Yuqorida milliycha brend nomlari haqida gap ketganmidi? Mana sizga kanal foydalanuvchilarining reaksiyasi. Qayerdandir topib tashavorishibdi. Haqiqiy milliycha nom 🔥
👉 @Iqtisodplus
👉 @Iqtisodplus
💻 Kompyuterimning ish stolini (Рабочий стол) har xil qiziqarli usullarda, turli tematikalarda taxlab chiqishni yaxshi ko'raman. Bu avvalo kayfiyatni ko'taradi, chunki sevimli narsangizga qarab ishlaysiz, tartib ham joyida bo'ladi.
Ko'pchilikning kompyuteridagi ish stolini aralash-quralash holatda ko'rganman. Kerakli narsani topa olmay qiynalib o'tirishadi. Eng qizig'i, ularning ish joyidagi haqiqiy stolning usti ham betartib holatda bo'ladi ko'p hollarda.
Netbuk va noutbukda foydalanadigan stillarimdan ayrimlarini taqdim etyapman. Elementar narsa, lekin menga bu yoqadi.

👍2❤1
Aytgancha, yuqoridagi skrenshotlarni tashash fikri mana bu hazil suratni ko'rganimda paydo bo'lgandi.
Unda shunday deyilgan: "Otam Google Xromni topa olmaydi, shuning uchun men shunday qilib qo'ydim" 😄
👉 @Iqtisodplus
Unda shunday deyilgan: "Otam Google Xromni topa olmaydi, shuning uchun men shunday qilib qo'ydim" 😄
👉 @Iqtisodplus
👍2
Motsartning musiqasi haqida shunday gap yuradi: "Inson his- tuyg‘ularini ifodalashda so‘z ojiz qolganida, u musiqani yaratdi". Musiqa ham ojiz qolganida esa Maradona futbolni, o‘z futbolini yaratgandi. Bugun futbol o‘z maestrosidan ayrildi...
Diego Maradona (1960-2020).
Diego Maradona (1960-2020).
Qiziq ma'lumot 💡
Xitoy tovarlariga yopishtiriladigan "Made in China" stikerlarining aksariyat qismi Janubiy Koreyada ishlab chiqarilar ekan. Shu sababli bu stikerlar tovarning o'ziga qaraganda ko'proq yashar ekan. 😁

"G'amxo'r" odam (Drabl)
U o‘zining xizmat Treylbleyzerida tumanni aylanar ekan, odamlarning noshukur ekanligi haqida xo‘rsinib hayol surardi...
© Twitterdan

Sovet hokimiyatining 7 mo'jizasi:
1. Ishsizlik yo'q, lekin hech kim ishlamaydi.
2. Hech kim ishlamaydi, lekin plan bajarilmoqda.
3. Plan bajarilmoqda, ammo sotib olish uchun hech narsa yo'q.
4. Sotib olish uchun hech narsa yo'q, lekin hamma joyda navbatlar.
5. Hamma joyda navbat bor, lekin biz mo'l-ko'lchilik arafasida turibmiz.
6. Biz mo'l-ko'llik arafasida turibmiz, ammo hamma baxtsiz.
7. Hamma norozi, ammo yoqlab ovoz beradi.
———
Bu aslida o'tgan asrning anekdoti hisoblanadi. Uning zamonaviy talqini esa quyidagicha:
1. Ishsizlik yo'q, chunki odamlar "boy"
2. Odamlar "boy", chunki kuniga 5600 so'mdan ko'p topadi
3. Kuniga 5600 so'mdan ko'p topadi, chunki pulning qadri yo'q
4. Pulning qadri yo'q, chunki odamning ham qadri yo'q
5. Odamning qadri yo'q, chunki haqqini talab qilishni bilmaydi
6. Haqqini talab qilishni bilmaydi, chunki yaxshi o'qimagan
7. Yaxshi o'qimagan, chunki astoydil o'qitadigan odam qolmagan
8. Astoydil o'qitadigan odam qolmagan, chunki berilayotgan 2,5 million oylik 5 kishilik oilasiga yetmaydi
9. Berilayotgan 2,5 million oylik 5 kishilik oilasiga yetmaydi, chunki ular ham onda-sonda go'sht yeyishga haqqi bor...
10. Onda-sonda go'sht yeyishga haqqi bor, lekin ko'p go'sht yevoryapmiz!
Davom ettirishlaring mumkin)

RTF Eurovision logotipini tayyorlash jarayoni, Fransiya, 1962-yil
Hozirgi kunda logotiplarni tayyorlash anchagina osonlashib ketgan. Sababi ularni tayyorlash uchun mo'ljallangan grafik dasturlar son mingta.
Lekin ushbu eski rasmlardan ko'rish mumkinki, yarim asr ilgari logotip tayyorlash oson bo'lmagan. Logotipda tasvirlash mumkin bo'lgan har qanaqa shaklni real holatda ham yaratishib, o'shani rasmga olishgan.

Birovlarning IT g'oyalari
Mark Xansen va Robert Allenning "Bir daqiqada millioner" («Миллионер за минуту») asarida kimda-kim tez boyishni xohlasa 5 ta "B" qoidasiga amal qilish kerak deydi. Ya'ni
- Birovning tajribasi;
- Birovning g'oyasi;
- Birovning vaqti;
- Birovning puli;
- Birovning ishi.
Misol sifatida Stiv Jobs, Bill Geyts, Mark Sukerberg kabi gegemonlar sanab o'tiladi.
Chunki Jobs o'zining asosiy g'oyalarini IBM va Xerox dan ko'chirgan, Bill Geyts Office dasturlari g'oyasini Appledan olgan. Facebook esa aslida Garvardda ta'lim olayotgan aka-uka Vinklvoss g'oyasi bo'lgan.
———
Menimcha bu g'oyalarning boshqalar tomonidan amalga oshirilgani to'g'ri bo'lgan. Chunki bu g'oyalar asl mualliflari tomonidan tadbiq qilinganda balki hozirgidek muvaffaqiyat qozonmagan bo'lardi. Tag'in kim bilsin.

Domènech Vidal vino brendi har bir mahsulotining boshqasidan farq qilishini xohlaydi. Shu sababdan ularning etiketkasiga o'ziga xos "barmoq izlari" chizishadi.
Kesilgan uzum toklari novdalari shamol ta'sirida etiketkaga turlicha shakllar beradi. Bu shakllar xuddi kardiogrammani eslatadi. Natijada ularning har birining originalligini ta'minlanadi.
———
Bu post bilan ularni maqtash fikridan yiroqman. Lekin marketingning shu darajada rivojlangani va mahsulotga bo'lgan e'tiborning kuchliligidan o'rnak olsa arziydi.

👍1
Benksining "qizalog'i"
"Qizaloq bilan shar" (2018-yil 11-oktyabrda muallif talabi bilan "Axlat qutisidagi muhabbat"ga o'zgargan) kartinasi mashhur anonim-rassom Benksi ijodining shedevrlaridan biridir. Kartina 2006-yilda yaratilgan.
Rasmda oq fonda qora rang bilan bo'yalgan qiz tasvirlangan. U xafagarchilik bilan uzoqdan uchib ketayotgan yorqin qizil yurak shaklidagi sharni kuzatmoqda. Qiz unga qo'lini uzatmoqda. Rasmdagi yagona rangli nuqta bo'lgan yurak shakli beg'uborlik, orzular, umidlar va muhabbatni anglatadi. Bu yerda u bolaning o'yinchog'i bo'lishdan tashqari, bolalikning mo'rtligini ham namoyish etmoqda. Sharni qo'ldan chiqargan qizning qiyofasi beg'uborlikni osongina yo'qotish mumkinligiga ishora qilmoqda. Ma'lumki, Benksi o'z asarlari bilan jamiyatni tanqid qilishga usta, ekspertlarning fikricha bu kartina ham jamiyatning tazyiqi ostida bolalar haddan tashqari tez ulg'ayib qolayotganiga ishora.
Kartinani mashhur qilgan hodisa - bu uning auksionga qo'yilgan paytda shreder yordamida kesib tashlangani edi. Savdoning boshlanishi uchun urilgan bolg'a zarbasidan keyin kartina ramkasi ichiga o'rnatilgan shreder harakatga keladi va uni vertikal holatda yirtishni boshlaydi. Shreder masofaviy pult yordamida harakatlantirilgan va uni zalda kimdir boshqargan deyishadi. Lekin aytish mumkinki, kartinaning kesib tashlanishi uning narxini tushirmadi, aksincha oshirdi.
Ushbu epizodni Benksi o'z Instagram sahifasiga joylagan va unga auksion savdogari tomonidan aytiladigan jumlalarni izoh qilib qoldirgan: Sotiladi, sotiladi, sotildi! (inglizcha "Going, going, gone..."). Ertasi kuni esa Benksi instagramda kartina ramkasiga bir necha yillar oldin shreder o'rnatganini ma'lum qilib, video joyladi. Video izohida Pikassoning quyidagi gaplari bor edi: "Yo'q qilishga intilish ham ijodiy harakatdir!"
Tez orada bu kartina marketologlarning asosiy detaliga aylandi. Ular haqida kanalda batafsil berib boramiz.