Informatika Va Axborot texnologiyalari
5.92K subscribers
74 photos
89 videos
672 files
237 links
Kanaldagi materiallardan dars davomida foydalanishingiz mumkin.

Informatika va AT o'qituvchisi: @Muxtorbek_0102
Download Telegram
10_sinf_inforamtika_1-ChSB_2_v_@Informatika_Amaliyotda.docx
399.1 KB
10-sinflar uchun 1-ChSB 2-variant savollari


@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
Javoblari_10_sinf_inforamtika_1_ChSB_2_v_@Informatika_Amaliyotda.pdf
229.5 KB
10-sinflar uchun 1-ChSB 2-variant savollari va javoblari


@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
10_sinf_inforamtika_1-ChSB_3_v_@Informatika_Amaliyotda.docx
407.4 KB
10-sinflar uchun 1-ChSB 3-variant savollari


@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
Javoblari_10_sinf_inforamtika_1_ChSB_3_v_@Informatika_Amaliyotda.docx
412.5 KB
10-sinflar uchun 1-ChSB 3-variant savollari va javoblari


@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
ChSB baholash mezoni haqida qisqa tushuntirish.
Har bir variant 15 ta savoldan iborat, jami 40 ball, shundan:

✓#B#-belgili savollar 4 ta bilishga oid savol(yoki test), har bir to'g'ri javob uchun 1,5 ball, jami 6 ball;

✓#Q#-belgili savollar10 ta qo'llashga oid savol(yoki test), har bir to'g'ri javob uchun 2,8 ball, jami 28 ball;

✓#M#-belgili savollar1 ta mulohazaga oid savol(yoki test), to'g'ri javob uchun 6 ball.



@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
10_sinf_inforamtika_1-ChSB_4_v_@Informatika_Amaliyotda.docx
407.5 KB
10-sinflar uchun 1-ChSB 4-variant savollari


@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
Javoblar_10_sinf_inforamtika_1_ChSB_4_v_@Informatika_Amaliyotda.pdf
365.9 KB
10-sinflar uchun 1-ChSB 4-variant savollari va javoblari


@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
Bugun tarbiya haqida ozgina yozishga qaror qildim. 2 ta maktabga dars beraman. Haftasiga 400 ga yaqin o'quvchini ko'raman. Ko'p o'quvchilar bilan suhbatlashib shuni bildimki ularning ota-onalari ular bilan yaqindan suhbat qilishmaydi.

Ota-onalar farzandlari bilan yaqin suhbatda bo‘lishi ular hayotida juda katta ahamiyatga ega. Bunday suhbat orqali bolalar o‘z his-tuyg‘ularini erkin ifodalash imkoniyatiga ega bo‘ladilar, ular o‘zini tushunish, ishonchli va qadrlangan his qilishadi.

Ota-onalar bilan o‘tkazilgan vaqt va samimiy muloqot bolalarda mas’uliyat va o‘ziga ishonch tuyg‘ularini shakllantirishga yordam beradi. Hozir esa ko'p o'quvchilarda muloqot qilish fazilati, fikrini to'g'ri tushuntirish qobiliyati yetishmaydi yoki umuman yo'q.

Muntazam va chuqur suhbat orqali ota-onalar bolalarining ichki dunyosini, ularning qiziqishlari va qiyinchiliklarini yaxshiroq tushunib, ular uchun qimmatli maslahatlar berish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shu bilan birga, oilaviy muloqot sog‘lom psixologik muhit yaratishda, muammolarni o‘z vaqtida yechishda va farzandlar kelajagini barpo etishda katta yordam beradi.

Shuni unutmasligimiz kerakki ota-ona va oila berolmagan mehrni farzand boshqa yerdan qidiradi, boshqa insondan, boshqa narsalardan.

© Muxtorbek Ravshanov

@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
7-sinf informatika test yillik admin.docx
261 KB
7-sinf yangi darslikdan testlar yillik

@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
5-sinf informatika test yillik admin.docx
274.9 KB
5-sinf yangi darslikdan testlar yillik

@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
6-sinf informatika test yillik admin.docx
277.8 KB
6-sinf yangi darslikdan testlar yillik

@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
7-sinf informatika test yillik admin.docx
261 KB
7-sinf yangi darslikdan testlar yillik

@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
8-sinf informatika test yillik admin.docx
296.5 KB
8-sinf yangi darslikdan testlar yillik

@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
9-sinf informatika test yillik admin.docx
342.2 KB
9-sinf yangi darslikdan testlar yillik

@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
10-sinf informatika test yillik admin.docx
279.9 KB
10-sinf yangi darslikdan testlar yillik

@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
11-sinf informatika test yillik admin.docx
279.3 KB
11-sinf yangi darslikdan testlar yillik

@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
Ijtimoiy tarmoqlar yoshlarga kerakmi?

Yoshlarining ijtimoiy tarmoqlarga bo'lgan qiziqishi va ulardan ortiqcha foydalanishi bugungi kunda keng tarqalgan muammolardan biri deb o'ylayman. Bu holat o'quvchi yoshlarning darslarga bo'lgan e'tiborini pasaytirishi, vaqtini behuda o'tkazishiga va ruhiy salomatligiga salbiy ta'sir qilishi anq. Eng yomoni diqqatning pasayishi yonidagi og'aynisi yoki ustozining gapini to'liq anglab qololmasligi kabi eʼtiborsizlik, xotiri susayishlariga olib kelyabdi.

Shu sababli, o'qituvchilar va ota-onalar bolalarni ijtimoiy tarmoqdan oqilona foydalanishga yo'naltirish uchun bir qator chora-tadbirlarni ko'rishi kerak deb o'ylayman. O'z shaxsiy tavsiyalarimni yozib qolishga qaror qildim .

O'quvchilarga ijtimoiy tarmoqning ortiqcha ko'rish qanday zarar keltirishini tushuntirish zarur. Ayniqsa, vaqtni befoyda o'tkazish, salbiy ma'lumotlardan ruhiy bosim olish, uyqu rejimining buzilishi kabi jihatlar haqida suhbat o'tkazish foydali bo'ladi.

O'quvchilarga kunlik reja tuzishda yordam berish, ularga sport bilan shug'ullanish, o'qish va o'zlarini rivojlantirish uchun boshqa foydali mashg'ulotlarga vaqt ajratishni tavsiya qilish lozim. Bu o'quvchilarning e'tiborini ijtimoiy tarmoqlardan uzoqlashtiradi. Yoshlarning yomon odatlari asosan bekorchilikdan kelib chiqadi.

O'qituvchilar darslarda onlayn resurslardan foydalanishni kiritib, ularni ta'lim uchun foydali manbalar sifatida ko'rsatishi kerak. Shu bilan birga, real hayotdagi faoliyat va bilimlarni baham ko'rish orqali muvozanat saqlash kerak. O'quvchilar yoki farzandingiz bilishi kerak ijtimoiy tarmoqlarning bilim olishda va shaxsiy rivojlanishda katta foydali tomonlari borligini.

Yosh o'quvchilar uchun kunlik yoki haftalik ravishda texnologiya vaqtini belgilash foydali bo'ladi. Masalan, faqat o'qishdan so'ng yoki cheklangan vaqt davomida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish mumkinligi haqida kelishish. Lekin bu yo'lni qisman tavsiya qilaman . Ijtimoiy tarmoqlardan to'g'ri foydalanishni o'rgatish kerak eng asosiysi shu . Agarda o'rganmasa kiyingina cheklovlar o'rnatish to'g'ri deb bilaman.

Ko'p hollarda o'quvchilar o'zlarini yolg'iz yoki ruhiy bosim ostida his qilganlari uchun ijtimoiy tarmoqlarda uzoq vaqt sarflashadi. Eng yomoni shu bunday holatda yoshlar yomon g'oyalar bilan ulg'aya boshlaydi. Masalan "o'qish nimaga kerak", "maktabni qamoqxonaga qiyoslash" va kiyinish madaniyati ga oid g'oyalar, internetdagi videolardagi bunday propagandalarga juda ko'p misol keltirishim mumkin. Yoshlarni o'z shaxsiy fikriga ega bo'lib ulg'ayishi uchun ta'lim olishiga eʼtibor berish lozim. Katta axborot oqimi bor zamonda oq qorani ajrata bilish juda zarur bo'lgan ko'nikmadir.

Ijtimoiy tarmoqlarda qanday bloglarni kuzatishidan kelib chiqib yoshlarning dunyo qarashini bilib olishimiz mumkin . O'quvchi yoshlarning ta'lim sohasidagi bloglarni kuzatishini nazorat qilishimiz va ular haqida fikrlarini so'rab turishimiz ham yaxshi natija beradi .

Yoshlar ijtimoiy tarmoqlar kerakligini va ulardan to'g'ri foydalanish lozimligini o'zlari anglab yetishi kerak .

Yuqoridagi tavsiyalar nafaqat o'quvchi yoshlarni ijtimoiy tarmoq qullikdan qutqarish, balki ularga vaqtni taqsimlash va o'zlarini samarali rivojlantirishga yordam beradi. Bu esa ularning kelajagida muvaffaqiyatga erishishlariga zamin yaratadi.

© Ravshanov Muxtorbek

@Informatika_Amaliyotda - fanni amaliyotda o'rganing!
O‘quvchilarga typingstudy.com platformasi haqida ma’lumot. Bu platforma kompyuter klaviaturasida tez va aniq yozishni o‘rgatuvchi bepul online darslarni taklif etadi. Platforma orqali o‘quvchilar o‘z yozish tezligi va aniqligini oshirishlari, shuningdek, mashqlarni bajarish orqali o‘z qobiliyatlarini rivojlantirishlari mumkin.

Video orqali o'quvchilarni platforma bilan dars davomida tanishtiring. Platformadagi 15 ta darsni o'quvchilar bajarib tugatsa. Klaviaturada tez va anq yozishadi.

https://youtu.be/44Yll_dvKrk