Informatika va AT
8.73K subscribers
1.09K photos
598 videos
603 files
1.51K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
Windows 8-10-11 da ishchi stol ya'ni ekranni 2 va unda ortiq bo'lakka bo'lish va bir vaqtda ishlash

👉 Video:
https://youtu.be/_ZWx1nbTyD0

Ba'zida ikkita word fayli bilan ishlash to'g'ri kelib qoladi. Bu video siz uchun!
Windows 10 operatsion tizimidagi antivirusni o'chirishni o'rganamiz!

Ko'pincha qaysidir antivirusni o'rnatishda, windowsni aktivatsiya qilishda, ba'zi dasturlarni o'rnatishda windows 10 operatsion tizimidagi antivirusni o'chirib qo'yish talab qilinadi. Tezkor o'rganing!

👉 Video: https://youtu.be/072GMlv0NBw
Kompyuterda simvollarni topish va ishlatishni o'rganing!

© - ushbu va shunga o'xshash belgilarni ko'pchilik qayerdan olish va ishlatishda muammolarga duch keladi. Ushbu videoda oddiy usuldan foydalanib 10 000 dan ortiq simvollardan foydalaning!

👉 Video: https://youtu.be/AhGczgcf9OM
Word, excel va power pointda ma'lumotlarni avtomatik saqlashni o'rganamiz!

👉 Video:
https://youtu.be/mF2OCiflbx0

#word #excel #powerpoint #autosave #hack

Ko'pincha, agar dastur tasodifan yopilsa, ma'lumotlarning bir qismi saqlanmaydi.
Buning oldini olish uchun dasturga hujjatni har daqiqada avtomatik ravishda saqlashga ruxsat bering.
Kompyuterdagi keraksiz fayllarni o'chirib tashlashni o'rganamiz. Barchaga zarur!

👉 Video:
https://youtu.be/rjTsu8UHqoQ

Kompyuterimdagi keraksiz fayllarni o'chirib tashlasam bo'ladimi degan savollar uchrab turadi. Keraksiz fayllarni kompyuteringizdan o'chirish mutlaqo xavfsizdir. Fayllarni o'chirish va keyin kompyuterdan normal foydalanish osonlashadi.
Bizni savodsizga chiqarganlarning ajdodlari oyog'iga latta bog'lab yurganda, bizning ota-bobolarimiz yulduz sanagan.

Islom Karimov
-----------
Bizni savodsizlarga chiqarganlarning avlodlari Marsga raketa uchirayotgan bir paytda, bizning amaldorlarimiz latta va tukga osilib olishgan...


© Nursaidov
Qaynoq statistika! Dasturchilar qancha maosh oladi?

🧑‍💻 Stack Overflow - ko'plab dasturchilarga tanish bo'lgan veb-sayt, 2021-yil may oyiga ko'ra 80 mingdan ortiq dasturchilar o'rtasida so'rovnoma o'tkazdi. Ularning 46 mingdan ortig'i esa oyiga qancha "soqqa" olinishini ma'lum qilgan:
🤑 Dasturlash olamida eng yuqori maosh oladigan dasturchilarning turi bu - muhandislik menejeri ekan. Ular oyiga "atigi" $95,976 olishadi!
🚗 Taqqoslash uchun: Chevrolet Trailblazer LTZ narxi $42,000
💻 Shuningdek, O'zbekiston'da quyidagi yo'nalishdagi dasturchilar ko'paymoqda va ularning oyligi yuqoridagi so'rovnomaga ko'ra:
• Back-end dasturchi: $56,723
• Full-stack dasturchi: $56,038
• O'yin dasturlovchilari: $54,480
• Front-end dasturchi: $49,725
• Mobil dasturchi: $41,597

👉 @informatika
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekistonlik yosh ixtirochilar o'zbek tilida so'zlashuvchi robot ixtiro qilishibdi.

👉 @informatika
IT Park mukofot jamgʻarmasi $100 000ni tashkil qiluvchi “mGovAward” respublika tanlovining ikkinchi toʻlqiniga roʻyxatdan oʻtish boshlanganligini eʼlon qildi.

Taʼkidlanishicha, tanlov ishtirokchilari 8 ta yoʻnalishdan biri boʻyicha mobil ilovani ishlab chiqishi kerak. Bular:

taʼlim;

sogʻliqni saqlash;

turizm;

transport va logistika;

tadbirkorlik;

ekologiya va toza energiya;

moliya va soliqlar;

qonunchilik.

Mazkur tanlovning ishtirokchisi boʻlish istagidagilar esa quyidagi talabni bajarishlari lozim:

3 yoki undan ortiq kishilik jamoani toʻplash;

http://mgovaward.uz platformasida roʻyxatdan oʻtish;

yoʻnalishni tanlash;

ilova haqida video taqdim etish (3 daqiqadan koʻp boʻlmagan);

ilovani fayl sifatida taqdim etish.

Arizalar 2022-yilning 28-fevraliga qadar qabul qilinadi.

👉 @informatika
Forwarded from Фан ва таълим инновациялари (Sanjar Mirzaliev)
“Xizmat ko‘rsatish sohasiga oid startap loyihalar” tanlovi e'lon qilindi.

Startap loyihalarni qabul qilishda quyiladigan shartlar:
Arizalar 2022 yil 27 yanvargacha qabul qilinadi;
1 ta ishtirokchi 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi;
Startap loyihalar asosida maket va/yoki prototip, dasturiy mahsulot, xizmatlar va ijtimoiy mahsulotlar yaratishning yeng ko‘p muddati 1 yildan oshmasligi lozim.

Batafsil:
https://mininnovation.uz/contest/startaps-30
NASA 30 yil kutilgan teleskopni fazoga uchirmoqda (onlayn video)

30 yillik rejalashtirish va mehnatlardan so‘ng, nihoyat, NASA keyingi avlod teleskopini fazoga olib chiqmoqda. Raketaning uchirilishi (Janubiy Amerika, Fransiya Gvianasi) bugun, 25-dekabr, Toshkent vaqti bilan soat 17:20 ga belgilangan.

10 mlrd. dollarlik  «Jeyms Uebb» teleskopi 30 yildan beri insoniyatga xizmat qilib kelayotgan «Habbl» teleskopi o‘rnini egallaydi.

Teleskop 26 daqiqada fazoga yetib borishi rejalashtirilgan.

👉 @informatika
Forwarded from Sanjar Suvonov | Mobiler Academy (Sanjar Suvonov)
🚀 Onlayn Frontend Development kurslariga qabul boshlandi

🗓 Frontend Development: 5 oy

📅 Juft kunlari: Seshanba, payshanba, shanba kunlari 20:00 da

👤 Mentor: Dilshodbek Mirsoatov (Senior Frontend Developer 5 yildan ortiq tajriba)

💻 Format: Zoom

O’tiladigan texnologiyalar:

⚫️ HTML, CSS, SASS
⚫️ Bootstrap
⚫️ JavaScript, DOM
⚫️ React js base
⚫️ React js Advance
⚫️ React js ecosystem

Shu bilan birgalikda kam ta’minlangan yoki boquvchisini yo’qotgan insonlar uchun bu kurslar tekin bo’ladi.

Batafsil ma’lumot olish uchun:

☎️ Tel: +998 33 369-83-93
🧑🏻‍💻 Admin: @Mobiler_admin

👇🏻Do'stlaringizni ham taklif qiling👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook
Xitoyda sun’iy intellekt yordamida raqamli prokuror yaratildi deb xabar bermoqda sayt.uz

Xitoylik olimlar sun’iy intellekt yordamida 97 foiz aniqlik bilan ishlaydigan raqamli prokurorni yaratdi. Yangi texnologiya allaqachon Shanxaydagi Pudong tumani xalq prokuraturasida sinovdan o‘tkazilgan.

Olimlar ixtirosi prokurorlar zimmasiga tushadigan kundalik yukni kamaytirib, yanada murakkab ishlarga e’tibor qaratish imkonini beradi deya ishonishmoqda. Ularning fikricha, qurilma qaror qabul qilish jarayonida ma’lum darajada prokurorlarni o‘rnini bosa oladi. Sun’iy intellekt 2015-yildan 2020-yilgacha ko‘rib chiqilgan 17 mingdan ortiq ish asosida o‘qitilgan.

Raqamli prokurorning ayblov xulosasi ish tavsifini tahlil qilish paytida uning tizimi tan oladigan minglab xususiyatlarga asoslanadi. Kelajakda raqamli prokuror kam miqdorda kuzatilgan jinoyatlar uchun ham ayblovlar chiqarishi mumkin bo‘ladi.

👉 @informatika
Aksariyat odamlar qanday kitoblar oʻqishim oʻrniga, qanday moshinalarda yurishinga qiziqishadi

👉 @informatika