Qo'shrabot gazetasi ''Istiqbol Sari''📰 | Rasmiy Kanal!
534 subscribers
14.1K photos
2.24K videos
78 files
5.47K links
🌐Veb-sayt: www.istiqbolsari.uz
📧Facebook: https://facebook.com/groups/767172637716843/
🦅Twitter: https://twitter.com/Istiqbolsari
📩Telegram: @Istiqbol_sari

Murojaat u-n telefonlar:
+998666461238
+998902800865
+998932354953
@X_Aktamov
Download Telegram
Bosh vazirga quyidagi 16 ta tuman hokimlarining lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqish topshirildi:

Nukus, Qorovulbozor, Navbahor, Kosonsoy, Nurobod, Oltinsoy, Muzrabot, Qiziriq, Bandixon, Oqoltin, Sayxunobod, Mirzaobod, Xovos, Piskent, Qo‘shtepa, Bog‘dod tumanlari.

Bunga sabab ushbu tumanlarda uy-joyga talab yuqori bo‘lsa-da 2023 yilda birorta ko‘p qavatli uy-joy qurilmagan, hokimlar reja ham qilmagan.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
Forwarded from UzA | Tezkor xabarlar
Бош вазир А.Ариповга 2025 йилдан Аи-80 маркали бензиндан воз кечиш масаласини узил-кесил ҳал қилиш бўйича топшириқ берилди.

Каналга уланиш:  
@uzauz
Таҳлилларга кўра, тирбандликлар ҳам ҳавонинг тозалигига салбий таъсир кўрсатаяпти.

Чунки, ҳаракатдаги автомобилга қараганда
тирбандликда турганлари ҳавони кўпроқ ифлослантиради.

Шу сабабли, жамоат транспортини ривожлантириш борасидаги ишлар янада жадаллаштирилади.

Эндиликда автобуслар харид қилишда уларнинг йўловчи сиғимига кўпроқ эътибор қаратиш кераклиги таъкидланди. Шунингдек, метро вагонлари сонини ошириш бўйича амалий чораларни ҳам тезлаштириш лозим.

Facebook|Instagram|X
Forwarded from Zarnews.uz
"Яшил энергетика”ни қўллаб-қувватлаш, экологик муаммоларнинг олдини олиш ва зарарли оқибатларни камайтириш мақсадида аҳолини электромобилларга ўтишини рағбатлантириш тизими жорий қилинади.

@Zarnews_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kitobsevarlar_klubi

📚Qo‘shrabot tumanida “Kitobsevarlar klubi” tashkil etildi.

Bugun, 29-yanvar kuni Qo‘shrabot tumani Yoshlar markazida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, tuman Axborot-kutubxona markazi hamda “Dilmunchoq” ijodiy klubi hamkorligida tashkil etilgan “Kitobsevarlar klubi”ning kitobxonlar bilan ilk uchrashuvi oʻtkazildi.

Mazkur “Kitobsevarlar klubi” tumanda kitobxonlikni yanada keng targ‘ib qilish, kitobsevar yoshlarni bir joyda birlashtirish, asarlar yuzasidan fikr almashish hamda kitobxonlar o‘rtasida muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilidi.

Dastlabki davra suhbatida ishtirok etganlar tomonidan klubning maqsadlari, kelgusida amalga oshiriladigan loyihalar, rejalar haqida fikrlar bildirildi.

“Kitobsevarlar klubi”
uchrashuvida “Bir oyda bir kitob” loyihasi doirasida Cho‘lponning “Kecha va kunduz” asari kitobxonlar tomonidan o‘qilishi hamda kelgusi uchrashuvda asar yuzasidan fikr almashishga kelishib olindi.

👉
@Istiqbol_sari
Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 30-yanvardan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 24,00 soʻmga qimmatlab, 12 424,00 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham koʻtarildi.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
2024-yilning 1-yanvar holatiga ko'ra, O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari statistik raqamlarda:

aholi soni – 36,8 mln kishi;
ayollar soni 18,3 mln kishi;
erkaklar soni – 18,5 mln kishi;

shaharda yashovchilar – 18,8 mln kishi;
qishloqda yashovchilar – 18 mln kishi;

nikohlar soni 283,8 mingta;
nikohdan ajralishlar soni – 49,2 mingta.

Umumiy migratsiya:

ko‘chib kelgan – 218,8 ming kishi;
ko‘chib ketgan 233,2 ming kishi.

Shundan, tashqi migratsiya:

ko‘chib kelgan 2,9 ming kishi;
ko‘chib ketgan – 17,3 ming kishi.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌨 XAYRLI TONG!

Assalomu alaykum! SESHANBA tongi muborak bo‘lsin!


Bugungi boshlanayotgan yangi kuningiz fayzli va barokatli bo‘lsin!

Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat aslo tark etmasin!

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
Ob-havo

Bugun, 30-yanvar Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
#bu_kun

30 yanvar – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan kun


Islom Karimov 1938-yilning 30-yanvar kuni Samarqandda tavallud topgan. O‘rta Osiyo politexnika instituti va Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlab, muhandis-mexanik va iqtisodchi mutaxassisliklarini qo‘lga kiritdi. 1991-yil 29-dekabrdagi birinchi umumxalq saylovida O‘zbekiston Prezidenti etib saylandi.
Islom Karimov 2016-yil 2-sentyabr kuni Toshkentda vafot etdi va Samarqandga dafn etildi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, har yili 30-yanvar kuni keng nishonlanadi.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
#bu_kun

Bugun, 30-yanvar – Oʻzbekiston Xalq Artisti Ortiq Otajonov tugʻilgan kun

O.Otajonov 1947- yil 30-yanvar kuni Xorazm viloyati Bogʻot tumanida tugʻilgan. Oʻzbekiston (1991), Turkmaniston va Qoraqalpogʻiston (1993) xalq artisti. Matyusuf Xarratov nomidagi Urganch musiqa bilim yurtini va Toshkent madaniyat institutini tugatgan. Milliy ashulachilik yoʻllarini Komiljon Otaniyozov, shuningdek, A.Otajonov, M.Mirzayev, G.Rahimova, O.Ibrohimov va S.Sobirovlardan oʻrgangan. Oʻzbek davlat filarmoniyasi, „Lazgi“ ansamblida xonanda (1968—1981), „Lazgi“ ansamblining badiiy rahbari (1982—1988). Repertuaridan Xorazm mumtoz ashulalari („Feruz 1, 11“ savtlari bilan, „Chapandozi Suvora“, „Kajhang Suvora“, „Xorazm Dugohi“ va boshqalar), kuyini oʻzi bastalagan asarlar („Zebolanib kelibsiz“, „Ona diyorim“, „Xorazm farzandiman“, „Orol dardi“, „Seni kulishlaring“, „Ibiyay“, „Boshqacha“ va boshqalar), shuningdek, afgʻon, turkman, ozarbayjon, rus, arab qoʻshiqlari oʻrin olgan.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
⚡️Bugun O’zbekiston milliy terma jamoamiz chorak final uchun Tailand terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

O’yin 30-yanvar Toshkent vaqti bilan 16:30 da “Al Janub” stadionida boshlanadi. Mazkur o’yinni “Sport tv” orqali to’g’ridan to’g’ri efirga uzatiladi.

Olg’a yigitlar, biz sizga ishonamiz!

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BU_MUHIM

💧 Suv — bebaho ne’mat!  Uni isrof qilmasdan oqilona foydalanaylik.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
#bilasizmi

 O‘zini-o‘zi band qilgan fuqaro qanday pensiyaga chiqishi mumkin?

🔰 O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq:

➡️ erkaklar – 60 yoshga,
ayollar – 55 yoshga to‘lganda to‘liq hamda mehnat staji kamida 7-yil bo‘lganda to‘liqsiz yoshga doir pensiya tayinlanishi belgilab qo‘yilgan.

🧶 Ishsiz fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4742-sonli Qarorda belgilangan 101 turdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullansa hamda o‘rnatilgan tartibda o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tib, kamida bazaviy hisoblashning bir barobari (340 ming so‘m) miqdorida ijtimoiy soliq to‘lovini to‘lasa, 1-yil mehnat stajiga ega bo‘ladi.

🔔
Demak, ishsiz fuqaro 7-yil davomida har yili Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq to‘lovini amalga oshirsa, pensiya olish huquqiga ega bo‘ladi.

🔴Bugungi kunda, ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir
pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda — oyiga 608 000 so‘mni tashkil etadi.

🔴Pensiya miqdori ish haqi va ish stajiga bog‘liq.

🔴 Agar fuqaro ijtimoiy soliqni qancha ko‘p to‘lasa, pensiya miqdori ham shuncha yuqori bo‘ladi.

📞 12-71 🌐 pfru.uz

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
Oʻzbekistonda 250 milliondan ortiq daraxtlarning koordinatalari aniqlanib, raqamli xaritasi yaratildi.

Toshkent shahrida esa sinov tariqasida daraxtlar pasportlashtiriladi.

Daraxtning pasportida ID raqami, turi, yoshi, boʻyi, holati va joylashuv koordinatasini aks ettiriladi.

yashilmakon.eco/#/map saytida ushbu xaritani ko’rish mumkin.

Daraxtlarning sanogʻini amalga oshirishda 5 yoshdan yuqori boʻlgan daraxtlar hisobga olindi.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi

Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida o‘tgan marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, shahar jamoatchiligi ham ishtirok etdi.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari