Informatika Va Axborot texnologiyalari
5.8K subscribers
133 photos
105 videos
742 files
273 links
Kanaldagi materiallardan dars davomida foydalanishingiz mumkin.

Informatika va AT o'qituvchisi: @Muxtorbek_0102
Muxtorbek.uz
Download Telegram
8-sinf informatika test yillik admin.docx
296.5 KB
8-sinf yangi darslikdan testlar yillik

@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
👍5
9-sinf informatika test yillik admin.docx
342.2 KB
9-sinf yangi darslikdan testlar yillik

@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
👍6
10-sinf informatika test yillik admin.docx
279.9 KB
10-sinf yangi darslikdan testlar yillik

@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
👍9
11-sinf informatika test yillik admin.docx
279.3 KB
11-sinf yangi darslikdan testlar yillik

@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
👍8
Ijtimoiy tarmoqlar yoshlarga kerakmi?

Yoshlarining ijtimoiy tarmoqlarga bo'lgan qiziqishi va ulardan ortiqcha foydalanishi bugungi kunda keng tarqalgan muammolardan biri deb o'ylayman. Bu holat o'quvchi yoshlarning darslarga bo'lgan e'tiborini pasaytirishi, vaqtini behuda o'tkazishiga va ruhiy salomatligiga salbiy ta'sir qilishi anq. Eng yomoni diqqatning pasayishi yonidagi og'aynisi yoki ustozining gapini to'liq anglab qololmasligi kabi eʼtiborsizlik, xotiri susayishlariga olib kelyabdi.

Shu sababli, o'qituvchilar va ota-onalar bolalarni ijtimoiy tarmoqdan oqilona foydalanishga yo'naltirish uchun bir qator chora-tadbirlarni ko'rishi kerak deb o'ylayman. O'z shaxsiy tavsiyalarimni yozib qolishga qaror qildim .

O'quvchilarga ijtimoiy tarmoqning ortiqcha ko'rish qanday zarar keltirishini tushuntirish zarur. Ayniqsa, vaqtni befoyda o'tkazish, salbiy ma'lumotlardan ruhiy bosim olish, uyqu rejimining buzilishi kabi jihatlar haqida suhbat o'tkazish foydali bo'ladi.

O'quvchilarga kunlik reja tuzishda yordam berish, ularga sport bilan shug'ullanish, o'qish va o'zlarini rivojlantirish uchun boshqa foydali mashg'ulotlarga vaqt ajratishni tavsiya qilish lozim. Bu o'quvchilarning e'tiborini ijtimoiy tarmoqlardan uzoqlashtiradi. Yoshlarning yomon odatlari asosan bekorchilikdan kelib chiqadi.

O'qituvchilar darslarda onlayn resurslardan foydalanishni kiritib, ularni ta'lim uchun foydali manbalar sifatida ko'rsatishi kerak. Shu bilan birga, real hayotdagi faoliyat va bilimlarni baham ko'rish orqali muvozanat saqlash kerak. O'quvchilar yoki farzandingiz bilishi kerak ijtimoiy tarmoqlarning bilim olishda va shaxsiy rivojlanishda katta foydali tomonlari borligini.

Yosh o'quvchilar uchun kunlik yoki haftalik ravishda texnologiya vaqtini belgilash foydali bo'ladi. Masalan, faqat o'qishdan so'ng yoki cheklangan vaqt davomida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish mumkinligi haqida kelishish. Lekin bu yo'lni qisman tavsiya qilaman . Ijtimoiy tarmoqlardan to'g'ri foydalanishni o'rgatish kerak eng asosiysi shu . Agarda o'rganmasa kiyingina cheklovlar o'rnatish to'g'ri deb bilaman.

Ko'p hollarda o'quvchilar o'zlarini yolg'iz yoki ruhiy bosim ostida his qilganlari uchun ijtimoiy tarmoqlarda uzoq vaqt sarflashadi. Eng yomoni shu bunday holatda yoshlar yomon g'oyalar bilan ulg'aya boshlaydi. Masalan "o'qish nimaga kerak", "maktabni qamoqxonaga qiyoslash" va kiyinish madaniyati ga oid g'oyalar, internetdagi videolardagi bunday propagandalarga juda ko'p misol keltirishim mumkin. Yoshlarni o'z shaxsiy fikriga ega bo'lib ulg'ayishi uchun ta'lim olishiga eʼtibor berish lozim. Katta axborot oqimi bor zamonda oq qorani ajrata bilish juda zarur bo'lgan ko'nikmadir.

Ijtimoiy tarmoqlarda qanday bloglarni kuzatishidan kelib chiqib yoshlarning dunyo qarashini bilib olishimiz mumkin . O'quvchi yoshlarning ta'lim sohasidagi bloglarni kuzatishini nazorat qilishimiz va ular haqida fikrlarini so'rab turishimiz ham yaxshi natija beradi .

Yoshlar ijtimoiy tarmoqlar kerakligini va ulardan to'g'ri foydalanish lozimligini o'zlari anglab yetishi kerak .

Yuqoridagi tavsiyalar nafaqat o'quvchi yoshlarni ijtimoiy tarmoq qullikdan qutqarish, balki ularga vaqtni taqsimlash va o'zlarini samarali rivojlantirishga yordam beradi. Bu esa ularning kelajagida muvaffaqiyatga erishishlariga zamin yaratadi.

© Ravshanov Muxtorbek

@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
👍82
O‘quvchilarga typingstudy.com platformasi haqida ma’lumot. Bu platforma kompyuter klaviaturasida tez va aniq yozishni o‘rgatuvchi bepul online darslarni taklif etadi. Platforma orqali o‘quvchilar o‘z yozish tezligi va aniqligini oshirishlari, shuningdek, mashqlarni bajarish orqali o‘z qobiliyatlarini rivojlantirishlari mumkin.

Video orqali o'quvchilarni platforma bilan dars davomida tanishtiring. Platformadagi 15 ta darsni o'quvchilar bajarib tugatsa. Klaviaturada tez va anq yozishadi.

https://youtu.be/44Yll_dvKrk
👍2
Malaka oshirish javoblari 2023 AhmedovM_230223.docx
27.9 MB
Malaka oshirish javoblari

@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
👍4
Ko'pchilik mendan so'ragan savol metodik qo'llanma va metodik tavsiyaning qanday farqi bor.

Metodik qo'llanma va metodik tavsiya o'quv jarayonini yaxshilashga qaratilgan bir biriga uxshash turli hujjat turidir.

Metodik qo'llanma – bu o'qituvchilar uchun maxsus tayyorlangan hujjat bo'lib, unda dars o'tishning usullari, amaliyotlari, har bir mavzuga oid tavsiyalar, mashg'ulot o‘tkazish usullari va namunalari batafsil yoritiladi. Bu qo'llanma o'quv jarayonini samarali tashkil qilish, o'quv dasturlarini tushunish va ulardan foydalanishni osonlashtirish uchun tuziladi. Ko'pincha metodik qo'llanma tarkibida ma'lum bir fan bo'yicha aniq dars rejasi, topshiriqlar va o'quv jarayonidagi har bir bosqichga oid ko'rsatmalar bo'ladi. U amaliyotga qaratilgan bo'lib, o'qituvchi uchun bevosita yordam beradi.

Metodik tavsiya – bu kengroq metodik masalalar bo'yicha o'qituvchilarga berilgan tavsiyalar to'plami hisoblanadi. Bu tavsiyalar ko‘pincha fanni o‘qitish jarayonidagi umumiy strategiyalarni yaxshilash, innovatsion usullarni qo‘llash, o‘quv jarayonidagi dolzarb muammolarni hal qilish kabi masalalarga qaratilgan bo‘ladi. Metodik tavsiya kengroq muammolarni yoritadi va o'qituvchiga yangi g'oyalar berish, metodologiyasini boyitish va zamonaviy usullardan foydalanish imkoniyatini yaratadi.

Keling metodik qo'llanma va metodik bir biriga taqqoslab ko'ramiz.

Mazmuni:
Metodik qo'llanma: Aniq dars o'tish usullari, o‘quv jarayonining har bir bosqichi bo‘yicha ko‘rsatmalar va amaliy topshiriqlarni o‘z ichiga oladi.
Metodik tavsiya: Kengroq pedagogik masalalar bo‘yicha umumiy tavsiyalar, innovatsion yondashuvlar va strategiyalarni qamrab oladi.

Maqsadi:
Metodik qo'llanma: O‘qituvchiga bevosita amaliy yordam berish va darslarni o‘tkazishni yengillashtirish uchun mo‘ljallangan.
Metodik tavsiya: O‘qituvchining umumiy fan bo'yicha metodik malakasini oshirish va yangi g‘oyalar bilan ta’minlashga qaratilgan..

Shakli:
Metodik qo'llanma: Oddiy, tartibli va qadam-baqadam yo'riqnoma shaklida yozilgan bo'ladi.
Metodik tavsiya: Mavzu yuzasidan batafsil tavsiyalar va uslubiy tavsiya sifatida, ko‘pincha tahliliy shaklda taqdim etiladi.

Vazifasi:
Metodik qo'llanma: Muayyan mashg'ulotlar uchun kerakli ma'lumotlar va harakatlar ketma-ketligini beradi.
Metodik tavsiya: O'qituvchini pedagogik jihatdan rivojlantirish, zamonaviy metodlar bilan tanishtirish va yangi pedagogik yondashuvlar taklif qilishga xizmat qiladi.

Amaliyotga qaratilganligi:
Metodik qo'llanma: Ko'proq amaliyotga yo'naltirilgan bo'lib, aniq dars jarayoniga oid.
Metodik tavsiya: Umumiy metodik rivojlanishga yo'naltirilgan bo'lib, aniq dars jarayonidan tashqari o'qituvchining umumiy malakasini oshirishga yordam beradi.


Xullas agar aniq dars o‘tkazishga oid yordam kerak bo‘lsa, metodik qo‘llanma, kengroq pedagogik maslahatlar uchun esa metodik tavsiya kerak bo'ladi.

‼️Yuqoridagi fikrlar shaxsiy qarashlarim bo'lib xatoliklar bo'lishi mumkin

© Muxtorbek Ravshanov

@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
👍8🔥31
Udemere – O'zbek tilida birinchi dasturlash dokumentatsiyasi.

📚 Udemere orqali quyidagi dasturlash tillarini o'rganib, bilim doirangizni kengaytiring:

1. HTML5
2. TypeScript
3. React
4. GO
5. Cyber Security
6. Sass
7. Kotlin
8. C++
9. CSS3
10. JavaScript
11. Python
12. Django
13. SQL
14. PostgreSQL
15. MySQL
16. MongoDB
17. C
18. Rust
19. React Native

Udemerega yil oxirigacha yuqoridagi tillar hammasi qo'shiladi. Yana 100 lab til va frameworklarni o'rganishingiz mumkin bo'ladi.

Hozirda ajoyib dasturlash sahnasiga qo'shiling va o'z mahoratingizni oshirish uchun Udemere’ni tanlang! 🔗👇

👉 https://udemere.uz

Daqiqa o’tmay, kelajagingizni yarating! 💪
👍8😁3🔥1
"Raqamli Pedagogika" onlayn kursga taklif qilamiz

O‘qituvchilar uchun maxsus tayyorlangan 20 ta darsdan iborat onlayn kursimizga qo‘shiling va ta’lim jarayonini zamonaviy texnologiyalar bilan boyiting!

💻 Kurs davomida sizni quyidagilar kutmoqda:
• Har bir darsda bosqichma-bosqich qo‘llanma va amaliy mashg‘ulotlar.
• O‘z faningizga mos metodik ish, taqdimotlar, test topshiriqlar va tarqatma materiallar yaratish.
• Virtual laboratoriyalar va taʼlim platformalarida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish.

🎓 Kimlar uchun mo‘ljallangan? Bu kurs zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanishni istagan o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan.

🎯 Natija: Kursimizni tugatgach, o‘qituvchilar o‘z fanlari boʻyicha metodik ish yoza olishadi. Zamonaviy pedagog boʻlib darslarini interaktiv va qiziqarli shaklda tashkil etish, shuningdek, elektron resurslardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini egallashadi.

‼️Endi darslarni yanada innovatsion usulda o‘tishni istaysizmi? Unda kursga hoziroq yoziling!
👉 @Raqamli_Pedagogika
👍31