360 daraja
7 subscribers
11 photos
5 videos
1 file
23 links
Tasavvuringizga yangi o‘lcham bering – 360° tafakkur
Download Telegram
Channel created
🔴Иш берувчилар диққатли бўлинг!

Бугунги кунда иш стажи ва иш ҳақи тўғрисидаги маълумотлар тўлиқ рақамлаштирилган бўлиб, пенсия тайинлаш вақтида фуқароларнинг барча маълумотлари электрон равишда тегишли вазирлик ва идораларнинг ахборот тизимларидан олинади.

Ташкилот, корхона ва муассасалар қонунчиликка мувофиқ ходимнинг пенсия тайинлаш учун зарур бўлган маълумотларини (меҳнат стажи, иш ҳақи ва бошқалар) ЯММТга* киритмаган тақдирда пенсия тайинлаш вақти келганда “иш стажи ва иш ҳақи тўғрисидаги маълумотлар” чиқмаслиги мумкин.

🔴Эътиборли бўлинг ва иш жойингиздаги ходимлар бўлимидан барча маълумотларни ЯММТга киритиб рақамлаштириб қўйишларини сўранг!
Bu muhim!
Tasavvur qiling, bugun pensiya yoshiga etdingiz.
Uringizni yarmidan koʻpini mamlakat va fuqarolar farorvonligi uchun baxshida qilib, endi qarilik gashtini suraman deganingizda sizni aslida Siz ekanligingizni kimlar(qaysidir idoralar)ga isbotlashingizga toʻgʻri kelib qoldi.

Ishlagan joylaringiz va sizga pensiya ta'minotiga ega boʻlish huquqingizni berishga asos boʻlguvchi ma'lumotlar Vakolatli tashkilotning rasmiy bazasida koʻrinmayapti/shakllantirilmagan.

Endi siz avval ishlagan ish joylaringizga borib, haqiqatda shu ishxonada Absamat va Sharapat bilan shu davrdan-shu davrgacha ishlaganligingiz toʻgʻrisida tasdiqlovchi ma'lumotlarni olishingiz kerak boʻladi.
Bu holatda oʻsha siz qachonlardir ishlagan tashkilot bugun mavjud yoki uning huquqiy vorisi belgilangan boʻlsaku, bu ishlar biron haftada bitadi. Biroq, buning aksi boʻlsachi?!...

❇️Ertangi farorvon va tinch, toʻkin hayotingiz uchun bugundan harakat qiling!

Buning uchun hozir ishlayotgan tashkilotingizdagi kadrlar boʻlinmasi (HR) bilan bogʻlanib, ish stajingiz toʻgʻrisidagi ma'lumotlarning

YaMM tizimiga sifatli, toʻgʻri va muddatida kiritib borilayotganligi toʻgʻrisida hisobot soʻrang.

https://t.me/NeoOvoz
#O‘zlik

Toshkentning qadimiy 12 darvozasi shaharning o‘rta asrlardagi tarixiy tuzilishida muhim rol o‘ynagan. Bu darvozalar shahar devorida joylashgan bo‘lib, har biri muayyan yo‘nalishga va strategik ahamiyatga ega bo‘lgan. Quyida Toshkentning mashhur qadimiy 12 darvozasi ro‘yxati:
1. Labzak darvoza
2. Taxtapul darvoza
3. Qorasaroy darvoza
4. Sagʻbon darvoza
5. Chigʻatoy darvoza
6. Koʻkcha darvoza
7. Samarqand darvoza
8. Kamolon darvoza
9. Beshogʻoch darvoza
10. Qoʻymas darvoza
11. Qoʻqon darvoza
12. Qashqar darvoza
Bu darvozalar faqat transport va savdo yo‘llari emas, balki harbiy va ma’muriy ahamiyatga ham ega bo‘lgan. Har bir darvoza orqali shaharga turli hunarmandlar, karvonlar va sayyohlar kirib kelgan.
https://t.me/NeoOvoz
#Prognoz
🔻Yurtimizda birgina o‘tgan hafta ichida Amerika dollarining o‘zbek so‘miga nisbati 148 (aniqrog‘i 147,64) so‘mga arzonladi. https://cbu.uz/ru/arkhiv-kursov-valyut/
Bunga ko‘plab ichki va tashqi omillar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Ulardan asosiylari:
Valyuta kursining o‘zgaruvchanligi;
Tashqi iqtisodiy vaziyat;
Markaziy bankning pul-kredit siyosati;
Inflyatsiya va ichki narxlar va boshqalar.

Moliyaviy boshqaruv instrumentlaridan foydalangan holda AQSH dollarining kelgusi haftada o‘zbek so‘miga nisbatini prognoz qilib ko‘rdim.
🔺Unga ko‘ra hafta boshida - 2 iyundan boshlab dollar kursi sekin ko‘tarila boshlaydi. Hafta yakunida AQSH dollarining o‘zbek so‘miga nisbati umumiy hisobda +/- 130 so‘mga oshishi kuzatiladi.

Post Scriptum: Bu shaxsiy tahminim, albatta.
https://t.me/NeoOvoz
Safarbarlik

"May oyining keyingi kunlarida tabiiy ofat Qashqadaryo viloyati shahar va qishloqlariga ham anchagina zarar yetkazdi"

"Sovet O‘zbekistoni" gazetasining 1991 yil 29 may sonidan

https://t.me/NeoOvoz
#HRM
«YAMMT» IDAK faqat 2020 yil 1 yanvardan so‘ng bo‘lgan mehnat staji bo‘yicha mas’ul hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 31.10.2019 yildagi PQ-4502-qaroriga asosan xodimning mehnat staji pensiya tayinlashda xodim tomonidan amalga oshiriladigan mehnat faoliyati davriga asosan:

❇️2020 yil 1 yanvarga qadar — «YAMMT» IDAK joriy qilingungacha o‘rnatilgan tartibda;

❇️2020 yil 1 yanvardan so‘ng — «YAMMT» IDAKda mavjud ma’lumotlar asosida (qonun hujjatlarida belgilangan alohida hollardan tashqari) belgilanadi.
https://t.me/NeoOvoz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
# Bayram
1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Bandlik vazirligi tomonidan ajoyib video-rolik tayyorlanibdi.

Rolikda mehnat qonunchiligi bolalar tili bilan tushuntirilgan.

Yaxshi yondashuv

https://t.me/NeoOvoz
#Tinchlik bo`lsin
❇️Ertaga Istanbuldagi muzokaralarda eng ko`p qo`llaniladigan ibora – bu tinchlik iborasi bo‘lishi aniq. Biroq, endi ushbu uchrashuvdagi natijalar “kutilganidek” bo‘lmaydi.
... Haligacha hamma “artist” deya jiddiy qabul qilmay kelayotgan “Sluga naroda” (Xalq xizmatchisi) filmi qahramoni tom ma’noda bugun o‘z xalqining Yetakchisiga aylandi.
Buun Kiyev RFga jiddiy qaqshatqich zarba berdi. Dronlar xujumi.
Horijiy va mahalliy axborot nashrlarining xabarlariga ko’ra RF tomoni 41 dona harbiy strategik uchoqlarini yo’qotgan.
Bular orasida A-50 samalyoti ham bor.
Olis masofali radiolokatsion aniqlash va boshqaruv samolyoti bo‘lgan A-50 “Shmel” rusumidagi strategik harbiy uchoqning donasi 330 mln AQSH dollari turar ekan.
Aytgancha, 1989 yilda qurollanishga qabul qilingan ushbu turdagi samalyotni seriyali ishlab chiqarish Toshkentdagi V. P. Chkalov nomidagi zavodda amalga oshirilgan.

🇺🇦🇷🇺Ukraina Xavfsizlik xizmati “O‘rgimchak to‘ri” nomli maxsus operatsiyani amalga oshirdi. Shubhasiz, bu voqea tarixga Rossiya o‘z yadroviy qalqonining bir qismini yo‘qotgan lahza sifatida kirishi aniq. Ateo Breaking kanali ma’lumotiga ko‘ra, hujum natijasida 41 ta strategik harbiy samolyot yo‘q qilindi yoki ishdan chiqarildi — aynan shu bombardimonchilar yadroviy raketalarni tashuvchi kuch sifatida xizmat qilardi.

🇺🇦Operatsiya juda puxta ishlab chiqildi: ukrainaliklar dronlarni yashirincha Rossiyaga olib kirgan, ularni maxsus konteynerlarda yuk mashinalarida yashirishgan. Kerakli paytda bu konteynerlarning tomi ochilgan va dronlar to‘g‘ridan to‘g‘ri Rossiya hududidan uchib chiqib, bombardimonchi samolyotlarga zarba bergan.

https://t.me/NeoOvoz
#Futbol🇸🇱🇦🇪
Shu biznikilar futbol bilan oshga qilingan eʼtiborni boshqa ishlarga ham qaratganida bormi, tochno rivojlanib ketardik!😎
Ob-havo ma’lumotlari

“Xalq so’zi” gazetasining 1995 yil 3 iyun sonidan

https://t.me/NeoOvoz