Informatika va AT
8.73K subscribers
1.09K photos
598 videos
603 files
1.51K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
Forwarded from Dilmurad
Korea universitetida ChatGPTdan foydalanishar ekan
Forwarded from Informatika va AT
ChatGPT`dan ro'yhatdan o'tish bo'yicha ko'pchilik so'rashyapti.

Sizga ChatGPT kerak bo'lsa @xizmatlar_ai profiliga murojaat qiling.

Xizmat narxi atigi 50 ming so'm.(insof sari baraka)

Bunda visa karta orqali chet el nomeri sotib olinib, sizga ro'yhatdan o'tib beriladi.

ChatGPT juda ko'p imkoniyatlarni bermoqda. Masalan talabalar uchun mustaqil ishi, kurs ishi va diplom ishlarini yozib bermoqda. Imtihonlarda beriladigan savollarga to'liq javob bermoqda. Xullas barcha soha vakillariga yordamchi vazifasini bajarmoqda.

➡️ Murojaat uchun: @xizmatlar_ai

Reklama
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Parazit.

Har gal ChatGPT haqida yozganimda "Nega ChatGPT bizda ishlamaydi?" deb soʻrashadi.

Menda esa sizga qarshi savol bor, "Qachon oxirgi marta internetda biror xizmat uchun pul toʻladingiz?"

Bizdagi aksar odamlar internet va undagi xizmatlarni tabiiy va bepul deb qabul qilib oʻrganib qolgan. Internet rivojiga hissa qoʻshish uyoqda tursin, boshqalar qilgan ishini ham qadrlamaymiz.

Internetga qoʻyildimi, bepul boʻlishi kerak deb oʻylaymiz. Pullik dasturlarni suv tekin boʻlsa ham buzamiz. Pullik xizmatlarni koʻrsak jahlimiz chiqadi. Kino va seriallarni faqat torrentdan olamiz (qanaqa netflix?). Bu xizmatlarni yaratish, ularni doimiy ishlatib turish uchun pul va resurs talab qilinishini hayolimizga ham keltirmaymiz.

Kamiga, hukumatimiz ham absurd talablar qoʻyishdan charchamaydi. Masalan, Youtube (aniqrogʻi Google) Oʻzbekistonga xizmat koʻrsatmaydi. Monetizasiya yoqmaydi, reklama qabul qilmaydi. Sababi bizning hukumatimiz Googledan serverlarini Oʻzbekistonga koʻchirishni talab qilgan, tabiiyki Google oson yoʻldan yurgan va Oʻzbekistonni kartasidan oʻchirib qoʻygan. Buning orqasidan esa davlat va bloglerlar millionlab zarar koʻrishi esa hayolimizga ham kelmaydi.

Xullas, internet uchun biz gʻirt parazitmiz: bepul resurslardan foydalanamiz, pulligini koʻrsak burnimizni jiyiramiz. Onlayn qimorda $1000 yutqazsak-yutqazamiz, lekin Microsoft Officedan foydalanish uchun 10$ toʻlashga kelganda ziqnaligimiz tutadi. Malikadan 1000$ ga kompyuter olamiz, Windows esa oʻgʻrilangan boʻladi.

Yana uyalmasdan, "Nega ChatGPT Oʻzbekistonda yoʻq?" deymiz. San ziqnada Youtube ishlab turganiga rahmat degin.

© Anvar Narzulloh
Forwarded from Informatika va AT
@xizmatlarAI kanalini ochishibdi. Sun'iy intellektga aloqador vazifalarni arzon va sifatli narxlarda bajarib berishar ekan.

t.me/xizmatlarAI
🧭 Telefondan foydalanganda bo'yinga tushadigan og'irlik

👉 @informatika
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Qaysi operatson tizimni ishlatsam bo'ladi? degan savolga javob)
#kulgu_ichida_haqiqat

Rasmdan ko'rinib turibdiki, sizda 3 ta variant bor:
MacOs - Apple kompaniyasi mahsuloti va juda qimmat.
Linux - Bepul, lekin o'rganish va ishlash uchun biroz bilim kerak, lekin pullik distributivlari ham bor.
Windows - siz bilgan va qotib-qotib ishlashiga ko'nikib qolgan, o'zi pullik, lekin ko'pchilik bepul ishlatadigan Microsoft mahsuloti.

👉 @informatika
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Nursaidov.uz
Kids English.apk
29.2 MB
Farzandlaringiz uchun ingliz tilini o'rganishning qiziqarli va interaktiv usulini qidiryapsizmi? Bizning "KIDS LEARNING GAME" ilovamizni sinab ko'ring.

Ilovamizda bolalarning ingliz tilini ko‘nikmalarini oshirishga yordam beradigan qiziqarli mashg‘ulotlar va o‘yinlar mavjud.

Rangli grafika va interaktiv oʻyin bilan bizning ilovamiz ingliz tilini oʻrganishni barcha kichik yoshdagi bolalar uchun qiziqarli va kerakli tajribaga aylantiradi.

Xo'sh, nimani kutyabsiz? Kids Learning Game ilovamizni yuklab oling va farzandingizga ingliz tili o'yinini sovg‘a qiling.

@Nursaidovuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kecha OpenAI kompaniyasi GPT-4 ni e'lon qildi. GPT — bu katta ma'lumotlar to'plami yordamida "shug'ullantirilgan" sun'iy intellekt til modeli. GPT-4 avvalgi versiyaga solishtirganda anchagina ko'p ma'lumotlar yordamida kuchaytirilgan. Tez orada ushbu modelni ChatGPT ilovasi orqali ishlatib ko'rish mumkin bo'ladi.

Xuddi shu kuni Google ham sun'iy intellektni o'z produktlariga kengroq integratsiya qilishi haqida xabar berdi. Bu birinchi bo'lib Workspace mahsulotlaridan boshlanadi (Gmail, Docs, Sheets, Chat, ...).

Bu nima degani? Aytaylik, siz qandaydir matn yaratmoqchisiz. Tahminan nima haqidaligini bilasizu, lekin aniq qanday yozishni bilmayapsiz. Shu hayolingizdagi 1-2 ta gapni yozsangiz, sun'iy intellekt modeli siz uchun to'liq matn yaratib beradi. Yuqoridagi videoda shuni ko'rishingiz mumkin.

Bora-bora hech narsani o'zimiz yozmay qo'yamiz shekilli :)
© Muhammadjon's

👉 @informatika
💻 Smartfoningizni kompyuter orqali zaryadlash mumkinmi va xavfsizmi?
#maslahat

Bu savolga Ha deb javob berish mumkin, lekin ba'zi bilib olishimiz kerak bo'lgan jihatlar bor.

🔸USB port smartfonlar yaratilishidan oldin kompyuterlarda paydo bo'lgan va u tashqi qurilmalar(fleshka, printer, skaner) ishlashi uchun minimal quvvat bera oladi.

🔸Kompyuter oldi qismidagi USB port platadan sim orqali keladi va bu qurilmaga tok berishda tokni susayishiga olib keladi, kompyuter simlari zaryadlash uchun mo’ljallanmagan.

🔸USB 2.0 port 500 mAs, USB 3.0 esa 900 mAs tok kuchi bera oladi.

🔸Kompyuter USB porti zaryadlashdan tashqari ma'lumot tashish hususiyatiga ham ega.

Yuqorida yozib o'tilgan jihatlar smartfonga qanday ta'sir qilinishini keltiraman:

🔹USB port maksimal 900 mAs'gacha(agar USB 3.0 bo'lsa) tok bera oladi, bundan kelib chiqadiki quvvat berish qobiliyati kam. Demak smartfonni zaryadlash ancha sekin amalga oshiriladi. Smartfonlarni o'zining zaryad qurilmasi 1.5, 2 Ampergacha tok kuchi beradi, shu sababli ularda zaryadlash tezroq amalga oshiriladi, agar smartfoningizni zaryadlash lozim bo'lsa, faqat USB 3.0 portidan foydalaning.

🔹Agar siz USB 2.0 portga ulab, qandaydir o'yin o'ynasangiz zaryad olish o'rniga zaryadingiz ketayotganini ko'rasiz.

🔹Iloji boricha, kompyuteringizni orqa qismidagi(plataning o'zini) USB portiga ulang, chunki bu port to'g'ridan-to'g'ri tokka ulangan.

🔹Smartfoningizni kompyuterga ulaganda faqat zaryadlash funksiyasini yoqing, fayllar almashishni o'chirib qo'ying, kompyuterdan virus o'tish xavfi bor.

🔹Yana bir narsa, sekin zaryad olish smartfon batareyasini sekin astalik bilan zaryad yig’ish qobiliyatini susaytiradi.

☝️Xulosa shuki, agar tanlov bo’lsa, smartfoningizni albatta rozetkadagi tokdan zaryad oldiring, USB orqali esa faqat chora qolmaganda, zaruriyat yuzasidan zaryadlang, zaryadlashda smartfonning zavoddan chiqarilgan zaryad qilish qurilmasidan foydalaning. Youtube’da zaryadlash paytida portalab ketgan holatlar aks etgan videolar bor, bunda ham smartfon ham kompyuteringizdan ajralib qolmang.
Akmal Xudoyberganov

👉 @informatika
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚙️ Eskiroq Notebook'larga SSD diskni ulash usullari

SSD
disklar o'zining tuzilishi va tezligining kattaligi hisobiga oddiy HDD disklardan ancha afzal hisoblanadi. Shu sababli, yangi notebook olishda, pulingiz bo'lsa, SSD disk qo'shib olishni unutmang.

Demak, eskiroq notebook'larda SSD disk uchun alohida port yoki alohida joy bo'lmaydi, lekin notebook ishlashini tezlashtirish lozim. Bunday holatda, SSD disk(SATA portli, M2 portli emas) sotib olasiz va quyidagi usullar orqali, SSD diskni notebook'ka ulashingiz mumkin.

1. Notebook'da mavjud HDD diskni olib tashlaysiz va uning o'rniga SATA SSD diskni ulab ishlatasiz. Bu eng oddiy va qo'shimcha ishlarsiz amalga oshiriladigan usul.

2. Sizga ham o'zining HDD diski va yangi olgan SSD disk kerak bo'lsa, eski HDD diskni olib, o'rniga SSD diskni ulaysiz, HDD disk uchun alohida maxsus quti sotib olasiz. HDD diskni, qutiga joylashtirasiz, qutini esa USB port orqali notebook'ka ulashingiz mumkin. SSD, SATA port orqali ishlaydi, HDD esa USB port orqali.

3. Eski notebook'larda DVD-ROM qurilmasi bo'ladi. Hozirda bu qurilma unchalik ishlatilmaydi, shu qurilma o'rniga SSD diskni ulash mumkin. Buning uchun, SSD disk uchun kronshteyn deb ataluvchi quti olasiz.
Notebook ichini ochasiz, DVD-ROM qurilmani olib tashlaysiz va SSD kronshteynga SSD diskni qotirasiz va kronshteyn DVD qurilmasi o'rniga shundayligicha tushadi. Bu holatda, HDD va SSD disklaringiz notebook ichida joylashadi, lekin DVD qurilmadan voz kechasiz.

👉 @informatika
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚙️ Qanday kompyuterga, qanday ta'minot bloki (блок питания) kerak?

Kompyuteringizni kuchaytirish uchun nimalarni almashtirish lozim? degan savolga, ko'pchilikning fikri bir joydan chiqadi: protsessor, tezkor xotira, SSD disk.

Ha, bu javoblar to'g'ri, lekin bularni ishlashiga zamin yaratib beradigan, tok bilan ta'minlab turadigan ta'minot bloki har doim esdan chiqadi.
Ta'minot bloki, kompyuteringizni tez ishlatmaydi, lekin yetarlicha tok berilmasa kompyuter qurilmalari yoki sekin ishlaydi yoki umuman ishlamaydi.

Misol uchun, qattiq disk(HDD)da joy qolmadi, siz yana bitta HDD olib kelib o'rnatasiz va joyingiz kengayadi, lekin shu ikkinchi HDD'ga sizning ta'minot blokingiz yetarlicha tok beraoladimi? shuni hisobga olmaysiz.

Yangi kompyuter sotib olayotganda, uning tashkil etuvchilari(CPU, HDD, RAM) qanday bo'lishini shartta-shartta aytasiz, lekin blok pitaniyaga kelganda, sotuvchiga "a o'ziz tanlab beravering" deysiz.

Demak, siz tanlagan kompyuterga qanday ta'minot bloki kerakligini aniqlaymiz.
1. Power Supply Calculate saytiga kiramiz.
2. Basic bo'limini tanlaymiz.
3. Kompyuteringiz nimalardan tashkil topganini kiritib chiqamiz va Calculate tugmasini bosamiz.
4. Sizga tanlagan kompyuterga tavsiya etilgan ta'minot bloki quvvati chiqadi, misol uchun 450W. Shu raqam asosida ta'minot bloki sotib olasiz.

Sayt inglizcha bo'lgani uchun, ba'zi atamalarni yozib o'taman:
Motherboard - plata, agar oddiy kompyuter bo'lsa Desktop tanlaysiz.
CPU - protsessor, yadroni ahamiyati yo'q, odatda kompyuterlarda 1 ta protsessor bo'ladi.
Memory - tezkor xotira, soni va hajmini tanlaysiz.
Video Cards - video karta.
Storage - qattiq disk, ya'ni HDD

👉 @informatika
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​Microsoft Word matn muharririda kerakli so'zlarni bir qatorga yozish
#lifehack

Hozirgi paytda Word dasturi bilan ko'pchilik ishlaydi, rasmiy xujjatlardan tortib, dissertatsiyalar, diplomlar hattoki oddiy ta'tilga chiqish uchun yoziladigan arizalar ham shu dastur orqali yozilmoqda, shu sababli bu dasturdan to'g'ri foydalanish bo'yicha ham postlar yozib turaman.

Ko'pchilik, xat yoki biror xujjat yozayotganda, bir qatorda yozilishi kerak bo'lgan so'zlarni, ikki qator qilib yozib yuboradi, chunki qator oxiriga kelganda, Word probeldan keyin keladigan so'zni keyingi qatorga o'tkazadi, bizga esa, birinchi qator oxiridagi so'z va keyingi qatordagi birinchi so'z bir qatorda yozilishi kerak.
Misol uchun, familiya ism yozayotganda yoki biror ajratilib yozilishi xunuk ko'rinadigan so'zlarda (va hakazo).

Kimgadur bu imkoniyat oddiy tuyulishi mumkin, lekin ko'pchilik shu imkoniyatdan foydalanmaydi va xujjatlarni savodsiz ko'rinishda yozadi.

Yuqoridagi holat bo'lmasligi uchun, kerakli so'zdan so'ng, probel emas, balki CTRL+Shift+probel tugmalari bosish kifoyda qiladi.
Shunda, bu tugmalar bosilishidan oldingi kelgan so'z va keyin keladigan so'z, keyingi qatorga o'tib, bir qatorda yoziladi(agar tushunarsiz bo'lsa, ilovadagi rasmga qarang).

☝️Kompyuterni o'rganishni Word dasturidan boshlang, zero hozirda istalgan ishga kirishda bu dasturni bilish muhim!

👉 @informatika
​​Kimga qanday monitor kerak?
#monitor #instruction

Xarakteristikalarini to'liq yozib o'tirmagan holda(boshilarni oritmaslik uchun), do'konga borib tayyor aytiladigan holda, soha bo'yicha qanday monitor olish kerakligi haqida maslahat berib o'tmoqdaman. Xarakteristikalarini to'liq alohida post qilib yozish niyat bor.

Uyda ishlash va o'ynash uchun monitor xarakteristikasi:
📌 Matritsa: IPS.
📌 O'lchami(diagonal): eng optimal variant  27 dyum.
📌 Razresheniya: WQHD 2560x1440, mablag' kamroq bo'lsa, FullHD 1920x1080.
📌 Ekran o'zgarish chastotasi: 75Hz.
📌 "Время отклика": 3 yoki 5 ms.
📌 Tomonlar o'lchami: 16:9.

Office ishlari uchun:
📌 Matritsa: TN.
📌 O'lchami(diagonal): 24 dyum va undan past.
📌 Razresheniya: FullHD 1920x1080  bundan kattalarni olsangiz ham farqini unchalik sezmaysiz, agar monitor 24 dyum va undan kichik bo'lsa.
📌 Ekran o'zgarish chastotasi: 60 Hz.
📌 "Время отклика": 5 ms.
📌 Tomonlar o'lchami: 16:9.

Professional o'yinchilar uchun(geymerlar)
📌 Matritsa: VA.
📌 O'lchami(diagonal): 27 dyumdan baland.
📌 Razresheniya: WQHD 2560x1440, cho'ntak ko'tarsa 4K 3840x2160.
📌 Ekran o'zgarish chastotasi: 144 Hz.
📌 "Время отклика": 1,2 ms.
📌 Tomonlar o'lchami: 16:9.

Professional video, audio, tasvir montajchilari uchun:
📌 Matritsa: IPS.
📌 O'lchami(diagonal): 27 dyumdan baland(32 dyum optimal).
📌 Razresheniya: WQHD 2560x1440, agar cho'ntak ko'tarsa 4K 3840x2160 (video karta ham qo'llab quvvatlash kerak)
📌 Ekran o'zgarish chastotasi: 120 Hz.
📌 "Время отклика": 3 ms.
📌 Tomonlar o'lchami: 16:9, ulta kenglik bo'lsa 21:9.

Bu tayyor qo'llanma, asosiysi mablag'ingizga bog'liq, lekin bitta olingan monitor ancha xizmat qiladi.

👉 @informatika
Forwarded from Temurbek Adhamov
«Cambridge LC» va «Najot Ta'lim» markazlari 2 mlrd 500 mln so'mli grant e'lon qiladi!

Najot Ta'lim va Cambridge LC o'zaro hamkorlikda kam ta'minlangan, boquvchisini yo'qotgan yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularni mustaqil hayotga qadam qo'yishida ko'maklashish maqsadida «Kelajak yoshlari» nomli ta'lim grantini davom ettiradi.

🤩 Ramazon oyida boshlanib, keyingi Ramazon oyining oxirigacha davom etuvchi ushbu grantga bu yilgi qabul boshlanganini e'lon qilamiz.

Ushbu grantda 2 mlrd 500 mln so'mli ta'lim granti orqali 100 nafar yigit-qizga ingliz tili hamda dasturlash, grafik dizayn yo'nalishlarida 1 yil davomida bepul ta'lim berish reja qilingan.

📌 «Kelajak yoshlari» grantida respublikamizning istalgan hududida istiqomat qiluvchi 15 yoshdan 23 yoshgacha bo'lgan yoshlar ishtirok etish huquqiga ega.

Talabgorlar motivatsion xat va suhbat orqali «Najot Ta'lim» va «Cambridge LC» markazlari tomonidan saralab olinadi.

«Najot Ta'lim» va «Cambridge LC» jamoalari ushbu xayrli ishni hech qanday moddiy manfaat ko'zlamagan holda, o'z qadriyatlaridan kelib chiqib, millat va vatan oldidagi burchi o'laroq amalga oshirmoqda!

🔖 «Kelajak yoshlari» grantiga ro'yxatdan o'tish

Eslatma: Ushbu grant uchun ro'yxatdan o'tish e'lon berilgan vaqtdan boshlab 3-aprel, soat 23:59 gacha davom etadi. Saralash va natijalarni e'lon qilish Ramazon oyining oxirigacha amalga oshiriladi.

P. S. Grant o'z egalariga yetib borishi uchun xabarni haqdor insonlarga yetkazing.

📞 78-888-9-888
O'zbek tilida ilovalar kerakmi? Foydali mobil ilovalar haqida ma'lumotlarchi? Katta loyihalarga qiziqasizmi? Sayohatlargachi? Unda marhamat

t.me/nursaidovuz