Qo'shrabot gazetasi ''Istiqbol Sari''📰 | Rasmiy Kanal!
540 subscribers
13.9K photos
2.2K videos
77 files
5.43K links
🌐Veb-sayt: www.istiqbolsari.uz
📧Facebook: https://facebook.com/groups/767172637716843/
🦅Twitter: https://twitter.com/Istiqbolsari
📩Telegram: @Istiqbol_sari

Murojaat u-n telefonlar:
+998666461238
+998902800865
+998932354953
@X_Aktamov
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ob-havo

Bugun, 13-may kuni Samarqand viloyatida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎞 Siz, behuda yonayotgan bitta chiroqni o‘chirish orqali bir xonadonda chiroq yonishini ta‘minlashingiz mumkin...

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_xazili

Sog'lik uchun juda foydali mashq: PUL SANASh 😊

– Suyaklar og'rig'ini qoldiradi;
– Qon bosimini mеyoriga soladi;
– Tish va bosh og'rig'ini to'xtatadi;
– Ko'rish qobiliyati, ishtaha, tashqi ko'rinishni va yashash tarzni yaxshilaydi.

Ushbu mashqni tеz tеz bajarib turish tavsiya etiladi.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2024-yilning 13-14-may kunlari Samarqand shahrida "Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv" mavzusida Osiyo xotin-qizlari forumi bo’lib o’tmoqda.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
#Bilasizmi

Quyidagi sabablar bilan bolaning bog'chaga ketma-ket 3 kundan ortiq kelmagan davri uchun to'langan to'lovlar keyingi to'lovlarni amalga oshirishda hisobga olinadi:

▫️bolaning yoki oila a'zolarining kasalligi sababli;
▫️karantin holatida bo'lganligi tufayli;
▫️ota-onalardan birining ishdan (o'qishdan) bo'sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko'ra.

Bunda bolaning kelmagan kunlari soni bir kunlik to'lov miqdoriga ko'paytirilib, keyingi to'lov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi.

❗️Agar bolaning kelmagan kunlari uchun to'lov hali amalga oshirilmagan bo'lsa, to'lanishi lozim bo'lgan to'lov miqdori u kelmagan kunlari uchun hisoblangan to'lov summasiga kamaytiriladi.

☑️ Shuningdek, ota-onaning oldindan bergan yozma arizasiga asosan, bolaning bog'chaga qatnashi butunlay to'xtatilgan taqdirda, to'lov to'liq bo'lmagan oy uchun, ya'ni bola amalda bog'chaga qatnagan kunlar uchun to'lanadi.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⁉️ O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari qanchaga ko’tariladi?
#abituriyent

Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov ma’lum qildi.

Joriy yilda barcha yo’nalishlar uchun minimal o’tish bali oshiriladi, endi avvalgidek 56,7 ball bilan o’qishga kirish imkoni bo’lmaydi.

Keyin yilda esa, o’tish bali yanada oshiriladi.

Joriy yilgi, ya’ni 2024-2025- o’quv yili uchun o’tish ballari:

• sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 75,6 ball;

• boshqa yo‘nalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilanadi.

✳️ Kelasi yili, ya’ni 2025-2026- o’quv yili uchun o’tish ballari:

• sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball;

• boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi.

ℹ️ O’tish bali nima ekanligi haqida bilmoqchi bo’lsangiz, mana bu yerda javob berganman:
https://t.me/xushnudbek/20721

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎼Aziz yurtdoshlar, qadrli san’at ixlosmandlari!

🌍Sizlarni, shu yilning 17-18-may kunlari Qo‘shrabot tumanida ilk bor o‘tkaziladigan respublika baxshichilik tanlovi hamda “Ergash Jumanbulbul o‘g‘li ijodi va Qo‘rg‘on dostonchilik maktabi adabiy merosining Yangi O‘zbekiston ma’naviy-madaniy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusidagi xalqaro konferensiyaga taklif etamiz.

🎶Tadbirlarda yurtimiz baxshilari va folklorshunos, san’atshunos olimlar bilan birga Turkiya, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Tojikiston va boshqa davlatlardan taniqli baxshi va oqinlar, san’at va madaniyat namoyondalari, ilm-fan vakillari ishtirok etadi.

🐎Tanlov va konferensiya doirasida Samarqand hunarmandchiligi namunalari ko‘rgazmasi, ot sporti musoboqasi, galakonsert va mushoiralar o‘tkaziladi. Tadbirlar tuman markazi, Qo‘rg‘on va Pangat qishloqlaridagi bog‘ va xiyobonlar, dam olish maskanlarida tashkil etiladi. Bu joylarda milliy qadriyatlarni aks ettiruvchi teatrlashtirilgan tomoshalar, milliy xalq o‘yinlari, qadimiy san’at durdonalari va milliy taomlar ko‘rgazmalari namoyish etilishi ko‘zda tutilgan.

🎤Ha, darvoqe, festivalda O‘zbekiston xalq artistlari va baxshilar, taniqli san’atkorlar, shoir va yozuvchilar qatnashadi. Xullas, bo‘lib o‘tadigan tadbirlardan zavq olish bilan birga maroqli hordiq ham chiqarishingiz mumkin.

🎻Aziz yurtdoshlar, Sizlarni 17-18-may kunlari Qo‘shrabotda kutib qolamiz!

Qo‘shrabot tuman hokimligi axborot xizmati

Ulaning va ulashing:
👇👇👇
👉 https://t.me/qushrabottumanhokimligi
Vaqti: 18.05.2024.
Media-tadbir nomi: Matbuot anjumani
Mas’ul: Irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i
Media-tadbir mavzusi: Sug‘orish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan olib borilgan ishlar

Vaqti: 21.05.2024.
Media-tadbir nomi: Matbuot anjumani
Mas’ul: Kadastr agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i
Media-tadbir mavzusi: O‘zboshimchalik holatlariga chek qo‘yish.

Vaqti: 21.05.2024.
Media-tadbir nomi: Matbuot anjumani
Mas’ul: Kadastr palatasi tuman filiali boshlig‘i
Media-tadbir mavzusi: Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarni auksion savdolariga chiqarish to‘g‘risida

Vaqti: 21.05.2024.
Media-tadbir nomi: Matbuot anjumani
Mas’ul: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i
Media-tadbir mavzusi: Tumanda aholi bandligi ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan

Vaqti: 21.05.2024.
Media-tadbir nomi: Matbuot anjumani
Mas’ul: Hokim, 1-sektor rahbari
Media-tadbir mavzusi: Qo‘shrabot tumanida Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi keng ko‘lamli islohotlar to‘g‘risida


Vaqti: 21.05.2024.
Media-tadbir nomi: Matbuot anjumani
Mas’ul: Tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
Media-tadbir mavzusi: Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

Vaqti: 21.05.2024.
Media-tadbir nomi: Matbuot anjumani
Mas’ul: Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi
Media-tadbir mavzusi: Sohadagi dolzarb muammolar va ularning yechimi bo‘yicha

Vaqti: 21.05.2024.
Media-tadbir nomi: Matbuot anjumani
Mas’ul: MIB boshlig‘i
Media-tadbir mavzusi: Majburiy ijro byurosining mahallabay ishlash tizimida olib borilayotgan chora-tadbirlar va ularning ijrosi to‘g‘risida

Vaqti: 21.05.2024.
Media-tadbir nomi: Matbuot anjumani
Mas’ul: Hokimning o‘rinbosari, investitsiya va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i
Media-tadbir mavzusi: Xitoy Xalq Respublikasi bilan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalar to‘g‘risida

Vaqti: 21.05.2024.
Media-tadbir nomi: Matbuot anjumani
Mas’ul: Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i
Media-tadbir mavzusi: Mudofaa ishlar bo‘limida Qurolli kuchlarni butlash uchun muddatli harbiy xizmatga fuqarolarni saralab olish ishlarining borishi

Vaqti: 21.05.2024.
Media-tadbir nomi: Matbuot anjumani
Mas’ul: Hokimning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
Media-tadbir mavzusi: Tumanda 2024-yil hosili uchun ekish ishlarini borish to‘g‘risida

Vaqti: 21.05.2024.
Media-tadbir nomi: Matbuot anjumani
Mas’ul: Hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
Media-tadbir mavzusi: Xotin-qizlarni sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasida amalga oshirilgan ishlar

Vaqti: 21.05.2024.
Media-tadbir nomi: Matbuot anjumani
Mas’ul: Qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i
Media-tadbir mavzusi: Yoshlarga ajratilgan yer maydoniga eksportbop sabzavot mahsulotlarini ekish ishlari to‘g‘risida

Vaqti: 21.05.2024.
Media-tadbir nomi: Matbuot anjumani
Mas’ul: Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i
Media-tadbir mavzusi: Inson salomatligiga ta’sir etuvchi xavfli omillarni boshqarish, tizimli monitoringini olib borish va tahlil qilish borasida hududda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

Vaqti: 21.05.2024.
Media-tadbir nomi: Brifing
Mas’ul: Hokimning o‘rinbosari, investitsiya va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i Media-tadbir mavzusi: Tumanning eksport imkoniyatlari haqida

Vaqti: 21.05.2024.
Media-tadbir nomi: Brifing
Mas’ul: Hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
Media-tadbir mavzusi: Ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va kasb-hunarga o‘qitish borasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar

Vaqti: 21.05.2024.
Media-tadbir nomi: Brifing
Mas’ul: Hokimning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Media-tadbir mavzusi: Tumanda pillachilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

Vaqti: 21.05.2024.
Media-tadbir nomi: Brifing
Mas’ul: Agroinspeksiya boshlig‘i
Media-tadbir mavzusi: Tumanda mavjud bog‘zorlar va uzumzorlarda amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlarning o‘tkazilishi holati to‘g‘risida
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlanishning yangi tartibidan xabardormisiz?

1️⃣ Endilikda fuqarolar uchun qo'shimcha qulaylik yaratish maqsadida 2024-yilning 1-mayidan boshlab my.gov.uz portali orqali bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam uchun onlayn ariza berish imkoniyati yaratildi.

2️⃣ Shu bilan birga, bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam olish uchun ariza berish, ularni ko'rib chiqish, tayinlash va to'lashning amaldagi tartibi ham saqlab qolingan holda, mahalla fuqarolar yig'iniga tashrif buyurib, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi direktori nomiga ariza bilan murojaat qilinishi mumkin.

Bunda har ikkala usulda topshirilgan arizalar bir xil muddatda va bir xil mezonlar asosida ko'rib chiqiladi.

🎬 Batafsil yuqoridagi videoda

📌 Eslatib o'tamiz:
Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash bilan qo'shimcha savol va murojaatlaringizni Ijtimoiy himoya milliy agentligining 1140 qisqa raqamiga qo'ng'iroq qilgan holda yoki @IHMA_1140 manziliga yo'llashingiz mumkin.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri o‘rinbosari Lyu Gochjun boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda savdo ko‘rsatkichlarida muvozanatni ta’minlash va mamlakatimiz mahsulotlarining Xitoy bozoriga kirishi uchun qulay sharoitlar yaratish, iqtisodiyotning strategik tarmoqlarida muhim investitsiya loyihalarini jadallashtirish, hududlar kooperatsiyasini kengaytirish, gumanitar, ta’lim va turizm dasturlarini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, “Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish loyihasi bo‘yicha ishlarning amaliy bosqichini tez fursatda boshlash bilan bog‘liq jihatlar muhokama qilindi.

Lyu Gochjun Hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
#maqola

Mashxur “shaxsiy kutubxona”lar

Kitob isi, sahifalarning shitirlash ovozi bu tuyg‘uni hech bir narsa bilan almashtirib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham, har bir kitob mutoala qiluvchining , kitobsevar insonlarning uyida hali ham kitoblar uchun o‘ziga hos bir burchagi mavjud. U yerda har bir inson o‘zi sevib mutoala qiladigan kitoblarini saqlaydi.

Nima uchun har bir xonadonda “shaxsiy kutubxona” bo‘lishi muhim? Chunki, insonni hayvondan farqlab turadigan oliy qadriyat bu ma’naviyat bo‘lib, insonda yetuk ma’naviyat shakllanishi uchun esa kitob mutolaasi nihoyatda muhim hisoblanadi. O‘z uyida ma’naviyat va ma’rifat o‘chog‘i hisoblanmish kutubxona tashkil etgan insonlar nafaqat o‘zi uchun, balki atrofidagi insonlar uchun ham qaysidir ma’noda ziyo ulashuvchi hisoblanishadi.

Batafsil:https://telegra.ph/Mashxur-shaxsiy-kutubxonalar-05-28

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
Осиё хотин-қизлари форуми иштирокчиларига

Участникам Азиатского форума женщин

To the participants of the Asian women's forum

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❗️Umumtaʼlim maktablarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari:

— 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi;

— maktab oʻquvchilari sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf oʻquvchilari jalb etiladi;

— mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilingan holda tashkil etiladi;

— faxriy oʻqituvchilar, ota-onalar, mahalla faollari, oʻrnak boʻladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi;

— yil davomida namunali xulq va aʼlo baholarga oʻqib, eng yuqori reyting koʻrsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar ragʻbatlantiriladi;

— maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan oʻquvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Masʼuliyatli ota-ona”, “Aʼlochi oʻquvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” nominatsiyalari boʻyicha tashakkurnomalar beriladi.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
Ob-havo

Bugun, 14-may kuni Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari