Informatika Va Axborot texnologiyalari
5.8K subscribers
134 photos
104 videos
754 files
281 links
Kanaldagi materiallardan dars davomida foydalanishingiz mumkin.

Informatika va AT o'qituvchisi: @Muxtorbek_0102
Muxtorbek.uz
Download Telegram
Kasbiy taʼlim attestatsiya nizom 3635.pdf
1.5 MB
⚡️Taʼlim ustalarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3635) bilan “Kasbiy taʼlim tashkilotlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Ustalar har 5 yilda bir marta majburiy attestatsiyadan oʻtkaziladi. Ilgari attestatsiyadan oʻtmagan va ishga yangi qabul qilingan yoki taʼlim tashkilotlarini bitirib, birinchi bor ishga kirganlar mutaxassisligi boʻyicha uch yil pedagogik ish stajiga ega boʻlgandan soʻng majburiy attestatsiyaga jalb qilinadi.

Ustalar oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtishi mumkin.

Ishlab chiqarish taʼlimi ustalari oliy yoki oʻrta maxsus (kasbiy taʼlim) maʼlumot olganligi, norasmiy va informal orttirilgan ko‘nikma va malakalarni tan olish (“Recognition of Prior Learning”) diplom yoki sertifikatlar shuningdek qayta tayyorlash kursidan oʻtganligi haqidagi diplomida koʻrsatilgan mutaxassisligi yoki ixtisosligi boʻyicha attestatsiyadan oʻtadi.

Ustalar har yili 1-avgustdan 1-oktyabrga qadar bevosita pedagog.edu.uz elektron axborot tizimidan roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qiladilar.

Attestatsiyadan oʻtkazish 2 bosqichda (umumiy 100 ballik) amalga oshiriladi:
1-bosqichda – ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi baholanadi (20 ballik);
2-bosqichda – ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining nazariy va amaliy koʻnikmalari baholanadi (80 ballik).

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
7
100 dan ortiq sun’iy intellekt xizmatlarini jamlagan ajoyib to‘plam

Matn yozishdan tortib — rasm, video, ovoz, tarjima, kod va boshqa ko‘plab sohalargacha — barchasi bitta joyda.
👍195
🟢 ENTRY Dasturlash Asoslari kursi – endi Muxtorbek.uz saytida!
Aziz informatika o‘qituvchilari va to‘garak rahbarlari!
Sizga Muxtorbek.uz platformasi orqali ENTRY dasturlash muhitida blokli dasturlashni tizimli o‘rgatish imkoniyatini taklif qilamiz.

🖥 Har bir o‘quvchiga kompyuter orqali ochib beriladigan maxsus kurs sahifalari orqali darslarni mustaqil va sinf sharoitida o‘rganish osonlashadi!

📚 Kurs tarkibi:
Har bir mavzu bo‘yicha qisqa, tushunarli video darslar

Amaliy mashg‘ulotlar va kod yozish vazifalari

Taqdimotlar – o‘qituvchi va o‘quvchi uchun vizual yordam

5–10 ta test savollar – har bir mavzudan keyin mustahkamlash uchun

👉 Bu darsliklar orqali siz to‘garak mashg‘ulotlarini rejalashtirishda va o‘quvchilarga dasturlashni bosqichma-bosqich, tushunarli va qiziqarli tarzda o‘rgatishda muhim yordamga ega bo‘lasiz.

Nima uchun Muxtorbek.uz?
🔹 Informatika o‘qituvchilari uchun tizimli dars materiallari
🔹 Har bir mavzuga mos vizual, amaliy va nazariy kontent
🔹 O‘quvchilar uchun mustaqil o‘rganish imkoniyati
🔹 Dars jarayonini samarali tashkil etishga ko‘mak.



@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
👍74
Entry dasturlash (4 oylik - ish rejasi).docx.pdf
953 KB
Dasturlash. Entry blokli kodlash birinchi qadam bo’yicha
ISH REJA




@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
4👍1
⚡️Audio va videolarni matnga ko’chirib beradigan top neyrotarmoq chiqdi — TranscribeAI hatto shovqinli audioni ham tushunarli matnga aylantirib beradi.

• U OpenAI'ning Whisper neyrotarmog’i asosida ishlaydi, shu sabab tarjima va matnlar bilan hech qanday muammo bo’lmaydi.
• 100 dan ortiq tillarni qo’llab-quvvatlaydi.
• 4 GB gacha bo’lgan fayllarni yuklash mumkin, barcha mashhur formatlarni qo’llab-quvvatlaydi.
• Barchasini matnga o’tkazadi va vaqt kodlarini joylashtiradi. Qo’ng’iroqlar, ma’ruzalar, kurslar, videolar yoki podkastlarni transkripsiya qilish uchun ideal neyrotarmoq.

Eng muhimi bepul va ro’yxatdan o’tmasdan foydalanish mumkin.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.
3
🟩 BOTGA YANGI TESTLAR VIDEOYECHIMI BILAN BIRGALIKDA QO'SHILDI NASIB BO'LSA

🔵Nozimbek Zaripovning informatikadan kuzgi attestatsiyaga tayyorlanish uchun maxsus yaratilayotgan botiga o'tgan attestatsiyada tushgan Tarmoq, Mantiq, IP-Manzil mavzulariga oid testlar videoeychimi bilan botga joylandi nasib bo'lsa. Bot foydalanuvchilariga botdan xabar yuborildi.

🔴Ushbu bot informatikadan attestatsiyaga tayyorlanish uchun eng katta bazaga aylanadi nasib bo'lsa

🟧HOZIRDA BOTDA :

📌12.05.2025 Bahorda tushgan Tarmoq, Mantiq, IP-Manzil mavzulariga oid testlar va ularning videoyechimlari, qolgan bo'limlar ham tez orada qo'shiladi nasib bo'lsa
📌12.05.2025 Bahorda tushgan Paint.Net, Movie Maker dasturlariga oid testlar va ularning videoyechimlari
📌12.05.2025 Bahorda tushgan Hajm,Kodlash,Sanoq sistema mavzulariga oid testlar va ularning videoyechimlari
📌12.05.2025 Bahorda tushgan Scratch, Photoshop, Pencil2D dasturlariga oid testlar va ularning videoyechimlari
📌 Javascriptga oid testlar va ularning videoyechimi
📌Qo'shimcha videodarslar
📌 2024 Bahordagi attestatsiya savollari va ularning videoyechimlari, to'liq
📌 2024 Kuzdagi attestatsiya savollari va ularning videoyechimlari, to'liq
📌 2025 Bahorgi Onlayn Repetitsiyada (demo testlar) tushgan savollar videoyechimlari toʻliq
📌Vazir jamg'armasi testlarining videoyechimi (bu bonus)
📌 ЕГЭ.1-qism ( Xalqaro Informatika bazasidan test va har birining videoyechimi)) to'liq
📌 ЕГЭ.2-qism ( Xalqaro Informatika bazasidan test va har birining videoyechimi)) to'liq
......
.....
......
📌 ЕГЭ.9-qism ( Xalqaro Informatika bazasidan test va har birining videoyechimi) to'liq
📌 ЕГЭ.10-qism ( Xalqaro Informatika bazasidan test va har birining videoyechimi) to'liq
📌 Xalqaro informatika bazasidan (ЕГЭ) ham qo'shilishda davom etadi nasib bo'lsa


📌 To'lov bir martalik. 181 ming so'm. To'lovni amal qilish muddati Kuzgi attestatsiya toʻliq tugaguncha

📌Botga ulanish uchun:
👇👇

@Ustozlar_uchun_yordam

👆👆link ustiga bosing va ismingizni yuboring

📌 Bizning guruh

👉
@attestatsiya_botlari
5🔥1
Pedagogik mahorat (A'zam Xoliqov).pdf
13.5 MB
#Attestatsiya2024
📗 Pedagogik mahorat (A'zam Xoliqov)
✔️ MANA O'SHA ATTESTATSIYADA PEDAGOGIK MAHORATDAN SAVOL OLINADIGAN KITOB.


❗️P.S.: Attestatsiya qatnashadigan ustozlarga yuborib qo'ying. Kanalimizga o'qituvchilarni taklif qiling
👍3
Kompyuteringizni tezlashtirish uchun 5 ta oddiy layfxak!
#mohirlik

1. Diskni tozalash
Qanday qilish kerak?: Win+R ni bosib, "cleanmgr" deb yozing va "OK" tugmasini bosing. Bu Windowsning diskni tozalash vositasini ochadi, unda keraksiz fayllarni o'chirib, diskni tozalashingiz mumkin.

2. Avtomatik ishga tushishlarni o'chirish
Qanday qilish kerak?: Win+R ni bosib, "msconfig" deb yozing va "OK" tugmasini bosing. "Startup" (Ishga tushirish) tabida kerakmas dasturlarni o'chirib, tizimni tezlashtirish mumkin.

3. SSD foydalaning
Qanday qilish kerak?: SSD-ni tizimga o'rnatish uchun, Win+R ni bosib, "devmgmt.msc" deb yozing va "OK" tugmasini bosing. Bunda qurilma boshqaruvi ochiladi va yangi SSD qurilmasi qo'shiladi.

4. Vaqtinchalik fayllarni o'chirish
Qanday qilish kerak?: Win+R ni bosib, "%temp%" deb yozing va "OK" tugmasini bosing. Bu sizni vaqtinchalik fayllar joylashgan papkaga olib boradi, u yerdan barcha fayllarni o'chirishingiz mumkin.

5. RAMni kengaytirish
Qanday qilish kerak?: Win+R ni bosib, "sysdm.cpl" deb yozing va "OK" tugmasini bosing. "System Properties" oynasidan "Advanced" tabida, "Settings" tugmasini bosing va "Performance Options" bo'limida RAMni kengaytirish uchun sozlamalar qilishingiz mumkin.

🔧 Bu oddiy qadamlar yordamida kompyuteringizning ishlash tezligini oshirishingiz mumkin!

@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
7👍2
@ultrasoft_uz - Disk.Digger.exe
2.2 MB
DiskDigger – bu yo‘qotilgan fayllarni tiklashga mo‘ljallangan dastur. U kompyuter, USB fleshka, xotira kartalari va boshqa saqlash qurilmalaridan tasodifan o‘chirilgan yoki formatlangan fayllarni qayta tiklashga yordam beradi.

Asosiy xususiyatlari:

✔️ Fotosurat, video, hujjat va boshqa fayllarni tiklash – DiskDigger ko‘plab fayl formatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
✔️ Chuqur skanerlash – oddiy va chuqur tahlil rejimlari mavjud.
✔️ Har xil qurilmalar bilan ishlash – qattiq disk, SD-karta, USB fleshka va boshqalar.
✔️ Windows va Android versiyalari – Android uchun root huquqiga ega bo‘lish talab qilinishi mumkin.

Agar siz tasodifan muhim fayllarni o‘chirib qo‘ygan bo‘lsangiz, DiskDigger yordamida ularni tiklashga harakat qilishingiz mumkin.


@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
kasb standarti (2).pdf
460.7 KB
#qullanma

✔️Kasb standati to'liq qo'llanma yod oling!


Muallif: Guli_Eshnazarova


@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
Excel xatoliklar ro‘yxati (ruscha va inglizcha)


@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
1
OʻQITUVCHILAR OʻRTASIDA NAVBATDAGI RESPUBLIKA OLIMPIADASI OʻTKAZILMOQDA!

⚡️Biologiya, matematika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan Oʻqituvchilar oʻrtasida Respublika olimpiadasi tashkil etilmoqda!

Olimpiada 3 bosqichda boʻlib oʻtadi:
Tuman/shahar bosqichi,
Hududiy bosqich,
Respublika bosqichi.

Olimpiadada ishtirok etish istagida boʻlganlar dastlab joriy yilning 1-avgust kuniga qadar ushbu platformada roʻyxatdan oʻtishlari lozim.

Roʻyxatdan oʻtish boʻyicha video-yoʻriqnoma 👈

🔰Respublika bosqichida fanlar kesimida eng yaxshi natija ko‘rsatgan 10 nafar ishtirokchilar Fan olimpiadalari markazining "Fan kengashi" a'zoligiga qabul qilinadi.

Aziz ustozlar!
Barchangizni olimpiadada faol ishtirok etishga chaqiramiz!
4