Informatika va AT
8.44K subscribers
1.16K photos
610 videos
600 files
1.55K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
Germaniyaga Ausbildung izlash yoki o'qishga topshirish vizasi bilan kelmoqchi bo'lganlar.

A) Hozirda 30 yoshga to'lmaganlar ushbu viza bilan kelishlari mumkin, 2024-yil mart oyidan boshlab esa 35 yoshga to'lmaganlar ham ushbu vizani olishlari mumkin bo'ladi.

B) Bu vizani olish uchun hozirda B2 kerak. 2024-yildan boshlab B1 yetadi.

C) Bu viza faqat 6 oyga berilar edi, endilikda esa 9 oyga berish rejalashtirildi. (Keyin ID karta beriladi 3 yillik)

👉 @Informatika
5👍2
Forwarded from Nursaidov | BLOG
Boykotning foydasini yo tushunmagan yo nafsiga qul yoxud or-nomussiz odam inkor qiladi.

@MubashshirAhmad


#boykot Yuqoridagi mahsulotlarni ichish, tanovul qilish va foydalanishni to'liq to'xtatganman.

@Nuruz
👍11🌚21❤‍🔥1👏1🆒1
Xuddi shu joy, 58 yil farqi bilan. Va bilasizmi, ikkinchisi ancha ko'proq imkoniyatlarga ega ...

👉 @Informatika
Siz yo'qligingizda, kompyuteringizda nimalar bajarilganini tekshiramiz
#juda_qiziq

Biror sabab bilan kompyuter oldidan uzoqlashdingiz va qaytib kelganingizda nimadir g'alati: monitor sal qiyshaygan, sichqoncha biroz surilgan yoki stol ustida qandaydir soch yoki ushoq paydo bo'lib qolgan. Bu degani, siz yo'qligingizda kimdur kompyuteringizdan foydalangan.

Bu holat ayniqsa ishxonalarda ko'p kuzatiladi, o'zim ham birovni kompyuteriga o'tirib biror ish qilib turaman(albatta kelganidan so'ng nima qilganimni aytib qo'yaman). Shunday ekan, sizning kompyuteringizdan foydalangan sirli shaxs nimalardan foydalanganini aniqlashga harakat qilamiz, ya'ni Sherlok Holms bo'lamiz, deduktiv metodni ishga solamiz :) .

1. Brauzer tarixini tekshiramiz, ya'ni qaysi saytlarga kirganini aniqlaymiz. Chrome brauzerida(adashmasam Mozilla Firefox'da ham), kirilgan saytlarni ko'rish uchun CTRL+H tugmasi bosiladi, qolgan brauzerlarda qanday qilib ko'rishni, internetdan muammosiz topib olishingiz mumkin.
2. Google orqali nimalar qidirganini tekshiramiz. Google qidiruv tarixini to'liq nazorat qiladi, sirli odam kichik vaqt ichida albatta sizning foydalanuvchi bilan biror narsa qidirgan bo'lishi mumkin, shuning uchun o'z foydalanuvchingiz tarixini ko'ramiz, buning uchun ushbu linkka kiramiz.
3. "Корзина" ichini tekshiramiz. Shoshma-shosharlik bilan, biror faylni oddiy Delete tugmasi bilan o'chirgan bo'lishi mumkin.
4. Biror faylni to'liq o'chirganini tekshiramiz. Shift+Delete tugmasi bilan biror faylni o'chirgan bo'lsa, recuva utilitasi orqali qayta tiklab ko'ramiz.
5. Biror faylni ochib ko'rganini tekshiramiz. "Быстрый доступ" degan papkada, oxirgi ochilgan fayllar bo'ladi. Bu papkani tez ochish uchun, Win+R→recent va Enter tugmasini bosamiz.
6. Internetdan biror fayl ko'chirilganini tekshiramiz. "Загрузки" papkasini tekshirish orqali, ko'chirib olgan faylni ko'rishimiz mumkin.

☝️Asosiy, muammosiz tekshirishingiz mumkin bo'lgan joylar shular, agar bu yerlardan hech qanday foyda olmasangiz, lekin nimadir qilganini aniq bilsangiz va oxirgacha bormoqchi bo'lsangiz, Windows jurnallarini birma-bir tekshirib chiqishingiz mumkin, buning uchun:
Win+R → eventvwr va Enter bosasiz va paydo bo'lgan oynadan birma-bir jurnallarni ko'rib, tahlil qilib chiqishingiz mumkin.
Akmal Xudoyberganov

💥Keyingi darslarda: Kompyuteringiz o'chib-yoqilmaganini tekshiramiz.

👉 @Informatika
Forwarded from Nursaidov.uz
Kids English.apk
29.2 MB
Farzandlaringiz uchun ingliz tilini o'rganishning qiziqarli va interaktiv usulini qidiryapsizmi? Bizning "KIDS LEARNING GAME" ilovamizni sinab ko'ring.

Ilovamizda bolalarning ingliz tilini ko‘nikmalarini oshirishga yordam beradigan qiziqarli mashg‘ulotlar va o‘yinlar mavjud.

Rangli grafika va interaktiv oʻyin bilan bizning ilovamiz ingliz tilini oʻrganishni barcha kichik yoshdagi bolalar uchun qiziqarli va kerakli tajribaga aylantiradi.

Xo'sh, nimani kutyabsiz? Kids Learning Game ilovamizni yuklab oling va farzandingizga ingliz tili o'yinini sovg‘a qiling.

@Nursaidovuz
​​Windows tizimi qachon o'rnatilgan va oxirgi martta kompyuter qachon yoqilganligini aniqlaymiz

Kompyuter qachon yoqilganligini bilish orqali, ko'p narsalarni aniqlash mumkin, masalan:

- Siz yo'qligingizda hech kim kompyuteringizni o'chirib yoqmadimi;
- dam olish uchun kompyuterdan uzoqlashganingizda, tok tezda o'chib qayta yonmadimi;
- ishhonangizda kompyuteringizni yoqib ketish odatingiz bo'lsa, kechasi bilan kompyuter "Перезагрузка" bo'lib ketmadimi;
- kompyuteringiz tez-tez o'zidan o'zi o'chib, yoqish odat chiqargan bo'lsa, har qancha daqiqada bu jarayon sodir bo'layotganini bilish uchun;
- katta hajmli faylni ko'chirish buyrug'ini berib, o'zingiz biror joyga ketganingizda, fayl ko'chish davomida uzilish bo'lmadimi;
- vahakazo;

Windows operatsion tizimi qachon o'rnatilganligini bilish orqali ham, har bir foydalanuvchi o'zi uchun biror narsani esga tushirish mumkin, misol uchun men, Windows o'rnatilgan sana orqali, kompyuterimni qachon sotib olganimni bilib olishim mumkin.

Demak, yuqoridagilarni aniqlaymiz:
1. Win + R -> cmd, orqali "Командная строка" oynasini ochamiz.
2. Qora ekranda, systeminfo deb yozamiz.
3. Windows tizimi qachon o'rnatilganini topish uchun, "Дата установки" qatorini topamiz.
4. Kompyuter oxirgi martta qachon yoqilganini bilish uchun, "Время загрузки системы" qatorini qaraymiz.

Yuqoridagi buyruq orqali, boshqa narsalarni ham bilish mumkin:
- Operatsion tizim versiyasi;
- kompyuter modeli;
- sistema nechi bitligini;
- protsessor haqida ma'lumot;
- vahakazo.

☝️Terminda, kompyuter qachon oxirgi martta yoqilganligi "uptime" deb ataladi, linux tizimi ishlatadiganlar, uptime buyrug'i orqali bu ma'lumotga ega bo'lishligi mumkin.
Systeminfo buyrug'i Windows 7 va Windows 10 tizimlarida tekshirib ko'rildi.
Akmal Xudoyberganov

@Informatika
Forwarded from Xizmatlar AI
Buni chatGPT tayyorlab berdi. Ingliz tilida barcha zamonlarni bitta rasmga jamlab berdi.

👉 @XizmatlarAI
👍1
Olingan Screenshot'ni, avtomat fayl ko'rinishida saqlash
#foydali

Screenshot - ayni vaqtdagi ekrandagi holatni rasm ko'rinishida nusxasini olish. Bu ishni klaviaturadagi Prtsc tugmasi orqali olish mumkin.
Ko'pchilik skrinshot olgandan so'ng, uni biror muharrir(Paint)ga tashlab, so'ng rasm ko'rinishida saqlar ekan, albatta bu ortiqcha ish.

Skrinshot olgandan so'ng, avtomat fayl ko'rinishida saqlab olish imkoniyati mavjud, buning uchun siz Win+Prtsc tugmalari bilan ekran holatini suratga olishingiz lozim. Ba'zi notebook'larda Fn+Win+Prtsc tugmalari ishlatiladi.
Shu holatda skrinshot olsangiz, olingan rasm avtomat kompyuterga saqlanadi. Olingan skrinshotlar odatda quyidagi manzilda saqlanadi:
C:\Пользователи\foydalanuvchi_nomi\Изображения\Снимки экрана
So'ng, kerak bo'lsa, shu manzil orqali kerakli skrinshotni olib, tahrirlashingiz mumkin.

☝️Windows 10 tizimida tekshirildi, fikrimcha eski tizimlarda ishlamaydi.

👉 @informatika
O'zbekistondan barcha chiqib ketishda davom etmoqda.

Biz Germaniya kelish osonlashgani, Ausbulding orqali 1-oydan daromadga kirishi, faqat ozroq nemis tilini o'rganish kerakligini aytgandik. Foydalanuvchilar bizga murojaat qilishib, nemis tilini o'rganishni boshlaganini aytishdi.

Yuqoridagi video-da O'zbekistonda dekan lavozimida ishlagan, bakalavr, magistr va hattoki Doktoranturagacha tugatib, afsuski ish topa olmagani, oylik va boshqa muammolar uchun, Germaniya va boshqa davlatlarga chiqib ketayotganlardan ozgina misol keltirilgan

🫡 @Informatika
👍1
#Хайрия #Улашинг

Суратни кўриб тезда ўтказвордим.
Қўрқдим.
Кейин ушбу шахсни профилига кириб ҳамма постларини кузатиб чиқдим.
Бирорта постида ёрдам сўрамаган, аҳволидан шикоят қилмаган. Аксинча, 16 ёшли ушбу ногирон қизини "Маликам" деб кўкка кўтарган.
Олийжаноб ота ва бахтиёр қизалоқ учун ўзимни кичик хадямни ўтказдим.
Сизни ҳам шунга тарғиб қиламан...
Собиржон Ахмедов 1967 й
+998912042937
Қўқон ш.
Sabir Axmedov
Humo: 9860260109737957
Viza card: 4073420086368762
SABIR AKHMEDOV

Atametov Abduvohid