Informatika va AT
9.07K subscribers
1.06K photos
586 videos
603 files
1.49K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
F1 dan F12 gacha tugmalar nima uchun kerak?

Kompyuter klaviaturasidagi bu tugmalar dastur turiga qarab o'zgarishi mumkin, lekin asosan bir turdagi vazifalarni bajaradi:

F1 - Windows yoki biror dasturda ma'lumotnoma chiqarib beradi.
F2 - Ish stoli yoki "Проводник"da fayl yoki papka nomini o'zgartirish.
F3 - Ish stoli yoki ko'p dasturlarda qidirish oynasini ochadi.
F4 - ALT+F4 kombaniatsiyasi aktiv oynani yopadi.
F5 - aktiv oynani yangilash(обновление)
F6 - brauzerlarda adres qatorini aktivlashtirish
F7 - Microsoft Office dasturlarida matnning to'g'ri yozilganligiga tekshirish(o'zbek tilida ishlamaydi).
F8 - Operatsion tizim yuklanayotganda, yuklanish rejimini tanlash(safe mode, oddiy yuklash).
F9 - Word dasturini xujjatni qayta yangilash(обновление).
F10 - Ochilgan dastur menyusini aktivlashtirish.
F11 - ko'p brauzerlarda to'liq ekran rejimiga o'tish va undan qaytish.
F12 - Office dasturlarida xujjatni saqlash oynasini ochish.

Bonus: 
SHIFT + F10 - sichqonchani o'ng tugmai rolini bajaradi.

☝️Nima sababdan klaviatura knopkalari haqida ko'p yozmoqdaman? Sababi klaviatura bilan ishlashni yaxshilab o'rganing, bu ishingizni ancha tezlashtiradi.

Muallif: ©Akmal Xudayberganov

👉
@informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#VIDEO #TOZALASH

Ushbu video orqali Windows 10 Operatsion tizimini optimizatsiya qilish va ishlash tezligini oshirish, C diskni tozalash, xatoliklar va musor fayllarni o'chirish bo'yicha tavsiyalar beriladi

Muallif
: Rasul Atamuratov

👉🏻 @informatika
easy Quizy Test.rar
7.6 MB
#dastur #test #exe

Windows operatsion tizimlari uchun test tuzuvchi Easy Quizzy dasturi.

Bu dasturning qulayligi o‘zbek tilida ekanligidir. Bu dastur orqali, Maktab, Kollej, Universitet talabalari uchun oraliq nazorat testlarini shu dastur orqali tayyorlab taqdim etishlari mumkin bo‘ladi. Abituriyentlar esa tayyorlanayotgan fanlari bo‘yicha har bir mavzu bo‘yicha testlar kiritib bilimlarini yanada mustahkamlasa bo‘ladi. Bu dasturning qulayliklari ancha. Masalan: Testga vaqtni joylashtirish. Testlarni har xil ko‘rinishda hosil qilish va h.k.

Dasturni videodarslar orqali o'rganing 👇

1-dars, 2-dars, 3-dars, 4-dars, 5-dars.

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bonus #excel #video_dars

Microsoft Excel dasturida krossword yaratish

Dars
davomiyligi: 10 daqiqa

Muallif: Rasul Atamuratov

👉🏻 @informatika
Facebook, Instagram va WhatsApp ishlamay qoldi. Ayni vaqtda kompaniya katta zarar ko'rmoqda.

Yaqinlaringizni
@informatika kanalimizga taklif qilish vaqti kelgan ko'rinadi.

Update: Ishlab boshladi...

👉
@informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nᴜrsaidov ㅤ)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Word #almashtirish #matn

Odatda, biz biron-bir hujjatdagi biron bir matnni tanlasak va klaviaturadan biror narsani yozishni boshlasak, tanlangan matn o'chiriladi va uning o'rniga yangisi kiritiladi. Bu biz tez-tez ishlatadigan dasturning odatiy harakati hisoblanadi.

Agar to'satdan tanlangan matn yangisi bilan almashtirilmasa, sozlamalarni tekshiring. Ushbu harakatlarni videodars orqali o'rganing

👉
@informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nᴜrsaidov ㅤ)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Windows_10 #video_dars #suragan_edingiz

Windows 10 da avtomatik yangilanish rejimini o'chirib qo'yishni o'rganamiz.

Muallif: Muzaffarov Adhambek

👉🏻 @informatika
#DOLZARB #FIKR

TIL O‘RGANISH KERAK(MI?)

Talabga taklif sifatida uch oyda til o‘rgatamiz deyayotgan o‘quv markazlari ishlayapti, maktablarda chet tillar o‘qitilyapti. Shu yerda o‘zi chet tilini o‘rganish kerakmi degan savol tug‘iladi. Albatta, kerak. Ammo faqat bu bilan kifoyalanish aslo mumkin emas. Tez orada (agar hozir bo‘lmasa) chet tilini biladigan odamlar ko‘payib ketadi va bu fazilat hech kimni ajablantirmay qo‘yadi (ayniqsa ish beruvchini).

Shuning uchun chet tili bilan parallel ravishda hozir va kelgusida dolzarb bo‘ladigan sohalarni o‘rganish kerak. Bular masalan:

- #dasturlash (hozirda juda talabgir)
- #grafik_dizayn (bu sohani hali beri sun’iy intellekt sizdan tortib ololmaydi)
- #big_data_analysis (katta ko‘lamdagi ma’lumotlar bilan ishlash)
- #internet_marketing (kelgusida kontent to‘liq onlaynga o‘tishini hisobga olsak bu sohaga talab kuchayadi)
- #tarjimonlik (tarjima dasturlari hali mukammal emas, inson aralashuvi baribir kerak)

Hozircha shular. Kommentda boshqa fikrlar bo‘lsa qo‘shinglar.

Mavlon Marasulov

🧲 Quyidagi rasmda 2025-yilga kelib qaysi kasblarga talab oshishi to'liq ko'rsatilgan.

👉 @informatika
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#PAROL_BUZISH #VIDEODARS

Foydalanuvchilar orasida kompyuterining paroli esidan chiqib qolishi yoki yaqinlari tomonidan o'zgartirish kiritish orqali kompyuterda ishlashda muammo bo'lishi mumkin. Ushbu muammoni bartaraf etish uchun ushbu videodars orqali kompyuteringizni parolini buzib kirish ko'rsatib o'tilgan.

Muallif: O'lmasbek Husenov

Dasturni yuklash

👉 @informatika
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Word #kerakli #video_dars

Word dasturida matn kiritganda yoki sichqonchani varoqning istalgan qismiga 2 marta chertib, ma'lumot kiritish mumkin.

Lekin bu ba'zi muammolarni keltirib chiqaradi. Ushbu funksiya sizga kerak bo'lmasa videoni ko'rib o'chirib qo'yishni o'rganing.


👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nᴜrsaidov ㅤ)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kompyutеrlаr bilаn ishlаsh jаrаyonidа insоn o‘z sоg‘lig‘ini sаqlаb qоlish vа hаr dоim tеtik yurishi uchun to‘qqiztа аsоsiy qоidаlаr ishlаb chiqilgаn:

1. Fоkus mаsоfаni yarаting (nigоhni uzоq mаsоfаlаrgа ko‘chirish imkоniyati).
2. Kompyutеr ekrаnigа shu’lа yoki nurlаrning tushmаsligini tа’minlаng.
3. Xоnаni to‘g‘ri yoritishgа hаrаkаt qiling.
4. Kompyutеrga nisbаtаn jоy (o‘rindiq)ni to‘g‘ri tаnlаng.
5. To‘g‘ri tana egilish burchagi va holatini tanlang.
6. Nаfаs оlish vа uning dаvоmiyligigа e’tibоr bеring.
7. Hаr uch-bеsh sоniyadа ko‘zingizni yopib оching.
8. Fаqаt ekrаngа qаrаmаng.
9. Tеz-tеz uzоq-uzоqlаrgа qаrаb turing.

👉 @informatika
Forwarded from Khan Academy Oʻzbek
Uzbek Latin Keyboard by Hamza (v2.0).zip
673 KB
Oʻ, gʻ va tutuq belgisini toʻgʻri ishlatish uchun Uzbek Latin Keyboard dasturi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu klaviatura kompyuter uchun.

💡 Shuningdek kompyuter orqali Alt+0145 (oʻ, gʻ belgilari uchun) va Alt+0146 (tutuq belgisi uchun) qisqa kodlari orqali belgilarni toʻgʻri qoʻllashingiz mumkin.

📎 Faylni yuklab olish - bit.ly/3e1wuUr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali #klavish #vazifalari

👨‍💻Har kungi ish jarayonida kompyuter klaviaturasi tugmalari yordamida odatda foydalaniladigan buyruqlar kombinatsiyalarining vizual ko'rinishi.

Sizning ko'p foydalanadigan kombinatsiyangiz qanday? Quyida sharh yozib qoldirishingiz mumkin😉

👉 @informatika
Kompyuterda tez ishlash bo'yicha qo'llanma - Win tugmasi

Windows operatsion tizimi bilan ishlaganda, ish unumdorligi oshirish maqsadida klaviaturadagi maxsus windows emblemasidan(Win) foydalanshni maslahat beraman.
Bu tugma odatda klaviaturaning chap tomon CTRL va ALT tugmalari o‘rtasida joylashgan. Demak quyidagi kombinatsiyalarni bir marotaba yaxshilab yodlab oling:
Windows 7'da tekshirilgan, qolgan versiyalarida ham ishlashi kerak.

Win - PUSK menyusini ochish yoki yopish.
Win + PAUSE – “Cвойство Windows“ oynasi
Win + D - Ish stolini ko'rish(Barcha oynalar ekranning quyi qismiga tushadi va ish stoli ochiladi).
Win + M - Barcha oynalarni "свернуть" qilish(quyi qismga tushirish).
Win + SHIFT+M - "свернуть" qilingan oynalarni ish stoliga chiqarish.
Win + E - "Мой компьютер" oynasi.
Win + F - fayl va papkalarni qidirish oynasini ochish, (Windows 10'da ishlamaydi).
CTRL+ Win + F - kompyuterlarni qidirish oynasini ochish(tarmoqdagi kompyuterlarni qidirish uchun).
Win + L - kompyuterni blokirovka qilish yoki foydalanuvchini o‘zgartirish uchun ishlatiladi.
Win + R - "Выполнить" oynasini chaqirish.
Win+ T - "Панель задач" (ekranning quyi qismi) dagi dasturlarni birin ketin aktiv holatga o‘tkazish.
Win + biror son - kiritilgan songa mos holda, "Панель задач" da joylashgan shu songa mos keluvchi dasturni ishga tushirish.
SHIFT+Win + biror son - kiritilgan songa mos holda, "Панель задач" da joylashgan shu songa mos keluvchi dasturni yangi nusxasini ochish.
ALT+Win + biror son - kiritilgan songa mos holda, "Панель задач" da joylashgan shu songa mos keluvchi dasturni ochilgan barcha nusxalarini ko‘rish.
Win + TAB - Ishlayotgan barcha dasturlarni 3D ko‘rinishda bir biri bilan almashtirish(Windows 10 da 3d bo'lmaydi).
CTRL+Win + TAB - Ishlayotgan barcha dasturlarni 3D ko‘rinishda bir biri bilan almashtirish, oldin qotirib so‘ng TAB tugmasi orqali o‘tish(windows 10 da ishlamaydi).
Win+ PROBEL - Ish stolini ko‘rish(Faqat shu knopkalarni bosib turgan holda ko‘rish mumkin. Qo‘yib yuborsa yana eski holatga qaytadi) (Windows 10 da tilni o'zgartirish).
Win + YUQORI STRELKA - aktiv oynani to‘liq ekran bo‘ylab ochib beradi.
Win+ CHAP STRELKA - aktiv oynani chap tomon bo‘ylab ochib beradi(chap tomon to‘liq to‘lgan holda).
Win+ O‘NG STRELKA - aktiv oynani o‘ng tomon bo‘ylab ochib beradi(o‘ng tomon to‘liq to‘lgan holda).
Win + QUYI STRELKA - aktiv oynani boshlang‘ich holatga qaytaradi.
Win + HOME - aktiv oynadan boshqa barcha oynalarni ekranning quyi qismiga joylashtiradi("свернуть" qiladi).
Win+ SHIFT + YUQORI STRELKA - aktiv oynani yuqori va quyi qismini ekrannng oxirigacha kengaytiradi.
Win + P - Ekranga chiqarish rejimini o‘rnatish.
Win + U - "Центра специальных возможностей" oynasini ochib beradi(Windows 10 da "Параметры" oynasini ochadi).

☝️Bu qo'llanmani qog'ozga chiqarib, kompyuteringiz oldiga qo'yib qo'ying, kerak paytda qarab-qarab ishlatasiz va yod bo'lib ketadi.

Muallif: ©Akmal Xudayberganov

👉 @informatika
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kundalikcom #profilga_kirish

Kundalik.com saytida Profilga ilk bor kirish (xodimlar uchun) 1-dars.

Muallif
: Rashid Toxirovich

Elektron kundalik yordamida ota-onalar ishdan chalg‘imagan holda masofadan turib farzandlarini barcha baholaridan, maktab hayotidan xabardor bo‘lishi, sinf rahbari va boshqa o‘qituvchilar bilan doimiy aloqada bo‘lib, bolada o‘quv jarayoni bilan bog‘liq qiyinchiliklarni o‘z vaqtida yengishga yordam berishi mumkin.

👉 @informatika
Tesla elektromobillarini endi bitkoinlarga sotib olish mumkin

— To‘lovlarni bitkoin hamyonlari orqali maxsus QR kodni skaner qilgan holda amalga oshiriladi.

— Hozirda bu xizmatdan faqat AQSh aholisi foydalanishi mumkin. Yaqin kelajakda uni boshqa mamlakatlarda ham yo‘lga qo‘yish ko‘rib chiqilmoqda deb xabar bermoqda sayt.uz.

Eslatib o'tamiz: Bir nech kun oldin Toshkentda 23,4 ming dollarga bitkoin sotayotgan shaxslar DXX tomonidan ushlangani haqida xabarlar tarqalgan edi.

📍Diqqat: O'zbekistonda bitkoin oldi-sottisi bilan shug'ullanish, foydalanish hamda u haqida "o'ylash va tushlar" ko'rganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

🧐 Bitkoin nima?

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Excel #tezkor #dars

Excelda umumiy ustunlar va qatorlar natijalarini tezda hosil qilmoqchimisiz?

Jadvaldagi kerakli qismni belgilang hamda natija chiqishi kerak bo'lgan katakchalarni tanlang va {Alt} + {=} tugmalarini bosing.

👉 @informatika
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kundalikcom #xarid_qilish

Kundalik.com saytida kundalik xarid qilish uchun video qo'llanma. 2-dars

Muallif
: Rashid Toxirovich

Kundalik.com TAS-IX hududida joylashgan bo‘lib, platforma bilan ishlashda uyali aloqa operatorlari orqali foydalaniladigan internet-trafik sarflanmaydi. Foydalanuvchilar to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar «O‘zbektelekom» serverlarida saqlanadi. Bu esa o‘quv jarayonidagi barcha ishtirokchilarning shaxsiy ma’lumotlari ishonchli himoyada ekanligini anglatadi.

👉 @informatika
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kundalikcom #ish_reja

kundalik.com saytida ish reja kiritish uchun video qo'llanma. 3-dars

Muallif
: Rashid Toxirovich

Kundalik.com Avvalgidek, maktablar uchun byudjet mablag‘lari hisobiga sotib olingan qog‘oz muqobilida bo‘lgani kabi, o‘qituvchilar uchun elektron jurnaldan foydalanish bepul taqdim etiladi. Ko‘p yillar davomida elektron jurnal va kundalik qo‘llanilayotgan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘qituvchilar uning yordami bilan har chorakda 20 soatdan ortiq ish vaqtini tejaydi. Mazkur tejalgan vaqtni esa o‘qituvchi bolalar bilan ijodiy shug‘ullanishga yoki qo‘shimcha o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga sarflashi mumkin.

👉 @informatika
Notebook touchpad imkoniyatidan foydalanish

Bu postimizda Touchpad deb - notebook'ning sichqoncha o'rnini bosadigan, o'rta qismidagi to'rtburchak qismini tushunamiz.
Bu qismdan ko'chilik foydalanmaydi, sababi, sichqoncha o'rnini bossa ham, foydalanish uchun juda noqulay deb bilishadi.
Touchpad'dan foydalanishni yaxshilab o'rganib olsangiz, o'zingiz bilan sichqoncha olib yurmasangiz ham bo'ladi, lekin bunga ko'nikish kerak.

Agar sizda Windows 10 operatsion tizimi va zamonaviy notebook'dan foydalansangiz, quyidagi qo'llanma sizga ancha yordam beradi(biroz eskiroq notebook'larda ham ishlasa kerak, tekshirmadim lekin):

🔹Ikki barmoq bilan gorizontal yoki vertikal yurgazish - mos ravishda yonga yoki tepa, pastga oynalarni surish mumkin, ya'ni skrolling vazifasi bajariladi. Tekshirish uchun, Word dasturida bir necha varroqdan iborat hujjatni oching va touchpad'ga ikki barmoq bilan tepa va pastga suring, xujjatdagi varroqlar keyingi yoki oldingisiga o'tadi.

🔹Touchpad'da ikki barmoq orasini kengaytiring yoki toraytiring - o'lchovni belgilaydi. Buni ham Word orqali tekshirish qulay, dasturni ochasiz, biror matn yozib, touchpad orqali o'lchovni belgilaysiz.

🔹Touchpad'ga, Ikki barmoqni birdaniga bosish - sichqonchani o'ng tugmasini bosish bilan bir xil.

🔹Touchpad'ga, uchta barmoqni bir vaqtda o'ziga surish - ochilgan barcha oynalarni berkitish va qayta ochish(свернуть развернуть). Klaviatura yordamida Win+D tugmalari.

🔹Uchta barmoqni gorizontal harakatlantirish - ochilgan oynalarni bir-biriga o'tkazish. Klaviaturada Alt+Tab tugmalari o'rnini bosadi.

🔹Uchta barmoqni o'zingizga qarshi tomonga harakatlantirish - ochilgan barcha oynalarni ko'rsatadi.

☝️Bu imkoniyatlarni ko'rsatish qulayroq, so'zlar bilan tushuntirish biroz qiyinroq bo'ldi, qandaydir muammo bo'lsa, yozishingiz mumkin, Yana bir narsa, agar bu imkoniyatlar sizda ishlamasa, yoki notebook'ingiz juda eski, yoki touchpad drayveri bilan muammo bo'lishi mumkin, yoki Windows 10 tizimi o'rnatilmagan.

P.S. Kanal foydalanuvchilari, boshqa imkoniyatlarni ham yozib o'tishdi:

🔹Touchpad'ni to'rtta barmoq bilan bosish - bunda bildiruvchi(Центр уведомлений) oynasi ochiladi(@Ulugbek_Mirzanazarov).
🔹To'rtta barmoq bilan o'ng yoki chap tomonga surish - agar siz bir necha virtual oynalar bilan ishlasangiz, ularni almashtirish imkonini beradi(Otabek 007).

Muallif: ©Akmal Xudayberganov

👉 @informatika