Informatika Va Axborot texnologiyalari
5.77K subscribers
133 photos
104 videos
739 files
270 links
Kanaldagi materiallardan dars davomida foydalanishingiz mumkin.

Informatika va AT o'qituvchisi: @Muxtorbek_0102
Muxtorbek.uz
Download Telegram
9-sinf III CHORAK 3-BSB (DEMO) JAVOBLARI.docx
555.4 KB
9-sinf III CHORAK 3-BSB (DEMO) JAVOBLARI


@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
👍2
O'quvchilar III chorak ChSB topshiriqlarni onlayn bajaradilar.

Yuqoridagi jadvalda demo testlar bo'ladigan kunlar.

O'quvchilar testlarni bajarishi haqida video rolik👇👇👇

https://youtu.be/-f13gFLCN_4

O'qituvchilar onlayn chsb yoki test berish👇👇
https://youtu.be/2NkRZxWobPg


📌Yangi baholash tizimga o'tgan o'qituvchilar tarqatamiz

@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
👍51
Forwarded from Informatika Va Axborot texnologiyalari (Muxtorbek Ravshanov)
Ommalashtirish.uz platformasi ro'yxatdan o'tish uchun ochildi

1. Platformadan ro'yxatdan o'tish, kirish, parolni tiklash. (Ro'yxatdan o'tish doim ochiq)

2. Metodik ishni platformaga yuklash. (01.03.2025 kundan 20.03.2025 kungacha metodik ishni yuklash ochiladi)

3. Metodik ish plagiat(ko'chirmachilikni) tekshirish.

Ommalashtirish uchun metodik ish tayyorlashda qilinadigan asosiy xatolarni to’g’irlash va metodik ish tayyorlash uchun tavsiyalar.

Video qo'llanmalar👇:
1-video: Ommalashtirish uchun metodik ishning tuzilishi qanday bo'lishi kerak?

2-video: Ommalashtirish uchun metodik ishning mazmuniga qoʻyilgan talablar.

3-video: Ommalashtirish uchun metodik ishning shakliy-texnik talablari haqida.

4-video: Ommalashtirish uchun metodik ish yozishda mualliflik huquqi va plagiatga eʼtibor berish. Rad etilmasligi uchun qilinadigan ishlar.

Metodik ish tayyorlayotgan o'qituvchilarga tavsiya qiling☝️
👍71
1 daqiqalik hayot xavfi!

Zamonaviy dunyo tobora tezlashib bormoqda. Ijtimoiy tarmoqlar, ayniqsa Instagram Reels, YouTube Shorts va TikTok kabi platformalar insonlar e’tiborini faqat bir necha soniyaga qaratadigan kontentlar bilan to‘lib ketdi. Ayniqsa, yosh o‘quvchilar orasida bu qisqa videolarni kuniga soatlar davomida tomosha qiladigan asosiy ko‘ngilochar manbaga aylanib bormoqda. Ammo bu texnologik yutuqning orqasida katta xavf yashirin.

Nutq inson tafakkurining ifodasidir. Qanchalik aniq va ravon gapira olsak, shunchalik to‘g‘ri fikrlaymiz. Qisqa videolar esa bu jarayonga putur yetkazadi. O‘quvchilar to‘liq gap qurishga, fikrlarini mantiqiy izchillik bilan bayon qilishga qiynala boshlaydi. Natijada, nafaqat so‘z boyligi kamayadi, balki mulohaza yuritish, mustaqil fikrlash qobiliyati ham zaiflashadi. Psixolog Jordan Petersonning so‘zlari bilan aytganda,
"Agar inson fikrlarini to‘g‘ri bayon qila olmasa, demak, u to‘g‘ri fikrlay olmaydi."

Bu, ayniqsa, yosh avlod uchun xavfli.

Muntazam ravishda qisqa videolar tomosha qilish miyani doimiy ravishda yangi va tezkor rag‘batlantiruvchilarni izlashga o‘rgatadi. Natijada, uzoq matnlarni tushunish, o‘qilgan yoki eshitilgan ma’lumotlarni yodda saqlash qiyinlashadi. Nevrolog Andrew Huberman bu borada shunday deydi:

Doimiy qisqa formatdagi kontent iste’mol qilish miyani tezkor lazzatlanish (dopamin) izlashga o‘rgatadi, natijada uzoq muddatli e’tibor va chuqur o‘rganish qobiliyati sustlashadi.

Buning oqibatida, o‘quvchilar darslarda diqqatni jamlashdan qiynaladi, chuqur fikrlash esa tobora murakkablashadi.

Bu xavf oldinda emas oldimizdadir! Oʻquvchilarim misolida ko'p sinab ko'rganman.
Misol uchun oddiy 3 ta savolni bir vaqtda ketma -ket bersam,ular 1-savolga javob berguncha qolgan 2 ta savolni unutishadi ,vaholanki, agar u savollarni bittalab bersam bemalol javob berisha oladi. Qisqa videolar kam ko'rgan, telefon ishlatmaydigan o'quvchilarda bu muammo deyarli kam uchraydi .

Texnologiyalarning rivojlanishi bizga qulaylik yaratishi kerak, lekin u ongimizni nazorat qilib olmasligi lozim. O‘quvchilarimizni chuqur o‘qish, fikrlash va mustaqil izlanish madaniyatiga o‘rgatish bugunning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Bir daqiqalik zavq ortida butun umr davom etadigan bilim yo‘qotish xavfi turibdi.

Qisqa videolar ayniqsa TikTokda videoni ko'rsatishga taklif qilish algoritimi yomon. Misol tariqasida tushuntiraman . Oddiy yomon harakatli video bilan boshqalarga foydali faktli video qo'ying platformaga. TikTok yomon saviyasiz videoni ko'proq ko'rsatadi. Vaholangki, ikkovi foydalanuvchiga bir xil qiziq.

TikTok dunyo bo‘ylab millionlab foydalanuvchilarga ega bo‘lgan Xitoy kompaniyasiga tegishli platforma. Qizig‘i shundaki, Xitoy o‘z aholisiga TikTokning xalqaro versiyasidan foydalanishga ruxsat bermaydi. Xitoyda uning o‘rniga Douyin nomli boshqa versiya mavjud bo‘lib, u ancha cheklangan, ilmiy, madaniy va ta’limiy kontentga yo‘naltirilgan.

Bu esa ko‘plab mutaxassislar tomonidan boshqa davlatlar aholisini savodsiz qilish strategiyasi sifatida talqin qilinmoqda. G‘arb va Oʻrta Osiyo yoshlari o‘z vaqtlarini qiziqarli, ammo foydasiz qisqa videolarga sarflayotgan bir paytda, Xitoy yoshlari ilmiy va amaliy bilimlarni o‘rganmoqda. Bunday axborot strategiyasi yoshlar orasida tafakkur va savodxonlik darajasini pasaytirishi mumkin.

Bu borada taniqli tadbirkor Elon Musk ham shunday degan:
"Aqlli davlatlar yoshlarga bilim o‘rgatadi, ahmoq davlatlar esa ularni faqat ko‘ngilochar narsalar bilan ovutadi."

Savol tug‘iladi: nega Xitoy TikTok’dan o‘z aholisini himoya qiladi-yu, boshqa davlatlarga uni ochiq qoldiradi? Bu shunchaki tasodifmi yoki uzoq muddatli strategiya?
Biz o‘z farzandlarimizni va o'quvchilarimizni bu xavfdan qanday himoya qilamiz?...


© Muxtorbek Ravshanov
(Post bir nechta ingliz tili nashrlardan, twitterdagi postlardan yig'ib va shaxsiy fikrlarim asosida tuzilgan . Fikr bizdan, xulosa sizdan)

@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
👍35