Ishonch🕊
160 subscribers
4.01K photos
1.95K videos
25 files
1.25K links
Ishonch barcha chegaralarni olib tashlaydi🕊
Aloqa uchun
@Sabr_ila_baxt_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mulohaza

Bilasizmi muammo nimada?

Muammo - aslida biz atrofimizdan ideallikni qidiraverishimizda...

Yon atrofimizdagi insonlar, ularning xarakteri, biz bilan bo'lgan munosabati va hatto o'z shaxsiy hayotimiz ham IDEAL darajada bo'lishini istaymiz. Talabimizga javob bermasa bizda chuqur tushkunlik holatini his qilamiz...

Yechim esa, atrofdan IDEALLIKNI qidiravermasdan voqelikka REAL qarashimiz zarur...
#Mulohaza

Nozik xilqat

- Qachon siz haqiqiy erkak bo'lsangiz, shunda ayolingiz ham chinakam ayol bo'ladi.

- Qachon siz podshoh bo'lsangiz, shunda ayolingiz malika bo'ladi.

- Qachon siz madrasa bo'lsangiz, shunda ayolingiz iqtidorli o'quvchingiz bo'ladi.

- Qachon siz hamiyatli, rashkli bo'lsangiz, shunda ayolingiz iffatli va hayoli bo'ladi.

- O'zingiz hech narsa bo'la turib, ayolingizdan hamma narsa bo'lishini talab qilmang!

- Ayol shunday xilqatki, unga infoq qilganingizda, tanasidagi ochlik hissi yo'qolib, sizni duo qiladi.

- Ayol shunday xilqatki, agar yig'lasangiz, boshingizni ko'ksiga qo'yib, sizga tasalli beradi.

- Ayol shunday xilqatki, agar uni sevsangiz, qalbidan joy olasiz.

- Ayol omonat bo'lib, e'zoz va himoya uchun yaratilgandir.

- Ayol inson shaxsiyati shakllanadigan ilk madrasadir
.

@Ishonch_67
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mulohaza

Yaxshilik qiling. Ezgulik ulashing. Albatta, ajrimiga sazovor bo'lasiz.
#Mulohaza

​​Bir donishmanddan so'radilar:
“Nima uchun Havvo Odamning boshqa joyidan emas, aynan, qovurg'asidan yaratilgan?”
Donishmand javob berdi:
“Rahbar bo'lib olmasligi uchun Odamning boshidan yaratilmadi.
CHo'ri bo'lib qolmasligi uchun Odamning oyog'idan yaratilmadi.
Balki, qalbiga yaqin bo'lsin, mahbubasi bo'lsin, Odamning himoyasi ostida bo'lsin deb uning qovurg'asidan yaratildi
”.
#Mulohaza

​​- Dada, o'qimoqchiman.
- Qo'y, bolam, o'zi pul kam, ukangning sunnat to'yini qilishimiz kerak!

- Dada, musiqani o'rganmoqchiman.
- Qo'y, bolam, o'zi pul kam, opangni uzatishimiz kerak!

- Dada, sport bilan shug'ullanmoqchiman.
- Qo'y, bolam, o'zi pul kam, akangning to'yini qilishimiz kerak!

P.S.: Bolaga "qo'y-qo'y" deyaverib, qo'y qilib qo'ydik! Mana endi butun dunyo uchun arzon mardikor bozor bo'lib qoldik
!!!

@Ishonch_67
#Mulohaza

Mutolaadan olingan mulohaza

📝Vaqt yaxshi odatlar sabab do'stingizga, yomon odatlar sabab dushmaningizga aylanadi.

📝Odamlarni serjahl, adolatsiz yoki xudbin deb hisoblashga odatlansangiz, bunday odamlarga har yerda duch kela boshlaysiz.

📝Muvaffaqiyatga erishish ehtimolini oshirish siri, raqobatlashish uchun to'g'ri sohani tanlashdadir.

📝Ma'lum bo'sag'adan o'tmaguncha kichik o'zgarishlar aytarli natija keltirmaydi. Har qanday geometrik progressiyada eng katta yutuqlar eng oxirida keladi.

📝Shaxsiyat odatlaringiz asosida shakllanadi. Har bir qilgan harakatingiz qanday turdagi odam bo'lishingizga berilgan ovozdir.

"Atom odatlar" kitobidan

@Ishonch_67
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mulohaza

⚡️ Tanlov

Xayotizdan nolib yuribsizmi unda bu video aynan siz uchun doʻstlarim xayotimizda sodir boʻlayotgan xar bir vaziyatni oʻzimiz yaratamiz tanlaymiz bu videoda juda ham chiroyli koʻrsatilgan ekan
#Mulohaza

Biz haqimizda

▪️"Qizg‘onish emas-u", deb boshlangan gaplar qizg‘onishdir.

▪️ "Ustidan kulish emas-u", deb boshlanadigan gaplar ustidan kulishdir.

▪️ "Kamsitish emas-u", deb boshlanadigan gaplar kamsitishdir.

▪️ "Yomonlash emas-u", deb boshlanadigan gaplar yomonlashdir.

▪️ "G‘iybat emas-u", deb boshlanadigan gaplar g‘iybatdir.

▪️ "Yolg'on emas-u", deb boshlanadigan gaplar yolg‘ondir.

O‘zingizni oldindan oqlab olishni qachon bas qilasiz odamlar..?
#Mulohaza

Qisqacha izohli lug'at

Televideniya — tarbiyaga muhtoj tashkilot;

Do'xtir — dorixonaning ish yurituvchisi;

Dorixona — do'xtirga resept uchun tavsiya beradigan ilmiy markaz;

Rieltor — ham enidan, ham bo'yidan daromad ko'ruvchi shaxs;

Aeroport — kutish zali bo'lmagan ketish yeri;

Uy — ishdan dam oladigan joy;

Ish — uydan dam oladigan joy;

Grin kart — eng yomon ko'rilgan joyga bir umr kutiladigan yo'llanma;

Sartaroshxona — ma'lumot almashish markazi;

Kutubxona — qizil kitobga kiritilishi kerak bo'lgan yagona makon;

Sevgi — yoshlarning bo'lajak qaynota cho'ntagiga ko'ngil qo'yishi;

Kuyov — injiq erkatoy;

Kelin — erkaligi to'ygacha ko'tariladigan shaxs;

Xotin — jafo;

Er — uyam jafo;

Facebook — o'ziga jilo berilib ko'rinish qilinadigan sahna;

Odnoklassnik — jiloga ham muhtoj bo'lmagan taloto'p maydon;

Delo(aybnoma) — buyuk san'at asari;

Sovchi — kelin tarafning moddiy ahvolini analiz qiluvchi uyushgan to'da.

© Salim AYYUBIY

https://t.me/Ishonch_67
#MULOHAZA

АЖОЙИБ ҚИССА !

Кунларнинг бирида қурбақаларнинг тўдасидан  икки қурбақа чуқурликка тушиб кетибди. Барча қурбақалар чуқурлик тепасида жамланиб  олиб  -  «Бўлди энди,  шу  ерда ўлиб кетасизлар..   ҳадеб  сакрайверишдан фойда  йўқ"  дер  эдилар.   Узоққа  бормай,  икки  қурбақанинг  бири қўрқув ва қаттиқ  тушкунлик  оқибатида нобуд  бўлди.  Иккинчи  қурбақа  эса,  тинмай сакрашда давом этар эди.  Ҳар  сафар сакраганда,  илгаригисидан баландроқ сакрар эди.  Аммо, юқоридаги қурбақалар  ҳамон :  "Бўлди қил энди.!  Фойдаси йўқ"  дейверар  эдилар.  Кўп  ўтмай,  бояги қурбақа чуқурдан чиқишга муваффақ  бўлди.  Тепадаги қурбақалар  қаттиқ  таажжубда эдилар.  Сўнг ундан  сўрашди:  "Қандай  буни  уддалай олдинг?!"   У  жим турарди.
Кейин билсалар,  унинг қулоқлари эшитмас экан.
Ҳар сафар  уни сакрашдан қайтарганларида,  улар қўллаб-қувватламоқдалар  деб  ўйлаб,  бу мушкул ишни уддасидан чиққан экан.

«Балки, энг зўри бўлишингизга  инсонларнинг сиз  ҳақингиздаги гаплари тўсқинлик қилаётгандир?»

https://t.me/Ishonch_67