | Facebook
🔴LIVE

Ayni damda Qo‘shrabot tumanida ilk bor o‘tkaziladigan respublika baxshichilik tanlovi hamda “Ergash Jumanbulbul o‘g‘li ijodi va Qo‘rg‘on dostonchilik maktabi adabiy merosining Yangi O‘zbekiston ma’naviy-madaniy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusidagi xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik jarayonlari.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari