Informatika Va Axborot texnologiyalari
5.8K subscribers
134 photos
104 videos
742 files
273 links
Kanaldagi materiallardan dars davomida foydalanishingiz mumkin.

Informatika va AT o'qituvchisi: @Muxtorbek_0102
Muxtorbek.uz
Download Telegram
Forwarded from Informatika Va Axborot texnologiyalari (Muxtorbek Ravshanov)
5-sinf informatika test yillik admin.docx
274.9 KB
5-sinf yangi darslikdan testlar yillik

@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
6-sinf informatika test yillik admin.docx
277.8 KB
6-sinf yangi darslikdan testlar yillik

@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
7-sinf informatika test yillik admin.docx
261 KB
7-sinf yangi darslikdan testlar yillik

@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
8-sinf informatika test yillik admin.docx
296.5 KB
8-sinf yangi darslikdan testlar yillik

@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
9-sinf informatika test yillik admin.docx
342.2 KB
9-sinf yangi darslikdan testlar yillik

@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
10-sinf informatika test yillik admin.docx
279.9 KB
10-sinf yangi darslikdan testlar yillik

@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
11-sinf informatika test yillik admin.docx
279.3 KB
11-sinf yangi darslikdan testlar yillik

@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
👍153
IT-KIDS. SCRATCH ELEMENTARY.pdf
50.2 MB
Tugarak hujjat

IT-KIDS.
SCRATCH ELEMETARY.
Dasturlashga birinchi qadamim.
(to'liq versiyasi)

Ushbu “IT-Kids. Scratch dasturi.” nomli elektron darslik, maktab yoshidagi bolalarga algoritmli fikirlash, dasturlash hamda kompyuterda sodda o‘yinlar yaratish boshlang‘ich ko‘nikmalarini hosil qilish uchun yordam beradi.

Darsligimiz 14 ta mavzulardan iborat. Har bir mavzuda o‘tilgan bilimlarni mustahkamlash maqsadida testlar, hamda jami 50 dan ortiq amaliy va mustaqil bajariladigan loyihalar berilgan.

Dasrligimizdan o‘quv IT-kurslar, umumiy o‘rta ta'lim maktablarning informatika va axborot texnologiyalar fani darslarida, to‘garak mashg‘ulotlarida hamda mustaqil ta'limda qo‘shimcha qo‘llanma sifatida foydalanish mumkin.



@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
👍10
Bitiruvchi o'quvchilarga kichik tavsiyalar!

11 yil davomida har kuni ertalab maktabga borish, sinfda dars eshitish, uy vazifalarini bajarish, imtihonlarga tayyorlanish – bularning barchasi sizga juda uzoq va mashaqati tuyilgan bo'lishi mumkin. Ammo bugun, maktab hayotingizning so'nggi kuniga yetib kelganingizda, ortga nazar tashlasangiz, bu yillar qanday tez o‘tib ketganini, bir lahzada o‘tib ketgandek tuyulayotganini albatta his qilyapsiz. Ha, aynan shunday – vaqt o‘ta tez o‘tadi, ayniqsa inson mehnat qilib, o‘sishga intilayotgan bo‘lsa.

Bu 11 yil ichida siz nafaqat fanlarni o‘rgandingiz, balki hayotga tayyorlanishning muhim bosqichlarini bosib o‘tdingiz. Siz sabrni, mehnatsevarlikni, hurmat va mas'uliyatni o'rgandingiz. Endi esa hayotning yangi sahifasi ochilmoqda – bu sahifa mustaqil qarorlar, katta tanlovlar va o'z orzularingiz sari dadil qadamlar tashlash davridir.

Katta hayot sizni nafaqat imkoniyatlar, balki kutilmagan sinovlar bilan ham kutib turibdi. Har bir qadamda yo'l-yo'riq ko‘rsatadigan o‘qituvchilaringiz yoki qo‘lingizdan tutadigan ota-onangiz bo‘lmasligi mumkin. Endi siz o'z hayotingizni o'zingiz boshqarasiz. Bu – erkinlik, lekin shu bilan birga javobgarlik hamdir.

Shunday ekan, sizlarga yurakdan chiqqan bir nechta samimiy maslahatlarimni ulashmoqchiman.

Avvalo, yodingizda bo‘lsin: har qanday katta yutuq oddiy bir orzudan boshlanadi. O‘z oldingizga katta maqsadlar qo‘ying. Bu maqsadlar pul yoki moddiyat bilan cheklanmasin. Agar faqat moddiyatni ko‘zlab harakat qilsangiz, yo‘lingizni, eng yomoni, o‘zingizni yo‘qotib qo‘yishingiz hech gap emas. Yaqin yillarda, ayniqsa, 7 yil atrofida sizning asosiy maqsadingiz shaxsiy o‘sish, o‘zingizni kashf etish va kamolga yetkazish bo‘lsin. Ana shunda hayotingiz haqiqiy ma’no kasb etadi.

Maktab bilan xayrlashyapsiz, ammo bu ta’lim yakunlangani degani emas. Aksincha, endi haqiqiy hayot darslari boshlanadi. Hayotning o‘zi eng katta ustoz, har bir kun – yangi sinov, yangi imkoniyat. Shunday ekan, doimo o‘rganishga intiling. Kitob o‘qing, ilm-fanga qiziqing, til o‘rganing, texnologiyalar bilan tanishing. O‘zingizni rivojlantiring. O‘z ustingizda ishlash – sizning eng foydali investitsiyangiz bo‘ladi.

Xatolardan aslo qo‘rqmang. Xato qilish – insonning tabiiy holati. Har kim xato qiladi. Muhimi, xato qilganingizdan keyin qanday yo‘l tutishingiz, undan qanday saboq olishingizdir. “Men xato qilsam odamlar nima deydi?” degan xavotir bilan yashamang. Odamlar har doim nimadir deydi – bu o‘zgarmas haqiqat. Muhimi, sizga chin dildan g‘amxo‘rlik qiladigan, sizning kamolotga erishishingizni istaydigan insonlarning gapiga quloq tuting. Qolganlariga...

15 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan davr inson hayotidagi eng hissiyotli, sabrsiz, va o‘zgaruvchan davr hisoblanadi. Bu yillarda har kim o‘z yo‘lini izlaydi, o‘zini topishga harakat qiladi. Shuning uchun sabrli bo‘ling. Tez natija kutmang, hamma narsa o‘z vaqtida keladi. Orzular sari har kuni bir qadam tashlang – kichik bo‘lsa ham, izchil bo‘lsa, albatta manzilga yetasiz.

Yaqin 10 yil ichida siz hayotingizdagi eng muhim ikki qarorni qabul qilasiz. Birinchisi – siz qanday ish yoki kasb bilan shug‘ullanasiz, qanday daromad manbayi orttirishingizni belgilaysiz. Ikkinchisi – hayotingizni kim bilan bog‘layotganingiz, ya’ni umr yo‘ldoshingizni tanlaysiz. Bu ikkala tanlov ham sizning kelajak hayotingiz sifatiga bevosita ta’sir qiladi. Har ikki tanlovda ham shoshilmang, chuqur o‘ylang, qalbingizga quloq tuting.

Qizlarga alohida murojaatim bor: ta’lim oling, o‘rganing, hech qachon o‘zingizni ikkinchi darajali deb hisoblamang. Jamiyat kelajagi, farzandlar tarbiyasi, butun bir avlodning dunyoqarashi sizning qo‘lingizda. Ayol – bu jamiyat yuragi. Ilmli, ongli, mustaqil fikrli ayol – bu kuchli jamiyat poydevoridir.

Va nihoyat, qayerda bo‘lishingizdan qat’i nazar, qanday lavozimda ishlashingizdan, qanday sharoitda yashashingizdan qat’i nazar, insoniylikni hech qachon unutmang.

Sizga yorqin kelajak, sabr, iroda tilayman. Yo‘lingiz ochiq bo‘lsin!

©Ravshanov Muxtorbek

@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
👍15🔥2👏1
Maktab kompyuter xonalari uchun MikroTik qurilmasi o‘quv jarayonini samarali tashkil qilish va internet resurslaridan to‘g‘ri foydalanishni ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Ushbu qurilma tarmoq boshqaruvi va xavfsizlikni ta'minlash uchun zamonaviy yechimlarni taklif etadi.

Qurilma zararli dasturlar va nojo‘ya kontentga ega saytlarni bloklash orqali xavfsizlikni ta'minlaydi. Shu bilan birga, o‘quv jarayoniga zarar yetkazuvchi ijtimoiy tarmoqlar va o‘yin platformalariga kirish imkoniyatini cheklash mumkin. Bu, ayniqsa, o‘quvchilarning diqqatini faqat ta'lim jarayoniga qaratish uchun juda muhimdir.

MikroTik qurilma masofadan turib boshqarish imkoniyatini taqdim etadi, bu esa maktab tarmog‘ining ishlashini oson kuzatish va nazorat qilishga yordam beradi. Yani maktab kompyuterlari qanday saytlarga qancha vaqt sarflanmoqda masofadan turib kuzatish mumkin.

Bu qurilma maktab uchun zarur bo‘lgan barcha tarmoq boshqaruvi vazifalarini bitta platformada amalga oshirish imkonini beradi va ta'lim jarayonini yangi bosqichga olib chiqadi.

@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
👍62
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mikrotik qurilmasini ulash videosi

@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
👍9
Maktablarda dars taqsimotida inson omilini kamaytirish

Assalomu alaykum
Bugungi postimda ta’lim tizimida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, ammo ko‘pincha e’tibordan chetda qoladigan masala — dars taqsimotida inson omilini kamaytirish zarurati haqida fikr yuritmoqchiman. Ayniqsa, bu mavzu maktablarda ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchining haqli mehnatini adolatli taqdirlash hamda korrupsiya va tanish-bilishchilikning oldini olish uchun juda dolzarbdir.

O‘zimiz yaxshi bilamizki, har yili o‘quv yili boshlanishi arafasida maktablarda o‘qituvchilarga dars soatlarini taqsimlash jarayoni bo‘lib o‘tadi. Bu jarayon ko‘plab maktablarda, afsuski, hali ham insoniy omilga ortiqcha tayanilgan holda, ya’ni subyektiv qarashlar, tanish-bilishchilik yoki turli bosimlar ta’sirida amalga oshmoqda. Bu esa o‘z-o‘zidan ta’lim sifatiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Aynan shu sababli biz dars taqsimotini inson omiliga kamroq tayanadigan, shaffof va adolatli mexanizmlar asosida amalga oshirish yo‘llarini joriy etishimiz lozim. Eng maqbul yo‘llardan biri — maxsus elektron dastur ishlab chiqishdir. Bu dastur avtomatlashtirilgan algoritmlar asosida dars yuklamasini taqsimlaydi va insoniy omillarni sezilarli darajada kamaytiradi.

Bunday dastur qanday ishlashi kerak?
Avvalo, dasturga har bir o‘qituvchi pasport ma’lumotlari asosida kiritiladi. So‘ngra, u milliy ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya qilinib, o‘qituvchining ish staji, malaka toifasi, sertifikatlari va boshqa rasmiy ko‘rsatkichlari avtomatik tarzda olinadi. Bu ma’lumotlar dars yuklamasini taqsimlashda asosiy faktorlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Shuningdek, o‘qituvchini baholashda insoniy yondashuv ham inobatga olinishi mumkin. Masalan, maktab rahbariyati har bir o‘qituvchiga 100 ballik mezon asosida baho beradi. Bu baho rahbariyatning pedagogga bo‘lgan ishonchi, intizomi, maktabdagi ijtimoiy faolligi va o‘z ustida ishlashi kabi ko‘rsatkichlarga asoslanadi.

Shundan so‘ng, maktabdagi mavjud bo‘lgan barcha dars soatlari dasturga kiritiladi. Dastur esa 2020-yil 30-iyunda Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan nizom (ro‘yxat raqami: 3271) asosida barcha mezon va me’yorlarga tayangan holda, o‘qituvchilarga dars soatlarini avtomatik ravishda taqsimlaydi. Shu bilan birga, maktab rahbariyati tomonidan berilgan ballar ham inobatga olinadi, biroq bu ballar faqat algoritmning bir qismini tashkil qiladi, bu orqali subyektiv baholashning ta’siri chegaralanadi.

Bu tizimning joriy etilishi orqali:
- Korrupsiya va tanish-bilishchilikning oldi olinadi;
- O‘qituvchilar o‘z ustida ishlashga, bilim va malakasini oshirishga qiziqadi;
- Dars yuklamasi adolatli taqsimlanadi;
- Maktabdagi umumiy ta’lim muhiti sog‘lomlashadi;
- O‘quvchilarga ta’lim berish sifati oshadi.

Shuni unutmaslik kerakki, inson omiliga haddan ortiq tayanish – ta’limdagi adolatni yemiradi. Adolatli taqsimot esa o‘qituvchining ruhiy holatini yaxshilaydi, o‘z kasbiga bo‘lgan muhabbatini mustahkamlaydi va eng muhimi – o‘quvchiga chin dildan bilim beradigan muhitni shakllantiradi.

Biz haqiqiy taraqqiyotga faqat sifatli va halol ta’lim tizimi orqali erishishimiz mumkin.


©️Muxtorbek Ravshanov


Ushbu fikrlarimga siz ham o‘z munosabatingizni bildiring:

📌 Sizning maktabingizda dars taqsimoti qanday amalga oshiriladi?
📌 Sizningcha, dars yuklamasini adolatli va shaffof taqsimlash uchun maxsus elektron dastur ishlab chiqish zarurmi?
👍193👎3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#dastur_muhokamasi

Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha o‘quv dasturi takomillashtirilmoqda

🖥 Informatika va axborot texnologiyalari fanidan Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlarini takomillashtirish yuzasidan Respublika ta’lim markazida navbatdagi muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ishchi guruh a’zolari — fan mutaxassislari, amaliyotchi o‘qituvchilar, metodistlar hamda sohaga oid ekspertlar ishtirok etishdi.

💬Muhokamada informatika va axborot texnologiyalari fanining zamonaviy talablarga javob beruvchi, raqamli ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan mazmunan boy, qiziqarli va amaliyotga yo‘naltirilgan dastur asosida o‘qitilishini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16👎82
📢 Pedagog.uz ga muallif bo‘laman!

Hurmatli ustozlar! 🎓

Pedagog.uz platformasida o‘z bilim va tajribangizni ulashing, keng auditoriyaga chiqib, muallif bo‘lib daromad oling va taniqli shaxsga aylaning! 💼💡

Nima uchun muallif bo‘lish kerak?
O‘z kontentingizni millionlab o‘quvchilarga yetkazish
Platformadan daromad olish imkoniyati
Professional rivojlanish va e’tirof
Texnik yordam va qo‘llab-quvvatlash

Sizdan nimalar talab qilinadi?
📚 Ta’lim sohasida bilim va tajriba
📝 Aniq va ravon yozish qobiliyati
🔄 Muntazam kontent yaratish
🇺🇿 O‘zbek tilida ishlash yoki boshqa qardosh tillarda

Boshlash uchun:
👇
Muallif bo‘lish uchun ariza topshirish

Savollaringiz bo‘lsa: @pedagog_rasmiy



Pedagog.uz — ta’lim kelajagi bilan birga! 🚀


Asosiy rasmiy kanal: @pedagoglaru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бугунги кунда кўпгина педогоглар томонидан директор жамғармасидан устама олишда малака ошириш қисмига қўйиладиган балл бўйича саволлар келиб тушмоқда.

Хабарингиз борки, Вазирлар Маҳкамасининг
867-sonli қарорига асосан эндиликда ҳар 5 йилда бир маротаба бир ой давомида малака ошириш тизими йўлга қўйилди.

Шунингдек малака ошириш режаси ҳар йили 20% педагогларни қамраб олиш мехонизми билан бошланди.

Бундан кўринадики, малака ошириш курсига бормаган педагоглар ҳам ВМнинг
823-sonli қарорига асосан тўланадиган устаманинг ушбу мезони бўйича балл олиши мумкин.

Аммо малака ошириш режасига киритилиб бормай қолган педагогларга мазкур кўрсаткични баҳолашда "ноль" балл қўйилади.
3
@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
823-qaror bo‘yicha ustama olayabsizmi?

2024–2025 o‘quv yili ham o‘z nihoyasiga yetdi. Ko‘pgina o‘qituvchilar yilni og‘ir mehnat, charchoq va mas’uliyatli vazifalar bilan yakunladilar. Endi esa navbatdagi muhim bosqich — Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-sonli qarori asosida ustama olish uchun hujjatlarni topshirish va baholash jarayoni boshlanmoqda.

Ustama puli — rag‘batmi yoki ortiqcha tashvish?

823-qarorga binoan o‘rnak ko‘rsatgan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlariga mehnatiga qarab har oylik ustama belgilanadi. Bu tizim o‘qituvchilarni rag‘batlantirish, ta’lim sifatini oshirish va ustozlar sha’nini yuksaltirishni ko‘zlaydi. Biroq, amaliyotda ustama olish tartibida ko‘plab noaniqliklar, adolatsizliklar va hatto tushunarsiz vaziyatlar yuzaga kelmoqda.

O‘tgan yillarda ustama olgan 10 lab o‘qituvchilar bilan suhbatlashar ekanman, ayrimlari olgan ustama puli yil oxirida qaytarib olinganini bildirishdi. Eng achinarlisi — bu mablag‘lar qayerga qaytarilgani noma’lumligicha qolmoqda. Holbuki, bu xatoliklar oqibatida zarar ko‘radigan yagona tomon — bu oddiy, halol mehnat qilayotgan o‘qituvchidir.

Ishchi guruhlarning faoliyatida shaffoflik bormi?

Qarorga ko‘ra, ustama tayinlash maktab rahbariyati tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi. Biroq, ularning faoliyati ustidan shikoyatlar kam emas. Ko‘plab o‘qituvchilar ishchi guruhlar hujjatlarni yetarli darajada tekshirmasligi, baholash mezonlariga to‘liq amal qilinmasligi, ayrim holatlarda esa tasdiqlangan ustamalar keyinchalik qayta ko‘rib chiqilib, bekor qilinishiga guvoh bo‘lmoqdalar.

Bu esa o‘qituvchilarda norozilikni, ishonchsizlikni kuchaytirmoqda. Axir nima uchun bir ishchi guruh ustama berib, boshqa bir idora uni noto‘g‘ri deb topadi? Nima uchun maktab darajasidagi guruh mutaxassislar adolatli baholay olmaydimi? Yoki ularni qarori hech nimani hal qilmaydimi?

Muammoga raqamli yechimlar kerak

Bugun biz raqamlashtirilgan jamiyatda yashayapmiz. Ma’lumotlarni tezkor uzatish, saqlash, tahlil qilish, boshqarish imkoniyatlari cheksiz. Shunday ekan, nega hanuz 823-qaror bo‘yicha ustama tayinlash va baholash tizimi eskicha qo‘lda yuritilmoqda?

Yechim aniq — butun respublika bo‘yicha yagona elektron platforma yaratilishi zarur. Bu platforma orqali barcha o‘qituvchilar o‘z hujjatlarini yuklay oladi, belgilangan mezonlarga muvofiq avtomatik yoki yarim avtomatik baholash jarayoni amalga oshiriladi. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tuzilgan malakali ishchi guruh ushbu platforma orqali hujjatlarni tekshiradi, natijalarni kiritadi va yakuniy qarorlarni qabul qiladi. Har bir tekshirilgan hujjat va yakuniy ball hamma uchun ochiq bo'lishi kerak. Hamma tekshiruvning shaffofligini ko'ra olishi zarur.

Elektron tizim qanday ishlashi mumkin?

1. O‘qituvchilar elektron platformaga ro‘yxatdan o‘tadi va hujjatlarini yuklaydi.

2. Ishchi guruh har bir o‘qituvchining faoliyatini 9 ta mezon asosida baholaydi.

3. Baholash natijalariga asosan ustama foizi aniqlanadi (10% dan 40% gacha).

4. Ustama bo‘yicha sertifikat elektron shaklda yaratiladi va Milliy platformaga kiritiladi.

5. Sertifikat avtomatik ravishda ASBO (Axborot tizimi)ga ulanadi va hisobchi, buxgalterkarning aralashuvisiz amalga oshiriladi.

6. O‘qituvchilarning ballari va ustama foizlari ochiq axborot sifatida tizimda ko‘rinadi.

Yaxshi ishlar bilan o‘rtoqlashish madaniyati shakllanadi.

Ustama natijalari ochiq bo‘lgan taqdirda, bir o‘qituvchi boshqasining erishgan natijalari, olgan balli, qikgan harakatlari, innovatsion uslublari, qo‘llagan metodlari bilan tanishadi. Bu o‘z-o‘zidan ta’limda raqobat muhitini, o‘sish, o‘rganish va takomillashishni kuchaytiradi. Yaxshi namunalar targ‘ib etiladi, natijada butun maktab va tuman bo‘yicha ta’lim sifati oshadi.

Davomi...
10👍4