Informatika Va Axborot texnologiyalari
5.8K subscribers
134 photos
104 videos
742 files
273 links
Kanaldagi materiallardan dars davomida foydalanishingiz mumkin.

Informatika va AT o'qituvchisi: @Muxtorbek_0102
Muxtorbek.uz
Download Telegram
📢 Pedagog.uz ga muallif bo‘laman!

Hurmatli ustozlar! 🎓

Pedagog.uz platformasida o‘z bilim va tajribangizni ulashing, keng auditoriyaga chiqib, muallif bo‘lib daromad oling va taniqli shaxsga aylaning! 💼💡

Nima uchun muallif bo‘lish kerak?
O‘z kontentingizni millionlab o‘quvchilarga yetkazish
Platformadan daromad olish imkoniyati
Professional rivojlanish va e’tirof
Texnik yordam va qo‘llab-quvvatlash

Sizdan nimalar talab qilinadi?
📚 Ta’lim sohasida bilim va tajriba
📝 Aniq va ravon yozish qobiliyati
🔄 Muntazam kontent yaratish
🇺🇿 O‘zbek tilida ishlash yoki boshqa qardosh tillarda

Boshlash uchun:
👇
Muallif bo‘lish uchun ariza topshirish

Savollaringiz bo‘lsa: @pedagog_rasmiy



Pedagog.uz — ta’lim kelajagi bilan birga! 🚀


Asosiy rasmiy kanal: @pedagoglaru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бугунги кунда кўпгина педогоглар томонидан директор жамғармасидан устама олишда малака ошириш қисмига қўйиладиган балл бўйича саволлар келиб тушмоқда.

Хабарингиз борки, Вазирлар Маҳкамасининг
867-sonli қарорига асосан эндиликда ҳар 5 йилда бир маротаба бир ой давомида малака ошириш тизими йўлга қўйилди.

Шунингдек малака ошириш режаси ҳар йили 20% педагогларни қамраб олиш мехонизми билан бошланди.

Бундан кўринадики, малака ошириш курсига бормаган педагоглар ҳам ВМнинг
823-sonli қарорига асосан тўланадиган устаманинг ушбу мезони бўйича балл олиши мумкин.

Аммо малака ошириш режасига киритилиб бормай қолган педагогларга мазкур кўрсаткични баҳолашда "ноль" балл қўйилади.
3
@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
823-qaror bo‘yicha ustama olayabsizmi?

2024–2025 o‘quv yili ham o‘z nihoyasiga yetdi. Ko‘pgina o‘qituvchilar yilni og‘ir mehnat, charchoq va mas’uliyatli vazifalar bilan yakunladilar. Endi esa navbatdagi muhim bosqich — Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-sonli qarori asosida ustama olish uchun hujjatlarni topshirish va baholash jarayoni boshlanmoqda.

Ustama puli — rag‘batmi yoki ortiqcha tashvish?

823-qarorga binoan o‘rnak ko‘rsatgan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlariga mehnatiga qarab har oylik ustama belgilanadi. Bu tizim o‘qituvchilarni rag‘batlantirish, ta’lim sifatini oshirish va ustozlar sha’nini yuksaltirishni ko‘zlaydi. Biroq, amaliyotda ustama olish tartibida ko‘plab noaniqliklar, adolatsizliklar va hatto tushunarsiz vaziyatlar yuzaga kelmoqda.

O‘tgan yillarda ustama olgan 10 lab o‘qituvchilar bilan suhbatlashar ekanman, ayrimlari olgan ustama puli yil oxirida qaytarib olinganini bildirishdi. Eng achinarlisi — bu mablag‘lar qayerga qaytarilgani noma’lumligicha qolmoqda. Holbuki, bu xatoliklar oqibatida zarar ko‘radigan yagona tomon — bu oddiy, halol mehnat qilayotgan o‘qituvchidir.

Ishchi guruhlarning faoliyatida shaffoflik bormi?

Qarorga ko‘ra, ustama tayinlash maktab rahbariyati tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi. Biroq, ularning faoliyati ustidan shikoyatlar kam emas. Ko‘plab o‘qituvchilar ishchi guruhlar hujjatlarni yetarli darajada tekshirmasligi, baholash mezonlariga to‘liq amal qilinmasligi, ayrim holatlarda esa tasdiqlangan ustamalar keyinchalik qayta ko‘rib chiqilib, bekor qilinishiga guvoh bo‘lmoqdalar.

Bu esa o‘qituvchilarda norozilikni, ishonchsizlikni kuchaytirmoqda. Axir nima uchun bir ishchi guruh ustama berib, boshqa bir idora uni noto‘g‘ri deb topadi? Nima uchun maktab darajasidagi guruh mutaxassislar adolatli baholay olmaydimi? Yoki ularni qarori hech nimani hal qilmaydimi?

Muammoga raqamli yechimlar kerak

Bugun biz raqamlashtirilgan jamiyatda yashayapmiz. Ma’lumotlarni tezkor uzatish, saqlash, tahlil qilish, boshqarish imkoniyatlari cheksiz. Shunday ekan, nega hanuz 823-qaror bo‘yicha ustama tayinlash va baholash tizimi eskicha qo‘lda yuritilmoqda?

Yechim aniq — butun respublika bo‘yicha yagona elektron platforma yaratilishi zarur. Bu platforma orqali barcha o‘qituvchilar o‘z hujjatlarini yuklay oladi, belgilangan mezonlarga muvofiq avtomatik yoki yarim avtomatik baholash jarayoni amalga oshiriladi. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tuzilgan malakali ishchi guruh ushbu platforma orqali hujjatlarni tekshiradi, natijalarni kiritadi va yakuniy qarorlarni qabul qiladi. Har bir tekshirilgan hujjat va yakuniy ball hamma uchun ochiq bo'lishi kerak. Hamma tekshiruvning shaffofligini ko'ra olishi zarur.

Elektron tizim qanday ishlashi mumkin?

1. O‘qituvchilar elektron platformaga ro‘yxatdan o‘tadi va hujjatlarini yuklaydi.

2. Ishchi guruh har bir o‘qituvchining faoliyatini 9 ta mezon asosida baholaydi.

3. Baholash natijalariga asosan ustama foizi aniqlanadi (10% dan 40% gacha).

4. Ustama bo‘yicha sertifikat elektron shaklda yaratiladi va Milliy platformaga kiritiladi.

5. Sertifikat avtomatik ravishda ASBO (Axborot tizimi)ga ulanadi va hisobchi, buxgalterkarning aralashuvisiz amalga oshiriladi.

6. O‘qituvchilarning ballari va ustama foizlari ochiq axborot sifatida tizimda ko‘rinadi.

Yaxshi ishlar bilan o‘rtoqlashish madaniyati shakllanadi.

Ustama natijalari ochiq bo‘lgan taqdirda, bir o‘qituvchi boshqasining erishgan natijalari, olgan balli, qikgan harakatlari, innovatsion uslublari, qo‘llagan metodlari bilan tanishadi. Bu o‘z-o‘zidan ta’limda raqobat muhitini, o‘sish, o‘rganish va takomillashishni kuchaytiradi. Yaxshi namunalar targ‘ib etiladi, natijada butun maktab va tuman bo‘yicha ta’lim sifati oshadi.

Davomi...
10👍4
Informatika Va Axborot texnologiyalari
823-qaror bo‘yicha ustama olayabsizmi? 2024–2025 o‘quv yili ham o‘z nihoyasiga yetdi. Ko‘pgina o‘qituvchilar yilni og‘ir mehnat, charchoq va mas’uliyatli vazifalar bilan yakunladilar. Endi esa navbatdagi muhim bosqich — Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30…
823-qaror asosida ustama tizimi o‘z mohiyatiga ko‘ra juda foydali va samarali vosita hisoblanadi. Biroq, amalda bu tizimning samarasini to‘laqonli his qilish uchun uning adolatli, shaffof va zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilishi shart.

Yagona elektron platformaning joriy etilishi davlat uchun ham, o‘qituvchi uchun ham manfaatlidir. Bu taklif faqat korrupsiya manfaati bor ayrim "o‘rtadagi vositachilar"ga to‘g‘ri kelmaydi, xolos.

Vazirlikdan ushbu taklifni amaliyotga joriy etish bo‘yicha tashabbus kutib qolamiz. Zero, asosiy maqsad — sifatli ta’lim, adolatli baho va ustoz sha’nini yuksaltirishdir.

© Muxtorbek Ravshanov

@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
👍10👏1
Barcha metodbirlashmalarning 10% ustama uchun hujjatlarini tayyorlab beramiz .

Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 5-yanvardagi 8-sonli buyrug‘i asosida tuzilgan .


Murojaat uchun: @Muxtorbek_0102
👍31
ROBOTATEXNIKA_TO'GARAGI_@Informatika_Amaliyotda_fanni_amaliyotda.docx
38.7 MB
Robotatexnika to'garak hujjatlari.

@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
👍1
5-sinf matematika to'garak.docx
8.8 MB
Matematika to'garak hujjatlari

@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
Yosh matematik.pdf
2 MB
5-sinf matematika fanidan TO'GARAK HUJJATI❗️.

@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
1
Informatika to'garak.zip
5.3 MB
📚 Informatika fanidan toʻgarak ish rejasi, jurnali va konspekti

@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
Informatika Cembridj To'garak yangi 2024-2025.doc
23 MB
❗️❗️❗️❗️

Informatika cembridj yangi to'garak hujjatlari. To'liq word formatda❗️.

@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1