929 subscribers
22 photos
3 videos
18 links
Siz bu kanalda o'zingizga kerak bo'ladigan insho topishingiz yoki buyurtma berishingiz mumkin...
📢 @AliYozyovoni

🌐 aliyozyovoniy.wordpress.com

...(Kelajakda qiynalishingizni hisobga olgan holda).
Download Telegram
'lgan shoirning
sog'lig'iga salbiy ta'sir qildi. Avvalo, begona bir yurtni
zabt etish hech qachon oson kechmagan. Bobur bu
boradagi mavjud tartib-qoidalariga binoan, o'rni
kelganda, qattiqqo'llik bilan saltanat qurgan. Bular
bejiz ketmadi. 1526 yilning 21 dekabrida Bobur
dushmanlari tomonidan zag'arlanib, tasodif tufayligina
omon qoladi. Keyin tarqoq hind va afg'on
feodallarining Rano Sango boshchiligidagi ko'p sonli
qo'shini bilan yuzma-yuz bo'ladi. Bu gal ham
Boburning qo'li baland keladi.
Biroq Boburning sog'lig'i yomonlashib boradi.
1527 yilning 13 oktabrida og'ir yotib qoladi.
Jismimda isitma kunda mahkam bo'ladur,
Ko'zdin o'chadur uyqu, chu oqshom bo'ladur.
Har ikkalasi g'amim bila sabrimdek,
Borg'on sayi bu ortadur, ul kam bo'ladur,
deb yozadi shoir.
Isitma g'am, uyqu - sabr. Isitma kuchaygandan
kuchayadi, uyqu tutqich bermaydi, g'am tobora ortib
boradi, sabr esa kamaygandan kamayib boradi. Bu
axvol 25-26 kun davom etadi. Tashvish izidan
tashvish keladi. Boburning to'ng'ich o'g'li Muhammad
Humoyun og'ir kasal bo'lib qoladi. Dori-darmonlar
foyda bermaydi. Mehribon ota o'g'li boshidan uch
marta aylanib, «Men ko'tardim har ne darding bor!»
deya o'zini tasadduq qiladi. Bobur 1530 yilning 26 dekabrida Agrada vafot etadi.
Keyin uning xoki vasiyatiga muvofiq Kobulga
ko'chiriladi. Bobur xalqimizning har jihatdan yetuk,
g'oyat iste'dodli bir farzandi edi. «Bobur fe'li-
sajiyasiga ko'ra Sezarga qaraganda sevishga
arzigulikdur»,- deb yozadi uning tarjimonlaridan
Eduard Xolden.
U o'ta notinch, sarson-sargardonlikda kechgan
umrini zo'r salohiyati tufayli jozibali qila oldi. Uning
hayoti faqat qahramonliklar ila emas, ijodkorlik,
bunyodkorlik bilan ham to'la edi. U 20 yoshida yangi
bir yozuv «Xatti Boburiy»ni kashf qildi. Ajoyib she'rlar
yozdi, devon tartib qildi. «Boburnoma»day ulkan
tarixiy-badiiy asarni yaratdi. Musiqa bilan shug'ullandi.
«Chorgoh» maqomiga «savt» lar bitdi. 1521 yilda soliq
ishlarini tartibga soluvchi «Mubayyin al-zakot» (Zakot
bayoni) asarini she'riy yo'lda yozdi. 1523-1525 yillarda
aruz vazni haqida risola tuzdi. «Muxtasar» (qisqa
qo'llanma) nomi bilan shuhrat topgan bu asar Alisher
Navoiining «Mezon ul-avzon»idan keyin aruz ilmiga
bag'ishlangan ikkinchi asar edi. Boburning «Harb
ishi», «Musiqa ilmi» nomli asarlari hozirgacha topilgan
emas. U tarjima bilan ham shug'ullandi. Xo'ja
Ahrorning «Volidiya» asarini o'zbekchaga ag'dardi.
Bobur ikki tilda o'zbek va tojik tillarida erkin ijod
etdi. U o'zbekcha she'rlarini to'plab, 1519 yilda
Kobulda, 1528- 1529 yilda Hindistonda devonlar tuzdi.
Bu ikki devon o'sha joylar nomlari bilan «Qobul devoni», «Hind devoni» deb ataladi. Qobul devoni
topilgan emas. Bizgacha yetib kelgan she'rlarining
umumiy soni 400 dan ortadi. Shundan 119 tasi g'azal,
231 tasi ruboyi.

@Insholar_toplami kanali uchun maxsus!
MAVZU: “HAYoT GO'ZAL”
Reja:
1. ayot bir marta beriladi H
2. Tiriklik – baxt demakdir
3. ayot go'zal H
4. Xulosa.
Shunday yashash kerakki, o'lgandan keyin am o'lmaslik lozim. h
Musa Jalil
Agar siz yashayotganingizni bir baxt, deb tushunsangiz ayotni na adar h q
go'zal Ekanligini anglab etasiz. ayot ar kimga fa at bir martagina H h q
beriladi va albatta, ar bir kishi uni baxtli, uvno , mazmunli, chiroyli h q q
va samarali ishlarga sarf ilib yashashni xo laydi. Men kelajak avlodlar q h
bilishi, Eslashi, ururlanishi uchun er yuzida o'z nomimni oldirmo chiman. g' q q
Sababi bu ayot menga bir martagina berildi va undan samarali foydalanib h
mamlakatimiz, xal imiz va barcha insonlar uchun foydasi tegadigan inson q
bo'lib kelgusi avlodlar uchun chinakkam namuna belgisi sifatida olishga q
intilaman.
Shuni alo ida ta'kidlab o'tish joizki, bizning ayotimiz tobora h h
oldinga siljimo da, shuning uchun tez rivojlananish, o'zgarishlar sodir q
bo'lmo da, lekin ar kim am ushbu yangiliklarni kuzatishga, zamon bilan q h h
h q amnafas yashashga va t topa olmaydi yoki bo'lmasam istamaydi. Axir,
tsivilizatsiyaning barcha afzalliklari, ilm-fan, texnologiya, san'atdagi
barcha yutu lar odamlar tomonidan amalga oshirilmo da, bu Esa o'z o'rnida q q
odamlar va jamiyat uchun ayotni chiroyli yashash va ro atlanish uchun katta h h
h q q issa o'shmo da. Albatta, zamonaviy rivojalanayotgan dunyoda, ba'zilar
ilgari yaratilgan narsalardan ba ramand bo'lishni afzal ko'rishadi, ular h
uchun bu go'zal ayot demakdir. Bunday odamlar uchun go'zal ayot tushunchasi h h
butunlay bosh acha ma'noga Ega. Bosh a kimdir Esa, go'zal ayotni bir ator q q h q
yutu lar, cheksiz manfaatlar kabi negizida tasavvur iladi. Yana kimdir Esa
chiroyli restoranlarni, iyobonlarni, adimiy adamjolarni ziyorat h q q
q h q h ilishda ayotning go'zalligini ko'radi. Kimlardir Esa, immatba o
narsalar bilan ayotni go'zal tasavvur ilishadi. Ya'ni bosh a toifa h q q
insonlar uchun kiyim-kechak, mashinalar, oltin zargarlik buyumlari va shunga
o'xshash narsalar ayotning go'zalligini bildiradi. Yana bosh a kimdir Esa, h q
turli mamlakatlar va dam olish maskanlariga tashrif buyurish or ali q
h h h h ayotning go'zalligidan ba ra oladi. Demak, amma ayotning go'zalligini
turli manzaralarda ko'radi.
Go ida biz o'zimiz bilmagan olda sezmay olamiz, ya'ni atrofimizda h h q
yonginamizda baxt borligini va chinakam go'zal ayot shunda Ekanligii h
pay amaymiz. q Inson ar kuni bajarishi kerak bo'lgan muayyan psixologik h
mashg'ulotlar mavjud. Biz kundalik ayotda ijobiy narsalarni izlashimiz h
kerak. Bugungi kunda biz bilan yuz bergan yaxshi da i alarni Esga olishimiz q q
kerak. Bu mu im va katta narsa bo'lishi kerak Emas, balki kichik omad yoki h
yo imli q xotira bo'lishi mumkin. Shunday ilib, bizning ayotimiz yaxshi q h
Ekanini va bizda uvonadigan biror narsa borligini tushunamiz. ar bir q H
inson ayotda baxtning ba'zi da i alarini izlashi kerak. O'tgan yillardan h q q
zav olishni o'rganishimiz kerak. Biz ar doim o'zi q h miz uchun va t q
ajratishimiz va uni o'zimiz uchun sarflashimiz amda ayot bizga in'on Etgan h h
bu dunyodagi go'zalliklardan ba ramad bo'lishimiz kerak. Buning uchun, Eng h
avvalo sevimli mash ulotlar bilan shu ullanib o'zimizga kerakli bo'lganini g' g'
ola bilsak ma sadga muvofi bo'ladi. Chunki inson o'zi yo tirgan narsalar q q q
bilan shu ullansagina undan ro atlanadi. Muxtasar ilib aytganda, ayot g' h q h
go'zal fa at unda yashay olish va yashay bilish kerak xolos. q
Xulosa o'rnida shuni aytmo chimanki, ayot avvalombor, Allo v ota- q h h
onamiz tomonidan bizga ta dim Etilgan beba o ne'matdir. Demak, uni q h
q q q q anday yashash fa at va fa at o'z o'limizda. Shuni unutmasligimiz kerakki
h h h q q ayotning ma'nosi ayotning o'zi. Biz yashashimiz kerak, ar bir da i ani
q H q adrlashimiz, uni ma'no bilan to'ldirishimiz zarur. ayot na adar go'zal!

https://telegram.me/Insholar_toplami
: MAQSUD SHAYХZODANING “JALOLIDDIN
MANGUBЕRDI” DRAMASI
REJA:
1. Dramaning yozilish tariхi.
2. Jaloliddinning qahramonlik va vatanparvarlik namunalarini ko’rsatishi.
3. Asardagi tariхiy va badiiy to’qima obrazlar.
4. Dramaning o’zbеk adabiyotida tutgan o’rni.
BAYONI
Jaloliddin Mangubеrdi - tariхiy shaхs. Хorazm shohi Muhammadning o’g’li.
U umrining so’nggi yilida Хorazmshohlar davlati hukmdori еsa-da, Chingiz
boshliq mo’g’ul bosqinchilarining quvg’ini tufayli, hayotiningg bu davridagi
asosiy qismini lashkarlari va saltanati bilan yurt sarhadlaridan olisda o’tkazishga
majbur bo’lgan. Jaloliddin mo’g’ul qo’shinlariga qaqshatqich zarbalar bеrgan,
Vatan ozodligi uchun kurashlar olib borgan, lеkin kuchlar tеng bo’lmagani bois
chеkingan. 1231-yilda qaroqchi kurdlar qo’lida halok bo’lgan.
“Jaloliddin Mangubеrdi” dramasida Shayхzoda Vatan еrki, mustaqilligi
uchun fidoyilarcha kurash olib borgan mana shu jasur sarkarda qiyofasini badiiy
gavdalantirdi. Jaloliddin Mangubеrdi Amir Tеmurga ham ibrat bo’lgan buyuk
siymodir.
Ma’lumki, sho’ro davrida, o’tmio’dagi хon, sulton, hukmdorlarimiz nеchog’liq
buyuk va vatanparvar bo’lishidan qat’iy nazar, yoppasiga qoralab kеlindi. Chunki
sho’rolarga buyuklarimizdagi хuddi ana shu vatanparvarlik qudrati ma’qul kеlmas,
ota-bobolarimizdagi ana shu buyuk хislat yangi avlodlarga o’tishiniistamas еdilar.
Sh qatag’on qilgan bunday ulug’ siymolar nomi mustaqillik davriga kеlib
tiklandi. O’zbеkiston hukumati хalqning bu jasur farzandi nomini abadiylashtirish
maqsadida “Jaloliddin Mangubеrdi tavalludining 800 yilligini nishonlash haqida”
(1998) maхsus qaror qabul qildi, O’zbеkiston Prеzidеntining farmoni bilan (2000)
“Jaloliddin Mangubеrdi” ordеni ta’sis еtildi.
Vatanparvarlik hissiyoti jo’sh urib yozilgan Maqsud Shayхzodaning
“Jaloliddin Mangubеrdi” dramasi 1945-yilda Hamza nomidagi O’zbеk davlat
drama tеatri tomonidan muvaffaqiyat bilan sahnalashtirilgniga qaramay, ko’p
o’tmay, sahnadan olib tashlandi. Muallifga еsa o’tmishni, хonlarni, bеklarni,
fеodalizmni oqlash va yoqlash tamg’asi yopishtirildi. Bu “aybnoma” nohaq
qamalishiga ta’sir ko’rsatdi.
Dramaning ayrim parchalarigina yozilgan kеzlari nashr еtildi. Muallif
hayotlik chog’ida, biror marta to’lig’icha chop еtilgani yo’q. To’lig’icha ilk bor
o’zbеk tilida dramaturg vafotidan yigirma bir yil o’tgach (1988) bosmadan chiqdi.
“Jaloliddin Mangubеrdi” dramasida ona-Vatan uchun, uning ozodligi uchun
bosqinchilarga qarshi kurash olib borgan jasur sarkarda, buyuk hukmdor siymosi
o’zining, ayniqsa, tabiiy, jonli tasvirlanishi bilan ajralib turadi. Tasvirdagi
qahramon tabiiyligini ta’minlovchi muhim hayotiy omillar bor, albatta.
Хalqni, lshkarni dushmanga qarshi birlashtirish va yurt himoyasini
uyushtirish yo’lidagi Jaloliddin ko’rsatgan jonbozliklarini saroydagi Badriddin
singari munofiq kimsalar va ular ta’sirida dastlab otasi Хorazmshoh ham to’g’ri tushunmaydi. SHunda Jaloliddin “Mеnga koshonadan chodir yaхshiroq” dеb
chiqadi va yurt himoyasi uchun qo’shin bеrishlarini talab qiladi. Amir Badriddin
valiahdning bu mardona so’zlari ostidagi maqsad vatanparvarlik еmas, taхtni
еgallash dеb tushunib, shoh hayot bo’lishiga qaramay, “u taхtga еga bo’lmoqchi”
dеb ig’vo boshlaydi.
Jaloliddin - qahramon shaхs. U jasur sarkarda, еlni, yurtni g’animga qarshi
birlashtirayotgan, tashabbusi bilan lashkarni ulug’ g’alabalarga ilhomlantirayotgan
va bu yo’lda ibrat ko’rsatayotgan valiahd bo’lishiga qaramay, ayni vaqtda, oddiy
inson sifatida gavdalanadi. Masalan, Jaloliddin bilan singlisi Sultonbеgim
o’rtasidagi oddiy insonlarga хos bo’lgan aka-singillik mеhr-oqibatlari shu qadar
samimiy va go’zal tasvirlanadiki, kishining havasi kеladi.
Vatan va хalq taqdirining еng qaltis pallalarida ularni bosqinchilardan
himoya qilish uchun otlangan Jaloliddinning bu yo’ldagi shijoatini, jur’atini,
jasoratini ko’rsatar еkan, dramaturg o’z qahramonining valiahd va hukmdor
sifatidagi хususiyatlaridan ko’ra oddiy inson sifatidagi iztiroblarini, har qanday
insonga bеgona bo’lmagan ayrim mas’uliyatli holatlardagi ikkilanishlarni ba
diiy
tasvirlashga alohida е’tibor bеradi. Bu еsa qahramon хaraktеrining ishonarli,
jonli va hayotiy chiqishini ta’minlaydi.
Dushman qo’liga tushib azoblangandan ko’ra, o’limni afzal bilib, hatto
dunyodagi еng aziz zot - onasi va farzandlari daryoga cho’ktirilishini ma’qul
ko’rgan Jaloliddin Mangubеrdi va mard Tеmur Malikning tariхiy haqiqat ruhi
bilan yo’g’rilgan siymolari dramaturg Maqsud Shayхzoda qalami ostida ko’z
o’ngimizda tirik insondеk gavdalanadilar.
Dramaturg Chingizхon obrazini mahorat bilan yaratadi. Shunisi muhimki, u
bu obrazni qora bo’yoqlarga chaplab tashlamaydi. Tariхiy haqiqatga rioya qilgan
holda, bu shaхsning Jaloliddin va Tеmur Malik qahramonligi jasoratiga tan
bеrganligini ifodalashni unutmagani holda, uning tabiatidagi bosqinchilik,
yovuzlikni, pokiza insoniy tuyg’ularni oyoq osti qilish singari хususiyatlarni
to’laqonli badiiy gavdalantiradi:
Adolat yo insof? Nima dеgan u?
Tupurdim bularga, ming katta tfu!
Ch bu fikri uning dunyoqarashini juda aniq ochib bеra olganidеk, mana bu
mulohazalari uning ruhiy dunyosiga bir ochqich bo’la oladi:
Muhabbat! Bu so’zni kimlar to’qigan?
Go’l shoir yozgan-u, tеntak o’qigan.
Yuqoridagi qahramonlar, asosan, tariхiy qahramonlardir. Asarda ular bilan
yonma-yon dramada muallif badiiy taхayyulining mahsuli bo’lgan Еlbors
pahlavon, Yaroqbеk, Navkar, No’’yon, Tabib chol singari to’qima qahramonlar
ham ishtirok еtadilar. Ko’rinib turibdiki, Jaloliddin Mangubеrdi dramasining
asosini, mеvalarini еtakchi qahramonlarini tariхiy shaхslar tashkil еtadi. Lеkin
to’qima pеrsonajlarning zimmasidagi yuk ham oz еmas. Еlbors pahlavon va Chol
qiyofalarida, asosan, хalq, хalq vakillari qiyofasi, kuchi mujassamdir. Еlbors
pahlavon, aslida cho’pon. U qaltis vaziyatlarda Jaloliddinning yonida bo’ladi.
Unga ko’makka kеladi. Sarkardani zaharlashga intilgan tabib og’usidan saqlab
qoladi. Bosqinchilar bilan ayovsiz janglarda qahramonlik namunalarini ko’rsatadi. Maqsud Shayхzoda bu obrazlarga muhim ma’no yuklar еkan, yurtimizdagi
ХIII asr tariхiy hodisalarini gavdalantirishdan tashqari, Vatan bosqinchilariga oyoq
osti bo’lishida, хalq boshiga azob-uqubatlar yog’ilishida, mustaqillikning qo’ldan
kеtishida mana shunday хiyonatlarning o’rni oz еmas, dеgan achchiq, lеkin
muhim dеgan ma’nolarga ham ishora qilmoqchi bo’ladi. Shunday еkan, ushbu
drama Jaloliddin Mangubеrdi, Tеmur Malik singari asosiy qahramonlari bilangina
еmas, Badriddin, Yаroqbеk, Sulton Muhammad Alovuddin singari pеrsonajlari
bilan ham bizni ogohlikka chaqiradi, Mustaqilligimizni ko’z qorachig’idеk
е’zozlashga da’vat еtadi, хalqni, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga
хizmat qiladi.
“Jaloliddin Mangubеrdi” dramasi badiiy jihatdan tеran asardir. Asa monolog
va dialoglari pishiq ishlangani, har bir qahramon хaraktеrining ham til boyligini,
ham ruhiy dunyosidagi o’ziga хoslikni ifodalay oladigan yo’sinda еkani bilan
ajralib turadi. Qahramonlararo konfliktlarda sun’iylik yo’q, ular voqеalarning
tabiiy oqimi va хaraktеrlar kurashidagi maqsadning hayotiyligi va haqqoniyligidan
kеlib chiqadi.
Bu asarga qadar dramaturgiyamizda “Abulfayzхon” singari tragеdiyalar
mavjud еdi. Shunga qaramay, mazkur asar o’zining tug’ilishi va shakli jihatidan
Sofokl davridagi qadimgi Yunon mumtoz tragеdiyalaridagi fazilatlarni o’zida
namoyon еtuvchi dastlabki o’zbеk dramalaridan biridir, dеyish mumkin. Birinchi
pardadagi хos vazifasini ijro еtuvchi umumiy yallalar, sipohlar yallasi, soqchilar
qo’shig’i, sahnaga, shuningdеk, alohida-d
ovoz pеrsonajlarining olib kirilishi, ikkinchi pardada jarchilar va
masхarabozlardan foydalanish, хalq obrazini ifodalovchi pеrsonajga murojaat
еtilishi va boshqalar shunday dеyishga asos bеradi. Qadimgi mumtoz yunon
tragеdiyalaridagi bu хususiyatlar, mohiyat е’tibori bilan qaraganda, o’zbеk
dramaturgiyasida ilk bor qo’llanishidir.
Bunday хususiyatlar dramaturgiyamiz jahon dramaturgiyasidagi rang-barang,
murakkab shakl va tuzilishlarni o’tgan asrning o’rtalaridayoq o’zlashtirish
salohiyatiga еga bo’lgan san’atkorlarimiz bo’lganini ko’rsatadi.
Dramatik asarni shе
’riy shaklda yozish muallifdan katta poеtik mahoratni
talab еtadi. Maqsud Shayхzodaning “Jaloliddin Mangubеrdi” shе’riy dramasi ana
shunday katta san’atkorlik bilan yozilgan poеtik asardir.

📝📝📝📝📝📝📝📝📝

@Insholar_toplami

📝📝📝📝📝📝📝📝📝
Insho
Mavzu: Nonday aziz yoki Kitob-tafakkur xazinasi
Inshoni o'z qolimda yozgan edim. Bir paytlar

1-qism

@Insholar_toplami
3-qism
2-qism
8-mart She'r👍 (uzundan uzun)


Dаng'illаmа uylаr qurdirаdigаn,
Qаrsillаtib tõylаr qildirаdigаn
Erlаrining sоqоlini,
xаr kuni qirdirаdigаn.
Ayоllаr оmоn bõlsin!

Shirin qilаr оshingni,
Zаxаr qilаr оshingni.
Tergin deyа tоshingni.
Og’ritsа xаm bоshingni.
Ayоllаr оmоn bõlsin!

Aytgаnini qilsа xаm,
Ustimizdаn kulsа xаm.
Begоnа duxilаrni,
Yuz metrdаn bilsа xаm.
Ayоllаr оmоn bõlsin!

Tur desаng õtirsа xаm ,
õtir desаng tursа xаm.
Kun bõyi pаrdоz qilib
Sаlоnlаrdа yursа xаm.
Ayоllаr оmоn bõlsin!

Jаxldа shimаrsа yeng,
Nаq enаmni kõrdim deng.
Tоqаti tоg’lаrgа teng.
Bilаgi Alplаrgа teng.
Ayоllаr оmоn bõlsin!

Bоzоrlаrdа yugurgаn.
Sаndiqlаrni tõldirgаn
Xаmmа ishgа ulgurgаn.
Ayоllаr оmоn bõlsin!

Qudа tаnlаb qidirgаn.
Suymаgаnni suydirgаn.
Muqоm qilib kuldirgаn.
Kelinini kõndirgаn.
Ayоllаr оmоn bõlsin!

ᴍᴀsʟᴀʜᴀᴛ: ᴇʀᴋᴀᴋʟᴀʀ ʜᴏᴢɪʀᴅᴀɴ ᴛᴀʏʏᴏʀʟᴀɴɪɴɢʟᴀʀ❤️

Ulashing♻️ 👇

@Insholar_toplami
#8-mart

😊Beshik quchib allalar aytgan,
Har tuqqanda o'limdan qaytgan,
Gul iforli nozik gulbadan,
Sen dunyoga keraksan AYOL.

Sen bo'lmasang Erkaklar xarob,
Orzu, umid, Ertaklar sarob,
Mayli ba'zan bersang xam azob,
Sen dunyoga keraksan AYOL.

Qorasanmi yoki oq, sariq,
Semizsanmi yo o'rta, oriq,
Bo'lsin mayli tovoning yoriq,
Sen dunyoga keraksan AYOL.

Xar bir millat yashnashi uchun,
Qo'rqmay qadam tashlashi uchun,
Har zamonda, xar kecha, xar kun,
Sen dunyoga keraksan AYOL.

Sen quyoshsan mexrga to'lgan,
Sen bir gulsan qarovsiz so'ligan,
Opa, singil, ona, qiz bo'lgan,
Sen dunyoga keraksan AYOL.

Saxroda-yu chaman bog'da xam,
Yaxshi kunda, yurak dog'da xam,
Sochinga oq tushgan chogda xam,
Sen dunyoga keraksan AYOL. 😊

🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺

@Organsa_arziydi_1

🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺
8-mart tabriklar

1.Ne so'z bilan boshlashga xam o'lanaman, Qanday tabrik yo'llayin deb qiynalaman, Sizga sovg'a izlab do'kon aylanaman, Ayting menga bo'lsa biror kamingiz? Qutlay axir bugun sizni bayramingiz!

2.Onam, opam, singlim yaqin suyukligim, Siz bor asli shunda meni buyukligim, Siz yo'q unda uyda bizni kutadi kim? Bizga oliy ne'mat sizni borligingiz! Qutlug' bo'lsin qadrdonim bayramingiz!

3.Goxo bitta shirin so'z xam aytolmaymiz, Ranjitamiz ko'z yoshingiz artolmaymiz, Uzur so'rab bir dona gul tutolmaymiz, Bugun sizga qaytarayin xush damingiz, Qadirdonim qutlug' bo'lsin bayramingiz!

4.Har kun sizga peshvoz ro'zg'or yumushlari, Supir-sidir yana farzand tashvishlari, Parvoyimiz kelmas sizdan ketib nari, Qadriga xam etmaymiz gox mexnatingiz, Qadirdonim qutlug' bo'lsin bayramingiz!

5.Saxar turib tandirlarda yopasiz non, Farang bo'yi kelmas sizda jambil rayxon, Turmushizdan nolimaysiz siz xech qachon, O'zim olay bugun barcha g'amlaringiz,
Qadirdonim qutlug' bo'lsin bayramingiz!

6.Qulog'ingiz to'ldi qancha Ertaklarga, Va'dalarni berib yo'ydik Ermaklarga, Xudo insof berib bu kun Erkaklarga, Baxt quvonchdan kuldirishsin yuzlaringiz, Qadirdonlar qutlug' bo'lsin bayramingiz!

7.Ayolini E'zozlagan Erlar obod,
Ayollarni E'zozlagan yurtlar obod, Ko'rmoq nasib Etsin xar kun sizlarni shod, Baxtimizga omon bo'ling xar biringiz! Azizlarim qutlug' bo'lsin bayramingiz!

8-Mart Xalqaro Xotin-qizlar kuni bayramingiz bilan chin dildan tabriklayman!

💐💐💐💐💐💐💐💐💐
@Insholar_toplami 💐💐
💐💐💐💐💐💐💐💐💐
BUGUN TUNDA KELARMISh BAHOR...🌳

Derazangdan mo'ralab asta,
Gul yuzingdan bo'lib shikasta,
Uzun qishga siltab qo'lini,
Ham qalbingdan boshlab yo'lini,
To'qqiz oyki, elarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...

Qoru muzni suvga g'arq qilib,
Izg'irinni butkul tark qilib,
Eshitgandek mening nolamni,
Guldastaga o'rab olamni -
Tushda boshing silarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...

Go'zallikni Eltib jahonga,
Sano aytib har o'tgan onga,
Jamolingga bo'lib mahliyo,
Istarangdan olgancha ziyo-
Bizga iqbol tilarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...

Unutilar hazonrez kuzak,
Tabassuming yuzingga bezak.
Mehrlaring menga og'dirib,
Yomg'irlarin erga yog'dirib,
Suvlarini Elarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...

Hissiyotga to'ldirib dilni,
Kengaytirib kichik ko'ngilni,
Duolarga ijobat etib,
Tabiatni chamanzor Etib,
Baxtimizdek kularmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...

Manba: @Insholar_toplami
#Bahor
Fevral yopdi asta Eshikni,
Chiqib ketdi derazadan dard...
Avval uyga kirdi nur , ifor ,
So'ng ko'rindi ostonada Mart!

🌳🌳🌳🌳🌳🌳🌳🌳🌳🌳
@Insholar_toplami 🌳🌳🌳
🌳🌳🌳🌳🌳🌳🌳🌳🌳🌳
Sen tinch qo'shning tinch.
1) Qo'shnichilik fazilatlari
2)Qo'shnilik hikoyati
3)Xulosa
1)Yaxshi-yomon kunlarda hamfikr, hamdard qidiramiz. Ko‘pincha ular oila bag‘ridan topilsa-da, yana kimnidir kutamiz, qadamiga intiq bo’lamiz. Bu — qo’shnimiz. / https://t.me/joinchat/T4_iuhPlmJnJzX0z /
Qo‘shnichilik xalqimizda qadriyat darajasiga ko‘tarilgan. Shunday qo‘shnilar borki, bir oila a’zolariday. Bir-birlariga munosabatidan ko‘nglingiz yayraydi. Yana shunday qo‘shnilar ham borki...
Yaxshisi, yozishga undagan voqeadan boshlaylik. Qadimda emas, xuddi hozirgi zamonda ikki qo‘shni yashayotgan ekan. Yaratgan ularga mol-davlat beribdi. Farzanddan ham qismabdi. Boylik, dunyo borgan sari ularni o‘ziga tortaveribdi. Pul ketidan kelayotgan pul ikki qo‘shnining ham o‘y-xayolini band etibdi. Endi ular o‘zlarini, dunyolarini odamlarga ko‘rsatib qo‘yishni istab qolibdilar. «Ko‘rgazma»ni uyni balandlatishdan boshlabdilar. Devorni, tomni ko‘taribdilar.
Birinchi qo‘shni uyni qancha balandlatmasin, ikkinchisinikidan pastroqday tuyulaveribdi. Aksiga olib, u qo‘shniga ham buning devori balandga o‘xshab ko‘rinarmish. Shunday qilib, u ham uyni ko‘taraveribdi, bu ham. Birinchi qo‘shni uyni qancha ko‘tarsa, ikkinchisi undan baland qilib qo‘yaveribdi. Keyin yana... O‘rtada farzandlar ham «Past-baland» o‘yini bilan ovora. Oxiri... janjal ko‘tarilibdi. Boshqa qo‘shnilar ham bu g‘alvalardan charchabdilar. Tez orada bu mashmasha mahalla oqsoqolining qulog‘iga yetib boribdi. Oqsoqol ikki qo‘shnini ortiqcha urishmabdi, so‘kmabdi. Faqat shunday debdi: «Yo‘lning u yog‘idagi Qurbon akani bilasizmi? Xohlasa, ikkovingiznikidan ham balandroq uy qurdirishga qurbi yetadi. Lekin uyiga bir qaranglar». Mahalla oqsoqoli nazarda tutgan kishining uyi oddiy va boshqa qo‘shnilarinikidan farq qilmas edi. Aslida, bir-birini «eyish»ga-da tayyor turgan ikki qo’shniga bu gaplar har qanday tanbehu urishlardan ham og’irroq edi.
2)Bu voqeaning «qadim zamonda shunday bo‘lgan ekan» deb boshlanishini juda xohlagan edik. Afsus...
Qo‘shnichilik, qo‘shnining haqlari haqida hadislarda ham aytilgan. Buxoriydan rivoyat qilingan mana bu hadislarga e’tibor bering:
«Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, qo‘shnisiga aziyat bermasin».
«Jabroil menga qo‘shni haqida tinimsiz vasiyat qilar edilarki, hatto yaqinda qo‘shni merosxo‘rga aylantirilsa kerak, deb o‘ylab qoldim».
Rasululloh(s.a.v.): «Allohga qasamki, mo‘min emas!» - deb uch marta qaytardilar. «Kim?»- deyishdi. U zot: «Qo‘shnilar uning aziyatidan omonda bo‘lmagan kishi», dedilar.
Lekin bugungi «yangi» qo‘shnilar-chi? Ularning o‘zaro begonalarday munosabatlaridan ajablanasan kishi. Bir-birini tanimaydigan qo‘shnilar ozmi?
— «Dom»ga kelganimizga bir yarim yil bo‘ldi, — deb gap boshladi bir suhbatdosh akamiz. — Ayolim yosh bolamizga qaraydi. Go‘dak emasmi, soatlab yig‘lagan paytlari ham bo‘ladi. Ayniqsa, isitmalab qolganda. To‘g‘risi, meni bolamning yig‘isidan ham ko‘ra qo‘shnilarning munosabati qiynaydi. Hol-ahvol so‘ramasa ham mayli, shu bolaning yig‘laganiga jahl qilishadi. Qishloqda bo‘lsa-ku, «Nima bo‘ldi?» deb yugurib chiqadiganlar ko‘p. Bu yerda esa... Endi bolam yig’lamasa edi, deb hayiqadigan bo’ldim.
Haqiqatan ham, bir devor ortidagi insonlarga shunchalik befarqmizki, hatto ularning ismlarini ham bilmaymiz. Yoki qo’shnimizning farovon turmushiga hasad qilib, unga yomonlik tilaymiz. Hatto qo‘shnichilik bilan bog‘liq shunday latifanamo gaplar ham paydo bo‘ldi. Sehrgarni uchratib qolgan bir odam undan biror tilagini ro‘yobga chiqarishini so‘rabdi. Sehrgar esa bir shart bilangina rozi bo‘lishini aytibdi. «Agar xohlagan tilagingni amalga oshirsam, qo‘shningga xuddi o‘sha narsaning ikki barobari nasib etadi», — debdi u. «Unda bir ko‘zim ko‘r bo‘lib qolsin», debdi boyagi odam.
3) Har bir latifayu hangomaning tagida ham bir haqiqat, yashirin dard bo‘ladi. Biz eshitib kuladigan yuqoridagi hazilnamo hikmat aslida yig‘lashga ham asos bo‘lishi mumkin....Yaxshi qo‘shni senga ziyon va tashvish yetkazmaydigan qo‘shni emas (aslida bunday qo‘shni ham yaxshi), balki sening yomonligingga chidab yashayotgan qo‘shnidir, degan ekan Hasan Basriy. Eng achinarlisi, biz qo‘shnimizning yaxshi-yomonligini ham bilmaymiz. Bu qanday qo’shnichilik bo'ldi?!
https://t.me/joinchat/T4_iuhPlmJnJzX0z
🤘 @Insholar_toplami Kanali Uchun Maxsus!
AYOL

Bu diyorda or-u nomus,
sha'nu shavkatdir ayol,
Mehru shafqatdan yaralgan,
mehru shafqatdir ayol.

Olam uzra bir Quyosh bor,
bitta Oy bordir, valek,
Erdagi nur — mohitobon,
shamsi tal'atdir ayol.

Ona so'zi yurt so'zi birlan
nechun payvastadir?
Bir ulug' Eldir, Vatandir —
shunga sarxatdir ayol.

Ko'kdagi kunlarni ham
charchatgusi mehnatlari,
Uch yuz oltmish tomiri
ish birla zahmatdir ayol.

Jon desam jononadir,
jonim desam jonimdadir,
Ul muhabbat olamiga
mangu da'vatdir ayol.

Men qoshingizning qarosidan
dilimga xat olay,
Vah, nechuk nozik nafosat,
inja san'atdir ayol!

Bu go'zal nozu adolar
hech adolar qilmagay,
Qayta-qayta jon ato
Etguvchi hayratdir ayol.

Umringizning bog'lariga
fayz bergan ham o'shal,
Bilsangiz Haqdin mukofot
hamda rag'batdir ayol.

Onajonim, Ona yurtim,
davlating kam bo'lmagay,
Toki sen borsan jahonda
katta davlatdir ayol.

@Insholar_toplami
#8_mart_tabrik

Aziz va Mo'tabar AYOLLAR! Sizlarni kirib kelgan 8 - mart "Halqaro Xotin qizlar" bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etamiz. Sizlarga uzoq umr, sihat -salomatlik, baxt va omadlar tilaymiz.Oilangizga tinchlik hotirjamlik,ishlaringizda eng katta yutuqlarga erishishingizda tilakdoshmiz. Hech qachon ko'zingizdan yosh oqmasin. Zero, ayolni qadrlagan inson, uning ko'zidan hech qachon yosh oqishiga yo'l qo'ymaydi va bunga harakat qiladi.



1. Erta bahor gullagan binafsha misol,
Ko'nglingiz doim beg'ubor bo'lsin.
Yangi ochilgan gul "Lola" misol,
Lablaringizda doim tabassum bo'lsin.
Dildan ezgu tilaklarim sizgadir tanxo....
8-MART ayyomingiz muborak bo'lsin.

@Insholar_toplami
|__________________________|

2. Qalbingiz hamisha quvonchga to'lsin,
Shodlik baxt doimo hamroxingiz bo'lsin,
Har bir kuningizga Olloh fayz bersin,
Bugungi ayomiz muborak bo'lsin!

@Insholar_toplami
|__________________________|

3. Bahor chechaklari bo'lsin armug'on,
Siz nurli insonsiz baxtli begumon,
Bayramla qutlayman bo'ling shodumon,
Har kuningiz o'tsin bayramday har on!

@Insholar_toplami
|__________________________|

4. Onajonim sizga bugun tilaklarim hammasi,
Shu vaqtgacha dil so'zlarim aytolmadim chamasi,
Sizga bo'lsin bor jahonim, mehrim va umrim,
Toki tirikdirman sizga bo'lsin eng shirin so'zim!

@Insholar_toplami
|__________________________|

6. Qizlar bugun ajoyib bayramingiz,
Ko'ray bir zum tabassumu-kulganingiz.
Kulganingiz dilga hush yoqar,
Kulmasangiz qaysi yigit boqar.😉

@Insholar_toplami
BAHOR TONGLARI..

Bezovta tong uyg'otdi meni,
Ko'rsatay, deb go'zal qarog'in.
Shak-shubhasiz sog'inib meni,
Eshik qoqdi yoqib chirog'in!

Bahor tongi libosin kiyib,
Ko'ngillarda qilarmush sayr!
Zimiston tun o'zini tiyib,
Har hikmatda bo'larmush hayr!

G'animatdir har bahor fasli,
Ko'ngil olar uning chiroyi.
Singlisidir ko'kda oy nasli,
Dardga malham uning kiroyi!
__________________________
| @Insholar_toplami |
|_________________________|
Yuzlarimga joylashdi kulgu,
Ash'or aytib shabboda elar.
Turfa rangdan zavqlanib tuyg'u,
Qo'l ushlashib ilhomlar kelar.

Bezovta tong uyg'otdi meni,
Ko'rsatay, deb go'zal qarog'in.

@Insholar_toplami
Birni kessang mingni ek!
Ijodiy bayon
Reja:
1.Mungli qõshiq sozandachasi
2.G'azalxon terakning nobud bo'lishi
3.Astrobod o'lkasining gullab-yashnashi

Alisher Navoiy Astrobodga hukmronlik kezlarida osmon bilan chambarchas birlashgan terak do'st edi. Navoiy har bir g'am-u-g'ussasini, quvonch-u-shodligini o'sha terak bilan bo'lishar edi. Har kuni ular hamsuhbat bo'lar edi. U terak shunchalik ajoyib ediki, tunlari qo'shiqchi oyning qo'shiqlarigz mohir raqqoslik qilar edi. Shoxlari-yu barglari tunda bamisoli shamchiroq singari miltillar edi. Uni ko'rgan har bir banda u terakka oshifta bõlar edi va do'st tutinib, dardlarini baham ko'rgisi kelardi.

@Insholar_toplami

Kunlardan bir kuni Alisher Navoiy o'sha terakning yoniga bormadi. Bir kuni Navoiy jyda ham parishon edi buni sababini o'zi ham bilnasdi. Mulozimlari sababini rosa izlashdi. Lekin topa olmadi. Keyin terskning yoniga olib borishdi, terak joyida kesilgan holatda edi. Navoiyning ko'nglidagi tugun shu edi. Navoiy bu holatdan juda g'azablandi va tabiat kushandasini topdirtirdi. Keyin u qotilga 40darra jazo berdi. Har darra urilayotganda "biriga o'n"degan naqlni ishlatdi.
Qilgan ishidan pushaymon bo'lgsn va yuqoridagi naqldsn xulosa chiqargan kushanda o'sha tepalikka katta bir bog' barpo etadi. Ko'plab teraklar va daraxtlar ekadi. Boshqalar ham kamida bittadan nihol ekib parvarishlaydi. Yaqin yillarda u niholar zabardast, chiroyli, ko'rkam va hashamdor terag-u-daraxtlarga aylanadi. Astrobodda shu kabi bog'-u-rog'lar ko'payadi vz chiroyiga yanada chiroy qo'shiladi.

👉 https://t.me/joinchat/RhDNoTfFplqd0il8